7. Shayx Jalol darvozasi
Buxoroning janub tomonida joylashgan, shonli tarixga sazovor bo’lgan darvozalardan yana biri Shayx Jalol darvozasidir. Uning tarixi Abdulazizxon davri (XVI asr)ga borib taqaladi. O’sha davrda Shayx Jaloliddinga murid bo’lgan Abdulazizxon hazrat shayx shara-figa ilgari Darvozai bobi morkushon nomi bilan mashxur bo’lgan darvozani uning nomi bilan ataydi. Abdulazizxon 1549-1550 yillar oraligida darvozani ta’mirlab, koshin burish rangli gishtlar bilan jilo berib, unga yaqinroq joyda xonaqoh, hovuz, minora hamda hujralar qurdiradi. Darvozaning balandligi o’n bir metru o’n ikki santimetr bo’lib, kengligi 14x20, tashqi hamda ichki tomonida peshtoqlar bor. Abdulazizxon darvozaninig ustki qismini gultoj bilan bezatib, xonaqoh ustiga ko’k gumbazlar kurishni buyuradi. 1898 yilda esa ushbu gumbazga e’tibor berilmay kuyilganligi bois koshinlari ko’chib tushgan. Mazkur davr ustalari gumbazni qayta tiklay olmaganlar. Natijada xonaqoh, minora, hovuz, darvoza ham loqaydlik sababli vayronaga aylangan va buzib tashlangan. Darvozai Shayx Jalol hamda shu nom bilan yuritiluvchi mahalla haqida 1691-1692 yilga oid xujjatlarda ma’lumotlar uchraydi. Darvozadan tash-qarida juda katta bog`lar bo’lib, shu qatori Xo’ja Ismatulloh Buxo-riy bog`lari hamda maqbaralari ham shu hududda joylashgan. Darvoza yo’li bilan Namozgoh orqali Loshaga boradigan yo’llar birlashgan.
2008-2009 yillar oraligida Maxmud Axmedov va Tuygun Boboevlar loyixasiga asosan usta-me’mor Muzaffar Mirzaev tomonidan Darvozai Shayx Jalol qaytadan kurildi. Yon atrofidagi qadimiy q&l’a devori ham tiklandi. Darvozani qurishda Qayum Po’latov homiylik qildi8.
8. Xo’ja Ismat (Xo’jayon) darvozasi
Abdulazizxon 1540-1549 yillar orasida Buxoroning g`arbiy tomonini kengaytirib, Ug`lon Ato, Chashmayi Ayyub, Dbdullohon madrasasining orqa tomonidan Shayx* Jalol darvozaeigacha pishgan g`ishtdan, Xo’ja Ismat (Xo’jayon) darvozasigacha hom va paxsa g`ishtdan devor qurdirgan. Darvozai Xo’jayon viloyat kasalxonasi kurilgan davrda ham bo’lgan. Bu darvoza orqali Namozgoh yo’liga qo’shilib, janubga boradigan katta yo’l o’tgan. Xo’jayon darvozasi atrofida Fayzulla Xo’jaevning hovlisi ham bo’lib, hozirgi vaqtda bu hovli muzeyga aylantirilgan. Parfenov, Feninlar tomonidan chizilgan Buxoro devorlari xaritasida darvozaning joylashgan o’rni aniq qo’rsatilgan.
Darvozai Xo’ja Ismat (Xo’jayon) viloyat kasalxonasining eski darvozasidan to’gri boradigan yo’lda joylashgan. Shu atrofda yashovchi axoli vakillari (Mahbuba Sayfieva - 76 yoshda, Abram Yakubov - 80 yoshda, Hasanjon Asadov) bilan uyushtirilgan suhbatlar darvoza joyini aniqlashda yordam berdi.
1952-1953 yillarda bo’lib o’tgan zilzila oqibatida Xo’jayon darvozasi buzilib ketgan. Urtasi gumbazli qilib yasalgan to’rtta "guldasta"dan iborat bo’lgan darvoza Buxoro shahrining kadimiy qal’a devorlariga moslashtirib bunyod etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |