2-rasm. Chekli kalibrlar: (Detallar o‘lchamlarining aniqiigini o‘lchash uchun):
a - kahbr - tiqin, b,d,e - kahbr - halqalar
Qo‘yim va o‘tqazishlar
Detallarni yirik seriyalab va ko‘plab ishlab chiqarishda, ular- ni qo‘shimcha ravishda to‘g‘rilamasdan buyumlar va ularning qismlarini yig‘ishga imkon yaratish uchun detallar o‘lchamlar va shakli jihatdan bir-biridan farq qilishi kerak. Buning uchun detal va qismlar tayyorlashda GOST 6449—76 “Yog‘ochdan va yog‘ochli materiallardan yasalgan buyumlar. Qo‘yimlar va o‘tqazishlar”da bayon etilgan normativ qo‘yimlarga qat‘iy rioya qilinadi.
Detallar, buyumlar va ularning tarkibiy qismlarining o‘l- chamlari hamda shakli chizmadan aniqlanadi. Detallarni yig‘ish vaqtida bir detal ikkinchi detalga kirsa, u holda tutashtirilgan qismlarning o‘lchamlari tutashuvchi o‘lchamlar deb ataladi. Masalan, detallarni turum orqali biriktirishda turumning oichami bilan turum kirgiziladigan teshikning o‘lchami tutashuvchi o‘lchamlar bo‘ladi. Detallarning tutashmaydigan o‘lchamlari erkin o‘lcham deb ataladi. Bevosita o‘lchash yo‘li bilan olingan o‘lchamlar haqiqiy o‘lcham deyiladi. Yo‘l qo‘yilgan chegaradagi ikkita o‘lcham chekli o‘lcham deyiladi; haqiqiy o‘lcham yo‘l qo‘yilgan shu o‘lchamlar oralig‘ida bo‘ladi (haqiqiy o‘lcham chekli o‘lchamga mos kelishi mumkin).
Chekli oichamlarga nisbatan aniqlanadigan o‘lcham nomi- nal o‘lcham deb ataladi. Nominal o‘lcham hisobiy chetga chiqishlarning boshlanishi bo‘Iib ham xizmat qiladi. Haqiqiy, chekli o‘lcham va boshqa o‘lchamlar hamda tegishli nominal ham tirqish, ham taranglik hosil boiishi mumkin bo‘lgan o‘tqazish oraliq o‘tqazish deb ataladi (bunda teshik va valning qo‘yimlar maydoni qisman yoki to‘la berkitiladi).
Buyumlarni konstruksiyalashda, ularni unifikatsiyalash va ishbopligini oshirish maqsadida, o‘tqazishlar sonini asosli ravishda cheklash kerak.
Yog‘och buyumlarni konstruksiyalashda qo‘yimlarni hisoblab topish uchun GOST 6449—76 da to‘qqizta kvalitet ko‘zda tutilgan (10, 11, ... , 18). Tutashtiruvchi o‘lchamlar kvalitetini o‘tqazishlar hisobi bilan bir vaqtda tanlash kerak; bu hisob o‘tqazish qo‘yimlari (tirqish qoldirib o‘tqazish va tarang o‘tqazish qo‘yimlari)ning talab qilinadigan qiymatlariga asoslanib chiqariladi. o‘lcham orasidagi chetga chiqishlar ham aniqlanadi.
Qo‘yim — eng katta va eng kichik chekli o‘lcham orasidagi farqdir. Masalan, detaining nominal yo‘g‘onligi 15 mm va chekli chetga chiqishi ±0,2 mm bo‘lsa, u holda eng katta chekli o‘lchami (eng katta yo‘g‘onligi) 15 -4- 0,2 = 15,2 mm, eng kichik chekli oi- chami (eng kichik yo‘g‘onligi) esa 15 — 0,2=14,8 mm bo‘lishi mumkin. Bu misolda qo‘yim 15,2 —14,8 = 0,4 mm
Detallar yig‘ish vaqtida qo‘zg‘aluvchan (tirqish qoldirib o‘t- qazish) yoki qo‘zg‘almas qilib (tarang o‘tqazish) biriktiriladi. Qo‘zg‘aluvchan qilib biriktirilgan detallar bir-biriga nisbatan ma‘lum darajada suriladi.
Qo‘yim va o‘tqazishlar tizimida sirtqi (qamraluvchi) unsurlar uchun «val» atamasi, detallarning ich- ki (qamrovchi) unsurlari uchun esa «teshik» atamasi ishlatiladi.
Agar teshikning o‘lchami valning o‘lchamidan katta bo‘l- sa, ularning devorlari orasida tirqish paydo bo‘ladi, valning o‘lchami teshikning o‘lchamidan katta bo‘lganida esa ular ora- sida taranglik hosil bo‘ladi.
O‘tqazish deganda, detallarni biriktirish xarakteri tushuniladi, biriktirish joyi hosil bo‘lgan tirqish yoki taranglikning kattaligi bilan belgilanadi. Biriktirilgan teshik va val qo‘yimlarining yig‘indisi o‘tqazish qo‘yimi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |