2.2. Buxoro mudofaa devorlari
Buxoro mudofaasi (1220-yil fevral) — shahar aholisining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi bar topgach, mamlakat mudofaasi uchun notoʻgʻri strategik usulni qoʻllagan. U oʻz qoʻshinini Movarounnahrning barcha shaharlariga taqsimlab, har bir shahar mudofaasini oʻz holiga tashlab koʻygan. Xususan, Buxoro mudofaasi uchun amiroxur Ixtiyoriddin Kushlu va Inonchxon (Oʻgʻul Hojib) rahbarligi ostida 30 ming kishilik qoʻshin ajratilgan. Buxoroda bulardan tashqari amirlardan Ham id Pur, Sevinchxon va Koʻkxonlar bor edi. Chingizxon va uning kichik oʻgʻli Tulixon moʻgʻullarning asosiy kuchlari bilan Buxoroni 1220-yil fevralda qamal qilishgan. Buxoro amirlari uch ming kishi bilan tunda shahar qal’asidan chiqib moʻgʻullar qarorgohiga shabixun (tungi hujum) uyushtirdilar, biroq yengilib, koʻp talafot koʻrib yana shaharga qaytishga majbur boʻlganlar. Buxoro amirlari uch kunlik qamaldan soʻng moʻgullar halqasini yorib oʻtib, Xurosonga ketishga qaror qilishgan. Biroq moʻgullar buxoro qoʻshinini pistirmaga tushirib, tormor keltirdilar, faqat Inonchxon ozgina qoʻshin bilan qamalni yorib oʻtishga muvaffaq boʻlgan. Himoyachilarsiz qolgach, shahar aholisining bir qismi taslim boʻlishga qaror qilib Chingizxon huzuriga qozi Badriddin Qozixon boshchiligidagi vakillarini joʻnatgan. Biroq shaharliklarning va qoʻshinning bir qismi (400 jangchi) yana 12 kun davomida arkka yashirinib bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashni davom ettirdi. Shahar butkul vayron qilinib, yondirib yuborilgach, aholining bir qismi qirib tashlangan, qolganini boshqa shaharlarni olishda qamal ishlarida foydalanish uchun haydab ketishgan. Chingizxon Tovush bosqoqni Buxoro hokimi etib tayinlagan9.
BUXORO QALʼASI — shaharni tashqi hujumlardan saqlash maqsadida qurilgan mudofaa devorlari (mil. 6-a. ning 2-yarmi — 16-a.). Buxoroning ilk qalʼa devori 6-a. 2-yarmida Sheri Kishvar tomonidan bunyod etilgan Ark devori boʻlgan. Keyinchalik, 8—13-a. boshlarida shahar kengayishi natijasida qalʼa devorlari bir necha bor qayta qurilgan. 1220-y. Chingizxon Buxoroni zabt etgan paytida uning mudofaa devorlarini buzib tashlagan. Abdullaxon Yadavriga kelib shahar devorlarining hoz. shakli paydo boʻlgan.
19-a. da shahar qalʼasi devorining umumiy uz. 12 km, bal. 10 m, asosining qalinligi 5 m ni tashkil etgan. Devorning yuqori qismida kengligi 2 m ga teng oʻtish joylari boʻlib, ulardan devor orqali mudofaa qurollari olib oʻtish uchun foydalanganlar. 116 ta kichik minorachalar va 11 ta 2 minorali darvozadan iborat qalʼa devorining ayrim yerlarida oʻq otish uchun moʻljallangan joylar mavjud boʻlib, devorning yuqori qismi oʻtkir uchlar (dandona) dan iborat qilib yasalgan. 1920-y. sent. da qizil qoʻshinlarning Buxoroga bosqini (q. Buxoro bosqini) oqibatida qalʼa devorlariga zarar yetkazilgan. Keyingi davrda shaharning kengayishi natijasida qalʼa devorlari shaharning bir qismida saqlanib qolgan. Eski qalʼa devorlari buzilib, uning oʻrniga yangi inshootlar barpo etilgan. Hoz. kunda qalʼa devorining saqlanib qolgan qismi shaharning qad. tarixidan dalolat berib turadi.
«Kampirak devori»ning uzunligi 336 kilometr bo‘lgan
Buxoro tarixi haqidagi asl haqiqatlar shahardagi qadimiy binolar va bugungi kunda ayrim joylarda qoldiqlari qolgan devorlarda namoyon bo‘ladi. Necha ming yillardan buyon viqor solib turgan qadimiy devorlar necha voqea-hodisalarga guvoh. Devor so‘zining asl lug‘aviy ma'nosi “shaharning aylanma ko‘ylagi”, ya'ni shahar atrofini o‘rab olgan mudofaa inshooti, degan ma'noni anglatadi.
Afsuski, ko‘hna tarixdan so‘zlaguvchi bu inshootlar yildan-yilga nurab, afsonaga aylanmoqda. Buxoro vohasini o‘rab turgan devor xarobalari hozirgi vaqtda vohaning turli hududlarida uchraydi. U xalq orasida «Kanpirak», «Kampir devor», «Devori Kanpirak» nomlari bilan mashhur. Tarixiy kitoblarda Buxoro atrofida turli davrlarda ikkita devor barpo etilgani qayd etilgan.
Ulardan biri bo‘lgan «Kampirak devor» ancha qadimiyroqdir. Ikkinchisi esa VIII-IX asrlarga oid hisoblanadi. Devor minoralar ko‘rinishidagi qal'alar va istehkomlar kabi qo‘shimcha himoya inshootlariga ham ega bo‘lgan. Arxeologik qazishmalar paytida devorlarni qurish bosqichlari va qurilish uskunalari aniqlandi. Tadqiqotchilarga ko‘ra, devor miloddan avvalgi III asrda qurilgan.
Hozirgi kunda «Kapirak devori» ning asosiy xarobalari Qizilpeta tumani hududida tuproq ostida yastanib yotibdi. Qadimda katta bir vohani dushmandan himoya qilgan bu ulkan inshoot Buyuk Xitoy devori kabi katta mavqega ega bo‘lgan. Ma'lumotlarga qaraganda uning (Kampirak devori) - uzunligi 336 kilometr, kengligi 12-14 metr bo‘lgan ekan. U butun bir davlatni o‘rab olgan himoya devori hisoblangan. Asrlar davomida tabiat kuchlari va o‘zaro urushlar natijasida devor nurab, yemirilib, hozirga kelib uzun sun'iy qir holiga kelib qolgan. Qirning balandligi turli joylarda har xil bo‘lib, o‘rta hisobda 1 metrdan 3 metrgacha, hatto 4 metrgacha yetgan. Uning kengligi ham har joyda turlicha saqlangan va o‘rtacha 20-30 metrni tashkil etadi.
Istehkomga «Kampirak devori» nomining berilishi yuzasidan ham turlicha fikrlar ilgari suriladi. Manbalarga ko‘ra qadim Buxoro hukmdorlaridan biri ayol bo‘lgan. U mamlakatni tashqi dushman hujumlaridan saqlab qolish uchun kuchli istehkom qurishni buyuradi. Inshoot ayol hukmdorning qarilik - kampirlik davrida qurib bitkazilgani uchun unga shu nom berilgani haqida hikoya qiluvchi rivoyatlar saqlanib qolgan.
Arxeolog qazishmalar vaqtida devor xarobalari ostidan miloddan avvalgi VII va milodiy VII asrlarga oid turli urush qurollari, sopol idishlar, qishloq xo‘jaligi anjomlari, ayollarga tegishli taqinchoqlar va boshqa narsalar topilgan. Bu ashyolar devorning haqiqiy yoshini aniqlashdi muhim ahamiyat ega.
Qadimiy Buxoroning uzoq kengliklarini himoya qilgan «Kampirak devori»ning haligacha mavjudligi xalqimizga, xususan, yoshlarimizga o‘tmishdan saboq olib, kelajakni barpo etishga undab turibdi.
Kampirdevor qal’asi Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan. Yodgorlik V-VI asrlarga oid bo‘lib tarixi aynan Eftaliylar davriga borib taqaladi.Hozirgi paytda O‘zbekiston tarixi fanida Kanpir devor (Devori kanpirak) atamasi O‘rta Osiyoda dehqonchilik vohalarini ko‘chmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida barpo etilgan mudofaa inshootlari tizimini anglatadi. «Kanpir devor» so‘zining ma’nosi qazilgan choh demakdir. Talaffuzda «n» bilan «m» almashuvi kuzatiladi. «Pir» bo‘g‘ini esa qadimgi payrya – aylana, o‘rov ma’nosida. Demak, kan(m)pir so‘zining o‘zi handaqli devor degani. Devor so‘zi kanpir so‘zining tub ma’nosi unutilganda qo‘shilgan. Arxeolog va tarixchi olimlar O‘tkir Alimov va Mirsodiq Is’hoqovning fikricha, ilk o‘rta asrlarda mintaqada Buxoro vohasidan tashqari to‘rtta Kanpirak devori mavjud bo‘lgan.
Birinchi Kanpirak devori - qadimgi Buxoro vohasidagi shahar, qishloqlarni o‘rab olgan mudofaa devori. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asaridagi ma’lumotga ko‘ra, Kanpirak devori 782 – 831-yillarda qurilgan. Arab tarixchisi va sayyohi Mas’udiy (956-yil vafot etgan)ning yozishicha, Kanpirak devori qadimgi Sug‘d podsholari zamonida (V – VI asrlar) bino qilingan. Bu devorning uzunligi 336 km bo‘lgan.
Ikkinchi Kampirak devori - Qadimgi Sug‘d vohasini o‘rab olgan devor VIII asr oxiri – IX asr boshlarida bino qilingan bo‘lib, uning uzunligi 120 km.
Uchinchi Kanpirak devori - qadimgi Ustrushona vohasini o‘rab olgan. Bu devorlar sun’iy ko‘tarma holda saqlangan.
To‘rtinchi Kanpirak devori - qadimgi Farg‘ona vodiysining g‘arbida VIII asr oxiri – IX asr boshlarida bino qilingan.
Beshinchi Kanpirak devori - qadimgi Toshkent vohasini shimol tarafdan o‘ragan bo‘lib, Xo‘jakentdan Sirdaryogacha cho‘zilgan.
VI asrning boshlari va o‘rtalarida Eftaliylar davlati uchun eng katta xavf Eron Sosoniylar davlati va Buyuk Turk hoqonligi tomonidan solinmoqda edi. Aynan shu sabablar Kanpirak devori qurilishiga turtki bo‘lgan. Milodiy eraning 563-567-yillari orasida Buxoro ostonasida turklar bilan eftaliylar o‘rtasidagi jangda eftaliylar mag‘lubiyatga uchragan va Eftaliylar davlati 579-yilda butunlay barham topgan.
Ta’kidlash kerakki, Kanpirak devor Buxoroning V-VI asrlardagi chegaralarini aniqlab beruvchi yagona inshoot sifatida qadrlanadi.
Turk hoqonligi davrida devorning avvalgi mavqei yo‘qolgan. Garchand hoqonlikning zodagonlar qismi cho‘l-dasht hududlarida yashagan bo‘lsa-da, hoqonlik mahalliy sug‘diy aholi hamda ko‘chmanchilar o‘rtasida tinchlik, hamjihatlik aloqalarini o‘rnatish, savdo-sotiqni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan.
VII asr oxirgi choragi va VIII asr boshlarida Turon hududiga yana bir siyosiy kuch tajovuz qila boshladi. Bu - arablarining istilochilik yurishlari edi. Bu davrda islomga kirgan madaniy voha aholisi va islomni qabul qilmagan cho‘l-dasht ko‘chmanchi aholisi o‘rtasida qarama-qarshilik kuchayib Kanpirak devorga yana ehtiyoj tug‘iladi va u qayta tiklanadi.
819-yilda Movarounnahr va Xurosonda somoniylar sulolasi hokimiyat tepasiga keladi. Arab xalifaligidan mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatgan Somoniylar davlatiga 874-yilda Ismoil Somoniy asos solgan. Bu davlat o‘zining qudrati, harbiy salohiyati, dushmanga qarshi armiyaning muntazam qurol-yarog‘ bilan ta’minlanganligi bilan mashhur bo‘lgan. Somoniylar davlatining asoschisi amir Ismoil Somoniy «To men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men bo‘laman» degan va shu davrdan boshlab Kanpirak devor o‘z ahamiyatini tamoman yo‘qotgan.
Ammo bugun Kanpirak devori «To men men bor ekanman, Navoiy viloyatining tarixiy yoshini Buxoro-yu Samarqandga tenglashtiraman» deya loqaydlik oqibatidan Qiziltepa kengliklari yaralanib yotibdi.
Shundoqqina qadim Buyuk ipak yo‘li hozirgi xalqaro M-37 avtoyo‘li bo‘yida qad ko‘targan noyob me’moriy inshootdan sayyohlar bebahra qolib kelmoqda.
Eng achinarlisi, Qadimgi Buxoro hududining 430 kilometrini o‘rab olgan Buyuk Xitoy devoriga yoki Samarqanddagi devori Qiyomatga o‘xshagan mahobatli Kanpirak devorining tumanimizdan o‘tgani hatto uning xalqaro arxeologik ekspeditsiya tomonidan o‘rganilgan qismi ro‘yxatga kiritilmagan.
Arxeologik yodgorliklarning tuman, viloyat, mamlakat, xalqaro ahamiyatga egaligi – mansublik darajasi ham belgilanmagan. Xalqaro e’tirof «SEZON 2011 g*...» Agar internet tarmog‘ida ushbu yozuvga ko‘zingiz tushsa ajablanmang. Bu 2011-yilda O‘zbekiston-AQSh ekspeditsiyasi olimlari J.Mirzaahmedov va S.Shtark boshchiligida Kanpirdevor qal’asida o‘tkazilgan o‘rganishlarga taalluqli degani.
2011-yilda AQSh hamda fransiyalik arxeologlar tomonidan Kanpirdevor madaniy yodgorligi xalqaro miqyosda o‘rganilgan. Rossiya, Eron, Fransiya, Germaniya, AQSh kabi davlatlarda ilmiy qo‘lyozmalar chop etilgan. Xalqaro arxeologiya institutlari saytlarida «Kanpirdevor»ning me’moriy-arxeologik noyobligi, mudofaa darajasi bo‘yicha Buyuk Xitoy devoriga tenglashtirilgan.
Bizning e’tirof
Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish Bosh boshqarmasi Buxoro va Navoiy viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo Davlat inspeksiyasi Navoiy viloyat bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, Kanpirdevor qo‘rg‘oni xarobalari davlat kadastr ro‘yxatiga kiritilgan, davlat muhofazasiga olingan.
Shuningdek, 2019 yil I chorakda muhofaza belgilari o‘rnatilib konservatsiya qilish uchun 2020-yil respublika madaniy meros obe’ktlarini ta’mirlash dasturiga kiritish aytib o‘tilgan.
Vaholanki, hozirga qadar na kadastr, na muhofaza belgilari o‘rnatilgan.
Davlat kadastr ro‘yxatiga kiritilish o‘rniga, mahalliy g‘isht quyuvchi tadbirkorlar uchun tekin xomashyo maydoni «ro‘yxatiga kiritilgan».
Madaniy yodgorlik muhofaza belgilari bilan emas, aholi tomonidan tashlangan axlat uyumlari bilan «o‘rab olingan».Xalqaro e’tirofga loyiq madaniy yodgorlik devorlari konservatsiya qilish tugul buldozer va yuk mashinalari izlari bilan «ta’mirlangan».
E’tirof etish u yoqda tursin, mahalliy tadbirkorlar kun sayin qala devorlari tomon bostirib kelmoqda. Agar tezroq harakat qilmasak, ko‘z o‘ngimizda butun boshli bir tarix yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi.
Quvonarlisi, «Madaniy yodgorliklar davlat himoyasida» velosayohatchilar guruhi tomonidan mazkur inshootni muhofaza qilish uchun velosipedda bosib o‘tilgan 114 km masofa mashaqqati o‘z mevasini berdi.
Nihoyat, Kanpirdevor qal’a xarobalari davlat kadastr ro‘yxatiga kiritildi. Asosiysi, me’moriy inshootning muhofaza maydoni belgilandi.
XULOSA
O'tmishimizni avaylash, tarixiy obidalarni e'zozlash, asori-atiqalarni, qolaversa, xalqimizning buyuk o'tmishi, yashayotgan ijtimoiy hayoti va kelajagi bilan bevosita bog'liqdir. Bu xususiyatlar millatimiz va xalqimizning milliy qadriyati bo'lib, azaldan ularning qon-qoniga singib ketgan.
Yigirma besh asrdan ziyod tarixga ega Buxoro jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan ko‘hna va navqiron shaharlarimizdan biri. Qadimdan ilmu ma’rifat, madaniyat maskani bo‘lgan bu go‘sha ta’rifi yetti iqlimga yoyilgan.
Qutlug‘ Buxoro zaminidan Abu Ali ibn Sino, Narshaxiy, Imom Buxoriy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Orif Revgariy kabi buyuk mutafakkirlar, ko‘plab adabiyot va san’at namoyandalari yetishib chiqqan. Ularning nomlari obidada zarhal harflar bilan naqshlangan. Bu yerda ilm o‘rganish har bir musulmon erkak va ayol uchun farz ekanini, dil Allohda, qo‘l mehnatda bo‘lishi lozimligi o‘zbek, arab va ingliz tillarida zikr etilgan.
– Tarixdan ma’lumki, qadimda Buxorodan oltin konlari topilgan. Bugungi kunda ham Buxoro tillasi asl tilla hisoblanadi, – dedi Islom Karimov. – Lekin Buxoroni sharif shaharga aylantirgan uning fidoyi, mehnatkash odamlaridir.
Monument markazida uch avlod – baxtiyor yosh oila – ota, ona va bola, nihol o‘tqazayotgan bobo va nabira hamda uy qurayotgan ota va o‘g‘ilning barelefli haykallari aks ettirilgan. Bunda chuqur falsafa bor: hayot abadiy, umr o‘tkinchi, insonning ezgu amallari mangu qoladi, bu dunyoda inson ezgu ishlar qilmog‘i lozim, farzandlari kelajagini, el-yurtining ertasini o‘ylamog‘i darkor.
– Buxoroga kelgan, buxoroliklar hayoti bilan tanishaman, degan odam monumentda ifodalangan bu g‘oyalardan xulosa chiqaradi, – dedi Prezidentimiz. – Bu g‘oyalarni barchaga, birinchi navbatda, yoshlarimizga keng va chuqur tushuntirishimiz kerak. Barkamol avlod tarbiyasida uning ahamiyati katta. Buyuk kelajagimizni yaratishda, avvalo, mustaqil fikrlaydigan farzandlarimizga, shu yurtni yagona, betakror Vatan, deb bilgan yoshlarimizga suyanamiz. Bugun O‘zbekistonimiz erishgan buyuk marralarda, olamshumul yutuqlarda yoshlarimizning o‘rnini, ularning hal qiluvchi kuchga aylanganini ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |