Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali Kompyuter injiniring fakulteti di-11-19 guruh talabasi Egamberdiyev Jahongirning falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Download 0,63 Mb.
Sana22.10.2020
Hajmi0,63 Mb.
#49889
Bog'liq
falsafa 1-mus ishi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali Kompyuter injiniring fakulteti DI-11-19 guruh talabasi Egamberdiyev Jahongirning falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Mavzu: Jahon sivilizatsiyasi tarixida Sharq madaniyatining o’rni va uni o’rganinshning ahamiyati


Reja:

1.O’rta asrlarda Sharq madaniyati

2. Sharq madaniyati : Xitoy mamlakati

3 . Sharq madaniyati : Hindiston

4. Sharq madaniyati : O’rta Osiyo

O’rta asrlarda dunyoning turli hududlarida madaniyat taraqqiyoti turli darajada kechdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Marv, ko’hna Urganch, Termiz, Toshkent kabi shaharlar xo’jalik fan va madaniyatning yirik markaziga aylandi. Mintaqada me’morchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq ijtimoiy siyosiy hayot madaniy aloqalarning rivojlanishida Sharq va G’arb o’rtasida oltin ko’prik bo’lgan Buyuk Ipak yo’li muhim ahamiyat kasb etdi.

1.O’rta asrlarda Sharq madaniyati

Ayni shu davrda ushbu zaminda o’z ijodi bilan ilm-fan va madaniyatning ulkan hissa qo’shgan ulug’ allomalar yetishib chiqdi. Islom Arabistonida vujudga kelgan bo’lsada, u Movorounnahrda ravnaq topdi. Bu diyor allomalari o’z durdona asarlari bilan o’rta asrlarda Qur’on tavsifi, hadisshunoslik, arab filologiyasi, fiqh (islom huquqshunosligi), Kalom (islom falsafasi) ilmlarining turli sohlari taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdilar.

Qur’on mazmunini sharhlab, tavsifini bayon qiluvchilar mufasirlarning aksariyati (Imom al–Moturidiy, Imom Abu Lays as– Samarqandiy, Imom az–Zamaxshariy, Imom an–Nasafiy) ushbu diyor vakillari edi. Hadis islomda Qur’ondan keyingi muqaddas manba hisoblanib, Muhammad alayhisallomning diniy va axloqiy ko’rsatmalari, hikmatli so’zlaridan iboratdir.

2. Sharq madaniyati : Xitoy mamlakati

VIII asrdayoq Xitoyda Xonlik favlar akademiyasi tashkil qilingan bo’lib, bu akademiya davlat ahamiyatiga molik dunyodagi eng qadimgi ilmiy muassasa edi. O’rta asrda Xitoy o’zining yilnomalari bilan dong chiqardi. Xitoyda VIII asrning boshlarida “Poytaxt axboroti” nomli rasmiy hukumat gazetasi vujudga kelgan bo’lib, bu gazeta XX asrning boshlarigacha nashr etilgan.

Alximiklar abadiy hayot doirasini axtarib, yangi metallar va minerallar xususiyatlarini kashf etdilar. Tabiblar ilm va sehrgarlikni mujassamlashtirib, ko’plab o’simliklarning shifobaxsh xususiyatlarini aniqladilar. Muhandislar va matematiklar shaharlar va kanallar qurilishlarida dong taratdilar.

Xitoyda, o’rta asrlarda ko’plab ixtirolar qilindi. Dastlab mushakbozlikda ishlatilgan o’q-dori (porox), keyinchalik harbiy sohada ham keng qo’llanila boshlandi. XIII asrlarda miltiq, XIV asrdan tosh va temir, o’q otadigan zambarak to’plar yaratildi.

Bosma kitobning yaratilishi Xitoyda xususiy nashriyotlarning vujudga kelishini ta’minladi. Jumladan, poytaxt Pekinnning o’zida 2 ta bosmaxona mavjud edi. Falsafa, tarixshunoslik fanlarining ham o’sishiga birmuncha imkoniyat yaratildi. Tasviriy san’atda yangi soha – badiiy asarlarni rasmlar bilan bezash vujudga keldi.

Mamlakatda an’anaviy san’at sohalari saqlanib qolsada, asta-sekin fan, adabiyot va san’atda yangi yo’nalishlar shakllanib, zamondoshlar diqqat e’tiborini jalb qila boshladi.

3 . Sharq madaniyati : Hindiston

Hind olimlari, matematika, astronomiya va tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishdilar. O’rta asrlarda hind olimlari boshchiligida qurilgan rasadxonalar hozirgi kunga qadar saqlanib kelmoqda. Hind astronomlari Yerning o’z o’qi atofida aylanishi va uning shar shaklida ekanligi farazini yaratdilar.

Hind tabiblari odam bosh suyagini ochib o’gir jarrohlik asboblari va og’riqni bosadigan dori-darmonlardan foydalanishni bilganlar. Hind tabiblari o’z bilimlari va mahoratlari bilan butun sharq dunyosida mashhur edilar.

Me’morchilik sohasida tosh va g’ishtlardan minorali ibodatxonlar qurish keng tus oldi. Ushbu ibodatxonalarning ko’rinishi ulkan mevalarni eslatardi. Hindistonda katta qoya toshlar yoki g’orlar ichida o’yib solingan ibodatxonalar ham bo’lgan. Markaziy Hindistonda g’or ichida o’yib qurilgan ibodatxona ayniqsa mashhur edi. Ajanta ehromlarining qurilishi mil.avv. II asrda boshlanib, oradan IX asr o’tgach tugallangan. U konussimon tog’ bag’rida, tog’ chuqurligida inson qo’li bilan qazilgan g’ordan iborat.

Unda turli haykallar va rasmlar ishlab bezatilgan 29 ta ehrom va jome joylashgan. Ularning devoriga bo’rtma naqsh suratlar solingan bo’lib, bu suratlardan hindlarning turmushi va hayotiga old ma’lumotlar olish mumkin. Ibodatxonalar ichi baland ustunlar bilan bezatilgan, devoriga yuksak didli insonlar ham lol qoladihgan naqshlar solingan. Induizim diniga oid xudolarning ulkan haykallari jezdan quyilib yoki toshdan o’yilib yasalardi.

4. Sharq madaniyati : O’rta Osiyo

O’rta Osiyoda, Temuriylar davrida ijtimiiy siyosiy jarayonlar tezlashadi. Hokimyatga Amir Temurning kelishi va markazlashgan davlat barpo etilishi bilan turli jabhalarda yuqori natijalarga erishildi. Ayniqsa bu davrda Sharqning ko’plab shaharlarida arxitektura san’atining yuksak namunalari yaratildi.

Bu davr o’yg’onish davrining so’ngi bosqichi edi. Buni ayniqsa ilm- fan, tasviriy san’at, musavvirlik, me’morchilik, xattotlik va badiiy adabiyotda kuzatishimiz mumkin. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda namoyon bo’ldi. Bu davrda Samarkandda miniatyura maktabi shakllandi.Amir Temurning o’g’li Shohruh va nabirasi Ulug’bek bu siyosatni davom ettirishga harakar qildi.Amir Temur davrida O’rta Osiyoning mustaqil davlat sifatida birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi.

Falakiyotshunoslik fanida Ulugbek, Qozizoda Rumiy, Mavlono Ahmad, G’iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar yaratdi. Tarix ilmida Sharafiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Mirzo Ulugbek davrida Samarqandda birinchi Akademiyaga asos solindi, yer kurrasini o’lchash va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarqand rasadxonasida Ulug’bek matematika, geometriya, falakiyotshunoslikda chuqur bilimlar sohibi edi.

Bunga matematikaga doir "bir daraja sinusni aniqlash haqida risola", falakiyotshunoslikka oid "Risolai Ulug’bek" va "Musiqa ilmi haqida risola" kabi asarlari misol bo’la oladi. Bu davrda yetuk ijodkorlar Qutb, Sayfi Saroiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod kildi. Badiiy ijodning g’azal, ruboiy, tuyuq, kabi turlari rivoj topgan.

XV asrning ikkinchi yarmi o’zbek adabiyotining eng rivojlangan davri bo’lib, bu yuksalish Temuriy Boyqaro va o’zbek adabiyotining porloq quyoshi A. Navoiy nomlari bilan bog’liq. Boyqaro hukmronligi davrida adabiyot, san’at va fanning ko’p sohalari rivojiga katta ahamiyat bergan. XV asrda o’zbek adabiyoti, ayniqsa Navoiy ijodi misolida adabiy janrlar rang-barangligi nuqtai nazaridan ham eng yuksak cho’qqiga ko’tarildi. O’zbek adabiy tili shakllandi.

Temuriylarning adabiyot va madaniyat sohasidagi an’analari keyinchalik Boburiylar tomonidan Afg’oniston va Hindistonda, XVIII-X1X asrlarda Xorazm va Qo’qon xonligida rivojlantirildi. Movarounnahr va Xurosonda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda ro’y bergan madaniy yuksaklik butun musulmon sharqidagina emas, balki Yevropa mamlakatlarini kam hayratga soldi.

Xulosa


Jahon sivilizatsiyasida Sharq madaniyatining turli sohalarda ilm-fan, savdo-sotiq, me’morchilik qurilish, hunarmandchilik, she’riyat, tabobat, ixtiro va kashfiyotlar kabi bundan ham ko’p sohalarda dunyo bo’yicha ilg’orligi, yangichaligi, uni o’rganish davomida asosiy tarix tayanchi ekanligi bilish orqali ham alohida o’rin egallaydi.

Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, Sharq madaniyati nafaqat Jahon sivilizatsiyasi tarixidagi mamalakatlar madaniyatiga balki hozirgi zamonimiz madaniyatiga ham asosiy ustun ya’ni poydevor vazifasini bajarishi mumkin bo’lgan barcha sohalarda yetarlicha o’z mukammaligini saqlab qolgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdullayev M. “Madaniyatshunoslik asoslari” . Toshkent 1998-y.

2. Abdullayev M. Umarov E. Ochildiyev A. “Madaniyatshunoslik asoslari” Turon-iqbol, Toshkent 2006-yil.

3.Abdurahmonov M. Rahmonov N. “Madaniyatshunoslik” Toshkent 2011-yil

4. www.literature.uz

5. www.wikipedia.uz



6. www.ziyonet.uz
Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish