113
keladi. Kengashlar jamoa tomonidan saylanadi va doimo hisobot berib turadi. Bu
Kengashlar jamoani ijtimoiy himoyalash bo`yicha o`z
dasturlarini tuzib, shu
asosda o`z fikrlarini bildiradilar va uning bajarilishini talab qiladilar. Kengashlar
o`z takliflari, talablari va iltimoslarining bajarilishiga katta e’tibor qaratadi. Aks
xolda jamoatchilikning ta’sir – e’tiborini bu muammoga qaratib zarur choralar
belgilanadi.
Kengashlar ijtimoiy muassasalar ustidan boshqaruv vazifalarini ado etadilar.
Aytaylik, oshxonalar, turar-joy fondlari, dam olish joylari, kutubxonalar, madaniy
va sport inshootlari kabilar shular jumlasidandir.
Makro Kengashlar mamlakat miqyosida faoliyat ko`rsatib, hukumat va
uning organlari bilan muloqat hamda muomalada bo`ladilar, o`z taklif, talablarini
shu darajada xal qilishga harakat qiladilar, xatto hukumat, davlat yechimlariga
muyassar bo`ladilar. Shu sohaga taalluqli qonun-qoidalarning
yuzaga kelishida
tashabbuskorlik qiladilar.
Bulardan tashqari bozor iqtisodiyotining ijtimoiylik darajasini ko`tarishda
xususiy institutlar va tashkilotlar mavjud bo`lib, bular o`z jamg`armalariga egaligi
va tijoratdan foydalanishlari tufayli qudratli salohiyatga ega bo`lib, ijtimoiy
himoyada samarali ishlarni olib boradilar.
Ijtimoiy masalalarni xal qilishga jamoatchilikning ishtirok etishi bu sohada
muvaffaqiyatlarga erishishda yaxshi natijalar beradi va boshliq, rahbarlarning,
hukumatning diqqatini jalb etishda qo`l keladi.
Fransiyada ham ish joylari qimmat bo`lib, ishchi va xizmatchilar daromadi
yuqori darajadadir. Bu bozor ijtimoiy yo`nalishida eng muhim o`rin egallab, bunga
ham doimo e’tibor berilib boradi. Ayniqsa, bunda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar katta
o`rin egallaydi. Masalan, 80 – yillar boshida F. Mitteran davlat boshiga kelganda
minimum ish haqi darajasi ko`tarilgan, nafaqalar 40-50 foizga oshgan. Bunday
tadbirlar zaruriyatga qarab tez-tez amalga oshirilib turiladi.
Ishsizlik ijtimoiy sohada
doimo dolzarb hisoblanib, Fransiyada bunga
to`xtovsiz e’tibor qaratiladi. Ayniqsa, bunda yangi ish joylarini yuzaga keltirish
ahamiyatlidir. Xatto bu sohaga byudjet xarajatlari ham vaqti-vaqti bilan sarf etilib
turadi.
90 – yillar boshida ishsizlikni oldini olish maqsadida yangi ish joylari tashkil
etish, vaqtincha ish bilan ta’minlash kabilarga yiliga 110 mlrd. frank byudjetdan
ajratilgan edi.
Ijtimoiy hayotga taalluqli barcha tarmoqlarning rivojlanganligi, ayniqsa
sog`liqni saqlash, madaniyat va sport, turizm, oilaviy siyosat, ta’lim
tizimi
kabilarning yuqori darajada bo`lishligi bu sohada insonga xos yuqori hayot
darajasiga erishish imkonini beradi.
Yevropa Ittifoqi (EI)ning yuzaga kelishi bu sohaga yana ham samarali ta’sir
ko`rsatadi. Chunki bu rivojlangan mamlakatlar birlashmasi bo`lib, avvalo bozor
iqtisodiyotining ijtimoiylik mazmuniga ijobiy ta’sir etadi. yeI ravnaq muhitdan
iborat va barcha a’zo mamlakatlar iqtisodiyotining o`sishiga da’vat etadi.
Raqobatbardoshlik, juda katta G`arbiy bozori yuzaga kelib, hozirning o`zida 400
mln. iste’molchilarga ega. Tovar va xizmat ko`rsatishning, kapitalning katta
114
hududda erkin harakat qilish sharoiti tug`iladi. Umumiy qishloq xo`jalik siyosati
qo`llanilib mahsulotlarning erkin muomalada bo`lishi, moliyaviy hamkorlik,
investitsiya va daromadlarning o`sishi, qishloq xo`jaligidagi
kafolatlikni yuzaga
kelishi qishloq xo`jaligini qayta tiklash kabilarning imkoniyatlari kengayadi.
Sanoatda ham shunday ijobiylik yuzaga kelib, kapital va ishchi kuchi erkin
harakati, kapital konsentratsiyalashuvi, investitsiyaning ko`payishi, yangi
tarmoqlarning rag`batlanishi, ilmiy hamkorlik, xizmat ko`rsatish sohasining
rag`batlanishi kabilar yuqori darajaga ko`tariladi.
EIning shakllanishi boshqa rivojlangan mamlakatlar qatori Fransiyada ham
bozor iqtisodiyotining ijtimoiylashuvida yangi bosqich bo`lib, bu sohada yangi
muvaffaqiyatlarga erishuv ko`zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: