100
u holda ushbu tarzda affilirlangan korxonalar yagona korxona sifatida ko`riladi.
Agar bir nechta korxona birgalikda boshqa korxonaga ta’sir ko`rsatishni
amalga
oshirishi mumkin bo`lsa, u holda ularning har biri nazorat qiluvchi sifatida
ko`riladi.
Xalqaro shartnomalar
GFR Oliy Federal Sudi yuqori fuqorolik sudi hisoblanadi va faqat Federal
Konstitusion Sudning qarorlariga bo`ysunadi. Federal Konstitusion Sud va yeH
Oliy Adolat Sudi o`rtasida
rasmiy ierarxiya mavjud emas, biroq amaliyotda Oliy
Adolat Sudining qarorlari Germaniya Konstitutsiyasiga zid bo`lmasligi sharti
bilan, birinchisi ikkinchisining qarorlarini hisobga oladi.
Germaniya qonunchiligi OESR Tavsiyalari va VTO qoidalariga amal qilish
majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
Ustun mavqeini suiiste’mol qilish
GFR “Raqobatni cheklashga qarshi Qonun”ni yeH qonunchiligi bilan
kelishilgandan so`ng ustun mavqini suiiste’mol qilishni
ochiq tarzda man qiladi
(19 (1)modda). Qonunning 19 moddasini (4) qismida ushbu qonunbuzilishlarni
to`rtta asosiy guruhi keltiriladi:
1. to`sib qo`yish (obstruksiya),
2. ekspluatatsiya,
3. kamsitish, va zarar infratuzilma xizmatlaridan foydalanishni rad etish
(inshootlar).
19 (4)
modda
Suiiste’mol qilish mavjud bo`ladi qachonki, ustunlikka ega korxona
tovarlarni ma’lum turlari yoki tijorat xizmatlarini yetkazib beruvchi sifatida bo`lsa:
1.
boshqa
korxonalarni
shunday
tarzda
raqobatlashish
imknini
yomonlashtiradi, shunday qilib bozordagi raqobat xech qanday ob’ektiv
asoslarsizbuziladi;
2. samarali raqobat mavjud bo`lgan holatda bo`lishi mumkin bo`lmagan
xaqni va boshqa ish shartlarini talab qiladi; ushbu ma’noda korxonalrni
taqqoslanadigan
bozorlardagi xatti-harakatlari, ya’ni samarali raqobat ustun
bo`lgan holda, e’tiborga olinadi;
3. ushbu tarzda tabaqalashtirish uchun ob’ektiv sabablar mavjud
bo`lmaganda taqqoslanadigan (o`xshash) bozorlarda ustunlikka ega bo`lgan
korxona o`xshash xaridorlardan unchalik qulay bo`lmagan haq to`lash va boshqa
ish shartlarini talab qiladi;
4. boshqa korxonani o`z tarmoqlariga va infratuzilma xizmatlariga kirishiga,
bir xil haq to`lashni o`rnatishga to`sqinlik qiladi, bunda vertikal bo`yicha
yuqori
yoki quyida joylashgan bozorlarda ustunlikka ega bo`lgan korxonani raqibi
qonuniy va haqiqiy sabablarga ko`ra ushbu tarzdagi parallel foydalanish holaiga
ega bo`lmasin; bunday holat taalluqli bo`lmaydi qachonki, ustunlikka ega bo`lgan
korxona operasion yoki boshqa sabablarga ko`ra birgalikdagi (parallel) foydalanish
mumkin emasligini ko`rsatib bersa.
Shunday qilib, GFR qonunchiligi qanday holat ustun mavqini suiiste’mol
qilish deb e’tirof etilishiga aniq ta’rifni keltirmaydi, va ushbu buzilishlarni 4 ta
101
turinigina keltiradi. Na “bozorlarni monopollashtirish”, na raqobatni kamsitish”, na
iste’molchilar/xaridorlar manfaatlarini himoya qilish” mezonlari eslatiladi.
Suiiste’mol qilishni keltirilgan 4 ta turini bittasi ham “bozorlarni
monopollashtirish”na tegishli emas. Sherman Qonunidan (AQSH)
farqli tarzda,
GFR “Raqobatni cheklashga qarshi Qonun”ni “bozorlarni monopollashtirish”ni
taqiqlamaydi. Har xil korxona ustun mavqeni olishi mumkin va ushbu holat bilan
bog`liq o`zining raqobat afzalliklaridan suiiste’mol qilmasdan foydalanishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: