Nарх-nаvоni sаqlаsh mаqsаdidа
dаvlаt bir qism pulni muоmаlаdаn оlib,
muvаzаnаtni
tаminlаsh
chоrаlаrini
qo`llаdi. Lеkin bu ikkinchi tоmоndаn
sаnоаt o`sishigа sаlbiy tаsir etа bоshlаdi,
chуnki хаrijliк dаrаjаsini pаsаytiрish bilаn
bоg`liq edi.
109
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlashda qiyinchiliklarga duch
keladilar. Eng muhimi shuki, bu tarmoqlarning xalq xo`jaligidagi ahamiyati
kattadir.
Fransiyada tarixan uch xil davlat korxonalari mavjud. Birinchisi, bevosita
davlat korxonalariga kirmaydi, biroq odatiy ma’muriy tartibda boshqariladi va
davlat huquqiyligi asosida faoliyat ko`rsatadilar. Bular pochta va aloqa, milliy
nashriyot, kasalxonalar, depozit kassalar kabilardir.
Ikkinchi xili, kapitallari to`la davlat ihtiyorida bo`lib, faoliyati xususiylik
huquqiy harakat asosida bo`ladi. Bularga neft axtarish va uni olish, Parij
aeroportlarini boshqarish, dengiz portlarini va boshqa shu kabilarni boshqarish
kiradi.
Uchinchi xili, aralash iqtisodiyotga qarashli bo`lib, nazorat paketi davlat
qo`lida bo`ladi. Davlat sektoriga qarashli korxonalarning yarmidan ko`pi shunday
korxonalardir.
Davlat iqtisodiyotidagi ikkinchi tomon davlat iqtisodiy tartiblashtirish bilan
bog`liq faoliyatdir. Bu asosan diversifikatsiya tarzidagi amaliyotdir va indikativ
rejalashtirishni ham o`z ichiga oladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bir necha
o`n yillardan beri davom etib, bu to`xtovsiz kuchayib borgan. Agar davlatning
xarajatlari YAIMga nisbatan XX – asr boshida 10-15 foizni tashkil etgan bo`lsa,
90 – yillarga kelib 45 foizdan ortiq bo`lgan. Bu sohadagi asosiy vazifalar
Iqtisodiyot vazirligiga yuklatiladi. Shu bilan birga moliya va byudjet orqali amalga
oshirilib, Fransiya iqtisodiy siyosatini bir-biriga bog`laydi. Bozorga ta’sir
ko`rsatishda iqtisodiyotda byudjet tartibga solish qurolidan hisoblanadi. Chunki u
muayyan soliq siyosati va ma’qul maqsadli dasturlarni amalga oshirishni bajaradi.
Soliqqa kelsak, davlat buning amalga oshuvi tufayli mamlakat byudjetining
daromad qismini amalga oshirish bilan birga milliy iqtisodiyotning rivojlanishdagi
rasmiy ustuvorlikni amalga oshirish amaliyotini ham ifodalaydi. Davlat
byudjetining daromad qismining 90 foizini soliq yig`imi tashkil etadi. Shu bilan
qurol-aslaxalar sotish kabilar ham ma’lum o`rin egallaydi.
Byudjet xarajatlarida ta’minot va madaniyat, tibbiyot va sog`liqni saqlash,
ish joylari yaratish, mudofaa, ijtimoiy to`lovlar asosiy o`rin egallaydi. Bundan
tashqari
davlat
yirik
ilmiy-tadqiqot
ishlarini,
iqtisodiy
dasturlarni
moliyalashtirishni amalga oshiradi. Asosan bunda eng ilg`or istiqbolli dastur va
loyihalar o`rin egallaydi. Bular Fransiya firmalarining yaqin orada robototexnikasi,
aloqa
vositalari,
yangi
materiallar
yaratish,
biotexnologiya,
axborot,
miroelektronikalar bo`yicha yyetakchi mamlakatlar qatorida bo`lish imkonini
tug`diradi.
Davlat faoliyatida, uni iqtisodiy tartiblashtirish sohasida tashqi savdo ham
aloxida o`rin olib, bunda ham eng ilg`or o`rinlarni egallash choralarini
qo`llanilmoqda. Avvalo bu eksportga qaratilgandir. Tartiblashtirishda fransuz
tovarlari raqobatbardoshlik darajasini ko`tarish eng muhim bo`lib, bu kompleks
asosda amalga oshirilmoqda. U tovarlarni sotish jarayonidan tashqari ishlab
chiqarishni ham o`z ichiga oladi. Bundagi davlat harakati selektiv va maqsadli
yo`nalishli bo`lib, uning asosiy o`qi moliya-kredit va ma’muriy sohalarni o`z
110
ichiga oladi. Davlatning iqtisodiyotdagi o`rni uning yalpi mahsulotga va daromad
taqsimotidagi ishtiroki, davlat sektorida bandlikni yuqoriligi ham tasdiqlaydi.
YAIMning 54 foizi davlat tomonidan taqsimlanadi. Davlatdagi bandlik darajasi 24
foizga yetadi. Kadrlar tayyorlashda ham o`rni katta bo`lib, oliy o`quv yurtlarida
faqat davlatga qarashli korxona, tashkilotlarda ishlash uchun kadrlar tayyorlanadi.
Davlatning aholi ijtimoiy hisobidagi o`rni juda katta bo`lib, asosiy ishlar
davlat tomonidan bajariladi va xarajatlar ham davlat orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy to`lovlar YAIMning 19,3 foizini tashkil etadi. Bu dunyoda eng yuqori
ko`rsatkichlardan hisoblanadi.
Fransiya davlatining iqtisodiyotdagi o`rni ayniqsa milliylashtirish va
xususiylashtirish jarayonlarida juda ahamiyatlidir. Bu jarayonlar iqtisodiy va uning
talablariga qarab Fransiyada juda faol yondoshuv amalga oshiriladi. Bunday
holatlar ayniqsa 80-90 yilarda yaqqol ko`zga tashlanadi. Aytaylik, 80 – yillar
boshlarida Yevropa rivojlangan mamlakatlariga AQSHning valyuta-moliyaviy
siyosati katta ta’sir ko`rsatdi. Dollarning kursi shiddatli ravishda ko`tarilib,
Fransiyaning savdo yetishmovchiligini o`sishiga olib keldi. Chunki taxminan 1/3
fransuz importi dollar bilan to`lanar edi, bu esa 1981 – yilni o`zidayoq 92 mlrd.
franka teng edi. Buning ta’siri ishsizlikni o`sishi, iste’mol tovarlari narxining
o`sishi va bir qancha ijtimoiy keskinliklarga olib keldi.
Fransiya davlati iqtisodiy keskinlikning oldini olish uchun bir qancha chora-
tadbirlar bilan birga korxonalarni milliylashtirishni amalga oshirdi. Bu jarayon
asosan beshta yirik sanoat guruhlarini o`z ichiga oldi. Davlat sektori keskin
ko`tarilib, bandlik 25 foizga yetdi. Eksportda esa 1/4 ni tashkil etdi va 1/3 sanoat
mahsulotini qamrab oldi. Buning hissasiga aviatsiya va kosmik sanoatning 85 foiz,
qora va rangli metallurgiyaning 70 foiz, Kime sanoatining deyarli yarmi to`g`ri
keladi.
Kreditni tarqatishga katta e’tibor qaratilib, 36 ta tijoriy va biznes banklar
davlat ihtiyoriga o`tdi. Shu bilan birga ikkita eng yirik moliyaviy guruh davlat
qo`liga o`tadi. Bular juda yirik sanoat-moliya guruhi bo`lib, yuzlab yirik
kompanyailarni birlashtirar edi. Shunday qilib, moliyalashtirish va kredit
sohasining 95 foizi davlat ihtiyoriga o`tadi.
Bank vositasi bilan sanoatga yordamlashuv siyosati qo`llanildi va bir qancha
tarmoqlarga imtiyozli kreditlar qo`llanildi. Milliylashtirilgan korxonalarning ba’zi
qismlarga imtiyozlar konkret holatda amalga oshirildi. Sanoat tarkibiy tuzumini
o`zgartirish xususiy korxonalarda ham amalga oshirilib, bularning xatarliligini
banklar o`z bo`yniga olishi kerak edi.
Narx-navoni saqlash maqsadida davlat bir qism pulni muomaladan olib,
muvazanatni ta’minlash choralarini qo`lladi. Lekin bu ikkinchi tomondan sanoat
o`sishiga salbiy ta’sir eta boshladi, chunki xaridlik darajasini pasaytirish bilan
bog`liq edi.
Davlat shu bilan birga “Delyur rejasi” deb atalmish dasturni qo`llab, “qattiq
tejamlik” chorasini qo`llay boshladi. Bu avvalo tashqi savdo kamomadining oldini
olishga qaratilgan edi.Soliqlar orttirilishi, majburiy zayom, shuningdek transport,
davolash, kommunal xizmatlar narxlari ko`tarildi. Natijada zararli ish yurituvchi
111
korxonalar soni kamaydi va davlat sektorini moliyalashtirishga xususiy sektor ham
jalb etila boshladi.
Bularning
hammasi
tushkunlikni
oldini
olish
va
iqtisodiyotni
mustahkamlashga yordamlasha boshladi. 90 – yillarga kelib iqtisodiy muhit
o`zgarib, asosiy masalalarga yondoshuv boshqa talablarni qo`yib, korxona va
tashkilotlarning xususiylashtirish siyosatini talab eta boshladi va bunda ham davlat
keskin tadbirlar qo`llab, iqtisodiyot rivoji uchun zarur choralar amalga oshirildi.
Bunda firmalar strategiyasi manfaatlarini e’tiborga olib, davlat aralashuvini
qisqartirish hamda bozor kon’yunkturasini e’tiborga olib, moslashuvchanlikni
qo`llash, xo`jalik faoliyatini baynalminallashtirishda xususiylikning ustunligini
e’tiborga olish hamda mayda aksionerlarni ko`paytirish va bunga aholini jalb etish,
asos bo`lib hisoblangan.
90 – yillarning birinchi besh yili ichida 65 davlat va yarim davlat
korxonalari xususiylashtirilib, buning ichida yirik, eng yiriklari ham mavjud edi.
Bular sanoat, banklar, sug`urta guruhlari edi. Xususiylashtirish zarur bo`lgan
aktivlar qiymati 200 mlrd. frankka teng edi. Lekin elektroenergiya, gaz ta’minoti,
telekommunikatsiya sohalari faqat davlat egaligida qolishi qat’iy edi.
Xo`jalik mexanizmini takomillashtirishdagi ikkinchi yo`nalish soliq
to`lovlarini kamaytirish edi. Daromadning asosiy qismini xo`jaliklar ihtiyorida
qoldirib, tadbirkorlar erkinligini kengaytirish va shaxsiy tashabbusni ko`tarish
kerak edi.
Bundagi davlat siyosatining uchinchi yo`nalishi turli iqtisodiy faoliyat
sohalaridagi chegaralashni kamaytirishdan iborat bo`ldi. 1987 – yildan boshlab
barcha sanoat va xizmat ko`rsatish sohalaridagi korxonalar o`z mahsulotlari narxini
bozor sharoitlaridan kelib chiqgan xolda erkin belgilash huquqiga ega bo`ladilar.
Faqat bundan kitob, medikamentlar, gaz temir yo`l istisno edi. Kredit tizimi
faoliyatiga davlat aralashuvi keskin kamaytirilib, kredit muassasalari asta-sekin
xususiylashtiriladi va kreditdan foydalnishdagi imtiyozlar bekor qilinib, erkin
bozor foiz normalari kiritiladi.
Bunday davlat siyosati qisqa vaqt ichida o`zining ijobiy Yakunlarini bera
boshladi. Iqtisodiy ko`tarilish yuz berib, bu 3-4 foizga yetdi. Kapital xarajatlar
deyarli 50 foizga ko`tarildi va asosiy an’anaviy tarmoqlarda o`sish yuz bera
boshladi.
Lekin 90 – yillar boshiga kelib iqtisodiyotda axvol yana keskinlasha
boshladi. Buning asosiy sababi jahon bozorida narx-navoning eksport tovarlarga
pasayishi bo`ldi. Milliy kompaniyalarda o`z sarmoyalarining yetishmasligi, kredit
foizlarining yuqoriligi, yirik qarzlar paydo bo`lishi yuzaga keladi. Bular
hukumatdan keskin chorlaar qo`llashni talab etadi. Iqtisodiyotni jonlantirish dasturi
tuzilib, bunda ijtimoiy ishlarni ko`paytirish, turar joy qurilishini kengaytirish,
ishlab chiqarish o`sishini rag`batlantirish hamda ishsizlikning o`sishini
to`xtatishlar ko`zda tutiladi. Shu bilan birga pul-kredit va valyuta siyosatlariga
o`zgartirishlar kiritiladi. Bu tezda o`z natijalarini berib, frank mustahkamligini
ta’minlash, qarzlardan qutilishlar yuz berdi. Shu bilan birga davlat bu sohada
o`zining yangi siyosatini e’lon qildi. Bundagi eng muhimi baho mustahkamligini
112
e’lon qilish edi. Chet valyutalar kursiga frankni tenglashtirish, muomalada pul
miqdorini kamaytirishlar yuz bera boshladi.
90 – yillar boshida ishsizlikning oldini olishga qaratilgan choralardan biri
davlat zayomi chiqarish bo`ldi. Byudjetdagi qo`llanilgan choralar yangi ish
joylarini paydo qilish, vaqtincha ish bilan ta’minlash va yoshlarni o`qitish
jarayondlarini moliyalashtirish imkonini tug`dirdi.
80 – yillar oxiri va 90 – yillar boshida yirik xajmda xususiylashtirish amalga
oshirildi. Bu xatto raqobatbardosh davlat korxonalarini ham o`z ichiga oladi. Bu
yuqori rentabelli va yirik korxonalarga ham taaalluqli edi. Bunda moliyaviy
byudjetga xos fikrlashuv asos qilinib, davlat mulki to`g`risida yyetakchi
partiyalarning strategik masalalari bo`yicha yaqinlashuvi natijasi ustunlik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |