Stanoklar asosiy elementlarining xarakteristikalari. Yog'ochga ishlov berish
stanoklarining konstruksiyasi ularning bajaradigan ishiga bog'liq. Ba'zi stanoklar
yog'ochni arralash uchun, yana biri — randalash uchun, boshqalari-parmalab,
teshish va hokazolar uchun ishlatiladi. Biroq stanoklar tuzilishi jihatdan bir-biridai
farq qilgani bilan ularning konstruktiv elementlari bir xil vazifani bajaradi:
staninalar, stollar yoki karetkalar detallar uchun baza bo'lib xizmat qiladi, uzellari
esa kesish asbobini mahkamlash va ish
vaqtidaasbobyokizagotovkagaharakatuzatishuchunxizmatqiladi.Staiioklariing
kcnstfuksiyasini o'zgartirish ularning elementlari konstruksiyasinmg prinsipial
o'zgarishigahammavaqthamsababbo'lavermaydL Shunga ko'ra stanoklarning
qismlarini bilish yangi konstruksiyadagi stanoklar va avtomatik liniyalarni tez
o'zlashtirishga imkon beradi.
Stanoklarning elementlari asosiy va yordamchi elementlarga ajratiladi.
Asosiy elementlar jumlasiga staninalar, supportiar, ish organlari, surish
mexanizmlari, yuritmalar, boshqarish organlari, tayanch va yo'naltiruvchi
qurilmalar, qisqichlar, siqish moslamalari va tiraklar kiradi, Kesish asbobini
charxlash, stanokni sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish uchun
mo'ljallangan qurilmalar yordamchi elementlar bo'lib hisoblanadi. Ko'pgina
stanoklar stanok yoniga o'rnatiladigan mexanizmiar — zagotovka bilan ta'minlab
turuvchi va taxlash qurilmalari bilan jihozlanadi, biroq aytib o'tilgan elementlar
kompleksi bilan hamma stanoklar ham jihozlanavermaydi.
Stanina stanokning asosi bo*lib, barcha uzellar va detallar staninaga
mahkamlanadi. Stanina stanokning ayrim elementlari o'rtasida ta'sir kuchlarini,
titrama nagruzkalarni hamda ishlov berilayotgan material nagruzkasini qabul
qiladi
Staninalar quyib va payvandlab tayyorlangan bo'lis hi mumkin. Ularni
ichini kavak qilib, kesimi, odatda, qutisimon, shu bilan birga, zarur bo'lgan
torg'unlikni ta'minlab ta^yorlanadi. Staninalarning shakli va o'Jchamlari
stanokning vazifasiga hamda konstruksiyasiga bog'liq.
Kesish asboblari aylanadigan stanoklarning ish organlari shpindellari,
pichoqlar va arralar o'rnatiladigan vallari anashuasboblarnimahkamlashva
aylantirish uchun xizmat qiladi. Kesish asbobi ilgarilama harakat qiladigan
stanoklarda ish organlari yo kesish asbobini mahkamlash uchun, yoki uni
mahkamlash va unga to'g'ri chiziqli kesish harakatini uzatish, yo bo'lmasa to'g'ri
yo'nalishda surish uchun mo'ljallangan. G'o'labo'r arraii va jilvirlash tasmali
stanoklarning ish organlari — shkivlari aylanadi, kesish asbobi, ya'ni g'o'labur
arrasi yoki jilvirlash tasmasi zagotovkaga nisbatan ilgarilama harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |