3. O`g`lon Ato darvozasi
Buxoroi sharifning maXobatli darvozalard^an yana biri Chorbaqoli yaqinidagi O`g`lon Ato darvozasi bo’lgan. Bu darvozaoldida Romitan, Gazli tomonga boradigan katta yo’l joylashgan bo’lib, shimoliy tomonida O`g`lon Ato mahallasi, janubda esa Nogorachilar mahallasi joylashgan bo’lgan. O’larning ko’plari Arkdagi podshohlar saroyida nog`ora, karnay-surnay chalib, xizmat qilganlar.
Darvozai O’g`lon Atoga yaqin maskid-madraea qo’shildan holatda kurilgan bo’lib, Avliyo Ug`lon Ato qabrlari ham shu erda bo’lgan, Xatmi Piridastgir ham shu erda o’tkazilgan.
O’g`lon Ato ulug` avliyolardan biri bo’lganlar. Bu hakdagi ma’lumotlar 1887-1888 yillarga tegishli vaqf hujjatlarida saqlanib qolgan (O.Suxareva. Kvartalnaya obshina pozdne-feodalnogo goroda Buxarы. Moskva, 1976).
1948-1950 yillarda O`g`lon Ato darvozasi, yonidagi mozor, masjid, Madrasa buzib tashlangan edi. Hozirgi paytda undan nom-nishon qolmagan. Darvoza balandligi o’n bir metru o’n santimetr, kengligi o’n uch metr, asosi bir metru qirq etti santimetrdan iborat bo’lgan. Ustki qismi 19 ta gultojdan tuzilgan, "guldasta"lari uch qator, beshtadan mo’ri (tuynuk)lar bilan bezatilgan hamda baland ravok arka va kanosdan iborat bo’lib, kitebasiz qilib kurilgan bo’lgan.
Bu usul faqat shu darvozaga xos bo’lib, boshqalarida takrorlanmaydi. Darvozadan kiraverishda savdo do’konlari va baqqollik bozori bo’lgan.
Arkdan boriladigan yo’l yoqasida hozirgi paytda milliy va dunyo me’morchiligiga vobasta holda haqiqiy sharqona usulda Markaziy dehqon bozori qurildi.
4. Talipoch darvozasi
Bugungi kunga qadar saqlangan mazkur inshoot 1557-1598 yillarda - Abdullaxon II davrida bunyod etilgan. Buxoroning garbiy qismida yangi xiyobon barpo ettirgan hukmdor katta tepalik yaqinida bu darvozani kurdirgan. Darvoza orqalil Amirobod, Chorbakr, Jondor, Xorazmga borilardil Darvoza ikki "guldasta" 5 arka, ravoq, qanos, kitebali qilib usti kungurali gultoj bilan bezatilib, kadimiy kap’a devorlari ga moslashtirib kurilgan. Zinda fil Ahmad Jomiy qabrlari ziyoratgohi ham shu darvoza yakinida joylashgan.
Darvoza 1960 yilda usta Aminjon Salomov hamda Mubin Mo’minov, 2005 yilda esa me’mor Tuyg`un Boboev va oli Karimov tomonidan qayta ta’mirlandi.
Hozyrgi vaqtda Talipoch darvozasi yonida Buxoro Markaziy bozori qad rostlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |