9. Namozgoh darvozasi
Namozgoh darvozasi kurilgan yili ma’lum bo’lmay, Abdulazizxon tomonidan 1540-1550 yillarda qayta ta’mirlangan. U juda chiroyli mayolika va koshinlar, terakotlar ishlatilib, arka, svod, timpan, kitebali qilib, "guldasta"larning usti oltita gultoj bilan bezatilib kurilgan. Yuqori qismi 12 ta gultojdan iborat bo’lib, eski qal’aga tenglashtirib bunyod etilgan. Odamlar shahar ichidagi masjidlarga sigmaganlari uchun Ibrohim darvozasidan Namozgoh masjidiga yig`ilishgan. Namozgoh gavjum bo’lgan. Turk xoqoni Arslonxon farmoni bilan Namozgoh atrofi to’liq tartibga solingan. Boglarbarpo etilib, pishiq g`ishtdan minorali devorlar kurilgan. Darvoza balandligi 11 metru 6 sm., kengligi 13,8 metrga teng qilib bunyod etilgan.
10. Salloxona darvozasi
Salloxona yoki Mir-Mas’ud darvozasining tashki tomonida amir askarlari joylashgan bo’lib, bu erda 1920 yillarga qadar harbiy mashq o’tkazilgan. Sobkq sho’ro davrida ancha vaqtlar parad va anjumanlar shu maydonda o’tkazilar zdi. Salloxona darvozasi Abdulazizxon tomonidan 1540-1549 yillarda kadimiy devor bilan birga kurilgan. O’sha davrda ziyoratchilar uchun makbara, masjid, hovuz, quduq va hujralar bunyod etilgan. Afsuski, ular bizning davrimizgacha etib kelmagan. Salloxona darvozasi haqidagi ma’lumotlar vaqf hujjatlarida (1683-1684 yillar) uchraydi. Darvozaning balandligi 11 metru 10 sm., kengligi 21 metr, asosi bir yarim metrni tashkil etgan. Usti 21 ta gultojdan tuzilgan, "guldasta"lar ikki qavatli bo’lib, qorovullar turadigan xonasi bo’lgan. Shaharga kiraverishda yo’lning o’ng tomonida ikki qavatli Abdullabek hovlisi bo’lgan. Uning yonida esa Arabon masjid i kurilgan bo’lib, bu masjidda mahalla ahli namoz o’qigan.
Salloxona darvozasi orqali odamlar Toki Sarrofon, Toqi Telpakfurushon va Toqi Zargarondan o’tib, shaharning markaziy savdo rastalariga borishgan.
Darvozaning tashqi tomonidan 200 metr chamasi uzoqlikdagi tepalik - mozoristonda Boboyi Porado’z maqbaralari bo’lgan. Boboyi Porado’zning asl ismlari Abu Bakr Muhammad Axmad al-Iskof bo’lib, "iskof" so’zi arabchadan o’girilganda, poyafzal tikuvchi, tojik tilida esa porado’z demakdir. XIII-XIV asrning yarmida yashagan poyafzal tikuvchilarning piri-ustozlari Boboyi Porado’z bo’lganlar. Boboyi Porado’z tikkan poyafzal bilan Makkayu Madinaga borib kelgan hojilarning oyoq kiyimlari yangiligicha turgan.
Rivoyat kilishlaricha, u kishi yotgan mozordagi tuproq zaxm kasalliklari va yaraga sepilsa, davo va shifo bo’lar ekan. Aytishlaricha, bu dunyodan o’tgan barcha igna bilan ishlaydigan xunarmandlarning pirlari shu mozorga dafn qilingan ekan. Amir Temur hazratlari ham Boboyi Porado’zni pir deya deb kabul qilganlar.
Buxoroning boshqa darvozalari qatori Salloxona darvozasi xam 2009 yil oktyabr oyidan boshlab kaytadan tiklanmokda va asl holatiga keltirilmokda. Loyiha chizmalarini arxitektorlar Maxmud Axmedov, Tuyg`un Boboev tayyorlaganlar. Bunyodkorlik, kurilish ishlarini esa usta-me’morlar Muzaffar Mirzaev, Sharif Raximovlar olib bormokdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |