27-rasm. Arraning stolga va lineykaga nisbatan
turish vaziyati:
a, b - arralar vali stol sirtiga parallel bo'lmaganda, v, g - lineyka disk arra
tekisligiga parallel bo'lmaganda, I, II - zagotovkaning ustki va ostki qatlami; 1 -
disk arra, 2 - zagotovka, 3 - yo'naltiruvchi lineyka, 4 - stol
Stanokda ishlash. Tores sirtga Ishlov berganda stanokchi arralanadigan
materialni tirak uchburchaklikka jips tekkizib turgan holda, yo'naltiruvchi
lineykaga taqalguncha suradi (bunda material bilan birga uchburchaklik ham
suriladi) va materialdan zagotovka kesib olinadi. Kesilgan zagotovka bunkerga
tashlanadi, arralanayotgan material esa tirak uchburchaklik bilan birga dastlabki
holatga qaytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |