I BOB BUXORO – INSONIYAT TAMADUNINING BESHIKLARIDAN BIRI
1.1. Buxoro qadimiy yodgorliklar tarixidan (Buxoroning o’n ikki darvozasi tarixi)
Sanskritda Buxoro «monastir» ma'nosini beradi. Shahar bir vaqtlar Buyuk ipak yo'lida yirik tijorat markazi vazifasini o'tagan. Buxoro «muzey shahar» sifatida o'rta asrlarning 140 dan ortiq me'morchilik yodgorliklarini o'zida jamlagan. Poyi Kalon, Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon kabi va boshqa majmualar haligacha katta e'tibor qozonib kelayapti. Narshoxiy, Ro'dakiy, Daqiqiy kabi taniqli shoirlar, Abu Ali ibn Sino va boshqa mashhur kishilar Buxoro taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan. Buxoroning tarixiy va me'morchilik yodgorliklari: · Ark (11-20 asrlar), · Bola Hovuz majmuasi (18 asr boshi- 20 asr), · Somoniylar maqbarasi (9-10 asrlar), · Chashmai Ayub mozori ( 1380 yoki 1384/85 yillar), · Abdullaxon madrasasi (1596/98 yillar), · Madorixon madrasasi (1556/57 yillar), · Baland masjidi (16 asr boshlari), · Gaukushon majmuasi (masjid, minora, madrasa, 16 asr), · Zayniddin Hoji xonaqosi (1555 yil), · Poyi Kalon majmuasi (12-14 asrlar), · Labi Hovuz majmuasi (16-17 asrlar), · Ko'kaldosh madrasasi (1568/69 yillar), · Nodir Devonbegi xonaqosi (1620 yil), · Ulug'bek madrasasi (1417 yil), · Abdulazizxon madrasasi (1652 yil), · Bola Hovuz masjidi (1712 yil), · Sayfiddin Boxarziy maqbarasi (13 asr ikkinchi yarmi-14 asr), · Buyonqulixon maqbarasi ( 14 asr ikkinchi yarmi, 15 yoki 16 asr), · Namozgoh masjidi (12-16 asrlar), · Fayzobod xonaqohi (1598/99 yillar), · Chor Minor madrasasi (1807 yil), · Buxoro amirining Sitorai Mohi Xosa saroyi (19 asr oxiri-20 asr boshi), · Chor Bakr- Shayx Jubayri oilasi dafn qilingan joy (1560/63 yillar).
Jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri bo’lgan Buxoro o’nlab asrlar davomida insoniyat ma`naviy va moddiy madaniyati taraqqiyotida salmoqli o’ringa ega bo’lmoqda1. Yirik xalqaro turizm markazi hisoblanmish ushbu shahar hududida eramizdan avvalgi V asrdan XX asrning boshigacha bo’lgan davrga taalluqli 400 dan ortiq arxeologik, me`moriy yodgorliklar va ko’hna turar-joy binolari bugunga qadar saqlanib qolgan. Ular orasidan 11 ta me`moriy-saroy majmui, 8 ta yirik maqbara, 47 ta masjid, 14 ta karvon saroy, 39 ta madrasa, arxeologik ahamiyatga ega 8 ta tepalik, 264 ta qadimiy uy-joy binosi va 32 ta monumental san`at yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.
Buyuk Ipak yo’lining chorrahasi hisoblanmish Buxoro shahri olimlarining ajoyib qo’lyozma kitoblari, oltin qo’lli hunarmandlari tayyorlagan serjilo buyumlar jahonning ko’plab mamlakatlariga etkazilgan. Bugungi kunda dunyoning Rim, Parij, Vashington, Stokgolm, Berlin,Sankt-Peterburg, Moskva, Toshkent kabi yirik, shaharlari muzeylari ekspozitciyasini Buxoro kollektciyalari bezab turibdi.
1993 yilda Buxoro YUNESKO tomonidan Misrdagi Menfis nekropoli, fir`avnlar dafn etilgan ehromlar, Rimning tarixiy markazi, Afina akropoli, Moskva Kremli, Xeva qadimiy majmui qatori jahon merosi shaharlari ro’yxatiga kiritilgani uning boy madaniy merosi olamshumul ahamiyatga ega ekanidan guvohlik beradi.
Respublikamizning keksa muzeylaridan biri - Buxoro davlat badiiy - me`morchilik muzey - qo’riqxonasi ekspozitciyalari 14 ta saroy va me`moriy majmualarda joylashgan2.
Buxoro hududining 5000 yillik tarixini hamda o’nlab asrlar davomida bu erda vujudga kelgan jamiyat hayoti va ijtimoiy tarixning barcha jihatlarini qamrab oluvchi birlamchi manbalar va moddiy buyumlar muzey-qo’riqxona kollektciyasining asosini tashkil etadi. Shu jihatdan u Novgorod, Vladimir-Suzdal, Venetciya, Afina, Luvr, Metropolium, Davlat Ermitaji (Rossiya) qatorida turadi.
Buxoro davlat badiiy - me`morchilik muzey - qo’riqxonasi shahardagi Abu Havs Kabir ko’chasidagi 2-binoda joylashgan. Davlat muzeyi sifatida 1922 yilda tashkil etilgan, 1940 yildan- Buxoro viloyat o’lkashunoslik muzeyi, 1945 yildan - respublika ahamiyatidagi III toifali tarix-o’lkashunoslik muzeyi, 1983 yildan - Buxoro tarixiy -me`morchilik muzey-qo’riqxonasi, 1988 yildan respublika ahamiyatidagi I toifali Buxoro davlat badiiy - me`morchilik muzey-qo’riqxonasi, 1998 yildan - toifadan tashqari muzey-qo’riqxona sifatida faoliyat ko’rsatmoqda.
Muzey-qo’riqxona ma`muriyati va fond jamg’armasi sobiq Buxoro hukmdorlarining davlat muhofazasidagi Ark qal`asi (eramizdan avvalgi IV asr-er. XX asri yodgorligi) da joylashgan.
Buxoro davlat muzey-qo’riqxonasi umumiy maydoni– 39133,66 kv m., ekspozitciya va ko’rgazma maydoni 6479,1 kv.m., fond saqlanadigan maydonlari esa 100-1,57 kv. m.ni tashkil etadi.
Muzey - qo’riqxona tarkibiga jami 19 ta muzey va doimie ko’rgazma kiradi. Ulardan 5 tasi filial, 7 tasi mustaқqil muzeq hisoblayadi. Viloyat o’lkashunoslik muzeyi Arkda joylashgan.Xalq amaliy bezak san`ati muzeyi Buxoro amirlarining yozgi saroyi-Sitorai Mohi - Xossada (XIX asr oxiri - XX asr boshi) faoliyat ko’rsatadi (Manzili - Buxoro shahri, Mohi Xossa posyolkasi). Buxorolik savdogar uy-muzeyi shaharning Abdulla To’qay ko’chasidagi XIX asr uy-joy binosida joylashgan.Buxoro tasviriy san’at muzeyi sobiq Azov banki (XX asr boshi) binosidan o’rin olgan (Manzili - Buxoro shahri, Bahouddin Naqshband ko’chasi, 41). X-XI asrlar qomusiy olimi Abu Ali ibn Sino memorial muzeyi Peshko’ tumani Afshona posyolkasidagi zamonaviy binoda joylashgan. Romitan tuman o’lkashunoslik muzeyi tuman markazidagi Samosiy ko’chasida XX asrning 50-yillarida qurilgan binoda o’rnashgan3.
Do'stlaringiz bilan baham: |