Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblari haqida tushuncha



Download 1,57 Mb.
bet24/91
Sana26.02.2022
Hajmi1,57 Mb.
#465456
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Bog'liq
Ayamga imtihon

16-modda. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish
11-moddada aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Barcha xo‘jalik yurituvchi subektlar buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniqligini tasdiqlash uchun aktivlar va majburiyatlarini vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya qilib turishlari lozim.
Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi va muddatlari №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) bilan aniqlanadi.
Qonunga muvofiq ishlab chiqarish zaxiralari va korxonaga tegishli bo‘lmagan, ammo buxgalteriya hisobida turgan (mas’ul saqlash uchun olingan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) mol – mulklarning boshqa turlari, shuningdek, qandaydir sabablarga ko‘ra hisobga olinmagan mol – mulklar ham inventarizatsiya qilinishi lozim.
Inventarizatsiya natijalari tegishli normativ hujjatlarga muvofiq rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettiriladi.
17-modda. Aktivlar va majburiyatlarni baholash
Qonunning 17-moddasi aktivlar va majburiyatlarni baholash masalalariga bag‘ishlangan (sobiq shu nomdagi 12-modda). Ushbu 17-moddada oldingi tahrirga nisbatan ayrim prinsipial o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Jumladan, oldingi tahrirdagi «Oborot aktivlar» o‘rniga «Tovar-moddiy zaxiralar» tushunchasi kiritilib, lekin baholashning uslubiy jihatlari saqlanib qolgan. Ya’ni «tovar-moddiy zaxiralarni baholash quyidagi ikkita bahoning eng pasti bo‘yicha – balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx(sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bo‘yicha yoki bozor bahosi(realizatsiya qilishning sof qiymati) bo‘yicha amalga oshiriladi» deb ta’kidlangan. Shu o‘rinda ishlab chiqarish tannarxi mazkur mahsulot (ish, xizmat) turini ishlab chiqarish (bajarish) bilan bog‘liq xarajatlar ekanligini, sof realizatsiya qiymati esa mahsulot(ish, xizmat)larning realizatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan bahosidan realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni chegirib tashlangandan so‘ngi qolgan summa ekanligini nazarda tutish zarur.
Tovar-moddiy zaxiralarni baholash. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning tovar-moddiy zaxiralari quyidagi ikkita baholash turining bittasi bo‘yicha baholanishi lozim: balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bo‘yicha yoki bozor bahosi (sof realizatsiya qiymati) bo‘yicha. Farq zarar sifatida moliyaviy natijalar schyotida aks ettiriladi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ularning dastlabki yoki tiklash qiymati bo‘yicha hisobga olinishi lozim.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan o‘chirish, ular qiymati to‘la qoplangunga qadar amortizatsiya hisoblash u yoki bu ob’ektni hisobdan chiqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari ob’ekt qabul qilinib, foydalana boshlanganidan keyingi oydan hisoblanishi lozim. Shuningdek, yerning qiymati amortizatsiyalanmasligi ta’kidlangan.
Keyinchalik sotib olinish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar qiymati ijarachi korxonalarda har oyda amortizatsiya ajratmalari hisoblash yo‘li bilan qoplanadi. Nomoddiy aktivlarning eskirish normalari ularni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlar va xizmat muddatlaridan kelib chiqib, korxonada mustaqil aniqlanadi hamda tasdiqlanadi.
Agar nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatini aniqlash imkoni bo‘lmasa, amortizatsiya muddati 5 yildan ko‘p bo‘lmagan, korxonaning ta’sis hujjatlarida belgilangan faoliyat muddati doirasida aniqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektda qo‘llanilayotgan amortizatsiya hisoblash metodiga doimo amal qilinishi lozim. Amortizatsiya hisoblash metodi uni o‘zgartirish uchun asosli sabablar mavjud bo‘lgandagina o‘zgartirilishi mumkin.
Qo‘llanilayotgan amortizatsiya hisoblash metodi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga yoziladigan tushuntirishda aks ettirilishi lozim.
Moliyaviy qo‘yilmalarni baholash. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy qo‘yilmalari – bu uning boshqa korxonalar aкsiyalari, obligatsiyalari va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalari, boshqa korxonalar ustav kapitaliga qo‘shgan ulushlari, shuningdek, boshqa korxonalarga berilgan qarzlaridir. Moliyaviy qo‘yilmalar investor korxona buxgalteriyasida buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga olinadi.
Qisqa muddatli investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hisobot yili oxiridagi tannarx yoki bozor bahosi bo‘yicha baholanadi. Agar sotib olish bahosi bozor bahosidan past bo‘lsa, farq summa zarar sifatida moliyaviy natijalar schyotiga olib boriladi. Bunda qimmatli qog‘ozlarning o‘zlari ham bozor bahosi bo‘yicha hisobga olinadi.
To‘liq to‘lanmagan aкsiyalar va paylar investor dividend olish huquqiga ega va ushbu qo‘yilmalar bo‘yicha to‘liq javobgar bo‘lgan hollarda to‘liq qiymati bo‘yicha moliyaviy qo‘yilmalar schyotlarida aks ettiriladi. Boshqa hollarda ular qiymati to‘liq to‘lanib, dividend olish huquqiga ega bo‘lganidan so‘ng moliyaviy qo‘yilmalar schetida aks ettiriladi.
Kotirovkasi buxgalteriya hisobotlarida e’lon qilinadigan aкsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga qilingan qo‘yilmalarning bozor bahosi hisobdagi bahosidan past bo‘lsa, ular bozor bahosida aks ettirilib, farqi korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining natijalariga olib boriladi.
Majburiyatlarni baholash. Majburiyatlar tomonlarning kelishuvi bo‘yicha aniqlangan summada aks ettiriladi. Sud qaroriga ko‘ra yuzaga kelgan majburiyatlar uning qarorida ko‘rsatilgan summalarda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida to‘lanishi kerak bo‘lgan foizlar alohida aks ettiriladi.
Da’vo muddati o‘tib ketib, talab qilinmayotgan majburiyatlar hamda kreditor qarzlar foyda sifatida joriy hisobot davrining moliyaviy natijalari schyotiga olib boriladi.
Xaridorlarning debitor qarzlari nakladnoylar yoki boshqa dastlabki hujjatlarda ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. O‘z vaqtida qaytarilmagan va tegishli kafolatlar bilan ta’minlanmagan debitor qarzlar shubhali qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobiga hisobdan chiqariladi.
Ushbu moddaning eski tahrir(12-modda)dan prinsipial farqli jihati – unga: «Shartli aktivlar va majburiyatlar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq aks ettiriladi» degan qo‘shimcha kiritilgan. Bu jumladagi kalit so‘zlar: «shartli aktivlar», «shartli majburiyatlar», «buxgalteriya hisobi standartlari».
37-sonli «Noaniq majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar» nomli MHXSning 10-bandiga muvofiq: «Shartli aktiv – bu bo‘lib o‘tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va uning mavjudligi faqatgina kompaniyaning to‘liq nazorati ostida bo‘lmagan kelgusi noaniq hodisalardan biri yoki bir nechtasi sodir bo‘lishi yoki sodir bo‘lmasligi natijasida tasdiqlanadigan aktivdir»10.
«Shartli majburiyat – bu:
(a) bo‘lib o‘tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan majburiyat. Uning mavjudligi faqatgina kompaniyaning to‘liq nazorati ostida bo‘lmagan kelgusi noaniq hodisalardan biri yoki bir nechtasi sodir bo‘lishi yoki sodir bo‘lmasligi natijasida tasdiqlanadi: yoki
(b) u hozirgi paytdagi majburiyat bo‘lib, o‘tgan hodisalardan yuzaga keladi, ammo tan olinmaydi, chunki:
(i) iqtisodiy nafni o‘zida mujassamlashtiradigan resurslarning majburiyatni so‘ndirish uchun chiqib ketishi talab etilishining ehtimoli yo‘q; yoki
(ii) ushbu majburiyatning summasini yetarli ishonlilik bilan baholash mumkin bo‘lmaydi»11.

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish