“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

6.4. Jyuppe va Jospen islohotlari 
 
Xalqaro raqobat va yeIning tashkil etilishining iqtisodiy taraqqiyot oldiga 
yangi talablar qo`yishi Fransiya iqtisodiyoti oldiga ham muhim vazifalarni 
ko`ndalang qilib qo`ydi. Bu vazifalar iqtisodiyotda o`zgarishlarni amalga 
oshirishni, uni zamonaviy sharoitlarni e’tiborga olgan xolda taraqqiyotning 
tezlashuvini taqozo etadi.
Bunday o`zgarishlar
 
Jyuppe
va Jospen islohotlari deb ataladi. Jyuppe va Jospen Fransiya hukumatining 
boshliqlari bo`lib, hukumatning bu sohadagi dasturlarini tuzishda va bu dasturlarni 
amalga oshirishda boshchilik qilishgan va shaxsan faol ishtirok etishgan. 
Jyuppe islohotlarining asosiy yo`nalishi ijtimoiy kafolatlikni pasaytirishga 
qaratilgan va bu bilan bog`langan davlat xarajatlarini kamaytirish, byudjet xajmini 
qisqartirishga qaratilgan. Albatta bu yuzaki qaraganda xalq manfaatiga qarshi 
mazmunga ega ijtimoiy himoyani susaytiradigan yo`nalishga o`xshaydi. Lekin 
ijtimoiy himoya darajasini saqlab bozorning ijtimoiylik yo`nalishi ta’minlangan 
xolda bu islohotlarda ko`zda tutilgan vazifani bajarish talab etilar edi. 
Buning uchun islohotda soliq tizimini o`zgartirish, keng xajmli 
xususiylashtirish, 
davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish 
kabilarni amalga oshirish ko`zlangan. 
Shu bilan birga bevosita ishsizlikni 
kamaytirish 
choralarini 
qo`llash 
rejalashtirilgan. 
Yuqorida 
ko`rsatganimizdek, davlatning ijtimoiy 
sohadagi yuki katta bo`lib, bundagi 
asosiy ishlarning davlat bajarar va 
ijtimoiy himoyaning deyarli barchasini 
o`zi ustiga olib davlat sektori ham juda 
katta xajmli edi. Bu bir vaqtda 
zaruriyat 
bo`lsa, 
endi 
ijtimoiylik 
yuqori darajadaligi ta’minlanishi bilan 
Xalqaro 
raqobat 
va 
EIning 
tashkil 
etishining Iqtisodiy taraqqiyot oldiga yangi 
talablar qo`yishi Fransiya iqtisodiyoti oldiga 
ham muhim vazifalarni ko`ndalang qilib qo`ydi. 
Bu 
vazifalar 
iqtisodiyotda 
o`zgarishlarni 
amalgam oshirishni, uni zamonaviy shroitlarni 
e’tiborga 
olgan 
holda 
taraqqiyotning 
tezlashuvini taqozo etadi. 
Bunday o`zgarishlar Jyushe va Jospen 
islohatlari deb ataladi. Jyushe va Jospen 
Fransiya hukumatining boshliqlari bo`lib, 
hukumatning bu sohadagi dasturlarini tuzishda 
va bu dasturlarni amalgam oshirishda 
boshchilik qilishgan va shaxsan faol ishtirok 
yetishgan. 


115 
bu yukning bir qismini zararsiz ravishda xususiy sektorga va fuqarolarning o`ziga 
tashlash yo`llarini izlash talab etilib, iqtisodiyotning taraqqiyoti uchun yangi 
ma’qul usullarini qo`llash zaruriyati tug`ilgan edi.
Shuning uchun xususiy sektorni imkoni boricha kuchaytirish, buning uchun 
keng miqyosda xususiylashtirish, soliqlarni o`zgartirish va ularni iloji boricha 
kamaytirish tadbirlari amalga oshirila boshlanadi. Xatto eng yirik sanoat guruhlari 
va kompaniyalari, banklar xususiylashtirila boshlaydi. Ishsizlikni oldini olish bilan 
bog`liq katta davlat xarajatlari amalga oshiriladi. Kredit imtiyozlari bekor etiladi va 
banklarning korxonalar kafolati to`xtatiladi. Davlatning xususiy korxona
kompaniyalarga nisbatan qo`llanilayotgan chegaralashlar to`xtatiladi. Ba’zi 
ijtimoiy vazifalarni davlat gardanidan olish va bu bilan bog`langan davlat 
xarajatlarini qisqartirish byudjetda ham, uning shakllanish xarajatlari shakliy 
tuzumida ham o`zgarishlar amalga oshirildi. Bu soliq tizimini o`zgartirish va 
nisbatan ba’zi xillarini qisqartirishga olib keldi. Davlatning iqtisodiyotni 
tartiblashtirishdagi vazifalari kamaytirila boshlandi.
Jospen islohoti ham asosan shu yo`nalishda bo`lib, undagi asossiy vazifalar 
tadbirkorlikni kuchaytirish va iqtisodiyotdagi davlat aralashuvini pasaytirishdan 
iborat edi. Bundagi muhim tomonlar aksionerlar manfaatini kuchaytirish, mehnat 
bozorini islox qilish, egiluvchan mehnat haqi shakllarini qo`llash, kasaba 
uyushmalarining rolini pasaytirish, valyutani kuchaytirish kabilardan iborat edi.
Jahon tajribasi, ayniqsa bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlar tajribasi 
shuni ko`rsatadiki, davlat usulida tashkil etilgan xo`jalik yuritishga nisbatan 
xususiy usulda tashkil etilgan xo`jalik yuritish ustunlik qiladi. Bundagi eng muhim 
holat erkinlik darajasi va shaxsiy manfaat darajasidir. Bular albatta xususiy 
xo`jalikda yuqoridir. Tashabbuskorlik imkonini olsak, buning ham xususiylikdagi 
ustunligini ko`ramiz. Xususiylik sharoitida bozor mexanizmlari samaraliroq 
harakatda bo`ladi. Xo`jalik yuritishda davlatning ustunlik tomonlari ham mavjud. 
Lekin hamma vaqt emas. Bunda mavjud sharoit, strategik maqsad xal qiluvchi 
ahamiyat kasb etishi kerak. Shuning uchun ham zaruriyat tufayli davlat usulini 
qo`llash talab etiladi. Lekin imkoni boricha iqtisod bozor usulida bo`lishi va uni 
xususiy mulk asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Xatto an’anaviy davlat 
egaligidagi xo`jaliklarni ham xususiylashtirish ko`proq foydaliroqdir va xo`jalik 
yuritish umuman xususiy bozor usulida tashkil etilishi kutilgan samara beradi.
Valyuta islohotida oldin frank va yevro ittifoqiga erishish to`g`risida bir 
necha tadbirlar amalga oshiriladi. So`ngra yevro puliga o`tiladi va natijada frank 
ham Yevropa Ittifoqi uchun umumiy bo`lgan yevro bilan almashtirilib, pul 
muomalasida katta erkinlikka erishiladi. Aksionerlar manfaatini ko`tarishga 
qaratilgan tadbirlar “dekmokratik kapitalizm” deb atalmish tamoyilga asoslanib, 
aksiya egalarini ko`paytirish, shu tufayli firma faoliyatida ishtirok etish va eng 
muhimi mulkdorlik darajasini ko`tarishga erishish ko`zlanadi. Xatto shu usul bilan 
farovonlikni ko`tarish maqsad qilib qo`yiladi. Bunda asos qilib xususiy aksioner 
jamiyatlari olinadi va ularning rivojlanishi qo`llab-quvvatlanadi.


116 
Bu islohotlardan maqsad erkin iqtisodiyot tamoyillaridan voz kechgan xolda 
erkin bozor iqtisodiyoti tamoyillarini tan olish va ularga keng yo`l ochib samarali 
foydalanish tufayli yuqori darajali iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishish ko`zlanadi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish