1
Haqiqiy badiiy asar shunchaki stol oldiga otirib yoz-
ilavermaydi, xuddi inson kabi tugiladi! Uning oz ichki
musiqasi, oz ruhiyati, xatto oz qismati boladi... Shu-
naqa kitobgina oquvchini xayajonga solishi mumkin.
Qolingizdagi kitobga kirgan ikki qissaning birida
mayusroq, birida xushchaqchaq sahifalar koproq bolishi
mumkin. Ammo ikkalasi ham qalb ehtiyoji bilan tugilgan.
Ular sizga oshno bolib qolsa, ozimni baxtiyor sanagan
bolur edim.
Otkir HOSHIMOV,
25 dekabr 2007 yil
Ñholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Òoshkent 2007
OTKIR HOSHIMOV
IKKI KARRA
IKKI BESH
4
© Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007- y.
ISBN 978-9943-05-
2007
0301080000
360/04/2007
X
Qolingizdagi kitobga Ozbekiston xalq yozuvchisi Otkir Hoshi-
movning
«Dunyoning ishlari» va «Ikki kara ikki besh» qissalari kiritildi. Bu
ikki mashhur asar adib iqtidorining turli qirralarini namoyon etishi
bilan ham ahamiyatlidir: ulardan biri Sizni hayot haqida oylashga un-
dasa, ikkinchisi qalbingizga quvonch va surur bagishlaydi.
5
Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq
ularning barchasida men uchun eng aziz odam onam
siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini oz kozim
bilan korganman. Faqat bazilarining ismi ozgardi, xolos.
Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga
boglangan.
Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida
bir-biriga juda oxshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar
sizlarga bagishlanadi aziz Onajonlar!
Muallif
Ehtimol, sizda ham shunday hollar bolgandir: tun yarmidan
oqqanda birdan uygonib ketasiz. Shiftga tikilib yotaverasiz,
yotaverasiz... Avvaliga chiqillab turgan soat ham bora-bora tinib
qolgandek boladi. Uy jimjit, deraza jimjit, qorongi osmon jimjit.
Hatto shamol ham qilt etmaydi. Shu qadar ogir sukunat
chokadiki, quloqlaringiz shangillab ketadi. Zildek yuk ustin-
gizga yopirilib, vujudingizni yerga mixlab tashlaydi; tanho, ojiz
bir narsaga aylanib qolasiz. Goyo butun dunyo bir tarafu siz
ozingiz bir taraf... Shunday paytda mening koz ongimda
tosatdan onam paydo boladi. Qorongi xonaning bir burchidan
chiqib keladi-da, mayus jilmaygan koyi boshim ustiga egiladi.
Yillar zahmatidan dagal tortgan barmoqlari bilan peshonamni
silagandek boladi...Opkam tolib, ozimni tutolmayman. Birdan
tush kabi uzuq-yuluq xotiralar yopiriladi, yuragim gursillagancha
ornimdan turib ketaman.
OQ, OYDIN KECHALAR
Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari koz oldimga keladi.
Hovlimizda bir tup bodom bolardi. Erta bahorda qiygos gul-
lardi-yu, hech meva tugmasdi. Onam: «Bodom yolgiz bolgani
uchun meva qilmaydi», deb tushuntirardi. Shu bodom tagida
supa bor edi. Kun botishi bilan onam hovliga koloblatib suv
separ, kunboyi oftobda qizigan yer hidi supa oldidagi rayhonlar
isiga qoshilib ajib bir tarovat taratar, atrof jimjit bolib qolar edi.
Keyin yirik-yirik yulduzlar bilan tolgan osmonga tillaqosh-
6
dek ingichka oy suzib chiqardi. Oyim oyga tikilib turib ohista
pichirlar edi:
Oymomaxon xulla,
Qanotlari tilla.
Subxon allo sizga,
Umr bersin bizga...
Shunday deb boshimni silardi. Oymoma esa bu sehrli qoshiqni
yana bir eshitgisi kelgandek, muallaq toxtab qolar, yulduzlar
oychan kozlarini tikib muloyim boqib turishar, onam ertak aytar
edi.
Toshlar orasiga kirib goyib bolgan baxtsiz qizcha yiglab-
yiglab qoshiq aytardi:
Ochil-ochil, oq toshlar-a,
Men onamni korayin-a,
Diydoriga toyayin-a.
Men osmondan yulduzimni tanladim. Qarang, oyi, Yetti
ogayni orasidagi eng yorug yulduz meniki...
Mayli, oglim. osha yulduz seniki. Anovi tortinchisi meniki.
Nega, oyi, tortinchisi eng kichkina yulduz-ku!
Shuning uchun ham meniki... Tortinchi yulduz yetim-
cha yulduz. Kordingmi, yaxshi osmay qolgan. Yetimlarga rahm
qilish kerak.
Yulduzlar sirli koz qisishar, tillaqoshdek ingichka oy sirli
moralar, shabada sirli shivirlar, sadarayhon bilan tuproq sirli hid
taratar, osmon ham, yer ham sirlarga tola edi.
Goho-goho osmonda birdan yulduz uchib qolardi. Hozirgina
yonib turgan yulduz tosatdan lop etardi-yu, ingichka, nurli iz
qoldirib goyib bolardi. Onam chochib tushardi:
Esiz... Bir bechoraning joni uzildi-ya...
Yuragim shuv etib, onamning pinjiga kirardim. Ishqilib, boshqa
yulduz uchmasin!
...Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari koz oldimga keladi.
Bilmadim, ehtimol osha oq, oydin kechaiarda onam ilk bor
qolimga qalam tutqazgandir.
Yulduz tola osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng
yorqin yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning songan
7
yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyish-
lari, ehtimol, shundandir.
TASALLI
Qabriston jimjit. Faqat yolakning ikki chetida saf tortgan
mirzateraklar qabr ustiga bosh eggan farzandlardek onaga orom
tilab alla aytadi. Ularning mungli shivirlashi tilovat sadolariga
qoshilib, yurakni ezuvchi ohangga aylanadi... Oq surp yaktak
kiygan, mosh-guruch soqoli oziga yarashgan gorkov yuziga fotiha
tortib ornidan turadi:
Boldi endi, bolam! Bunaqada ozingizni oldirib qoyasiz.
Dunyoning ishlari shu ekan, iloj qancha? U bir zum indamay
qoladi-da, qoshib qoyadi: Volidai mehriboningiz xop yarla-
qagan odaffl ekanlar. Toshakda yotmabdilar, birovga zoriqmab-
dilar... Bunaqa beozor olim har kimga ham nasib etavermaydi.
Nami qurib ulgurmagan tuproq uyumiga tikilgancha oylayman.
Ehtimol shundaydir. Onam bu dunyoda kamsuqumgina
yashardi. Hech kimga ozor bermasdi. Hech kim bilan hech nimani
talashmasdi. Ehtimol, tabiatning eng shafqatsiz elchisi bilan ham
olishib otirishni xohlamagandir. Ehtimol...
Kordingizmi, deydi qariya oychan ohangda, osha
kuni kechasi bilan jala quyib chiqdi. To qabrga qoygunimizcha
tinmadi. Qoyishimiz bilan charaqlab oftob chiqdi. Bunaqa ruhi
pok odamlar kam boladi, bolam, men bilaman-ku.
Ehtimol shunday hamdir. Balki, odamlarning dardiga sherik
bolaverib konikib ketgan bu nuroniy qariya kerakli paytda har
kimga ana shunday tasalli sozini aytar. Rahmat senga, otaxon.
Ertami-kechmi har kimning ishi tushadigan mana shu qollaring
uchun rahmat. Ortanib turgan yurakka suv sepa biladigan mana
shu hamdard qalbing uchun rahmat. Faqat... Hamma gap
yomgirda bolsa, yana aqalli uch kungina onamning umri
chozilsa-yu, keyin yomgir emas, muttasil tosh yogsa ham rozi
edim...
Bir hafta boldiki, dostlarim, tanish-notanishlar eshikdan
mayus kirib kelishadi. Dostlarim jimgina otirib, jimgina chiqib
ketishadi. Boshqalar ohista soraydilar:
Necha yoshda edilar?
Men aytaman... Aytamanu oylayman: onaning yosh-qarisi
8
boladimi? Mehrning yosh-qarisi boladi-mi? Shafqatning-chi?
Sadoqatning-chi?
Ilgarilari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-
kichigi bolmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun
ham onaning katta-kichigi bolmas ekan. Ona ona ekan. Unga
boshqa sifat kerakmas.
TUSH
Tush korsam, onam chiroq kotarib yurganmish. Yuzini aniq
kormasmishmanu, ammo qolidagi chiroq xira nur sochib
turganmish. «Kozingga qara, bolam, chuqur bor», dermish nuqul.
Qarasam, chuqur yoq. Uygonsam, onam ham yoq...
Bazan ish bilan, bazan majlislar bilan, gohida ulfatchilik
bilan uyga kech qaytardim. Bir kuni Namangandan mehmonlar
kelib qolishdi. Uyga borishga konmay, ozimni restoranga
sudrashdi. Yarim kechagacha qolib ketdim. Uyga qaytganimda
kayfim bor edi. Darvozani onam ochdi. Sovuqda mushtdek-kina
bolib dildirab turibdi.
Shu vaqtgacha uxlamadingizmi! dedim zarda qilib.
Eshik ochishga sizdan boshqa odam yoqmi?
Onam mayus jilmaydi:
Uyqu qatta, bolam? O-otiribman.
Ertasiga redaksiyada navbatchilik chozilib ketdi. Qarasam,
yana onamning chirogi yoniq.
Nega uxlamadingiz?
Onam yana mayus jilmaydi:
Bilasan-ku, jon bolam, kamuyqu bolib qolganman.
Men nodon, onamning kamuyqu bolib qolganiga, yarim
kechagacha yuramanmi, tongotar qaytamanmi, onamning chirogi
muttasil liðillab turishiga xop konikkan ekanman.
Qaysi kuni ishdan keyin moskvalik mehmonlarni aeroportga
kuzatib qoyadigan boldim. Samolyot kechikib uchdi. Yarim
kechada uyga qaytsam... ham-mayoq jimjit. Hamma oz oromi
bilan...
Tushimda onam chiroq kotarib yurganmish.
HAQQUSH
9
Dostlarim: «Juda siqilib ketdingiz, aylanib kelamiz», deb toqqa
sudrashdi. Alla-pallagacha otgan-ketgandan gaplashib otirdik.
Qiziq, har gal bosh ustiga bosib tushgudek magrur qad kerib
turgan toglarni, ulkan novvot parchasidek qirrador qoyalarni
korganda hayot abadiy emasligini oylayman. Qorongi osmonda
yana ham qoraroq soyadek qilt etmay turgan bu qoyalar bizga
oxshaganlarning necha-nechasini kordi ekan?.. Faqat ularning
tili yoq...
Kechasi tunagan joyimiz sovuq edi. Anchagacha uxlay
olmadim. Tashqarida teraklar shitirlaydi. Qayerdadir, yaqin joyda
daryo shovullaydi. Bir mahal qulogimga dilni orziqtiruvchi mungli
tovush chalindi: «Haq-qu, haq-qu...» Bir zum sukunat tushdi-
da, ancha olisdan yana osha tovush takrorlandi: «Haq-qu, haq-
qu...»
Bola edim, godak edim, Onam aka-ukalar haqida galati bir
chopchak aytib bergan edi. Emishki, bir zamonlar ikki aka-uka
yashagan ekan. Birining oti Ilhaq, ikkinchisiniki Ishoq ekan.
Ikkalasi bir-birini korarga kozi yoq, juda noahil ekan. Ularning
kornglini olaman, deb ikki ortada onalari adoyi tamom bopti.
Shunda qodir Xudoning qahri kelibdi-yu, ikkovining ham kozini
kor qilib, qushga aylantirib qoyibdi.
Shundagina aka-uka bir-birini kormasa turolmasligini, bir-
biriga kerak ekanligini tushunishibdi. Oshandan beri ikkalasi
kechalari bozlab bir-birini chaqirib chiqisharmishu, topolmas
emish...
Tashqarida hamon terak barglari shitirlaydi. Daryo shovul-
laydi. Mana shu shovullagan sukunat ichida dilni titratadigan
iztirobli nido yangraydi: «Ilhaq! Ishoq!..»
Bechora onam! Osha iztirobli afsonani aytayotganingda inidan
moralagan qaldirgoch bolasidek korpadan bosh chiqarib yotgan
besh bolang bir-biri bilan inoq bolishini shunchalik
xohlaganmiding!
...Onalar farzandlari hamisha birga bolishini istaydilar. Qismat
esa, ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot
loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi.
QARZ
Bir kuni gapdan-gap chiqib, aka-ukalar oyimga hazillashdik:
10
Har oy pensiya olasiz. Shuncha pulni qayoqqa
qoyyapsiz? Sandiqqa bosyapsizmi?
Sandiq qatta, bolam? deb kuldi onam. Qarzlarim bor.
Oshanga beraman-da.
Akamning qovogi osildi:
Qarz? Hali birovdan qarz ham olasizmi?
E, senga nima, bolam! Mening ishimga aralashib nima
qilasan?
Keyin gap boshqa yoqqa aylanib ketdi. Bu suhbatni butunlay
unutib yuborgan edim. Qaysi kuni ertalab hovlida aylanib yursam,
qoshnimizning yetti yashar qizchasi Nilufar chiqib qoldi. Oppoq
bantik taqib, atlas koylak kiyib olibdi.
Ha, Nilu, yasanib olibsan, mehmonga ketyapsanmi?
dedim erkalab.
Bugun man tugildim, dedi u qop-qora kozlarini pirpiratib
jilmayarkan.
lya, yubilyar ekansan-da, shoshmay turchi, hozir...
Uydan bir hovuch konfet olib chiqdim.
Mana, ortoqlaring bilan ye.
Nilufar kattalardek jiddiy bosh chayqadi:
Men ishkalad yemayman. Tishim tushgan. Keyin yana
osha jiddiy ohangda qoshib qoydi: Bultur poshsha buvim
menga tufli olib beruvdilar. Tugilganimda. Qizcha oylanib
qoldi. Keyin-chi, Bahoga uch oyoqli velosiðed, Baxtiga
koylak...
Qolimdan konfet tushib ketdi.
IKKI AFSONA
Gazetachining ishi bir tomondan uloqchi otga, ikkinchi
tomondan omoch tortadigan otga oxshaydi. Uloqchi otdek
manzilga yuguradi-yu, yer haydaydigan otdek har kuni omoch
tortadi...
Navbatchi edim. Xonada yolgiz ishlab otirsam, farrosh
kampir Vera xola kirdi.
Shu stol siznikimi? dedi negadir qovogini solib.
Shu.
Chekasizmi?
Chekaman.
11
Nega kulni polga tashlaysiz? Kuldoningiz bolmasa, ayting,
uydan obkeb beray!
Mulzam boldim. Yoq, yolakning devorida «Farrosh mehna-
tini hurmat qiling» degan yozuv ilib qoyilgani uchungina emas.
Gap shundaki, farroshning ishi qanaqa bolishini yaxshi bilaman,
ozimning boshimdan otgan.
Oyim farrosh edi. Shundoq hovlimizning yonida pioner lageri
bolardi. Oyim kun chiqmasdan turib yolkalarni supurardi. Biz
aka-ukalar suv sepamiz. Aslida suv sepish unchalik qiyin emas.
Yolka chetidagi ariqchaga tushib olasizu alumin togoracha bilan
sepib tashlayverasiz. Keyin oyim bandiga uzun tayoq boglangan
burgan supurgi bilan supurib ketaveradi. Ertalab suv muzdek
bolgani uchun oyogingiz sovqotib «kesilib» ketadi. Ammo gap
bunda ham emas. Hammasidan yomoni tong otmasdan turish.
Ozi yarim kechagacha «kocha sanqib» rosa holdan toya-miz.
Endi shirin uxlab yotganda oyim sekin turtadi:
Bola qol, oglim, hali-zamon kun yoyilib ketadi.
Ozing tengi bolalar lager palatkalarida maza qilib uxlab
yotganida sen suv sepib yolka supurishing... Nima desam ekan...
Sal alam qiladi kishiga. Shundanmi, vaqti-vaqti bilan «shayton-
lik» qilaman. Goh boshim ogrib qoladi, goh oyogim... Oyim
negadir koproq meni avaylaydi. ornimga ozim bilan bir korpada
tepishib yotadigan Abduvohid degan ortogimmi, akammi turib
ketadi. Bazan dadamning jahli chiqadi. «Nima, buningni boshida
shoxi bormi, ishlasin-da», deydi...
Katta akam institutga kirganida beshinchimi-oltinchimi sinfda
oqir edim. Akam student bolganidan keyin oyimning kasbi unga
yoqmay qoldi. Oxiri ochigini aytdi:
Oyi, qoying endi shu ishingizni...
Oyim oyga toldi.
Nima, or qilyapsanmi? dedi bir muddat xomush otirgach.
Men ogirlik qilayotganim yoqku, bolam. Mehnatning aybi
bormi?
Dadamdan ham, akalarimdan ham sado chiqmadi.
Nimagaligini bilmaymanu, osha kuni negadir qaytadan godak
bolaga aylanib qolgandek boldim. Kichkintoylik paytimda onam
bir yoniga ukamning beshigini qoyib, bir yonida meni olib yotardi.
Qish kechalari sandalga tiqilib yotarkanman, yali-naman:
Oyi, chopchak aytib bering.
12
Uxla, bolam, charchaganman.
Ayta qoli-i-ing.
Xop, kozingni yumib yotgin-da, eshit... Bir bor ekan, bir
yoq ekan, qadim-qadim zamonda...
Gap qayoqqa qarab ketayotganini darrov bilaman.
Yana obkashmi?
Yoq, oftob...
Uniyam aytgansiz-ku
Boshqasini bilmayman-da...
Mayli, ayta qoling.
Bir bor ekan, bir yoq ekan, qadim zamonda oftob bolgan
ekan.
Shu ozimizning oftobmi?
Ha, ozimizning oftob. Shunday qilib, oftob bor ekan. Lekin
yer yuziga sira chiqqisi kelmas ekan. Har kuni ertalab Xudoga
nola qilarkan. Yer yuzida iflos narsalar kop, hech korgim
kelmaydi der ekan. Tangri uni ovutarkan. Sen chiqavergin, yer
yuzini iflos narsalardan tozalaydigan odamlar bor, der ekan.
Shuning uchun kim yer yuzini tozalasa, osha eng yaxshi odam
bolarkan.
Siz yaxshisiz-a? Doim kochalarni suparasiz-ku.
Quloq sol, oglim... Oftob har kuni yana Xudoga nola
qilarkan. Yer yuzida yomon odamlar bor. Ularniyam korgim
kelmaydi, der ekan. Tangri uni ovutarkan. Sen chiqavergin,
qancha kop nur sochsang, yer yuzida yomon odamlar shuncha
kamayadi, der ekan.
Oyi, akam yomon-a?
Nega, jinnivoy?
Hali yasagan qorbobomni tepib buzib tashladi-ku!
Yoq, akang yaxshi... Yomonlar boshqacha boladi.
Qanaqa boladi?
Katta bolganingda tushunasan. Boldi, endi uxla.
Yettinchi lampaning piligi pasaytirib qoyilgan, uy ichini
tanchadan chiqqan komir hidi, lampamoy isi tutgan... Nimqo-
rongi. Hech ham uyqum kelmaydi.
Oyi, obkashniyam ayting.
Boldi, uxla...
Ayta qo-li-i-ing.
Mayli, eshit. Bir bor ekan, bir yoq ekan. Qadim zamonda
13
bir yigit bolgan ekan. Ozi yaxshi yigit ekan-u, bir kuni onasini
xafa qilib qoyibdi.
Nima qiðti?
Ishqilib, xafa qilib qoyibdi-da. Ertalab kochaga chiqsa,
qoshni kampir ikki bukilib obkashda suv olib ketayotganmish.
Yigit yugurib borib kampirning qolidan obkashni olmoqchi
bolibdi. Kampir bolsa, rahmat orniga yigitning yelkasiga obkash
bilan rosa uribdi.
Ogribdimi?
Oyim jim qoladi.
Nima ogriydi? deydi anchadan keyin.
Osha yigitning yelkasi-da.
Ogribdi. Oyim kuladi. Keyin xorsinadi. «Sen, debdi
kampir yigitga, birovning konglini ovlashdan oldin oz
onangning konglini ogritmaslikni organ».
Osha bola keyin onasini xafa qilmabdimi?
Yoq, hecham xafa qilmabdi. Oyim uzoq jimib qoladi,
keyin sekin davom etadi. Kordingmi, odam eng avvalo ozining
yaqinlarini yaxshi korishi kerak. Dunyoda yaxshi odamlar kop.
Judayam kop. Ammo sen adangni, opangni, akalaringni yaxshi
kormasang...
Sizniyam, deyman uning gapini bolib.
Meniyam... deydi onam kulib. Meniyam yaxshi
kormasang, dunyoda hech kimni yaxshi korolmaydigan bolib
qolasan.
Uyimizniyam, deyman mahmadonalik qilib.
Oyimni jahli chiqmaydi.
Uyimizniyam, deydi maqullab. Oz uyimizni yaxshi
kormasang, yuz qavatli uylarniyam yaxshi korolmaysan.
Endi chakka otmaydimi, oyi?
Tomdanmi? Adang tuzatib tushdilar-ku. Endi otmaydi.
Sukunat chokadi. Xayol suraman. Yuz qavatli uy qanaqa
bolishini oylaymanu sira koz ongimga keltirolmayman.
Oyi, deyman sekin. Toshkentda yuz qavatli uy bormi?
Yoq.
Toshkent katta shaharmi?
Juda katta shahar.
Undan kattasi yoqmi?
Bolsa bordir. Sen osha shaharlarni yaxshi korish uchun
14
Toshkentni yaxshi korishing kerak. Toshkentni yaxshi korish
uchun ozimizning Dombirobodni yaxshi korgin, xopmi?
Xop. Nega?
Katta bolganingda tushunasan. Oyim peshonamni silaydi.
Negadir xorsinadi.
Butunlay uyqum ochib ketadi.
Oyi, deyman yana. Daryo kattami, dengizmi?
Dengiz.
Daryo-chi?
Uyam katta.
Ozimizning Qonqusdan ham kattami?
Katta.
Xoja aytadiki, Chirchiqda daryo bormish...
Oyim kuladi.
Endi uxla, bolam.
Uyqu qayoqda? Nuqul daryolarni oylayman.
Yozda-chi, deyman esimga tushib. Vali Qonqusda
oqib ketay degan. Akam olib chiqqan!
Bari bir, deydi oyim oychan ohangda. Qonqusniyam
yaxshi korgin.
Nega?
Nega deganda, Qonqus ozimizning anhor. Undan ozimiz
suv ichamiz.
Oshanaqa qilsam, boshqa daryolarniyam yaxshi korib
qolaman-a?
Oyim tagin kuladi.
Albatta.
Kuchugimniyam yaxshi koray-a?
Yaxshi korgin, oglim.
Oyi, Adham jinni-a?
Nega?
Kecha-chi, mushukni muz bilan urdi. Mushuk choloq
bolib qoldi.
Jonivorlarga ozor berib bolmaydi, bolam. Boldi, endi
uxlaymiz.
Xop... Katta bolsam, ka-a-atta shaharlarga boramanmi?
Borasan, oglim, borasan. Oyim sekin-sekin mudrab
ketadi.
Nimqorongi shiftga tikilib yotgancha xayol suraman. Goh
15
katta shaharlarga borib qolaman, goh daryolarda suzaman. Beshik
gichirlaydi. Ukam yiglay boshlaydi. Oyim darrov uygonadi.
Beshikni ohista tebratib, alla aytadi. Oyim ukamga alla aytadi-
yu, ohangiga men uxlab qolaman...
Haqiqat havoga oxshaydi. Nafas olib turasizu ozini kormay-
siz. Oylab qarasam, oyim godakligimda qayta-qayta aytib bergan
mana shu ikki afsona hayotdek oddiy, hayotdek chuqur haqiqat
ekan.
GILAM PAYPOQ
Har yili dam olishga borganimda onamga gilam paypoq olib
kelaman. Kavkaz tomonda kop boladi. Juba deyishadi, jurabi
deyishadi. Oyim xuddi noyob narsaga ega bolgandek, uzundan-
uzoq duo qiladi. Shundoq mehribon ogli borligini aytib
qoshnilarga maqtanadi. Uning oyogi kasal. Salqin tushishi bilan
shishib ketadi, ogriydi.
Qoni-qoshnilar ahvol sorasa, ularniyam, oziniyam yupatadi.
Ha, endi keksalik-da, orgilay.
Lekin onamning oyoq ogrigi faqat keksalikdan emas. Buni
boshqalar bilmasa ham, men bilaman. Yaxshi bilaman.
Bolaligimda kop kasal bolardim: qizamiq, kokyotal,
bezgak... Shuning uchun oshxonadagi mixda kok qarganing
patidan tortib, gultojixorozgacha iliglik turardi... Ayniqsa, tomoq
ogrigi yomon qiynaydi. Oyogim zaxga tegishi bilan tomogim
ogrishga tushadi. Oyoq bilan tomoqning nima aloqasi borligini
haliyam tushunolmayman.
Oshanda necha yoshligim esimda yoq. Biroq juda kichkina
edm. Bir kuni akalarim bilan yaxmalak oynab terlab ketdim.
Terlab turib muz yedim. Kechqurun isitma kotarildi. Quv-quv
yotalaman. Oyim tomogimni achchiqtosh bilan chayib kordi,
bolmadi, turshak qaynatib suvini ichirdi, bolmadi... Oxiri
tomogim xiðpa bogilib qoldi. Ogriqni sezmaymanu nafas olishga
qiynalaman. Hushimdan keta boshlaganimni es-es bilaman.
Qulogim ostida onamning chirqillab yiglagani, hadeb bir gapni
qaytarayotgani eshitiladi:
Voy, endi nima qilaman! Voy, bolam olib qoladi!
Keyin meni shosha-pisha korpachaga oradi. Bir mahal
onamning qolida ketayotganim esimda bor. Gupillatib qor
16
yogayotganini his etib turardimu, biroq yuzimga qor tushmas
edi. Onamning issiq nafasi urilib turar, u sirganib-sirganib borar,
ogir hansirar edi.
Xira chiroq miltirab turgan allaqanday uyga kirdik. Koz
ongim yana qorongilashib ketdi. Oyim hamon chirqillaydi.
Olib qoladi! Bolaginam olib qoladi!
Vahima qilmang, poshsha, dardni bergan Xudo, davosiniyam
beradi.
Bu Hoji buvining ovozi ekanini gira-shira idrok etdim.
Hoji buvi boshimni tizzasiga qoyib chalqancha qilib yotqizdi.
Doka oralgan barmogini ogzimga tiqdi. Konglim agdarilib,
tiðirchilagancha yiglar, ammo Hoji buvining qolidan chiqib
ketolmasdim. U tomogimga nimadir qildi. Dod solib qolini
tishlab oldim. Qiziq, birpasdan keyin ahvolim yengillashdi.
Kozimni ochsam, Hoji buvi jilmayib turibdi.
Nega tishlaysan, kuchukvoy? dedi boshimni silab.
Keyin tepamga oyim engashdi. U hamon hansirar, sochlari
tozgib ketgan, yuzi jiqqa hol edi.
Birpasdan keyin qaddimni rostlab, tanchaga oyogimni tiqib
otirdim. Hoji buvi allaqanday taxir suyuqlik ichirdi. Keyin oyimga
qaradi-yu, birdan xitob qildi.
Voy poshsha-a-a! Nima qilib qoydingiz, tamom bop-
siz-ku!
Oyim talmovsirab, goh menga, goh Hoji buviga qarar edi.
Oyogingizdan ayrilibsiz-ku! dedi Hoji buvi boshini
chayqab. Shu ahvolda qandoq keldingiz?
Kavshandozda turgan oyimning kalishini endi kordim.
Kalishning ichi qorga tola edi.
Sarpoychan kelaverdingizmi?! dedi Hoji buvi hamon
osha vahimali ohangda.
Endi nima qilasiz? Qarganing miyasini chaqib surmasangiz,
choloq bolib qolasiz.
Oyim tanchadan oyogini chiqardi. Ikkala oyogi qið-qizil
gosht bolib ketgan edi.
Sovuq yegani yoq, dedi sekin. Qaytaga isib ketdi.
Qorda ozi isib ketarkan.
Hoji buvi uning oyogini uqalab kordi.
Sezyapsizmi?
Nimani? dedi oyim oyogiga emas, menga qarab.
17
Qolimni sezyapsizmi?
Oyim indamay bosh chayqadi-da, piqillab yiglab yubordi.
... Ertasiga u yotib qoldi. Uzoq yotdi. Dadam bir joydan qarga
otib keldi. Hoji buvi qolidan kelgancha dori-darmon qildi... Keyin
oyim tuzaldi. Biroq salqin tushishi bilan oyoqlari shishib, azob
beradigan bolib qoldi...
Har yili dam olishga borganimda onamga gilam paypoq olib
kelardim. U xuddi noyob narsaga ega bolgandek, uzoq duo qiladi,
birpasda hamma qoshnilarga koz-koz qilib chiqadi, shundoq
«mehribon» ogli borligini aytib maqtanadi. Shunda qor gupillab
yogib turgan mudhish kecha, onamning qið-qizil goshtga aylanib
ketgan oyoqlari koz ongimga keladi-yu, indamay chiqib ketaman.
ENG OGIR GUNOH
Kuz kirganini qishloq bolasining qolidan bilsa boladi.
Yongoq hali «paqqa» bolib ajralmasdan turib, daraxtga tarmashib
ketamiz. Xom yongoqning postini tozalash oson emas. Gadir-
budir gisht topib, ishqalayverasiz, ishqalayverasiz. Oxiri sap-sariq
yongoq ajralib chiqadi. Ammo qolingiz ham xina qoygandek
sargayib ketadi. Loy bilan ming marta ishqalab yuvsangiz ham
foydasi yoq. Pishmagan yongoqning bitta yaxshi tomoni bor:
ogir boladi. Uchi bilan dum tomonini yaxshilab ishqalab
yoglasangiz, zoldirdek sið-silliq soqqaga aylanadi. Ana undan
keyin «soqqa quvar» oynayverasiz. Soqqa qancha kichkina bolsa,
shuncha yaxshi. Manaman degan yongoqqa qars etib uriladi-
yu, oziga uncha-muncha yongoq tegmaydi. Tuproq orasiga
yashirinib yotavera-di. Oyin-ku oz yoliga. Yongoqning yana
bitta fazilati bor: qorinni toq tutadi. Torttasini yeb olsangiz,
yarim kun kekirib yurasiz.
... Endi oylab qarasam, osha urush endi tugab, ogir-
chilikning zahri ketmagan yillarda yaxshiyam meva-cheva bolgan
ekan. Odamlarning joniga shu ora kirgan ekan-da. Erta koklamda
sumalak, ketidan ismaloq, keyin qarabsizki, tut pishadi. Ermon
buvaning tuti! Mayiz deysizmi, shinni deysizmi, hammasi tutdan
boladi. Bundan keyin olma, uzum, kuzda yongoq. Ham ovqat,
ham oyin.
Bir kuni Xoja, Toy, Vali tortovlashib rosa soqqa quvar
oynadik. Jimitdekkina soqqam bilan bir doppi yongoqni yutib
18
oldim. Oyinga joraboshimiz ham aralashgan edi, uyam bir
chontak yongogidan ayrildi.
Kechqurun ogzim qulogimga yetgudek bolib bir doppi
yongoq kotarib keldim. Qarasam, oshxona tomondan gup-gup
etgan tovush kelyapti oyim ogirda tolqon qilyapti.
Nima uchundir onam tez-tez tolqon qilardi. Sababini keyin
tushunganman. Non kopligi uchun emas, kamligi uchun tolqon
qilisharkan. Tolqon toyimli boladi. Ikki qoshiq yeb, ustidan
olma choy ichsangiz, darrov nafsingiz qonadi.
Yongoqni kotarib oshxonaga kirdimu doppini uzatdim.
Qayoqdan olding? dedi oyim kozimga tikilib.
Yutdim. Mang, tolqonga soling.
Bilaman, yongoqli tolqonning tami boshqacha boladi. Yog
mazasi kelib turadi.
Onam doppi tola yongoqni qolimdan olib, yelkamga qoqdi:
Bor, sabr qilib turgin, hozir yongoq tolqon qilib beraman.
Supadagi xontaxta oldiga borib otirdim. Dasturxonda
tonkarib qoyilgan ikkita piyola bilan choynakdan bolak narsa
yoq edi. Zum otmay oyim boyagi tovoqda tolqon kotarib keldi.
Bir qoshiq tolqon yeyishim bilan tosatdan soqqam esimga tushib
qoldi. U chontagimni qarayman yoq, bu chontagimni
qarayman yoq.
Nima boldi? dedi oyim tiðirchilayotganimni korib.
Soqqam qani?
Qanaqa soqqa?
Yutadigan soqqam!
Birdan konglimga gulgu tushdi. Oyim soqqamniyam qoshib
chaqib qoygan bolsa-ya!
Ogzimda tolqon bilan oshxonaga yugurdim. Bir chekkada
yarimta gisht, yonida tesha yotibdi. Pochoqlar orasini titkilab,
yutadigan soqqamning yaltiroq pochogini topdim. Alamimdan
chinqirib yubordim:
Soqqamni nima qilib qoydingiz?
Supa tomondan onamning ovozi keldi:
Nima bopti?
Nima qildingiz? dedim alam bilan. Soqqamni nima
qilib qoydingiz?!
Oyim sekin tepamga keldi.
Mana, dedim pochoqni korsatib. Soqqamni chaqib
19
qoyibsiz-ku!
Oyim negadir kuldi:
Qayoqdan bilaman. Qoy, bolam, akang boshqasini topib
berar.
Oyimning kulishi battar alam qildi.
Kerakmas, kerakmas! dedim oyogimni tiðirlatib.
Yutadigan soqqam edi.
Oyim boshimni siladi.
Bilmabman-da, oglim. Ozing doppisi bilan berding. Yur,
choyingni ich! U qolimdan tutib yana supaga olib chiqdi.
Oldimga tolqonli tovoqni surib qoydi. Otir, ovqatlanib ol.
Qorning ochib ketdi-ku!
Tovoqni nari surdim.
Yemayman!
Oyim tovoqni yana men tomonga surdi.
Ol, bolam, shirin bopti.
Kerakmas! Kerakmas! Kerakmas! Tovoqni qolim bilan
bir urgan edim, uchib avval supaga, undan yerga tushdi. Tolqon
yer bilan bitta bolib sochildi-da, tuproqqa qorishib ketdi.
Birdan oyimning kozida gazab chaqnadi. Shapalogini yozib
quloq-chakkamga yaqin keltirdi. Qorquvdan kozimni yumib
oldim. Yoq, urmadi. Biroq labi titrab pichirladi:
Non-ku, bu, ahmoq! Gunoh boladi-ku!
U sekin yerga tushdi. Sochilgan tolqonni kafti bilan sidirgan
edi, tuproq aralashib chiqdi. Onam boshini kotarib menga qaradi.
Kozlarida alam, tana bor edi.
Birpasdan keyin opam, akalarim dasturxon atrofida yigilish-
di. Har bittasiga yarim qoshiqdan tolqon yo tegdi, yo tegmadi.
Keyin dadam keldi, oyim oshxonadan bugi chiqib turgan bir
lagan lavlagi kotarib chiqdi. Lavlagi shirin narsa-yu, har kuni
yegandan keyin jonga tegadi. Bari bir non emas.
Tolqon qilmadingmi? dedi dadam bir bolak lavlagini
puflab-puflab yer ekan.
Qorquv ichida oyimga qaradim.
Qiluvdim, dedi u sekin.
Qolmadimi?
Ogir olgur agdarilib ketdi, dedi onam aybdor ohangda.
Nima? dadam lavlagi bolagini qolida tutgancha jahl
bilan onamga qaradi.
20
Tokilib ketdi, dedi oyim boshini quyi solib.
Padaringga lanat! dedi dadam sekin, ammo tahdidli
ohangda. Kap-katta xotin uvol qilib otir-sang. Bilib qoy, non
kor qiladi seni! U shahd bilan ornidan turdida, bir hatlab
supadan tushdi. Tez-tez yurib kochaga chiqib ketdi.
Men oyimga qaradim. U bolsa hamon bosh kotarmay otirar,
kozlarida iztirob bor edi.
BOLA YIGISI
Onamning jahli chiqqanini kamdan-kam korardim. Ammo
bu gal juda qattiq achchiqlandi. Opamnikiga ketayotgan edik. Tor
kochaga burilishimiz bilan yigi ovozi eshitildi. Kocha chetida
uch yoshlardagi bola yerga dumalab tajanglik bilan chinqirar, oppoq
koylagi, ishtonchasi qora tuproqqa belangan edi.
Mashinani toxtat, oglim, dedi onam xira tortgan
kozlarini osha tomonga tikib.
Nima edi?
Toxtata qol, bolam, deya onam mayus jil-maydi.
Ikkilanibroq toxtatdim.
Onam inqillab-sinqillab eshikni ochib tushdi. Uishgan
oyoqlarini uqalagancha oqsoqlana-oqsoqlana orqaga, bola
yiglayotgan tomonga qarab ketdi. Men ham beixtiyor ergash-
dim. Bola hamon yerga dumalar, har dumalaganda quloqni teshib
yuborgudek chinqirar edi. Uning tepasida ozi ham opkasini
arang bosib turgan yoshgina juvonga endi etibor berdim.
Jinni bolib qolgan bu, dedi juvon yiglamoqdan beri
bolib. Morojniy ober, dedi. Olib bersam bunaqa qilyapti.
Bola hamon chinqirib yiglar, xarxasha qilar edi:
Issiq manoj! Issiq manoj obering!
Unaqasini qayoqdan topaman! Juvonning toqati toq boldi
shekilli, dumalayotgan oglini yerdan yulqib kotardi. Orqasiga
bir-ikki shapatiladi.
Hoy, qizim, bola-ya bu, bola-ya! onam chumchuqdek
chirqillab juvonga yopishdi. Kel, jonim, dedi bolani bagriga
bosib. Kela qol, ozim senga issiq morojniy olib beraman.
Bola yigidan toxtamadi. Ammo avvalgidek tiðirchilamasdi.
Uning shunchalik jahlini chiqargan «sovuq manoj» oqib koylak-
chasining oldini shalabbo qilgan, boshdan oyogigacha loy edi.
21
Nimaga qarab turibsan? dedi onam menga tosatdan.
Yo sen ham bolamisan? Bor, olib kel mashinangni. Hozir u-
utaga boramiz. Di-ditga tushamiz-a?
Rostini aytsam, bolani shu ahvolda mashinaga otqazgim
kelmadi. Chet eldan keltirilgan yangi parolon gilof olgan edim.
Hammasini rasvo qilib yuboradi endi. Noiloj mashinani tislantirib
olib keldim, qovogimdan qor yogayotganini ozim ham sezib
turardim.
Onam yoniga otirgan juvonga tushuntirdi:
Bunaqada bola xuyli bolib qoladi, qizim. Aldab-suldab
ovuting-da. Ana, di-ditga tushdik.
Bola endi yiglamas, ammo opkasi tolib toxtovsiz hiqillar
edi,
Qayoqqa ketayotgan edinglar, orgilay? dedi onam ayolni
ham yupatuvchi ohangda.
Meni ona-bolaning qayoqqa borishi emas, orindiqning qancha
joyi loyga belangani koproq oylantirardi.
Ayol chimirilib otirganimni sezdi shekilli, xijolat chekib
shosha-pisha qol siltadi.
Mana, keldik. Rahmat. Shu yerda trolleybusga chiqamiz.
U ovunib qolgan ogilchasini kotarib shosha-pisha mashinadan
tushdi. Katta rahmat, baraka topinglar.
Qarasam, xuddi ozim oylagandek: orindiqning yarmi loyga
belanibdi.
Qiziqsiz, dedim jahlimni bosolmay, hammaning ishiga
aralashaverasizmi?
Nima hammaning ishi?
Birovning bolasi bolsa... Yiglasa, sizga nima? Yiglab-
yiglab ovunadi.
Nimaga birovning bolasi bolarkan! Tosatdan onamning
jahli chiqib ketdi. Yiglab turgan bolaning begonasi boladimi?
Uyalmaysanmi shunaqa degani? Yiglab turgan norasidaga rahmi
kelmagan odam odammi?
Indamadim. Ammo bari bir oshanda onamni nohaq hisobla-
gan edim. Yoq, chamamda, onalarning biz tushunmaydigan,
bizning olchovimizga sigmaydigan oz olami borga oxshaydi.
XIYONAT
22
Hali maktabga qatnamasdim. Mahallamizdan ikki chaqirim-
cha narida allaqanday bolalar uyi bor edi. Katta bolalarning
aytishiga qaraganda, osha yerda tez-tez kino bolib turarkan.
Bir kuni akalarim qoshni bolalar bilan pichir-pichir qilishayot-
ganini eshitib qoldim:
Eshitdinglarmi, bugun kino kelarmish.
Urush kino ekan.
Akalarim kinoga borsa, men qarab turarmidim.
Men ham boraman, dedim qaysarlik bilan.
Bopti, borasan. Aytgan ishlarimizni hammasini qilsang,
oboramiz.
Shu kuni nima yumush buyurishsa, oyogim olti, qolim yetti
bolib yugurib yurdim. Yongoqqa boglab qoyilgan echkini ikki
marta sugordim, hovlidagi supaga toshalgan boyra ustiga
yoyilgan turshaklarni qush talamasin deb qoriqlab otirdim...
Hatto rogatkamning rezinkasini uzib, ukamga ishtonbog qilish
uchun berdim.
Kechqurun qulogimni ding qilib turgan edim, kochada
qoshni bolalar chaqirib qolishdi. Akalarimga ergashib yugurdim.
Akamning Damin degan ortogi meni korib soradi:
Sen qayoqqa?
Kinoga! dedim ishonch bilan.
Damin oylanib qoldi.
Bolmasa, botinkangni kiyib chiq, dedi oyogimga qarab.
Hammamiz yalangoyoq edik.
Botinkani nima qilaman?
Devordan oshib tushamiz, bildingmi! Birdan Daminning
jahli chiqib ketdi. Qorovul quvlasa, yantoqzordan qocha
olasanmi? Chop, kiyib chiq! Biz kutib turamiz.
Otilib hovliga kirdim.
Oyim chonqayib otirib, echki sogayotgan ekan. otirgan
joyida shu saratonda botinka nimaga kerak bolib qolganini
surishtirdi.
Kerak! Kerak! dedim nafasim tiqilib. Oyimning javobini
ham kutmay bostirmaga yugurdim. Eski lash-lushlar qalashib
yotgan sandiqni kavlashtirib, poshnasi qiyshayib ketgan
botinkamning bir poyini topdim. Aksiga olib ikkinchisi yoq edi.
Hammayoqni agdar-tontar qilib tashladim. Mana, nihoyat
ikkinchisi ham topildi. Ikki poy botinkani ikki qolimda
23
ushlagancha kochaga chopdim. Chiqsam... Akalarim ham, bolalar
ham yoq. Meni kutishga vada bergan Damin hammani boshlab
ketganini tushundim. Yalangoyoq tuproq sachratgancha katta
kochaga yugurdim. Yoq, hammayoq jimjit edi...
Hovliga qaytib kirdimu botinkalarni yerga uloqtirgancha yiglab
yubordim. Ilgari hech qachon bunaqa alam bilan yiglamagan
bolsam kerak, oyim qorqib ketdi.
Nima boldi? dedi tepamga kelib.
Meni aldashdi!
Kim, nimaga?
Aldashdi! Aldashdi! Boshqa gap aytolmasdan nuqul shu
sozlarni qaytarar, yer tepinib yiglar edim.
Aldashdi! Aldashdi!
Oyim sut hidi anqib turgan qollari bilan peshonamni siladi.
Qoyaver, oglim. Bazan shunaqasi ham bop turadi. U
bir zum jimib qoldi-da, sekin qoshib qoydi. Faqat ozing
bunaqa qilmagin, xopmi?
...Tortinchi sinfda oqiyotganimda yana bir voqea boldi. Bir
sinfda oqiydigan, bir partada otiradigan ortogim bor edi. Uning
dadasi urushdan qahramon bolib kelgan, ozining oti ham
Qahramon edi. Otasi qahramon bolgani uchunmi, oqituvchilar
uni yaxshi korishardi. Maktabimiz hovlisida yongoq kop bolardi.
Katta tanaffusda oqituvchilarning kozini shamgalat qilib,
yongoq qoqardik. Faqat issiqxona yonidagi yongoqqa kesak
otishga hech kim jurat qilmas, oyna sinsa, oqibati yaxstii
bolmasligini bilardik. Bir kuni katta tanaffusda Qahramon osha
yoqqa boshlab qoldi.
Qoysang-chi, dedim uning qolidan tortib. Teplitsa-
ning oynasi sinadi.
Shunaqa qorqoqmisan! Qahramon kuldi. Bunday
qilamiz. Sen qarab turasan. Men qoqaman. Oqituvchi korinib
qolsa, hushtak chalasan.
Yongoq, hech qoqilmagani uchun bolsa kerak, guj-guj bolib
yotardi. Qahramon bir kesak otganda-yoq ontachasi duv etib
tokildi. U ikki chontagini toldirib oldi-da, kattaroq kesakni
olib, yana otdi. Bu safar moljali xato ketdi shekilli, qars etgan
tovush eshitildi. Teplitsa oynasi chil-chil sindi. Nima bolganini
anglab yetgunimcha, Qahramon lið etib goyib boldi. Shu payt
birov qolimdan mahkam ushlab tortdi. Qarasam, sinf rahbarimiz.
24
Maktabdagi eng badjahl oqituvchi shu edi. Qorqib ketdim.
Nima qilding? deb soradi u dargazab bolib.
Hech nima, dedim tovushim titrab.
U qolimni qoyib yubormay, sudrab ketdi. Oqituvchilar
xonasiga olib borsa kerak, deb battar qorqib ketdim. Biroq u
idoraga emas, sinfimizga yetaklab kirdi. Qiy-chuv qilayotgan
bolalar bir zumda jimib qolishdi. Oqituvchi partalar orasidan
yetaklab otib meni doska oldiga turgazib qoydi. Sekin
Qahramonga qaradim. Begunohgina bolib derazaga qarab
otiribdi.
Ortoqlaringni oldida ayt! dedi sinf rahbarimiz dona-
dona qilib. Hozir nima qilding?
Hech nima, dedim yerga qarab.
Teplitsani kim sindirdi?
Bilmayman.
Bilmaysanmi? oqituvchi qahr bilan ovozini balandlatdi.
Bolmasa, kim tosh otdi?
Tomogimga bir nima tiqilib turar, gapirsam yiglab yubori-
shimni bilar edim.
Kim?! dedi oqituvchi battar gazablanib.
Labimni tishlagancha bosh chayqadim.
Mana bu, dedi u barmogini menga nuqib, qilgiliqni
qilib qoyib, tonyapti. Uning ovozi birdan pasaydi. Bolalar,
uning yongoqqa tosh otganini hech kim kormadimi?
Iltijo bilan ortoqlarimga qaradim. Hamma jim edi.
Sen-chi? dedi oqituvchi ovozi tovlanib. Sen ham
kormadingmi, Qahramon?
Qahramon sekin ornidan turdi.
Kordim, dedi mingillab. Ozi otdi.
Koz ongim qorongilashib ketdi. Uning nima deyayotganini
yaxshi eshitmasdim. Faqat bitta gap qulogim ostida jaranglab
turardi: «Kordim, ozi otdi».
Xayriyat! oqituvchi bosh silkidi. Oranglarda hech
bolmasa bitta mard bor ekan. Otir, Qahramon. U menga
yuzlanib davom etdi. Sen yolgonchisan! Yolgonchi bolga-
ning uchun qorqoqsan. Dadangga borib ayt, hoziroq oynani joyiga
keltirib qoysin.
Kozimga yosh quyilib kelar, butun sinfga, butun maktabga
eshittirib hayqirgim kelardi: «Men emas, ozi otdi, ozi sindirdi!
25
Ishonmasanglar chontagini qaranglar!» Shunday degim kelardi-
yu, negadir ovozim chiqmasdi. Sinfdan otilib chiqib ketdim.
Kochaga chiqqandan keyingina yiglab yubordim. Uyga kelib
entika-entika hammasini oyimga aytib berdim. Oyim boshimni
silagancha, ohista yupatdi:
Qoyaver, oglim. Bazan shunaqasi ham boladi. Faqat
ozing unaqa qilma. Kordingmi, yolgon gapirgani uchun
ortogingni yomon koryapsan. Agar yolgon gapirsang seniyam
hamma yomon korib qoladi.
...Student edim. Farishtadek gozal, farishtadek pokiza bir
qizni sevib qoldim. Oy sutdek yorug nur sochgan oqshomlari
uzoq sayr qilardik. Bizning «oz» xiyobonimiz, «oz» anhorimiz,
«oz» skameykamiz bor edi. Keyin... negadir u mendan ozini
olib qochadigan bolib qoldi. Xayol suradi, kozini yashiradi...
Aybim nimaligini bilolmasdim. Hasratimni eng yaqin
dostimga aytardim. Dostim bilan tanaffus paytlari tort tiyinlik
studentlik somsasini bolishib yerdik. Paxtaga, hasharga chiqqanda,
bir kosada shorva ichardik, biznikiga kelganida bir korpada
yotardik. Dostim onamni «oyi» deb atar edi. Oyim ham uni
«beshinchi oglim», derdi. Shunday qilib, hamma sirlarimni shu
dostimga aytardim. Dostim ishning kozini biladigan yigit edi.
«Qoyavering, derdi u yupatib, qizlarning shunaqa noz-firogi
boladi.
Nimaga noz qilayotganini oziyam bilmaydi. Siz indamay
yuravering, bir kuni ozi bosh egib keladi...» Dostim togri aytardi.
Men endi oqshom sayllari orniga kutubxonada otiradigan
boldim.
Imtihonlar yaqinlashib qolgan edi. Bir kuni qiroatxona
yopilguncha otirdim. Kochaga chiqdimu osha ozimizning
xiyobondan otgim keldi. Iliq yoz oqshomi edi. Osmonda tolin
oy pokiza nur sochar, yulduzlar xushchaqchaq porlar, bog ustida
shabada shodon shivirlar edi. Suv boyidagi ozimizning
skameykaga yaqin keldim. Keldimu juda tanish, juda jarangdor
kulgini eshitib, taqqa toxtadim. Bu kulgini bir chaqirim naridan
ham tanir edim. Ichimda bir nima uzilib ketgandek boldi. Xuddi
osha joyda, yaqindagina men bilan otirgan skameykada osha
qiz otirardi. Mening ornimda esa... dostim otirar, qizning
yelkasidan quchib, koksiga tortar, qiz esa undan ozini olib
qochgandek bolar, mening bagrimda qanday kulgan bolsa, uning
26
quchogida ham shunday gamza bilan jilpanglar edi... Odam bir
yola ham muhabbatidan, ham dostidan ayrilib qolsa ogir
bolarkan... Uyga qaytdimu, hovli ortasidagi supaga muk tushib
yotib oldim. Hozir hech kimni, hatto onamni ham korishga
kozim yoq edi. Ancha yotdim. Bir mahal kocha eshik tomonda
dostimning ovozi keldi:
Assalomu alaykum, oyi!
Gazabdan butun vujudim qaltirar, ammo ornimdan turol-
mas, oyimning u bilan aylanib-orgilib korishganini eshitib yotar
edim.
Keyin uning xushchaqchaq tovushi eshitildi:
Iya, bizning ortoqqa nima boldi?
Bilmayman, sakrab turib basharasiga musht tushirdimmi yo
ustimga egilganida urib yubordimmi... Shunisi esimdaki, u solagi
sachrab ketgan labini artib qandaydir gayritabiiy, behayo iljay-
di-da, indamasdan chiqib ketdi. Nariroqda oyim karaxt bolib
turardi. Negadir madorim qurib yana yotib qoldim. Osmonda
xoin oy kezar, behayo iljaygancha harom nurini sochar, xiyonatkor
yulduzlar xoinlarcha koz qisishar, xiyonatkor shamol xoinona
qiqir-qiqir kular edi.
Bir mahal tepamga onam keldi. Ozimni uxlayotganga solib
kozimni chirt yumib oldim. U anchagacha yonimda otirdi-
otirdi-da, sekin pichirladi:
Qoyaver, oglim, bazan shunaqasi ham bolib turadi. Faqat
sen...
Gapining davomini eshitmadim. Eshitishni xohlamasdim ham.
«Nima men?! dedim xayolan xitob qilib. Men nima qilay?
U kozing bu kozingni oyaman desa, eng sirdosh kishilaring
xiyonat qilsa, dosting xiyonat qilsa, nima qilish kerak?! Birov
xiyonatni shunchaki kasbga aylantirib olgani uchun, birov ishini
bitirib olish uchun, birov hasad qilgani uchun xiyonat
qilaveradimi? Shuning uchun bu dunyoni yolgonchi dunyo
deyishadimi? Unday bolsa, yashashning nima manisi qoldi?!
Qani ayting, nimaga ishonish kerak, kimga ishonish kerak?».
Yuragim gursillab urgancha xayolan shunday deb hayqirdim.
Biroq vujudimni ortagan savollarga javob topolmasdim. Onam
esa jimgina peshonamni silab otirar, qollari bilinar-bilinmas
titrayotganini sezib turardim. Shunda tosatdan yana yosh bolaga
aylanib qoldim. Oshanda akamning ortogi aldab ketganida,
27
sinfdosh ortogim tuhmat qilganda... onamning yupatishlariga
ovungandek... Qalbimning zulmat bosgan qaysidir burchagida ojiz,
ammo ishonchli bir nur yilt etdi. «Onang-chi, onang hech qachon
xiyonat qildimi senga! Biron marta, aqalli bir marta xiyonat
qildimi? Har kim har kimning koziga chop solishi mumkin,
har kim har kimga xiyonat qilishi mumkin. Faqat ona oz bolasiga
hech qachon xiyonat qilmaydi. Ehtimol, inson hayotining shuncha
yillardan buyon davom etib kelayotgani shundandir».
Onamning bilinar-bilinmas titrab turgan qollarini tutdimu
sekin labimga bosdim.
SURAT
Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik
turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi:
Otirsang-chi, bolam. Birpas otirgin.
Boldi, ketdim.
Shoshma, bolam. Onam kozimga odatdagidan
boshqacha, qandaydir mung bilan termildi. Gap bor.
Tiðirchilab soatga qaradim: hali benzin olish kerak, ishga
borish kerak, keyin nashriyotga otish...
Nima edi?
Onam kozimga hamon mayus termilib otirardi.
Suratga tushaylik, dedi tosatdan.
Ajablandim.
Nega?
Yaqinda men olaman.
Onam bu gapni xuddi: «Qoshninikiga chiqib kelaman»,
degandek ohangda aytdi. Kulib yubordim.
Qoysangiz-chi, oyi.
Shunday dedim-da, chiqdim ketdim.
Oradan ikki hafta otdi-yu... Kechalari uygonib ketaman,
oylayman. Oylayman: sen nomard, sen ahmoq nimaga, nimaga
oshanda kulding? Suratga tushishga vaqting yoqmidi? Kerak
bolsa topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bogda,
kochada... Nima, sen kinoyulduzmisan? Jahonshumul shaxsmi-
san? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda... Faqat...
Onang bilan tushgan surating yoq!
28
KITOB
Bugun kitobim chiqdi.
Har gal yangi kitobim chiqishi bilan birineci nusxasini onamga
atar edim. Har gal bir xil soz yozib berardim: «Birinchi
oqituvchim onamga!» Onam kitobni korishi bilan kozlari
quvonchdan porlab ketar, uzundan-uzoq duo qilar, peshonamdan
opib, yakkash bitta gapni takrorlar edi.
Sen mening suyangan togimsan, oglim...
Keyin xuddi birov olib qoyadigandek, kitobni yostigining
tagiga yashirardi. Shunda men kitobim chiqqani uchun ozimdan
koproq onam quvonganini bilib turardim.
Bir kuni mahallaning narigi chekkasida turadigan nonvoy-
nikiga kirib qoldim. (Nima yumush bilan borganim esimda yoq).
Qarasam, yogoch sorida kitobim yotibdi. Varaqlari titilgan,
oftobda sargayib ketgan. Qiziqib qolimga oldim. oqisam,
ozimning dastxatim: «Birinchi oqituvchim onamga!»
Oshanda nima uchun bunday ahvolga tushganimni bilmay-
man. Xuddi birov meni masxara qilayotgandek bolib ketdi. Kelib
onamga tongilladim:
Kitobni yetti mahalla nariga tashlab keling, deb bergan-
midim sizga!
Onam aybdor qiyofada mayus jilmaydi.
Mavlu hech qoymadi-da, bolam. «Bitta oqib beraman»,
dedi.
Mavludagacha yana mingta qoldan otgani korinib turibdi,
dedim zarda bilan. Maqtangansiz.
Ozingni siqma, jon bolam. Hozir olib kelaman.
Chindan ham, osha kuni kitob qaytib keldi...
Har gal kitobira chiqsa, onam bir gapni aytardi:
Sen mening suyangan togimsan, oglim...
Bilmagan ekanman, men onamning emas, onam mening
suyangan togim ekan. Togim tosatdan qulab tushdi.
Bugun yangi kitobim chiqdi. Birinchi nusxasini emas, bitta
nusxasini emas, oltmish ming kitobning hammasini onamga
bagishladim. Lekin...
29
MAHALLANING «SHAYXI»
Qachondir uning ismi bolsa bolgandir. Biroq mahallada hech
kim uning otini bilmaydi. Hamma Shayx deb chaqiradi.
Aytishlaricha, urush paytida bir beva xotin besh-olti yoshlardagi
bolasi bilan shu yerga kelib qolgan. Insofli odamlar bevaga
choyxona yonboshidagi pastak hujrani ajratib berishgan. Bola
bari bir bola-da. Bahorda hujraning tomiga chiqib varrak
uchirayotgan ekan, varrak havolagan sayin qiziqib ketib iðni torta-
torta tisarilib boribdi-yu, tomdan chalqanchasiga yiqilib tushibdi.
Shorlik onaning dod-faryodiga choyxorlar yopirilib chiqishsa,
bolaning boshi yorilib, qonga belanib yotganmish. Hoji buvi uning
boshiga kigiz kuydirib bosibdi, qorakuya suribdi, haytovur, bola
tuzalib ketibdi. Faqat esi aynibroq qolibdi. Oshandan buyon
hech kim uning biron marta yiglaganini kormagan. Qachon
qarasangiz, iljayib turadi. Iljayganda ham tilining uchi ogziga
sigmay doim chiqib turadi. Shundan bolsa kerak, onda-sonda
ustara tegadigan dordoq labining ikki cheti oqarib yotadi.
Urushdan keyin onasi vafot etadi-yu, Shayx yolgiz qoladi. Eski
choyxona buzilganida ularning hujrasidan ham nom-nishon
qolmadi. Biroq Shayx kochada qolgani yoq. Mahalladagi hamma
uy Shayxniki. Uning uchun hamma eshik ochiq. U biznikiga
ham tez-tez kelib turadi. Onam bilan uzoq-uzoq gaplashganini
korardimu onam bu devona bilan nimani gaplashishiga aqlim
yetmasdi.
Jamiki toy, jamiki maraka Shayxsiz otmaydi. Uning oz
vazifasi bor: samovar qoyadi. Xotinoshida mahalla otini, nikohu
bazmlarda toyboshi erkaklar Shayxning xizmatiga muhtoj.
Shayx, tort choynak choy! Uch choynak famil, bir choynak
kokidan bolsin.
Hodzir...
Shayx galati gapiradi, «z»ni aytolmaydi, «dz» deydi, «s»
deyolmaydi, allaqanday «ts» qilib aytadi.
Shayx tezroq! Nozik mehmonlar kelib qoldi.
Shayx shoshilmaydi. Ishini bilib qiladi.
Tsekin. Nodzik botsa, odziga, deydi iljayib.
Odamlar ranjimaydi. Shayxning puxtaligini bilishadi. Shun-
cha yildan beri bironta toyda choynak darz ketmagan, biron
mehmon choysiz qolmagan.
30
U faqat pivo ichadi. Kop emas, ikki shishagina. Toy egalari
Shayxning ulushini alohida ajratib qoyishadi. Toy tarqashi
oldidan, xizmatini qilib bolgandan keyin Shayx shishani ogziga
qoyib pivo ichib oladi-da, birdan oyinga tushadi. Yoqavayron
bolib, ogzidan kopik sachratib xop oynaydi.
Odamlar qarsak chalgan sayin balandroq sakraydi:
Bosh kelma, Shayx!
Malades, Shayx! Orangutan bop ket-e!
Bunday «maqtovlar» Shayxni battar jazavaga soladi. Har
tepinganda yer zirillab ketadi.
Bazan hangomatalab yigitlar Shayxni ortaga olib qolishadi.
Bu... toyni qachon boshlaymiz, Shayx?
Shayx tilini chiqarib iljayib qoyadi.
Senga ham xotin olib beraylik bundoq.
Xotinmas, qidz...
A?.. Voy konglingning kochasidan orgildim! Seni korgan
qiz infarkt bolib «Grudnoy xirurgiya»ga tushadiku!
Shayx xafa bolmaydi. Umuman, xafa bolishni bilmaydi.
Iljayadi.
Onamning yigirmasi bolayotgan edi. Gira-shira tong
otayotganda eshikdan koylakchan Shayx lapanglab kirib keldi.
Iya, ana, Shayx kelib qoldi! dedi allakim tantana bilan.
Qani, samovarga ozing qaray qol.
Ammo Shayx hovli burchagida turgan samovarlar tomonga
yurmadi. Hech kimga qaramay bir hatlab ayvon zinasidan chiqdi-
yu, oyimning xonasiga yonaldi.
Hoy, Shayx olgur, qayoqqa? ayollardan biri uning yolini
tosdi. U yerda qariyalar otiradi.
Qoch! dedi Shayx kozini olaytirib. Keyin onamning
xonasiga kirdi-yu, tosatdan ozini yerga otdi.
Oyi! dedi xirillab. Oyi-i-i!
Yoqasiga chang solib bir tortgan edi, kir koylagi shir etib
yirtildi-da, qop-qora, baquvvat yelkalari titragancha ogzidan
kopik sachratib hayqirdi:
Oyi! Oyi!
U har «oyi» deganda boshini yerga urar, yerni mushtlar edi.
Birpasda peshonasi momataloq bolib ketdi.
Oyi! Qayoqqa ketdidz, oyi!
Umrida yiglamagan Shayxning nolasi hammani karaxt qilib
31
qoygan edi. Kimdir kotarmoqchi bolgan edi, Shayx siltab
yubordi.
Tegmanglar! dedi allakim pichirlab. Mayli, yiglab
olsin.
Anchadan keyin u gandiraklab ornidan turdi. Hech kimga
qaramay hovliga tushdi-yu, indamay chiqib ketdi.
«TOY»
Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sugorayotgan edim,
yap-yangi «Moskvich» kelib toxtadi. Mashina eshigi ochilib,
zabardast gavdali yigit tushib keldi. Taniy olmadim.
Hormang, dehqonchilik katta-ku! dedi notanish yigit
dorillagan ovoz bilan.
Shunda hayratdan baqirib yubordim:
Iya, Toymisan?
Ha, xuddi osha Toyning ozi. Faqat shuncha boy, bunaqa
uzun qo1-oyoqlarni qayoqdan oldi ekan! Yaqindagina buloqdek
oqib turadigan burnini eplolmay mashaqqat chekadigan bola edi.
Poshsha oyimlarni korgani keldim! dedi bahaybat qomatiga
uncha mos kelmaydigan alpozda muloyim jilmayib. Uzun oyoqlarini
katta-katta bosib hovliga kirdi-yu, onamga duch keldi.
Qiziq, onam uni darrov tanidi.
Voy, ozimning toychoq oglimdan aylanay! Voy, ozimning
oglim kelib qolibdi-ku!
Onam peshonasidan opayotganda Toy ikki bukilib turdi.
Mashina teguvdi, dedi yana iljayib. Sizdan fotiha olgani
keldim. Yuring, bir aylantirib kelay.
Toy onamni oldingi orindiqqa otqizdi. Yarim soatcha
aylantirib keldi.
Onamning yosh boladek birovning mashinasiga tushib
«kataysa» qilishi menga erish tuyuldi. Ammo onam xursand edi.
Nordek yigit bopti, dedi quvonib. Istalovoyda
sheppovar ekan. Xudoyo umridan baraka topsin.
Toy keyin ham otgan-ketganda biznikiga tez-tez kirib
turadigan boldi.
Uni har korganimda bolaligimni eslayman. Kichkinaligimizda
oramizda eng bosh-bayov bola shu edi. Uyimizning orqasida
kattagina maydoncha bolardi. Uzoq-yaqindan mol boqishga
32
kelgan bolalar shu yerda yigilib shovqin-suron solib oynardik.
Toy hammadan uzoqdan Beshqorgondan oziga oxshash
yuvosh, shoxsiz sigirini oldiga solib kelardi.
Har faslning oz oyini bor: erta bahorda chillak, varrak, yozda
futbol, kech kuzda lanka tepish... Faqat ikkita bola oyinga kop
qoshilmasdi. Bittasi kozlari doim javdirab turadigan Xoja,
yana biri Toy. Xojaning ozi oyinga uncha qiziqmas, Toy-
ning esa oz yumushi bor edi. Nega deganda zimmasida mol
boqish vazifasi bor. Birovning daydi sigiri, birovning shaytonga
dars beradigan echkisi zum otmay ekin oralab ketadi. Shunda
moylovi qorayib, dorillab qolgan joraboshimiz buyuradi:
Toy! Galing keldi, echkini qaytar!
Sigirga qara, Toy, sigirga!
Toy! Qoy kartishkaga oralab ketdi-ku!
Negadir Toyning navbati hammanikidan tez kelaverardi. Sigiri
xuddi orgatib qoygandek egasidan nari ketmaydi. Ammo
boshqalarning moliga ham kimdir qarashi kerak-ku. Toy burnini
tortib qoyadi-da, indamay polizga qarab yuguradi. Dikonglab
sakrayotgan takani qaytarib kelguncha biron buqacha dumini xoda
qilib jiydazorga yugurgilab qoladi... Oynab-oynab
charchaganimizdan keyin hammamiz tol soyasida dam olamiz.
Joraboshimiz dadasi urushdan olib kelgan shinelni otga yoyib,
ustiga yonboshlaydi-da, maza qilib esnaydi:
Toy, biz charchadik. Bir mizgib olmasak bolmaydi. Sen
dejursan, mollarga qarab turasan.
Toy burnini jahl bilan tortadi-yu, indamaydi.
Bir kuni u astoydil yalindi:
Meni Toy demanglar. Ozimning otim bor Toyir.
Joraboshimiz quvlik bilan hammaga bir-bir qarab qoydi.
Bopti! dedi dorillab. Senga uch kun muhlat. Uch
kungacha hammaning molini yaxshilab boqsang, Toy otingni
ozgartiramiz. Ammo kechqurun sigirimning yelini tirsillab tursin,
bildingmi?
Chindan ham Toy uch kungacha sidqidildan xizmat qildi.
Biz maza qilib futbol tepdik. Tortinchi kuni joraboshimiz «majlis»
topladi.
Bolalar, dedi tantana bilan. Endi Toyni hech kim Toy
demasin. Bugundan boshlab uning oti Xotik. Yana bir yil
harakat qilsang, osib Eshak bolasan.
33
Hammamiz xaxolab kulib yubordik. Toy bolalarga birma-bir
qarab chiqdi-da, burnini tortdi. Indamay yer chizib otiraverdi.
Chillak oyinining shafqatsizroq bir qoidasi bor: yutqazgan
bola zuvlab nafasi yetmay qolsa, bir oyoqda hakkalaydi. Qoqilib
ketsami, ikkinchi oyogi yerga tegsami, tamom! Tagin tayoq bilan
chillakni urib sanaladi-da, yana chillak otiladi. Chillak borib
tushgan joydan qaytadan zuvlash shart.
Bir gal Toyni salkam yarim chaqirim joydan zuvlashga majbur
qildim. Turgan gapki, nafasi yetmadi.
Lokilla! dedim baqirib.
U chap oyogini kotargancha hakkalab sakray boshladi. Ammo
on qadam ham yurolmadi. Har sakraganda burni buloqdek
qaynaydi. Qayta-qayta artgani bilan foydasi yoq. Bolalar
xaxolaydi. Ayniqsa, men huzur qilib kulaman. Oxiri bolmadi
Toy yiqilib tushdi.
Boldi! Qaytadan zuvlaysan.
Zuvlamayman!
Zuvlaysan!
Zuvlamayman! Zuvlamayman! Toy tosatdan jazavasi
tutib yerni mushtlagancha yiglab yubordi. Hammangni yomon
koraman! Ayniqsa, sen yomonsan!
Shovqin-suron bilan bolib onamning chaqirganini eshitmay
qolibman. Bir mahal qarasam, tepamda onam turibdi...
Tur, bolam, onam Toyning boshini siladi. Etagini kotarib,
uning burnini artdi. Voy, onang orgilsin, qoy, yiglama, bolam.
Keyin meni chetga imladi. Bu yoqqa yur-chi! Nariroqqa
bordim.
Nega ukangni yiglatasan? dedi qahr bilan.
Qaysi ukamni?
Osha ukangni!
Toy-ku! Qanaqasiga ukam bolsin? dedim iljayib.
Shunaqasiga! Nega qiynaysan bola bechorani? Yogochning
boshini qurt yemay olsin.
Girromlik qilmasin-da, bolmasa! dedim chiyillab.
Nega zuvlamaydi?
Olib qoldingmi shu bilan?..
Oshandan keyin kop otmay Toylar kochib ketishdi.
Qayoqqaligini bolalar surishtirishmadi ham.
Toy... osha ozimizning Toy shunday yigit bolganiga hamon
34
hayron edim.
Onam vafot etganda Toy onasi Niso xolani boshlab keldi.
Keyin ham kop yelib-yugurdi. Kunora keladi.
«Bizga xizmat bormi?» deb mashinasini togrilab turadi.
Qaysi kuni ishdan kelsam, eshik oldida yana Toyning mashinasi
turibdi. Qarasam, ayvonda Toy bilan Niso xola otirishibdi.
Sochlari oqarib ketgan Niso xola men bilan aylanib-orgilib
korishdi.
Poshsha opamni tush koribman, dedi koziga yosh olib.
Toyirjonni yetaklab yurgan emishlar. Shunga bir xabar olay,
deb keldim. U bir zum indamay qoldi-da, ovozi tovlanib davom
etdi: Poshsha opam qandoq edilar-a! Toyirjonni qandoq yaxshi
korardilar-a!..
Niso xola kozimga tikilib ohista soradi:
Bilasiz-a?
Bilaman, juda yaxshi korardilar. dedim bolalikdagi osha
voqealarni eslab.
Niso xola kozimga yana diqqat bilan tikildi.
Aytgan bolsalar kerak?
Nimani?
Aytmaganmilar?
Nimani aytadilar! dedim hayron bolib.
Iya, Toyirjon sizning ukangiz-ku! Niso xola astoydil
ajablandi. Keyin mayus tortib jimib qoldida, xorsindi.
Oshanda siz talpinchoq bolib qolgan edingiz. Toyirjonning
chillasi chiqmagan... Xudoning ham bandalariga atagan azobi
kop ekan. Bir kechada kasalga chalinib qoldim. Kokragimga
yomon yara chiqib, qirq kun «ol ket, ol qoy» bolib yotibman
deng... Ayni qahatchilik, urush, birov birovga holing nima kechdi,
deyishi mahol... Ozim-ku, mayli, bolam olib qoladi, deyman.
Dokaga angishvonadek yogmi, nonmi orab chaqaloqning ogziga
solib qoyishadi. Shunda deng, bir kuni Poshsha opam kelib
qoldilar. Aylanib-orgilib, Toyirjonni bagrilariga bosib emizdilar.
Shu yerdan Beshqorgonga saratonda kuyib har kuni uch marta
qatnaydilar. Qirq kun shunday qildilar. Bir kokragini siz emasiz,
bittasini Toyirjon. Niso xola hiqillab qoldi. Yosh giltillagan
kozini romolining uchi bilan artdi. Qandoq xotin edilar-a!
Nima bilan rozi qilishimni bilmayman. Sorasam, urishib berdilar.
«Voy, gapingiz qurmasin, ovsin, ona sutiyam sotiladimi», deydilar.
35
«Birovga yaxshilik qilib, ketidan tama qilgan odamning savobi
gunohga aylanadi», deydilar... Qandoq edilar-a!
Niso xola romolining uchini gijimlagancha oyga toldi. Men
ham, shu paytgacha ozim bilmagan kokaltosh ukam Toyirjon
ham bir nuqtaga tikilib qolgan edik. Har qaysimiz oz oyimiz
bilan band edik, biroq hammamiz bir odamni onamni
oylardik.
QANOAT
Otamning jahli yomon edi. Badjahl bolib aka-ukalardan,
birontamizni chertgan emas. Biroq onam: «Hoy, ehtiyot bol,
adangning jahllari yomon», deb shunchalik uqtirib qoyganki,
otamizni korishimiz bilan hammamiz yuvosh tortib qolardik.
Tirikchilik vajidan bolsa kerak, otam kechalari soat tuzatardi.
Qoni-qoshni, mahalla-koyda kimning soati buzilsa, biznikiga
olib kelar, otamning hujrasida katta-kichik soatlar muttasil
chiqillab turar edi. Onam bizni bu hujraga hech yolatmasdi. Bir
kuni ukam ikkalamiz u yerga kirsak, stol ustida kichikroq
piyolaning ogzidek keladigan zanjirli chontak soati yotibdi.
Qopqogi, oynasi ochilgan, murvatlari bir chekkaga tartib bilan
terib qoyilgan. Aka-uka ozimizcha «ustachilik» qildik. Soatning
yurishidan darak yoq. Bir mahal narigi uyda onamning sharpasini
sezib qoldigu sekingina sirgalib chiqib ketdik.
Kechqurun otam hujraga kirishi bilan xunob bolib qichqirdi:
Soatga kim tegdi?
Hech kim kirgani yoq-ku! dedi onam hayron bolib.
Hammasini sochib tashlabdi-ku! otam jahl bilan chiqib
keldi. Qolida biz «tuzatgan» soat. Mili yoq. Egasiga nima
deyman!
Ukam ikkalamiz churq etmay moltirab otiribmiz. Yaxshi
hamki akalarimiz kochada, bolmasa, hamma ayb oshalarga
tushishi aniq.
Kop otmay ovqat keldi. Ukamga yogoch qoshiq, menga
temir qoshiq tegdi. Ikkalamiz qoshiq talashib qoldik. Ukam u
yoqqa tortadi, men bu yoqqa. Ikki orada kosa dumalab,
dasturxonga shorva tokildi. Boyagi xunobgarchilik ustiga bunisi
ham qoshildi-yu, biz bir yoqda qolib otam onamni tushirib qoldi.
Aka-uka pildirpis bolib, in-inimizga kirib ketdik. Onam
36
shorlikning qovogi kokarib chiqdi. Achindik. Ammo nachora?..
Ertalab tursam, otam ishga ketgan, hovli tomondan ayol
kishining shangillagani eshitilyapti. Ovozidan tanidim: qoshnimiz
Momin akaning xotini. Momin aka ketmonchi. Ozi ham
momingina odam. Xotini boshqacharoq. Katta-yu kichik hamma
uni Kelinoyi deb chaqiradi. Kelinoyining qiziq odati bor. Ichida
gap yotmaydi. Uyida qaysi sholchaga xokandozdan chog tushib,
qancha joyi kuygani, qaysi ogli sholgomni yomon korishi, qaysi
qizining sochiga sirka oralagani hammasini birpasda mahallaga
yoyib chiqadi.
Ketaman! dedi u ovozini baralla qoyib. U qoymasa,
mana man qoydim! Ketaman! Ketgandayam uyini vayron qilib
ketaman!
Tushundim. Bundan chiqdi, Kelinoyi eri bilan urishgan. Uyida
sal janjal chiqsa, albatta oyisinikiga «ketadigan» bolib qoladi.
Tomosha korish uchun asta moraladim.
Nima boldi ozi, ovsinjon? dedi onam sekingina.
Kecha mani shundoq sokdi, shundoq sokdi, yigitgina
olgur! Kelinoyi ikki qoli bilan sharaqlatib soniga shapatiladi.
Onamni sokdi-ya, boyginang gorda chirigur.
Qoying, xafa bolmang, deb onam uni yupatishga urindi.
Nimaga xafa bolmas ekanman? Kelinoyi yana ham
qattiqroq shangillay boshladi. Kechqurun osma ezib
qoyuvdim. Shu savil qurib qolmasin, deb qoshimga qoya
qoluvdim. Ha, moshkichiri jindak tagiga olib, qotib ketibdi.
Shungayam ota gori qozixonami? «Pardoz-andoz qilgandan kora
ovqatingga qarasang olasanmi!» deydi-ya, gorsoxta! Ha, pardoz
qilsam, oynashimga qiðmanmi, qirchiningdan qiyilgur!
Qirmochmi, balomi, zahringga yeyavermaysanmi, yergina yutgur!
Xah, onamni sokkan tillaring tanglayingga yopishgur! Tagin nima
deydi, deng? Aybni menga tonkaydi: tiling bir qarich, deydi. Voy,
tilimni gapirgan tillaring jodida qiyma-qiyma bolsin-a. Yeldek
kelib, seldek olmasa aslo rozimasman!
Qoying, ovsinjon, onam mayus jilmaydi. Oshsiz uy
bor, urishsiz uy yoq... Qargamang becho-rani.
Voy nega qargamas ekanman? Ogzi-burningdan laxta-
laxta qoning kelgurni, nega qargamas ekanman? Ketaman!
Olti bola bilan qayoqqa borasiz, ovsinjon? dedi onam
kulimsirab. Jojabirdek jonsiz. Shularning shukurini qilsan-
37
giz-chi.
E, oltita bolamni oydinda oyogim bilan boqib olaman.
Oyiginamning tor qorniga siqqan keng uyiga sigmaymanmi? Birov
mani kokragimdan itarmas. Mana shu ajalning tigi parroniga
uchragur bilan turgandan kora... Kelinoyi birdan jimib qoldi.
Kiðriklarini ogir-ogir pirpiratib onamga uzoq tikildi-yu, ovozi
pasaydi. Voy, yuzingizga nima qildi?
Otin tegib ketdi, dedi onam sekingina. Qarasam,
otin olgur qolmabdi. Bolalar oqishda, adasi ishdalar. Kozliroq
sarjin ekan, tesha bilan urga-nimni bilaman... Onam qovogini
silab qoydi. Adasi ishdan kelib juda xafa boldilar. «Birpas
sabr qilmaysanmi, ozim yorib bermaymanmi», dedilar.
Men turgan joyimda qotib qoldim. Onam yolgon gapirardi.
Yolgon gapirardi-yu, negadir bu menga juda yoqar edi...
Ana! Kelinoyi tagin shangilladi. Sizning eringiz
otiningizgacha yorib beradi. Maniki bolsa, bir paqir suv olib
kelmaydi, qolginang sinib, akashak bolgur. Uyim-joyim deb
boynini egmaydi, boyniginang kesilgur, eshshak! Xudoyo
boyniginang hazrati Alining qilichida kesilmasa, u dunyo-bu
dunyo rozimasman-a!
Ortiq qarab turolmadim. Negadir yiglagim keldi.
...Hozir ham eri sal qovogini solsa, «melisa» bilan qorqitib,
«on besh sutkani» pesh qiladigan bazi xotinlarni korsam,
onamning qanoatini, Kelinoyining qargishlarini eslayman.
SOVCHILAR
Ishdan charchab qaytdim. Bilamanki, bunaqa paytda televizor
roparasiga otirsangiz, tamom! Bahona ozidan ozi topilaveradi.
Bosh qurgur toliq-qani, yangi film boshlangani...
Yaxshisi, kabinetga kirib ishlash kerak. Hech bolmasa kitob
oqish... Jurnalning yangi sonini varaqlab otirsam, eshik taqillab,
qassob qoshnimizning qizi Guli kirib keldi.
Kel, Guli, dedim jurnaldan bosh kotarmay.
Yaxshimisan?
Guli eshik oldida turib qoldi.
Ensiklopediya kerak edi, dedi negadir qovogini solib.
Ana, xohlagan tomingni olaver.
Shunday dedimu yana jurnalni oqishga tushdim. Kop otmay
38
Guli ishini bitirdi shekilli, eshik oldiga bordi. Ammo chiqib
ketmadi.
Menga qarang, dedi eshik tutqichini ushlab. Siz hayotiy
problemalargayam aralashasizmi yo nuqul kitob yozaverasizmi?
Rostini aytsam, esankirab qoldim.
Bu qizning falsafa fakultetida oqiyotganini eshitgandim,
mahalladagi eng «modniy» qizlardan ekanini, jinsi shim kiyib
yurishini bilardimu kechagina kochada cherta oynab yurgan
qizaloqdan bunchalik ilmoqli savol kutmagan edim. Beixtiyor
jurnalni bir chekkaga surib qoyib unga tikilib qoldim. Avvalgi-
dek sansirashni ham, sizlashni ham bilmasdim.
Nima boldi? dedim dovdirabroq.
Guli kresloga otirarkan, qoshini chimirdi.
Mana, sizlar eskilik sarqitini yoqotish kerak, u-bu deb
yozasiz, togrimi?
Indamay bosh silkidim.
Unaqa bolsa nimaga kozingizning oldida bop turgan
sarqitga qarshi kurashmaysiz?
Kordimki, roparamda cherta oynab yurgan qizaloq emas,
jiddiy odam otiribdi.
Kechirasiz, dedim sizsirab. Nima boldi ozi?
Sovchi degan gap qayoqdan chiqqan? Guli jahl bilan
qol siltadi. Hali unisi keladi qiyshayib, hali bunisi keladi,
tugunini osiltirib!
«E, boldi, gap buyoqda ekan-da!» Kulib yubormaslik uchun
labimni tishlab, uni yupatgan boldim.
Qizlik uy bozor! Keladi-da, xaridorlar! Yaxshi qiz ekan-
sizki, sovchilar keladi.
Nima, bozor bolib men echkimanmi! Jahli chiqqanidan
Gulining yuzi qizarib, chiroyli kiðriklari pirpirab ketdi.
Hech kim sizni sotib yuborayotgani yoq-ku, dedim kulib.
Shunaqa boladi-da taomili!
Kitobda boshqa gaplarni yozasiz-ku! Guli jahl bilan qol
siltadi. Umrimda kormagan oglini maqtaydi. Oqituvchi deydi.
Boshimga uramanmi!
Balki, ogli rostdan ham yaxshi boladir...
Mard bolsa ozi gaplashsin! Onasini elchi qilishga balo
bormi? Jinimdan yomon koraman, shunaqa lattachaynar yigit-
larni!
39
Bildimki, Gulining oz «yigiti» bor. Yana yupatdim.
Sovchi degani keladi. Soraydi, surishtiradi...
Soramasayam hammasini biladi.
Ozingiz xohlagan yigitning onasiyam keladi-da, bir kun.
U «kelib-kelib senga maslahat solamanmi», degandek hafsalasi
pir bolib chiqib ketdi. Xona jimjit bolib qoldi. Shunda galati
xayollarga bordim. Sovchi desa muncha hurkmasa bu qiz! Axir
ota-onasi oyoq-qolini boglab birovga berib yuboradigan zamon
emas-ku, hozir! Shuni oyladimu bir vaqtlar sovchilar bizning ham
eshigimizning «turmugini buzgani» yodimga tushdi.
Erta bahor edi. Kunlar ilib qolgan, ammo yerdan hali qishning
zahri ketmagan, unda-munda yovvoyi sarimsoqlar nish urgan,
tol novdalari sargish rang olib, hushtak yasashga yaroqli bolib
qolgan... Opam ishda, akalarim maktabda. Bir ozim zerik-
kanimdan darvoza oldida chozilib yotgan xariga minib olgancha,
burnimni tortib-tortib akamning qalamtaroshida hushtak yasab
otirardim. Kuchugim oyogit ostida ozini oftobga toblab yotar,
ora-chora itpashshalarni quvib, dumini tishlar, ammo pashshalar
tutqich bermay uchib ketar, zum otmay, yana qonib gashiga
tegardi.
Bir mahal kuchugim dik etib turdi-yu, akillagancha yugurgilab
qoldi. Ellik qadamcha narida kelayotgan ikki xotinni kordim.
Biri paranji yopinib olgan, past boyli, qolida hassa-tayoq,
oqsoqlanib qadam tashlaydi. Yana biri yoshroq, boshiga gijim
romol oragan, atlas koylagining ustidan baxmal nimcha kiygan.
Har ikkalasining qolida tugun borligini kordimu darvozadan
baqirib kirdim.
Oyi! Opamga sovchilar kelyapti!
Sovchi xotinlarni uzoqdanoq taniydigan bolib qolganman.
Albatta qolida tuguni boladi. Keyingi paytda uyimizga bunaqa
xotinlar serqatnov bolib qolgan: kun ora har xili kelib ketadi.
Oyim ayvonda chokkalab otirgancha un elayotgan ekan.
Voy olay, dedi-yu, ildam ornidan turdi. Elakni supraga
orab, hujraga yugurdi. Zum otmay qolini yuvib chiqdi-da,
mehmonlarni kutib olish uchun shoshildi. Oyimdan oldinroq men
yetib bordim. Mehmonlar darvozaga yaqin kelib qolishgan,
kuchugim ularning atrofida gir aylanib vovullar, goh unisiga, goh
40
bunisiga «hujum» qilar edi. Ayollar itga qarab-qarab sekin yurib
kelishardi. Kuchugimga pakana xotin xunukroq korindi shekilli,
paranjisining etagiga yopishdi.
Yot! dedim odagaylab.
Kuchuk bolsa meni korib ruhlanib ketdi, pakana xotinga
koptokdek otildi. Ammo xotin, pakana bolsayam balo ekan!
Hassasi bilan moljallab bir tushirgan edi, kuchuk oqsoqlangancha
angillab qochib qoldi. Ancha nariga borib, orqa oyogini yaladi.
Voy orgilaylar! dedi onam eski qadrdonlarini korgan-
dek, quvonib. Xush kepsizlar!
U har ikkala ayol bilan quchoqlashib korishdi. Gijim romolli
ayol korishayotganda nima uchundir oyimning sochini
hidlagandek boldi. Onam pakana xotinning paranjisini qolga
oldi. Aylanib-orgilib, uyga boshladi. Atlas koylakligi esa negadir
lið etib oshxonaga kirib ketdi. Zum otmay chehrasi yorishib
chiqib keldi.
Akamning qalamtaroshini joyiga qoyish bahonasida sekingina
sirgalib uyga kirdim. Oyim yaqinda komilgan tancha orniga
qoyilgan xontaxta atrofiga darrov korpacha yozdi. Tokchadan
patnis oldi. Patnisda nimalar borligini aniq bilaman: turshak,
chaqilgan yongoq, jiyda, oltita zogora non, bitta likopchada
maydalab qirqilgan kalla qand. Qand tanqis bolsa ham, oyim bu
mehmonlarga atalgan deb kop tayinlagani uchun biz bolalar
unga tegmasdik. Mehmonlar fotiha oqishdi. Oyim choy quyib
uzatdi.
Endi, orgilay, deb gap boshladi atlas koylakli xotin,
uzoq hol-ahvol sorashganidan keyin, agar taqdir qoshgan
bolsa qarindosh bolarmiz, degan umidda eshigingizni supur-
gani keldik.
Oyim indamadi.
Olib otiringlar, dedi anchadan keyin dasturxonga imo
qilib.
Eshitdik, ozim orgilay, dedi pakana xotin, tag-zotli
odamlar ekansiz. Bolalar katta bolgandan keyin ota-ona
zimmasidagi qarzini uzgisi kelib qolarkan. Bizning oglimiz ham
yaxshi, momin-qobil yigit. Muallim...
U, «endi siz gapiring», degandek atlas koylakli ayolga sekin
burilib qaragan edi, sochining uchiga taqilgan solkavoylari
jiringlab ketdi.
41
Bizlar ham hurmat korgan odamlarmiz, atlas koylakli
xotin qalin bilaguzuk taqqan qollari bilan ozi keltirgan tugun-
ning bogichini yecha boshladi.
Ovora bolmang, aylanay, dedi oyim uning qolidan ohista
tutib. Nasib etsa, hali kop borish-kelish qilamiz.
Oyim hech qaysi sovchining dilini ogritmas, ammo sovchilar
tugib kelgan nonni sindirishga yol ham qoymasdi. Hozir ham
shunday qildi.
Mayli, sizlar ham sorang, surishtiring, dedi pakana xotin
choy hoplab. Qanida turamiz. Shundoq guzar oldidagi
qoshqavat darvoza. Odilxoja desangiz hamma biladi. Mahmud
bukurning yonidagi hovli.
Ovsinim kuyov bolmishning onalari! Atlas koylakli ayol
jilmaydi. Muborak chevar desangiz, hamma taniydi. «Zinger»
mashinalari bor.
Meni Odilxoja-yu Mahmud bukur ham, Muborak chevaru,
«Zinger» mashinasi ham qiziqtirmas, ikki kozim qandda edi.
Ozimning borligimni bildirib qoyish uchun qalamtaroshni
qolimdan tushirib yubordim. Oyim yalt etib qaradi-yu, pastki
labini tishlab, bilinar-bilinmas bosh chayqab qoydi. Bu «uyat
boladi, chiqib ket», degani edi. Qanddan umidimni uzib chiqib
ketishdan bolak choram qolmadi. Yarim soatdan keyin sovchilar
ketishdi. Kuchugimning alami ichida qolgan ekan shekilli,
oyimning hay-haylasliiga qaramay, sovchilarni ancha joygacha
«kuzatib» keldi.
Uch kundan keyin sovchilar tagin kelishdi. Sochining uchiga
solkavoy taqqan paranjili xotin bilan yana osha novcharogi.
Bu safar novcha xotin qargashoyi koylak kiygan, boyniga dur
osib olgan edi. Oshxonada ovqat qilayotgan opam darvozadan
kirib kelayotgan mehmonlarga kozi tushishi bilan tomorqaga
qochib ketdi. Bu safar sovchilar uzoqroq otirishdi, oyim ularni
moshxorda bilan mehmon qildi. Kechki ovqatdan keyin opam
idish-tovoqni yuvish uchun oshxonaga chiqib ketganida oyim
dadamga qaysi kungi sovchilar tagin kelishganini aytdi.
Yaxshi, tag-zoti korgan odamlarga oxshaydi. ogliyam
muallim emish. Uningiz yoq, buningiz yoq deb otirmaymiz,
boriga baraka qilib toy qilaveramiz deyishyapti.
Dadam anchagacha indamadi.
Surishtirib korish kerak, dedi oxiri. Bu umr savdosi.
42
Keyin shisha nosqovogini olib, nos otdi. Qizingni
kongliniyam bilish kerak.
Shu bilan gap boshqa yoqqa aylanib ketdi. Dadam eski paxtaligini
kiyib, kechqurungi smenaga ishga jonadi. Biz aka-ukalarga jon
kirdi. «Qushim boshi» oynadik, orta barmoqni topish oynadik. Oxiri
oyindan oq chiqdi. «Oshxorakam kaptar» oynayotganimizda
akamning boshi ukamning boshiga qattiqroq urilib ketdi shekilli, ukam
arillab yiglay boshladi. Oyim bilan opam koyib-koyib, joy solib
berishdi. Hamma uxlab qoldi. Men bolsam anchagacha uxlolmay
yotdim. Bir mahal tashqarida chaqmoq chaqdi. Ketidan momaqaldiroq
gulduradi. Sharillab jala quyib yubordi.
Olsin, dedi oyim ornidan turib. Chakka otyapti.
Opam ikkovlari tokchadan tovoqlarni olib chakka otadigan
joyga qoyishdi. Kozimni yumib yotsam ham qayerdan otishini
bilaman. Burchakda, sandiqning oldidan, keyin kavshandoz
yaqinidan otadi.
Opam bilan onam yana joylariga kelib yotishdi.
Opam deraza tagiga, oyim ukamning yoniga. Men bolsam
chakkaga quloq solib yotibman. «Chak-tik-puk», «Chak-tik-
puk...» Chakillayveradi, chakiliayveradi, xuddi soatga oxshaydi.
Faqat ohangi har xil: «chak-tik-puk...»
Endi kozim ilingan ekan, opamning xorsinganini eshitib yana
uygonib ketdim.
Nimaga kelishaveradi, oyi!
Sovchimi? dedi oyim. Keladi-da, qizim. Qizlik uy
bozor. Shoh ham keladi, gado ham. Birovning eshigiga umid
bilan kelgan odamni xafa qilish gunoh.
Oyimning uyqusi ochib ketdi shekilli, ovozini ancha
balandlatib gapira boshladi.
Qadim zamonda bir saxoba otgan ekan. Oy desa oyday,
kun desa kunday, yakkayu yagona qizi bor ekcan. Bir kuni uch
joydan uch sovchi kepti. Saxoba sovchilarning dili ogrimasin,
deb uchalasigayam rozilik berib yuboribdi. Keyin nima qilishni
bilmay, Xudoga nola qiðti. Ozi bittayu bitta qizim bolsa, uch
joyga soz berib qoygan bolsam, endi nima qilaman, deb
yiglabdi. Shunda Xudoning rahmi kelib bir kechada saxobaning
sigiri bilan echkisiniyam qiz qilib qoyibdi. Uchala qiz bir xil
emish. Uch sovchi uch qizini toy-tomoshalar bilan olib ketibdi.
Shunda saxoba Xudoga yana nola qiðti. Qaysi biri ozimning
43
qizim ekanini endi qayoqdan bilaman, debdi. Xudodan nido kepti:
eshikdan kirib borganingda salom berib kutib oladigan, erini,
qaynota-qaynonasini, qayin-boyinlarini hurmat qiladigan qiz
ozingning qizing. Hech kimni hurmat qilmaydigan, shaltoq qiz
sigiring. Hech kimni hurmat qilmaydigan ogzi shaloq qiz
echking boladi debdi. Har xil xotinlar oshandan tarqalgan emish.
Biri esli-hushli, chaqqon, biri shaltoq, biri adabsiz...
Kennoyiga oxshaganmi? deb yuborganimni ozim ham
bilmay qoldim. Bu shunday kutilmaganda boldiki, oyimning
chopchagi shartta kesilib qoldi.
Keyin opam ikkovlari sharaqlab kulib yuborishdi.
Voy shayton, uxlamaganmiding?! dedi opam qaddini
rostlab. Ornidan turdi-da, piligi pasaytirilgan lampali tokcha
oldidan otib kelib, meni quchoqladi. U yuzimdan, bu yuzimdan
opdi. Opam urishib beradi, deb qorqib turgandim. opgani uchun
judayam yaxshi korib ketdim...
Ertasiga choydan keyin oyimning mahsi kiyayotganini korib,
mehmonga otlanayotganini sezdimu darrov ergashdim.
Menam, menam boraman!
Mehmonga ketayotganim yoq, dedi oyim bosh chayqab.
Ishim bor.
Boraman, oborasiz!
Onam bir zum ikkilanib turdi-da, rozi boldi.
Mayli, ammo charchadim demaysan.
Ona-bola yolga tushdik. Yomgir kechasi tinib qolgan, ammo
yer hamon kopchib yotibdi. Oyoq bossangiz bir botmon loy
yopishadi. Avval jiydazordan, keyin Qonqus ustiga tashlangan
yakkachopdan otdik. Lopillab turgan yakkachopdan otayot-
ganda qorqdimu otib olgandan keyin shundoq suv boyida osib
yotgan sambittollarga angrayib qoldim. Sambittol zor! Hushtak
yasasa ham boladi, «ot» qilib oynasa ham...
Yur, tezroq, dedi oyim qolimdan tutib...
Nihoyat guzarga yetib keldik. Choyxonada odam yoq hisob,
eski namat tashlangan sorida bir chol oftobda mudrab otiribdi,
yonida tumshugi chegalangan choynak, sopol piyola... Keyin
devorlari nurab ketgan otxona oldidan otdik. Qovurgasi sanalib
qolgan uchta ot dumi bilan pashsha qorib charchoq qiyofada
boshini solintirgancha mudraydi. Otxona hovlisining burchagiga
uyib qoyilgan gongdan hovur kotariladi.
44
Qayoqqa ketyapmiz, oyi?
Keldik shekilli, dedi onam atrofga alanglab. Qurib
ketsin, soraydigan odam ham yoq.
Ikki betida tollar, teraklar osib yotgan loy kochadan yana
ozgina yurgan edik, obkashda suv kotarib kelayotgan semiz xotin
korindi.
Hoy egachi, shu yerlikmisiz? dedi oyim, yaqinroq borib.
Semiz xotin obkashni yelkasidan oldi. Ustiga chambarak
tashlangan ikki paqir suvni yerga qoydi. Harsillab oyim bilan
korishdi.
Mahmud bukurning uylari qaysi, orgilay? dedi onam
semiz xotinga iltijoli termilib.
Semiz xotinning rangi ochib ketdi.
Bukur bolsa Xudo qilgan! dedi harsillab. Tavba deng!
Shunday dedi-yu, sharaq-shuruq qilib ilgakni ilgancha
obkashni kotardi. Shartta burilib ketdi. Sirgalib-sirgalib
borarkan, obkashi bilan qoshilishib orqaga burildi.
Tana tagi taygoq, dedi harsillab. Betamiz!
Oyim hang-mang bolib qolgan, ogir-ogir kiðrik qoqar, hozir
yiglab yuboradigan alpozda edi.
Voy, shorim! dedi pichirlab. Kelib-kelib xotinidan
sorabman shekilli.
U hamon sirgangancha obkashini lapanglatib ketayotgan
ayolga anchagacha qarab turdi-da, qolim-dan tutdi.
Yur, keta qolaylik.
Bu yerga nima uchun kelganimizni tushungandek boldim.
Kecha dadam «surishtirib korish kerak» degan edi. Bundan
chiqdi oyim sovchilarni qoni-qoshnisidan bilib olmoqchi.
Choyxona roparasida pastak tomiga qora qogoz tashlangan,
derazasining koziga yaltiroq xitoy qogoz yopishtirilgan sartaro-
shxona bor ekan. Ichkarida kim borligini bilmadimu, biroq dokon
eshigi oldidagi yogoch xarrak bosh edi. Uch-tort qadam
yurgandan keyin oyim toxtab qoldi.
Sochingni oldiramizmi? dedi tosatdan.
Ikkilanib qoldim. Sochimni oldirib borsam, akalarim,
joraboshi albatta boshimga shapatilab «ustara haqi» olishadi.
Yura qol, oyim yelkamga qoqdi. Soching osib
rangingni siqib yuboribdi.
Ochiq eshikdan sekin moraladim. Ichkarida mijozlar yoq,
45
oldiga kir peshband taqqan sartarosh devor tomonga qarab choy
ichib otirgan ekan. Kechagi yomgirda bu yerdan ham chakka
otgan shekilli, hujraning xomsuvoq qilingan devoriga uzun-uzun
zahkash iz tushib qolgan. Oyim eshikdan moralab, sekin yotaldi.
Sartarosh yelkasi osha burilib qaradi. Moylovi tekis qaychilan-
gan qisiqroq kozli kishi ekan.
Jiyanning sochini olamizmi? dedi ornidan turib.
Shundagina uning bitta oyogi yogoch ekanini kordim. Nosrang
galife shimining yogoch oyogidagi pochasini qayirib qoyibdi.
U taxtalarining orasi ochilib yotgan polni dopillatib yaqin keldi.
Otir, jiyan, dedi eski kursiga imo qilib.
Devorga tirab qoyilgan xira toshoyna roparasiga otirdim.
Oyim boshimdan doppimni yechdi-da, boya sartarosh otirgan
kursiga joylashdi.
Ustarada olamizmi, mashinadami? sartarosh stol ustida
yotgan, soch tolalari yopishgan matoni qoqib-qoqib boynimga
solarkan, onamga yuzlandi.
Mashinada ola qoling, dedi oyim.
Sartarosh qutichadan yaltiroq mashinasini oldi. Chakkamga
mashinani tirab shiq-shiq qilgancha sochimni olishga tushdi.
Nega ixraysan? Sartarosh boshimni besh barmogi bilan
changallagancha dashnom berdi. Soldat hamma narsaga chidashi
kerak. Za Rodinu, deb atakaga borsang ham ixraysanmi?
Oyimdan panoh kutib, aksini oynada korish umidida
moraladim. Biroq kozgu shunaqangi xira ediki, ozimning yuzim-
ni zorga korardim.
Siz shu yerlikmisiz? dedi onam bir mahal.
Shotlikmiz, sartarosh ishini davom ettirarkan, onamga
burilib qaradi. Nimaydi?
Men bir xayrli yumush bilan keluvdim, dedi oyim
osoyishta ohangda. Odilxoja deganni taniysiz- mi? Ayollari
chevar ekan. Muborak chevar.
Nega tanimas ekanman! Sartarosh tantana bilan ovozini
balandlatdi. Shundoq Mahmud bukur bilan qoshni turadi-
da, otxonadan otsangiz tortinchi darvoza!
Bir narsani bilmoqchiydik, oyim bir zum jimib qoldi-
da, davom etdi. Xudoyligingizni aytsangiz: qanaqa odamlar
ozi, tag-zoti qanaqa, asli shu yerlikmi yo boshqa joydan
kelishganmi?
46
Ha-a-a! Bundoq demaysizmi? Sartarosh onamning
maqsadini tushundi shekilli, bosh irgadi. Tag-zoti toza odamlar!
Qadimdan shu yerda turishadi. Ota-bobosi bogbon otgan. Katta
uzumzori bolardi. Shibilgoni deysizmi, shakarangur deysizmi,
echkiemarmi hammasi shu bogda bolardi. Ana uzumu mana
uzum! Urushning kasofati bilan koplari yoq bop ketdi. Qoli
qisqalik qið qoldi bechoralarni! Sartarosh gapirgan sayin gayratga
kirar, gayratga kirgan sayin mashinani tezroq shiqirlatar, unga
sayin sochim koproq yulinar edi. Kozimdan yosh chiqib ketdi.
Avlodida yomon odamlar chiqmaganmi? dedi onam.
Qimorboz, ogri, nashavand deganday...
Yoq! dedi sartarosh qafiyat bilan. Hammasi yaxshi
odamlar.
Onam yengil tortib, xorsinib qoydi.
Endi sochimning orqasini olishga navbat keldi. Sartarosh
kaftini botirib, nuqul boshimni pastga egadi. Boshim egilgan sayin
paydarpay burnimni tortaman.
Ogli-chi? dedi oyim asosiy maqsadga otib.
Tolaganxoja degan ogli bor emish...
Vo! Sartarosh mashina bandiga tiqilgan bosh barmogini
dikkaytirib korsatdi. Meravoy bola! Malim! Maktabda
malimlik qiladi.
Urushga bormaganmi?
Yoq, sartarosh qitigimni keltirib tagin boynimga
mashina soldi. Shilt etib burnimni tortdim. Malimlarni urushga
olishmagan. Ammo meravoy bola! Nima, quda
bolmoqchimisizlar?
Qaydam, dedi oyim sekin. Taqdir qoshgan bolsa...
Ammo ogiz solishgan bolsa shu boladan qolmanglar. Tag-
zoti korgan, buning ustiga kimsan, malimni kuyov qilasizu jon
demaysizmi, singil! Ozingiz kimning oilasi bolasiz?
Oyim hammasini batafsil aytdi. Dadamni, asli qayerdan kelib
chiqqanimizni...
Yulduzinglar yulduzlaringga togri kepti! dedi sartarosh
mashinani puflab-puflab tozalar ekan. Xudo xohlasa osh yer
ekanmiz-da!
Qutulganimga shukur qilib, dik etib ornimdan turdim.
Onam doppimni boshimga kiygazib, sartaroshga pul berdi.
Ie, qudalardan pul olsak qandoq bolarkin? Sartarosh pulni
47
shimining kissasiga tiqarkan, tayinladi. Shulardan qolmang,
yaxshi odamlar.
Uyga qaytishimiz bilan bir burda zogorani oldimu kochaga
yugurdim. Maydonchada oynab yurgan Toy, Vali, joraboshi
hammasi paysalga solmay «ustara haqi» olishdi. Ayniqsa, joraboshi
orta barmogi bilan chertganda boshim ogridi. Lekin chidab
turdim. Ozim olib kelgan yangilik bilan hammani qoyil
qoldirmoqchi edim.
Yaqinda biznikida toy boladi! dedim maqtanib.
Opamning toyida rosa osh yeymiz! Keyin quda buvi menga
koylak tikib beradi. «Zinger» mashinasi bor!
...Lekin toy bolmadi. Bir oydan keyin ham, bir yildan keyin
ham... Bir-ikki marta opam, «kerakmas», deb yiglaganini, oyim,
«konglingdagini ayt bolmasa», deganini eshitib qoldim.
Tanish sovchilar hamon tez-tez kelib turishar edi. Bir kuni ertalab
tursam, oyim yoq. Tushga yaqin xomushroq qaytdi. Ertasiga opam
ishga ketganida, nonushta ustida dadamga qiziq gap aytdi.
Pishmaydigan savdoga oxshaydi. Urugida jinni bor ekan.
Tolaganxojaning katta amakisi uch-tort marta jinnixonaga
tushgan ekan.
Bolmaydi! dedi dadam keskin qo1 siltab. Sovchilar
yana kelsa javobini berib yubor.
Bir narsani hech tushunmasdim. Oshanda onam sovchilarning
kelib chiqishi qayerdanligiyu, avlodida yomonotliq odamlar bor-
yoqligini, kasb-kori nima-yu, qarindoshlarida kasallar bor-
yoqligini nima uchun bunchalik surishtirganiga hech aqlim bovar
qilmasdi.
Bu savdolar, bu savollar bora-bora yodimdan chiqib ketdi.
Biroq kunlardan birida galati voqea boldi. Redaksiyada ishlab
otirsam, egnidagi kiyimidan tortib taqinchoqlarigacha juda
yarashgan kohlik ayol kirib keldi.
Anchagacha gapni nimadan boshlashni bilolmay uyalib otirdi
otirdi-da, oxiri dardini ochdi.
Usmon akam ikkalamiz bir-birimizni yaxshi koramiz.
Ammo ajrashmasak bolmaydi.
Xudo haqqi, bunaqa masalalarga aralashishni jinimdan yomon
koraman.
Kohlik juvonga togrisini aytdim, oz hayotingizni ozingiz
hal qiling, dedim.
48
Ayol bir zum yerga qarab turdi-da, iltimos qildi.
Usmon akam bilan bir gaplashib korsangiz...
«Usmon akasi» kelishini xayolimga ham keltirmagan edim.
Uch kundan keyin eshikdan har jihatdan mukammal yigit kirib
kelib ozini tanishtirganida hayron qoldim. Ikkovlari bir-biriga
shu qadar munosib ediki, shundoq oilaning ajrashmoqchi ekaniga
achinib ketdim. Gapni nimadan boshlashni bilmay garangsib
turgan edim, Usmonning ozi muddaoga otdi.
Xotinim meni, men xotinimni sevaman. Bolamiz yoqligiga
xafaman. Ammo choramiz ham yoq!
Hozirgi zamon meditsinasi uchun shuyam problema
boptimi, dedim Usmonni yupatib. Uchrashib koringlar
axir.
Mayus jilmaydi.
Ozim vrachman. Vrach bolganim uchun xotinimning
tugishini xohlamayman.
Butunlay esankirab qoldim.
Nega axir? Bir-birlaringni sevsangiz. Munosib bolsangiz...
Men vrachman, dedi Usmon yana bogiq ovozda.
Genetikani yaxshi bilaman. Xotinimning ogil tugishidan
qorqaman. U yana xorsindi. Qorqaman. Umuman,
hammasiga ozim aybdorman. Nazirani sevardim. Xudbinlik
qildim. Boshida aytishim kerak edi. U nimanidir, juda muhim
narsani aytishga ikkilanar edi.
Mayli, dedi nihoyat. Rostki, sizga yuragimni
ochdimmi, bu yoginiyam aytishim kerak. Mening buvam
dadamning otasi ShZ bolgan.
Nima u ShZ? dedim dafatan tushunolmay.
Shezofreniya kasalligi. Ruhiy xastalikni meditsinada shunaqa
deyiladi. Bu naslga otadigan dard. Ota avlodida bolsa
ogilgami, nevaragami, xullas kimgadir otadi.
Qiziq ekansiz, dedim uni yupatib. Vrachlar
vahimachiroq boladi ozi! Otmasa-chi!
Ootsa-chi! Usmon mahzun qiyofada boshini quyi soldi.
Men-ku mayli, Nazirada nima ayb? Ruhiy xasta bola bilan
umrbod ezilib yuradimi?!
Yana allanimalar deb konglini kotargan boldim. Usmon
mahzunlik bilan jilmayib otirdi-otirdi-da, indamay chiqib ketdi.
...Shunda chakka otgan osha kecha, erta bahorda oyim bilan
49
loy kechib, Qaniga borganimiz, frontovik sartarosti, yana kop
narsalar yodimga tushdi. Onamni qomsash aralash soginch
tuygusi vujudimni sirqiratib yubordi. Shu paytgacha ozim
tushunmay yurgan kop haqiqatlarni anglagandek boldim.
...Qaysi kuni metro stansiyasi oldida Gulini korib qoldim.
Yonida baland boyli, jingalak sochli yigit. Moylovi oziga xop
yarashgan. U Gulining jajji sumkachasini kotarib olgan. Guli
uni qoltiqlab kelar, yigit xushchaqchaq bolsa kerak, allanima-
larni gapirar, Guli xandon otib kular edi.
Uch kundan keyin Gulini kochada uchratdim.
Yaxshi bolaga oxshaydi, dedim osha yigitni eslab.
Kim?
Osha kungi yigit. Toy qachon?
Guli qizardi. Ammo quvonchini yashira olmadi.
Farhod akam yoqdimi sizga? dedi jilmayib.
Yoqdi, dedim rostini aytib. Kasbi nima?
Oshpaz, Guli yana jilmaydi. Shefpovar.
Qarindoshlaring emasmi?
Guli «yoq» degandek bosh chayqadi.
Qayerlik ekan ozi?
Guli hayron qolib chiroyli kiðriklarini pirpiratdi.
Buning nima ahamiyati bor?
Mabodo avlodidan ogrimi, nashavandmi chiqmaganmi?
Beixtiyor ogzimdan onamning savoli chiqib ketdi.
Guli birdan jiddiy tortdi. Qoshini chimirdi.
Nima deganingiz bu?
Jinni-chi? Mabodo qarindosh-uraglarida ruhiy kasallar
yoqmi? Surishtirib koring.
Guli kozimga tikilib turdi-da, sekin-sekin orqasiga tisarila
boshladi. Nariroqqa borib birdan yugurib ketdi. Chamasi meni
esdan ogib qolgan deb oyladi.
ERMON BUVANING TILAGI
Agar dunyoda ikkita beozor odam bolsa bittasi Ermon buva.
Agar dunyoda ikkita beozor odam bolsa yana bittasi Ermon
buvaning kampiri Habiba buvi. Mabodo dunyoda ikkita yuvosh
sigir bolsa bittasi Ermon buvaning ola sigiri. Agar shunaqa sigir
dunyoda bitta bolsa shu sigirning ozi.
50
Ermon buvaning chap oyogi oqsoq: hassa bilan yuradi.
Sigirining ong shoxi singan. Ola sigirning shoxi qandoq singanini
hech kim bilmaydi. Ammo Ermon buvaning oyogi nega
oqsoqligini hamma biladi. Biladi-yu, hamma har xil gapiradi.
Oyimning aytishiga qaraganda, Ermon buvaning oyogi
bosmachilar bilan urushda singan emish. Dadam bolsa boshqa-
cha tushuntirgan. Qishloqni bosmachi bosganida Ermon buva
daraxtga chiqib ketayotganda yiqilib, oyogi choloq bop
qolganmish.
Xullas, nima bolgandayam u oqsoqlanib yuradi. Bahor paytlari
ola sigirini yetaklab kelib qoladi. Qolida hassa, sigirining butun
shoxiga tuguncha ilib qoyilgan. Otloqqa yetganidan keyin
sigirning shoxidagi tugunchani oladi-da, ozini qoyib yuboradi.
Belidagi qiyiqchasini tol soyasiga tashlab «bismillohu rahmonur
rahim» deb maysa ustiga yonboshlaydi. Ola sigir shundoqqina
uning yonida poyezddek pishillab otlashga tushadi. Ora-chora
shu ishim maqulmi, degandek egasiga qarab-qarab qoyadi.
Shunaqa yuvosh sigirki, bolalar tagiga kirib emsa ham hoy, nima
qilyapsan, deb qayrilib qaramaydi. Biroq bolalar Ermon buvani
ham, sigirini ham qattiq hurmat qilishadi. Hatto joraboshimiz
ham buvani korishi bilan yuvosh tortib qoladi, ikki qolini koksiga
qoyib:
Assalomu alaykum, buvajon, deb salom beradi.
Vaalaykum assalom, mullo boling, tasadduq, deydi
Ermon buva salmoqlab. Bari bir uning ovozi salmoqli chiqmaydi:
xotinlarnikidek ingichka, ammo nihoyatda mehribon.
Uni har korganda oyim aytib bergan Xizr esimga tushadi.
Nega deganda Ermon buvaning sochi ham, soqoli ham, hatto
koziga qayrilib tushgan osiq qoshlarigacha oppoq. Oppoq yaktak,
lozim kiyib yuradi. Habiba buvi kiyimini doim top-toza qilib
yuvib, dazmollab beradi. Yaktagining delvagay yoqasidan korinib
turgan kokragidagi tuklariyam oppoq. Faqat ikki yuzi qið-qizil.
Oyimning aytishiga qaraganda, farishtali odamning yuzidan nur
tomib turarmish. Farishtaning qanaqa bolishini bilmaymanu,
ammo Ermon buvani yaxshi koraman. Judayam yaxshi koraman.
U yonboshlab yotganicha yaktagining chontagidan nosqo-
vogini chiqarib bir otim nosni tili tagiga tashlaydi-da, kozlarini
qisib bahor oftobiga tikilgancha hassasini chertib xirgoyi qiladi:
«Tolda chumchuq sayraydi, korsam konglim yayraydi...»
51
Shunda endi yolga kirgan ukam ishtonchan chopqillagancha
uning yoniga keladi. Ermon buva xirgoyisini toxtatadi. Ukamning
buti orasiga qol chozib hazillashadi:
Nosdan bering, otam, nosdan bering.
Ukam qitigi kelib qiqirlab kuladi. Ermon buva tirnoqlari
qiyshayib ketgan barmoqlarini hidlagan boladi-da, ataylab aksa
uradi.
Ap-ap-ap-shu! Voy-bo! Nosingiz zor ekan-ku, otam!
Ukam huzur qilib qiqirlaydi. Nariroqqa qochib boradi-da,
tagin buvasiga «nos bergisi» kelib qoladi. Qaytib keladi. Keyin
hammasi yangitdan boshlanadi.
Bir mahal oyim maydon chekkasida turib meni imlab chaq-
irayotganini koramanu yuguraman. Oyim qolidagi obdastani
uzatadi.
Ma, buvangga oborib ber.
Bilaman, obdastada iliq suv bor. Bir qolim bilan obdastaning
bandidan, ikkinchi qolim bilan jomragidan tutib halloslab chopib
kelaman.
Mang, buva!
Ermon buva hayron bolgandek qarab turadi-da, mamnun
jilmayadi:
Peshin bop qoldi deng, qoravoy? Barakalla! Umringizdan
baraka toping, Poshsha qizim sizlarning rohatingizni korsinlar.
Shunday deydi-da, bir qolida hassa, bir qolida obdasta panaga
otadi. Bir ozdan song yuz-qolini artib qaytib keladi. Qiyiqchani
joynamoz qilib ot ustiga tashlaydi-da, pichirlab uzoq namoz
oqiydi. Bolalar jimib qolishadi. Nihoyat u chokkalab otirgancha
ovozini chiqaradi.
Ilohi omi-in! Yurtimiz tinch bolsin, u dunyoyu bu dunyo
qirginbarot bolmasin, ollohu akbar.
Bolalaru qizlar chuvillashib baravar salom berishadi. Ermon
buva alik oladi-da, chordana qurib otiradi. Boyagi tugunni
shoshilmasdan yechadi.
Qani qoravoylar! Qani popuklar, deydi qandaydir
tantanavor ohangda. Dasturxonga marhamat. Uyalmanglar,
tasadduqlar!
Dasturxonda zogora nonmi, arpa nonmi bolgan kuni
hammamizga bayram. Kopincha unisiyam bolmaydi, bunisiyam.
Biroq tutmayiz albatta boladi. Tutmayizni yeb olsangiz darrov
52
qorningiz toyadi. Shunaqa shirin, shunaqa mazali! Men bir kaft
mayizni ogzimga tashlaymanu uyga girillayman. Oyim albatta
choy damlab qoygan boladi. Olma choymi, boshqa-mi, ishqilib
choy-da! Shundoq qilib hammamiz birgalashib ovqatlanamiz.
Oxirida Ermon buva dasturxon-ga fotiha oqiydi.
Yaratgan nematingga shukur! deydi ingichka ovozda.
Ilohi omi-in! Yurtimiz tinch bolsin, u dunyoyu bu dunyo
qirginbarot bolmasin, ollohu akbar!
Ana undan keyin Oltmishvoyning tarifi boshlanadi.
Oltmishvoy Ermon buvaning ogli. Habiba buvi kop tuqqan.
Hammasi chillasi chiqmasdan olib ketgan. Ammo Oltmishvoy
boshqacha yigit-da! Bittayam kasal bolmagan. Menday paytida
otni egarlab ozi choptir-gan. Joraboshimizday bolganida ketmon
bilan bir tanob yerni hashpash deguncha agdarib tashlagan.
Oltmishvoy ana shunaqa yigit!
Avvaliga Habiba buvi oltmishta tuqqani uchun Oltmishvoyning
oti shunaqa deb oylagan edim. Yoq, keyin tushundim.
Oltmishvoy Ermon buva oltmishga kirganda tugilgan ekan.
Mening Oltmishvoyimdaka yigit dunyoda yoq, deydi
Ermon buva har kungi gapini qaytarib. Bunaqa yigitni xudo
bitta yaratganu qoliðini sindirib tashlagan! U ozining
hikoyasidan ozi zavqlanib ketadi. Nosqovogidan kaftiga molroq
solib tilining tagiga tashlaydi. Mana, hozir nemisning dodini
berib yuribdi. Oziyam Azob dengiz degancha bor-da, tasadduq!
Bir shamol tursa bormi, har suv kotariladiki, togdek keladi.
Ammo mening Oltmishvoyim azobdan qorqmaydi. Rosa
savalayapti, pashist demaganni! Komandiri mazasi yoq bola ekan!
Oltmishvoy giroy bolib oldi, deb yozibdi... Ermon buva birdan
53
orzumandlik bilan. Keyin hassasini chertib xirgoyi qiladi:
«Tolda chumchuq sayraydi, korsam konglim yayraydi...»
Ermon buva qoshiq aytadi. Men bolsam unikiga oyim bilan
borganim, Oltmishvoyning suratini korganimni eslab ketaman.
Aslida Ermon buvaning uyi hammamizniki. Ayniqsa, tut oqarishi
bilan qishloqning hamma bolasi Errnon buvanikiga kochib boradi.
Uning devori juda past. Eshak minib otsangiz, hovlisi korinib
turadi. Lekin bu hovliga devorning keragiyam yoq. Eshik doim
ochiq turadi. Kirib borishingiz bilan dokaromolini u yoqqa
tashlagan, bu yoqqa tashlagan Habiba buvi peshvoz chiqadi.
Voy uyingga bugdoy tolgurlar, voy kopay gurlar, kela
qolinglar, deydi ovozi tovlanib. Osha zahoti bolalar tutga
tarmashadi. Tut ham egasiga oxshagan. Hovlining yarmini egallab
yotadi-yu, ammo tik osganmas. Shoxlari tarvaqaylab ketgan.
Bemalol osilib chiqaverasiz. Shundoq bolsayam, Habiba buvi
bolalarni tutga chiqarmaydi.
Hoy kopaygur, osilma! deydi chirqillab. Yiqilib
ketasan. Hozir buvangni chaqiraman!
Zum otmay ayvon yonboshidagi pastak hujradan hassasiga
tayanib Ermon buva chiqadi.
lye-iye, qoravoylar, kep qopsizlar-da! deydi quvonib.
Qani, kampir, chodirni opchiq.
Habiba buvi qirq yamoq bolib ketgan chodirni olib chiqadi.
Kamida ottizta bola qaldirgochdek tizilib chodirning tort
tarafidan ushlab turadi. Ermon buva oqsoqlagancha tut tagiga
boradi-da, inqillab-sinqillab shoxga minadi. Habiba buvi pastdan
turib uzun tayoq uzatadi. Ermon buva «bismillo» deb tayoqni bir
urishi bilan duv etib tut yogiladi. Tut bolgandayam shu-naqangi
tutki, har bittasi pilladek keladi. Bolalar chodirni qoyib
yuborgancha qiy-chuv qilib ortaga tarmashadi. Yuqorida Ermon
buvaning ingichka tovushi keladi.
Shoshmanglar, popuklar, shoshmanglar qoravoylar, yana
besh-on marta qoqay, hammalaringga yetadi.
Qarabsizki, hammamiz tutga toyib olamiz. Ayvonda esa uchta
kattakon xum qatorlashib turadi. Har bittasi mendek keladi.
Habiba buvi shinni pishirib shu xumlarga toldirib qoyadi. Qish
boyi qachon kelsangiz, shinniga toyasiz.
Shunday qilib, Ermon buva har qachon Oltmishvoyni
gapirganida oyimga ergashib ularnikiga borganim esimga tushadi.
54
Ayni tut pishigi edi. Ermon buva tut qoqib berdi. Habiba buvi
yuvib, tozalab, sopol laganga toldirib keldi. Maza qilib yedik.
Keyin Habiba buvi kuyunchaklik bilan tushuntirdi.
Tut yurakni ortab yuboradi, kopaygurlar. Yuringlar, choy
ichamiz.
Oldinma-keyin tizilishib pastak hujraga kirdik. Tokchalarga
eski barkashlar bezak qilib qoyilgan xonaga kirishim bilan eng
avval nonga kozim tushdi. Bunaqangi chiroyli nonni birinchi
korishim edi. Ustiga sedana sepilgan, qið-qizil patir non. Qiziq,
nonni negadir devorga mixlab qoyishibdi. Bir chekkasi kemtik.
Oyi-i, non! dedim yalinib.
Oyim yarq etib qaradi-yu, labini tishlab bosh chayqadi.
Bildimki, onam uyalyapti. Endi Habiba buviga tarmashdim.
Bilaman, dunyoda Habiba buvidan saxiy odam yoq.
Buvi, non, dedim yana osha ohangda. Devordagi nonni
korsatdim. Buvi, no-o-on!
Qiziq, negadir Habiba buvi bu safar saxiylik qilmadi.
Bu nonga tegib bolmaydi, kopaygur, dedi boshimni
silab. Qorningni qorachigidan aylanay, tegib bolmaydi. Bu
non Oltmishvoy akangniki. Kordingmi, bir chetini tishlab ketgan.
Kelganida yana bitta tishlaydi-da, qolganini senga beraman. Ana,
Oltmishvoy akang ham senga qarab turibdi.
Qarasam, nonda chindan ham Oltmishvoy akaning tishlagan
izi korinib turibdi. Nonning tagida esa ozining surati. Surat
negadir sargayib ketgan. (Habiba buvining koz yoshi tomaverib
sargayib ketganini keyin tushunganman). Suratda dengizchi-
larning kokil-dor shapkasini kiygan qop-qora yigit jilmayib turibdi.
Qurut yeysanmi? dedi Habiba buvi yana boshimni silab.
Oyimga qarasam, qovogini solib turibdi. Indamay qoya
qoldim. Tashqariga chiqqanimizdan keyin onam dashnom berdi.
Uyatga oldirding-ku, bolam. Nonni Oltmishvoy akangga
atab qoyishibdi, bildingmi? Oltmishvoy akangdan qoraxat kelgan,
tushundingmi?
Nimani tushundim, nimani tushunmadim, bilmaymanu,
ammo Ermon buvaning gaplariga ishongim keladi. Erta-indin
Oltmishvoy aka giroy bolib keladi. Ermon buva uning
komandiriga xat yozdiradi. Sen yaxshi bolamas ekansan, deydi.
Mana, Oltmishvoyim giroy bop keldi-ku, sen bolsang uni oldi
deyapsan, deydi... Keyin ola sigirni sotib toy qilishadi.
55
Ermon buva Oltmishvoy akaning tarifini rosa keltirganidan
keyin har kuni aytadigan afsonasini boshlaydi. Shu chopchagi
menga hech yoqmaydi: qorqaman. Ammo hadeb qaytaravergani
uchun yodimda qolgan. Qiziq, negadir joraboshimiz xuddi shu
chopchakni yaxshi koradi.
Buva, deydi yalinib. U yurt bilan bu yurtni aytib
bering.
Ermon buva jon deb rozi boladi.
Bopti, qoravoylar, popuklar, yaqinroq kelinglar.
Aytmoqchi, Ermon buva hech qaysimizni otimizni bilmaydi.
Ogil bolalarning hammasi uning uchun qoravoy, qizlarning
hammasi popuk. Bundan tashqari, hech kimni sen demaydi,
hammani sizlab gapiradi. U nosni yana otib oladi-da, afsonasini
boshlaydi: Bir bor ekan, bir yoq ekan... Bir-biri bilan qoshni
turadigan ikkita yurt bor ekan. Ermon buva birdan jimib qoladi-
da, qizlardan biriga dashnom beradi. Hoy popuk, ukangizni
burnini artib qoying, tasadduq!
«Popuk» birovning ukasi bolsayam, etagini qayirib, yonida
otirgan bolaning burnini artishga majbur boladi.
Barakalla! deydi Ermon buva mamnun bolib. Shundoq
qilib desangiz, u yurtdagilar ham, bu yurtdagilar ham tinchgina
bugdoyni sepib, molini boqib yurarkan. Ammo-lekin tasadduqlar,
galamis degani osha zamonlardayam bor ekan-da! Ortaga galamis
aralashib ikki yurtning orasini buzibdi. U yurtning ichiqora odamlari
oz podshosini yoldan uribdi. «Bu yurtda shunaqangi yaylovlar
borki ot minib uch kun choptirsangiz u boshidan bu boshiga
yetolmaysiz», debdi. «Bosib olsangiz xazinangiz oltinga toladi»,
debdi. Bu yurtning ichiqora odamlariyam oz podshosini kongliga
gulgula solibdi. «U yurtda shunaqangi bog-roglar borki, jannatga
oxshaydi», debdi. «Bosib olsangiz xazinangiz oltinga toladi»,
debdi.
Ermon buva nosini tupurib birdan Toyga kozi tushib qoladi.
lya, qoravoy, sizniyam burningiz oqib ketdi-yu, artib oling,
tasadduq!
Qoyavering, buva! deydi joraboshimiz bilagonlik qilib.
Artgani bilan foydasi yoq. Buniki qaynab chiqaveradi.
Toy jahl bilan «shilq» etib burnini tortadi. Zum otmay yana
oqib ketganiga parvo qilmaydi. Ermon buva bolsa berilib hikoya
qiladi.
56
Shundoq qilib, u yurtning podshosi ham, bu yurtning
podshosi ham lashkar toplashga kirishibdi. Tagin qanaqa lashkar
deng! Har bittasi mening Oltmishvoyimga oxshagan norgil yigitlar
emish. Yigitlarning moysafid otalari, keksa onalari gamboda
bolib qolishibdi. Urushdan kimga foyda-yu, kimga ziyon,
deyishibdi. Urush qilib xazinasini boyitadigan podsholaru
bolamizni ajalning ogziga yuboradigan bizmi, deyishibdi. Ammo
kambagalning dodini kim eshitardi, tasadduqlar! U yurtning
lashkari bu yurtnikiga ot suribdi. Bu yurtning lashkari u yurt
ustiga bostirib boribdi. Shundoq qilib desangiz, qirginbarot
boshlanibdi. Ne-ne oydek qizlar oyoqosti bopti, beshikdagi bolalar
onasidan, onalar bolasidan ayrilibdi. Popukday qizlar, nozaninday
juvonlar, norasida bolalar Xudoga nola qilishibdi. «Podsholar bir-
birining yurtini bosib olaman desa bizda nima gunoh», deyishibdi.
«Nimaga bizni onamizdan judo qilasan, akamizdan ayirasan?»
deyishibdi. Lekin ularning nolasi Xudoga yetib bormabdi.
Ermon buva jimib qoladi. Xazinasini oltinga toldiraman deb
urush ochgan u yurtning podshosini ham, bu yurtning podsho-
sini ham yomon korib ketaman. Onalarni bolasidan, bolalarni
onasidan judo qilgan u yurtning galamis odamlarini ham, bu
yurtning galamis odamlarini hara yoq qilib tashlagim keladi.
lya, qoravoy, ishtonni kotaring, ishtonni, deydi u
kulimsirab. Bulbulingiz korinib ketdi-ku, tasadduq.
Shosha-pisha ishtonni kotaraman.
Barakalla, tasadduq! deydi Ermon buva jilmayib.
Umringizdan baraka toping... Shundoq qilib, qirq yil qirgin
bolibdi. U yurt ham, bu yurt ham vayronaga aylanibdi. Yo
tavbangdan ketay, tasadduqlar, ne-ne daryolar qurib, ne-ne boglar
kultepaga aylanibdi. Boringki, yilt etgan bitta giyoh qolmabdi.
Tikkaygan bitta daraxt qolmabdi. Jamiki parrandalaru
darrandalarga qiron kepti. Oxiri daraxtlaru ot-olanlar, daryola-
ru qushlar Xudoga nola qiðti: «Urushni qiladigan-ku odamlar,
bizda nima gunoh», debdi. «Sen bizni odamlar uchun yaratgan
eding-ku, nimaga odamzod bizga qiron keltiradi», debdi.
«Odamzodning feli shunaqa yomon bolsa biz nima qilaylik»,
deb yiglashibdi. Ana oshanda Olloyi-taoloning qattiq qahri kepti.
U yurtni ham, bu yurtni ham cho1-biyobonga aylantirib tashlabdi.
U yurtda ham, bu yurtda ham, bironta qimirlagan jon, na bitta
daraxt, na bitta ot-olan, na bir tomchi suv hech nima
57
qolmabdi. Oshandan buyon oftob ham shu yurtlarni chetlab
otarmish. Shamol yaqiniga bormasmish. Qush uchmasmish. U
yurt ham, bu yiirt ham zimistonga aylanib qolgan emish.
Ermon buva niosini tupurib chuqur xorsinadi. «Ana shunaqa
gaplar», degandek manodor bosh chayqab qoyadi.
Mana, tasadduqlar, pashist deganiyam jazosini oldi-ku.
Meni Oltmishvoyim ham pashistni jazosini beraman deb qilich
oynatib yuribdi-da. Bolmasa Azob dengizda suzish osonmi! U
menga qarab kozini qisib qoyadi. Oltmish akangizni-chi qilichi
bor. Alpomishnikiga oxshab qirq gaz keladi. Qaytib kelgandan
keyin osha qilichni sizga beraman.
...Ermon buva vada qilgan Oltmishvoy akaning qirq gazli
qilichi menga nasib etmadi. Uning ozi ham, qilichi ham urushdan
qaytmadi. Osha yili birinchi qor tushgan kuni Ermon buva yana
bitta afsona aytib berdi. Bu chopchakni atigi bir marta aytgan
bolsa ham negadir xotiramda saqlanib qoldi.
Kechqurun Ermon buvaning ayvoniga toplandik. Tashqarida
gupillab yirik-yirik qor yogar, ayvon oldiga ozimiz tut qoqib
yegan qirq yamoq chodir tutib qoyilgan, sovuq edi. Hammamiz
sandalga oyoq tiqib otiribmiz. Oyoq iligani bilan badandan muz
otib ketgan. Sandal ustiga bir qop kosak uyub tashlangan. Ermon
buvaning aytishiga qaraganda on pud kosakni chuvish
zimmamizga tushgan emish. Ertagacha chuvib bolmasak, brigadir
Haydar shamol xafa bolarmish. Koraklar sovuqda muzlab qolgan,
ushlasangiz qolingizni uzaman deydi. Ikkita tokchaga bittadan
lið-lið chiroq qoyilgan. Chiroqlarning piligi liðillagan sayin
xotinlarning devordagi bahaybat soyalari ham afsonaviy devlardek
sakrab-sakrab ketadi. Xotin-xalaj indamay korak chuviydi. Bir
qopi tugashi bilan Ermon buva ikkinchi qopni eski dasturxonga
agdaradi... Qolim akashak bolib qoldi. Buning ustiga korak
tikandek qotib qolgan. Paxtasini sugurib olguncha tirnogingiz
orasiga kirib qonatib yuboradi. Ermon buva menga qarab-qarab
qoyadi.
Qolni isitib oling-da, qoravoy!
Oxiri onamning ham toqati toq boldi.
Paxtasiyam olsin! dedi zorlanib. Qolimda qo1
qolmadi-ya!
Ermon buva sokin bosh chayqadi.
Unaqa demang, Poshsha qizim, dedi ingichka ovoz
58
bilan. Gunoh boladi. Paxta jannatdan chiqqan, tasadduq!
U qishda ham delvagay ochib yuradigan yaktagining
chontagini uzoq kavlashtirib nosqovogini topdi. Tilining tagiga
uch-tort urib nos otdi.
Paxta jannatdan chiqqan, dedi ishonch bilan. Men
sizlarga bir hikmatni aytib beray, tasadduqlar.
Shunday deb men eshitmagan afsonani aytib berdi.
Qadim zamonda bir yurtni yov bosibdi. Odamlar qala ichiga
berkinib olishibdi. Yov shaharni orab olib kutaveribdi, kutaveribdi.
Oxiri qala ichidagilar ham, yov ham holdan toyibdi. Qamalda
qolganlarning ochlikdan sillasi quribdi. Odamlar oqsoqol oldiga
borib, boldi endi, shaharning darvozasini ochib beramiz,
deyishibdi. Ozimiz och, bolalarimiz yalangoch, otlarga yem yoq,
otin yoq, deb nolishibdi. Ammo oqsoqol dono kishi ekan.
Ermon buva tantana bilan qaddini kerib qoyadi. Bir hujraga
yigib qoygan allaqancha gozapoyani opchiqibdi. Paxta degani
jannatdan chiqqan, menga ishoninglar, tasadduqlar, debdi. Buni
qarangki, chol aytgan gap togri chiqibdi. Paxtaning momigini
askar bolalarning yarasiga bosishibdi. Tolasini yigirib boz
toqishibdi, kiyim tikishibdi, chaqaloqlarga yorgak qilishibdi,
chigitni yogini eritib gosht qovurishibdi. Kunjarasini otlarga
berishibdi. Gozapoyani yoqib uylarni isitishibdi. Ermon buva
ovozini yanayam balandlatadi. Qarabsizki, yovning holi tang.
Sichqonning ini ming tanga bolib ketibdi. Ermon buva namatni
qayirib nosni tupuradi. Tomogini taqillatadi. Ana kordinglarmi
paxtaning xosiyatini, tasadduqlar. Qani, kampir, shinnidan opke.
Bir maza qilaylik!
Habiba buvi ildam ornidan turib xumga sopol piyolani
botiradi. Yana bir marta... Keyin yana bir marta. Birpasda ayvonni
tut shinnining isi tutib ketadi...
...Osha birinchi qor tushgan kuni Habiba buvini oxirgi marta
korayotganimni bilmagan ekanman. Hali yangi yil kelmasidan
ketma-ket qor yogib qahraton sovuq boshlandi. Shunday
kunlardan birida ertalabki choydan keyin onam tosatdan sorab
qoldi:
Ermon buvangnikiga borib kelamizmi?
Quvonib ketdim. Ermon buvanikiga boladi-yu, yoq
deymanmi!
Shinni yeyishgami? dedim hovliqib.
59
Onam ohista bosh chayqadi.
Yoq. Habiba buvi zotiljam bop qopti. Otini yoqmish.
Komir oborib beramiz.
Bultur ozimizning otinimiz qolmaganida qanaqa ahvolga
tushganimiz esimdan chiqqanmas. Shuning uchun bolsa kerak,
bu yil dadam komirni yaxshilab gamlab qoygan edi.
Menam oboraman! dedim irgishlab. Qopda oboraman!
Bopti, oyim boshimni siladi. Sen qop kotarolmaysan,
chelakda oborasan.
Dadam ishda, akalarim maktabda. Opam echki sutini sotish
uchun shaharga ketgan. Uyda oyim, ukam qolgan. Ukamni
amallab beshikka tiqdik. Oyim aldab-suldab uxlatdi. Oshxonaga
kirib qopga komir soldik. Men ogzini ochib turdim, oyim
xokandoz bilan soldi. Sandalga yirik komir bolmaydi. Albatta
kukunidan solish kerak. Tez chog oladi, uzoq turadi. Onam har
gal xokandozni boshatganida qop-qora chang kotariladi. Bir
zumda oyimning ham, mening ham ogiz-burnimiz qorayib ketdi.
Keyin kichikroq paqirga teng komir toldirdim. Ikkalamiz yolga
tushdik. Onam burni yerga tekkudek bolib enkaygancha qorda
chuqur-chuqur iz qoldirib yurib ketdi. Ketidan men ergashdim.
Kichkinagina chelak avvaliga yengil tuyulgan edi. Ellik qadamcha
yurmasimdan juda ogirlashib ketdi. U qolimdan bu qolimga
olaman, bu qolimdan u qolimga olaman, sirganib-sirganib
ketaman. Bu ham yetmagandek, qolimga sozak kirib ketdi.
Paqirning bandi kaftimga chiðpa yopishib qolgan. Ong qolimdan
chap qolimga olayotganimda terimni shilib olayotgandek boladi.
Oyi, qolim muzlab qoldi, deyman yiglamsirab.
Onam menga achinib qarab qoyadi-yu, toxtamaydi.
Yura qol, jon bolam, yaqin qoldi.
Qopning tagini ham sichqon teshgan ekan: qor ustida bora
borgancha qop-qora iz tushib bordi.
Nihoyat Ermon buvaning ochiq eshigi oldiga keldik.
Sen kirmay qoya qol, dedi onam harsillab. Men
hozir. Shunday dedi-yu, ikki bukilgancha hovliga kirib ketdi,
zum otmay qaytib chiqib paqirni ham olib kirdi.
Alahlab yotibdi bechora! dedi qaytib chiqib. Buvang
tepasida duo oqib otiribdi.
Bu safar buvining shinnisiga umid boglamadim. Oyim
ikkalamiz darrov izimizga qaytdik. Oyimning qolida paqir, paqir
60
ichida boshagan qop...
Qorda tushgan komir izini dadam koribdi shekilli, kechqurun
oyimdan soradi:
Kimga komir berding?
Oyim aybdor qiyofada yerga qarab turdi-da, rostini aytdi.
Habiba buvi shamollab qopti. Komiri yoq ekan, oborib
berdim.
Dadam oyimni urishmadi.
Chatoq bopti, dedi sekin. Achinskaga xabar berish
kerak.
Onam bosh chayqadi.
Judayam zarilmas shekilli. Mana, uyi isib qoldi. Ajabmas,
erta-indin tuzalib ketsa...
Lekin Habiba buvi tuzalmadi... Indini ertalab ishga ketgan
dadam yarim yoldan qaytib keldi. Ukamni tizzasiga otkazib
choy ichirayotgan oyim hayron bolib dadamga qaradi:
Tinchlikmi?
Dadam negadir kozini yashirdi:
Odamzodning ahvoli shu ekan-da, dedi xorsinib.
Habiba buvi omonatini topshiribdi.
Voy... Voy bechora! Oyimning rangi quv ochgancha
shunday ingrab yubordiki, qorqib ketgan ukam bir zum olazarak
bolib turdi-da, chirillab yiglay boshladi. Kecha borganimda
tuzalib qoluvdi-ku! Oyimning kozidan tirqirab yosh chiqib
ketdi. Ukamni siltab korpachaga otkazdi-yu, ikki kafti bilan
yuzini tosgancha okirib yubordi.
Nachora, kuni bitganda, dedi dadam tomogini boggan
koz yoshidan ovozi hirillab. Kim bilibdi shunaqa bolishini!
Dadam, uning ketidan ukamni kotargan oyim, uning ketidan
men Ermon buvanikiga yugurdik. Birpasda tumonat odam
toplanibdi. Zebi xola u yoqdan-bu yoqqa yugurgan. Isroil moylov
hovlidagi qorni kuragan, Sepkilli xola bilan Kelinoyi «voy
onamlab» yiglashgan...
Ermon buva kimni korsa javdirab qaraydi. Yaktagining delvagay
yoqasidan korinib turgan oppoq tuk bosgan koksiga mushtlagancha
ovozi yanayam ingichkalashib, nuqul bitta gapni qaytaradi:
Bittagina bolasini korolmay ketdi-ya! Oltmishvoyning
diydoriga toyolmay ketdi-ya!
Yoq. U yiglamaydi. Faqat ingraydi. Titrab-titrab ingraydi.
61
Bosh yalang bolib olgan. Oppoq sochlari, oppoq soqoli, oppoq
koksini muzday qor zarralari qoplagan.
Doim odamlarga buyruq berib organib qolgan brigadir Haydar
shamol ham tut tagida chokkalab otirgancha peshonasiga
mushtlab yiglaydi.
Voy onam-a! Roshnolik kormagan onam-a!
Ustiga paranji yopilgan tobutni hovliga opchiqishganida,
ayniqsa qiyomat boldi. Oyim dodlagancha tobutga yopishdi.
Onajon! Yolgizini korolmay ketgan onajonim!
Erkaklar tobutni kotarishganida oyim besh-olti qadam
yugurdi-yu, kalishi sirganib ketib, chalqanchasiga yiqildi.
Oyi, oyi! dedim uning ustiga egilib. Yiglab yubordim.
Onamning kozi olayib ketgan, chamasi meni tanimas edi.
Voy onajon-a! dedi ingrab. Kun korib, kuni roshnolik
kormagan onam-a! Osha kundan boshlab onam galati bolib
qoldi. Bir nuqtaga tikilib otiraveradi, otiraveradi. Birov gapirsa
eshitmaydi. Faqat ukam yiglaganida hushi joyiga keladi... U
Habiba buvining kir yuvdisi, yettisida yelib-yugurib xizmat qildi.
Marakaga borganida oyogi olti, qoli yetti bolib yuradi-yu, uyga
kelganda yana galati bolib qoladi.
Habiba buvining yigirmasiga Ermon buva sigirini sotdi.
Dadamning aytishiga qaraganda, Haydar shamol ortaga tushib,
shu ishni qilmang, desa ham Ermon buva konmapti. «Kampirim
bechora dunyoga kelib nima kordi. Hech bolmasa ozi
kormaganni arvohi korsin, Oltmishvoyim kelganida amallab
boshqa sigir olarmiz», debdi. Sigirni Dalavoy suv tekinga sotib
olganmish...
Oshandan keyin onam sal onglangandek boldi. Har kuni
Ermon buvanikiga qatnaydi, goh yaktagini yuvib, sandal ustida
quritib beradi, goh lavlagi sharbatiga holvaytar pishiradi... Nuqul
bitta gapni qaytaradi: «Buvangga jabr boldi, bolam, buvangga
jabr boldi».
Bir kuni dadam yangi gap topib keldi. Ermon buva kampirining
qirqida ham yurtga osh berarmish. Odamlar ortaga tushib yoldan
qaytarmoqchi bolgan ekan, konmapti. «Qirq degan xotinlarning
marakasi boladi. Kampirimning arvohi shod bolsin», debdi.
Xuddi osha marakadan uch kunmi-tort kun ilgari galati voqea
boldi. Yakshanba bolsa kerak, dadam ham, akalarim ham uyda
edi. Bir mahal hovli tomonda gurji kuchugim bir-ikki akilladi-yu,
62
negadir jimib qoldi. Tosatdan eshik ochildi. Ostonada yaktak kiyib
olgan Ermon buva paydo boldi. Tashqarida qor yogayotgan bolsa
kerak, uning yalang boshi, yaktagining yelkasi qorga komilgan
edi. Qiziq, qolida hassa yoq. U ostona hatlab chiqqanidan
keyingina oyoq yalang ekanini kordim. Uning katta-katta oyoqlari
qið-qizil gosht bolib ketgan, negadir lozimining pochasini qayirib
olgan, topigigacha qoplagan tuklariga kir qor yopishib qolgan
edi. Dadam bilan akalarim ham, oyim bilan men ham hayratdan
qotib qoldik.
Oltmishvoyim keldi, dedi Ermon buva iljayib. Keldi!
Kampirim ham keldi. Ikkovlari mozor boshiga ketishdi.
Oyimning yuziga bir zum tabassum qalqidi-yu, keyin dahshat
ichida dadamga qaradi.
Keldi, dedi Ermon buva tagin galati iljayib.
Keyin ong qoli bilan chap qolini dutor qilib cherta boshladi.
Tolda chumchuq sayraydi, korsam konglim yayraydi...
U tosatdan jimib qoldi. Birdan menga kozi tushdi-yu,
gayritabiiy, ingichka ovozda kulib yubordi. Ya, sizam shu
yerdamisiz, qoravoy! Oltmishvoy akangiz keldi. Keldi... dedi
ovozini pasaytirib. Keyin tosatdan xaxolab kula boshladi. Uning
bunaqangi bor ovoz bilan kulganini hech qachon eshitgan
emasdim. Goshti chiqib ketgan oyoqlarini gursillatib yerga
urgancha yana qoshiq aytdi.
Tolda chumchuq sayraydi, korsam konglim yayraydi.
Hammamiz sehrlangandek qotib qolgan edik. Ermon buva
xop oynadi! Yalang oyogining boldiriga yopishgan loy aralash
qorlar namatga sachrab ketdi. Keyin u charchab, chokkalab qoldi.
Kavshandoz tomonga qarab yuziga fotiha tortdi.
Ilohi omi-i-in! Yurtimiz tinch bolsin, illo-billo qirginbarot
bolmasin. Ollohu akbar!
Ertasiga uni jinnixonaga olib ketishdi. Haydar shamol bilan
dadam birgalashib oborishdi. Dadamning aytishiga qaraganda,
Ermon buva jinnixonaning eshigidan kirayotganda ham qibla
tomonni qidirib chokkalab olganmish, Osmonga qarab iltijo
qilganmish.
Ilohi omi-i-in! Illo-billo qirginbarot bolmasin, ollohu
akbar! deganmish.
63
MENING ACHA XOLAM
Oyim odamsiz turolmasdi. Qoshni kelinchaklar, yetti mahalla
narida turadigan kampirlar hammasi yigilishib gangir-gungir
suhbatlashib otirishardi. Shuncha gap qayoqdan topilishiga bazan
hayron qolaraan. Har kuni ertalab gazeta olib keladigan pochtachi
tatar xotin eshikdan qayta qolmaydi. Albatta oyimning oldiga
kiradi.
Isanmisiz? deb sorashadi-yu, hasratini tokib soladi.
Kitti, svolish! Yana uynashiga kitti, parazit.
Oyim har galgidek uni yupatadi:
Qoying, jon bolam, sabr qiling. Eringiz yomon bolamas.
Razvodga biram! Alimentga dabitsa itam!
Unaqa demang, orgilay, bolangizni tirik yetim qilmang.
Ay, ni bolsa bolar! Sudga biram.
Oyim ishonch bilan tushuntirdi:
Mana, meni aytdi dersiz. Eringiz sizni jonidan yaxshi
koradi. Konglim sezib turibdi. Bugun-erta apoq-chapoq bolib
ketasizlar.
Pochtachi ketishi bilan oqsoqlanib qoshni kampir kirib keladi.
Jigar-jigar, digar-digar ekan, orgilay, deydi yiglam-
sirab. Rahmatullaga aytuvdim-a togangning qizini ol, ot tepkisi
otga otmaydi deb. Yoq, quloq solmadi. Olaman sattor, mana
shu qirchangini olaman, deb turib oldi. Mana, oxiri nima boldi...
Kecha itni kunini boshimga soldi, aylanay! Xotin olgandan keyin
ona kerak bolmay qolarkan. Shuni oldi-yu oglim ham aynidi-
qoldi, qoqindiq.
Unaqa demang, ovsinjon. Oyim osoyishta ohangda
yupatadi. Keliningiz yomon bolamas, qaysi kuni kochada
korib qoldim. Ogzidan bol tomib sizni maqtadi boyoqish.
Voy, tilyoglama bolmay tillari kesilsin. Siz uning tilini
bilmaysiz, orgilay!
Mana, meni aytdi dersiz, oyim qandaydir ichki ishonch
bilan tushuntiradi. Keliningiz sizni oz onam deb etagingizdan
tutgan. Konglim sezib turibdi...
Oyimning «sezgir kongli» qiziq. Hamisha yaxshilikni
«karomat» qiladi.
Har gal shunaqa gaplarni eshitganimda bolaligimda roy bergan
voqeani eslayman.
64
Urush tugagan paytlar edi. Oshanda godak tasavvurimga
sigmagan narsani keyin tushunganman: urush bitib, odamlarning
yarasi yangilangan damlar ekan. Birovning eshigida surnay,
birovnikida aza tovushi eshitilardi...
Bir kuni akam eshikdan baqirib kirdi.
Oyi! Loli kelyapti, loli!
Turgan joyimda tirrakdek qotib qoldim. Lolilar haqida
shunaqa gaplar eshitgan edikki, nomi qulogimizga chalinishi bilan
sichqonning ini ming tanga bolib ketar edi. Loli kochada yurgan
bolani qopiga solib ketarmish. Uyda kattalar bolmasa, bolalarni
bogib oldirarmish-da, hamma narsani shið-shiydon qilib goyib
bolarmish.
Akam bilan ketma-ket xuddi quvlagandek, qop-qora loli xotin
kirib keldi. Uzun, isqirt koylagining ustidan nimcha kiygan,
shokilasi osilib yotgan qosh kozli xurjunini yelkasidan oshirib
tashlab olgan, sochlarining uchiga solkavoy taqqan, oyogida
eski qizil etik... Dahshat ichida oyimning pinjiga tiqildim. Uyda
dadam yoq-ku, endi nima qilamiz? Hovlining allaqaysi
burchagida yotgan mushukdekkina gurji kuchugimiz gazab bilan
akillagancha loliga qarab yugurdi. Loli xotin bir lahza toxtadi-
yu, qiyshiq tayogini itga oqtaldi. Sarosima ichida oyimga
qaradim: tezroq haydab yuborsa-chi!
Oyim loliga diqqat bilan qarab turdi-da, birdan yuzi yorishdi.
Voy, Acha xola-ku! dedi eski qadrdonini korgandek
quvonib. Keling, aylanay.
U loli tomon yura boshlagan edi, qolidan ushlab jonholatda
orqaga tortdim.
Bormang! dedim yiglamsirab.
Qorqma, jinnivoy, Acha xolang-ku bu! Oyim ayvondan
ildam tushdi. Hovlining ortasiga kelib qol gan loli bilan aylanib-
orgilib korishdi.
Gurji kuchugimiz hamon toxtovsiz akillar, lolining atrofida
gir aylanar edi.
Qani, kela qoling, dedi oyim ayvon tomonga yurib.
Yoq, mango shu yer yaxshi! Loli xurjunini yerga
bodom soyasiga tashladi-da, ustida otirdi. Issiqlab ketganidan
keng koylagining yoqasini gijimlab yelpingan edi, boynidagi
ikki shoda munchoq marjon korinib ketdi. Qulogidagi tilla
oybaldogini kordimu, negadir «ogirlab olgan» degan xayolga
65
bordim. Tagin qorqib ketdim. Hozir boshlaydi. Akalarim
qulogimga quygandek, «poli keldi-poli keldi», deb fol ocha
boshlaydi-da, avrab-avrab hammamizni oldirib ketadi.
Oyi-i-i! dedim chinqirib.
Loli menga qayrilib ham qaramadi. Qop-qora qollarini keng
yoydi.
Ovmin! Qadam yettu balo yetmasun! Pirlar madadkor
bolsun. Dushmaning xoru zor bolsun, bacham!
Oyim ham yerga chokkalagancha unga qoshilib fotiha oqidi.
Akam xabar bergan bolsa kerak, bir zumda hovliga Hoji buvi,
uch hovli narida turadigan kelinchak Xayri opa kirib kelishdi.
Uyingda amol bo-or! dedi loli chozib. Ganiming
bo-or!
Vujudimni yana qorquv bosdi. Ammo nima uchundir oyim
xotirjam edi.
Amal nima qiladi, xolajon, dedi sekin. Akamdan
xavotirdaman. Ming yerimga pichoq ursa bir yerimdan qon
chiqmaydi. Hamma qaytyapti, akam bechoradan darak yoq.
Oyim urushga ketgan togamni kop gapirardi. Dadamni
kasalligi tufayli urushga olishmagan, ammo oyim har ikki gapning
birida akasini eslab yiglardi. Hozir ham shuni gapirdi. Tushundim,
fol ochirmoqchi.
Bor, bolam, oynab kel, dedi oyim mening hamon qorqib
turganimni korib. Biroq men sehrlan gandek ornimdan jilolmay
qoldim.
Loli shoshilmasdan xurjuniga qo1 suqdi. Kirligidan guli
bilinmay ketgan tuguncha oldi. Hoji buvi bilan Xayri opa ham
oyimning ikki tomoniga jimgina chokkalashdi.
Acha xolamning romi doim togri chiqadi, dedi oyim
qoshnilarga maqtanib. Kop sinaganman. Acha xola parvo
ham qilmadi. Qop-qora barmoqlari bilan tugunchasini yechgan
edi, bir hovuch tosh chiqdi. Qoshni qizaloqlar sopalak
oynaydigan mayda toshlarning ozi. Faqat rangi har xil: oq, qora,
kokimtir... U toshlarni toda-toda qilib qoydi-da, kozlarini
yumib allanimalarni pichirlay boshladi. Uning yumuq kiðriklari
pirpirab-pirpirab qoyar, shunda yuzidagi kokimtir xoligacha
qimirlab ketganga oxshar edi. Endi qorquv ornini allaqanday
qiziqish egalladi-yu angrayib qoldim. Hammamiz xuddi mojiza
kutgandek qotib qolgandik. Hozir allanima bolishi, nimadir roy
66
berishi kerakdek edi.
Akang tirek! dedi loli tosatdan. Kaftining orqasi bilan
bir turtgan edi, todalanib turgan toshlar har yoqqa sochilib ketdi.
Oppoq bir tosh dumalab oyimning oyogi oldiga keldi.
Akang keladu! dedi oyimning koziga tik qarab. Yolga
chiqq-o-on!
Ogzingizdan aylanay, xolajon! oyim dik etib ornidan
turdi-da, uyga yugurdi. Bisotimizda bitta yaltiroq qoshiq bor edi.
Oyim uni kumush qoshiq, deb maqtardi. Mana, oz bolsa,
kop ornida korasiz. Akam eson-omon kelsa bosh-oyoq kiyim
qilib beraman. U qoshiqni Acha xolaga uzatdi. Loli qoshiqni
shosha-pisha xurjuniga yashirishini kutib turardim. Ammo u
shoshilmadi. Qoshiqni bir chekkaga qoyib, Hoji buviga yuzlandi.
Bolaginamni korarmikinman? dedi Hoji buvi ovozi
titrab. Yolgizginamni korib olsam, armonim yoq edi.
Bu safar loli nimchasining chontagini uzoq kavlashtirdi.
Keyin yongoqdek keladigan olti qirrali tosh oldi.
Muhra bilan ocharkanlar, dedi oyim pichirlab.
Loli hech nimani eshitmagandek, toshning u yogini
aylantirdi, bu yogini aylantirdi. Uning qop-qora qoli bilinar-
bilinmas titrar, allaqanday chiziqlar tortilgan toshga tikilib
toxtovsiz pichirlar edi.
Bachangni yoli tosulgon! dedi u nihoyat.
Hoji buvining kozlarida, hamisha mayus boquvchi kozlarida
chog yaraqlab ketgandek boldi.
Ozi tirikmi axir? u ingragudek ohangda loli tomon
talpindi. Uch yildan buyon na oligini bilaman, na tirigini.
Joni omonmi ishqilib?
Amon! Bachang amon. Kutasan. Ancho kutasan.
Boyadan beri nafasini ichiga yutib otirgan Xayri opa endi
chidab turolmadi shekilli, hayqirib yubordi:
Asqar akam-chi? Asqar akam qachon keladi? Jon xola, bir
koring! Asqar akamga nima bolgan? Gospitaldan bir xat keldi-
yu, daraksiz ketdi.
Jon xola, bir koring... Loli unga sinovchan qarab qoydi-da,
tagin shoshilmasdan hurjunini kavlashtirib, kaftdek kozgu oldi.
Ushla bune! dedi oynani Xayri opaning qoliga tutqazib.
Qarab oter!
Xayri opa oynaga tikilib chokkalagancha qotib qoldi. Loli
67
boshqa bir oynacha oldi.
Yoshini ayt! dedi qatiy ohangda.
Asqar akammi? Xayri opa tosatdan uygonib ketgan-
dek chochib loliga qaradi. Yigirma ikkida.
Agar... agar... U nimadir demoqchi boldi-yu, tutilib qoldi.
Yigirma ikkida, dedi shoshilib. Hozir yigirma ikkiga
kirgan. U bir zum jimib qoldi-da, ohista qoshib qoydi.
Chillamiz chiqmasidan ketgan.
Loli ozining qolidagi kozguga tikilib pichirlagan-cha boshini
bir maromda tebrata boshladi. Xayri opa kozguga qarab qotib
qolgan, goyo qimir etsa fojia roy beradigandek edi. Nihoyat,
Acha xola ozi tutib turgan kozguni etagiga artib xurjuniga tiqdi.
Nima? dedi Xayri opa pichirlab. Nima?
Asqar akam...
Kuyoving amon... Acha xola uning yuziga qaramasdan
qolidan kozguni oldi. Kozimga korinde. Kuyoving kasal
bolgon.
Qachon, qachon koraman? Xayri opa Acha xolaning
qoliga yopishdi. Ayting, nima kordingiz? Qachon koraman?
Acha xola oylanib qoldi:
Yol kordem, yo1! Kuyoving keladu. Oy tolganda,
uxlamay osmonga qaro. Korason!
Nafasingizdan aylanay, xolajon! dedi Xayri opa iltijo
qilib. Tilingizdan aylanay. Kuyovingiz kelsa, mana shu
bilaguzugim sizniki. U gapining rostligiga ishontirmoqchi
bolgandek tilla bilaguzugini qolidan yechib korsatdi. Asqar
akam menga boshqasini olib beradilar. osha kuni uyimizda
bayram boldi. Tort xotin otirishib olma choy ichishdi. Oyim
ertalab yopgan zogora nonini, Xayri opa tolqonini, Hoji buvi
bir hovuch tut mayizini ortaga qoydi.
Osha kuni yana bir sirni bilib oldim. Bir haftadan keyin oy
toladi. Uch qoshni oyga tikilib xolaning romini amalda sinab
korishadi.
Kutilgan kechada Hoji buvi bilan Xayri opa bizniki-ga
chiqishdi. Dadam ishda edi. Anchagacha u yoq-bu yoqdan
gaplashib otirishdi. Keyin bolalarga supaga joy solib berishdi.
Akalarim uxlab qolishdi. Men esa nima bolishini kutib poylab
yotar edim.
Nihoyat, uch ayol bodom tagidan yaydoq joyga borib, tizilishib
68
otirishdi. Chigirtkalar chirillar, oso-yishta osmonda tolin oy
sutdek mayin, sutdek iliq nur sochar edi. Oyim, Hoji buvi, Xayri
opa oyga tikilgancha qotib qolishgan, hech qaysisi churq etmas,
chamasi har biri ozi izlagan odamni oydan topgisi kelar, oydan
topishiga umid qilar, ishonar edi. Oradan ancha vaqt otdi. Hamon
chigirtkalar chirillar, allaqayerda kaltakesak chirqillab qolar, hovli
burchagida ora-chora echki marab qoyar, faqat oy, sehrli oy
jimgina nur sochar, uch ayol esa unsiz qotib qolishgan, ozi ham,
soyasi ham qilt etmas, uchovi ham shu otirishda oyga tikilgancha
haykalga aylanib qolgandek edi. Yotib-yotib zerikdim. Boshimni
kotaray desam oyimdan qorqaman. Endi kozim ilinayotgan
ekan hayajonli hayqiriqdan chochib ketdim.
Ana! Ana! Kordim!
Boshimni kotardimu ikki qolini oy tomonga chozgancha
iltijo qilayotgan Xayri opaga kozim tush-di.
Ana! Asqar akam! Asqar akam! Xayri opa nafasi
qaytgandek sapchib ornidan turdi.
Ana qaranglar, boshini boglab olibdi. Doka bilan boshini
boglab olibdi!
Boshini boglab olgan Asqar akani korish umidida jonholatda
oyga qaradim. Yoq, oymomo hamon muallaq qotib turar, nim-
qora doglardan boshqa narsa korinmas edi.
Voy, qani, qani? oyim bilan Hoji buvi ham turib ketishdi.
Qani, biz kormayapmiz-ku?
Voy, ana-ku! Kulib turibdilar. Xayri opa holdan
toygandek koksini changalladi. Xudoga shukur, tirik ekansiz.
U birdan hiqillab yiglab yubordi. Voy kordim-a, aniq-
taniq kordim-a...
Aytmadimmi? dedi oyim quvonib. Acha xolaning
foli togri chiqadi demaganmidim. Nasib etsa, Asqarjon kelsa,
shunaqa toylar qilingki.
Xayri opaning osma tortilgan qoshlari, rangsiz chehrasi
chiroyli, juda chiroyli ekanini birinchi marta payqadim. U nuqul
kular, yiglab turib kular, hadeb bir gapni qaytarar edi.
Voy kordim-a! Aniq-taniq kordim-a.
...Uch ayol yangitdan choy qoyishdi. Acha xolani maqtab-
maqtab gangur-gungur suhbatlashishdi.
Chindan ham Acha xolaning foli togri chiqdi. Bittasi togri
chiqdi. Qor tushgan kuni togam keldi. Qoltiqtayogini doqilla-
69
tib kirib keldi...
Hoji buvi Acha xola aytganidek oglini kutdi. Yigirma yilcha
kutdi. Ancha oydin kechalar otdi. Keyin... uni mahalla komdi.
Oydin kechada Xayri opa aniq-tiniq korgan Asqar aka ham
kelmadi... Lekin nima uchundir Acha xolani hech kim ayblamadi.
Togam eson-omon kelganida oyim bosh-oyoq sarpo qilolmagani
uchun Acha xola ham ogrinmadi. U onda-sonda xurjunini
kotarib kelib qolar, oyim aylanib-orgilib kutib olar edi. Negaki,
oyimning ozi odamsiz turolmas, har doim xonasi gavjum bolar
edi. Eshikdan kim kirib kelmasin, uning kongli doim yaxshilikni
sezib turgan bolardi.
Bir galgisi, ayniqsa oshib tushdi. Ozim bilan bir sinfda oqigan
bola prorab bolib mahallaning boyvachchasiga aylandiqoldi.
Shayton yoldan ozdirdimi, boshqami, ishqilib, bosar-tusarini
bilolmay qoldi. Qosha-qosha imoratlar soldi. Oxiri lop etib
qamalib ketdi. Bir kuni ishga ketayotsam, shu yigitning onasi
oyimning oldida otirib hasrat qilyapti.
Toxtavoyim tuhamtga uchradi, orgilay. Bolaginamning
xusumatga yoliqqaniga qandoq chidayman! Ozimning qon
bosimim bor. Erta-indin olib ketsam, tepkilab komadiganimdan
ayrilib qoldim, aylanay.
Voy unaqa demang, ovsinjon. Oyim uni ohista yupatdi.
Yaxshi gapgayam, yomon gapgayam farishta omin deydi. Nasib
etsa hali hech nima kormagandek bolib ketasiz. U ovozini
birdan pasaytirdi. Konglim sezib turibdi. Toxtavoy erta-indin
kelib qoladi. Toxtavoyingiz qandoq yaxshi bolaki! Mana, meni
aytdi dersiz. Erta-indin eshikdan kirib keladi.
Voy, ogzingizdan orgilay, ovsinjon! Koshkiydi-ya!
Toxtavoyning onasi yiglamsirab fotiha tortdi. Iloyo aytganingiz
kelsin!
Oyimning hamma «karomat»lariga chidasam ham, bunisiga
chidolmadim. Kechqurun ishdan kelganimda shundan gap
ochilgan edi, koyib berdim.
Sizga ham Acha xoladan yuqqan shekilli, dedim yarim
hazil, yarim kinoya qilib. Nima, fol ochyapsizmi?
Kopchilikning haqiga xiyonat qilgan qallobni maqtab otiribsiz.
Oyim kozimga diqqat bilan tikilib qoldi.
Qahring shunaqa qattiqmi? dedi anchadan keyin.
Qahrning nima daxli bor? dedim qaysarlik bilan.
70
Qilgilikni qilgandan keyin jazosini olsinda. Qadamini oylab
bosadigan boladi.
Albatta, senlar oqimishlisan, hamma narsani bilasan...
Oyim bir zum jimib qoldi-da, oziga-ozi gapirayotgandek sekin
qoshib qoydi. Onasida nima gunoh? Qon bosimi bolsa, ertaga
puf etib dumalab ketsa, shunga suyunasanmi? Ona-ku bu...
Shunaqa qahring qattiqmi?
Oraga noqulay sukunat chokdi. Negadir Acha xolani, osha
oydin kechani, osha olma choyni esladim...
IMON
«Domimiz»ning birinchi qavatida Klava xola degan kampir
turadi. Hech kim uni otasining ismini qoshib «Klavdiya
Falonchiyevna» deb atamaydi. Klava xola hamma uchun Klava
xola. Bechora hayotda omadi yurishmagan xotin. Zavodda ottiz
yil ishlagan. Yoshligida beva qolgan. Yolgiz oglini deb umrini
otkazgan. Aytishlariga qaraganda, oglini rejim bilan
ovqatlantirib, rejim bilan uxlatib ostirgan ekan. Bitta farzanddan
ham buyurmadi. Ogli uylanishi bilan xotininikiga kochib ketdi.
Shundan keyin Klava xola asabiyroq bob qoldi. Eshik tagida
otirib, uzzukun hammaga dashnom bergani-bergan.
Hoy piyonista, ertalabdan zaharingga barmatuxa ichgan-
dan kora bolangga ikki paket sut obersang bolmaydimi?
Hoy olifta, mashinangni podyezd tagiga qoyma, bu yer
senga garajmas!
Bazan kichkina qizalogim eshikdan hasrat qilib kirib keladi.
Klava xola meni durochka dedi.
Nima qiluvding?
Samokatni tez uchirganmishman.
Ha, endi, ozing ham tez uchmagin-da...
Klava xolaning ovozi bir kun chiqmay qolgan edi, darrov
bilindi. Surishtirsam, kasalxonaga tushibdi. Buyragi xasta ekan.
Bechoraning hammaga dashnom berib otirishiyam bir davlat
ekan. Butun «dom» zerikib qoldi. Ikki haftacha otgandan keyin
Klava xola bilan yonma-yon turadigan qoshnimiz eshik taqillatib
keldi.
Yuz som qarz berib turing, dedi iltimos qilib. Klava
xolaga uch yuz som kerak bolib qopti. Ikki yuzini qoshnilardan
71
yigdik.
Nimaga kerak bopti?
Anigini bilmayman, qoshnim yelkasini qisdi. Ammo
judayam zarurmish.
Berdim. Oradan bir oycha otgach, Klava xola qaytib keldi.
Uy tagidagi harrakda shumshayib otiribdi. Rangi bir holatda.
Odamlarga dashnom beradigan holiyam yoq.
Voy-bo, yosharib ketibsiz-ku! dedim konglini kotarish
uchun.
Klava xola inqillab ornidan turdi.
Rahmat, oglim, dedi negadir tazim qilib. Katta
yordam berding. Pulingni qaytaraman. Pensiyamdan beraman.
Yigib-yigib.
Shundoq shaddod kampirning tazim qilib turishi galati tasir
qilib ketdi.
Qiziqmisiz, men sizga pulni gapirayotganim yoq-ku.
Tuzukmisiz, ozi?
Operatsiyadan yaxshi chiqdim, Klava xola mayus
jilmaydi. Pul bermasam bolmadi.
Hayron boldim.
Kimga?
Kim bolardi, vrachga!
Beixtiyor yoniga otirib qoldim.
Kimga deysiz?
Vrachga! Klava xola mening soddaligimdan
afsuslangandek ohista bosh chayqadi. Uch yuz som bermasam
bolmasdi. Operatsiya qilmasdi. Qilsayam, yarim yildan keyin
oladigan qilib kesardi.
Rostini aytsam, tovonimdagi jonim hiqildogimga keldi.
Nima, xirurg sizdan pul talab qildimi? Kim osha vrach?
Familiyasi nima?
E, bolam, qoysang-chi! Klava xola qol siltadi.
Familiyasini aytganim bilan nima ozgarardi?
Garangsib qoldim.
Nima, vrach sizdan rostdan ham pul soradimi?
Oy sinok, sinok! Klava xola ogir bosh chayqadi.
Soragani yoq, soragani yoq. Faqat seshanba kuni operatsiya
qilamiz, deydi-da, jumaga qoldiradi, juma kuni operatsiya qilamiz
deydi-da, seshanbaga qoldiradi. Odammisan demaydi. Oxiri
72
palatadagi kasallar orgatishdi. 300 som bersangiz, darrov stolga
oladi, deyishdi. Pul berishim bilan muomalasiyam ozgardi,
oziyam boshqacha bop qoldi. Klava xola mahzun kulib qoydi.
Nimayam derdim. Vrach ham odam. Undayam nafs bor. Bir
ogiz rahmat degan sozingga muhtojmi. Bolnitsaga yotishga order
olaman, desang, qolingga qarab turadi-ku. Bu-ku butun boshli
operatsiya.
Dunyoda har xil ablahlik bor. Lekin bemorni davolash uchun
pora olish...
Oradan ikki haftami, uch haftami otgach, jiyanimning toyi
boldi. Nevropatolog bolib ishlaydigan uzoq qarindoshim bilan
yonma-yon otirib qoldik. Klava xola esimga tushdi. Qarin-
doshimga bor gapni aytib berdim. Men uning tutaqib ketishini
kutib turardim. Qiziq, qarindoshim tutaqmadi. Xotirjam yelka
qisib qoya qoldi.
Avvalboshi sen aytgandaqa vrachlar kopmas. Sholi kurmaksiz
bolmaydi. Qolaversa, doktorlarga ham qiyin. On olti yil eshakdek
oqib, 140 som oladi. Na kechasi tinchlik bor, na kunduzi. Osha
140 som savil qolgurni savdo xodimi bir kunda topadi. Qarindoshim
kulimsiradi. Yashash ham kerak-ku, akasi boyidan. Undan keyin...
Qolidan tutmaguncha nima deysan? Pora berdim, deb qaysi mard
aytadi. Aytsa ozi qiya bop ketadi-ku.
Butunlay esankirab qoldim. Nahotki, oliy malumotli vrach
ozini chayqovchi bilan tenglashtirsa! Axir davlat uni on olti yil
bekorga oqitdimi, bekorga stiðendiya berdimi? Unaqa bolsa,
ana, xalatini yechib tashlasin-da, chayqovchilik qilsin!
Yoq, men bu gaplarni aytganim yoq. Biroq, qarindoshim
qizarib-bozarib ketganimdan hammasini tushundi.
Masalan, men unaqa doxtirmasman, dedi yelkamga
qoqib. Arzimagan narsalarga bunaqa tajanglik qilaversang,
nevrosteniya bolib qolasan. U kozimga sinchiklab qaradi.
Mabodo yuraging sanchimaydimi? Yaxshisi ertaga oldimga bor.
Bir tekshirib koramiz.
Qarindoshim yana bir marta muloyim jilmayib qoydi.
Qadahdagi konyakni ichib, limon bilan gazak qildi. Shunda
beixtiyor tagin bolalik xotiralari yopirilib keldi. Achinska degan
doxtir lop etib yodimga tushdi.
Doim oppoq xalat kiyib yuradigan, oppoq siyrak sochlari
nuroniy yuziga qandaydir fayz bagishlab turadigan bu odamning
73
asl familiyasi Achinskiy ekanini keyin bilganman. Uni birinchi
marta korganda rosa qorqqanman. Kichkina edim, hali maktabga
qatnamasdim. Kuzda yelkamga yara chiqdi. Oyim qizil piyozni
qorga komib bosdi. Ne azob bilan yara yorildi-yu, yonidan
yana ikkitasi chiqdi. Endi piyoz ham, xamirturush ham yordam
bermay qoydi. Butun badanimni yara bosib ketdi. Tagin har
bittasi tuxumdek keladi. Oxiri dadam oyimga «Achinskaga
opchiqmasang bolmaydi», dedi. Ertasiga oyim meni yetaklab
doxtirxonaga obordi. Akalarim: «Achinska mana bundoq nina
bilan ukol qiladi», deb qorqitib qoygani uchunmi, katalakdek
xonaga kirdimu dori hidini sezib hiqillab yiglab yubordim.
Xonadagi kursilarda biri yotalgan, biri shilpiq kozini hadeb kir
qiyiqchaning uchiga artayotgan kasallar tizilib otirishardi. Har
kim meni ozicha yupatar, men bolsam battar yiglardim. Shu
payt eshigiga parda tutilgan ichkari xonadan sochi oppoq, yupqa
kozoynak taqqan xalatli kishi chiqib keldi.
Kim yiglaydi? dedi u ozbekchani buzibroq talaffuz
qilib.
Achinska degani shu ekanini bildimu battar qorqib ketdim.
Oyimning pinjiga tiqildim. Shilpiq kozli kishi ornidan turgan
edi, doxtir qoli bilan imo qilib toxtatdi.
Ochered balaga, dedi-da, negadir jilmaydi. Shunda
kozoynak ortidagi kom-kok kozlarida qandaydir erkalovchi
tabassum paydo boldi. Ay-yay-yay! dedi bosh chayqab.
Ugil bala yiglamaydi. U yana jilmaydi. Ox kakoy yakshi
bala!
Achinska qolimdan tutgan edi, beixtiyor ergashdim.
Derazasiga oppoq parda tutilgan xonaga kirdik. Oyim koylagimni
yechdi. Doxtir hozir ukol qiladi deb, kapalagim uchib ketdi.
Biroq, u ukol qil-madi. Barmogi bilan yaralarni avaylab, paypaslab
kordi. Keyin allaqanday jigarrang sassiq dori surdi. Agar
shundayam tuzalmasa qon quyamiz, deb oyimga tushuntirdi.
Chiqib ketayotganimizda yana bir jilmayib qoydi.
Yakshi bala. Malades bala!
...Qishda shu odam bizga yana bir yaxshilik qildi. Esimda,
osha yili qish juda qattiq keldi. Bilmadim, ehtimol, otin-
komirimiz bolmagani uchun shunday tuyulgandir. Harqalay
deraza u yoqda tursin, eshigu devorlarni ham qirov bosib yotar,
hammamiz chopon, telpak kiyib uxlardik. Tanchaga oyoq tiqqan
74
bilan befoyda: sandal pisillaydi. Korpa tekkan joyini chayondek
chaqadi. Ichidan issiq orniga sovuq chiqayotgandek. Ustiga-ustak
bir kuni kichik akam kochadan hammayogi shalabbo bolib keldi.
Bolalar bilan Qonqusda yaxmalak uchayotgan ekan, sirganib
muzning yorigidan anhorga tushib ketibdi. Ortoqlari amallab
tortib olishibdi-yu, yugurib uyga yetib kelguncha kiyimlari
tarashadek muzlab qopti. Oyim darrov uni korpaga oradi.
Togolcha bilan turshak qaynatib ichirdi. Ammo kechqurunga
borib, akamning isitmasi kotarilib ketdi. Hadeb yotaladi.
Kechasi uning alahlashidan men ham uygonib ketdim. U
nuqul ozini u yoqdan-bu yoqqa tashlar, «olov yonib ketdi, olovni
ochiring», deb tiðirchilar edi.
Ertasiga ertalab dadam arrani egovladi. Katta akamni ergash-
tirib, tashqariga chiqib ketdi. Men ham tagi kochgan etigimni
kiyib ularning ketidan yugurdim. Kun sovuq, osmondan zahardek
achchiq zarralar yogilar edi. Dadam bilan akam qalin qorni
garch-gurch bosib, tomorqaga chiqishdi. Shundoq devor yonida
osgan, yarmi qurigan qayragoch tagiga borishdi. Qor ustiga qop
yozib, chokkalab otirgancha, qayragochga arra solishdi. Daraxt
shoxidagi qorlar duv etib tokildi. Biroq, qayragochning posti
muzlab qolgan arra hadeb sirganib ketadi. Hech iz tushmaydi.
Unga sayin dadamning jahli chiqadi. Arra bir oz botganidan keyin
ish yana qiyinlashdi. Akam har arra tortganida, butun gavdasi
bilan nari borib, beri keladi. Arra hadeb kamalakdek qiyshayadi.
«Jing-jing» deb ovoz chiqaradi. Dadam yakkash dashnom beradi:
Arrani siltab tortma. Jon bormi, ozi!
Akam shorlik birpasda terlab ketdi. Ozi terlab ketganu qoli
sovqotadi. Dam-badam kuh-kuhlab, kaftini isitadi. Burnini
tortadi... Nihoyat, qayragoch gursillab yiqildi. Tarvaqaylab osgan
shoxlar yerga urilishi bilan atrofga qor sachrab ketdi. Ana endi
mengayam ish topildi. Mayda shoxlarni tesha bilan chopa
boshladim. Ish ayni qiziganda, kutilmagan voqea roy berdi. Biri
oq, ikkinchisi qizgish jiyron ot burnidan bug chiqarib, tepamizda
gijinglab turar, boshini siltab-siltab, suvligini shiqirlatardi.
Notanish odamlar kelganini payqamay qolgan gurji kuchugim
allaqayerdan paydo boldi-yu, aybini oqlash uchun bolsa kerak,
qor ichida bir korinib, bir korinmay pildiragancha otlar atrofni
aylanib akillay boshladi. Otlar itga kozini olaytirib qarab qoyar,
pishqirib, pashsha qorigandek dumini silkitardi.
75
Jiyron mingan charm paltoli Dalavoyni darrov tanidim. Uni
hamma tanir, hamma qorqardi. U hali nalugchi bolmagan, lekin
odamlar uni «nozik» joyda ishlaydi deyishardi. Oq otli kishi esa
pocha-postin kiygan, tulki telpagini bostirib olgan, qovogi soliq
edi.
Ishlar katta-ku! dedi Dalavoy otdan tushmasdan.
Negadir dadamning rangi ochib ketdi. Arra qolidan tushib
qorga komilib qoldi.
Kelinglar, mehmonlar, dedi esankirab.
Avval Dalavoy bilan, keyin pochapostinli kishi bilan
qoshqollab korishdi. Ikkovlari ham egarda otirgancha, istar-
istamas qol chozishdi.
Qani uyga, dedi dadam qolini koksiga qoyib. Bir
piyola choyimiz bor.
Dalavoy ingichka sargish moylovini chimchilab dadamga
bir qarab qoydi-yu, mehmonga yuzlandi.
Nima qildik, ortoq Toshev? Borib turgan jinoyat-ku bu!
Dadam butunlay dovdirab qoldi.
Nima gunoh qildim, ukam, dedi Dalavoyga. Aybim
bolsa ayting, benavotman.
Tagin ozini gollikka soladi-ya! Dalavoy tishi orasidan
chirt etib tupurdi. Ruxsatingiz bormi? dedi ovozi temirdek
jaranglab.
Nimaga? Dadam madad kutgandek endi mehmonga
yuzlandi. Nimaga ruxsat olishim kerak, ortoq Toshið?
Daraxt kesishga! Dalavoy shiddat bilan otdan sakrab
tushdi. Qani qogozingiz?
Qanaqa qogoz? Dadam goh Dalavoyga, goh pocha-
postinli mehmonga javdirab qaray boshladi. Axir... Axir bu
ozimning tomorqamdagi daraxt-ku. Mana qarang, qurib qolgan.
U gapining rostligini isbotlash uchun bilakdek shoxni maxsi-
kalishli oyogi bilan bir tepgan edi, qars etib sindi. Kordingizmi,
qurib qolgan. Kuzda kesib olmoqchi edimu, vaqt bolmadi. U
boyadan beri burnini tortib turgan akamga dashnom berdi.
Nega anqayib turibsan? Bor oyingga ayt, choy qoysin, mehmonlar
keldi, degin.
Akam ikkalamiz tizzagacha qorga botib, oldinma-ketin uyga
yugurdik. Gurji kuchugim ham qorda komilgancha ketimizdan
chopdi. Oyim hamon isitmalab yotgan kichik akamning boshida
76
mungayib otirgan ekan.
Oyi, Dalavoy keldi! dedi akam hovliqib.
Oyim sakrab ornidan turib ketdi.
Voy shorim! Ertalabdan buyon ong qovogim uchayotgan
edi-ya. Bu korgulik ham bor ekan.
U birpasda hujradan turshak, jiyda, ikkita zogora olib chiqdi.
Sandal ustiga yamoq dasturxon yozdi.
Zum otmay uyga rangi ochgan dadam, ketidan Dalavoy
bilan pocha-postinli mehmon kirib kelishdi. Oyim Dalavoyga
peshvoz chiqdi.
Keling, opovsi, yaxshi yuribsizmi, kelinim yaxshimilar?
dedi ovozi titrab. Kiraveringlar. Yoq, yoq, piymangizni
yechmang, uy sovuq.
Dalavoy piymasining qorini qoqqan boldi-da, kigiz ustidan
yurib, sandal chetiga bordi.
Hozir choy qaynaydi, orgilay! Onam tashqariga chiqib
ketayotgan edi, Dalavoy toxtatdi.
Ovora bolmang, biz ketamiz, u akamga yuzlandi.
Siyoh-ruchkang bormi?
Akam tokchadan siyohdon, «qurbaqa» peroli ruchka oldi.
Nima qilyapsiz, aylanay? oyimning rangi dokadek oqarib
ketdi.
Oynayapman! Dalavoy piymasining qori bilan sandal
chetidagi korpachaga chokkaladi. Korib turibsiz-ku, nima
qilmoqchiligimni! U ostonada turgancha, papiros chekib, uy
ichini jirkanibroq tomosha qilayotgan pocha-postinli mehmonga
qaradi. Ozim yozaveraymi?
Mehmon «maqul» degandek bosh irgab qoydi.
Dalavoy charm paltosining ich chontagidan qogoz oldi.
Ruchkani siyohdonga botirgan edi, qirs etgan ovoz chiqdi. U
jahl bilan yana botirdi. Peroga siyoh orniga muz ilashib chiqdi.
Qanaqa oquvchisan, ozi? Dalavoy sargish qoshini
chimirib, akamga qaradi. Siyohing muzlab qopti-ku.
Tosatdan oyim yiglab yubordi.
Nima qilaylik, orgilay, dedi iltijo bilan. Sovuqni
kormaysizmi? Manavinisi uch kundan buyon ol ket, ol qoy
bolib yotibdi. U sandal chetida yotgan kichik akamga imo
qildi. Bolaginamdan ayrilib qolaman shekilli.
Dalavoy ruchkani yana muzlagan siyohdonga botirgan edi,
77
onam uning qoliga yopishdi.
Yozmang, jon ukam, yozmang, rahmingiz kelsin.
Dalavoy ijirganib, qolini siltab tortdi. Kulrang kozlari qisilib
ketdi.
Torting qolingizni! dedi shiddat bilan.
Hov! dadamning tahdidli ovozini eshitib, burilib
qaradimu qorqib ketdim. Uning yuzida boyagi yalinchoq ifodadan
asar ham qolmagan, kozi gazabdan chaqnar edi.
Hov, olifta! dedi yana osha tahdidli ohangda. Tur
orningdan! Xudo bolsangam piymangni yech. U bir hatlashda
Dalavoyning tepasiga keldi. Yech deyapman. Tiq oyogingni
tanchaga! Tiqib kor, otirib kor birpas!
Dalavoy beixtiyor ornidan turib ketdi. Esankirab qolgan
mehmonga bidir-bidir qilib gapira boshladi:
Eshitdingiz, ortoq Toshev? Guvoh bolasiz! Xizmat
burchimni bajarayotganimda haqorat qildi. Aktga shuniyam
qoshamiz.
Daraxtni katta xolang ekib qoyganmas! Dadamning
moylovi titray boshladi. U qattiq gazablansa, moylovi titrab
ketardi. Qani, tuyogingni shiqillat! dedi tahdid bilan.
Nima, urmoqchimisan! Dalavoy kulrang kozlarini
yiltiratib, gazabnok pichirladi. Qani chertib korchi. Yetti
pushtingni quritib yuboraman!
Yoqol deyapman! Endi dadamning butun vujudi titrab
ketdi.
Eshitdingiz-a, ortoq Toshev? Bu gapniyam eshitdingiz-a?
Dalavoy eshik tomon tisarilib borarkan, mehmonga qarab,
gapini tasdiqlatib oldi. Yozamiz, hammasini yozamiz!
Onam iltijo bilan Dalavoyning yelkasiga osildi.
Jon ukam, kechiring, jon ukam! Iloyo martabangiz bundan
ham ulug bolsin!
Dalavoy bir siltab uning kaftini yelkasidan olib tashladi. Onam
endi pocha-postinli kishiga yolbora boshladi.
Jon xojayin, konglingizga olmang, adasi bilmasdan gapirib
yubordilar.
Yalinma deyapman! dadam shunday hayqirdiki, muz
bosgan derazalar zirillab ketdi. Boyadan beri kozini ocholmay
yotgan kichkina akam olazarak bolib, atrofga javdiray boshladi.
Oyi, suv, dedi ovozi xirillab.
78
Tashqarida tuyoqlarning bogiq dukiri eshitildi. Uy ichi olik
chiqqandek jimjit bolib qoldi. Dadam hamon moylovi uchgancha
pishqirib nafas olib, uy ortasida turar, oyim ostonaga otirib
qolgan, katta akam deraza oldida turgancha tashqarini tomosha
qilardi. Beshik gichirlab, ukam gingshiy boshladi. Biroq onam
ornidan turmadi.
Yomon ish boldi, dedi sekin. Endi sudga beradi.
Dadam uy ortasida anchagacha qotib turdi-da, indamay chiqib
ketdi. Bir ozdan keyin tomorqa tomondan boltaning qarsillagan
ovozi keldi.
Qayragochning chogi ham oriknikiga oxshagan baland
bolarkan. Sandal isishi bilan jon kirib, yuzimiz qizarib qoldi.
Faqat dadamning qovogi ochilmadi. Onam akamning boshidan
jilmas, nuqul xorsinar, «ozing asra», deb qoyardi. Kechki ovqatni
opam qildi. Qorongi tushgandan keyin akamning ahvoli
ogirlashdi. U endi alahlamas, havo yetishmayotgandek qisqa-
qisqa nafas olar, dam-badam chochib tushar edi. Onam unsiz
yum-yum yiglar, dadamga iltijoli termilardi. Oxiri bolmadi.
Dadam eski choponini kiydi, boshiga telpagini bostirdi. Oyim
qayoqqa degandek qaragan edi, qisqagina qilib:
Achinskaga! dedi.
Kelmaydi. Onam zorlanib bosh chayqadi. Yarim
kechada qor kechib kelarmidi?
Dadam eshikni qarsillatib yopgancha chiqib ketdi. Uy ichiga
yurakni sirqiratuvchi sukunat chokdi. Hujradagi soat chiqillaydi,
akamning qisqa-qisqa nafas olishi eshitiladi. Derazaga quruq qor
uchqunlari zirillab uriladi. Allaqaysi teshikdan huvillab sovuq
kiradi. Issiq sandal elitdi shekilli, uxlab qopman. Bir mahal
tashqarida itning akillashi, dadamning «yot» deb baqirishidan
uygonib ketdim. Kimdir yolakda gursillatib yer tepindi. Ogzidan
bug chiqib turgan dadam kirib keldi. Ketidan uzun shinel kiygan,
qulogini sharf bilan orab olgan Achinska kirdi. Oq xalati bolmasa
ham, kozoynagidan tanidim. Dadamning moylovi, doktorning
qoshi qordan oppoq bolib ketgan edi.
Oyim darrov ornidan turdi. Salom berdi. Achinska shinelini
yechib, yelkasiga qongan qorni kavshandozga qoqdi. Qulogini
orab olgan sharfni yechgan edi, oppoq siyrak sochlari pesho-
nasiga yoyilib tushdi.
Nastoyashiy Sibir! dedi negadir jilmayib. Sandal chetiga
79
chokkalab qolini tanchaga tiqdi. Dadamning qolida kichkina
chamadon borligini endi kordim. Achinska qolini bir oz isitgach,
muzlab qolgan kozoynagini romolchasi bilan artdi.
Issik suv bar? deb soradi onamga qarab.
Onam samovarni yangilash uchun darrov oshxo- naga yugurdi.
Doktor akamning koylagini yechib, «alyo-alyo» qilib kordi. Sekin
bosh chayqab qoydi. Qiyofasi jiddiy edi. Keyin chamadondan
yaltiroq quticha oldi.
Ukol qilish uchun dori toldirayotganda akam hozir dod soladi,
deb turgan edim, biroq u akamning ishtonini tushirib, ukol
qilganida akam dodlamadi. Gingshib qoydi xolos. Chamasi
ogriqni payqamadi ham.
Nichego, dedi Achinska dadamni yupatib. Yakshi
bala. Tuzaladi.
Chindan ham kop otmay, akam kozini ochdi. Biroq, doktor
ikkinchi ukolni qilayotganda yiglab hammayoqni buzib yubordi.
Achinskaning jahli chiqmadi.
Vsyo, vsyo, dedi jilmayib. Ugil bala yiglamaydi.
Keyin dadam ikkovlari sandal chetida otirib, choy ichishdi.
Urush galaba bilan bitgani, endi non kopayishi, yana
allanimalarni gapirishdi. Kozim yumilib ketayotgan bolsa ham
doktor akamni yana nima qilishini bilgim kelib, chidab otirardim.
Dadam gap orasida bugun otgan voqeani ham aytib berdi.
Achinska qoshini chimirib, bir zum oyga toldi. Kom-kok
kozlariga jiddiyat chokdi. Biroq, qo1 siltab qoya qoldi.
Chepuxa! Xish nima kilmaydi.
Nihoyat u sargish qogozga oralgan allaqanday dorini majbur
qilib akamga ichirdi. Yana tort-beshta shunaqa qogozlardan
qoldirdi. Ornidan turayotgan edi, dadam onamga imo qildi. Onam
hujraga ildam kirib ketdi-da, zum otmay, ogzi boglangan
chogroq xalta kotarib chiqdi.
Aybga buyurmaysiz, doxtir, dedi dadam xaltani
Achinskaga uzatib. Pul yoq edi.
Achinska shinelining bir yengini kiygan joyida turib qoldi.
Bu nima? dedi xaltaga imo qilib.
Turshak, dadam xijolat chekib, iljaydi. Qantak
orikniki. Qoq quruq. Boyrada quritganman. Bittasiyam yerga
tushmagan.
Achinska yengi kiyilmagan qoli bilan xaltani nari surdi.
80
Balaga kompot kiling. Isitma tushadi. Yakshi boladi.
Endi dadam astoydil yalina boshladi:
Yoq demang, doxtir. Oz qolim bilan quritganman.
Chodirga qoqib quritganman.
Gapga oyim aralashdi.
Marjangizga oborasiz, doxtir, padarka...
Achinska keskin bosh chayqadi.
Balaga kompot kiling. Shunday dedi-yu, xaltani devorga
suyab, etigini kiydi-da, tashqari chiqdi. Dadam shosha-pisha unga
ergashdi.
Iloyo baraka toping, deb qoldi onam eshikdan moralab.
Bola-chaqangizning rohatini koring.
Yana sukunat chokdi. Ammo endi bu boyagidek kongilni
gashlovchi jimjitlik emas edi.
Ertasiga kech uygondim. Katta akam maktabga ketgan, kichik
akam sandal chetida yostiqqa suyanib otirgancha, sutchoy ichar,
dadam bilan oyim tumshugidan chak-chak suv tomayotgan eski
samovarni ortaga qoyib gaplashib otirishardi. Qor tingan,
tashqarida quyosh charaqlab ketgan shekilli, uy ichi yop-yorug
edi. Endi sutchoyga zogora non botirib yeyishga kirishgan edim,
tashqarida kuchugim jonholatda akillay boshladi. Eshik sharaqlab
ochildi-yu, ostonada Dalavoy paydo boldi. U kechagi charm
paltosida, kechagi piymasida edi.
Dadam bilan oyim bir seskanib tushishdi. Hozir janjal
bolishini bilib, mening ham yuragim orqaga tortib ketdi. Biroq
hech qanaqa janjal bolmadi. Dalavoy ostonada turib, negadir
jilmaydi.
Assalomalaykum! dedi baland ovozda. Shunda uning
judayam qorqinchli odam emasligini payqadim.
Dadam rangiga qon yugurib, asta ornidan turdi.
Keling, keling, dedi-da, borib korishdi. Oyim darrov
dasturxonga jiyda, yongoq keltirib qoydi. Dalavoy bu safar
piymasini yechib chiqdi. Onam yangi korpacha bolmagani uchun
sandal toridagi korpachaning orqasini ogirib, qaytadan yozdi.
Dadam mehmonning orqasiga yostiq qoydi. Dalavoy piyolani
aylantirib-aylantirib, choy hoplarkan, menga qarab kozini qisdi.
Qalay, polvon!
Uyalganimdan yerga qarab oldim. Shunda undan allaqanday
qolansa hid kelayotganini payqadim.
81
Ozizam ja haligidaqa odamsiz-da oka! Dalavoy dadamga
yuzlanib, baralla ovozda kuldi. Qilar ishni qið qoyib, tagin
odamni sokib otiribsiz, oka.
Dadam uzrli qiyofada yelkasini qisdi.
Endi, ukam, jahl chiqqanda, aql ketadi...
Oziyam ja, kattasini agdaribsiz-da, oka! Dalavoy
negadir yana kuldi. Ha, endi shunaqa ekan, bir ogiz
aytmaysizmi, shu ishni shundoq qilmoqchiman, deb. Axir jahon
bedarvoza emas, tartib bor, zakun bor...
Dadam xijolat chekib, dasturxon chetini himara boshladi.
Endi, ukam, biz bir poristoy odammiz. Bunaqa qonunlarni
tushunmasak, bu yoqda bolalar sovuqda qoldi.
Shu-da endi, oka! Dalavoyning milki qizarib ketgan
kulrang kozlarida samimiy tabassum oynadi. Dadamning
yelkasiga qoqdi. Bir ogiz maslahat solsangizu hammasini
zakonniy qilardik.
Boyadan beri indamay choy quyib uzatayotgan onam endi
gapga aralashdi.
Bu odam bilmabdilar-da, jon ukam, gunohlaridan kecha
qoling.
Dalavoy oyimga qaramadi, dadamga tikilgancha, jiddiy tortdi.
Endi, oka, biz bir joyning odamimiz, ot tepkisi otga
otmaydi.
Rahmat, ukam, dadam yana boshini xam qildi. Siz
bizlarni siylasangiz, sizni Xudo siylasin.
Men-ku shu yerning odamiman, Dalavoy ovozini
pasaytirdi. Ammo ortoq Toshevning oldida, shu ish shundoq
bolgani chatoq boldi. Katta odam. Qamatmaguncha
qoymayman deyapti. Ikkalamizni askarblyat qildi, deyapti.
Oyimning rangi bir zumda ozgarib ketdi. Dadam bolsa,
taqdirga tan bergandek, hamon boshini quyi solib otirardi.
Ortoq Toshevga yotigi bilan tushuntirdim, Dalavoy
ovozini yanayam pasaytirdi. Ozimizning odam gunohidan
ota qoling, dedim. Hozircha konmay turibdi-yu, konadi.
Konmay qayoqqa borardi. «Qurugi»dan obkeb beraman, dedim.
Birdan oyimning yuzi yorishdi. Dik etib ornidan turdi-da,
hujraga kirib ketdi. Dalavoy onamning ketidan qarab qoldi.
Dadam bolsa hamon dasturxon qatini oynab otirar, barmoqlari
bilinar-bilinmas titrar edi. Osha zahoti onam xalta kotarib chiqdi.
82
Bu kechasi Achinska olmay ketgan osha turshak tola xalta
edi.
Mana, opovsi, dedi oyim xaltani Dalavoyning oldiga
qoyib. Qoq-quruq. Qantak orikning turshagi. Adasi oz qollari
bilan quritganlar. Bittasiyam yerga tushmagan.
Dalavoy goh onamga, goh xaltaga qarab, talmovsirab turdi-
da, birdan qah-qah otib kulib yubordi. Bir zumda kulrang
kozlaridan yosh tirqirab chiqdi. U korpachani mushtlab-mushtlab
kular, boshi ham, gavdasi ham muttasil silkinar, sargish yuzi
sholgomdek qizarib ketgan edi. Oyim ogzini lang ochgancha,
bir dadamga, bir Dalavoyga qarab qolgan, negadir nuqul
koylagining yoqasini gijimlardi.
Voy, voy kennoyi tushmagur-ey! dedi Dalavoy kulgidan
nafasi qaytib. Voy sodda xotin-ey! «Qurugi» desam, turshak
obchiqibdi. Qarang, oka! Qarang! «Qurugi» desam... «Qurugi»
desam... U dadamga qaradi-yu kulgisi kesildi. Dadamning
qiyofasi shiddatli, yuzi qizarib-bozarib ketgan edi.
«Qurugi» kerakmi? dedi ovozi xirillab.
Dalavoy butunlay jiddiy tortdi.
Mengamas, ortoq Toshevga, dedi sargish qoshini
chimirib. Men sizga jabr bolmasin, deyapman, oka, jojabirdek
jonsiz.
«Qurugi» kerakmi! Dadam yanayam pastroq, ammo
yanayam tahdidliroq ovozda takrorladi. Mana buni qirqib
beraymi! U kindigidan pastroqqa imo qildi. Dadam birovdan
qattiq gazablansa, padaringga lanat deb sokar, ammo biron
kimsani bunchalik qopol haqorat qilganini eshitmagan edim. Onam
ham, yostiqqa suyangan akam ham, men ham qotib qoldik.
Shunaqami, hali! Dalavoyning kulrang kozlari yonib
ketdi. Endi ozingdan kor! Shunday dedi-yu, hatlab ornidan
turdi. Dadam ham sapchib turib ketdi. Oyim dod solib, dadamning
yolini tosdi. Dalavoy shiddat bilan charm paltosining chontagiga
qol suqdi-da, allaqanday qogozni dasturxon ustiga uloqtirdi.
Indinga tegishli joyga bormasang, militsiya yuborib, ottirib
tashlayman! Umringni turmada chiritmasam, Dalavoy otimni
boshqa qoyaman!
Oyim bekorga dod solgan ekan. Dadam Dalavoyga tashlan-
madi. Piymasini kiyib chiqib ketguncha, uy ortasida turaverdi.
Faqat gazabdan pishqirib nafas olar, moylovi uchib-uchib qoyar
83
edi. Tashqarida it akilladi. Keyin jimlik chokdi.
Endi qoymaydi, dedi onam ingrab. Qamatmay
qoymaydi. U hamon gazabdan titrab turgan dadamga iltijoli
termildi. Jon adasi, aylanay adasi, johillik qilmang, keling,
shular toya qolsin. Mayli, sholchani sotamiz.
Kuzda opamni uzatamiz, deb dadam bir sholcha olib kelgan
edi. Oyim shuni gapirganini tushundim.
Nega?! dadam sandal chetiga chokkalagancha, hayqirib
yubordi. Nega?! Nega men pora berishim kerak? Nega?! Porani
harom odam beradi, bildingmi! Porani harom odam oladi!
Bildingmi?! Porani imonsiz odam imonsiz odamga beradi!
Tushundingmi?! Nega men oz imonimni sotib poraxorga
yalinishim kerak? Nega?
U esdan ogib qolganga oxshar, har gal «Nega?» deganda,
dasturxonni mushtlar, Dalavoy tashlab ketgan qogoz ham, jiyda-
yongoqlar ham har yoqqa sochilib ketgan edi.
Yoq! dedi u nafasi qisilib. Men pora bermayman.
Qamasin! Topiga solib otib yuborsin!
Beshikdagi ukam chochib ketdi shekilli, chirillab yiglay
boshladi. Oyim mahzun qiyofada chokkalab otirgancha, kokrak
tutdi. Dadam tirsagini sandal chetiga tirab, kaftlari bilan yuzini
tosib, uzoq otirdi. Qoli hamon bilinar-bilinmas titrar edi.
Nihoyat, jahl bilan ornidan turdi. Onam vahima ichida unga
termildi.
Qayoqqa? Hoy adasi, ozingizni bosing.
Achinskaga boraman, dedi dadam sekin. Ariza
yozdiraman.
Shunday dedi-yu eski choponini kiyib, chiqib ketdi. Peshinga
yaqin tekis qilib yozilgan allaqanday orischa xat kotarib keldi.
Keyin bilsam, dadam togri qilgan ekan. Uni ikki-uch hafta
sudrab yurishdi-yu hammasi tinchib ketdi. Faqat Dalavoy
keyinroq, nalugchi bolganidan keyin boshqa yo1 bilan qasdini
oldi. Biroq Achinskaning yordam berganini dadam kop yillar
hammaga gapirib yurdi.
Mening godak shuurimga esa pora dunyodagi eng harom
narsa, degan tushuncha mixlanib qoldi. Togri, keyin ham,
poralaru poraxorlarning har xilini kordim. Birovga order berish
uchun pora oladiganlarni-yu, yaxshiroq uydan joy olish uchun
pora beradiganlarni ham, birovning bolasini institutga olib kirish
84
uchun pora oladiganlarni-yu, ozining chalasavod bolasini
oqishga joylash uchun pora beradiganlarni ham kordim.
Birovga kamyob narsani navbatsiz togrilash uchun pora
oladiganlarni-yu, osha narsani boshqalarga uch bahosiga pullash
uchun pora beradiganlarni ham, birovni amal stoliga otqazish
uchun pora oladiganlarni-yu, osha kursiga otirib, berganini
on hissa qilib qaytarib olish uchun pora beradiganlarni ham
kordim. Ozining qizi tengi xodimini dachasiga sudraydigan
iðirisqi amaldorlarni-yu, ishini bitirish uchun begona toshakka
bemalol yotadigan ayollarni ham, pora olib qiya bolib
ketganlarni-yu, yana pora berib, qutulib chiqish yolini
topadiganlarni ham kordim. Shunda dadamning titrab-qaqshab
aytgan gaplari naqadar rost ekanini tushundim. Hamma-
hammasini tushundim.
Faqat... Domimizning birinchi qavatida turadigan soqqabosh
Klava xolaning mayus tazim qilib turganini korganimda, bir
narsaga hech aqlim yetmadi. Nahotki, odam tirik qolish uchun
ham pora berishi kerak bolsa!
Uzoq qarindoshim bolmish osha vrachning gapini
eshitganimda, battar hayron boldim. Nahotki tirik qolish uchun
majburan birovga pora berish ham jinoyat hisoblansa? Xosh,
bolmasa nima qilsin? Olib ketsinmi?! Nahotki, olim toshagida
yotgan odamdan nimadir tama qilish imon degan tushunchaga
sal bolsayam togri kelsa?!
Xayolimga shunday iztirobli savollar yopirilib kel-ganida,
beixtiyor osha qahraton qish, osha izgirinli kecha, kozoynagini
yiltiratib jilmayib turgan Achinska, namat ustida qolib ketgan
osha bir xalta turshak xotiramga tushadi.
OPAMNI TOPIB OLDIM
Bayram qanaqa bolishini bilasizmi? Bilmasangiz bilib qoying!
Bayram degani shuki, hammamiz yasanamiz. Bu birinchidan.
Togri, dadam hammamizga baravar boshoyoq kiyim qilib
berolmaydi. Lekin hech bolmasa, bittadan ohorlik kiyamiz.
Undan keyin oyim albatta palov, juda bolmasa, shovla pishiradi.
Bu ikkinchisi. Nihoyat, bayram degani shuki, men onamga
ergashib, albatta togamnikiga boraman. Togamning men tengi
ogli bor. Maza qilib obaki yeymiz. Iloji bolsa, «Tarzan» kinosiga
85
tushamiz. Tarzanni bilasizmi? Xuddi maymundek daraxtdan-
daraxtga sakraydi. Yolbarsdan ham, arslondan ham qorqmaydi.
Joraboshimiz aytgan, ozi korgan.
Mana, bugun oyim non yopyapti. Arpa non unchalik
oppoqmas. Ammo juda mazali. Ana, non isi kelyapti. Oyim menga
atab ataylabdan kulcha yasagan. Kulcha nondan oldin pishadi:
kichkina-da! Ana, oyim rapidani qoliga kiyib, tonkarilgan zambil
ustiga chiqdi. Bolmasa tandirning tepasiga boyi yetmaydi. Osha
yerdan turib buyurdi.
Doppingni och!
Doppimni boshimdan yulib oldimu tutib turdim. Shu ondayoq
chogdek issiq, qið-qizil non doppiga tushdi. Jiyaklari titilib
ketgan doppimni changallagancha kochaga yugurdim.
Hoy, sekinroq, yiqilasan! deb qoldi oyim chirqillab.
Nega yiqilar ekanman! Orqamdan kuchugim ham yugurgilab
qoldi. Biladi-da, oziniyam ulushi borligini. Ikkalamiz oldinma-
ketin chopishib, Shirin arigining boyiga keldik. Issiq nonni suvga
tashladim-da, ozim pastga qarab chopib ketdim. Gurji kuchugim
ham oyogimga oralashib yugurdi. Ellik qadamcha yurgandan
keyin qoqigullar ochilib yotgan qirgoqda kutib otirdim. Ana,
bizning non oqib kelyapti! Tandirdan yangi chiqqan nonni oqizoq
qilib yemagan bolsangiz, yeb koring. Meni aytdi dersiz, maza
qilasiz!
Bir oyoqlab suvga tushib, nonimni tutib oldimu ushatib yedim.
Ana rohatu mana rohat! Usti muzday, ichi issiq. Bir burdasini
ozim yeyman, bir burdasini kuchugimga beraman. Kuchugim
nonini mendan oldin yeb boladi. Yeb boladi-da, boshini goh u
tomonga, goh bu tomonga tashlab moltirab qolimga qaraydi.
Dumini likillatib-likillatib qoyadi. Ikkalamiz maza qilib
ovqatlandik. Keyin shundoq sohilga yotib, tið-tiniq suv ichdim.
Kuchugim ham oldingi oyoqlari bilan chokka tushib, qið-qizil
tili bilan shapillatib rosa ichdi.
Uyga qaytsak, dadam bodom tagida turib, endi xaltasini
ochayotgan ekan. Ur-re!
Manavi senga! dedi dadam oyimga qarab. Xaltadan
poshnasi past yaltiroq amirkon kavush chiqdi. Oyim eski kalishini
yechib, kiyib korgan edi, kavush lop-loyiq keldi. U yoq-bu yoqqa
yurib koruvdi, kavushi garchillab ketdi.
lya, garchiyam bor ekan, dedi oyim yosh boladek
86
quvonib. Baraka toping, anchadan buyon shunaqasini orzu
qilib yuruvdim.
Qizing qani? dadam golibona qiyofada yana xaltaga
qol suqdi.
Tutundan bogilgan opam oshxonadan kozini ishqalab chiqdi.
Manavini orab kor-chi! Dadam guldor shoyi romolni
opamga uzatdi. Opamning kozlari quvonchdan porlab ketdi.
Rahmat, dedi uyalinqirab.
Katta akamga yo1-yol koylak, kichik akamga chiyduxoba
shim tegdi. Endi bizning navbat! Yoq, dadam xaltasiga qol suqqan
edi, bu safar ukamning sovgasi chiqdi. Dengizchilar kiyadigan
koylak! Chetida tasmasiyam bor.
Menga-chi? dedim hovliqib.
Sengayam bor, oglim! deb dadam xaltasidan qizil
duxoba doppi chiqardi. Kozim yonib ketdi. Qani, dedi u
doppini boshimga kiygizib. E-e, boshdan ham bergan-da,
senga, oglim!
Rostdan ham doppi boshimni bir chekkasida qolib ketdi.
Ziyoni yoq! dadam doppini tizzasining koziga kiygizib,
bir chetidan tortdi. Allanima «tirr» etdi. Qorquv ichida doppiga
qaradim. Yoq, yirtilmabdi. Dadam qaytadan kiygizgan edi,
boshimni xiyol qissayam, loyiq kelgandek boldi. Boshdan
ham bor-da, ozi, oglim. Dadam yana kuldi.
Kichik akam hozirjavoblik bilan gap suqdi.
Boshi katta bolgani bilan aqli yoq.
Opam uning yelkasiga bir tushirdi.
Yoshi senga yetsa, sendan aqlliroq boladi.
Ozingiz-chi? Oyim dadamning koziga termildi.
ozingizga hech nima olmadingizmi?
Dadam qol siltadi:
Keyin... Keyin olinar. Nima, men yosh bolamidim...
Aka-ukalar bir zumda kochaga otildik. Bolmasa-chi, qanaqa
yasanib olganimizni hamma korib qoysin-da.
...Ertalab kimdir sekin yelkamga turtayotganini payqab
uygonib ketdim. Hali kozimni ochmasimdanoq dimogimga
osma hidi urildi, Qarasam, tepamda oyim jilmayib turibdi. Qoshi
qalin, qop-qora (oyim pardoz qilmas, ammo «qosh suv ichadi»
deb osma qoyardi).
Jim, dedi u barmogini labiga bosib. Ukang uygonib
87
qolmasin. Tez yuvin.
Tushundim. Demak, togamnikiga boramiz. Ukamni tashlab
ketamiz. Bolmasa, oyimni qiynab yuboradi. Besh qadam yuradi-
da, opiching, deb xarxasha qiladi. Yol uzoq.
Ukam, boshi devor tomonda, bir oyogi mening qornim ustida
maza qilib uxlab yotibdi. Hali turgandan keyin «lolilik» qilib
opamning dodini beradi.
Yuvinib kelib, apil-tapil choy ichdim.
Bolani ehtiyot qil, oyim ayvon burchagida otirib,
tonkarilgan piyoladan osma botirib qoshiga tortayotgan opamga
tayinladi.
Xavotir olmang. Opam boshini u yoq-bu yoqqa egib,
bir cheti siniq kozguga qiyo-qiyo qararkan, jilmaydi. Ozim
qarab turaman.
Opam juda mehribon. Oyim yogida hammamiz opamning
pinjiga tiqilamiz...
Guzarga chiqqanimizdan keyin, eng katta niyatimni sekin
aytdim:
Oyi, kinoga tushsam maylimi? Tarzanga?
U garchli kavushiga chang qondirmaslik uchun tuproq
kochadan avaylab borarkan, orqasiga qaramasdan soradi:
Kim bilan tushasan?
Sobir bilan.
Togangnikiga bormaymiz.
Hafsalam pir bolib toxtab qoldim. Bundan chiqdi, amma-
mnikiga borarkanmiz-da. Ammamnikida men tengi ortogim
yoq.
Ammamnikiga ketyapmizmi? dedim qovoq-tumshugim
osilib.
Oyim burilib qaradi:
Yoq, opangnikiga.
Opam uyda-ku? dedim hayron bolib. Yana qanaqa
opamnikiga boramiz?
Oqchiga. Katta opangnikiga.
Qiziq, qanaqa katta opam? Ozi bitta opam bor-ku.
Yur, dedi oyim shoshirib. Kun isib ketmasidan
Beshyogochga yetib olaylik.
Oyimga ergashib borarkanman, allanimani gira-shira tushun-
gandek boldim. Besh-olti kun oldin ammam kelgan edi. U oyim
88
bilan pichir-pichir gaplashgan, «ogay... yigladi... oqchi...» degan
sozlar qulogimga chalingan edi. Demak, Oqchi degan joyga
ketyapmiz.
Oqchi degani ikki tomoni boloxonali uylar bilan oralgan tor
kocha ekan. Bizning tomonlarda allaqa-chon hammayoq kokarib
ketgan, bu yerda bolsa kocha zax, ikki chetda qop-qora suv jilga
bolib oqib yotibdi. Ancha yurdik. Tez-tez temirchilik dokonlari
uchraydi. Bayram bolsayam, bazilari ochiq. Devordagi mixlarga
ketmon, tesha, xaskash ilib qoyilgan. Sandonda olov gurillaydi.
Taraq-turuq avjida: yaqiniga borib bolmaydi. Oxiri tagidan
qoramoydek loyqa suv oqib yotgan, chetidagi panjaralari liqillab
turgan yogoch koprikdan otdik. Oyim dam-badam toxtaydi. Hali
u eshikni taqillatadi, hali bunisini.
Hoy, orgilay, Bashoratxonning uyi shumi? Eri peravodniy...
Birov yoq, deydi, birovi yelka qisib eshikni berkitadi, bir xili
eshikni umuman ochmaydi.
Shu qadar charchadimki, oyogimni qimirlatishga madorim
qolmadi. Xuddi, hov birda, uydagi opamga sovchi kelganida
Qaniga borganimizdek. Kelmasam bolarkan. Qaytaga uyda Xoja
bilanmi, Vali bilanmi maza qilib chillak oynab yurgan bolardim.
Kun isib ketgan, suv ichgim kelardi. Oyimning ozi ham kocha
chetidagi vodoprovoddan ikki marta suv ichdi. Suv ichish oson
bolsayam mayli ekan. Odamlar paqirini kotarib, qatorlashib
navbat kutib turadi... Bayram bolgani uchunmi, yasangan-
tusangan otkinchilar tuzuk-quruq gaplashmaydi. Hamma
qayoqqadir shoshadi.
Bir mahal paranji-chachvonli xotinga duch keldik. Oyim yana
osha yalinchoq ohangda soradi:
Hoy, baraka topgur, Bashoratxonni tanimaysizmi?
Paranjili xotin toxtadi. Chachvonini yuzidan olgan edi, qorqib
ketdim. Bunaqangi chotir xotinni birinchi korishim edi. Negadir
xayolimga chotirini berkitish uchun paranji yopinib yursa kerak,
degan oy keldi.
Qanaqa Bashor? dedi u romolcha bilan ter bosgan
yuzini artib.
Bashoratxon-da! Oyim kuyib-pishib tushuntirdi. Eri
peravodniy. Ashxobodda yer qimirlaganda kasallarni poyezdda
olib kelgan.
Uyini bilmaysizmi? chotir xotin achinib bosh chayqadi.
89
Dunyoda nima kop, Bashor kop.
Yoq. Egachim aytuvdilar, deb oyim yana tushuntirdi.
Shundoq koprikdan otgandan keyin topasiz, devdilar.
Bu kochada nima kop, koprik kop, aylanay, chotir
xotin yelkasini nochor qisdi.
Hayronman, dedi oyim umidsizlik bilan. Nechta
eshikni taqillatdim, hech yerda yoq.
Bolmadi, chotir xotindan ham ish chiqmadi. Tagin ikkita
katta-kichik koprikdan otdik. Yurib-yurib, choyxona, oldidan
chiqib qoldik. Bayram sharofati bilan choyxona ayniqsa gavjum
bolib ketgan, sorilarda erkaklar chordana qurib, sabzi tograb
otirishar, to rqovoqlardagi bedanalar avjiga chiqib sayrar, havoda
jizza hidi kezar edi.
Bor, bolam, dedi oyim yalinib, erkaklarning oldiga
men bormay qoya qolay. Soragin, peravodniyni uyi qaysi, degin,
Bashor degan xotini bor, degin, xopmi?
Sori oldiga bordimu, toxtab qoldim. Har kim ozi bilan
ozi ovora, qayrilib ham qaramaydi. Askiya.... Qiyqiriq...
Shoppayib turib-turib qaytib keldim. Oyim urishmadi. Yana
ketaverdik.
Kattakon tilla zirak taqqan, yalpoq gulli korpabop matodan
koylak kiygan, qalin qoshli juvon duch kelganida oyim tagin
soradi:
Hoy, opovsi, Bashoratxonni...
Man namedonam! dedi ayol yelka qisib.
Oxiri oyim ham holdan toydi. Kocha chetidagi yapasqi
xarsang ustiga otirib, tugunini yechdi. Kecha yopgan arpa nonidan
olib olgan ekan. Shundan bittasini ushatib, ona-bola yedik. Tagin
chanqay boshladim.
Oyi, suv, dedim hiqillab.
Shoshma, bolam, sabr qil. Oyim yupatdi. Topamiz.
Hozir topib olamiz.
Non quvvat berdimi, yana avvalgidek yolga tushdik.
Bir mahal onam toxtab qoldi.
Voy, olsin, tagin Beshyogochga chiqib qolibmizku.
Qarasam, rostdan ham Beshyogoch! Bundan chiqdi, aylanib-
aylanib yana shu yerga kelib qolibmizda. Bozor oldidagi maydonda
odam kop edi. Yasangan qizlar, papiros tutatgan yigitlar... Daraxt
soyasida bir oyoqli kishi qoltiqtayoqqa suyanib turibdi. Oldida
90
eski kursi, kursidagi savatda obaki. U ingichka boynining tomirini
oynatib, ovozi boricha baqirardi:
Obaki dandon.
Lablari xandon.
Chaynama, shimi.
Chaynama-a-a!
Birpasda chanqoq ham esimdan chiqib ketdi.
Obaki obering, dedim yalinib.
Oyim bir zum ikkilanib turdi-da, qolimdan yetakladi:
Yur.
Parvardaga oxshatib kesilgan obakini ogzimga soldimu maza
qilib sora boshladim. Saqichga oxshagan yumshoq, ammo juda
shirin.
Siz shu yerlikmisiz, amaki? dedi oyim qandolatchiga
termilib.
Qandolatchi qoltiqtayogiga suyanib, chontagidan papiros
olarkan, shubhalanib oyimga qaradi:
Nima edi?
Bashoratxonni qidirib keluvdik. Eri peravodniy, Ashxobodda
yer qimirlaganda kasallarni olib kelgan. oqchida koprikning
oldida turadi, deyishuvdi.
Nomeri nechchi? dedi qandolatchi papiros tutatib.
Oshanisini soramabman. Oyim aybdor qiyofada yerga
qaradi.
lya, qiziq ekansiz-ku, singil! choloq qandolatchi ovozi
boricha shangilladi. Afandi eshagi yoqolganida bir qolida
yantoq, bir qolida tezak kotarib, bozor aylangan ekan, buni
yeb, buni anaqa qilganni korgan bormi, deb. Siznikiyam shundan
boldi-ku.
Atrofdagi hangomatalab tomoshabinlar xaxolab kulishdi. Oyim
mulzam bolib sekin burildi.
Sorab-sorab Makkani topgan ekan, amallab topib olarmiz.
Ikkovlashib yana osha zaxkash, ikki chetida qop-qora suv jilga
bolib oqayotgan kochaga kirdik. Oyoqda zorga tursam ham,
dam olaylik deb oyimga xarxasha qilishga qorqar edim. Boyagi
odamning gapi oyimni xafa qilganini bilib turardim. Yurib-yurib
yana osha omonat panjarali yogoch koprikdan otdik.
91
Oyim roparadan kelayotgan, sumka kotargan xotinni toxtatdi.
Jon singlim, bir narsa sorasam maylimi? Shu yerlikka
oxshaysiz. Oyim uning qolidagi sumkasiga, bayram bolsayam
yasanmasdan eskiroq qargashoyi koylak kiyganiga qarab, shu
yerlik deb gumon qilgan bolsa ehtimol.
Xotin shoshilib turgan ekan shekilli, «gapingizni ayting»
degandek qoshini chimirdi.
Bashoratxonni tanimaysizmi? dedi oyim shosha-pisha.
Eri peravodniy. Ashxobodda...
Nimaga edi? dedi ayol oyimning gapini bolib.
Oyim uning koziga tikilib qaradi-da, konglida umid uygondi
shekilli, ovozi dadillashdi:
Kerak edi-da. Ertalabdan beri qidiramiz, aylanay. Bilma-
gan joyning kochasi kop, deb shuni aytar ekanda.
Ayol oyimga tikilib turib negadir ovozi titrab ketdi.
Siz... Siz kimi bolasiz? dedi sekin.
Onasiman, aylanay, onasiman!
Ayolning qolidan sumkasi tushib ketdi.
Oyijon! dedi iltijoli ohangda. Oyijon! Ozingizmi-
siz? Shunday dedi-yu oyimni quchoqlab oldi. Osha zahoti
kozidan tirqirab yosh chiqib ketdi. Osha men... Menman...
Qizingizman... Oyijon... Biluvdim, topib kelishingizni biluvdim.
Biluvdimu ishonmovdim. Ammam aytsalar, ishonmagandim!
U hadeb oyimni opar, nuqul bitta gapni qaytarardi.
Ishonmovdim...
Keyingi daqiqada meni yerdan dast kotarib oldi-da, kozim-
dan, yuzimdan opa boshladi.
Ozimning ukamdan orgilay, ukajonimdan aylanay.
Dimogimga binafsha hidi urildi. U baquvvat qollari bilan
meni mahkam quchoqlab olgan, yoshli kozlari bilan qayta-qayta
kozimga termilib qarar, nuqul opar edi. Shundagina uning katta
xotin emas, yoshgina ekanligini, allaqayeri uydagi opamga oxshab
ketishini payqadim. Bashor opa bir qolida meni kotargancha
egilib, ikkinchi qoli bilan sumkasini yerdan oldi.
Qoying, dedi oyim uning bilagidan tutib. Yosh
bolamas, ozi yuradi. Shu kuzda maktabga boradi-ku.
Nega qoyarkanman?! Bashorat opam binafsha hidi anqib
turgan boshini yana yuzimga bosdi. Ukajonimni nega
qoyarkanman?! Ozim zorga topib oldim-ku!
92
Kap-katta bola opamning qolida ketayotganimdan, botin-
kam koylagini loy qilib yuborganidan uyalib tiðirchiladim.
Tushaman!
Yoq, opam qattiqroq bagriga bosdi.
Tushmaysan. Charchab qopsan, ukam. Korib turibman.
Bashorat opam shaxdam-shaxdam qadam tashlar, oyim unga
arang yetib borar, ikkovlari hayajondan entikib, gaplashib
borishardi.
Tanimay qolganimni qarang, qizim. Oziyam sizni bir marta
koruvdim-da... Ancha bop ketdi. Oshanda jamalaksoch qizcha
edingiz.
Men ham avvaliga tanimadim... Qarang, oyijon, sira
ishonmovdim.
Opamning uyi chindan ham koprik yaqinida ekan. Biroq,
yana bitta tor kochaga kirish esimizdan chiqibdi. Osha tor
kochadan otib, kaftdekkina hovliga kirib qoldik. Hovli ortasida
bir tup tut bor edi. Tut hali pishmagan, ammo ancha oqarib
qolgan, shoxiga belanchak ilib qoyilibdi. Tut tagiga kelgandan
keyingina opam meni yerga qoydi.
Mana singling, dedi belanchakka imo qilib. Singlim
desang ham boladi, jiyanim desang ham. Singlim deyaver.
Moralab qarasam, belanchakda atlas koylakcha kiygan
qizaloq yotibdi. Sekin tebratib kordim.
Opam yoshli kozlariga tabassum qalqib, yana bir marta
boshimni silab qoydi-da, uy tomonga qarab qichqirdi:
Dadasi! Oyim keldilar!
Zum otmay oynaband ayvonning eshigi sharaqlab ochildi-
da, yelkasiga beqasam ton tashlagan kishi chiqib keldi.
Oyim keldilar! dedi Bashorat opam tantana bilan.
Beqasam tonli kishi oyim bilan quyuq sorashdi. Onam uning
peshonasidan opib korisharkan, menga ogirildi:
Pochchangga salom bermaysanmi?
Pochcham xuddi katta kishi bilan sorashgandek, qol berib
korishdi.
Otingiz nima, polvon yigit? dedi kulib.
Pastak shiftli xonaga kirdik. Torda Stalinning harbiy kiyim-
dagi surati iligliq turar, deraza tepasidagi mixga ilingan lagan-
chaga oxshash qora karnaydan muzika yangrar edi. Yonbosh
tomonda esa zanjirli osma soat. Soatning tepasi mushukning
93
boshiga oxshatib ishlangan. Kapgir u yoq-bu yoqqa borib kelgan
sayin mushukning kozi ham u yoq-bu yoqqa moralaydi. Bunaqa
soatni dadamning hujrasida ham kormaganman.
Opam eski sholcha toshalgan yerga darrov korpacha yozdi.
Xontaxta qoyib, dasturxon bezadi. Piyolamga mushtdek novvot
solib choy quyib berdi.
Kun boyi piyoda yuraverib, charchadimmi, karnaydan hadeb
yangrayotgan muzika elitdimi, uxlab qolibman. Bir mahal opam
peshonamni silab uygotdi:
Tur, jonim, qorning ochib ketdi-ku.
Kozimni ochsam dasturxonda ustiga kok piyoz sepilgan bir
lagan moshkichiri turibdi. Oyim, opam, pochcham gangir-gungir
suhbatlashib otirishibdi. Opamning qistovi bilan uch-tort qoshiq
moshkichiri yedimu tagin uxlab qoldim.
Keyin yana uygonib ketdim. Anchagacha qayerdaligimni
bilolmay, shiftga tikilib yotdim. Xira lampochka yonib turar,
allaqayerda soat chiqillardi. Devordagi «mushuk soat»ni korgan-
dan keyingina Bashor opamnikida yotganimni angladim. Yonbo-
shimga ogirilgan edim, karavot gichirladi. Qarasam, yonimda boyagi
atlas koylakli singilcham yumshoqqina bolib pishillab uxlab yotibdi.
Uygotib yubormay deb, tagin kozimni yumib oldim. Avval
xorsiniq, ketidan ayol kishining hiqillagan yigisi eshitildi.
Yuzimni yorug qildingiz, oyijon... Bu Bashor opamning
ovozi edi. Kuyovingizning oldida yerdan sugurib oldingiz.
Turmush qurganimizga uch yil bolyapti. Kuyovingizga nima
deyishimni bilmayman.
Otam bor deymanu borolmayman, onam bor deymanu
korsatolmayman. Opam yana chuqur xorsindi. Oyim
tirikligida, otangning koziga korinma, deb tergab turardi. Onam
olgandan keyin nima deb borishni ozim ham bilmadim. Bir
zamonlar dadam bilan oyimning turmushi buzilgan bolsa, mening
aybim nima, oyijon... Oyim adamning dilini ogritgan bolsa
bordir, ammo menda nima gunoh?
Qoying, jon bolam, oyim ohista yupatdi. Turmush
olgur shunaqa ekan. Odam bu dunyodan nima obketadi?
Boradigan joyi boyradek yer... Adangizning jahli tez bolgani
bilan kongli bosh. Uch-tort kundan keyin ozingiz boring.
Kuyovniyam oboring. Siz bolasiz, u kishi ota. Mening kelganimni
aytmay qoya qoling. Eski ginalarni unutinglar.
94
Bormoqchiyam boluvdim... Opam taraddudlanib jimib
qoldi. Tagin sizning konglingizga kelmasin, deb...
Gapingiz qurmasin, oyim opamning sozini kesdi.
Etni tirnoqdan ajratib esimni yebmanmi? Ming qatla shukr,
adangiz borlar, singlingiz, qoshaqosha ukalaringiz bor,
qaddingizni kotarib yuring, jon bolam.
Oyim bilan opam hamon dardlashar, «mushuk soat» bir
meyorda chiqillar, yonimda yumshoqqina bolib singilcham
pishillab uxlab yotar edi. Yana kozim ilindi-yu qotib uxlab
qopman.
...Ertasiga hovlimizga mahallaning tabibi Hoji buvi, Xayri
opa, Momin akaning xotini Kelinoyi, Valining oyisi Zebi xola,
Sepkilli xola, Xolposh xola toplanishdi. Oyim aytib kelganmi,
bayram bahona bolganmi, unisini bilmayman. Oyim garmdori
gulli piyolada qoshnilarga choy quyib uzatar ekan, ogzini toldirib
maqtanar edi:
Qizim berdi! Qarang, piyolasining chiroyliligini qarang!
Voy, orgilay sizlardan, shundoq qizim bor ekanu men ahmoq
bilmay yurganimni qarang! U bogroglar, u oq uy-olabargaklar
desangiz! Qosha-qosha gilamlar! Bir radiosi bor, sandiqdek
keladi. Qizimning chaqqonligini korsangiz. Birpasda bir guruch,
bir gosht qilib, chigit bosgandek osh damlab keldi. Kuyovimni
aytmaysizmi, peravodniylarning boshligi ekan. Uyogi Ashxobod,
buyogi Leninobod yetti iqlimda kormagan joyi qolmabdi.
Biram odobli, biram aqlli...
Oyim opamning hovlisidagi tutdan boshqa qaysi bogni, eski
sholchadan boshqa qaysi gilamni, moshkichiridan boshqa qaysi
palovni aytayotganini bilmasdim-u, lekin hamma gapiga ishongim
kelardi.
Siz kopam ixtimat qoyavermang! Kelinoyi oyimning
gapini ogzidan oldi. Ogay bari bir ogayligini qiladi. Undan
sizga nima foyda!
Unaqa demang, ovsinjon. Oyim unga tanali qarash
qildi. Bu dunyodan hech kim hech narsa orqalab ketmaydi,
orgilay. Bolalarim buyoqda otasining bagrida yayrab yursin-da
qizim uyoqda tirik yetim bolib yursin... Shuyam diyonatdanmi?
Bunaqa gapingizni bir aytdingiz, ikkinchi qaytarmang, ovsinjon.
Boshqa xotinlar oyimning sozini maqullab chuvillashdi:
Togri aytasiz!
95
Oxiratni oylagan odam shundoq qiladi.
Ammo-lekin... Oyim ovozini pasaytirdi. Adasi men
borganimni bilmay qoya qolsinlar. Qiz bolib u kelmaydi-yu,
ona bolib sen borasanmi, deb dillari ogriydi... Erta-indin
qizimning ozi keladi.
Bashor opam ertasiga emas, uch kundan keyin keldi. Dadam
bodom soyasida chokkalab otirgancha, arraning tishini egov bilan
qayrar, oyim oshxonada, men esa supada ukam bilan kurash
tushayotgan edim. Gurji kuchugim darvoza tomonga yugurdi.
Kokshoyi koylak kiygan Bashor opamni darrov tanidim. Opam
kuchukni korib, darvozadan kiriboq toxtab qoldi. Dadam bir
zum tikilib qaradi-da, garangsibroq ornidan turdi. Kuchukni
haydash bahonasida opam tomon chopdim. Opam uch-tort qadam
bosdi-yu, kozida yosh bilan hayqirib yubordi:
Adajon!
Dadam bir qalqib ketgandek boldi.
lye, iye, dedi ovozi titrab. Keyin oshxonaga qarab
qichqirdi. Hoy, bu yoqqa chiq, qizing keldi!
Bashor opam dadamning quchogiga ozini otdi.
Yiglama, ona qizim, yiglama. Dadam Bashor opamning
sochini silar ekan, kozlari namlandi. (Uning kozida hech qachon
yosh kormagan edim.) Bormisan, oppoq qizim.
Opam dadamning bagridan chiqishi bilanoq oyim quchoqlab
oldi.
Voy ozimning qochqoq qizimdan aylanay! dedi Bashor
opamning yuzidan opib. Voy, ozimning tongich qizimdan
orgilay!
Boyadan beri nariroqda bola kotarib iljayib turgan pochchamni
endi korishdi. Dadam pochcham bilan ham quchoqlashib korishdi.
Singilcham birpasda qolma-qo1 bolib ketdi. Opam, aka-ukalar
birinchi jiyanimizni «xomtalash» qilib yubordik.
Osha kuni dadam oz qoli bilan osh damladi. Hatto
pochcham ikkovlari jinday-jinday vino ham ichishdi.
...Oshandan keyin bironta bayram shunchalik esimda qolgani
yoq.
BOZOR
Akalaring bolishi ham yaxshi, ham yomon. Yaxshiligi shuki,
96
bolalardan kaltak yemaysan. Arifmetikadan ikki olmaysan.
Yomonligi shuki, nuqul akalaringning kiyimini kiyasan. Masalan,
mana bunday. Katta akamga etik oberishadi. Bir yilmi, ikki yilmi
otgandan keyin katta akamning oyogi katta bolib ketadi. Etik
kichkina akamga otadi. Kichkina akamning oyogiyam bir joyda
turavermaydida. osadi, etik sigmaydi. Ana endi etik bizniki!
Faqat bizga yetib kelguncha etikning tagi Naim sartaroshning
iyagidek sið-silliq bolib ketadi. Aslida, buyam yomonmas. Qishda
yaxmalak uchishga maza. Ammo tagining kochib ketgani yomon.
Cholda bir oy yurib chanqagan tuyadek suv demaganni yamlamay
yutadi. Bora-bora ukamga dabdalasi chiqqan etik tegadi. Telpak
masalasi ham shundoq. Katta akamdan kichkina akamga, kichkina
akamdan menga, mendan ukamga yetib borguncha, telpakmas,
taqiri chiqqan bir parcha teri qoladi. Valiga maza! Akasi yoq,
ukasi yoq. Zebi xola unga doim yangi kiyim olib beradi. Shundoq
deymanu, dadamga ham qiyin. Hammamizni baravar yasantira
olmaydi. Togri, gohi-gohida biz kichkinalarning ham gamini
yeb turishadi. Kuz kunlaridan birida shunday quvonchli voqea
boldi. Kechasi hamma yotganda dadam bilan oyim maslahatlashib
qolishdi. Rostini aytsam, gap poylaydigan odatim bor.
Poylamoqchi emasdimu, ozlari gaplashib qolishdi. Eshitish
kerakmi, kerak!
Salqin tushib qoldi, dedi oyim oychan ohangda.
Bolalarning egnida yoq, boshida yoq. Ayniqsa kichkinalarga
qiyin.
Dadam anchagacha indamadi. Chamasi, qayerdan pul topishni
oylardi.
Echkini sota qolamiz, dedi nihoyat bir qarorga kelib.
Takanimi? Bu oyimning ovozi edi.
E, uni qanchaga olardi? dedi dadam hafsalasiz ohangda.
Narigisini sotamiz. Besh yuzlarga obqolar.
Tushundim. Bundan chiqdi Qoraquloqni sotishmoqchi. Erta
bahorda echkimiz odatdagidek ikkita tuqqan edi: biri erkak, biri
urgochi. Urgochisining ozi oq, qulogi qora. Aka-ukalar unga
Qoraquloq deb ot qoyganmiz. Echkimga achindim. Yaxshi,
yuvoshgina edi. Chamamda, oyim ham shuni oylardi shekilli,
sekin gap qoshdi:
Qochirib olsak bolalarga sut molroq bolarmidi?
Boshqa iloji yoq-da! dedi dadam tajangroq bolib.
97
Jilla qursa, bittasiga pufayka olib berish kerak. Bultur ham
maktabga akasining choponini kiyib bordi.
Ha, demak, pufayka meniki boladi. Negaki, ukam hali
maktabga bormaydi. Yengining uchiga charm qoplanganidan
olaman. Sinfimizda faqat Valida shunaqa pufayka bor. Zebi xola
naqd tort yuz somga obergan. Valining ozi aytgan.
Bozor kuni Tezakopga olib tushaman, dedi dadam
ishonch bilan.
Biroq dadam juma kuni shamollab yotib qoldi. Shanba
kuniyam ornidan turolmadi. Kechqurun yana echki sotishning
maslahati boldi.
Ozing bora qol, dedi dadam yotgan joyida.
Onam mungayib qoldi.
Voy, men bozorni bilamanmi? dedi boshashib. Bir-
ikki marta mol sotib yurgan bolmasam...
Dadamning jahli chiqib ketdi.
Nima, bozorga tushadiganlarning shox-butogi bormi?
Hammayam senga oxshagan odam-da! Ja bolmasa, bitta-yarimta
dallolning qoliga on som bersang, sotib beradi. Ammo besh
yuzdan kamiga konma. Zotli mol, degin!
Ertasiga tong qorongisida oyim meni sekin turtib uygotdi.
Qani, tura qol, bolam, echkini haydashib borasan.
«Nimaga, qayoqqa», deb otirmadim. Bilaman, akalarim
haydashib borsayam bolardi-yu, unda pufaykadan quruq
qolaman-da.
Gingshibroq bolsayam turdim. Oyim echkini sogib
bolguncha tong yorishdi. Keyin u Qoraquloqni yetakladi, men
tol xivich olib, orqasidan yolga tushdim. Qoraquloq ham
uyqusirab turgan ekan shekilli, indamay ketaverdi. Faqat darvoza
oldiga borganda onasi bilan akasi tomonga qarab qisqagina marab
qoydi: xayrlashdi chamamda.
Tuproq kochadan boryapmiz. Oldinda oyim, ketidan echkim,
uning ortidan men. Echkim tuproqni changitib, dik-dik qilib
boradi. Ora-chora kochaga tokilgan yongoq xazonlarini
chimdib, kalta dumini likillatib-likillatib qoyadi. Xivich bilan
urmasam ham ozi ketaveradi. Men kochaga tokilgan
yongoqlarni terish bilan ovoraman. Kechasi shamol bolganga
oxshaydi: rosa yongoq tokilibdi. Birpasda ikki chontagim tolib
chiqdi. Oyim ora-chora toxtab, norozilik bilan orqasiga qarab
98
qoyadi.
Yura qolsang-chi, hali-zamon bozor tarqab ketadi!
Tezakop deganiyam, juda olis ekan-da! Avval qora moy hidi
anqib turgan temir yoldan otdik. Keyin mashinalar gizillab
borayotgan kochalar chetidan yurdik. Oyogimda oyoq qolmadi.
Nihoyat bozorning temir panjarali darvozasidan ichkari kirdik.
Voy-bu! Shuncha odam qayoqdan kelgan? Hammayoq qiy-chuv,
hamma shoshgan! Ana, bir chekkada guvillab olov yonyapti.
Qozondan qizigan yogning oppoq tutuni chiqib turibdi. Vuy,
anavi baliqni! Mening boyimday keladi-ya! Yogoch ustundagi
mixga jagidan ilib qoyishibdi. Kir xalat kiygan moylovli kishi
kapgirni oynatib baqiradi:
Kep qoling, laqqa baliq! Laqqa baliq! Qatidan qovurib
beray?
Undan nariroqda kattakon doshqozonda osh damlab qoyilibdi.
Zarchava solingan, sap-sariq. Ogzimning suvi kep ketdi. Iye,
ana kabob! Qop-qora kabobpaz bidir-bidir qilib xaridor chaqiradi.
Yeganlar darmonda, yemaganlar armonda, dumba-jigar!
Qarang, hidiga odam mast boladi-ya!
Oyi, hali kabob oberasiz-a? deyman yalinib.
Oyim bolsa, nuqul bitta gapni qaytaradi:
Anqayma, adashib qolasan!
Yoymachilar togridan-togri yerga otirib olishgan.
Angishvonadan tortib elakkacha, sichqon tutadigan qopqondan
tortib isiriqqacha hammasi bor. Qoltiqtayoqli askar jikkak chol
bilan savdolashib sumak olyapti. Kun salqin bolishiga qaramay,
koylakchan bolib olgan ozgin bola bir pachka papirosni koz-
koz qilib, bor ovozi bilan baqiradi.
Papirosi nord, chekmanglar chort!
Shovqin-suronlaru turli hidlardan boshim aylanib ketdi. Unisi
turtadi, bunisi surtadi, bu ham yetmagandek oyimga dagdaga
qilishadi.
Hov echki! Kozingga qara!
Nihoyat mol bozoriga keldik. Ana bozoru mana bozor! Koziga
qon tolgan, burnidan temir halqa otkazilgan buqalar,
dumbasining ogirligidan yurolmay qolgan, shoxi qayrilib ketgan
qochqorlar, biri olib, biri qoyib, paydar-pay hangrayotgan
eshaklar... Ayniqsa, anavi qorasi zor ekan. Bir hangrashda ketma-
ket ulab, yetti marta hangradi. Tagin har hangraganda quloqlari
99
dikkayib, dumi xoda bolib ketadi. Burun kataklari kerilib, ikki
biqini kirib-chiqib, kirib-chiqib turadi. Oxiriga borganda opkasi
tolgandek, ovozi xazinlashib qoladi-yu, ammo osha zahoti bir
pishqirib oladi-da, yangi kuch bilan qaytadan hangray boshlaydi.
Oyoq ostini tezak bosib ketgan. Shuning uchun bozorni Tezakop
desa kerak-da. (Bu nom Oq podshoning savdogari Tezikov ismi
bilan bogliqligini keyin bilganman.) Kech qolganimiz uchun bizga
eng chekkadan tovuq bozorining yonidan joy tegdi. Biroq bu
yerda ham kop turolmadik. Janjalning ustidan chiqib qoldik.
Shundoqqina oldimizda tarashadek ozgin, peshonasi tirishgan,
tajangligi aftidan korinib turgan kishi qizil babax xorozning
oyogidan boglangan iðdan tutib, chokkalab otirar, dam-badam
nos otib, ozicha allakimni sokar edi. Baquvvat oyoqlari uzun-
uzun xoroz esa boynini chozib, atrofga olazarak qarar, chamasi
boshqa xorozlar bilan urishishga bahona qidirardi. Shu payt
ayvoni katta oq kalaminka shapka kiygan, chomichdek burnining
teshigidan juni chiqib turgan kishi xorozning tepasida toxtadi.
Chocha chan pul, aka mullo? dedi oyogi bilan xorozga
imo qilib.
Tajang kishi asabiylik bilan boshini kotardi. Nosini tupurib,
kaftining orqasiga labini artdi.
Shu jojami! dedi ingichka, tajang ovozda. Kozmi,
postakning teshigimi!
Burni chomichdek xaridor pinagini buzmadi.
Chan pul chocha? dedi yana.
Bu jojamas, xoroz! Tajang kishi ornidan turib ketdi.
Babax xoroz! Bir tepsa odamni yiqitadi!
Burni chomichdek xaridor yana pinagini buzmadi.
Ha, endu chocha-da! Chan pul ozu?
Shunda kutilmagan voqea boldi. Tajang kishi babax xorozni
oyogidan yulqib kotardi-yu, xaridorning boshiga tushirdi.
Mana senga «chocha!» dedi baqirib.
Xorozning qiyqirigi bilan xaridorning dodlashi baravar
eshitildi. Boshidagi ayvoni keng shapkasi uchib, tezak ustiga tushdi.
Xorozning qizil patlari hammayoqqa tozib ketdi.
Xaridor silliq boshini changallagancha odamlar orasiga
shongidi. Zum otmay, shopmoylov militsionerni boshlab keldi.
Mana shu! dedi xorozni amallab buti orasiga tiqayot-
gan tajang kishini korsatib. Boshimga urde! Hokizdek xeroz
100
bilan urde! Tuyadek xeroz bilan urde! Bosh yorilg-o-on!
Nima gap, grajdanlar? Shopmoylov militsioner
chontagidan hushtak olib, lunjini shishirgancha churillatdi.
Tomoshaning davomini korishni juda xohlardimu oyim
qoymadi.
Yur, keta qolaylik, dedi sekingina. Bizniyam boshimiz
baloga qolib yurmasin.
Odamlar, mollar orasidan otib, nari ketdik. Ana, nihoyat
bizning echkiga ham xaridor topildi. Peshonasiga qiyiqcha
tangigan kishi Qoraquloqni uyogidan otib tomosha qildi,
buyogidan otib tomosha qildi.
Qancha soraysiz? dedi oyimgamas, echkiga qarab.
Besh yuz som.
Uch yuz! qiyiqcha tangigan kishi echkining boynidan
silab qoydi. Shoshib turibman, olamanu ketaman.
Yoq, amaki, bu zotli mol, dedi oyim bosh chayqab.
Onasi har yili ikkitadan tugadi, kop sut beradi. Suti yogli,
sigirnikiga oxshaydi. Besh yuzdan kamiga bolmaydi.
Qiyiqcha tangigan kishi savdolashib otirmay nari ketdi. Yana
ikkita xaridor keldi. Biri uch yuz on somga chiqdi, ikkinchisi
ikki yuz ellikdan oshmadi. Keyin echkimizni hech kim soramay
qoydi. Turib-turib zerika boshladim, bir hovuch yongogimni u
qolimdan bu qolimga olaman, bu qolimdan u qolimga olaman...
Kun isib borar, suv ichgim kelardi. Oyim ham toliqib ketdi shekilli,
nuqul atrofga javdiraydi.
Dallol topmasak bolmaydi shekilli, oglim, dedi ruhi
tushib.
Xuddi shuni kutib turgandek, telpagining quloqchinini kuya
yegan, paxtali shimining tizzasigacha gong bolib ketgan kishi
paydo boldi.
Ha, yanga, uloqchaga xaridor chiqmadimi? dedi
shangillab.
Uloqchamas, echki-ku, dedi oyim ranjib. Qarang,
zotli mol, onasi har yili ikkitadan tugadi. Kop sut beradi. Suti
quyuq, sigirnikiga oxshaydi.
Korib turibman! Telpakli kishi qo1 siltadi.
Mushukdekkina echki ekan. Bogoz bolganmi- yoqmi?
Oyim bosh chayqadi.
Unisini aytolmayman. Yolgon gapirib nima qildim. Ammo
101
onasi zotli. Har yili ikkitadan tugadi, sersut...
Telpagini kuya yegan kishi bir zum oylanib qoldi.
Endi, yanga, gap bundoq, dedi tagin shangillab.
Men xolis odamman, korib turibman, boyadan beri turaverib,
sargayib ketdingiz. Xop desangiz, molingizni sotib beraman.
Ammo chotalni oldindan kelishib olamiz: yigirma besh som!
Mayli, bir gap bolar, dedi oyim sekin. Baraka toping,
insofli odamga oxshaysiz... Ammo ozi zotli mol...
Qancha sorayapsiz ozi? dallol onamning gapini boldi.
Besh yuz.
Nima? dallol dahshatli gap eshitgandek kozini ola-kula
qildi. Besh yuz somga govmish sigir beradi-ku! Hozir bozor
arzon. Qish kelyapti, yanga! Qish kelyapti! Yem tashvishi bor,
pichan tashvishi bor...
Onam norozi qiyofada yelkasini qisdi.
Mana shu bolamga pufayka olib bermoqchiman. Adasi
besh yuzdan kamiga konma deganlar.
Gapga pasmatri! dallol xuddi onam gunoh ish qilib
qoyganday qolini silkitdi. Odamlardayam diyonat qolmapti
ozi!
U endi burilib ketayotgan edi, oyim yalindi:
Xudo xayringizni bersin, bitta-yarimta insofliroq xaridor
toping. Mayli, haqingizni beraman.
Dallol qaytib keldi. Qoraquloqning qornini paypaslab kordi.
Mayli, dedi tongillab. Shoshmay turing chi.
Chorak soatchadan keyin u eskiroq chopon kiygan kishi bilan
mendan kattaroq bolani boshlab keldi. Bolaning boshida yap-yangi
doppisi bor edi. Doppi uning uzunchoq boshida galati qiyshayib
turardi. Pufaykadan ortgan pulga oyim mengayam yangi doppi
oberadi, degan fikr lið etib xayolimdan otdi.
Mana! dedi dallol shangillab. Shundan yaxshi xaridor
topolmaysiz.
Qancha soraysiz? eski choponli kishi negadir onamga
emas, dallolga qaradi. Boladiganini ayting.
Boladigani ikki yuz ellik som! Oyimning orniga dallol
javob berdi.
Yog-e, dedi oyim chochib. Hozir uch yuzga
bermadim-ku.
Oozimga emas, mana bu bolaga olyapman! eski choponli
102
kishi uf tortdi. Rangini qarang, bola bechorani! Kasaldan yangi
turgan: sil!
Oyim ham, men ham bolaga tikilib qoldik. Hali doppisiga
qarapmanu oziga qaramagan ekanman. Bola chindan ham
rangsiz, katta-katta kozlari odamga mayus termilib boqar edi.
Yongoq! dedi u qolimdagi yongoqlarni korib. Ovozi
qizlarnikiga oxshagan ingichka, iltijoli edi.
Ber, ber! dedi oyim shoshilib. Hammasini ber.
Qolimdagi yongoqlarni ham, chontagimdagilarniyam bolaga
berdim. Nima qiðti, hali terib olaveraman. Kochamizda
yongoqdan kopi bormi?
Yuz som! eski choponli kishi dallolning qolidan tutdi.
Bor baraka!
Voy, nima deyapsiz, amaki? Oyim xuddi birov tortib
olayotgandek echkining arqonidan mahkam ushlab oziga tortdi.
Bu zotli mol. Onasi har yili ikkitadan tugadi. Sutni kop
beradi. Sutiyam yogli.
Sizam insof qiling-da, birodar! dallol endi xaridorga
qarab qolini paxsa qildi. Yangam rost aytyaptilar. Zotli mol,
erta-indin qochib qolsa, bahorda maza qilib sutini ichasiz.
Oyimga jon kirdi.
Shuni aytaman-da! Zotli mol! Onasi har yili ikkitadan
tugadi. Kop sut beradi. Suti yogli, sigirnikiga oxshaydi.
Xaridor horgin bosh chayqadi.
Ozimga qolsa-ku, besh yuzga ham olaverardim. Shu bolaga
sorayapman. U tagin bolaga imo qildi.
Bola yongoqlarni u qolidan bu qoliga olar, yupqa, qonsiz
lablarini pichirlatib sanar edi. Hech kimi yoq bechoraning,
dedi xaridor ovozini pasaytirib. Savob bolar deb boshiga
doppi oberdim. Otasi frontda olgan. Yaqinda onasiyam qazo
qildi: sil edi bechora. Yetmish yashar kampir buvisi bilan qoldi.
Men qoshnisi bolaman. Kampir bechoraning kigiz tagiga yigib
qoygan jindek puli bor ekan. Shunga bittagina echki obering,
deb yalindi. Savob uchun tushdim bozorga.
Goh bolaga, goh onamga qarab karaxt bolib qoldim. Bola
hamon yongoqlarini sanar, oyim ham unga tikilib qolgan edi.
Birdan onamning kozlarida yosh aylandi. Bir qoli bilan arqon-
dan tutgancha ikkinchi qoli bilan bolaning doppisi ustidan
boshini siladi.
103
Aynoniya! dedi ovozi titrab. Hech nima qilmaydi.
Hali shundoq yigit bolasanki, sen korganni hech kim kormay-
di, bolam!
Mana, bori shu! xaridor bir somlik, uch somlik
pullardan bir hovuchini dallolning qoliga tutqazdi.
Qancha? dedi dallol.
Yuz ellik som!
Dallol oyimning arqon ushlab turgan qolini kaftiga olib silkita
boshladi.
Bor baraka deng endi, yanga! Bor baraka deng!
U har siltaganda oyim qoli uzilib ketgudek bolib butun gavdasi
bilan silkinar edi.
Hech bolmasa yana ellik som qoshing, amaki, dedi
onam eski choponli kishiga iltijoli termilib. Zotli mol, onasi
har yili ikkitadan tugadi.
Nima qilay, singil! xaridor tagin bosh chayqadi.
Mengamas, bolaga deyapman-ku. Savob uchun tushdim bozorga,
bor puli shu bolsa, men nima qilay?
Axir, menam bolamga pufayka obermoqchiman, dedi
onam yiglamsirab.
Savob ham kerak-da odamga, yanga! Dallol oyimning
qolini qoyib yubormay shangilladi. Dunyoga kelib, nima
karomat korsatdik?! Koprik soldikmi, machit qurdikmi...
Togri-ku, lekin... Bolamga pufayka... Zotli mol...
Endi onamning gapini xaridor boldi.
Xudoga shukur deng, singil. Bolangizni boshida otasi bor
ekan, siz bor ekansiz. Jayam yangi bolmasa eskiroq pufayka
oberarsiz. Bu bechoraning kimi bor?
Oyim bolaga bir nafas termilib turdi-yu arqonni sekin qoyib
yubordi. Bola hamon lablarini pichirlatib yongoq sanar edi.
Mang, yanga! Rozi boling, dallol pulni sanab oyimga
tutqazdi. Xizmat haqimni opqoldim. Ammo rozi boling.
Oyim pul changallab turgan qoli bilan tagin bolaning doppisi
ustidan boshini siladi.
Xafa bolma, orgilay! Buvingga mendan salom aytgin. Echki
sotgan xotin salom aytdi, degin.
Dallol bir tomonga, echki yetaklagan choponli odam bilan
bola ikkinchi tomonga ketib, zum otmay odamlar orasidan goyib
bolishdi. Onam qoliga tuflab-tuflab pulni hafsala bilan sanadi,
104
nimchasining chontagiga soldi. Ammo kongli tolmadi shekilli,
osha zahoti chontakdan qaytarib olib koylagining yoqasi tagiga
yashirdi. Gussaga chokib xorsindi.
Xudodanam orgilay! Bandasining boshiga shuncha gam
solmasa nima qiðti-ya!
Ikkalamiz indamay yolga tushdik. Oyim qolimdan tutgancha
boshini quyi solib borar, chamasi boyagi bolani ham, hozir uyga
borib dadamdan sokish eshitishni ham oylar, oylab oyiga
yetolmas edi. Yana osha kabobpaz, oshpaz oldidan otdik. Kabob
isi solagimni oqizsa ham indamadim. Bilaman, endi oyim kabob
obermaydi.
Bozor darvozasiga yetganda onam tosatdan toxtab qoldi.
Voy shorim! dedi rangi ochib.
Men onam pulni oldirib qoydi deb qorqib ketdim.
Echkini arqoni bilan berib yuboribmiz-ku! U shunday dedi-
yu, qolimdan mahkam tutgancha odamlar orasiga shongib yana
orqaga sudrab ketdi. Irimi yomon boladi. Molni arqoni bilan
sotib bolmaydi. Voy, meni yer yutsin! Endi nima qildik-a?
Bizni kutib otirarmidi. Ketib boldi endi! U shunday derdi-
yu, odamlarga urilib, surilib mol bozoriga shoshilardi. Ana, yana
bozorga kirdik. Endi mollar xiyla kamaygan, biroq odam qalin
edi. Boyagi «ozimizning» joyga qaytib keldik. Ammo endi bu
yerda toychoq savdosi bolayotgan ekan.
Dallol shu yerning odami-ku. Topilar axir, derdi oyim
menimi, ozinimi yupatib. Odamlar todasida anchagina garangsib
yurdik. Bir mahal... bir mahal mojiza korgandek taqqa toxtab
qoldim. Atrofga alang-jalang qarayotgan onam qolimdan siltadi.
Yursang-chi, anqaymasdan!
Qoraquloq, dedim sekin. Ana, Qoraquloq! ozimning
echkim.
Men echkimni darrov tanidim. Qulogidan tanidim. Yoq,
ozi oq, qulogi qora bolgani uchunmas. Chap qulogining
qiyshiqligi uchun. Ertalablari echkini sogishdan oldin oyim uni
iyitish uchun bolasini birpas emizib olardi. Uloq onasining yeliniga
bir yopishgandan keyin ajratish qiyin boladi. Shunda men uning
qulogidan ushlab tortaveraman, tortaveraman. Har kuni
tortaverganim uchun bir qulogi qiyshayib qolgan.
Qani? dedi oyim alanglab. Qani echki?
Ana! qolim bilan on qadamcha narida, bir toda odam
105
orasida turgan echkimni korsatdim. Boyagi eski choponli kishi
echkining arqonidan ushlab turar, telpagining quloqchinini kuya
yegan dallol esa shlyapali semiz odamga qolini paxsa qilib bir
nimani tushuntirar edi. Faqat yangi doppili bola korinmasdi...
Bu zotli mol, akam aylanay! Onasi har yili ikkitadan tugadi,
dedi dallol shangillab. Kuniga bir chirpitdan sut beradi.
Suti sigirnikidan ham yogli. Pulingiz yoningizda ketadi, akam
aylanay.
Judayam osmondan kelavermang-da, siz ham. Shlyapali
odam norozilik bilan bosh chayqadi. Hech bolmasa olti yuz
deng.
Ozingiz ham juda janaz
1
odam ekansiz-da. Qarang, buning
qornida bolasi bor! Choponli kishi echkining ikkala biqiniga
shapillatib qoydi. Xudo xohlasa, ayni qish chillasida bolalarning
ogzi oqarib qoladi, birodar!
Allaqayoqdan boyagi yangi doppili, rangsiz bola paydo boldi.
Dada, dedi choponli kishiga qolidagi obakini koz-
koz qilib. Mana, obkeldim!
Bizniyam boshimizda ozimizga yarasha tashvish bor,
choponli kishi bolaga imo qildi. Oglim oz qoli bilan bir yil
boqdi echkini. Endi shuning qolini halollab qoymoqchiman,
birodar. Toy qilish osonmi shu zamonda.
Oyimga qaradim. Uning ogzi lang ochilib qolgan, qalin lablari
pirpirar, kozida yosh bor edi.
Voy, dedi u anchadan keyin zoga tili kalimaga kelib.
Qiziq, nazarimda u kulgandek boldi. Yoq, uning yiglayotganini
keyin payqadim. Voy imonsizlar! Ikkalasi bitta odam ekan-
ku.
Men xolis odamman! Dallol yana shangilladi. Savob
ham kerak-da odamga. Dunyoga kelib nima karomat korsatdik.
Koprik soldikmi, machit qurdikmi?..
Oyim madori qurigandek qolimni qoylb yubordi.
Yur, oglim, dedi koz yoshini yengining uchiga artib.
Yesin-ichsin toymasin, iloyo buyurmasin!
Arqon-chi? dedim sekingina.
Kerakmas. Yur, bolam, oyim qolimdan sekin tutdi-
da, odamlar orasidan turtinib-surtinib meni yetaklab ketdi.
106
POSTDUMBALI MOSHKICHIRI
Bu odamni bolaligimdan taniyman. Oshandan buyon uning
bittayam tuki ozgarmagan, desam lof bolmaydi. Uyogini
sorasangiz, unda tukning ozi yoq: kosa. U har kuni ertalab bir
vaqtda darvozamiz oldidan mahalla guzari tomonga otib ketadi.
Qishda kuya yegan telpak, mushtdekkina gavdasiga yarashmagan
uzun kamzul, oyogiga kalish-maxsi kiyib yuradi. Yozda bolsa
dumaloq, qozonnusxa baxmal doppisini bostirib oladi.
Qolidagi xojalik sumkasi ham kamida yigirma yil sidqidildan
xizmat qilgan. Gij-gij suriladigan zanjirining tishlari tokilib,
yakkam-dukkam bolib qolgan. Bandining tasmasi bir necha
joyidan yamalgan. Sumkaning ichida nima borligini yaxshi
bilaman. Tishi tokilgan alumin taroq, boshingizga tegishi bilan
bir hovuch sochingizni yulib oladigan qol mashina, qayish bilan
olishaverib ixcham tortib ketgan ustara. Xullas, butun mahallaga
dongi ketgan Naim sartaroshning jamiki ashyolari shu sumkada
joylashgan.
U meni yaxshi tanimaydi: ozining dokoniga chiqadigan
mijozlardan boshqa odam bilan ishi yoq. Ammo onamni qattiq
hurmat qiladi. Darvoza oldidagi skameykada otirgan oyimni
korib, darrov toxtaydi.
Baxay, poshsha opa, bardamgina bormisiz? deydi
ingichka ovozda. Nevaralar chopqillab yurishibdimi?
Qiziq, oyim negadir uni kop ham yoqtirmaydi. Ammo dilini
ogritmaydiyam.
Shukur, deydi sekin. Ozingiz yaxshi yuribsizmi?
Ovsinim bardammilar?
Yuribmiz tuproqdan tashqari! deydi Naim sartarosh
yolida davom etib. Ovsiningiz ham tuzuk. Beli ogrib yotibdi.
Oyim sidqidildan maslahat beradi.
Kepak qizdirib bossinlar. Uch kunda san korman kor
bolib ketadilar.
Bosdim. Tuproqqayam komdim. Foydasi yoq, Naim
sartarosh sumkasini beparvo silkitib qoyadi. Yoshligidayam
belangi edi ozi. Aslida boshqasiga uylansam bolarkan.
Onam «notavon kongilga qotir jomashov» degandek miyigida
kulib qoyadi. Ammo indamaydi. «Bir momin»ning konglini
sindirgisi kelmaydi.
1
Janar ziqna, qurumsoq.
107
Naim sartaroshning eski fanerlardan yamab yasalgan
dokoniyam yigirma yil ilgari qandoq bolsa, hozir ham oshandoq
mahalla choyxonasiga yopishib qonqayib turibdi. Faqat vaqt
otishi bilan toliqib bir tomonga qiyshayib qolgan. Besh yil burun
avtobus bekatining roparasida yangi oynaband sartaroshxona
ochildi. Ammo Naim sartarosh unga otmadi. «Man tahoratsiz
tig ushlaydigan yosh bolalar bilan ishlamayman», deb turib oldi.
Mahalladagilar ham uning felini bilishgani uchun indamay qoya
qolishdi.
Shu Naim sartaroshning deng, birdaniga meni jini suyib qoldi.
Bir kuni ertalab darvoza oldidagi skameykada otirsam, sumkasini
kotarib otib qoldi. Salom berdim. U menga qaramay, «valey»
deb otib ketdi-yu, nariroqqa borib toxtadi. Siyrak sargish
kiðriklarini pirpiratib tikilib turdi-da, yangroq, ingichka ovozda
soradi:
Hay, manga qara ozingmisan?
Men indamay bosh silkitdim. Naim sartarosh kop yillik
qadrdonini birdan topib olgandek quvonib ketdi. Tez-tez yurib
yonimga keldi. Sumkasini skameykaning bir chekkasiga qoydi-
da, qosh qollab sorashdi. Yuziga fotiha tortib, silliq iyagini
silab qoydi.
Bu deyman, dokongayam chiqmaysan, dedi yana ham
ingichkaroq tovushda.
Endi, xizmatchilik...
Yozuvchi bopsan, gazetda ishlavotsan, deb eshitdim, shu
rostmi? Naim sartarosh mening qobiliyatimni chamalab
kormoqchi bolgandek, boshdan-oyoq bir sidra qarab chiqdi.
Ha, shunaqa, dedim bosh silkib.
U sumkasini nariroq surib yonimga otirdi. Uzun kamzulining
chontagidan qizgish nosqovogini chiqarib nos otdi.
Bu diyman, uka, gazetlaringga bizniyam yozsa bolavu-
radimi? Yo buniyam «ohoni» bormi?
Qanaqa «ohoni?»
Sartarosh kozini qisib qiqirlab kuldi.
Ozingni soddalikka solma, uka. Man hammasini bilaman.
«Ohoni» bolmasa Olim parovozni gazeta maqtab chiqarmidi?
Birinchi bolib parovoz haydaganmish. Yolgon! Qachon qarasa,
komirga botib yuradigan rabochiy edi. Ha, xop, boringki
haydagan bolsin. Ha, nima qiðti? Hakim naynov-chi! Birinchi
108
oqituvchilardan emish. Man bilmasam ekan uni! Jinkochalik
otin oyining qolida birga oqiganmiz. olguday zehni past bola
edi. Olti oygacha «Haftiyak»ni tushirolmagan. Tagin bular
persanalniy pensaner emish!
Naim sartarosh dunyoning adolatsizligidan tutaqib ketgan-
dek jahl bilan nosini tupurdi, silliq iyagini silab qoydi.
Bular davlatga xizmat qilgan bolsa, bizziyam otqazib
qoygan joyimiz bor. Bular Maskovga borgan bolsa, manam
borganman. Ularni kotar-kotar qilasanlaru mani yozmaysanlar,
shunaqami? Mani suyanchigim yoq-da, a?!
Qarasam, Naim sartarosh rostdan xafa bolyapti. Togrisi,
uning otmishiga ozim ham qiziqib qoldim.
Nega yozmas ekanman. Yozaman. Moskvaga qachon
borgandingiz?
lye, hozir yili esimda qoptimi, uka? Osha bosmachilarni
qiyratib yurgan paytlarimizda edida. Oshanda sanga oxshagan
qirchillama yigit paytim.
Parkat tomonda Rustam sherday qilich oynatib yursam,
kamandirimiz chaqirib qoldi. «Chinoq ikkovlaring yaxshi jang
qilganlaring uchun Maskovga diligat bolib borasan», desa
boladimi! Yunus chinoq bir qulogi yoq bolsayam xop azamat
yigit edi. Ikkalamiz poyizga otirdigu qaydasan Maskov deb
jonadik-vordik. On kun deganda yetib bordik. Bu Maskov degani
xopam katta shahar ekan. Qavat-qavat uylar desang, kocha tola
trollobus, aptobus. Yer tagida poyiz yurarkan.
Metromi? dedim iljayib. Toshkentdagiga oxshagan?
Metromas, poyiz, u birdan toxtab, menga sinchkov
tikildi.
Maskovga borganmisan?
Yoq, dedim yolgon gapirib.
E, Maskovga bormabsan dunyoga kelmabsan! Naim
sartarosh qollarini yozdi. Shundoqqina Qizil Maydonning
oldidagi gastinisaga tushdik. Yonboshimizda bozor. Bizanikiga
oxshaganmas. Hammasi paparatka joylashgan. Qaymoq bozor
bir tomonda, shirmoy bozor bir tomonda. Kabobpazlar desang
ertalabdan urib jigar kabob sotadi. Ammo lekin somon bozorining
mazasi yoq ekan. Qoplari kichkina-kichkina. Bir tuyaga elliktasini
ortib kelishadi. Tagin bir qopi falon pul. Odam kopligi danmi,
sartaroshxonasi tirband. Bosmachilarni bir yoqli qigandan keyin
109
shu tomonlarga kelib dokon ochaman, deb konglimga tugib
qoydim... Ammo maishat zor boldi. Maskovda bir oy turgan
bosak, shu bir oy ichida Chinoq ikkalamiz xop huzur qildik.
Ertalab lið etib bozorga tushib bir kosa qay moq, tortta shirmoy,
anjir, xolva obchiqib kok choyni uramiz. Peshinda kabobxorlik,
kechqurun lagmon deysizmi, postdumba solingan moshkichiri
deysizmi, nima xohlasangiz muhayyo. Kechalari choyxonaga
chiqamiz. Bir jojaxoroz bedanam bor edi desang, ozimam Ismoil
kaldan bir qoyning puliga olgandim. Shuni obketuvdim. Maskovni
manman degan bedanalarini qochirdi. Qaytib kelishimizdan ikki
kun oldin maylis boldi.
Qayerda? dedim ozimni kulgidan zorga tiyib.
Qatta bolardi, Qizil Maydonning ozida boldi- da... Lak-
lak odam. Chinoq ikkalamiz bir chekkaga borib turdik. Shu payt
desang, minbarda turgan kattalardan bittasi yugurib tushib mani
quchoqlab olsa boladimi?
Kim?
Naim sartarosh siyrak kiðriklarini pirpiratdi.
Nima kim?
Sizni quchoqlagan kim edi, deyapman.
Kattalardan bittasi didim-ku! Shundoq quchoqlab u yuzim-
dan-bu yuzimdan opdi. «Iya, kosa, bahay? San bu yoqlarda nima
qilib yuribsan?» deydi. «Mana, Chinoq bilan kep qoldik.
Bosmachilarni qiyratganimiz uchun kamandirimiz oynab keling-
lar, deb yubordi». «Obbo, san-ey, keganingga shuncha bobdi-yu,
nega hovliga otmading, deydi. Kechqurun biznikiga otmasang,
qattiq xafa bolaman, yangangga norin buyurib kelganman», deydi.
«Yoq, shoshib turibman. Boshqa mavrudi kep qolar», dedim.
«Bolmasa mana bu mukopot sanga», deb haligi odam chontagidan
medal chiqarib choponimga taqib qoydi.
Qanaqa medal?
Naim sartarosh, «judayam ezma ekansan-da», degandek
ijirganib aftini burishtirdi.
Qattan bilaman! Bunaqa kerak bolishini bilganimda yoqotib
qoyarmidim. U birpas oylab turdi-da, qoshib qoydi.
Endi, uka, san ozimizning mahallani bolasisan. U yogini ozing
kelishtirib bir yozgin, xopmi?
Bopti, dedim jilmayib.
U kaftini ochib duo qildi.
110
Iloyim omadingni bersin! Sumkasini kotarib uch-tort
qadam nari bordi-da, toxtab ogirilib qaradi. Agar-chi, uka,
shu ish amalga oshib qolsa-chi, har kuni soqolingni ozim op
qoyaman. Tekinga.
Qaysi ish?
Naim sartarosh qaytib keldi.
Iye, halitdan buyon qulogingga tanbur chertdimmi?
Gazetingda mani maqtab chiqarsang, Olim parovozga oxshab
persanalniy pensa oladigan bolsam, soqolingni har kuni ozim
op qoyaman. Eshitdingmi, ogritraasdan olaman.
Men uch-tort kungacha bu gaplarni eslab kulib yurdimu keyin
unutib yubordim. Ammo Naim sartarosh unutmagan ekan. Qaysi
kuni avtobus bekatida meni korib qoldi. Ataylab poylab turgan
ekan shekilli, mahkam ushlab oldi.
Anu narsani yozdingmi-yoqmi? dedi ochiqdan-ochiq
dagdaga bilan.
Yozdim.
Ha, mana, bu boshqa gap. Naim sartaroshning yuzi
yorishib ketdi, Yigit kishining gapi bitta boladi. Qachon chiqadi
endi?
Erta-indin chiqib qolsa kerak. Hozir tekshirishyapti,
dedim nihoyatda xotirjam ohangda. Agar rost bolsa, maqolani
chiqarib sizga personalniy pensiya tayin qilisharkan. Agar notogri
bolsa, sudga berisharkan.
Naim sartarosh bir lahza kozlarini pirpiratib angrayib qoldi.
Labbay! Sotga! Kimni sotga beradi?
Siz bilan meni. Yolgon gapirganingiz uchun sizni, yolgon
yozganim uchun meni. Shunday dedimu burilib ketaverdim.
Bir lahzadan keyin orqadan Naim sartaroshning ingichka ovozi
eshitildi.
Hoy uka, toxtang! Hoy oglim.
Toxtab, burilib qaradim.
Nima gap?
Manga qarang, uka, dedi u entikib. Keling, osha
narsa chiqmasa chiqmay qoya qolsin.
Iya, nega endi?! Men yozib topshirib qoygan maqolani
qaytib ololmayman.
Uch-tort qadam bosgan edim, Naim sartarosh pildirab kelib
yolimni tosdi.
111
Manga qarang, oglim, shu narsani bosdi-bosdi qilib
yuborsangiz-chi, har kuni soqolingizni ikki martadan op
qoyaman. Shundoq qiling, jon uka.
Iya, nega axir? Persanalniy pensiya olsangiz yomonmi?
Xop deng, jon uka. Och qornim, tinch qulogim. Shu
ishni tinchitib yuboring. Man sozimning ustidan chiqadigan
odamman. Aytdim-ku, har kuni ikki martadan soqolingizni olib
qoyaman. Uyingizga borib olaman.
Men juda qiyin muammo roparasida qolgan odamday,
yelkamni qisdim.
Mayli, bir urinib koraman. Ammo bu juda mushkul ish-da...
Sartarosh osha kuni meni uyimgacha kuzatib qoydi. Kuzatib
qoydi-yu, baribir tinchimadi. Kechasi allamahalda eshik taqillab
qoldi. Chiqsam, sartarosh qiyiqchaga orogliq bir narsani kotarib
turibdi.
Nima bu? dedim hayron bolib.
Issigida yeb ola qoling! U tugunchani uzatdi. Mosh-
kichiri. Oz qolim bilan pishirdim.
E, Moskvadagi moshkichiridan deng?
Moskovni moshkichirisi qatta endi, uka! Unga qora
qochqorning postdumbasi solinardi. Bunisining mazasi yoqroq.
Shundoq bolsayam, ilindim. Oling, qolim qaytmasin.
Mayli, sazasi olmasin deb sartaroshning sovgasini oldim.
Ichkariga kirib qiyiqchani ochsam, ustiga kok piyoz sepilgan
moshkichiri. Insof bilan aytganda qoyilmaqom qilib pishiribdi.
Uch-tort qoshiq olgan ham edimki, oyim kirib qoldi.
Nima bu? dedi hayron bolib.
Iljaydim.
Pora!
Onam yonimdagi stulga otirib qoldi.
Nima?
Kulib yubordim.
Pora! Naim sartarosh pora obkepti.
Oyim goh menga, goh «garimdori» nusxali kosaga qarab birdan
rangi ochdi.
Endi shu hunarni organdingmi? dedi rostakamiga ranjib.
Adang senga pora yeyishni orgatgan emasdilar shekilli.
Qarasam oyim chindan ham xafa boladigan. Ishtaham
bogildi. Kosani nari surdim. Oyim jirkangandek, qiyiqchani ikki
112
barmogi orasida qisib ushladi-da, ayvonga opchiqib tashladi. osha
yoqdan allanima deb oziga-ozi gapirgani eshitildi... Biroq Naim
sartaroshning porasi bari bir zimmamda turibdi. U haliyam
kosasini olib ketgani yoq. Shunga qaramay, eshitishimcha, endi
choyxonada Olim paravoz undoq, Hakim naynov bundoq, menam
persanalniy pensiya olishim kerak, degan gaplarni aytmaydigan
bolibdi.
OLTIN BALDOQ
Odamda, harchand uringani bilan ozgartirolmaydigan galati
fe1-atvorlar boladi. Mening ham qiziq odatim bor: birovni
ranjitib qoysam (adolatli xafa qilgan bolsam ham) osha odamdan
koproq ozimning dilim vayron bolib yuradi. Bu odat onamdan
yuqqan shekilli.
Oyim bizlarga hech qattiq gapirmas, mabodo xafa qilib qoysa
birpasdan keyin ozi yalinar edi. Faqat bir marta meni qargagan,
yomon qargagan. Oshanda ayb kimda bolganini hali ham
bilmayman.
Bahor kirib, oftobning iliq nurlari yelkani qizitadigan bolib
qolgan kunlar edi. Bodom tagida otirib varrak yasashga tushdim.
Orikning yelimi qogozga yopishsa qamishga yopishmaydi,
qamishga yopishsa qogozga... Burnimni tortib-tortib urinib
yotibman. Oyim nariroqda, tagiga postak tashlab, kir yuvyapti.
Dadam «kambagalbop kiyim» deb aka-ukalarga chiyduxoba shim
olib bergan. Chiyduxoba asli yaxshi narsa-yu, chillak
oynagandami, koptok tepgandami, bir dumalasang, ora-orasiga
loy kirib ketishi yomon. Uch kunda bir yuvaverib, onamning esi
ketadi. (Xuddi shu chiybaxmal zamonlar otishi bilan butun
Yevropaga moda bolishini dadam xayoliga ham keltirmagan bolsa
kerak. Uning uchun chiyduxoba «kambagalbop kiyim» edi, xolos.)
Xullas, oyim unisini olib bunisini qoyib, shimlarni yuvar, har
siltab ishqaganda jomashovdan kopik sachrar, atrofni sovun hidi
tutib ketgan edi. Uning roparasida Sepkilli xola tonkarilgan
paqir ustida otirardi.
Sepkilli xolani yomon koraman. Ozinimas, qizini. «Saini
senga beraman, olsang ham olasan, olmasang ham, deydi,
olmasang tugun-tersagi bilan uyingga opchiqib tashlayman,
kichkinaligingda qulogini tishlagansan», deydi. Saini qulogini
113
tishlagandan kora kuchugimning qulogini tishlayman. Saida
yomon: ogil boladan battar. Lanka tepayotganda bir urib Toy-
ning burnini qonatgan.
Sepkilli xola tonkarilgan paqir ustida otirib nuqul hasrat
qilar edi:
Kechasi bilan tishim olgur shundoq ogridi, shundoq
ogridi, jonimni qoyishga joy topolmadim. U sepkil bosgan
lunjini silab qoydi.
Isiriq damlab chayqamadingizmi? deb maslahat berdi
oyim hamon engashib kirni gijimlar ekan.
E, hammasini qildim! Sepkilli xola yana inqilladi.
Achchiqtoshgayam gargara qildim. Qani bosilsa!
Ikkovlari bir zum jimib qolishdi.
Uff! Isib ketdim! Oyim kopikli qolini sidirib, yoqasi
bogiq torkoylagini yechdi-da, chekkaga tashladi.
Olmagan qul, bahorgayam chiqdik. Sepkilli xola
xorsindi. Shu yil kuzda Hakimimning boshini ikkita qilib
qoysak degandik. Toy qilish osonmi? Hali unisi yetmaydi, hali
bunisi... Otasining ahvoli bu bolsa...
Sepkilli xola eridan kop shikoyat qilardi. Chindan ham Isroil
moylov kop ichadi. Ishining tayini yoq. Buning ustiga ichib
oldimi, tamom, uy ichini tiriqtirib quvadi. Sepkilli xola kopincha
Saidani dikonglatib biznikiga qochib chiqadi. Yarim kechada,
eri uxlaganidan keyin sekin uyiga chiqib ketadi.
Hakimjon hali yosh-ku, dedi oyim oychanlik bilan.
Bu yil bolmasa, yanagi yilga bolar toyi...
Shundoq deysizu quda tomon shoshiryapti. Sepkilli xola
yana inqilladi. Shu olgurni oldirib tashlab qutulaman shekilli.
Kecha dadasiga tish qoydirsammikan, desam, otangni xumga
komib qoygan tillalarini olib kelib qoydiraver, deydi...
Hayronman, bisotimdagi bitta bilaguzugimni beraman shekilli.
Ogzimni oradek ochib yursam uyat bolar.
...Varragimni yelimlab bolib, endi qamishini tortib boglagan
edim, qars etib sindi. Qamish sinsa mayli-ya, qogozniyam yirtib
yubordi. ozim katta akamga yalinib-yalinib arang olgan edim.
Tamom, hammasi tamom boldi. Alamimdan yiglab yuboray
dedim. Varrakni bir tepgan edim, yerga yopishib qoldi.
Ha? dedi Sepkilli xola. Nima qildi, kuyov bola?
Sindi.
114
Akangga ayt, boshqasini yasab bera qolsin.
Yasaydi-ya, yasaydi! Mendan boshqa ishi yoqmi? Maktabdan
beri kelmaydi-ku. Alam bilan varrakni yana bir tepdim-da,
kochaga chiqib ketdim. Shu ketgancha, kun botganda qaytib
keldim. Hovlidagi arqonda qator qilib ilingan shimlar, koylaklar...
Bir chekkada bizning «qushim boshi» oynaganda loyga
qorishaverib, unniqib ketgan doppi ham qiyshayib turibdi. Oyim
nimqorongida bodom tagida timirskilanib yuribdi.
Olsin, echkiyam sogilmadi, dedi meni korib. Yur,
ushlab tur.
Echkimiz yuvosh bolgani bilan bazan «jini» tutib qolar, sogib
bolguncha tiðirchilab, odamni bezor qilardi. Shunda kichik
akammi, menmi birontamiz chonqayib uning orqa oyoqlaridan
mahkam ushlab turishga majbur bolardik. Hech ham
yoqmaydigan bu mashgulot bugun mening zimmamga tushishini
bilib, qochib qolishni moljallab turgan edim, oyimning jahli chiqib
ketdi:
Sen qachon odam bolasan, zumrasha! Yoshing toqqizga
chiqibdi-yu, kochada shataloq otishdan beri kelmaysan! Hech
foydang tegmasin, xopmi!
Toqqizdamas, sakkizda, dedim chiyillab.
Ochir ovozingni! Oyim bir dagdaga qilgan edi, istar-
istamas borib echkining oyogidan ushladim.
Echki bari bir echki-da! Pitir-pitir qilgani ham mayli-yu, oyim
sogayotganida, iyib ketsa qiladigan xunuk «qiligi» bor. Keyin
yarim soat koylakning oldini tozalashga togri keladi...
Oyim naridan-beri ishini tugatdi-da, buyurdi:
Yechib yubor anovi savillarni!
Uloqchalarni arqondan boshatishim bilan ikkalasi dikonglab
onasining yeliniga yopishdi. Oyim bolsa sutni tovoqlarga soldi-
da, yana bodom tagida timirskilanib bir nimani qidira boshladi.
Nimani qidiryapsiz? dedim yaqin borib.
Boya urishgani uchun ozi achinib turgan ekan shekilli,
yelkamga qoqdi.
Hech nima. Bor, ovqatingni ye, qorning ochib qolgandir.
Keyin birdan qaddini rostladi-yu xitob qildi. Voy, qayoqdan
kun chiqdi?! Assalomu alaykum!»
Ogirilib qaradimu uch-tort qadam narida turgan ammamga
kozim tushdi. Oyim mehmonni kormay qolganidan xijolat chekib
115
quchoq ochib korishdi. Ammam juda chiroyli, yuzida xoli bor,
qosh-kozi chaqmoqdek xotin. Ammo juda shaddod. Har gapini
xuddi mix qoqqandek tarsillatib gapiradi. Oyim undan qorqadi.
Kelganda hurmatini joyiga qoymasin-chi, ozini qayerda
korarkan.
Ha? dedi ammam yogon tovushda. Torvasini
yoqotgan gadoydek talmovsirab qopsiz, kelinposhsha?!
Yoq, opa, ozim... Oyim chaynalib qoldi. Ziragim
olgurning bir poyi tushib qopti. Haligina qulogimda turuvdi.
Qarasam, oyimning ong qulogidagi ziragi yoq. Oyim
kattakon oltin oybaldogini juda avaylar, qaynonamdan qolgan
yodgorlik, deb maqtanib yurardi.
Mayli, topilib qolar, dedi u sekingina. Shu yerga
tushgan bolsa qayoqqa ketardi.
Hmm! Ammam shunday tahdidli bosh chayqadiki,
qorongi bolsa ham qoshi chimirilib ketganini aniq kordim.
Ketsa, boydan ketibdi, deng! Belingiz qayishib topmaganingizdan
keyin joningiz achimaydi-da, kelinposhsha!
Ammam qolidagi tugunni menga tutqazib, ozi ham maxsili
kalishining uchi bilan yerni titkilay boshladi.
Qoying, opajon, oyim uning yelkasiga ohista kaftini
qoydi. Yuring uyga, hali-zamon ukangiz kelib qoladilar.
Ozi shunaqa boladi, dedi ammam yerdan bosh
kotarmay. Ot topadi, eshak yeydi! Keyin birdan qaddini
rostladi-da, oyimning koziga tikilib soradi. Kim kirgan edi
oldingizga?
Hech kim. Oyim bir zum talmovsirab turdi-da, sekin
qoshib qoydi. Hali peshinda Sharopat opa keluvdi. Shu...
Sharapatmi? Ammam «tushunarli» degandek istehzo
bilan labini burdi. Bopti, omin oblohu akbar!
Hali oyimning oldida paqir tonkarib otirgan Sepkilli xola
koz ongimga keldi.
Qoying, dedi oyim yalingudek bolib. Bechorani unaqa
demang. Bir poy zirakni nima qiladi?
Pishirib yeydi! Ammam jahl bilan qol siltadi. Qoli
egriligini bilasiz, olasizmi ehtiyot bolsangiz?
Yoge, dedi oyim yana mingillab. Bir poy zirakni
nima qiladi?
Yana gapiradi-ya! Ammamning ovozi tahdidli ohangda
116
balandladi. Mana shu bir poy zirak qancha turishini bilasizmi?
dedi oyimning chap qulogidagi oybaldoqni barmogi bilan
nuqib. Ozi-ku toyga borsa, qoliga ilingan narsani tuguniga
tiqadi.
Oyim nima qilarini bilmay, javdirab qoldi. Dadam ikkalasi
Sepkilli xolaning galati qiliqlarini gaplashishganini eshitganman.
Toylarda laganmi, piyolami yoqolsa Sepkilli xolaning uyidan
topishar, xola «esidan chiqib» uyga olib ketgan bolardi. Hozir
shuni esladimu goh oyimga, goh ammamga qarab qoldim. Sepkilli
xolani juda yomon korib ketdim.
Ukangiz eshitmay qoya qolsinlar. Oyim yana yalindi.
Topilib qolar.
Gorni topiladi! Ammam qandaydir golibona qiyofada
uy tomon yurdi. Ketidan kuymangancha oyim ham ergashdi.
Ertasiga ertalab tursam, oyim yana bodom tagini sinchiklab
kozdan kechiryapti. Kechasi bilan uxlamagan shekilli, kozlari
qovjiragan... Men ham yordamlashdim. Biroq oybaldoq ertasiga
ham, indiniga ham topilmadi. Oyim dadam bilmasligi uchun
zirakning ikkinchi poyini ham imi-jimida allaqayerga yashirib
qoya qoldi.
... Ehtimol, oradan ikki oycha otib Sepkilli xola tilla tish
qoydirmaganida, buning ustiga xuddi osha kuni ammam yana kelib
qolmaganida, zirak ham, bu gaplar ham unutilib ketgan bolardi.
Ayni yoz chillasida ammam tagin keldi. Yoz chillasi ekani
shuning uchun yodimda qolganki, osha kuni ammam ikki bosh
chillaki uzum olib keldi. Shaharda turishsa ham ularnikida tok
bor edi. Akalarim bilan bir gujum-bir gujumdan talashib yedik.
Qishloqni bilasiz, birovnikiga mehmon kelsa, albatta qoshnilar
chiqadi. Osha oqshom birinchi bolib Sepkilli xola chiqdi.
Ammam bilan aylanib-orgilib korishdi. Keyin oyimga yuzlandi.
Yarashibdimi? U ustki labini barmogi bilan sal kotargan
edi, ikkita oltin tish yaraqlab ketdi.
Tishlar uning sargish yuziga juda yarashgan, hatto sepkili
ham bilinmay ketgan edi.
Yarashibdi, dedi oyim sekingina. Bilaguzugingizni
berdingizmi?
Sepkilli xola negadir qizardi.
Voy, yoq, dedi koylagining yengini shimarib.
Mana! Dadasi aytdilar. «Bermagin, keliningga kormana
117
qilasan», dedilar. U tilla tishini korsatish uchun bolsa
kerak labini buribroq jilmaydi. Ancha insof kirib qoldi dadasiga.
Hakimjonning toyini tezlatib yubordik, ovsinjon! Xudo xohlasa,
kuzda qars-badabang bazm qilamiz.
Asil tilla ekan! dedi ammam achitib. Buyursin ishqilib!
Sepkilli xola xursand, oyim nimadandir bezovta, ammam
bolsa chimirilib otirardi.
Ertalab choyni biznikida icha qoling, deb taklif qildi
Sepkilli xola.
Yog-a, men saharlab ketishim kerak! ammam yuzini
ogirdi.
Biroq u ertalab ketmagan ekan. Ammamning qattiq-qattiq
gapirishidan uygonib ketdim.
Birovning molidan hazar qilmagan noinsof! Hech bolmasa
qoshniligingni oylamaysanmi! Tish yasatish uyoqda tursin, ming
koyga solsayam, onaginamdan qolgan molni taniyman.
E, bunaqalarda insof nima qiladi! Bu onamning ovozi
emasdi. Korpaning bir chetidan oralasam, mahallaning otin
xolasi semiz xotin. Qaysi kuni Inoy choloqning yil oshisida
ikkita choynak yoqoldi, dedi u hasrat qilib.
Shundan boshqa it ham olmaydi, deb ochoqboshisiga
kirsam, turibdi. Tumshugidagi chegasidan tanidim. «Ha?» desam,
«Adashib kirib qolgandir-da», deydi. Ha, yer yutgur, choynakning
oyogi bor ekanmi, senikiga ozidan-ozi adashib kiradigan!
Tagin erini maqtaganiga olaymi? Insof kirib qolgan emish!
Ammam jahl bilan qolini musht qilib, xontaxtaga botirgan
edi, barmoqlari shiqirlab ketdi. Olganda insof kiradi, osha
bangi moylovga.
Oyim choy kotarib kirdi.
Qoyinglar endi, dedi iltijoli ohangda. Olgan bolsa
olgandir. Birovning qolidan tutmagandan keyin nima deysiz?
Mayli, mingdan-ming roziman.
Siz unaqa boyvachchalik qilraang, kelinposhsha! dedi
ammam shaxt bilan. Bolangizni kiyintiring. Ozingiz ham
otlanib darrov oldimga tushing!
Oyim choynakni xontaxtaga qoyarkan, goh ammamga, goh
otin xolaga hayron bolib qaradi.
Qayoqqa?
Ochiq mozorga! Ammam hammasiga oyim aybdordek
118
piching qildi. Mahallamizda folbin bor. Suf desa, ariqdagi suv
teskari oqadi. Oshanga oboraman. Mana, otin ham guvoh
boladilar, qaytarma qildiramiz. Qani, boyniga olmay korsin-
chi.
Oyim boshini quyi solgancha turib qoldi. Chamasi ikkila-
nar edi.
Endi, dedi chaynalib, kozdek qoshni bolsak...
Ho-o! Ammam ornidan turib ketdi. Beli
ogrimaganning non yeyishini tomosha qilinglar! Onaginamdan
qolgan bitta-yu bitta yodgorlik yoq bolib ketaverarkanu
qoshningizga joningiz achib qoldimi? Mening sovunimga kir
yuvmabsiz hali. Haq joyida qaror topmaguncha, qoymayman.
U menga ogirildi-da, ovozini muloyimlatdi. Mana, bola
bilan fol ochadi. Norasta bola rostini aytadi. Borasanmi?
Ornimdan irgishlab turib ketdim.
Boraman! Boraman! dedim baqirib.
Bolmasa-chi, ammamnikiga borsak, tramvayga tushamiz!
Maza qilib uzum yeyman!
Choy ichib bolgandan keyin, ammam, oyim, otin xola, men
tortovlashib yolga chiqdik. Beshyogochga yetib borsak, boldi.
U yogiga tramvayga otiramizu jiring-jiring qilib ketaveramiz.
Maza!
Mazalikka mazaku-ya, biroq Beshyogochga yetib olguncha
ancha gap bor-da! Dombrobodga chiqishimiz bilanoq botinkam
oyogimni siqa boshladi. Yechib, qolimga olvoldim. Yozning
tong pallasida yalangoyoq tuproq kechib yurishning zavqi
boshqacha boladi. Undek mayin, salqin tuproq barmoqlaringiz
orasidan bilq-bilq otilib chiqadi. Ketaverasiz, ketaverasiz, hecham
charchamaysiz.
Laylaktepadan otib Qozirobodga borganda qaynama buloqdan
muzday tiniq suv ichdik. Keyin Chilonzor keldi. Yolning
shundoqqina boyida oqish yaprogini chang bosgan, tikanlari
«tish qayrab» turgan chakalakzor chilon jiydalar (shuning uchun
bu yerni Chilonzor deyiladi). Yolning ikki chetida nok kop
nashvati nok, tosh nok, gulobi nok. Nok hali pishmagan. Faqat
tagidan otayotganingizda tuproqqa tokilgan bargi tovoningizga
yopishib, gashni keltiradi.
«Siymonkoprik»dan otishning ozi bir tomosha. Terak boyi
chuqurlikda suv qorayib oqadi. Moralasangiz boshingiz aylanadi.
119
Oyim koprik chetiga borishga qoymaydi: suv chaqirarmish, odam
ozidan ozi tushib ketarmish... Koprik ortasidan ot-aravalar,
eshak-aravalar qatorlashib otadi. Bir tomondagisi otguncha
ikkinchi tomondagisi poylab turadi. Aravakashlar sokingan,
eshaklar hangragan, ogzidan tupugi osilgan, ustiga qop-qop
somon togdek uyuilgan tuyalar ham otib qoladi. Shu koprikdan
otilsa, tramvayning giyqillagani eshitilib turadi uyogi
Beshyogoch.
... Ammam aytgan folbinni xuddi Acha xolamga oxshagan
loli bolsa kerak, deb oylagandim. Yoq, boshqacha ekan.
Tramvaydan tushgandan keyin ikki tomonidagi devorlardan
pishgan oriklar moralab turgan jinkochalardan otdik. Keyin
gulsafsarlar osib yotgan allaqanday zahkash, katalakdek hovliga
kirib qoldik. Yertola soyasida yotgan kuchukni korib, toxtab
qoldim. Xuddi ozimning gurji kuchugimga oxshash kichkina,
faqat qora emas, oppoq ekan. Negadir akillamadi ham.
Torttovlashib ayvonga chiqdik. Oppoq romol oragan, keng
yengli koylak kiygan yumshoqqina kampir kulimsirab qarshi oldi.
Shu xotinning folbin ekaniga ishongim kelmasdi.
Aynovniy, dedi u yuzimdan opib. Muncha shirin bu
bola!
Ayvon vassajuftiga torqovoq ilingan, torqovoqdagi bedana
sayramas, ammo hadeb sakrar, har sakraganda sholcha ustiga
allaqanday don tokilar edi. Bedanani tomosha qilib otirarkan-
man, ammam bolgan voqeani tushuntirib berdi.
Yuringlar, dedi kampir ornidan turib. Keyin mening
yelkamga qoqdi.
Sen ham yur, shirin bola.
Hammamiz birgalashib devori xomsuvoq qilingan, pastak
tokchalariga barkashlar, allaqanday arabcha kitoblar taxlab
qoyilgan nimqorongi xonaga kirdik. Kampir indamay chiqib
ketdi. Ammam, oyim, otin xola, men hammamiz shaparak
korpachaga tizilishib otirdik. Bir mahal kampir bir qolida
kattakon chinni kosa, bir qolida choyshabga oxshash oq mato
kotarib kirdi.
Sen bunday otir, shirin bola, dedi menga imo qilib.
Xonaning ortasiga meni otqazib qoydi. Oyogingni uzatib
otir. Yoq, oyogingni ochibroq otir.
Kampir aytgandek qilib otirgan edim, u oyogimning orasiga
120
kosani qoydi. Qarasam, kosa tola suv.
Suvga qarab otir, dedi u muloyimlik bilan. Men
duo oqiyman, sen kozingga kim korinsa oshani aytasan.
Shunday dedi-yu ustimga choyshabni yopdi. Bir zumda
hammayoqni zulmat qopladi. Kampir men tushunmaydigan
allanimalarni gapira boshladi. Birpasda damim qaytib ketdi.
Yuragimni vahima bosdi.
Oyi-i-! dedim yiglamsirab.
Kimdir yelkamga turtdi:
Jim otir, oying qochib ketgani yoq.
Ammamning zardali ovozini eshitib, damim ichimga tushib
ketdi. Kozim endi gira-shira kora boshladi. Biroq, kosada xira
yaltirab turgan suvdan boshqa narsa korinmas edi. Kampir hamon
bir ohangda allanimalar der, koz ongimda xira yiltirayotgan
suvdan bolak narsa korinmas edi. Oradan ancha otdi.
Qimirlamay otirganim uchun boynim, oyogim ogriy boshladi.
Meni shuncha azobga qoldirgan ammamni ham, Sepkilli xolani
ham yomon korib ketdim. Sepkilli xola oyimning ziragini
ogirlamaganida hozir maza qilib oynab yurgan bolardim.
Shularni oylab otiraverdim, otiraverdim... Bir mahal qarasam,
suv ichida Sepkilli xola moralab turibdi. Nuqul kuladi. Hatto
yuqori labi ostidagi ikkita tilla tishigacha aniq kordim. Jonholatda
baqirib yubordim:
Sepkilli xola! Ana, Sepkilli xola!
Birpasda ustimdagi choyshabni olishdi. Qorqqanimdanmi,
nafasim qaytgani uchunmi, terlab ketgandim.
Gumoningiz togri ekan, dedi folbin kampir oyimga
emas, ammamga qarab. Xudo xohlasa, olgan molini qaytarib
beradi, eshonoyi!
Ana, aytmadimmi! ammam golibona qiyofada
atrofidagilarga birma-bir qarab chiqdi. Borib itning kunini
boshiga solmasam yurgan ekanman!
Osha kuni ammamnikida yotib qoldik. U ozi aytganidek,
ertasiga Sepkilli xolaning boshiga «itning kunini soldi». Uch xotin
meniyam yetaklab qoshninikiga chiqishdi. Sepkilli xola supaga
boyra yozib paxta savab otirgan ekan. Savagichni har urganda
gup-gup etgan tovush chiqadi, chang kotariladi. Eshikdan kirib
kelayotgan mehmonlarni korib, savagichni ushlagancha dik etib
ornidan turdi. Endi korishmoqchi bolib quchogini yozgan edi,
121
ammam bobillab berdi:
Birovning moliga tish qoydiradigan haromxor bilan
korishmayman!
Sepkilli xola qolidagi savagichni osiltirgancha talmovsirab
qoldi.
Bu... bu nima deganingiz, eshonoyi? dedi rangi ochib.
Bu deganim shuki, ogirlagan narsangizni joyiga qoying!
Sepkilli xolaning rangi battar ochib ketdi.
Nimani ogirlabman? dedi ovozi qaltirab. Ayting,
nimani olibman?
E qoying-e! ammam jahl bilan qol siltadi.
Kelinimning ziragidan tish yasatib olib, tagin ozini gollikka
solib otiribdi. U otin xolaga yuzlandi. Mana, guvoh!
Norasida bola bilan fol ochirdim. Aniq-taniq sizni aytdi.
Voy olmasam! Sepkilli xolaning qolidan tayogi tushib
ketdi. Bu qanaqa tuhmat! dedi yigi aralash. Keyin oyimga
yuzlandi.
Uyalmaysizmi, ovsin poshsha! Mana, ne niyatda otiribman.
Agar ninangizga tekkan bolsam, niyatimga yetmay! Keyingi
sozlar uning bogizidan yigi aralash otilib chiqdi. Tortta
bolamning oligini ustida otiray, xopmi!
Voy, ovsinjon, voy gapingiz qursin! dedi oyim ovozi
titrab. Qaytib oling gapingizni! Olgan bolsangiz ham
mingdanming roziman!
E, yana, gapiradi-ya! Boyvuchcha bolmay tusingni yel
yesin! Ammam shahd bilan burildi-da, nari ketdi. Darvoza
oldiga borganida orqasiga qayrilib qaradi. Yaxshisi boynin-
gizga oling, bolmasa, qiyomatda azobini tortasiz!
Zum otmay ammam bilan otin xola chiqib ketishdi. Sepkilli
xola hamon piqillab yiglar, oyim supa oldida boshini xam
qilgancha mungayib turar edi.
Iloyo tuhmat qilgan tuhmat balosiga uchrasin! dedi
Sepkilli xola yiglab. Iloyo niyatiga yetmasin!
Qoying, ovsinjon. Oyimning ozi ham yiglab yuboray
deb turardi. Xudoyo osha bir poy zirak olsin! Konglingizga
olmang, jon ovsinjon!
Tuhmat balosiga uchramasa, rozimasman! Sepkilli xola
shunday dedi-yu yiglagancha uyiga kirib ketdi.
Oyim bir zum supa oldida turdi-turdi-da, birdan menga
122
oshqirdi:
Nimaga serrayib turibsan? Yoqol kozimdan, juvonmarg!
Yomon boldi. Osha kundan boshlab Sepkilli xola oyim bilan
yuzkormas bolib ketdi. Ammo eng yomoni yana ikki oycha
otgach, salqin tushgan kunlardan biri-da boldi.
Osha kuni maktabdan qaytsam, oyim sandiq ustiga muk tushib
otiribdi. Issiq kiyimlarni sandiqdan olgan shekilli, uy ichini kuya
dorining hidi tutib ketgan, bumazi koylaklar, choponlar,
quloqchinining iði uzilgan telpaklar yer bilan bitta bolib yotibdi.
Yiglayverib, oyimning kozlari shishib ketgan. Dadam urgan bolsa
kerak, deb qorqib ketdim. Sekin oldiga keldim. U bolsa qayrilib
qaramadi. Qolidan ushlagan edim, oyim ilon chaqqandek qolini
tortib oldi.
Sen bolani yer yutsa bolmasmidi! dedi gazabdan kozi
yonib. Shu kuningdan kora olib qoya qolsang bolmasmidi,
yer yutkur!
Oyim hech qachon bunaqa qargamagani uchunmi, yiglab
yuboray dedim.
Ammo shuncha yomon gapni tosatdan eshitganimga karaxt
bolib qolgan edim.
Oshanda nega unaqa deding, boyginang lahatda chirigur!
dedi u yana dagdaga bilan.
Qachon? Nima dedim?
Folbinnikida, gorsoxta, folbinnikida! Oyim ovozi
boricha chinqirdi. Nega Sepkilli xolamni kordim, deding?
Nima qilay? dedim alamdan chiyillab. Kozimga
koringanini aytdim-da!
Mana-ku, kozginang teshilgur, mana-ku! Oyim
kaftidagi allanimani yerga uloqtirdi. Oltin baldoq yerga tushib
jiringlab sakrab ketdi.
Torkoylagimga ilijnib qolgan ekan-ku! Yoqot, kozimdan
yoqot! Bir begunohga tuhmat qilgandan kora olganim
yaxshimasmi! U birdan meni quchoqlab, yuzimni yuziga
bosgancha hiqillab qoldi. Endi nima qilamiz, jon bolam!
Oyimning koz yoshi birpasda yuzimni jiqqa suv qilib yubordi.
Nima qilamiz, oglim! Bu sharmandalikka qandoq
chidayman, ogiljonim! Oyim madori qurigandek, sandiq ustiga
muk tushib qoldi.
Oradan kop otmay toy boldi. Sepkilli xola oyimni toyga
123
aytmadi. Biroq oyim bir togora qushtili pishirdi. Hech nima
bolmagandek, toyxonaga chiqdi-yu yelib-yugurib xizmat qilib
ketaverdi. Kechqurun hovlining ortasida tonka qoyib gulxan
yoqishdi. Sepkilli xolaning oziga oxshab ketadigan sargish yuzli
Hakim akaga ton kiygizib, salla oratishdi, gulxan atrofini uch
marta aylantirishdi, karnay-surnay chalindi... Uy ichida ayollar,
Zebi xola dutor chertgan, xotinlar tortishmachoq qilgan... Xoja,
Toy, Vali, men tortovlashib tortishmachoq bilan ovora bolib
turgan xotinlar orasiga shongiymizu chontakni shirinlikka
toldirib chiqamiz... Keyin toyxonaning qorongi burchaklarida
rosa bekinmachoq oynadik. Osha kuni kech yotgan bolsam
ham juda erta uygondim. Endi tong otgan ekan. Qarasam, uyda
hech kim yoq. Demak, toyxonaga chiqishgan.
Men ham yuzimni «mushuk yuvish» qildimu osha yoqqa
chopdim. Bolmasa-chi, hozir «kelin salom» boladi-da.
Xayriyat, «kelin salom»ga kech qolmabman. Hovli betkayida
Sepkilli xolaning qarindosh-uruglari, toyda xizmat qilganlar
toplanib turishibdi. Erkaklar kam, xotinlar kop. Faqat oyim
korinmaydi. Hovli etagidagi tonkarib qoyilgan qozon orqasida
golaga minib otirgan Valini korib, imlab chaqirdim.
Bir mahal otin xola (Sepkilli xolaning qoli egriligidan shikoyat
qilgan, biz bilan folbinnikiga borgan xuddi osha semiz otin xola)
oq sholromol yopingan, atlas koylagi ustidan oldiga uqa tutilgan
nimcha kiygan kelinchakni yetaklab ostonaga olib chiqdi. Parda
orqasidan kelinning yuzi yaxshi korinmas edi. Biroq yaqinroqda
turgan notanish xotinning kozi otkir ekan.
Vuy, muncha chiroyli! dedi qattiq shivirlab. Bir qoshiq
suv bilan yutgudek-a!
Baxti bor ekan sariq mashakni! dedi boshqasi unga
javoban.
Otin xola bir tomoq qirib oldi-da, ovozi boricha baqirdi:
Assalomu alaykum, kelin salo-o-om!
Kelinchak ohista bosh egdi. Hovlidagilar chekka- chekkadan
maqullab javob qilishdi:
Baraka topsin!
Rahmat.
Qoshgani bilan qosha qarisin.
Otin xola yana bir marta tomoq qirib, ovozini sozlab oldi-da,
boyagidan ham balandroq hayqirdi:
124
Assalomu alaykum, kelin salo-o-o-m!
Karmonni katta ochgan.
Ayamay pulni sochgan.
Qorinlari qopday.
Moylovlari shopday.
Qaynotasiga salo-o-m!
Odamlar chekka-chekkadan kulib yuborishdi. Isroil moylov
hovli etagidagi xonadan karnayga oxshatib oralgan kattakon
namatni qoltiqlab chiqdi. Hovli ortasidan pishillab otdi-da,
namatni oborib kelinning oyogi tagiga qoydi. Moylovini
golibona qiyofada bir buragan edi, xotinlar qiy-chuv solib kulib
yuborishdi. Isroil moylov uvali-juvali bolinglar, deb fotiha oqidi.
Otin xola yana bir tomoq qirib oldi:
Assalomu alaykum, kelin salo-o-o-om!
Tili bilan teng aylanadigan.
Xizmatiga shaylanadigan.
Toydan quruq qaytmaydigan.
So zlari moyday, yuzlari oyday.
Qaynonasiga salo-o-m!
Yana qahqaha kotarildi. Sepkilli xola qizarib-bozarib,
odamlar orasidan otdi-da, kelin tomonga talpindi. Qolidagi bir
dasta chinni kosani kelinning boshiga qoydi.
Otin xola tagin davom etdi.
Assalomu alaykum, kelin salo-o-o-m!
Dutorini sayratgan.
Dilimizni yayratgan.
Zebi opaga salo-o-m!
Zebi xola erkakcha yurish qilib yaqin borgan edi, ichkaridan
tugun olib chiqishdi. Zebi xola tugunni olarkan, kelinning yelkasiga
qoqdi.
Baxtli bolgin, qizim!
Otin xola u yoq-bu yoqqa qarab oldi-da, davom etdi.
Assalomu alaykum, kelin salo-o-om! Biri biridan shirin,
biri-biridan asal qaynsingillariga salo-o-om!
Hakim akaning ukasi yoq, uchta singlisi bor edi. Uchovlari
ikkita-ikkitadan piyola kotarib qatorlashib borishdi. Biriga atir,
125
biriga sochiq, eng kichkina Saidaga romolcha tegdi...
Otin xola kelinning romolini onglab qoydi-da, tagin yangi
kuch bilan hayqirdi:
Assalomu alaykum, kelin salo-o-om! Oyogi olti, qoli yetti
bolib xizmat qilgan, kelinning qolidan ishini oladigan, ogziga
oshini soladigan yon qoshnijon qoshnilarga salo-o-o-om!
Oyim shu yerda ekanini endi payqadim. U odamlar orasidan
rangi ochibroq otdi-da, qandaydir, ishonchsiz qadamlar bilan
kelin tomonga yura boshladi. Hatto ostona oldiga borganda bir
qalqib ketgandek boldi. Qolida hech nima yoq edi. Biroq sekin-
sekin zinadan kotarildi-yu, kelinning yuzidagi pardani qiya ochdi.
Hovlidagi xotinlar pichir-pichirga tushib qolishdi.
Nima qilyaptilar?
Voy, olmasam!
Otin xolaning ham gashi keldi shekilli, dashnom berdi:
Nomahramlar bor-a, poshsha!
Toxtang, dedi oyim negadir ovozi titrab.
Shosha-pisha kelinning qulogidagi ziraklarni yecha boshladi.
Ushlang buni! dedi sirgalarni kelinning qoliga tutqazib.
Keyin ozining nimchasiga qo1 soldiyu kattakon oltin oybaldogini
chiqardi. Qollari titragancha ikkalasini kelinning ikki qulogiga
taqdi.
Niyat qilgandim, dedi oyim otin xolaga qarab. Shuni
niyat qilib qoyuvdim. Shunday dedi-yu sekin egilib, kelinning
peshonasidan opdi.
Iloyo qosha qaringlar!
Oybaldoq shol romol tagidan ham yaraqlab korinib turar,
kelinning husniga husn qoshib yuborgandek edi. Chekka-
chekkadagi xotinlarning hayratli xitobi eshitildi:
Vuy-y-y-y!
Asl tillamikan?
Nima, qalbakisini qilib esini yebdimi?
Mana bundoq qoshnilar boladi jahonda!
Bir zum gangib qolgan otin xola ovozi boricha hayqirdi:
Qilichdek ogillarni ostirgan, toyda yelib-yugurgan, oy
desa, oydek, Xotam Toydek poshsha opasiga salo-o-m!
Oyim odamlar orasidan turtinib otdi-da, chekkaga chiqdi.
Shundagina kelin tomonga ogirilib, mamnun jilmaydi... Uning
kozida yosh bor edi.
126
ORIS BOLANING OYISI
Shanba kuni mashinani darvoza oldiga olib chiqishim bilan
motor ochib qoldi. Generator tok beryapti, benzin nasosi
ishlayapti. Tavakkal qilib karbyuratorni kavlashtirishga tushdim.
Ochishga ochdimu bemorning qornini yorib qoyib, u yogiga
nima qilishini bilmagan nonoq jarrohdek dovdirab qoldim.
Mushtdek apparat ichida shuncha murvat borligini bilmagan
ekanman. Hammasini qandoq bolsa shundoqligicha joy-joyiga
qoyib chiqqan edim, yana allaqancha vintlar, gaykalar «ortib
qoldi». Nima qilishimni bilmay tajang bolib tursam, orqada yuk
mashinasining voshillab tormoz bergani eshitildi. Kabina eshigi
taraqlab ochildi. Qarasam, ozimning bolalikdan birga osgan «oris
ortogim» Vali tushib kelyapti (Asli oti Valentin ekanini keyin
bilganman). Mahallada shu bolaning oldiga tushadigan shofyor
yoq. Ozi ham mushtdek boshidan temir-tersakka qiziqradi.
Bormisan! dedim quvonib. Kasal tuzalaman desa,
tabib oz oyogi bilan keladi-da.
U shoshilmasdan oldimga keldi.
Nima boldi? dedi motorga moralab.
Buni kormaysanmi, deb qolimdagi murvatlarni
korsatdim. Olmadek narsaga shuncha lash-lushni erinmasdan
joylashganiga qara! Injenerlar ham ovsar ekan!
U «operatsiya» bolgan karbyuratorga qaradi-da, hushtak chalib
yubordi.
Injenerlar ahmoqmas, sen ahmoqsan! dedi jingalak
sochlarini silkitib. Ertadan boshlab men ham kitob yozib
tashlasam nima boladi? Aqling yetmagan ishga aralashib nima
qilasan?
Garibona qiyofada iljayib turgan bolsam kerak, u kulib
yubordi. Paralon kurtkasini yechib, mashina tomiga tashladi-da,
buyurdi:
Otvertkangni ol!
Biroq ishga kirishmadi.
Aytmoqchi, mamashkani olib keluvdim, dedi ZIL
tomonga imo qilib. Sizlar gaplashib turgunlaringcha buyogini
amallab koraman.
Boyadan beri etibor bermagan ekanman. Yuk mashinasining
127
kabinasida otirgan Zebi xolani endi kordim. Ikkovlashib mashina
oldiga bordik. Vali zinaga sakrab chiqib kabina eshigini ochdi.
Boshiga qalin romol oragan, qora baxmal nimcha kiygan oyisini
kotargudek bolib zinadan tushirdi. Qarasam, Zebi xola
mushtdekkina bolib qolibdi. Oyimning marakalarida kelganida
oz tashvishim bilan bolib, razm solmagan ekanman, endi
payqadim. Avvalgi alp qomatli, yurganida yer gursillaydigan Zebi
xolaning yarmi ham qolmabdi. Romoli ostidan chiqib turgan
sochlari qordek oqarib ketibdi. Qop-qora yuzi yanayam qorayib,
kokimtir tusga kirgandek.
Poshsha singlimdan qolgan yodgorim! dedi u meni
bagriga bosarkan, bogiq ovozda. Ozgin qoli bilan yelkamga
qoqib, ogir-ogir harsillab nafas oldi. Ozimning shirin
oglimdan orgilay, yaxshi otiribsanmi?
Bolalikdan qulogiga rayhon taqib yurishiga konikib qolganim
uchunmi, hozir ham undan rayhon isi anqib ketgandek boldi.
Yuring, dedim uyga boshlab. Birpas dam oling.
Yoq, u yoqdamas, singlimning uyida otiraman. Zebi
xola ogir-ogir qadam bosgancha, oyimning xonasiga qarab yurdi.
Singlimning joyida birpas otiray, dedi-yu doim oyim
otiradigan joyga, deraza tagiga chokdi. Bogiq ovozi titrab uzoq
tilovat qildi.
Dunyo shunaqa ekan, jon bolam, dedi oychan ovozda.
Hamma bir-bir ketaverarkan...
Ozingiz bardammisiz, xola? dedim solgin yuziga, titrab
turgan qop-qora qollariga qarab. Nevaralar katta bolib qoldimi!
Xudoga shukur, bolaginam ozidan kopaydi. Olti
nevaraning duosini qilib otiribman. Valijonim bitta bolsa ham
ontaga tatiydigan chiqdi. Zebi xola shoshilmasdan choy
hoplarkan, devordagi mixga iliglik duxoba gilofli dutorga qarab-
qarab qoydi.
Oyim dutorni juda avaylar, «adangdan qolgan yodgorlik», deb
doim koz ongida saqlardi. Shu ondayoq bolalikdagi xotiralar,
Zebi xolaning dutor chalganlari esimga tushdi-yu sekin soradim:
Hali ham chalib turasizmi?
Zebi xola mayus jilmaydi.
Dutor chalish qatta, bolam. Qol olgur titraydi. U bir
zum jimib qoldi-da, oychan davom etdi. Qaysi kuni tush
korsam, poshsha singlim bilan bir joyda otiribmiz. Nuqul dutor
128
chalayotgan emishman. U shikasta kuldi. Odamzod shunaqa
ekan, dedi xorsinib. Bola-chaqam derkan, yelarkan-
yugurarkan, endi ogzi oshga yetganda yiqilarkan. U titroq
qollari bilan tizzasining kozini siladi. Sal sovuq tursa, oyogim
shishib ketadi. Valijon maxsi oberaman, ozingiz kiyib korib
tanlaysiz, deb qoymadi. Ketayotgan joyimda birrov singlimnikiga
kirib chiqay, dedim.
Yana choy quyib uzatgan edim, Zebi xola bosh chayqadi.
Mayli, bolam, men bora qolay endi.
Ikkovlashib tashqariga chiqqanimizda Vali mening
mashinamda otirar, motorni gurillatib sinab korar edi.
Boldi, dedi otirgan joyida derazadan boshini chiqarib.
Ikkinchi bunaqa ustachilik qilsang, ozingdan kor.
Ikkovlashib Zebi xolatin kabinaga chiqardik. Vali narigi
eshikdan kirdi-yu, mashinasini gurillatgancha haydab ketdi. ZIL
muyulishda kozdan goyib bolishi bilan girashira tong pallasida
korgan tushdek xotiralar yopirilib keldi.
***
Zebi xoladan hayiqmaydigan bola yoq edi. Erkaklardek
barvasta gavdali, qop-qora bu xotinning yogon ovozi ham, uzun
qirra burni, ketmonni yelkasiga tashlagancha etik kiyib goz yurishi
ham boshqa ayollarga oxshamas, hatto qoramtir siyrak
moylovigacha bor edi. U qachon qarasa qulogiga rayhon taqib
yurar, Darhon arigi boyidagi hovlisida yoz boyi rayhonlar barq
urib yotardi. Uni birinchi marta korganimdayoq qorqib
qolganman. Oshanda juda kichkina bolsam kerak. Oyimga
ergashib Zebi xolanikiga bordim. Nimagaligi esimda yogu
xarxasha qilaverdim. Oyim u deb kordi, bu deb kordi, bolmadi.
Shunda Zebi xolaning jahli chiqib ketdi.
Jim bolasanmi yo hozir ishtonimga qamab qoyaymi!
dedi dorillab. Uning vajohati shu qadar qorqgulik ediki, ovozim
ochdi-qoldi.
...Zebi xola sap-sariq jingalak sochli, kok koz «oris bola»sini
Valini jonidan yaxshi korardi. Qaysi toyga borsa, koylagining
yengiga popukqand, monpasi, jiyda solib kelardi. Uning yengi
shunchali barakali ediki, Valining doppisi birpasda shirinlikka tolib
chiqardi. Vali qizganchiq emas, oyisi olib kelganlarni hamma bilan
baham koradi... Biroq, bironta bola Valini chertsa bormi, oyisidan
baloga qoladi. Zebi xola osha zahoti aybdor bolaning onasini yumma
129
talaydi. «Sen echkiga oxshab har yili bolalaysan, meniki atigi bitta!
deydi shangillab. Qani, yana bir marta qo1 tegizib korsin-
chi, qolini sindirib ochoqqa tiqaman!»
Zebi xola bolasini bunchalik avaylagancha bor edi. Dadamning
aytishiga qaraganda, urush bolayotgan joydan keltirilgan
bolalardan bittasini berasanlar, deb Zebi xola ham boribdi. Ammo
osha idoradagilar konishmabdi. «Siz soqqaboshsiz, topish-
tutishingizning mazasi yoq», deyishibdi. Shunda Zebi xola kursini
mushtlab chunonam topolon kotaribdiki, noiloj mana shu Valini
xatlab berishibdi.
Zebi xola soqqabosh bolsayam, Valini kamsitmagan. Qoy
soyib, yurtga osh berib, toyini ham qilib bergan.
Vali ham birinchi sinfda men bilan oqir, hisobdan yaxshi
edi-yu, ona tilidan qiynalardi. «Q» bilan «G»ni aytishga hech tili
kelishmasdi. Risolat opa degan chiroyli oqituvchi opamiz buni
bilgani uchun Valini kop ham qiynamasdi. U doim deraza
oldidagi partada otirardi.
Bir kuni maktabga komissiya kelib qoldi. Bir emas, tort kishi
orqa partaga borib otirishdi. Oqituvchi opamiz dars otyapti-
yu, hayajondan ovozi titraydi. Sinf jimjit. Shu payt deraza
sharaqlab ochildi-da, Zebi xolaning yogon ovozi eshitildi.
Vali, ma, non!
Hammamiz osha tomonga qaradik, Valining sariq yuzi
olovdek yonib ketdi. Nima deyishini bilmay nuqul «keting», deb
imlaydi. Zebi xola bolsa derazadan ikkita arpa non uzatib turibdi.
Olsang-chi, qolim kuyib ketdi! dedi u zarda bilan.
Sinfxonani birpasda issiq non hidi tutib ketdi.
Risolat opamiz bir zum esankirab turdi-da, tashqariga yugurdi.
Nima qilyapsiz, xola? dedi yiglagudek bolib. Maktab-
ku bu!
Maktabligini ozim ham bilaman! Machitga kelganim yoq!
Zebi xola ovozini baralla qoyib dorilladi. Bolam ertalab
choy ichmasdan chiqib ketuvdi. Och otirsinmi endi?
Risolat opamiz yalinishga tushdi:
Jon xola, komissiya bor.
Nima, kamissiyang non yemaydimi! Bolam bir kun kech
olim bolsa bolar. «Kamissiya keldi», deb tishining kirini sorib
otirsinmi?
Boyadan beri suv quygandek jimjit bolib turgan sinfxonada
130
tosatdan qahqaha portladi.
Ana, kamissiyangning oziyam kulyapti-ku! Zebi xola
derazadan boshini suqdi. Ma, bolam, yeb ol, uyalma!
...Bir kuni joraboshimiz sigirini qaytarmagani uchun Valini
urib burnini qonatdi. Ertasiga qiziq boldi. Tol soyasida dam olib
otirsak, maydoncha chetida Zebi xola korindi.
Toy joraboshining yelkasiga turtdi.
Oolding! Zebi xola kelyapti, qoch!
Joraboshining kozi olayib ketdi. Qaddini rostladi-yu, keyin
qol siltab shineliga yonboshladi.
Qatta uradi! Ozi zorga kelyapti-ku.
Qarasak, Zebi xola chindan ham zorga-zorga kelyapti.
Qolidagi tayoqqa suyanib ikki qadam yuradi-da, toxtaydi.
Oqsoqlanib qadam bosadi.
Yiqilib oyogi singanga oxshaydi, dedi joraboshimiz.
Zebi xola inqillab-sinqillab yaqin keldi. Ammo besh qadamcha
qolganda birdan choloqligi tuzalib qoldi. Tayoqni baland
kotarganicha ikki hatlab joraboshining tepasiga keldi. Tayoqning
qarsillashi bilan joraboshining dodlashi baravar eshitildi.
Mana urish! dedi Zebi xola dorillab. Urish mana
bunaqa boladi. U joraboshining gardaniga tagin tushirdi.
Ozidan kichkinaning burnini qonatish mana bunaqa boladi!
Joraboshi jonholatda dumalar, ammo qocholmas-di.
Oyi! Urmang, oyi! Vali oyisining qolidagi tavoqqa
yopishdi.
Tavba qildim! Joraboshi tiðirchilab, kafti bilan boshini
pana qildi. Jon xola, olay agar, ikkinchi qilmayman!
Qyi! Vali Zebi xolani quchoqlab oldi. Kerakmas!
Zebi xola tayoqni uloqtirdi.
Nima, meni bolam malaymi senga?! dedi dagdaga
bilan. Sening molingni boqsin, deb katta qilib qoyibmanmi
bolani?!
...Osha voqeadan keyin joraboshimiz ancha yuvosh tortib qoldi.
Uchinchimi, tortinchi kuni mogor bosgan kattakon qovoq kotarib
keldi. Tol soyasida otirib qovoqni ikki pallaga ayirdi-da, qirgich
bilan tozalashga tushdi. Keyin pallalarning qirrasini arraning tishiga
oxshatib jimjimador qilib qirqib chiqdi. Ikki pallani bir-biriga yopgan
edi, orasi kovak koptokka aylandi qoldi.
Nima qilmoqchisan? dedi Toy burnini tortib.
131
Burningga osib qoyaman! dedi tongillab joraboshi.
Artib ovora bolib yurmaysan. Keyin qovoqni bir chekkaga
qoydi-da, Toyga buyurdi. Qorongi tushganda shu yerga
kelasan. Sen ham, dedi menga imo qilib. Xoja bari bir
kelolmaydi. Dadasi chiqarmaydi.
Nimaga ozi? dedim tushunmay.
Tomosha korsataman.
Vali-chi, Vali ham keladimi? dedim nariroqda tol
yogochidan hushtak yasayotgan Valiga imo qilib.
Yoq, Joraboshi keskin bosh chayqadi. U ham
oyisidan qorqadi. Es-es, kim kelmasa pes!
Kechki ovqatdan keyin bekinmachoq oynayotgan akalarim-
ning kozini shamgalat qilib maydonchaga chiqdim. Qorongida,
tol tagida Toy bilan joraboshi turibdi. Joraboshining qolida
boyagi qovoq. Faqat odamning boshiga oxshatib «ogiz-burun»
teshib qoyibdi. Negadir hammayoqni lampamoy hidi tutib
ketgan...
Laychang nimaga keldi? deb tongilladi joraboshi.
Qarasam, gurji kuchugim oyogim tagida dumini likillatib
turibdi.
Ozidan sora! dedim men ham tongillab.
Joraboshi yerdan kesak olib otgan edi, it angillab qochdi.
Nega urasan?
Xalaqit beradi! dedi joraboshi zarda bilan. Yur,
bolmasa kech qolamiz.
Toy ikkalamiz beixtiyor unga ergashdik. Qatorlashib Darhon
arigining boyiga bordik. Ariq shu yerdan burilib oqar, nariroqda
shox-shabbalar ustiga tuproq tashlab yasalgan koprik bor edi.
Joraboshi Toy ikkalamizni majnuntollar quyuq osgan qorongi
sohilga olib tushdi. Negadir yuragimni qorquv bosdi.
Nima qilamiz ozi? dedim ovozimni balandlatib.
Ochir! Joraboshi kerosin hidi anqib turgan mushtini
burnimga tiradi. Ging desang, suvga otvoraman. Shu payt
uzoqdan allakimning qadam tovushi eshitildi.
Kelyapti! dedi joraboshi pichirlab. Shosha-pisha qovoq
pallasini ochdi. Kerosin hidi qayerdan kelayotganini endi bildim:
qovoqning ichi tola lampamoyga botirilgan latta ekan. Joraboshi
yonidan gugurt olib chaqqan edi, lop etib olov kotarildi. U
chaqqonlik bilan ikkinchi pallani yopdi-da, qovoqni suvga qoyib
132
yubordi. Suv yuzasida «ogiz-burni»dan olov chiqarayotgan «kalla»
qalqib-qalqib suzib ketdi.
Joraboshining niyatini endi tushundim. Boyagi qadam
tovushlari Zebi xolaniki ekanini ham endi bildim.
Qorongi bolsa-da, katta-katta qadam tashlashidan,
yelkasidagi ketmonidan tanidim. Hushimni yigib olgunimcha u
tuproq koprik ustiga kelib qoldi. Suv yuzida qalqib kelayotgan
olovli «kalla»ni kordi-yu taqqa toxtadi.
Voy, voy olmasam! dedi-da, koprik ustiga tappa otirib
qoldi. Bis-bis-bismillo... dedi duduqlanib. Hatto tovushi
ham ingichkalashib ketgandek boldi. Keyin gandiraklab ornidan
turdi-da, ovozi boricha qichqirdi. Dod, voy-dod! ornimdan
otilib turdim.
Qorqmang, xola! dedim baqirib. Ammo joraboshi
bilagimdan mahkam tutib, kerosin hidi anqib turgan kafti bilan
ogzimni tosdi. Konglim aynib ketdi.
Qoyvor, eshak! dedim bogilib. Baribir aytib beraman!
Aytib kor-chi! Joraboshi yana mushtini dolaytirdi.
Jigingni ezib qoyaman!
Boyadan beri angrayib turgan Toy jahl bilan qol siltadi-da,
indamay nari ketdi.
Ertasiga choy ustida oyim vahimali xabarni dadamga aytib
berdi:
Zebi opa shorlik bir holatda yotibdi. Ajina kordim, deydi.
Ogzidan olov sochib bechoraga daf qilganmish. Yo koziga
koringanmi...
Dadam jerkib berdi:
Ajinaga balo bormi? Bitta-yarimta xudobexabar qorqit-
gandir-da.
Bechoraga shu korgilik ham bor ekan, dedi oyim iztirob
bilan. Ozining gami yetmasmidi...
Hammasiga men aybdordek sekin boshimni ichim-ga tortdi-
mu mum tishlab otiraverdim.
Zebi xolaning nima gami borligini bir haftadan keyin
tushundim. Osha kuni Hoji buvining chorbogida sumalak boldi.
Qiygos gullagan orik tagiga sholcha yozilgan, hamma topganini
olib chiqqan, xotinlar bir-biriga gap bermay chuvillashar, biz
bolalar ham sumalak yalashdan benasib qolmaslik uchun atrofda
oralashar edik. Oshanda Vali bilan yangi oyin topib olgandik.
133
Baquvvatroq simni «4» raqamga oxshatib buklaymiz-da, eski
bochkadan chiqqan temir halqaga tirab gildiratamiz. Qancha
tez yugursak, gildirak shuncha qattiq jaranglaydi. Agar ovozini
pasaytirmoqchi bolsak, buning ham yoli bor: gildirakni suvga
botirib olsak, ovozi chiqmaydi. Maza!
Bir mahal Zebi xolaning oldida otirgan oyim imlab chaqirib
qoldi.
Ortoging bilan borgin-da, dedi sekin, adangning
hujrasidagi dutorni obke.
Ikkilanib qoldim. Dutorga hech kim qo1 tegizolmas, dadam
uni doim hujrasida saqlar, bazan kechqurunlari «Dilxiroj»,
«Torgay», «Qari navo», yana allaqanday kuylarni chalib otirishni
yaxshi korardi. Oyimning aytishicha, dadam dutorni yoshligida
eng zor ustaga buyurtirib yasatgan ekan.
Bilib qolsalar urishadilar-ku, dedim oyogim tortmay.
Bilmaydi! Zebi xola qol siltab dorilladi.
Nima, yeb qoyarmidim.
Ketdik! dedim Valiga.
Ikkalamiz gildiraklarni jaranglatgancha yugurib ketdik.
Ehtiyot bol, sindirib qoyma! deb baqirdi oyim
ketimizdan.
...Zebi xola gilofni ochgan zahoti dutor sadaflari yaraqlab ketdi.
U dutorni cherta boshlashi bilanoq, boyadan beri chuvir-chuvir
qilayotgan xotinlar jimib qolishdi. Qiziq, ozim ham orikka
suyangancha bir qolimda sim, bir qolimda gildirak bilan qotib
qoldim. Dutor dadamning qolida qandaydir shox, baland ovozda
jaranglar edi. Hozir Zebi xola chertganda esa ingrab yuborgandek
boldi. Goyo dutorni Zebi xola chalmas, torlarning ozi nola qilar
edi. Ayollar har xil alpozda sehrlangandek qotib qolishgan, bahor
chechaklari barq urgan daraxtzor orasida, oqish-pushti orik gullari
qanotida, Hoji buvining qizgaldoqlar lovullagan pastak tomi ustidan
nurdek mayin kuy taralardi.
Zebi xola bir-ikki tomoq qirib oldi-da, qoshiq boshladi. Uning
erkaklarnikiga oxshash dorillagan ovozi ashula aytganida shu
qadar yoqimli bolib ketganiga hayron qoldim. Yoq, uning tovushi
mayinlashgani yoq. Ammo u shunchalik bosiq, shunchalik
ortanib kuylardiki, badanim jimirlab ketdi.
Yor yurgan kochalarni supuray sochim bilan,
134
Changi chiqsa suv sepay, kozdagi yoshim bilan...
Mayin shamol esar, orik gullari unsiz tokilar, daraxtzor ostida
maysalar ohista tebranar, ammo butun tabiat bir zum unsiz bolib
qolgan, hamma-hammasi faqat mana shu dutor sadolariyu mana
shu qoshiqni tinglash uchun tinchib qolgandek edi. Osha
manzarani oylasam, xayolimga hadeb bir gap keladi.
Keyin, katta bolganimdan keyin ham muhabbat haqida, vafo
haqida kop qoshiqlar eshitdim. Biroq, ayol sadoqati togrisida
bundan yaxshi ashula eshitganim yoq...
Zebi xola endi kozlarini yarim yumgancha boshqa qoshiq
aytardi.
Jon bolam, jonim bolam, qaylardasan, bergil xabar.
Gamda boshim, kozda yoshim, ichganim boldi zahar.
Zafarondek sargayurman hasratingda qon yutib.
Kozlarimning nuri ketdi yollaringga koz tutib.
Hammamiz qorqadigan, korganda hammamiz qochadigan
Zebi xola shumi? Osha qopol, osha jahldor Zebi xolami shu?
Valining oyisida shuncha dard bormidi? Shuncha alami bor
ekanmi? Nimaga biz bilmagan ekanmiz?
Zebi xolaning yumuq kozlaridan ikki tomchi yosh silqib chiqdi-
yu qirra burnining chetida toxtab qoldi. Dutorni yonboshiga qoydi-
da, keng yengining uchi bilan kozini artdi. Hamma jimib qolgan,
hech kim birinchi bolib gapirishga jurat etolmas edi.
Hech bolmasa, Kimsanim kelgandayam mayli edi, dedi
u xorsinib.
Qoying, opajon, dedi oyim sekin. Unaqa demang,
Xudoga shukur, mana bor-ku. Oyim nariroqda gildirak ushlab
moltirab turgan Valiga imo qildi. Nasib etsa, toylar qilasiz,
qosha-qosha nevaralar korasiz.
Zebi xola yalt etib Valiga qaradi. Kozida yosh bilan jilmaydi.
Sumalak yedingmi, oglim? Qorning ochib qolgandir?
Yedim, dedi Vali sekin. U ham oyisining yiglaganini
korib opkasi tolib turardi.
Bolmasa, oynay qolinglar.
Birpasdan keyin Zebi xola bizni yana chaqirdi.
Oborib qoya qol joyiga, dedi dutorni gilofga solib.
Dadangdan baloga qolib yurmay tagin.
135
Bir qolimda dutor, bir qolim bilan gildirak gildiratgancha
yolga tushdim. Vali ham gildiragini aylantirib yonma-yon borar,
ammo endi avvalgidek yugurmas edik. Qulogimda hamon Zebi
xolaning qoshigi yangrab turar, goyo gildiraklar ham gildirak
emas, dutorning ikki tori edi. Ana, ikkovi bir-biriga jor bolib
jaranglayapti. Zebi xola bolsa hamon qoshiq aytyapti:
«Jon bolam, jonim bolam, qaylardasan, bergil xabar...»
Chetini ot bosgan ariqchadan otayotganda gildiragim sakrab
ketdi. Bir hatlab oldinga talpingan edim, otga sirganib yiqilib
tushdim. Dutor yerga urildi... qars etdi. Tamom! Kuy ham, qoshiq
ham tindi-qoldi.
Sindi! dedim ovozim titrab.
Vali yugurib tepamga keldi:
Voy-y-y! Endi dadang oldiradi! Ikkalamiz qolimiz
titragancha gilof bogichini yechdik. Qarasam, dutorning ið
tortadigan qulogi sinib tushibdi.
Endi nima qilamiz? dedi Vali kom-kok kozlarini
jovdiratib.
Yiglamoqdan beri bolib, yelkamni qisdim.
Yur! Vali qolimdan tutib uyiga boshladi.
Ikkalamiz ularning hovlisiga kirdik. Hovli etagidagi bostir-
mada eski quti bor ekan. Vali qutini titkilab zanglab ketgan temir
topdi.
Mana! dedi tantana bilan. Endi hech ham sinmaydi!
Dutorning singan qulogi orniga temir tiqdikda, imi-jimida
gilofga solib joyiga ilib qoydik.
Kechqurun oyimga nima bolganini aytib bergandim, rangi
ochib ketdi. Lekin nima qilishni oyim ham bilmasdi.
Osha kuni emas-ku, uch kundan keyin sir ochildi. Dadam
hujradan turib jahl bilan qichqirib qoldi:
Dutorga kim tegdi?
Zum otmay dutorni kotarib chiqdi.
Garangmisanlar? Qaysi biring sindirding? Bu nima qiliq?
dedi Vali «tuzatgan» dutorni korsatib.
Oyim aybdor qiyofada otirar, akalarim hayron bolib bir-biriga
qarashar edi. Hozir katta janjal bolishini sezib qorqib ketdim.
Tiling bormi?! dadam battar tutaqib ketdi.
Zebi opa chaluvdi, dedi oyim sekin. Sumalakka
chiqqanimizda... bir chalib beray, devdi...
136
Qiziq, dadam birdan hovuridan tushdi.
Mayli, dedi ovozi pasayib. Zebi chalsa mayli. U
hujraga kirib ketdi-da, anchadan keyin bir boIak yogoch kotarib
chiqdi. Dandon sopli pichogi bilan yogochni kesa boshladi.
Dutorning qulogini tutdan qilmasa sinaveradi, dedi sekin.
Yogochning uyoq-buyogini oyar ekan, uh tortdi. Qarab turib
Xudoning ishlariga ham qoyil qolmayman. Ota-boladan bir oyda
«qoraxat» kelsa-ya!
Shuni ayting, dedi oyim jonlanib. Tagin ham
odamzod chidarkan. Ham eridan, ham yakka-yolgiz oglidan
judo bolib otiribdi boyoqish. U bir zum oylanib turdi-da,
qoshib qoydi. Bechora, Valisiga juda suyanib qolgan. Ishqilib,
orzu-havasini shundan korsin...
Valentin tuzatib ketgan mashinani haydab borarkanman,
beixtiyor Zebi xolaning kochasiga burildim. Ana, Valentinning
uchastkasi. Shifer tomli uy oldida ZIL turibdi. Kabina zinasida
katta-kichik uch bola oyogini likillatib otiribdi. Biri doppi
kiygan, biri shapkasini bostirib olgan... Mashinani sekin haydab
otib borarkanman, ichkaridan dutor sadolari eshitilgandek boldi.
Kim bilsin, ehtimol menga shunday tuyulgandir?
XOJA
Bolaligida hammaning ham tishi tushadi. Meniki galati
bolgan: birinchi tishimni urib tushirishgan. Bunga Xoja sababchi
bolgan. Bu bolani nimaga bunchalik yaxshi korib qolganimni
bilmayman. Ehtimol yuvoshligi uchundir. Ehtimol, kozlari doimo
javdirab turishi uchundir. Odam bir narsani judayam aytgisi
kelsayu aytolmasa, kozi shunaqa har kimga bir qarab
javdirayveradi. Xojaning kozlari shunaqa edi.
Hordiq kunlari dadam bilan oyim nonushta paytida «Neka-
lay» zamonidan qolgan samovarni ortaga qoyrb uzoq suhbat-
lashib otirishar edi. Bir kuni dadam tajang bolib gapirib qoldi:
Oziyam ja-a-a Xudo urgan xotin ekan-da, osha Rano!
Mana, Egamberdi omon-eson keldi-ku! Olarmidi likillamasdan
komilib otirsa!
Oyim bir nuqtaga tikilgancha oyga toldi. Kozlariga gussa
137
chokdi.
Boshidayam-ku, yulduzi yulduziga uncha togri kelmas-
di-ya, dedi sekin. Ammo baribir chatoq boldi. Ikki orada
bola bechora tirik yetim bolib qoldi.
Tushundim, Xojani gapirishyapti. Dadasi urushda yurganda
oyisi boshqa odam bilan Chirchiq degan joyga qochib ketgan
ekan...
Oyim aytgan «tirik yetim» degan gapning manosini tushun-
masam ham Xojaga rahmim kelib ketdi. Unga qanchalik rahmim
kelsa, oyisini shunchalik yomon korib qoldim.
Xoja buvisi, dadasi bilan katalakdek hovlida turardi.
Egamberdi akaning jahli yomon. Doim yaltiroq tugmachali
jigarrang kitel kiyib yuradi. Gapirganida duduqlanib qoladi. Chap
qoli tayoqday osilib turadi. Xojaning aytishiga qaraganda,
urushdan keyin ham bir yilcha gospital degan katta kasalxonada
yotgan ekan. Doktorlar qolini kesmoqchi bolganida, hamman-
gni otib tashlayman, degan ekan, qorqib kesishmabdi.
Topponchasi bormish. Onangni qayerda korsam, peshonasidan
otib tashlayman, derkan...
Osha kuni odatdagidek men echkimni, Xoja buzogini
yetaklab, otloqqa olib bordik. Mening echkim sersut, yuvosh-
gina-yu, ammo bir aybi bor. Kozni shamgalat qilib, uloqchala-
rini toygazib, emizdirib oladi. Shundan qorqib oyim yeliniga
xalta boglab qoyadi. Xojaning buzogi esa qayerda latta korsa
yamlab qoyadi. Oshanda kelib-kelib joraboshimizning shinelini
chaynamaganida olam guliston edi. Hammamiz qiy-chuv solib
oynayotgan edik, joraboshimiz alam bilan dorillab qoldi:
Shinelim! Shinelimni yeb qoydi!
Shunday degancha kattakon tayogini kotarib tol soyasida
allanimani mazza qilib chaynayotgan buzoq tomonga yugurdi.
Hammamiz turgan joyimizda qotib qoldik. Joraboshimiz dadasi
urushdan olib kelgan shinelini jonidan ham yaxshi korar, qishda
etagini osiltirib kiyib yurar, yozda ham qoldan qoymasdi. U
bora solib buzoqning gardaniga tayoq bilan bir tushirdi. Buzoq
shorlik shinelining yengidan tishlaganicha, dumini xoda qilib
qochdi. Joraboshimiz jonholatda shinelga yopishdi. Buzoq
anchagina joyini yamlab bolgan ekan, yengining yarmigacha
solak bilan qoshilib chozilib ogzidan chiqdi. Bolalar yetib
kelganida joraboshimiz galvir bolib ketgan yengni ushlagancha
138
bozrayib otirar edi. Xojani kordiyu jazavasi qozib ketdi.
Nima qilding?! dedi gazab bilan.
Xoja, buzoq emas, ozi aybdordek kozlarini javdiratgancha
goh joraboshiga, goh shinelga tikilib lol turardi.
Endi nima qilaman buni! joraboshi shinelni yerga
uloqtirdi. Moling ham ozingga oxshaydi! Xojalar peshindan
keyin aynaydi. Oying ham aynab, oynashi bilan qochib ketgan!
Oramizdan tikroq bolalar chekka-chekkadan piqillab kulib
yuborishdi. Toy angraygancha burnini sekin tortib qoydi.
Ertalab dadamdan eslitgan gapni esladimu qorqiiv ichida
Xojaga qaradim. U bir zum hammaga javdirab qarab chiqdi-da,
tosatdan joraboshiga tashlandi. Ammo osha ondayoq chakkasiga
tushgan musht zarbidan ancha nariga uchib ketdi.
Nega urasan! dedim alam bilan chiyillab. Akalarim
orgatganidek, mushtimni iloji boricha qattiqroq qisib, joraboshiga
yugurdim, u bolsa, urib ham otirmadi. Kafti bilan jagimga bir
turtgan edi, chalqanchasiga agdarilib tushdim. Ogzim shor bolib
ketdi. Kozimni ochsam, tepamda Toy turibdi.
Tur, dedi qolimdan tortib. Yomon urdimi?
Ikkalang ham yoqol! dedi joraboshi dorillab.
Bugundan boshlab molingni jiydazorda boqasan.
Birpasdan keyin Xoja buzogini, men echkimni yetaklab,
qingir-qiyshiq jiydalar orasiga kirib ketdik. Jiydazor etagida
Qonqus oqar edi, qirgoqqa borib otirdik.
Ogzing qonayapti, dedi Xoja yuzimga tikilib.
Kaftimni orqasi bilan artsam, qolim qon boldi. Shu paytgacha
bilmaganimga ozim ham hayron qoldim. Tupurib tashladimu
oldimdagi kurak tishim ilinib turganini payqadim. Qolim tegishi
bilan tishim sugurilib chiqdi.
Tishingni sindirdimi? Xoja kozimga shunday javdirab
tikildiki, ogriq ham esimdan chiqib ketdi.
Ozi liqillab turuvdi, dedim tishimni tomosha qilib. Endi
uloqtirib yubormoqchi edim Xoja qolimdan ushladi:
Shoshma! Mana bunday otir. U meni suvga teskari
qilib otqazdi. Kozingni yumasan-da, «Suyak tishimni ol,
tilla tishimni sol», deb uch marta aytasan. Tishingni yelkangdan
oshirib, anhorga otib yuborsang, yangi tishing tilla bolib chiqadi.
Men Xojaning aytganini qildim.
Endi ogzingni yuvib ol, dedi u kozimga termilib.
139
Meni aytdi dersan, kuzgacha tilla tish chiqadi.
Keyin ikkovimiz anhorga tikilgancha uzoq jimib qoldik. Suv
unsiz oqar, narigi sohilda qamishlar qilt etmay turar, ora-chora
qaldirgochlar suvga tumshugini tekizib, «viyt» etgancha, yana
havoga kotarilar edi. Xoja joraboshining boyagi gapini oylab
otirganini bilardim-u, nima deyish, nima qilishga aqlim yetmasdi.
Juda katta-a? dedim anhorga imo qilib.
Shuyam katta boptimi? Xojaning kozlarida birdan ot
chaqnadi. Chirchiqda shunaqa katta daryo borki, ichida akulalar
suzib yuradi.
Ozing korganmisan? dedim ishonmay.
Bilaman-da! Xoja orzumandlik bilan xorsindi. Osha
daryoning bu betidan u betiga bemalol suzib otaveraman.
Suzishni bilmaysan-ku?
Oyim orgatadilar.
Akula yeb qoysa-chi?
Akulang nima bopti! Dadamga aytaman, topponcha bilan
otib tashlaydilar. U shunday dedi-yu birdan notogri
gapirganini payqagandek, jimib qoldi. Kozlari javdiragancha
teskari qaradi. Bir zum suvga tikilib otirdi-da, xorsindi. Yur,
mollarga qaraylik. Chakalakka kirib ketmasin...
Ertasiga akalarim joraboshining tazirini berib qoyishdi
shekilli, echkimni otloqda boqishga ruxsat tegdi.
Lekin anovi Xojangga aytib qoy, yalmogiz buzogini yana
olib kelsa, jigini ezib qoyaman! dedi joraboshimiz kokargan
qovogini silab.
Ozimga qolsa echkimni jon deb otloqda boqardimu Xojaning
bir ozini jiydazorda qoldirgim kelmadi. Nima qiðti, bu yerda ham
ot kop. Har kuni oynaydigan futbol bilan chillakdan mahrum
boldik. Ammo Xoja bilan sira zerikmasdim. Shunaqangi narsalarni
biladiki! Bu yerdan olisda, judayam olisda, toglar orqasida Chirchiq
degan shahar bor. Shunaqa katta shaharki, uning oldida Toshkent
nima bopti! U yerda shunaqangi katta daryo oqadiki, ichida uydek-
uydek kemalar suzib yuradi. Xojaning oyisi qachon xohlasak bizni
osha kemalarga olib chiqaveradi. Xohlasak, baland toglarga
chiqamiz. U yerdan butun dunyo korinadi. Bizning uyimiz ham,
Xojalarniki ham, Xojaning dadasi ham, hamma-hamma!
Bular hammasi yaxshi-yu, Xojaning bir odatini tu-
shunolmasdim. Gapirib turadi-turadi-da, birdan jimib qoladi.
140
Anhorga tikilgancha bir narsalarni oylab otiraveradi, otirave-
radi. Shunaqa paytlarda zerikib ketaman.
Bir kuni uni yoqotib qoydim. Jiydazor ichkarisiga kirib ketgan
echkimni qaytarib kelguncha terlab ketdim. U yoqdan haydasam,
bu yoqqa qochadi. Chakalak ichiga kirib oladi-da, masxara
qilgandek, dumini likillatib, qisqagina marab qoyadi. Oldiga
boray desam, jiyda tikanlari hammayogimni tirnab tashlaydi.
Alam ustida kesak boron qilib yaydoq joyga olib chiqqunimcha
kun botdi. Qarasam, Xojaning buzogi daraxtga bogloqlik turibdi-
yu, ozi yoq. Yugurib, ikkalamiz otiradigan suv boyidagi
donglikka bordim. Yoq, u yerda ham korinmaydi.
Xoja-a-a! dedim baqirib.
Oqshom zulmati bostirib kelayotgan jiydazor orasida «a-a-a»
degan sado keldi. Birdan yuragimni vahima bosdi. Akalarim
jiydazorda ajina bor, deyishar edi. Xojani ajina chalib ketgan
bolsa-chi?! Ovozim boricha chinqirib yubordim:
Xoja-a-a!
Yana osha sado keldi. Akamning allaqaysi kitobida olti qolli
odamning rasmini korgan edim. Gira-shirada jiydalar xuddi
oshanaqa vahimali maxluqlardek qingir-qiyshiq «qollari»ni
chozib turishar, yugurgan sayin ustimga bostirib kelayotganga
oxshar edi. Qorqib ketganimdan tikanlarni bosgancha jonholatda
yugurdim. Jiyda tikanlari yuz-kozimni timdalar, oyogimga
yantoqlar kirayotganini bilardim-u, ammo toxtay olmasdim.
Bir mahal roparamda Xoja paydo boldi.
Qayoqda yuribsan? dedim ovozim qaltirab.
Xoja qolimdan mahkam ushlab oldi. U ham qorqib ketgan
bolsa kerak, nuqul titrar edi.
Aytmaysan-a? dedi sekin. Hech kimga aytmaysan-a?
Shundagina nariroqda, jiydaning panasida turgan qora koylakli
ayolni kordim.
Oyi! dedi Xoja sekin, iltijoli ohangda.
Shunda hammasini tushundim. Xojaning oyisi hamon
qimirlamay turar, xuddi sehrlanib qolganga oxshar edi. Xoja
kozimga termilib, tagin yalindi:
Aytmaysan-a?
Men indamadim. Ammo bu sirni hech kimga, hatto oyimga
ham aytmasligimni bilib turardim. Shu ondayoq yana bir narsani
angladim. Bu yerdan tezroq ketishim. xalaqit bermasligim kerak.
141
Tezroq bol! dedimu Xojaning buzogi boylangan joyga
yugurib ketdim...
Xoja vada qilgan tilla tish kuzda ham chiqmadi. Biroq endi
buni oylashga vaqt qolmagan, ikkalamiz uchun ham yangi hayot
maktab hayoti boshlangan edi. Bizning uyimiz maktab yolida
bolgani uchun Xoja har kuni ertalab chaqirib kelardi. Zogora
nonni echki sutiga boktirib yemabsiz, dunyoga kelmabsiz! Erta
bilan oyim ikkalamizning oldimizga tovoqda sut bilan zogora
qoyar, Xoja harchand tortinchoqlik qilmasin, yeb turib
ketmaguncha hol-joniga qoymasdi.
Bir kuni Xoja kelmadi.
Sen boraver, dedi oyim. Bugun Xoja maktabga
bormasa kerak.
Darsdan qaytdimu mehmonlar kelganini darrov bildim. Ayvon
zinasida yangi amirkon tufli yaraqlab turar, ichkarida oyim allakim
bilan chaqchaqlashib suhbatlashar edi. Uyga kirishim bilan eng
avval Xojaga kozim tushdi. U uy torida yongoq, mayizlar bilan
bezatilgan xontaxta oldida otirardi. Yonida esa onasi otirar,
oyimning gaplariga diqqat bilan quloq solgancha, yongoq pallasidan
magiz ajratib, nuqul Xojaning oldiga surib qoyardi. Oshanda,
qorongida aniq kormagan bolsam ham, bu xotin Xojaning oyisi
ekanligini darrov bildim. Ostonada bir zum turib qoldim. Qachondir
bu xotinni yomon korib qolganim uchunmi, uni xunuk, juda xunuk
deb oylardim. Yoq, judayam chiroyli ekan. Qargashoyi koylagi
ham, qop-qora sochlari, yuzidagi xoli ham, Xojanikiga oxshagan
kozlari ham chiroyli edi.
U meni kordiyu katta odamni izzat qilgandek, dik etib ornidan
turdi. Oyimga oxshab, bagriga bosib korishdi. Peshonamdan
opayotganida dimogimga atir hidi urildi. Oyim hech qachon atir
sepmagani uchunmi, bu isdan boshim aylanib ketdi.
Kel, jonim, dedi yonidan joy korsatib. Birpas oldimda
otir. U yonboshda turgan sumkaning zanjirini gijirlatib ochdi-
da, sargish qogozga oroqliq allanima uzatdi. Ma, jonim!
Qogozni ochishim bilan kozim charaqlab ketdi. Bu usti
xuddi katak daftarga oxshash shokolad edi. Quvonch bilan Xojaga
qarab qoydim. Uning kozlarida shodlik uchqunlari porlab turar
edi.
142
Shu payt hech kutilmagan voqea roy berdi. Eshik sharaqlab
ochildi. Xojaning oyisi yarq etib qaradiyu ilon chaqqandek sapchib
ornidan turib ketdi. Ostonada yaltiroq tugmali kitel kiygan
Egamberdi aka turar, rangi quv ochib ketgan, nuqul titrar edi.
Dahshatdan qotib qoldim. Hozir chontagidan topponchasini
oladiyu Xojaning oyisini otib tashlaydi.
Nega k-k-kelding?! dedi u gazabdan tili tutilib. Nima
k-k-kerak senga?! Endi uning butun vujudi, hatto boshi ham
qaltirab ketdi. Har doim tayoqdek osilib yotadigan chap qoligacha
titrab ketgandek boldi. Nima k-k-kerak, ayt! dedi lablari
pirpirab.
Xojaning oyisi rangi ochgan, boshini quyi solganicha devorga
suyanib turardi. Qorquv aralash yana Egamberdi akaning ong
qoliga qaradim. Yoq, topponchasi yoq ekan. U birdan oyimga
yuzlandi.
Uyalmaysizmi, opa! dedi hamon lablari pir-pirab.
Q-qoshmachilik q-q-qilgani uyalmaysizmi!
Boyadan beri indamay turgan oyim endi tilga kirdi:
Bandasidan uyalmasangiz, Xudodan qorqing, ukam,
dedi sekin. Ona-bola diydor korishsa, qoshmachilik bola-
dimi? negadir uning kozlarida yosh qalqidi. Etni tirnoqdan
ajratib bolarkanmi?
M-men emas, m-mana bu ajratgan! Egamberdi aka
sog qolini bigiz qilib, Xojaning oyisini korsatdi. M-mana
shu ajratgan!
Xoja goh dadasiga, goh oyisiga javdirab qarar, ammo inda-
mas edi.
Turmush olsin, aylanay, dedi oyim opkasi tolib.
Kim shunaqa bolsin, debdi. Urush bolmaganda...
Urush! Egaraberdi aka shunday hayqirdiki, uy ichi zirillab
ketdi.
M-men q-qonga belanib yotganimda, bu q-q-qanjiq
birovning q-qoynida yotgan!
Shu gapdan keyin Xojaning oyisi sekin egilib, sumkasini oldi-
da, eshikka yonaldi. Egamberdi aka xuddi xazar qilgandek nari
surildi. Shunda boyadan beri indamay turgan Xoja onasiga
talpindi.
Oyi-i-i! dedi iltijo bilan.
Uning ovoz chiqarmasdan, yosh tokmasdan yiglab turganini
143
his etdim. Yoq, uning kozida yosh yoq edi. Faqat onasiga qarab
javdirardi.
Onasi sekin yurib qaytib keldi. Ohista egilib, Xojaning ikki
yuzidan opdi.
Dadangni xafa qilma, dedi-yu tez-tez yurib chiqib ketdi.
Oyi-i-i! dedi Xoja umidsiz, ojiz tovushda. Biroq
orqasidan chopmadi. Uy ortasida toxtab qoldi.
Egamberdi aka yana bir zum boshi titragancha qarab turdi-da,
eshikni qarsillatib yopib, chiqib ketdi. Oyim lablarini tishlagancha
hiqillab yiglab yubordi. Ildam kelib, Xojani bagriga bosdi.
Aynovni-ya! dedi uning boshini silab. Qoyaver, oying
yana keladi.
Tomogimga bir narsa tiqilib qolgan, nafas olishga qiynalardim.
Bir mahal qolimga nimadir yopishayotganini payqadim. Qarasam,
shokolad erib ketibdi. Nima qilishimni bilmay, Xojaga uzatdim.
Ma, ishkalad yeysanmi?
Xoja indamay turar, kozlarida kattalarnikiga oxshash
tushunib bolmaydigan chuqur mano bor edi.
Osha voqeadan keyin bir oycha vaqt otgach, Xojaning dadasi
uylandi. Oyimning tabiri bilan aytganda, sovugan oshdekkina
toy boldi. Faqat Zebi xola dutor chertib, yogon, shirali ovozda
ashula aytganida toyxona jimib qoldi.
Shishani zargarga berdim totiyo bolgaymi deb,
Chin kongilni yorga berdim oshno bolgaymi deb...
Hamma-hamma bilan, tavanxonada otirgan oyim biz bilan.
Nuqul Xojani chaqiradi, goh chontagiga qovurma chuchvara
solib qoyadi, goh popukqand beradi.
Toydan keyin Xoja avvalgidan ham mayus, indamas bolib
qoldi. Oyim mehribonchilik qilgan sayin ozini olib qochadi.
Oshanda bir narsani bilmagan ekanman, keyin tushundim. Odam
ozining nochorligini qanchalik chuqur his qilsa, shuncha magrur
bolarkan. Bir kuni ertalab, odatdagidek jildini osgancha, Xoja
eshikdan kirib keldi. Oyim unga kozi tushishi bilan chumchuqdek
chirqillab qoldi.
Kim urdi seni?! Qaysi qoling singur urdi?
Qarasam, Xojaning yuzi momataloq bolib kokarib ketibdi.
Nimaga uradi?! dedi oyim ovozi qaltirab. Shuncha
korgiliging yetmaydimi ozi, Xudo urgurlar!
144
Urgani yoq, dedi Xoja yerga qarab. Narvondan
yiqilib tushdim.
Maktabga ketayotganimizda sekin soradim.
Dadang urdimi?
Xoja bir zum javdirab qarab turdi-da, bosh irgadi.
Opam kir yuvgan edi, dedi shivirlab (u ogay onasini
opa derdi), yoyib qoygan koylagini buzoq yamlabdi.
Dadang yomon-a?
Yoq, Xoja keskin bosh chayqadi. Dadam opamni
yomon koradi. Shunga achchiq qilib urdi. U hech kimga
aytmasligi kerak bolgan sirni ochayotgandek, atrofga javdirab
qarab oldi-da, qoshib qoydi. Dadam oyimni yaxshi koradi...
Osha bizning oxirgi suhbatimiz boldi. Xoja negadir ikki
dars oqib ketib qoldi. Darsdan qaytib kelsam, oyim yoq.
Kechqurun allaqayoqdan horib-charchab qaytdi.
Ertasiga ertalab Xojani kutib otirgan edim, oyim negadir
jerkib berdi.
Xoja bilan kindiging bittami! Boraver maktabingga.
Indamadim. Osha kuni Risolat opa ham Xojani yoqlama
qilmadi.
Qaytib kelsam, oyim haliyam jahlidan tushmabdi. Xojaning
buzogini hovlidagi bodomga arqonlab, hadeb kimnidir qargayapti.
Uyiga oborib ber, manavi harom olgurni! dedi arqonning
uchini uzatib.
Yomon bir narsani his qilib, boshashib ketdim:
Ozi-chi? ozi qani?
Xoja ketdi, bildingmi! Oyim yana jerkib berdi.
Oyisi bilan ketdi.
Talmovsirab qoldim. Xojaning buzogini yetaklab borarkan-
man, uni judayam yaxshi korishimni ilk bor anglab yetdim.
Ularning darvozasiga yaqin kelishim bilan yuragimni qorquv bosdi.
Darvoza oldida Egamberdi aka otin yorar edi. Orik shoxini bir
uchidan ushlab, tonka ustiga surib qoyadi-da, yerda yotgan boltani
olib, chonqaygancha zarb bilan uradi, shunda chap qoli tayoqdek
osilib, yerga tegib ketadi. Keyin boltani yerga tashlab, sog qoli
bilan shoxni yana tonka ustiga suradiyu qaytadan boltani olib,
tagin chopadi... Qorqa-pisa toxtab qoldim.
U qaddini rostlagan edi, menga kozi tushdi.
N-nima gap? Xoja q-qani? dedi goh menga, goh
145
buzoqqa qarab.
Xoja ketdi. Qorquvdanmi, alamdanmi, ovozim titrab
chiqdi. Chirchiqqa ketibdi.
Uning qolidan boltasi tushib ketdi. Bir zum lablari titrab,
tikilib turdi-yu kozlariga yosh qalqib chiqdi.
N-nega? N-nega ketadi? dedi ingrab. Keyin kafti bilan
yuzini tosgancha, tonka ustiga otirib qoldi. Chap qoli hamon
tayoqdek osilib turar, ong yelkasi esa dir-dir titrar edi.
Katta odamning yiglashini birinchi korishim edi. Kecha
Xojani urganini eshitganimda qanchalik yomon korgan bolsam,
hozir unga shunchalik rahmim kelib ketdi. Buzoqning arqonini
qoyib yubordim-da, uyga yugurdim. Yugurib borarkanman,
yiglardim, nimaga yiglayotganimni ozim bilmasdim-u, hech
opkamni tutolmasdim.
Keyin Xojani boshqa kormadim. U ora-chora tushimga kirib
qolar, nuqul kozlarini javdiratib turgan bolardi. Bahor paytlari
kunchiqar tomondagi toglar yaraqlab korinar, ularni har korganda
xayol surar edim. Osha toglar orasida Chirchiq degan shahar
bor. Shunaqa katta shaharki, Toshkent uning oldida hech gapmas.
U yerda shunaqangi katta daryolar borki, ichida akulalar suzib
yuradi. Osha shaharda Xoja degan bola bor. Dunyoda undan
yaxshi bola yoq. Xoja osha daryolarda bemalol suzadi. Osha
toglar ustiga chiqib, butun dunyoni tomosha qiladi. U meni ham
korib turibdi. Faqat men uni korolmayapman...
Ancha yillardan keyin, oninchi sinfni bitirayotganimda
Xojaning daragini eshitdim. Kechki ovqatdan keyin dadam
oyimga gapirib qoldi:
Egamberdi bechora kuyib adoyi tamom bopti. Chirchiqdan
kelyapman, deydi. Ogli chontak kesayotganda qolga
tushganmish.
Oyim: «A?» dedi-yu qolidan piyola tushib ketdi.
Men karaxt bolib qolgan edim. Yoq, ishonmayman. Yol-
gon, bu gap yolgon! Dunyoda Xojadan yaxshi bola yoq. Xoja
yomon bolishi mumkin emas... Tagin kim biladi deysiz, hayot
qonunlari har doim ham bizning xohishimizga boysunavermaydi...
OY QUYOSHDAN NUR OLADI
Ataladan suyak chiqibdi, degandek, ayni saratonda shamol-
146
lab yurganimni qarang. Dalaga chiqqandim, anhorda chomildim.
Qaytishda mashinaning torttala oynasini tushirib qoyganim
uchunmi, kechasi bilan isitmalab, hammayogim qaqshab chiqdi.
Ertalab rayon poliklinikasiga bordim. Qarasam, odam tirband.
Tor yolakning ikki chetidagi qator kursilarda biri boshini
changallagan, biri boynini orab olgan bemorlar. Oradan turtinib
otib kerakli eshik yaqiniga borsam, odam ayniqsa tiqilinch.
Boshim sirqillagancha devorga suyanib ancha turdim. Nihoyat,
menga ham joy tegdi. Liqillab turgan kursining bir chekkasiga
omonat otirdim. Mendan oldingi orindiqda quralay kozlari
katta-katta, qisqa kesilgan sochi tiniq yuziga xop yarashgan kohlik
juvon otirar, yonidagi romol oragan orta yashar xotin bilan
gaplashardi. U boshini har chayqaganda sochlari chiroyli silkinib-
silkinib ketardi. Tiqilishib otirganim uchun beixtiyor ularning
suhbatini eshitishga majbur boldim.
Kohlik juvon barmogi bilan boynidagi nafis oltin zanjirni
asabiy oynar ekan, uf tortdi:
Olsin, kech qolib ketdim. Murodjon akam mashina
yuboraman, deb edilar. Kutib qolgandir...
Murodjon... ortogingizmi? dedi romolli ayol inqillab.
Ortogim? Kohlik juvon nordon narsa yeb qoygandek
burnini jiyirdi. Hatto oydek yuzi ham xunuklashib ketganday
boldi. Avval avtobusga osilib yurishni eplasin! Mashina yuborish
yol bolsin unga!
Romolli ayol bir zum hayron qarab turdi. Bari bir ayollarga
xos qiziquvchanligi ustun keldi chogi, qayta soradi.
Bolmasa kim?
Murodjon akammi? Kohlik juvon jilmaydi. Quralay
kozlari suzilib ketdi. Chehrasida: «Nahotki shundoq odamni
tanimasangiz?» degan ifoda paydo boldi. Boshligimiz-da! dedi
ovozi tovlanib. Shunaqa yaxshi odam, shunaqa yaxshi odam! Anovi
ahmoq bolsa Murodjon akamni ham yomon koradi. Oz
kongillarida rashk qilar emishlar. Murodjon akamning slujebniy
mashinasida dachalariga borganimni odamlar korganmish.
Qoling bilan ushladingmi, dedim! Avval ozingni epla, piyonista!
Eringiz ichadimi? romolli ayol hamdardlik bilan bosh
chayqadi. Ichkilik olsin! Boshida surishtirmagan ekansiz-da!
Oldin unaqa emasdi, hozir itdek ichadi. Alamlaridan
icharmishlar! chiroyli juvon qol siltadi. Murodjon akamga
147
aytuvdim, jahllari chiqdi. «Bolang kopaymasidan yigishtir, razvodga
beraver, ozim senga kooperativniy kvartira olib beraman», dedilar.
Romolli ayol sergaklandi:
Bolangiz bormi?
Qizim bor...
Bolangiz bolsa, unaqa qilmang, singlim, deya romolli
ayol nasihat qildi. Har qalay, umid bilan bir yostiqqa bosh
qoygansiz, bolani tirik yetim qilmang, opovsi aylansin.
E! Kohlik juvon tilla zanjirini yana asabiy oynay
boshladi. Murodjon akam...
Bolmadi. Oz erini bemalol tuproqqa qorishtirib «Murodjon
aka»sini ogzidan bol tomib maqtayotgan kohlik juvon kozimga
xunuk korinib ketdi. «Ehtimol, ering seni deb ichkilikka ruju
qoygandir, balki rostdan ham alamidan ichar!» Yana birpas
otirsam, shu gaplar ogzimdan chiqib ketishini bilib, ornimdan
turdim. Avvalo, birovning gapiga aralashish odobsizlik. Qolaver-
sa, ozgalarning shaxsiy hayoti bilan necha pullik ishim bor?
Loqillayotgan chakkamni barmogim bilan bosgancha nari
ketdim. Chekkim keldi.
Anchadan keyin qaytib kelsam, vrach eshigidan boyagi kohlik
juvon chiqib kelyapti. «Murodjon aka»sining mashinasi kutib
qolganidan ozor chekkan bolsa kerak, shosha-pisha yolakka
otildi. Tor xonaga kirsam, deraza oldidagi oppoq stol roparasida
yupqa gardishli kozoynak taqqan, xalatining tugmalarini yechib
qoygan naynov vrach otiribdi.
Yechining, dedi u kattakon daftarga bir nimani yoza
turib.
Xona ortasida toxtab qoldim. Ozi kalta yengli koylak kiygan
bolsam, tagin nimani yechaman?
Yechining! vrach asabiylashib boshini kotardi.
Kozoynagini yiltiratib bir lahza tikildi-yu ornidan turib ketdi.
Iye, domla, bormisiz! dedi dilkashlik bilan. Televizorda
uncha-muncha korib turamizu ozingizni hech topolmaymiz. U
chayir, uzun barmoqlari bilan qolimni mahkam siqib korishdi.
Bir xil odamlarga hayron qolasan. Hozir bittasi kirib yarim soat
boshimni qotirdi. Tayinli kasali yogu byulleten berasan, deydi. U
yogini ishxonadagilari bilan ozi kelisharmish. U jilmaygan edi,
kozoynak ortidagi mitti kozlari yanayam kichrayib ketdi.
Tanimadingiz-a? Men Orifman.
148
Hech baloni eslay olmasam ham, odob yuzasidan bosh
silkidim:
Ha, boldi-boldi... Qalay, yaxshi yuribsizmi? Yolgon
gapirmang, tanimadingiz! U samimiyat bilan yelkamga qoqdi.
Men Risolat opaning ogliman. Oqituvchi opa bor edilar-ku!
Endi esladim! Axir, bu ozimizning Orifku! Risolat opaning
ogli-ku! Oshandayam kozoynak taqardi. Joraboshimiz unga
«Shapkor» deb laqab qoygan edi.
Dunyo shunaqa ekan, dedi u oyga tolib. Bu yoqda
poshsha xolamlarni ham berib qoyibsizlar, marakada bormoqchi
boldimu hovlinglarni topolmadim. Hammayoq ozgarib ketibdi.
Shunaqa boldi, dedim sekin. Risolat opam tuzukmilar,
deb soragim kelsada, qanday surishtirishni bilmasdim. Mabodo
onasi vafot etgan bolsa nima qilaman yarasini yangilab. U
kozimdagi savolni uqdi.
Bizdayam shundoq bolgan. Uch yil ilgari... dedi bir
nuqtaga tikilib. Oyim: «Hech bolmasa, bitta bolangni korsam,
armonim yoq», derdilar. Bir emas, uchtasini opichlab katta
qildilar... Keyin yana Toshkentga kelib qoldik. Qorasuvda turamiz.
Kasal bir yoqda qolib ozimizning suhbatimizga berilib ketdik.
Asakaga kochib borishgani, onasi Orifning vrach bolishini orzu
qilgani, Orif Andijon medinstitutida oqigani...
Gapimiz chozilib ketdi shekilli, hadeb yotalayotgan soqolli
kishi eshikni ikki marta ochib ichkariga manoli moraladi.
Suhbatimiz chala qoldi. Orif yozib bergan dori qogozlarni olib
chiqib ketarkanman, bolalik xotiralari tagin yodimga tushdi.
...Osha yili qish qattiq keldi. Tuf desa, tupuk yaxlaydi. Dadam
menga birinchi marta piyma olib berdi. Yaxmalak oynashga
yaramasa ham, yaxshi, issiqqina. Biroq qor shunchalik qalin
yoqqanki, iz tushmagan joyda yursam, piymamning qonjidan
bemalol kirib ketaveradi. Risolat opalarning hovlisi biznikidan
narida bolgani uchun deyarli har kuni darsdan oqituvchim bilan
birga qaytamiz. U kalish-mahsi kiyib olgan. Yol ochib ketaveradi.
Men ketidan ergashaman.
Qahraton tonglardan biri edi. Tanchaga tiqilib yotibman.
Akalarim oqishga ketgan. Men peshindan keyin boraman. Chopon
kiygan dadam torda sandalga tiqilib yarim mudrab otiribdi. Bir
tomonda boshiga qalin romol oragan oyim. Uning yonida
samovar. Samovarning qorniga galati tasvirlar tushirilgan.
149
Oyimning aytishiga qaraganda, bular eski zamonda chiqqan tangalar
emish. Jomrak ostiga qoyilgan tovoqqa samovar tumshugidan
muttasil suv tomadi: chik-chak, chik-chak... Derazalarga «Qorbobo
rasm chizib ketgan». Tashqari korinmaydi. Hatto eshikni ham
qirov bosgan. Ammo-lekin tancha mazza. Odam bir yotgandan
keyin turgisi kelmaydi. Sandal ustidagi eski dasturxonda uch-tort
bolak qora non jiyda, turshak...
Bir mahal tashqarida gurji kuchugimning akillagani eshitildi.
Dadam bir kozini ochib oyimga savol nazari bilan qaradi. Oyim
endi ornidan turayotgan edi, eshik shaxt bilan ochildi. Uyga avval
ammam, ketidan sovuq gurillab kirdi. Ammamning qalin tivit
romoli, qora baxmal paltosi, hatto kiðriklarigacha qirov qongan
edi. Oyim ildam borib, uning qolidagi katta tugunni oldi.
Dadam ham shoshib qoldi.
Iye, iye! dedi chehrasi yorishib. Ammo boshqa
gapirolmadi. Ogzida nosvoy bor edi. U shosha-pisha sandal
korpasining bir chetini kotardi-da, tanchaga tupurdi.
Tuzukmisiz, opa? dedi ornidan turib.
Ammam muzdek lablari bilan peshonamdan opdida, qolini
tanchaga tiqdi.
Xah, olsin-a! dedi qaltirab. Qolimga sozak kirib
ketdi-ya.
Oyim choyni yangilash uchun darrov samovarni kotarib chiqib
ketdi. Dadam ammamning koziga tikilib qaradiyu xavotirlanib
soradi:
Tinchlikmi, opa, nima boldi?
Dard boldi! Balo boldi! Sen bu yerda tanchaga ketingni
tiqii-ib yotgin, xopmi! Opamning ahvoli nima kechdi, demagin,
xopmi!
Nima boldi ozi? dedi dadam murosaga chaqirgan
ohangda.
Ammam tosatdan yiglab yubordi:
Ne umidlar bilan kutuvdim bu bolani! Mana, urush bitdi,
bolam eson-omon keldi, endi yaxshi toylar qilaman, degan
umidim bor edi.
Dadamning rangi ochdi:
Afzalxonga bir nima boldimi?
Urushdan yaltiroq tugmali shinel kiyib kelgan, ammamning
oziga oxshash chiroyli Afzalxon akam koz ongimga keldi.
150
Qaytib kirgan oyim ham dadamning xavotirli savolini eshitib uy
ortasida turib qoldi.
Tinchlikmi?
Bola emas, balo boldi bu! Ammam romolchasiga
burnini qoqib piqilladi. «Kelganingga ikki yil boldi, yoshing
ham ottizga qarab ketyapti, bilgan u deydi, bilmagan bu deydi»,
desam, pissayib yurganida gap bor ekan. Daraxtni bir tepsang,
yuzta qiz yogiladi-yu, bu yigit olgur mana shu juvonni olaman
deydi! Orqasida tayloqday bolasi bolmasayam gorgaydi.
Kimni? dadam bilan oyim baravar sorashdi.
Kimni bolardi. Risol degani bor ekan-ku! «Erga tegmasidan
oldin ham yaxshi korardim», deydi. «Bolasiga ozim otalik
qilaman», deydi. Voy, birovning itvachchasiga otalik qilmay
tusingni yel yesin! Ammam jahl bilan dasturxonni mushtlagan
edi, jiydalar sochilib ketdi. Loy qozonga oltin tuvoq bolmay
boyginang lahatda chirigur!
Endi koz ongimga Risolat opa keldi. Axir maktabdagi eng
chiroyli, eng shirinsoz oqituvchi shu ozimizning Risolat
opamiz-ku!
Kozini suzib, qoshini qoqib jodu qilib olgan bolamni bu
megajin! Ammam alam bilan yana yiglay boshladi.
Bolmasa, Toshkentday shahri azimda qiz anqoning urugi
boptimi! Hozir on yetti yashar qizga er yogu qilichday bolam
shu juvon olgurning tuzogiga ilinib otiribdi.
Yog-e, dedi oyim boshashib. Risolatxon unaqa
juvon emas shekilli.
Ammam «sen jim tur» degan manoda onamga oqraydi.
Afzalxon yoshlik qilmasin, dedi dadam oylanib. Har
qalay, umr savdosi-ya bu.
Ha, tiling bor ekan-ku! Ammam hammasiga dadam
aybdordek bobillab berdi. Gapir! Toga bolib nasihat qil. Oyda-
yilda bir borsang, dumingni tutqazmaysan. Hech bolmasa,
uyingga kelganda gapirsang, ogzing bichilib qolmaydi-ku.
Afzalxon akam keyingi paytda biznikiga tez-tez keladigan
bolib qolgan. Hozir shu esimga tushdi.
Mayli, dedi dadam bosh silkib. Bafurja gaplashamiz.
Sening gapingga kozi uchib turibdi! «Shunga uylanmasam,
Toshkentni suvi menga harom, boshim oqqan tomonga ketaman»,
deydi. Ammam jahl bilan oyimga burildi. Nimaga mulla
151
mingan eshakdek soppayib turibsiz, kelinposhsha! Kiyinmaysizmi?
Qayoqqa? dedi oyim talmovsirab.
Lahadga! Ammam yana burnini qoqdi. Sovchilikka
bitta ozim bormayman-ku.
Oyim garangsib sandalning bir chetiga chokdi.
Qandoq bolarkin? dedi ikkilanib. Xolposh xolaga nima
deymiz? «Keliningizga sovchi bolib keldik», deymizmi?
Bechoraning ozi oglidan ayrilib jigar-bagri ezilib otirgan bolsa.
Yoq desa gorga... Qolidan kelsa kelinini tiyib olsin!
Ammamning hamma gapini tushunmasam ham, Risolat opani
yomonlayotganini his etib turardim. Yoq, oqituvchim
yomonmas. Maktabdagi eng yaxshi oqituvchi ozimizni
opamiz. Hatto ikkinchi «B»dagilar ham bizga havas qilishadi.
Ularning oqituvchisi yomon.
Ammam naridan-beri choy ichdi-yu, onamni otlantirdi.
Sen ham yur! dedi menga qarab. Oyimning koziga
yalinib qaradim.
Bormayman, dedim sekin. Borgim kelmayapti.
Bora qol, dedi dadam. Hali maktabingga vaqtli-ku.
Oqituvchimnikiga borishga uyalar, ayniqsa, hozir sira borgim
kelmasdi. Dadam ammamdan hayiqqani uchun menga buyurdi,
men dadamdan qorqqanim uchun noiloj kiyindim.
Xolposh xolaning bir kozi kor. Negadir aftiga qarashga
qorqaman. Ammo ozi juda yaxshi xotin. Nuqul «girgitton» deb
gapiradi. Joraboshimiz uni «Girgitton xola» deydi. Ularning uyi
Toylarnikidan narida... Qor kechib ancha yurdik. Nihoyat, isiriq
hidi anqigan pastakkina uyga avval oyim, ketidan tugun kotargan
ammam, uning ketidan men kirib bordim. Xolposh xola sandal
chetida xamir qorib otirgan ekan. Mehmonlarni korib quvonib
ketdi.
Voy girgittonlar, voy ozim girgittonlar! degancha
kalovlanib ornidan turdi. Qoli xamir yuqi bolgani uchun bilagi
bilan yelka qoqib korishdi.
Paytavani qalin oragan ekanman, piymamni yechguncha
qiynalib ketdim. Xolposh xola bir zumda dasturxon yozdi. Xanik
chetida chonqayib otirib yongoq chaqdi, tut mayiz, shinni
qoydi... Oyim qizarib bozarib, ammam esa chimirilib otirardi.
U tancha ichidan oyimning oyogiga oxshatibgina tepdi shekilli,
onamning ixcham gavdasi silkinib ketdi.
152
Kop ovora bolavermang, dedi battar qizarib. Biz bir
yumush bilan keluvdik.
Voy girgitton, ovorasi bor ekanmi? Eshon-oyimning
oyoqlariga qoy soysak arziydi.
Ammam: «Gapirasanmi-yoqmi?» deb qoshini qoqqan edi,
oyim tutilib-tutilib gap boshladi:
Biz... Haligi... Qulchilikka keluvdik, aylanay...
Xolposh xola bir zum dovdirab qoldi. Choy quyib uzatayotgan
piyolasi havoda muallaq turib qolgandak edi. U yagona kozi
bilan oyimga hayron tikildi.
Shundoq bop qoldi, dedi ammam jilmayishga urinib.
Uning tabassumi yigidan battar ayanchli edi. Shu, Afzalxon
tushmagur Risolatxondan bolagiga konmayapti... Bilmadim,
mabodo taqdir qoshgan bolsa...
Xolposh xola yagona kozini ammamga qadab piyolani
dasturxonga qoydi.
Albatta, sizga ogir, dedi oyim ovozi titrab. Xudo
shohid, dilingizni ogritmoqchi emasmiz. Bilamiz, bu gapning
mavridi emas, ozingizning ogzingiz tola qon...
Xolposh xola boshini xam qilib oyga toldi.
Risolatni kelinmas, qizim deganman, girgitton, dedi
anchadan keyin. Nima qilay, urush judo qildi oglimdan.
Bolamning orniga bolam, deb etagidan tutgan edim. Uning
ovozi titray boshladi. Mayli, ilojim qancha, meni deb yosh
umrini otkazsa, Xudo nima deydi.
Ammam boshqacha gap kutgan ekan shekilli, rangi ochdi.
Men aytdim, dedi ovozini balandlatib. «Hoy, bola,
yoshlik qilma, keyin shoxing sinib qoladi», deb necha marta
aytdim.
Albatta, teng tengi bilan degan gap bor. Xolposh xola
hamon boshini quyi solib otirardi. oglingiz koz ochmagan
yigit bolsa. Qizim... U jimib qoldi. Tagin ozlari bilishadi.
Ikkovining konglida shu niyat bolsa bizning qolimizdan nima
kelardi. U qandaydir ichki sezgi bilan sergaklandi.
Shoshmang, girgitton, bolam keldi. Orifim keldi.
Chindan ham eshik ochildi-da, eski paltosining ustidan
yelkasiga jild osgan Orif paydo boldi. U telpagining quloqchinini
tomogi ostidan otkazib boglab olgan, qoshiqdek yuzida
kozoynagi allaqanday kulgili yaltirab turardi.
153
Keldingmi, bolam, Xolposh xola darrov Orifning jildini
oldi.
Sovuq qotib ketibsan-ku, shakartoyim.
Orif uchinchida oqiydi. Ularning darsi tugagan bolsa, demak,
men ham tezroq maktabga jonashim kerak.
Oyi, ketaylik, dedim tiðirchilab.
Hali vaqtli, biz uchta oqidik. Orif yelkamga qolini
tashladi. Yur, qubba oynaymiz.
Mayli, narigi uyga kira qolinglar, dedi Xolposh xola
darrov konib. Kattalarning gapiga quloq solsa uyat boladi,
girgittonlar.
Orif ikkalamiz qirov bosgan, derazasidan xira nur tushib turgan
katalakdek uyga kirdik. Bu Risolat opaning xonasi bolsa kerak,
burchakda stol, suyanchigi baland stul bor edi. Stol ustida daftar-
kitoblar taxlab qoyilgan. Kirpech osilgan devorda Risolat opaning
chust doppi kiygan kishi bilan tushgan surati. Risolat opa doppili
kishining yelkasiga boshini xiyol egib jilmayib turibdi.
Bu kim? dedim suratdagi kishini korsatib.
Dadam! Orif tokchadagi tovoqdan bir hovuch yongoq
oldi. oynaysanmi?
Mening yongogim yoq-ku.
Qarzga berib turaman. U onta yongoqni sanab ajratdi.
Men gan qoyaman, xopmi?
Bopti.
Qubba oyini qiyin emas. Tortta yongoq qubba qilib qoyiladi.
Uzoqdan poylab tekkizsangiz, gan sizniki. Tekkizolmasangiz, otgan
yongogingiz qulogini ushlab ketdi deyavering.
Birpasda qarz olgan yongogimdan beshtasini yutqazib
qoydim. Yongoq namat ustida yaxshi dumalamaydi. Yo sakrab
ketadi, yo toxtab qoladi. Buning ustiga uy nimqorongi.
Rosa berilib oynayotgan edik, narigi uydan Xolposh xola-
ning ovozi keldi.
Sandiqning tagiga yongoq otmanglar, girgitton, sichqon
kopayadi.
Ketma-ket ammamning zardaliroq gapirgani ham eshitildi:
Mayli, endi bizlar turaylik.
...Osha kuni xotinlar tagin nimani gaplashganini bilmayman.
Biroq ertasiga Risolat opa juda galati, xomush bolib qoldi.
Tarasha bilan isitilgan temir pechka peshindan keyin ilimiliq bolib
154
qolar edi. Biz bolalar choponimizni yechmasdan otiramiz.
Hammadan yomoni siyoh muzlab qoladi. Siyohdonni pechka
ustiga qoysangiz sal eriydi-yu, yana muzlayveradi. Peroni
botirsangiz qirs etadi, siyoh yuqmaydi. Har qanday sovuqda ham
paltosini yechib, sochini silliq tarab, bosh yalang otiradigan
Risolat opa osha kuni negadir paltosini ham, romolini ham
yechmadi. Oqish darsi edi. Doskaga chiqdim.
Oqi, dedi Risolat opa jurnalni ochib.
«Quduq yoniga uch xotin keldi. Hammasi oz oglini
maqtay boshladi», deb sharillatib oqib ketdim. Bittayam joyida
tutilmadim. Oqib boldimu Risolat opaning «Otir» deyishini
kutib turaverdim. U bolsa indamaydi. Ogirligimni u oyogimdan
bu oyogimga tashlab, hali turibman, hali turibman... Risolat
opa derazaga tikilgancha otiribdi. Shu otirishda uxlab qolgandek
edi. Oxiri bolmadi. Avval sekinroq, keyin qattiqroq yotaldim.
Oqi, dedi u hamon derazadan koz uzmay.
Boldim, dedim sekin.
A? Risolat opa chochib uygongandek boshini burdi.
oldingmi? Otir, rahmat.
Risolat opa ertasigayam, indinigayam shunday bolib yurdi. Har
kuni oqituvchim bilan birga ketishga organib qolgan ekanman.
Maktabdan yolgiz qaytish alam qilar edi. Bultur Xoja bilan qaytardik.
Endi uyam yoq: Chirchiqda. Biyday keng, kimsasiz dala ortasidagi
iðdek ingichka yoldan otguncha zerikib ketaman. Yoldagi izlar
chuqur-chuqur botgan, ikki cheti belim baravar qor. Sal chetga
chiqsam, piymam qorga tolib chiqadi. Risolat opam bilan yursam
mazza, harna shamolni tosib ketadi.
Uchinchi kuni Risolat opam bilan ketdim. Faqat ikkalamiz
emas: Afzalxon akam ham bor edi.
Oxirgi darsdan chiqib yuz qadamcha yurgan edim, qarasam,
qordan shoxlari egilib ketgan tol tagida Afzalxon akam turibdi.
Askarcha shinelini kiyib olgan, oyogidagi etik yaraqlatib
moylangan. Faqat boshyalang. Yaqin bordim.
Quloqchiningni tushirib ol. U telpagimning bogichini
yechib quloqchinni tomogim ostidan otqazdi. Quloging sovuq
qotib qoladi. Keyin shinelining chontagidan buklangan gazeta
oldi. Tortburchak qilib yirtdi. Boshqa chontagidan xal-tacha
chiqardi. Xaltachadan tamaki chimdib oldi-da, uni sargayib
ketgan barmoqlari bilan qogozga sepib oray boshladi.
155
Menga qara! dedi tamaki oray turib. Oqituvchingni
aytib chiq.
E, uyalaman! dedim rostini aytib.
Xop degin. Afzalxon akamning barmoqlari titrab
ketgandek boldi. Bitta ukalik qilgin, jiyan. Ozing katta
yigitsan-ku, senga ordenimni beraman.
Afzalxon akamning kattakon, ogir Qizil Yulduzini oynashni
yaxshi korardim. U bolsa, burovini boshatib, yechib korishimga
hech ruxsat bermasdi.
Ordendan kora uning yalinishi tasir qildi. Piymamdan sovuq
otib, oyogim muzlay boshlagan bolsa ham orqaga qaytdim.
Oqituvchilar xonasining eshigini qorqa-pisa ochdim. Bu yer
ham sovuq, devorda xaritalar. Stol ustida jurnallar. Risolat opa
sovib qolgan pechkaning tunuka dudburoniga kaftini bosib, qolini
isitayotgan ekan. Nariroqda sochlari oppoq matematika
oqituvchisi otiribdi.
Risolat opa meni korib negadir jilmaydi:
Uyga ketmadingmi?
Indamay bosh chayqadim.
Bopti, ketdik. U romolini qaytadan oradi. Paltosining
tugmalarini soldi-da, kelib qolimni tutdi. Vuy, qoling muzlab
ketibdi-ku. Meni kutishing shartmidi?
Negadir ozimni juda yomon korib ketdim. Yerga qaragancha
indamay ketaverdik. Oldinda oqituvchim, orqada men. U qolini
orqaga chozgancha iliq kafti bilan qolimni ushlab olgan. Har
qadam bosganida kalish-mahsisi gijir-gijir qiladi. Tovonidan
quruq, muzdek qor sachraydi. Bir mahal u qolimni qoyib
yubordi. Menga ogirilib qaraganini, kozimga tikila-yotganini
his qilib turardimu boshimni kotarolmasdim. Afzal akam qorni
gijir-gijir bosib yaqin keldi. Shundagina sekin boshimni
kotardim. Risolat opa hamon menga qarab turar, sovuq bolsa
ham kulcha yuzlari qizargan, yanayam chiroyli bolib ketgan edi.
Afzalxon akam ikki qadam narida toxtadi.
Kechirasiz, dedi sekin. Men iltimos qiluvdim. U
qorga botib Risolat opaga yol boshatdi.
Oldinda Risolat opa, keyin Afzalxon akam, uning ketidan
men tizilishib yolga tushdik. Anchagacha jim ketishdi.
Oylab kordingizmi? dedi nihoyat Afzalxon akam.
Ularning gapini eshitish yaxshi emasligini his qilib turardim.
156
Toxtab qoldim. Ular ham on qadamcha nari borib toxtashdi.
Bitta oglingizni oylasangiz xavotir olmang, dedi
Afzalxon akam. Biroq Risolat opa bir nima deb imladi shekilli,
Afzalxon akam ovozini pasaytirdi. Qolini keskin-keskin
siltagancha allanimani kuyib-pishib tushuntira boshladi. Ancha
gaplashishdi. Oyogimdan muz otib ketdi. Burnimni tortaverib
charchadim. Otib ketay desam, bir yogi qorga botishdan, ikkinchi
tomoni, ularga yaqin borishdan qorqaman.
Afzalxon akam shinelining chontagidan yana qogoz, tamaki
oldi. Tez-tez oray boshladi. Ikkovlari tagin yurib ketishdi.
Xayriyat! Men ham ergashdim. Ottiz-qirq qadam yurib yay-doq
dalaning qoq ortasida yana toxtashdi. On qadamcha berida
men ham toxtadim. Endi oyogim akashak bolib qolgan, piyma
ichida nima bor nima yoq, ozim ham bilmasdim.
Afzalxon aka tamaki tutab turgan qolini silkitib yana
allanimalarni gapira boshladi. Shundan keyin galati boldi.
Afzalxon akam birdan sirganib ketgandek, chokkalab qoldi.
Avvaliga yiqilib tushdi deb oylagan edim. Yoq, yiqilmagan ekan.
U Risolat opamning oyogidan quchib hayqirib yubordi:
Ayting, nima qilay! Bilaman, Yoldoshni yaxshi korardingiz.
Men ham yaxshi korardim. Dostim edi... Lekin endi u yoq-
ku!
Risolat opa Afzalxon akamning qoltigidan tutib turgizmoqchi
bolar, ammo kuchi yetmasdi. Beixtiyor uch-tort qadam yaqin
borib qoldim.
Ikkalamiz bitta raschyotda edik! dedi Afzalxon akam
hamon osha ohangda. Pragada oz qolim bilan yerga qoydim.
Men tirik qolganim uchun aybdor emasman-ku! Nima qilay endi,
u yoq-ku!
Risolat opa yiglab yubordi. Afzalxon akamning sochini ikki
qoli bilan hadeb silar ekan, iltijo qildi:
Men-chi, men?
Nima siz? Nima?! dedi Afzalxon akam ham iltijo bilan.
Men borman-ku! Risolat opa yana Afzalxon akamning
boshini siladi. U olgan bolsa men tirikman-ku.
Shu alpozda Afzalxon akamning boshini silab, kozlaridan
shashqator yosh oqqancha ancha turdi. Keyin sekin burildiyu
qorli soqmoqdan chayqalib-chayqalib yurib ketdi.
Afzalxon akam anchagacha chokkalab turdi-da, sekin qaddini
157
rostladi. Men tomonga burildi. Shinelining tizzasi qorga belangan,
kozlarida yosh bor edi. U menga qaramadi. Bir hatlab chetga
chiqdi-yu, qor kechib gandiraklab yurib ketdi. Hatto nariga
borganda ham yolkaga tushib olmadi. Biydak dalada yolgiz
qoldim. Qora palto kiygan Risolat opa bir tomonga, kulrang shinel
kiygan Afzalxon akam ikkinchi tomonga ketar edi. Oxiri ikkalasi
ikkita qora nuqtaga aylanib oppoq qorliqqa singib ketdi. Nima
uchundir sovuqni unutdim, uygayam borgim kelmas edi.
...Keyin Afzalxon akam biznikiga juda kam keladigan bolib
qoldi. Risolat opa sinfimizni yozgacha oqitdi-yu, goyib boldi.
Oyimning aytishiga qaraganda, Xolposh xolamning andijonlik
singlisi bor ekan. Hammalari osha yoqqa kochib ketishibdi.
Afzalxon akam, ammam aytganidek, «Toshkentning suvi
menga harom», deb bosh olib ketgani yoq. Biroq anchagacha
uylanmay yurdi...
Bir necha yildan keyin yuqori sinfda oqiyotganimda
astronomiya oqituvchimizdan bir haqiqatni bilib oldim: oyning
ozi yogdu sochmas ekan, quyoshdan nur olarkan. Bu dunyoda
oftob borligi uchun ham oy yogdu sochib turarkan.
PISTACHI
U guzardagi bozorchaning kiraverishida, tagiga pastak kursicha
qoyib otiradi. Oldida ikkita xalta. Bittasida pista, bittasida qurut.
Qish paytlari yonboshida tagi mix bilan teshilgan paqirda chog
ham boladi: qolini isitish uchun. Uning moli xuddi magazindagi
singari qatiy narx bilan sotiladi. Chumchuqning tuxumidek
qurutning ikkitasi on tiyin, pistaning stakani yigirma tiyin. Stakan
ham antiqa: bir kaft pista solishi bilan tolib chiqadi. Ertalablari
uning kayfiyati yomon boladi. Kulrang kozlari siyrak qoshi ostidan
odamga oqrayib qaraydi. Qurut sanayotganda, stakanga pista
solayotganda qoli titraydi. Bilganlar u bilan savdolashib otirmaydi.
Mabodo biron xaridor molining qimmatligini aytsa, baloga qoladi.
Menga orgatma, ov! deydi kozlari gazabdan yonib.
Jahli chiqqanidan sariq moylovi uchib-uchib qoyadi. Za-
kunni sendan yaxshi bilaman! Senga oxshaganlarni deb qon
tokkanman! U gapining isboti uchun tarashadek qotib qolgan,
bukilmaydigan ong oyogining tovonini otirgan joyida yerga urib-
urib qoyadi. Kordingmi?!
158
Kechqurunga borib sal chiroyi ochiladi.
Ja-a-areniy semichka! deydi ovozini baralla qoyib.
Otgan-ketganga iljayib qaraydi. Silliqroq juvonlar otsa sariq
moylovini burib boshini sarak-sarak qilib qoyadi. Yaqinroq
kelgan kishi ogzidan arzon vino hidi gupillayotganini sezadi...
Bu Dalavoy. Bir vaqtlar dadam tomorqadagi daraxtni
kesgani uchun qamatmoqchi bolgan, keyin pora soragan
Dalavoyning ozi. Uni deyarli har kuni koraman. Har korganda
konglimda galati xotiralar uygonadi.
Dalavoy nalugchi bolganidan keyin, ayniqsa quturib ketdi.
Yaqin atrofda «Dalavoy kelyapti», desa chochimaydigan odam
yoq edi. U gijinglagan qizil jiyron minib yurar, yaraqlab turgan
etigi ham, galife shimi, «porim» qilib qoyilgan sargish sochi ham
oziga xop yarashgan edi. Yelkasidan oshirib tashlab olingan charm
tasmali sumkasi, qolidagi qamchisi kishida qandaydir qorquvga
oxshagan narsa uygotardi. Odamlar uni korganda azbaroyi hurmat
qilganidan emas, qorqqanidan salom berardi.
Urush endi bitgan, hammaning ahvoli oziga malum...
Dalavoy nalugchi soliqni oz vaqtida tolay olmagan odamlarning
hovlisiga toppa-togri otda kirib kelar, adi-badi aytishib vaqtini
otkazib otirmas, namat bormi, samovar bormi, xullas, yaroqliroq
biron buyumni baholab olib ketardi.
Odatdagi yoz oqshomlaridan biri edi. Oyim echkini sogib
boIib, «nasibasini» emsin, deb uloqchalarni qoyib yubordi-da,
oshxonaga kirib ketdi. Biri qora, biri oq ikki uloqcha onasining
yeliniga yopishgancha oldingi oyoqlari bilan chokkalab
dumchalarini likillatib-likillatib emishar, echki uzun, oqish
kiðriklarini yarim yumib maza qilib kavshanar edi. Oyim
oshxonada goja pishirar, havoda tutun aralash piyozdog hidi
kezar, akam bilan men supada turib kim uzoqqa sakrash
oynayotgan edik.
Bir mahal kocha tomondan tuyoq tovushi eshitildi. Darvoza
sharaqlab ochildi-da, qizil jiyronning jilovidan tutgan Dalavoy
nalugchi kirib keldi. Akam bir zum angrayib turdi, keyin ovozi
boricha qichqirdi:
Oyi!
Oshxonadan achishgan kozini ishqalab oyim chiqdi.
159
Dalavoyni kordiyu shoshib qoldi.
Voy, voy, aylanay, dedi ovozi titrab. Assalomu
alaykum. Yaxshi otiribsizlarmi, orgilay? Kelinim eson-omon-
milar?
Dalavoy indamay bosh irgab qoydi. Uning avzoyi buzuq
edi. Kulrang kozlari qisilib turar, qolidagi ilondek qamchisini
oynatib-oynatib qoyar edi.
Voy esim qursin. Oyim endi hushini toplagandek
jilmaydi. Nimaga qarab turibman? Otiring, orgilay. Hali-
zamon ovqatim pishib qoladi. Men hozir...
Oyim korpacha opchiqish uchun bolsa kerak, uy tomonga
yonalgan edi, Dalavoy qatiy bosh chayqadi:
Yoq, mundoq keling.
Oyim taraddudlanib hovli ortasida toxtab qoldi.
Xo-osh, dedi Dalavoy manodor qilib. Bu, naluglar
kopayib ketibdi-ku, bu yogiga nima qilamiz?
Oyim jilmayishga urindi:
Bilmasam, opovsi. Uch kundan keyin adasi maosh oladilar.
Unisi uch kun deydi, bunisi besh kun deydi! Dalavoy
jahl bilan sariq qoshini chimirdi. Nima, mening jonim
temirdanmi? Yuraveramanmi u eshikdan kirib, bu eshikdan chiqib!
Oyimning kozlari tashvish bilan javdiradi:
Nima qilaylik, opovsi, otgan safar barkashni olib ketdin-
giz...
Oyimning gapi negadir Dalavoyni gazablantirib yubordi.
Kulrang kozlari qisilib, allaqanday kokish ot sachrab ketgan-
dek boldi.
Nima, barkashingizni uyimga oborib qoyibmanmi? dedi
ovozi jaranglab. Zakun bor, bildingizmi?
Shu payt osmondan tushdimi, yerdan chiqdimi, allaqayoqdan
gurji kuchugimiz paydo boldi. Xuddi hozir gajib tashlaydigandek
toppa-togri otning oyogiga yopishib ovozi boricha akillay boshladi.
Jiyron yer tepinib pishqirdi. Boshini shiddat bilan kotargan edi,
Dalavoyning jilov tutgan qoli siltanib qayrilib ketdi.
Yoqol-e, padaringga lanat! U jahl bilan jilovni tortdi.
Itga qamchi oqtaldi. Kuchuk angillab qochdi. Biroq nariroqqa
borib battar vovillashga tushdi. Yeching anovini! Dalavoy
dagdaga bilan oyimga buyurdi.
Oyim bir zum kozlarini pirpiratib turdi-da, sekin, entikib
160
soradi.
Nimani, opovsi?
Anovi govmish sigirni! Dalavoy labining bir cheti bilan
istehzoli kuldi. Qotir echkidan boshqa nimangiz bor ozi?
Insof qiling, opovsi. Ozi bolalarning ogzini oqartirib turgan
bisotimizda bor molimiz shu. Buniyam opketsangiz holimiz nima
kechadi? Bir joylik odammiz-ku, orgilay.
Qanaqa galcha odam bular ozi? Jahli chiqqanidan
Dalavoyning ingichka moylovi ucha boshladi. Nima,
sendaqalardan boshqa ishim yoqmi?! Davlat bor, zakun bor!
Mana! U qamchisini qoltigiga qistirdi-da, yelkasidan oshirib
taqib olgan charm sumkasini ochdi. Mana, dedi oyimning
burniga allaqanday qogozni tiqishtirib. Ottiz kilo gosht, on
besh kilo yog, yuz litr sut... Oqing, savod bormi ozi?
Oyim qogozga emas, Dalavoyning koziga termildi:
Qotir echki qanaqa qilib yuz litr sut bersin, opovsi,
dedi sekin.
Iya! Dalavoyning kulrang kozlari qisilib ketdi. Hali
davlatning zakuni bekor ekan-da! Tegishli joyda gaplashib
qoymaylik tagin.
Oyimning rangi quv ochib ketdi.
Jon ukam, dedi yalinib. Iloyo martabangiz bundan
ham ulug bolsin. Korib turibsiz-ku...
E, nimani koraman! Mana bu yerga hammasini yozib
qoyibman-ku! Mana! Mana!
U qogozni «mana» deb shahd bilan kotargan edi, jiyron
hurkib ketdi. Qattiq pishqirdiyu suvligini shiqirlatgancha bir
siltagan edi, jilov Dalavoyning qolidan cliiqib ketdi. Qoltigiga
qistirilgan qamchisi tuproqqa tushdi. Ot dumini gajak qilgancha
darvoza tomon yortdi. Dalavoy jaholatda otning ketidan yugurdi.
Bir sakrab jilovdan tutib oldi-da, sudragundek bolib boyagi joyga
olib keldi. Engashib yerdan qamchisini oldi-yu, kuchi boricha
jiyronning boshiga soldi. Ot jon achchigida boshini silkitib oldingi
oyoqlari bilan yer tepina boshladi. Ammo Dalavoyning baquvvat
qoli jilovni burab olgan, har gal qamchi vizillaganida ot pishqirib
suvligidan kopik sachratar, kozlari olayib qulogini ding
qilgancha yer tepinar, biroq jilovini boshatolmas edi.
Dahshatdan chinqirib yubordim. Akam hamon angrayib
turardi. Oyim yugurib kelib Dalavoyning qamchisiga osildi:
161
Urmang, jonivorda nima gunoh!
E, nari turing! Dalavoyning kozlarida rosmana vahshiy
ot yonar, ozining labi ham xuddi otiniki singari kopirib ketgan
edi. U azoyi badani titrab turgan otni jilovidan siltab tortgancha
hovli burchagiga qarab yurdi. Bir qolida jilov tutgan koyi ikkinchi
qoli bilan echkining arqonini qoziqdan yecha boshladi. Oyim
chumchuqdek chirqillab, echkining arqoniga yopishdi.
Bermayman! dedi nafasi qaytib. oldirsang ham
bermayman.
Dalavoy arqonni yechib torta boshladi. Boyadan beri yonimda
indamay turgan akam supadan sakrab tushdi-da, chopib borib
arqonga yopishdi. Dalavoy u yoqqa tortdi, oyim bilan akam bu
yoqqa. Oyimning romoli yechilib, yelkasiga tushdi. Sochlari yoyilib
ketdi. Echki ham xuddi hammasini tushungandek tortta oyogini
yerga tirab orqaga tisariladi. Endi ovozi ocha boshlagan kuchugimiz
tagin «ishga kirishdi». Qandaydir ingichkalashib ketgan tovushda
alam bilan akillagancha, koptokdek pildirab chir aylana boshladi.
Faqat men dahshat ichida qotib turar, nima qilishimni bilmas
edim. Dalavoy arqonni sal boshatgan edi, boyni chozilib ketgan
echki boshini silkitib, bogilib yotala boshladi.
Ichkarida uxlab yotgan ukam shovqin-surondan uygonib ketdi
shekilli, ayvonga ishtonchan chiqib burni oqqancha yiglay
boshladi. Oyim Dalavoyning arqonni boshatganidan umidvor
bolib yana yalindi.
Hech bolmasa mana shu qora kozlarni oylang. Iloyo siz
ham shunaqa qosha-qosha ogillar koring, ukam, dedi
harsillab.
Dalavoy arqonni qoyib yubormadi. Ijirganib yuzi-ni ogirdi:
E, shunaqa qingir-qiyshiq bolalar koradigan bolsam,
kormadim-e!
Oyim tarsaki yegandek birdan seskanib ketdi. Bir zum
Dalavoyga tikilib turdi-yu arqonni qoyib yubordi. Qalin lablari
titray boshladi.
Ol! dedi ovozi qaltirab. Osha zahoti kozlari jiqqa yoshga
toldi. Ozimni soksang sok, bolalarimni nimaga haqorat
qilasan, imonsiz! Keyingi sozlar bogzidan yigi aralash nido
bolib chiqdi. Iloyo u dunyo bu dunyo tirnoqqa zor bolgin,
bildingmi! Iloyo xonadoning chaqaloq yigisiga zor bolsin!
Dalavoy birpas bezrayib turdi-da, gudranib sokindi. Arqonni
162
qoyib yuborib orqasiga burildi.
Opket! dedi oyim qatiyat bilan. Erkak bolsang,
sozingdan qaytma!
Dalavoy uch qadamcha yurgan joyida shartta burildi. Arqonni
yulqib oldi-da, echkini eshik tomon sudrab ketdi. Echki hamon
tixirlik qilib orqaga tisarilar edi. Boya onasini toyib emib olgan,
endi hovlining allaqaysi burchagida yurgan uloqchalar dikonglab
echkiga ergashdi. Akam jonholatda yugurib uloqchalardan birining
orqa oyogidan ushlab qoldi. Uloqcha ayanchli marab tiðirchilar,
akam qoyib yubormas edi. Dalavoy darvozaga yetganda ikkinchi
uloqchani etigi bilan turtib ichkarida qoldirdida, bir qolida ot jilovi,
boshqa qolida echki arqonini tutgancha eshikni qarsillatib yopib
chiqib ketdi. Roy bergan voqeaning butun dahshatini endi
tushungandek boldim. Echkim bolmasa, maydonchaga nima deb
boraman? Vali bilan qanday oynayman? Toy bilanchi?
Oyim bir zum hovli ortasida sochlari parishon turib qoldi.
Keyin hamon yiglayotgan ukamning tepasiga keldi. Burnini
etagiga artdi-da, kotarib uyga opkirib ketdi.
Qosh qorayganda darvozadan yugurgudek bolib dadam kirib
keldi. Hamma gapni kochadan eshitgan shekilli, toppa-togri
uyga kirdiyu qoshogiz miltigini kotarib chiqdi.
Oyim dod solib miltiqqa yopishdi.
Qamab qoyadi! dedi chirqillab. Nima qil- moqchisiz,
qamab qoyadi!
Qoch! Dadam gazabdan qaltirab, tirsagi bilan oyimni
nari surdi. Bir boshga bir olim!
Kerakmas, Xudo xayringizni bersin, kerakmas.
Oyimning nolasi tasir qildi chogi, dadam holdan toygandek
supaning chekkasiga otirib qoldi. Tizzasi ustiga miltiqni
kondalang qoygancha kaftlari bilan boshini changalladi...
Davlatning odami bilan oynashib boladimi, dedi oyim
murosaga chaqirgan ohangda.
Davlat unaqa deganmas! dadam jahl bilan tizzasiga
mushtladi. Davlat, birovning oxirgi molini shilib kelasan,
deganmas. Bu gap osha piyonistaning ozidan chiqqan.
Qolida qogozi bor-ku, dedi oyim yoshli kozlarini
moltiratib.
Tagin gapiradi-ya! Dadam hammasiga oyim aybdordek
yana tizzasiga mushtladi. Hech kim unga unaqa qilasan, deb
163
orgatgan emas! Bu ablahning ozi davlatni odamlarga yomon
korsatib yuribdi. Shunga aqling yetadimi, yoqmi!
Mayli. Oyim yengining uchi bilan kozini artdi.
Ungayam boqqan balo bordir... Mayli, dedi xorsinib. Shukr,
urush bitdi, bu kunlar ham otib ketar. Hademay bolalar katta
bolib qoladi. Dalavoyning boyagi gapi yana yuragini ortab
yubordi shekilli, oyimning ovozi titrab ketdi. Ozimni soksa
mayli edi, bolalarimni nimaga gapiradi...
...Onam aytganidek, osha kunlar unut boldi. Turmush iziga
tushib ketdi. Kunlardan birida oppoqqina, domboqqina notanish
xotin bir narsadan qorqqandek hurkib darvozadan kirib keldi.
Oyim aylanib-orgilib unga peshvoz chiqdi. Notanish xotin oyim
bilan korisha turib hiqillab yiglab yubordi.
Kuyovingiz yana urdi, dedi sekin. Uning chap yuzi
momataloq bolib ketganini endi kordim.
Kunora uradi. «Qisir sigirsan», deydi. Boyimda bolmasa,
nima qilay, opajon. «Seni ming taloq qoyib onasi opmagan
qizni olaman», deydi. Notanish xotin hong-hong yiglar,
opkasini tutib ololmasdi. «Seni deb odamlarga yomon
korindim», deydi. Nimani qoyil qiðti? Topganini ichadi. Kecha
mast bolib sizni gapirdi. «Shuyam qargagan edi», deydi.
Mahallaga qoshilolmasam, birovga hasrat qilolmasam. Burchak
jinnisi bolib otiribman. Kimga dardimni aytsam kuladi. Tanadan
boshim chiqmay qoldi, aylanay opajon.
Bu Dalavoyning xotini ekanini endi tushundim. Hayron
bolib goh onamga, goh Dalavoyning xotiniga qarab turardim.
Voy, gapingiz qurmasin! Oyim uning yelkasiga qoqdi.
Qoying-e, nima, men paygambar bopmanmi? Jahl ustida aytgan
bolsam, ming marta qaytib oldim, orgilay! U choy quyib
uzatdi. Shuni oylab yuribsizmi hali? Qoying, ozingizni bosing.
Meni aytdi dersiz, opovsi, ichingiz tola bola. Hali shunaqa qosha-
qosha ogillar korasizki, ogziga kuchi yetmaganlar uyalib qoladi,
aylanay!
Dalavoyning xotini oyimga termilib turarkan, yoshli kozlari
bilan jilmaydi:
Aytganingiz kelsin, dedi pichirlab.
Ammo Dalavoy aytganini qildi: xotinini qoyib yuborib, «onasi
opmagan» qizni oldi... Teshik munchoq yerda qolmaydi deganlari
rost ekan. Dalavoyning avvalgi xotini Abdi degan aravakashga
164
tegdi. Ora-chora bir bolasini kotarib, birini yetaklab oyimning
oldiga kelib qolar, ikkovlari uzoq-uzoq chaqchaqlashib otirishar
edi.
Dalavoyning ikkinchi xotini ham tugmadi. Lekin bunisi
«zakunni» bilish bobida ozidan qolishmas ekan. Dalavoy uni
ham «qisir sigirsan», deb bir marta urgan ekan, «tegishli joy bilan
gaplashib qoydi» shekilli, nalugchilikdan boshatishdi. Biroq,
Dalavoy otdan tushsa ham egardan tushmasdi. Hamon jiyronini
gijinglatib «porim» kiyinib yurar, faqat endi yelkasiga osib
yuradigan charm sumkasi yoq edi.
Falokat qosh bilan qovoqning ortasida turadi degan gap bor.
Dalavoy bir kuni mast bolib kelayotganida ot hurkib sudrab
ketibdi, degan gap tarqaldi. Beli bilan oyogi sinib kasalxonada
yotdi. Uzoq yotdi...
...Hozir uni deyarli har kuni koraman. Guzardagi bozorchada
otirib pista sotadi:
Ja-a-reniy semichka!
Bilganlar u bilan savdolashib otirmaydi. Bilmaganlar sal jigiga
tegishsa, tayoqdek qotib qolgan ong oyogining tovonini yerga
urib-urib qoyadi. Gazabdan sariq moylovi uchib-uchib xirillaydi:
Menga qara, ov! Zakunni sendan yaxshi bilaman. Senlarni
deb qon tokkanman!
Har gal uni korganimda galati tuygular qiynaydi. Bir jihatdan
achinaman. Ehtimol, u oz vazifasini bajargandir. Ehtimol, osha
paytda shunday qilish kerak bolgandir. Ammo insonning feli
galati. Yaxshi narsa esidan chiqsa-chiqadiki, yomonlikni unutishi
qiyin. Ayniqsa, bu bolalik xotirasi bolsa... Uni har korganimda
koz ongimda onamni haqorat qilgani xayolimga kelaveradi.
Onamning jiqqa yosh tola kozlari tasavvurimda jonlanadi.
USTA
Ozbekning otpuskasi yo uy qurish bilan otadi, yo toy qilish
bilan. Bultur hovli etagiga mehmonxona, ayvon soladigan boldik.
Imorat solish tashvishini boshiga tushgan biladi. Taxta bolsa,
gisht yoq, gisht bolsa, tunuka yoq, tunuka topilsa, boyoq
yoq... Mayli, hozir gap bunda emas.
Devor kotarilganidan keyin Abdujabbor degan usta ishga
tushdi. Girt chapani, ammo qoli gul yigit. Tosin tashlash
165
deysizmi, ustun qoyish, pol qoqishmi hammasini orinlatadi.
Halol ishlaydi. Faqat bitta kamchiligi bor ichadi, har kuni
ichadi. Peshingacha amallab turadi-yu, tushlik paytida chidol-
may qoladi.
Ov, akam, opkela qoling anovi «oqbola»dan! Tomoq
jonivor bedana bop sayrab ketdi-ku!
Nima qilsayam mehmon, bir nima deyolmayman. Oyimga
sezdirmaslik uchun imi-jimida piyolani toldirib quyib beraman.
U ozining aytishicha, «zahariga» otib oladi-da, ashulani vang
qoyib ishini davom ettiraveradi:
Bog aro-o-lab boraman,
Gulshan ar-o-olab boraman...
Oyim uning yana ichganini bilib, meni koyishga tushadi.
Bola-chaqali odamni piyonista qilmoqchimisan? Har kuni
ichirishga uyalmaysanmi?
Abdujabbor tepadan turib hayqiradi:
Ichganim yoq, Poshsha oyi! Ichganim yoq! Ichgan
bolsam bir qoshiq suvda chokib olay! Meni mast deb
oylayapsizmi? Mayli, kerak bolsa bir oyoqda turib beraman.
U tosin ustida bir oyoqlab turib «mast emasligini» namoyish
qiladi. Oyim battar chirqillaydi:
Hoy, ehtiyot bol, yiqilib ketasan!
...Ish tom yopishga yetganda oyim meni chetga imlab qattiq
tayinladi.
Agar shu bolaga endiyam ichirsang, norozi bolaman! Kecha
yiqilib ketishiga sal qoldi. Birovning bolasi mayib bolib qolsa,
Xudo nima deydi!
Osha kuni tushlikda Abdujabborga yotigi bilan tushuntirdim:
Endi, birodar, konglingizga kelmasinu tushlikda ichmay
qoya qoling.
Usta u deb kordi, bu deb kordi, bolmadi. Oxiri qovogi osilib
tomga chiqib ketdi. Qoshiq aytish yoq, gaplashish yoq... Uch-
tort kun ahvol shunday davom etdi. Keyin men ham ishga tushib
ketdim. Bir kuni tushdan keyin xabar olay deb kelsam, uzoqdan
ustaning vadavang ashulasi eshitilyapti. Tunukani ikki marta
taraqlatadi-yu iyagini ong tomonga chozib chiranib qichqiradi:
Bog aro-o-olab boraman...
166
Bolgani yana ikki marta uradi-da, iyagini chap tomonga
chozib qaytaradi:
Gulshan aro-o-olab boraman...
Oshxonada choy qaynatayotgan oyimning oldiga kirdim.
Bu, yana «bog arolab» borish boshlanibdi-ku, kim ichirdi?
Bilmasam, deydi oyim menga qaramay. Ichgani yoq
shekilli.
Abdujabbor gapimizni eshitib qoldi chogi, tomdan turib
baqirdi:
Nima deyapsiz, ov akam! Ichgan bolsam bosgan izim
orqamda qolsin. Nima, ichsam aytishga qorqamanmi sizdan!
Poshsha oyimning oldilarida ichib jinni bopmanmi! Yaxshisi,
bitta opkeb qoying «oqbola»dan! Kechqurun jigarini ezamiz...
Birovga tuhmat qilgim kelmay indamay qoya qoldim. Keyin
bu gaplar unutilib ketdi.
...Yaqinda uyda ishlab otirsam, Abdujabbor kelib qoldi.
Kiyimlar bashang, doppi boshga qiyshiq qondirilgan. Soqollar
qirtishlangan...
Qalay, akam, qogoz qoralab otiribsizmi! dedi shangil-
lab. Bizga xizmat-pizmat yoqmi bundoq.
Qiziq, uning shangillashi, chapanilarcha «akam» deb gapirishi
ham oziga yarashadi. Quchoqlashib korishdik.
Ozgina olasizmi? dedim kulib. Oshanda besh-on
kun sazangizni oldirgan edim. Endi qarzimni uzay.
Yoq. Abdujabbor keskin bosh chayqadi. ozim
qarzimni uzgani keldim.
U shimining piston chontagini kavlab on somlik chiqardi-
da, stolga qoydi:
Mana.
Nima bu?
Qarzim, dedi u negadir qovogini solib.
Hech nimaga tushunmadim.
Mendan qarzingiz yoq.
Sizdan emas, Poshsha oyimdan olganman.
Uning birdan oziga yarashmagan mayus qiyofaga tushib qolishi
galati edi. Onamni eslab, ozim ham mayus tortib qoldim.
Olgan bolsangiz yaxshi, dedim sekin. Shuniyam
oylab otiribsizmi?
Yoq, Abdujabbor yana keskin bosh chayqadi. Men
168
odatdagidek shiddat emas, oychanlik bor edi.
Keyin yana bir marta mazam qochganda Poshsha oyim
tagin besh som «tushirib qoydilar», dedi u sekin, men
topib oldim.
Oraga uzoq sukunat chokdi. Abdujabbor bir nuqtaga tikilib
otirar, qovogi soliq edi.
Mana osha on som! U pulni men tomonga surdi.
Qoying, dedim sidqidildan. Oyim sizdan rozi ketganlar.
Olmasangiz otamning bolasimasman! Abdujabbor shaxd
bilan ornidan turdi, ostonaga borganda toxtab qayrilib qaradi.
Anuv kuni Poshsha oyimni ziyorat qilgani boruvdim, dedi ovozi
xirillab. Mozor darvozasidan qaytdim: ichgan edim. U bir
zum yerga qarab turdi-da, qoshib qoydi. Bugun payshanba,
bormoqchiman. Uch kundan buyon ogzimga olganim yoq.
U javobimni kutmay eshikni yopdi-yu, chiqib ketdi.
HAVAS
Har qanday dardning eng yaxshi davosi vaqt deydilar.
Bilmadim, boshqalarda shunday bolsa bordir. Menda... Bazan
hammasini unutganday bolamanu biron narsadan siqilsam, tagin
qaytadan boshlanadi. Kechasi uyqum ochgancha qorongi shiftga
tikilib yotaveraman, yotaveraman... Shunda qulogim ostida
onamning ohista yupatishi eshitiladi. «Qoy bolam, ozingni
siqma... Menga sening chivindek joning kerak. Sen uchun mening
yuragim yonganida boshqalarni etagining bari ham kuymaydi,
bolam. Hech bolmasa meni kuydirmagin...»
Bir vaqtlar shunchaki gapdek koringan bu sozlar endi
boshqacha, juda boshqacha jaranglaydi xayolimda...
Jahongir degan jurnalist dostim bor. Juda dilkash yigit. Faqat
doim shoshib yuradi. Bugun Toshkentda, ertaga qarasangiz
Samarqandda... Xotini ozining teskarisi: boshashgangina juvon.
«Jahon qani?» desangiz, «bilmadim, Tojikistonga komandirovkaga
ketuvdilar shekilli, yanagi haftalarga kelib qolsalar kerak», deb
qoya qoladi. Yanagi hafta borsangiz, Jahongir Turkmanistonga
ketgan boladi.
Qaysi kuni shu ortogim kelib qoldi.
Qani, otlan! dedi odatdagidek shoshilib. Jizzaxga
ketdik.
169
Lanjlik qilib bahona izlay boshlagan edim, qolimdan ushlab
uyiga sudradi. Darvoza oldida «Moskvich»i yaraqlab turibdi.
Mashina yonida keksa onasi Mehri xola... Uning nimasinidir
oz onamga oxshataman. Mayus qiyofada boshini bir yonga
tashlab turishimi, uzun, qora baxmal nimchasimi, qalin romol
tagidan chiqib turgan oppoq sochlarimi...
Mehri xola oglidan xursand. Koziga parda tushib korolmay
qolganida Jahongir Muhammadjon doxtirga oborib operatsiya
qildirdi. Mehri xola: «Jahonim tufayli dunyoga yangidan keldim»,
deb har gapida duo qiladi. Kozi-ku, yaxshi koradigan bolgan.
Lekin qulogi ogir. Qattiq gapirmasangiz eshitmaydi.
U meni korib quvondi. Peshonamdan opib korishdi.
Bu dalovsha yana otlanib qoldi, dedi Jahongirga imo
qilib. Ozi kecha keluvdi.
Dostimning felini bilganim uchun indamay qoya qoldim.
Jahongir kapot ostiga shongib motorni tekshirish bilan ovora
edi.
Yolda ehtiyot bolinglar! Mehri xola xira kozlarini
javdiratib iltimos qildi.
Xavotir olmang, dedim uni yupatib.
A?
Ovozimni balandlatib yana tasalli berdim:
Xotirjam boling, indinga qaytib kelamiz.
Mehri xola bir zum boshini egib jim turdi-da, hamon motorni
kavlashtirayotgan Jahongirning yoniga bordi.
Jahon, dedi sekingina, togdan ehtiyot bolib otgin.
Jahongir yelkasi osha onasiga qaradi:
Jizzaxning yolida tog yoq.
Tog kop bolgani uchun aytyapman-da, Mehri xola
astoydil kuyinib tushuntira boshladi. Mashinangni sekin
haydagin. Shoshmagin, jon bolam.
Tog yoq desam, tog kop deysiz-a! Jahongir burnini
tortib qaddini rostladi. Qorqmang, oyi, togning yoniga
bormaymiz, chetlab otib ketamiz.
Mehri xola bir zum indamay turdi. Oglining javobidan bari
bir qanoat qilmadi. Tagin mening oldimga keldi.
Ozingiz qarab boring, jon bolam, dedi yolvorib.
Ayting, toxtab-toxtab, dam olib, dam olib yursin.
Xop, oyijon. Ozim qarab turaman. Dam olib-dam olib
170
boramiz.
Mehri xola yana bir zum qarab turdi-da, hovliga kirib ketdi.
Biroq kop otmay postakka oxshash bir narsani quchoqlab
kotarib chiqdi. Qarasam, kattakon postin. Endi kapotni yopgan
Jahongir nochor qiyofada aftini burishtirdi.
Kun issiq-ku!
Nima?
Kun issiq-ku, nima qilaman buni?
Yolda sovuq qotib qolsang, kiyasan.
Dostimning nochor qiyofasida ham, Mehri xolaning postin
kotarib turishidayam ham kulgili, ham qandaydir odamning dilini
larzaga soladigan galati ifoda bor edi.
Menga bering, dedim Mehri xolaning qolidan postinni
olib. Jahon kiymasa, ozim kiyaman.
Bopti, ketdik. Kech qolamiz! Jahongir shaxd bilan
mashinaga otirdi.
Shoshma! Mehri xola xol-xol dog bosgan qolini siltab
imo qildi. Qani, omin! dedi duoga qol ochib. Bolamni
sizga, sizni Xudoga topshirdim. Oy borib, omon kelinglar.
Safarlaring bexatar bolsin, dostga zor, dushmanga xor qilmasin.
Iloyo tuproq olsanglar oltin bolsin. Iloyo...
Jahongir noiloj kaftini ochib turarkan, alamini boyadan beri
mashina atrofida aylanishayotgan ogilchasidan oldi:
Nimaga bosh yalang chiqding? Sovuq-ku! Uyga kir, shpana!
Shunday dediyu betoqatlik bilan motorni yurgizdi. Mehri xola
shosha-pisha fotiha tortdi. Dostim endi mashinani orqaga tislantirib
onglagan edi, onasining qol siltab qichqirgani eshitildi.
Toxtasang-chi, hoy!
Jahongir noiloj yana toxtadi.
Ha, yana nima, oyi? dedi mashina eshigini qiya ochib.
Mehri xola harsillab yaqin keldi. Timirskilanib nimchasining
yon chontagini kavlashtira boshladi.
Nima qidiryapsiz? Jahongir norozilik bilan qoshini
chimirdi.
Shoshma, bolam, Mehri xola nihoyat chontagidan bir
siqim paxta chiqardi. Ma, dedi qiya ochiq eshikdan uzatib,
qulogingga tiqib ol. Bilasan-ku, sal shamol tegsa quloging
ogriydi.
Obbo! dostim paxtani olib bardachokka tash ladi.
171
Xop xayr, yaxshi otiringlar.
Yoq, hozir tiqib ol. Keyin esingdan chiqib ketadi.
Uff! Jahongir jinday paxtani naridan-beri dumaloqlab
qulogiga tiqqan boldi. Motor gurilladi. Mashina shiddat bilan
oldinga sapchidi. Bir zum jim ketdik. Dostim yoldan koz uzmay
borarkan, xijolat chekkandek tushuntirdi: Odam keksayganidan
keyin yosh bolaga aylanib qolarkan-da...
Men indamadim. Nima dey? «Shu gaplarni nega xotining
aytmadi, nega bolalaring aytmadi-yu, onang aytyapti, nega bu
yogini oylamaysan?» deymi? «Senga qanchalik havas
qilayotganimni bilsang edi, nodon!» deymi?
Qiziq osha kecha onam tushimga kirdi. Qolida oppoq paxta
kotarib yurganmish...
KALTAKESAKNING DUMI
Shundoq darvoza oldida silliqlanib ketgan eski yogoch
skameyka bor. Har kuni ishdan qaytishda beixtiyor skameykaga
qarayman. Bir vaqtlar darvoza oldi, mana shu xarrak doim gavjum
bolardi.
Ertalab tong otishi bilan onam darvozani lang ochib qoyadi:
farishta kirarmish. Hali uygonmasimdan gangur-gungur suhbat
boshlanadi.
Yaxshi otiribsizmi, poshsha oyi?
Shukur, aylanay. Oglingizdan xat bormi?
Ikki haftadan buyon xat kelmayapti, konglim gash.
Unaqa bolsa erta-indin ozi kirib keladi. Meni aytdi dersiz.
Hozir armiyadan bolalar qaytadigan vaqt boldi.
Shanba-yakshanba kunlari endi ishlayman, deb otirsam
shovqin-suron ayniqsa avjiga chiqadi. Skameyka jonivor xuddi
ochakishgandek deraza tagida...
Mahallaning yarim bolasi simga tizilgan qaldirgochdek
xarrakka otirib oladi. Ortada oyim.
Poshsha buvi, konfet bering.
Poshsha buvi, mengayam! Yoq, unaqasidanmas, zarligidan.
Shu payt, kocha boshida qariligidan quloqlari osilib qolgan,
echkidekkina ozgin eshak korinadi. Ixcham aravaning
gildiraklarini giyqillatgancha sekin-sekin keladiyu xuddi
stansiyasini bilib toxtagan poyezddek deraza roparasida toxtaydi.
172
Qishin-yozin oyogiga mahsi kiyib, telpagini bostirib yuradigan
qop-qora chol «Bismillo», deb aravadan tushadi-da, ovozi boricha
baqiradi:
Kep qoling, shara-bara-a-a! Mushtdekkina cholning
shunchalik jarangdor ovozda qichqirishiga bazan hayron qolamiz.
Kep qoling! Zar koptokka kep qoling!
Chol kaftini karnay qilib har baqirganida derazalar zirillab
ketadi.
Hushtakning bulbuli ozimizda! Saqich deganlar kelaversin!
U, shu hayqiriq orasida oyim bilan hol-ahvol sorashib
qoyishniyam unutmaydi:
Qalay, Poshsha opa, bardamgina otiribsizmi?
Shukr, deydi oyim. Kenjangiz qachon keladi?
Cholning kenja ogli aspiranturada oqiydi.
Dilgirom keldi, yigirmanchida kelarkan. Chor-shanba kuni
Kokterakka borib qoy opchiqdim, deydi chol. Oglim
kelishi bilan oyogiga soyaman. U yana kaftini karnay qilib
qichqiradi. E, shara-bara-a-a!
Derazalar tagin zirillab ketadi. Oyim bir kocha qora-qura
bolalarni ergashtirib hovliga kiradi. Hammayoqni qiy-chuv tutib
ketadi.
Aya! Shisha bering!
Poshsha oyi, on tiyin bering, hushtak olaman.
Mengayam!
Shara-barachi chol kamida yarim soat savdo qiladi. Birovga saqich,
birovga shaqildoq... Yana birovga rezinka boglangan uchidan tortib
otilsa qolga qaytib keladigan zar koptok... Qari eshak bolsa turgan
joyida quloqlarini osiltirib mudrab hordiq chiqarib oladi.
Chol ketishi bilan qiy-chuv bosiladi deb oylaysiz-mi? Yoq,
battar avjiga chiqadi.
Nilu, olgur, nima qilding? Ha, qiz bolmay ajalni oldida
ket! Shishani yogi bilan berib yuboribsan-ku.
Hoy, Alish! Nima hunar korsatding? Hushtak chalmay
yergina yutgur, adangni arogini tokib tashlab shishasini beribsan-
ku. Hali qolimga tushgin, goshtingni bir burdadan qilmasam
yurgan ekanman.
Bir toda bola ortasida otirgan oyim ohista yupatadi.
Qoying, kelinposhsha, qargamang, bolalik poshsholik-
da, orgilay. Adasi bir kun ichmasa ichmas...
173
Bahor paytlari, olcha gullaganda kechasiyam tinchlik yoq.
Yarim kechagacha pichir-pichir, hingir-hingir... Oxiri bolmadi.
Bir kuni skameykani tag-tugi bilan arralab tashlamoqchi boldim.
Dastarrani kotarib chiqsam oyim odatdagidek bir toda bola
orasida otiribdi.
Ha? dedi qolimdagi arraga qarab.
Boldi, dedim tongillab. Odamga tinchlik ham kerak-
da.
Qora-qura bolalar, sochi sichqonning dumidek dikkaytirib
orilgan qizaloqlar mengamas, onamga termilib qarashdi.
Odam bor joyga odam keladi-da, oglim, dedi oyim
sekin. Norastalar suyunsa yomonmi...
Yakshanba kunlaridan birida darvoza oldi yana gavjum bolib
ketdi. Ammo bu safar bolalar emas, xotin-xalaj toplandi.
Ayollarning hayajonlanib shovqin solishidan bildimki, Huri satang
kelgan. Huri satang, yoshgina kohlikkina juvon. Faqat ogzidagi
qator-qator tilla tishlari, boynidagi durlar, ayniqsa lombillatib
katta-katta gapirishi uni yoshiga nisbatan ulugroq korsatadi.
Bechoraning turmushi bolmadi. Mahallada toy-hasham bolsa,
odamlarning hovlisiga sim tortib «tuyalampochka» qoyib
beradigan yuvoshgina montyor yigitga tekkan edi. Besh oy deganda
bir emas, ikkita popukdek qizaloq tugib berdi. Mahalladagi ogzi
botir otinning aytishiga qaraganda «shaftolini danagi bilan yeb
qoygan» ekan. Montyor yuvosh bolsayam, oriyatli yigit ekan
uy-joyini tashladi: ketdi.
Iðdekkina bolib yurgan Huri eridan chiqdi-yu, semirib ketdi.
Ozining aytishicha: «Mana, ersiz olgani yoq, qaytaga brilliantga
belanib yuribdi». Uning xojalik sumkasini korishi bilan
xotinlarning kozi yonib ketadi. Oziyam sumkamas, xazina. Ichida
billur vazadan tortib maxer koftagacha, poshnasi bir qarich
platforma tuflidan tortib, nomozshom atlasgacha hammasi
topiladi.
Beixtiyor derazadan moralasam, «bozor» ayni avjiga chiqqan
ekan. Huri satang semiz oyogini skameykaga, shundoq oyimning
biqiniga tiragancha kozni qamashtiradigan atlasni korsatib
turibdi. Atrofdagi ayollar havas bilan tikilib qarashyapti. Oyim
Hurining oyogiga joy boshatgani uchunmi, skameykaning bir
uchiga ilinib otiribdi.
Bunaqasi endi chiqmay qoygan. Huri satang atlasni
174
tizzasiga yozdi-da, kafti bilan siladi.
Ayollar havas bilan tomosha qilishar, ammo birontasi aqalli
narxini sorashga jurat qilolmas edi.
Oladigan dunyoda yeb-ichib, kiyinib qoladi-da odam.
Huri satang domboq kaftini siltadi. Opchiqing, pochcham
sandiqqa bosib qoygan pullardan, Dilbar opa! Odam bolib
mundoq atlas obersin sizgayam!
Bir etak bolaga oralashib qolgan Dilbar opa sekin mingilladi:
Ha, nasib etsa, bir kun kiyarmiz.
Hozir kiymasayiz, qachon kiyasiz! Ikki-uch yildan keyin
chalpakka orab tashlasa, it qaramaydigan bop qolasiz. Ozizziyam
oylang bundoq.
Dilbar opa yana bir nima deb mingilladi. Huri satang:
«Xaridor yoqmi?» degandek xotinlarga bir-bir qarab chiqdi-da,
atlasni sumkaga tiqdi. Keyin uzoq titkilab bir nimani qoliga olgan
edi, ayollar xuddi ortogining yangi oyinchogini tomosha qilgan
bolalardek baravariga uning kaftiga egilishdi:
Vuu-uy! Manovi zirakni!
Tillami?
Qancha turadi?
Tilladan ham zor! Platina deb qoyibdi buni! Huri satang
boshini magrur kotardi. On uchta.
Oyim ham xira tortgan kozlarini uning kaftiga tikdi.
Qani? On uch som bolsa arzon ekan-ku!
Huri satang ovozini baralla qoyib kuldi. Uning kulishi galati.
Odatda odam kulganida kozidan nur porlab ketadi. Biroq Huri
satangning kulishi boshqacha. Ozi emas, tomogi kuladi... «Ha...
ha... ha...» deydi bolib-bolib. Faqat tilla tishlari yaltiraydi. Semiz,
boliq kokraklari silkinib ketadi.
Bir ming uch yuz som, poshsha oyi! Kozini kordiyizmi,
brillant-ku.
U, «boldi, tomosha tamom», degandek brilliant zirakni ham
yashirdi. Keyin tagin sumkasiga qol suqdi. Bu safar allaqanday
yaltiroq mato chiqdi. Oy-kuni yaqinlashib qolgan qoshni kelinchak
Guli matoning bir chetini juratsizlik bilan ushlab kordi.
Bemalol, dedi Huri satang. Bemalol, kelin poshsha,
gijim boladigan narsamas bu. «Mokriy trikotin» deb qoyibdi
otini.
Oyim ham matoning bir chetidan tutib kordi.
175
Ozimizning misqoli dokaga oxsharkan, dedi sekin.
Voy-voy-voy! Dokayiz hammomda boladi! Huri satang
qoshini chimirdi. «Mokriy trikotin», disam doka diydi.
Ozi qancha? dedi Guli Huri satangning koziga termilib.
E, ot minan tuya bolarmidi, opovsi! Bir joydagi odammiz.
Yigirma som-de! Puliyiz yonizda qoladi.
Guli tushunmadi.
Metri yigirma sommi?
Metri nima qiladi? Men metrlab sotmiyman. Bir kiyimligi
bir yuz yigirma som, tushundizmi?
Guli sekingina qolini tortib oldi. Uning eri shofyor. Bahorda
allaqaysi sovxozga tut bargi olib ketayotganda avariya bolib uch
oy giðsda yotdi. Haliyam ishga chiqib ketgani yoq.
Menga togri kelmas ekan, dedi Guli sekingina.
Ha-ha-ha! Huri satang ogzidan olov purkab tomogi
bilan kuldi. Erta-indin qochqordek ogil tugib beradigan
xotiniga bitta koylak oberolmiydigan er qanaqa ozi! Belida
belbogi bormi?
Gulining dog bosgan yuzi qizardi.
Mayli, dedi sekingina. Qoya qoling. U «mokriy
trikotin»ga judayam havasi kelayotgan bolsa kerak, yana ushlab
kordi.
Etvotman-ku, puliyiz yonizda ketadi. Asl mol bu! Huri
satang oltin uzukli barmoqlari bilan matoni gijimlab-gijimlab
qoyib yuborgan edi, yana tep-tekis bolib qoldi. Bola yasashni
bilgan odam guldek xotinini yasatib qoyishniyam eplasin-de!
Boyadan beri indamay otirgan oyim gapga aralashdi.
Har kim ozidan otganini ozi biladi, bolam, dedi sovuq
ohangda. Nima qilasiz bechorani uyaltirib.
Voy-voy-voy! Manov odamni qarayla! Huri satang birdan
jiddiy tortdi. Man osin deb etagiga osilvotmanmi?! Manam
ozimdan otganini ozim bilaman. Biramas, ikkita tirik yetimni
boqib otiribman.
Nima qiðti sizga? dedi oyim qovogini solib. Binoyidek
yuribsiz.
Guli, har qalay, shu matodan koylak kiyishni judayam
xohlayotgani korinib turardi.
Sakson somga boladimi? dedi sekin.
Sakson somga marojniy ob yeng. Marojniy osayiz, eriyiz
176
bilan maza qilib yeysiz.
Judayam unaqa noinsoflik qilmang. Oyim yana gapga
aralashdi. Bir joydagi odamlarmiz, tobutkashmiz.
Olsam, tobutim kochada qolmas. Kim oladi, kim qoladi,
xudo biladi! Huri satang matoni Gulining qolidan yulqib oldi.
Avval buyogini bir yoqlik qiling. Tugib olguningizcha hali
nima gapu nima soz.
Guli esankirab qoldi. Oyimning rangi ochdi.
Nimaga unaqa deysiz? dedi tahdid bilan. Manga
qarang, qoying, ikkinchi mening eshigimga bunaqa narsalarni
kotarib kelmang. U pashsha qorigandek qolini siltadi.
Boring! Bunaqa harom-harish narsalardan hazar qilaman.
Ho, boyiz yetmagandan keyin puf sassiq boldimi! Huri
satang sumkasini kotarib shaxdam odimlar bilan jonab ketdi.
Zum otmay xotinlar tarqalishdi. Oyim ham ornidan turdi. Bir
ozdan keyin xonasidan uning ovozi eshitila boshladi:
Niyating ozingga yoldosh bolgur, diyonatsiz! Ozi-ku,
ikki yolning ortasida otiribdi. Nima qilasan bechoraga bunaqa
deb. Oyimning qiziq odati bor. Jahli chiqsa, ozi bilan ozi
gaplashadi. Hozir ham eshikdan sekin moralasam, deraza
yorugida tugma qadab otirgancha oziga gapiryapti: Undan
kora eson-omon qutulib olgin, degin, yoshsan, hali bundan
yaxshilarini kiyasan, degin... Pul joningni olgur, ochofat, olsang
puldan kafan qilmaydi-ku, imonsiz!
Hammasini bilib tursam ham eshikni ochib, sekin soradim:
Ha, oyi, kimni urishyapsiz?
U sekin burildi.
E, dedi qol siltab. Har xil odam bor ekanda, bu
dunyoda...
...Oshandan keyin ham darvoza oldi odatdagidek gavjum
bolaverdi. Bolalar chugurlashadi, «shara-bara» keladi, xotinlar
toplanadi, faqat Huri satang boshqa korinmadi. Biroq, ikki oycha
otgandan keyin qiziq voqea boldi. Ishdan kelib oyimning xonasiga
kirsam, Huri satang otiribdi. Koziga surma tortmagani uchunmi,
yiglagani uchunmi, qizarib, xunuklashib ketibdi. Loppi yuzi
yanayam shishib, barkashdek bolib ketgan. Sinchiklab qarasam,
brilliant taqinchoqlari ham, tilla uzuklariyam yoq. U meni kordi-
yu, bir nimadan chochigandek, shosha-pisha hovliga otildi.
Nimaga kepti? dedim ensam qotib.
177
Oyim surilib yonidan joy korsatdi. Tushundim, zarur gapi
bor. Ikkilanibroq korpachaga otirdim.
Tinchlikmi?
Oyim darrov javob bermadi. Choynak ustidagi latta qalpoq-
chani olib choy quydi.
Ochilið deganni taniysanmi? dedi anchadan keyin.
Nima edi? dedim sergaklanib.
Hurini gazetaga urib chiqmoqchi emish. Qoy, bolam, shuni
yozmay qoya qolsin.
Tanimayman, dedim yolgon gapirib.
Sen uni tanimasang ham, u seni taniydi-ku, dedi onam
osoyishtalik bilan.
Tanisa nima qiðti! dedim zarda bilan. Bilasiz, men
bunaqa ishlarga aralashmayman!
Bilaman, bolam, bilaman. Oyim oylanib qoldi. Keyin
yana osha gapni qaytardi. Qoy, shuni yozmay qoya qolsin.
Endi rosmana jahlim chiqa boshladi.
Qiziqsiz! dedim gashim kelib. Qaysi kuni Hurini
ozingiz haydab yuborgandingiz. Endi yonini olyapsiz. Kim ozi
u! Bitta haromxor chayqovchi-da.
Oyim yana oylanib qoldi.
Togri, dedi anchadan keyin. Huri yomon, harom-
xor. Lekin bu bechora kaltakesakning dumidek gap, bolam.
Bunga oshiradiganlar boshqa. Kaltakesakning dumini uzganing
bilan boshqasi osib chiqaveradi... U yana jimib qoldi.
Choyingni ich, dedi yupatuvchi ohangda. Bolasi bor-a, bir
emas, ikkita norasidasi bor-a, oglim.
Indamadim. Togrisi, nima deyishni ozim ham bilmasdim.
Bu onamning oxirgi iltimosi ekanini oshanda bilmagan edim...
... Mana, hozir har kuni ishdan qaytishda darvoza oldidagi
skameykaga qarayman. Skameyka bom-bosh. Na bolalar bor,
na xotinlar... Hatto «shara-bara» ham kochamizdan otmaydigan
bolib qoldi.
ALLA
Qabriston gishtin devor bilan oralgan. Darvozaning narigi
tomonida gorkovning hujrasi. Berigi tomonida tashqarida,
uning hovlisi. Darvozaga yaqin kelishim bilan ichkaridan hujra
178
tomondan tilovat sadosi eshitildi. Xuddi shu payt hovli tomondan
alla ovozi yangrab ketdi:
Allayo, alla, jonim bolam-a, alla...
Kim boldi bu? Gorkovning kelinimi? Qizimi?.. U hamon
sokin tovushda davom etardi:
Uxla, qozim, allayo, shirin qizim, alla...
Ertalab yomgir yoqqan edi. Darvozaning temir panjaralarida
suv tomchilari yaltiraydi. Kolmakda quyosh jilolanadi. Muzdek
tutqichdan ushlagancha turib qoldim. Bir tomonda tilovat sadosi,
bir tomonda alla... Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini
rad etmas, ikkalasi qoshilib bahor nafasiga tolgan osmonda,
qabriston yolkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz
qilar edi:
«Rabbano-o-o, rabbno-o-o...» «Allayo, alla»...
Bir xil bolib ketdim. Panjarador darvozaga suyanib uzoq turib
qoldim.
Onam beshigim ustida alla aytganini eslay olmayman. Esimni
taniganimda beshikda yotmaydigan bolgan edim. Biroq oyim
ukamga alla aytganini eshitganman. Kop eshitganman.
Qish kechalari sandalga suqilib tiqilishib yotardik. Uy
nimqorongi. Piligi pastlatib qoyilgan chiroq xira nur sochadi.
Shiftda lampa shisha uchidan chiqqan nur doirasi korinadi. Chiroq
doim bir joyda turgani uchun shiftning osha yeri sargayib qolgan.
Hammayoq jimjit. Shu qadar jimki, dadamning hujrasidagi soatning
chiqillayotgani ham eshitiladi. Tashqarida boron guvillaydi. Quruq
qorning derazaga chirsillab urilishi eshitilib turadi. Ukamning beshigi
girchillaydi. Onam alla aytadi.
Alla, bolam uxlay qol-a, alla,
Quchogimda orom ol, alla...
Yoq, bu qoshiq emas. Oyimning ovozida qandaydir boshqa
narsa bor. Mungmi, iltijomi...
Toglardagi shunqorim-ey, alla,
Beshikdagi qochqorim-ey, alla.
Ukam ovunib qoladi. Oyimning ozi ham beshikni quchoq-
lagancha mudrab ketadi. Bir mahal beshik ustidagi qoli shilq etib
179
yoniga tushadi. Ukam uygonadi, beshik yana gijirlaydi. Oyim
ham chochib kozini ochadi. Beshikni ohista tebratadi:
Yigitlarni sardori bol, jonim-a,
Yuragimni madori bo1, alla...
Yana jimlik chokadi. Soat chiqillaydi, qor derazaga chirsillab
uriladi. Sekin-sekin kozim uyquga ketarkan, qulogim ostida yana
osha mayus sado eshitiladi.
Oq uy-ola bargaklarda jonim-a,
Yonib turgan chirogimsan, alla...
Keyin... katta bolganimda ham qayerda alla eshitsam, negadir
yuragim shirin orziqish bilan talpinib ketar, nega bunaqa
bolayotganini ozim bilmas edim. Bir yili uch-tort qalamkashlar
olis tog qishlogiga bordik. Mashina yurmas edi. Ot minib
organmaganim uchun charchab qoldim. Manzilga yetmasimizdan
qorongi tushdi. Yaylovdagi qirgiz otovida tunab qolishga togri
keldi. Qimiz ichdik, suzma yedik. Keyin birimiz namatga, birimiz
postakka yonboshlagancha uxlab qolibmiz. Bir mahal sovuq qotib,
uygonib ketdim. Atrof jimjit. Faqat olisda it akillaydi. Otov
keragisidan shom yegan oy moralaydi. Shu payt qoshni otovda
chaqaloq yigisi, ketidan ayol kishining alla aytayotgani eshitildi.
Men uning sozlarini aniq bilmasam ham alla aytayotganini his
qilib turardim. Negadir yuragim shirin orziqib ketdi. Ayolning
ovozimi, alla ohangimi, xuddi onamga oxshab ketardi. Negadir
shu ohang bilan qalbimga orom kirganday boldi-yu oz-ozidan
kozlarim yumilib keta boshladi. Goyo qirgiz ayol bolasiga emas,
menga alla aytayotganday... Yaqin orada bunaqa shirin uxlamagan
edim.
Oradan uch-tort yil otgach, shunaqa holatni yana bir marta
boshimdan kechirdim. Kislovodskka dam olishga borgan edik.
Tortta ozbek yigilsa osh qilish harakatiga tushib qoladi. Sanatoriy
yaqinidagi xonadondan qozon topdik. Bu yerning aholisi yoz
paytida uyiga dam oluvchilarni ijaraga qoyadi. Bu xonadonda
ham sibirlik juvon ijara otirarkan. Sap-sariq sochli, barvasta
gavdali, yuzini sepkil bosgan juvon qishloq ayollariga xos
soddadillik bilan bizga darhol elakishib ketdi. Kichkintoy
ogilchasini kotarib goh sabzi artishadi, goh idishlarni yuvadi.
Ozbek palovining tarifini kop eshitsa ham hech yemaganini
180
dilkashlik bilan aytib kuladi.
Birgalashib osh yedik, kok choy ichdik. Keyin sibirlik juvon
kichkintoyini kotarib uyga kirib ketdi. Oradan chorak soatcha
otgach, ichkaridan uning ovozi keldi:
Bayu ba-ayushki, bayu, bayu-bay...
Qiziq, yuragimda yana osha shirin orziqish uygondi. Uning
ovozi ham onamnikiga oxshab ketardi. Dostlarim gangur-gungur
suhbatlashib otirishibdi. Men bolsam ichkaridan chiqayotgan
alla sadosiga quloq solaman. «Ba-yu, bay...»
Bu qanday holat?! Bu qanday sehr? Nima ozi bu?
Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam oz seviklisiga
aytgan dil rozini dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam
tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan
qoshiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam
tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam
aytgan eng oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa
bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona
aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi godak bemalol orom
oladi. Nega shunaqa? Nahotki, godak tushungan narsaga biz
tushunmasak? Ehtimol, buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol,
ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun
ham ona tabiatning eng buyuk ixtirosidir.
Bilmadim... Qabriston darvozasi oldida, bir tomonda tilovat,
bir tomonda alla yangrayotgan darvoza oldida turib shularni
oyladimu galati bolib ketdim.
OQ MARMAR, QORA MARMAR...
Bahor devorlarning oftobroya etaklaridan boshlanmaydi.
Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor
goristondan boshlanadi. Ilk maysalar mungli doppaygan qabrlar
yonboshidan unib chiqadi. Tongich chuchmomalar eng avval
sukutga chomgan qabriston ustida mayus qongirogini chaladi.
Bagriqon qizgaldoqlar birinchi bolib mana shu yerda ochiladi.
Kim bilsin, tabiatning marhumlar ruhiga yilda bir marta
korsatadigan marhamati ehtimol shudir... Chogdek lovullagan
qizgaldoqlar, saf tortgan gulsafsarlar orasida marmar toshlar
korinadi. Oq marmar, qora marmar, kok marmar... «Onajon,
sizni to abad unutmaymiz», «Onajon, qildingiz bizga jon fido, e
181
voh, taqdir sizdan ayladi judo», «Onajon, xotirangiz qalbimizda
mangu yashaydi...»
Oq marmar, qora marmar... Bu sozlarning har bitta harfiga
qanchadan-qancha koz yoshi tomganini bilaman. Ehtimol bular
inson bolasining hayotda aytgan. Eng rost sozlaridir. Faqat...
har gal ularni oqiganda bir narsani oylayman: mana shu sozlarni
yurak-yurakdan, iztirob bilan aytgan farzand onasi hayot
ekanligida qanchalik konglini ololdi ekan? Xotiniga qimmatbaho
postin olib berayotganida, onasiga bir kiyimlik koylak qoshib
olish yodidan chiqmadimikan? Oz uyini chet el mebeli bilan
toldirib qoyganida onasiga aqalli boyradekkina gilamcha sovga
qilishni unutmadimikan? Qizini tugilgan kunida atlas koylak,
oglini velosiðed bilan qutlaganida onasiga oddiy bir paypoq olib
berishni esidan chiqarmadimikan?
Bilmadim... Faqat bir narsani aniq aytishim mumkin. Mabodo
Tangri marhumlarga qayta jon ato qilsayu onalar tirilib qolsa,
hayot paytida mehr berganmi, bermaganmi baribir farzandlarini
maqtab gapirgan bolardi. Onalar hatto vafotidan keyin ham
onaligicha qoladi.
...Bahor devorining oftobroya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor
ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor mana shu
yerdan boshlanadi. Qabrlar ustida qongiroq chalgan chuchmo-
malar, lovillab yongan qizgaldoqlar onalarning farzandini yupatish
uchun taqdim etgan chechaklari bolsa ajab emas...
ILTIJO
Oyi, men keldim... Eshityapsizmi, oyi, men yana keldim...
Qarang, oyi tagin koklam kirdi. Esingizdami, har yili bahor
kirishi bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni,
tiniq osmonni, kom-kok maysalarni korib quvonardingiz.
Esingizdami, nevaralaringiz terib kelgan boychechaklarni
kozingizga surtib, «omonliq-somonliq» qilardingiz...
Bugun... ozingizning ustingizdan boychechak osib chiqibdi...
Yoq, yoq, oyijon... Yiglayotganim yoq. Bilaman, men yiglasam,
siz bezovta bolasiz. Hozir... hozir otib ketadi. Mana, boldi...
Ertalab-chi, oyi, yomgir yogdi. Qattiq yomgir yogdi. Siz
bahor yomgirini yaxshi korardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi.
Qarang, oftob charaqlab yotibdi... Esingizdami, siz menga oftob
182
togrisida chopchak aytib bergan edingiz. Osha oftob charaqlab
yotibdi... Koryapsizmi...
Esingizdami, oyi, siz ukamga alla aytardingiz. Men allaning
ohangiga mast bolib uxlab qolardim. Osha beshikda men ham
yotganman. Allangizdan men ham orom olganman. Nima qilay,
oyi, men alla aytishni bilmayman. Qabringizni silab qoysam orom
olasizmi... Mana, oyijon, mana... Yoq, yoq, yiglayotganim yoq.
Hozir, hozir otib ketadi. Esingizdami, oyi, siz bir marta, atigi
bir marta, oshandayam hazillashib: «Meniyam kitob qilib
yozsang-chi, oglim», degandingiz. Men: «Sizning nimangizni
kitob qilaman, oyi?» degan edim. Xafa bolmang, men
hazillashgan edim. Mana, osha kitob. Yoq, uni men yozganim
yoq. Uni siz yozgansiz. Men uni qogozga tushirib, odamlarga
tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar oqishini
xohlayman. Bilaman, dunyodagi hamma onalar yaxshi. Shundoq
bolsayam, ularning hammasi Sizga oxshashini xohlayman...
19801981
183
184
185
IKKI KARRA IKKI BESH
Hajviy qissa
Yaqin otmishda roy bergan «oshirib yozish»lar haqida
bir qadar «oshirib» yozilgan, hushchaqchaq hajv bilan
toliq bu asar bugungi avlodga maqul kelsa, oquvchining
qalbi quvonchga tolib, chehrasida tabassum barq ursa,
goyat xursand bolur edim.
Muallif
Birinchi bob
KASALLIK ÒARIXI
E, doxtirjon! Qiynab nima qilasiz, odamni! Aytyapman-
ku, soppa-sogman! Rahmat yaxshi davoladinglar. Esingizdami,
bannisaga kelgan kunlarim, bir lunjim oqib tushgan nondek osi-
lib yotuvdi. Ogiz yomgirda qolgan ochoq!». Qolim bilan
togrilayman, deb xarchand urinaman, qani joyiga kelsa, tagin
qiyshayib qoladi, xumpar! Kozning ham bittasi katta, bittasi
kichkina edi! Mana, hammasi bip-binoyi! Endi, doxtirjon, bizga
javob bersangiz... Nima? Yana soraysiz-a? Jinoyatchisan deb
tergovchi soroq qilsa, jinnisan deb, doxtirlar soroq qilsa... Nima
qilay, axir? Kimga aytay dodimni!
A? Hech qanaqa kasal bolgan emasman! Bolaligimda ham,
undan keyin ham... Angina-mangina, qizamiq-pizamiq birontasi
bizga yolagan emas! U yogini sorasangiz, besh yoshga
tolgunimchayam yalangoch yurganman! Nima? Ha, qishdayam!
Bir kuni desangiz, qahraton qishda hovuzning muzini yorib,
ichiga tushib olganman. Dadam uch oyoqli velosiped olib
beraman, deb vada qilmaguncha, hovuzdan chiqmaganman.
Oshanda onam «voy, endi nima qildim, bolajonim olib qoladi»
deb chirqillagani esimda.. Baloyam urmadi... Qaytaga mazza
qildim: yalangoch odam erkin nafas oladi-da, togrimi?
Odamning hamma joyi nafas olishi kerakmi axir? E, sizam
onamning gapini aytasiz-a! Kichkina paytimda onam nuqul tutib
186
olib, yalangoch ketimga shapatilardi. «Hamma ogzi-burni bilan
nafas olsa, sen boshqa joyingdan olasanmi, juvonmarg!» derdi.
Kechirasiz-ku, doxtirjon, kimning qayeridan nafas olishi ozining
ishi! Òogrimi-yoqmi? Qolaversa, inson bolasi ozini-ozi
chiniqtirishi kerak. Ha, ana endi ozingizga keldingiz, doxtirjon!
Rais buva ham doim shunaqa derdi. Aytgan gapini maqullasam:
«Ana endi ozingga kelding, Qoshovoy, aqling toshni yoradi»,
derdi.
Obbo! Yana osha savolmi? Aytyapman-ku, umrim bino bolib
griðp bolgan emasman, tomogim ogrimagan, ichketar
bolmaganman. Òoshni yesam, qum qilb yuboraman!
A, Avariyadayam qolgan emasman! Joram Shodivoy bilan
bir marta avariya qilishimizga sal qolgan-u, Xudoning ozi bir
asragan.
Nima? Yiqilishga-yiqilmaganman! Yongoqdan! Qir uchidan!
Oziyam yongoqmisan-yongoq edi-da! Yongoq-ku tomorqada
edi. Ammo shunaqangi tarvaqaylab ketgandiki, tomorqadagi
daraxtning soyasi kuni tikkaga kelguncha hovlimizning yarmisini
qoplab yotardi. Paxtaga dori sepadigan samolyot qishlogimiz
ustidan uchib qolsa, bizning hovlini teppasiga kelganda varillab,
havolab ketardi. Bir safar pastroq uchgan ekan, bitta qanoti uzilib
yongogimizning shoxiga ilinib qolgan. On kungacha dakang
varrakka oxshab lapanglab turgan. Òemir shapka kiygan odamlar
osmon baravar narvon keltirib amallab tushirib olishgan. Men
ana osha yongoqning qir uchidan yiqilib tushganman. Nima?
Necha yoshdaligimni qayoqdan bilay? Xullas, hali maktabga
bormagan paytlarim edi-da!
Gira-shira esimda. Òomsuvoq boshlangan kezlar edi.
Òomsuvoqni bilasizmi? Ha, yashang! Òomorqadagi xuddi osha
yongoq tagidan loyxandaq qazib, somon bosishdi. Loyni somonga
aralashtirib rosa qorishdi. Dadam shimining pochasini qayirib,
loyxandaqqa kirdi. Hasharchilarning paqiriga paydar-pay loy solib
turibdi. Hasharchilar zipillab tashib turibdi. E, doxtirjon, siz
bilmaysiz! Qishloq joyda hashar desa hamma yopirilib kelaveradi.
«Qayoqqa, nimaga», deb surishtirib otirish nomardlik boladi.
Xullas, hovlimizga tumonat odam toplandi. Qarasam, bashang
kiyinib olgan ozim tengi bola yongoqqa kesak otyapti.
Shunaqangi domboq, shunaqangi dumaloq bolaki, xoppa semiz
quyonga oxshaydi. Otgan kesagi tom baravar kotarilsa, ola qolay!
187
«Hoy, kimsan?» desam, yiglamsirab, «yongo-oq» deydi. «Oting
nima, hoy bola!» desam, yana «yongo-oq» deydi. Chaqqonligimni
bir korsatib qoygim keldi. Kaftimga tuflab turib, yongoqqa
tirmashganim esimda. Mehmon bolani yongoq bilan siylay qolay
deb maymundek tipirchilab, daraxtning qir uchiga chiqqanim
ham yodimda. Yongogimiz ham xop meva solgan ekan ozi!
Har bittasi olmadek kelar jonivor! Òagin guj-guj. Eng yuqoridagi
shoxni siltaganimni bilaman. Bir mahal qarasam... televizorda
korsatadigan suvga shonguvchilar borku, oshanga oxshab loy-
xandaqqa kalla tashlab tushyapman. Oyoq-qollarimni juftlab
olganman, deng. Hali tushayapman, hali tushayapman, qani loy-
xandaqqa yetsam! Bir mahal «sholq» etgan ovozni ham
eshitgandek boldim. U yogi esimda yoq. Keyin aytib berishdi.
Loyxandaqning qoq ortasiga boshim bilan sanchilib qolibman.
Dadam ishga qiziqib ketib sezmabdiyam. Hatto bir-ikki marta
ketmonning orqasini juftlashib turgan oyogimga qoqib, loyini
tozalabdi. Qoziq deb oylaganda! Anchadan keyin charchab
«perekur» qipti. Nosqovogini tovonimga urib-urib tagidagi
yopishib qolgan nosini kochirmoqchi bolgan ekan, qitigim kelib,
oyogimni tipirlatib qolibman. Qitigim yomon-da! Otam turgan
joyida taxta bopqopti. Hammayoq qiy-chuv bolib ketibdi.
Koplashib loyxandaqdan sugurib olishibdi. Yuvib-tarab, munday
qarashsa, boshim tars yorilib ketganmish. Men bolsam yiglash
orniga kuli-ib yotganmishman. Òogrisini aytaymi? Oshandan
beri hech yiglamaganman. Nuqul kulaman. Oshandayam onam
«voy, bolajonim, senga nima boldi», deb yiglaganida kulib
turaveribman. Sal-pal esimda bor, negadir oshanda onam
kozimga ikkita bolib korindi. Ovozi bitta-yu, ozi ikkita.
Òirikmisan, bolajonim! dedi ovozi bitta, ozi ikkita onam.
Òirikman, ena, dedim iljayib.
Keyin boshimga otam egildi.
Nima boldi, Qoshovoy?
Negadir dadamning kozi tortta bolib korindi.
Ong qolimning tortta barmogini dikkaytirdim.
Kozlaringizga qollarimni tiqib olaymi?
Dadam hurkib, ozini orqaga tashladi.
Yoq, uch kun ichida hech nima kormagandek oynab ketdim.
Dadam joralariga maqtandi: «Bizning ogil malades! Òegirmonga
tushsa butun chiqadi!»
188
Ha, aytmoqchi, osha kuni uyimizga mehmon keldi. Xuddi
osha «yongoq» deb yiglamsiragan domboq bola. Oti
Shodivoy ekan. Buni qarangki, Shodivoy otasini boshlab kepti.
Rais buvaning ogli ekan. Rais buva qolimga zarqogozli ishkalad
berdi.
Shodivoy bilan qiyomatli jora bollaring! dedi.
Mayli, Shodivoy bilan jora bolsam, bolarmanu, osha kundan
boshlab galati odat chiqardim. Bir qarasangiz miyam, traktorchi
qoshnimiz Òursunboy akaning pat-patiga oxshab qarsillab ishlab
ketadi, bir qarasangiz hech baloga aqlim yetmaydi. Ustiga-ustak,
tagin bitta aybim bor: lof-qofi bilan gapirmasam, konglim joyiga
tushmaydi. Ozimdan bir yosh kichkina Ju degan singlim bor (oti
Mavjuda, men uni «Ju» deyman). Masalan, dadam singlimga doppi
olib kelsa, kochaga chiqib, shovqin solaman.
Dadam Juga tortta doppi olib keldi!..
Sigirimiz tugsa, yana kochaga yuguraman.
Suyunchi beringlar! Sigirimiz uchta tugdi! Buyogi-
niyam bir zumda toqib tashlayman. Ikkitasi urgochi,
uchinchisiyam urgochi!
Birpasda onamning romoli sakkizta, dadamning etigi on
tortta, ozimning botinkam on oltita boldi! (Koshki botinka
kiysam!)
Òursunboy akamning mototsikli bittaligini bilaman. Ammo
butun qishloqqa xabar tarqatib keldim: «Òursunboy akaning olti-
ta pat-pati bor!»
Kechqurun Oysara yangam biznikiga chiqib, onamga hasrat
qildi.
Qoshovoy tushmagur hammayoqqa Òursunboy aka oltita
pat-pat sotvoldi deb gap tarqatibdi. Opajon, ozi yangi rozgor
bolsak. Shu bitta pat-pat olgurniyam rais bova olib berdi:
kuyovingiz yaxshi ishlagani uchun. Bilmaganlar, bular bitib ketgan
ekan, demaydimi? Bolangizni tiyib qoying, opajon!
Oysara yangamni yaxshi koraman. Onamning aytishicha,
qishlogimizdagi eng suluv juvon shu emish. Kolxoz kutubxonasida
ishlarkan! Shunaqa-ku, yangamning gapi menga yoqmadi. Hozir
kaltak eyman, deb chochib turgan edim, unday bolmadi.
Onam beparvo qol siltadi.
Bola-da, orgilay kelin, bola! Nima qipti, ogirlab obdi
demabdi-ku. Yaxshiligingizni oshirib, yomonligingizni yashirsa
189
yomonmi!
Enamni shunaqangi yaxshi korib ketdimki, kechqurun da-
dam ishdan kelishi bilan maqtandim.
Dada-chi, dada, enam bugun sizga uch qozon palov damlab
qoydilar!
Onam, xursand bolish orniga, dadamga hasrat qildi:
Bu tentagingiz qachon odam boladi-a, nomusga oldiryapti-
ku! Bir hafta oldin sigirimiz uchta tugdi, deb hammaga aytib
chiqqan edi. Bugun Oysara kelin hasrat qilib chiqdi.
Bechoralarning bitta pat-patini oltita deb gap tarqatibdi.
Qarab tursam, dadamning ong lunji uchyapti. Koshki, odatini
bilmasam! Lunji ucha boshladimi, jahli chiqqani shu!.. Aslida
dadam menga ham, Jugayam biron marta qol kotargan emas.
Onamning aytishiga qaraganda, otam urush bitay-bitay deb
turganida frontga ketgan ekan. Osha yoqdan shunaqa badjahl
bolib qaytgan emish. Òoydan keyin mening bitta akam, yana
bitta opam tugilibdi-yu, akam chillasi chiqmay, opam yoshiga
tolmay olibdi bechora. Shuning uchun «Qosha-qosha farzand
koraylik», degan niyatda bizga Qoshoqvoy deb ot qoyishgan
ekan. Bolani yaxshi korgani uchun dadam bizni urishmas ekan.
Osha kuniyam dadam lunji uchib-uchib qoydi-yu, bari bir
koyimadi.
Oglim, dedi yelkamga qoqib. Odam boshqa narsada
adashsa mayli, lekin hisobda adashmasligi kerak. Men
bugaltirman-ku, bilaman-ku. Mana, sendan kichkina singling
maktabga qatnayapti. Erta-indin sen ham borasan. Qani, ayt-
chi, yigirmani-yigirmaga qoshsa, qancha boladi?
Ellik! dedim oylab otirmay.
Dard! Dadamning jahli chiqib ketdi. Ong lunji paydar-
pay ucha boshladi. Misol uchun, senda ikkita yigirma tiyinlik
bor. Xloppunkt yonida otiradigan Rahmon pistachidan semichka
olmoqchisan. Bir istakon pistichka yigirma tiyin turadi. Ikki
istakoni qancha boladi?!
Rahmon pistachidan semichka olaverib pishib ketganman.
Qirq tiyin! dedim ishonch bilan.
Bopti-da, ulim! Dadam quvonib ketdi. Hisobda
adashib bolmaydi. Adashsang, ozingga jabr qilasan!
Adashmasam-chi?
Qiziq, dadamning lunji tagin uchdi.
190
Undayam jabr boladi, dedi xorsinib. Rais, hisobdan
adashmaganim uchun yomon koryapti-da meni. Unga hisobni
bilmaydigan bugaltir kerak.
Dadamning gapini uncha tushunmadim. Lekin, maktabga
borguncha hisobni binoyidek organib oldim. Qoshish,
kopaytirish... Ayniqsa, pul hisobini... Òogrisini aytsam,
oshandayam lof-qofi bilan gapirish odatim qolmagan ekan.
Maktabga borgan birinchi kunimoq shu dardim qozib qoldi.
Ikkinchi bob
MAKÒABGA KIRIB OLDIM
Maktabga onam qolimdan yetaklab olib bordi. Gulzor hov-
lining ikki tomonidagi qator-qator oppoq xonalardan biriga kirdik.
Chiroyli kiyingan, sochini silliq taragan bir qiz stol yonida
otirgan ekan. Lip etib, ornidan turdi.
Mana, Muhabbatxon, sizga yana bitta oquvchi olib kel-
dim! dedi onam iljayib.
Oqituvchi ona boshimni siladi.
Voy, qandoq yaxshi... Bu Mavjudaning... shunday
dedi-yu, bir menga, bir onamga qarab angrayib qoldi. Chamasi,
toyloqdek boyimni korib hayron boldi: men Juning ukasimanmi,
akasimanmi?
Akasi! dedi onam tushuntirib. Sal tobi yoqroq edi.
Oqituvchi opa yana boshimni siladi. Faqat bu gal qoq ikki
pallaga bolinganida tomorqadagi oqariqdek chuqur iz qolgan
boshimga barmogining uchini tegizib qoya qoldi.
Ajab qipsiz! dedi kulishga urinib, ozi kulyapti-yu, afti
xuddi yiglayotgan odamnikiga oxshaydi.
Familiyang nima, bolakay? dedi menga yuzlanib.
Salimip! dedim baqirib.
Salimovmi? U stoldagi kattakon daftarni ochib, tez-tez
yozdi.
Oting?
Qoshovoy!
Qoshavoy degin... Yaxshi. Yoshing nechada?
Xuddi shu payt eski dardim qozgab, lof-qof bilan aytish
kasalim tutib qoldi.
191
On besh.
Oqituvchi opa bir chochib tushdi. Kozimga xavotirlanib
qarab qoydi. Onam dumbamni shu qadar achistib chimchiladiki,
iljayib qoydim.
Muhabbatxon! dedi onam kulimsirab. Qoshavoy
hazillashdi, ozi shunaqa hazilkashroq bola. Òoqqiz yoshga toldi.
Oqituvchi opa yana yiglamoqdan beri bolib kuldi.
Shunaqa deng... Mayli. Mavjuda qizimiz pishiq, dedi
onamga. Alo oqiyapti. Keyin mendan soradi. Boshqa
singillaring ham bormi?
Bor. Onta!
Oqituvchi opaning pastki labi osilib ketdi. Ogir-ogir kiprik
qoqib, onamga uzoq tikilib qoldi. Chamasi, toqqiz yilda on ikkita
bola tuqqan xotinni birinchi marta korib turgan bolsa kerak.
Onam dumbamni chimchilashdan ish chiqmasligini payqadi
shekilli, biqinimni oymalab oldi. Qitigim kelganidan hiringlab
kulib yubordim. Oqituvchi opa goh onamga, goh menga qarab,
qisqa-qisqa nafas ola boshladi. Qolidan ruchkasi tushib ketdi.
Qoshoqvoy, dedi qorqa-pisa. Dadangiz?
Ikkita! dedim shosha-pisha.
Nima?
Ikkita!
Shu gapni aytganimni bilaman! Onam uch qadam orqaga tisa-
rildi. Eskirgan chit koylagining ong yengini shimardi-da, yuzimga
chunonam tarsaki tortib yubordiki, xonadagi derazalar jaranglab
ketdi.
Yuzim ogriganidan emas, kulgim qistaganidan kochaga
otildim.
Òoxta, yer yutkur! Onam ketimdan chopdi. Òoxta,
juvonmarg!
Òoxtab bopman! Halloslab dadamning oldiga chopdim. Bilaman,
dadam kolxoz idorasida katalakdek xonada chot qoqib otiradi.
Dada, dedim iljayib. Enam meni kelisop bilan urdi.
On marta urdi. Yuz marta urdi!
Qoyavur, ulim! dedi dadam meni yupatib. Enang
seni kelisop bilan urgan bolsa, men ham uni uraman! Yomon
uraman!
Osha kuni dadam aytganini qilib, onamni kechasi bilan
kaltaklab chiqqan bolsa kerag-ov! Nega deganda onam erta bilan
192
saqich chaynab, mingillab ashula aytgancha, hovli supurib
yurganini kordim. Ertalab dadam oz qoli bilan yetaklab
maktabga olib bordi-yu, direktor bilan gaplashib, meni oqishga
«joylab» qoydi.
Uchinchi bob
BIZNI SINFDA QOLDIRADIGANNING
BOSHI ONÒA!
Buni qarangki, birinchi kundanoq Shodivoy bilan bitta partada
otirib qoldik. Hov oshanda, uyimizda tomsuvoq bolgan kuni
«yongooq» deb yiglamsiragan, Rais buva «ikkovlaring qiyomatli
jora bollaring!» degan Shodivoy bilan. Quyondek yumshoqqina,
domboqqina Shodivoy bilan.
Ikkalamiz birinchi partada otirgan edik, oqituvchi opamiz
meni tanib qolgan ekanmi, familiyamni aytib, koyidi:
Salimov! Orqa partaga ot! Boyingni qara! Orqangda
otirganlar doskani korolmay qoladi-ku!
Bizga baribir! Orqaga otrsak-otaveramizda! Menga desa
derazaga otqazib qoymaydimi!
Endi ornimdan turayotgan edim, Shodivoy bilagimga osildi.
Opa... dedi yiglamsirab, Qoshominam birga
otiraman!
Sen kichkinasan-ku!
Birga otiraman... Shodivoy yana yiglamsiradi.
Oqituvchi opamiz ikkilanib qoldi. Men oldinda otirsam,
boshqalar doskani kormaydi, Shodivoy orqaga otsa, u hech
nimani korolmay qoladi.
Birganlaringni qil! dedi opamiz zarda bilan, Keyin
jurnalni ochib yoqlama qila boshladi.
Alimov! (Qarang Shodivoy joram bilan familiyamiz ham
uyqash. Uniki Alimov. Meniki Salimov).
Men! Shodivoy burnini torta-torta ornidan turdi.
Baqoyev!
Men!
Vahobov?
Men!
Bora-bora yoqlama «S» harfiga keldi.
193
Samadov!
Men!
Salimov!
Biz! dedim ornimdan sakrab turib.
Oqituvchi opamizning qoshi chimirilib ketdi.
«Biz» emas, «men» degin, Salimov! dedi tushuntirib.
Sinfimizda bitta Salimov bor. Uyam bolsa sensan! Òushundingmi?
Òushundim!
Opamiz qaytadan oqdi.
Salimov!
Biz!
Voy, qanaqa bolasan ozi? Sen bittasan! Salimov Qoshoq-
voy! Nega «biz» deysan?
«Biz» deymanmi» «men» deymanmi, nima ishi bor! Oqishni
qoyil qilsam boldimi?
Rostini aytsam, oqishni bopladim! Ozbek tili, tabiat
hammasini dondirdiraman! Rasm chizishdan bir marta «besh»
ham oldim. Faqat matematika masalasida oqituvchi bilan hech
kelisholmaymiz!
Opamiz hamma qatori meniyam doskaga chaqiradi.
Qani ayt-chi, Qoshoqvoy, ikkini ikkiga qoshsa qancha
boladi!
Besh! deyman baqirib.
Sinfdagi bolalar xaxolab kuladi. Oqituvchi opa ikki chak-
kasini changallab joyiga otirib qoladi.
Qoshoqvoy! deydi jigibiyron bolib. Masalan, se-
ning qolingda tortta olma bor...
Yongoq! deyman baqirib.
Nima?
Men olma emayman. Yongoq yaxshi.
Bopti! Oqituvchi opamiz uf tortadi. Senda Yongoq
bor. Ikkitasini menga berding...
Yoq!
Nima?
Yongogim ozimga kerak. Sizga bermayman!
Men misol uchun aytayapma, Salimov! Ayirishni misol
qilyapman, tushundingmi?
Ayirishni bilmayman! deyman men ham zarda bilan.
Qoshishni yaxshi koraman.
194
Bopti! Senda oltita yongoq bor edi. Men tortta qoshdim.
Hammasi qancha boladi?
On bitta!
Qoshoqvoy! Oqituvchi opamiz qaytadan tushuntiradi.
Mana qarab tur... U barmoqlarini bukib sanashga tushadi. Bir,
ikki, uch, tort, besh, olti... Yana torttasini qoshamiz. Demak,
yetti, sakkiz, toqqiz, on... Kordingmi? Hammasi qancha boldi?
Ontami?
Onta bolganini ozim ham bilaman. Lekin hech bolmasa,
bitta qoshib aytsam, aqalli jindek lof qilmasam bolmaydi-da,
nima qilay?
On bitta!
Bolalar yana xaxolaydi. Oqituvchi opamiz astoydil yalinadi:
Jon, Qoshoqvoy! Onta deyaqol.
On bir.
...Papkamni kotarib uyga kirishim bilan onam soraydi:
Necha baho olding?
Olti! deyman iljayib.
Singlim yomon-da!
Qani, aka, kundaligingizni bir koray! deb papkamni
titkilaydi.
Ena! Akam uchta «ikki» opti!
Onam shavla yuqi kapgirni boshimga oqtaladi.
Nima hunar korsatding yana, yaramas?
Olti oldim!
...Onam ota-onalar majlisiga kulib ketadiyu, qovoq-tumshu-
gi osilib qaytadi.
Qachon odam bolasan-a? deydi zor qaqshab. Hech
bolmasa, singlingdan uyalsang bolmaydimi? Sendan bir sinf
yuqorida oqiydi. Hamma bahosi besh...
Dadam kelganida meni yomonlamaydi-yu, hasrat qiladi:
Shu... oglingizga hayronman-da dadasi... Boshqa
darslardan binoyidek oqirkan-ku, hisobni bilmasmish...
...Birinchi sinfni-ku amallab bitirib oldim. Ikkinchiga
kochganimda oqituvchi opamizning toqati toq boldi shekilli,
darsdan keyin meni olib qolib tayinladi:
Bugun kechqurun otangni olib kelmasang, maktabdan
haydatib yuboraman.
Kechqurun ota-bola boshlashib, direktorning xonasiga kirdik.
195
Maktabimizning direktori poxol shlyapa kiyib yuradigan qop-qora
odam. Qorni juda galati. Xuddi ketma-ket bir emas, ikkita tarvuz
yutganga oxshaydi. Qornining tepa qismida taxminan mening
boshimdek, pastrogida ortacha tarvuz tiqilib qolgan...
Eshikdan kirib borsak, direktorimiz u yoqdan-bu yoqqa betoqat
yurib turgan ekan. Ikki qadam tashlaydi-da, toxtab qoladi. Uch
qadam yuradi-da, tagin dam oladi. Qornidagi tarvuzlar bir-biriga
urilib ichini ogritsa kerak-da.
Deraza oldida oqituvchi opamiz otiribdi. Qovogi soliq. Kirib
kelganimizda menga qaramadi ham. Dadamning hurmati uchun
ornidan turib, salom berdi. Ammo osha zahoti yana qovogini
solib oldi. Direktorimiz negadir yotalib qoydi. Dadam bilan
qoshqollab korishdi-da, qornini siladi.
Xo-o-osh! dedi chozib. Siz, Salimjon aka, hurmatli
odamsiz. Biz sizni juda yaxshi koramiz, maktabimizga kop
yordam qilgansiz. Remont-pemont, shipir-mipir, otin-komir
degandek... Lekin... u juda chuqur oylanib qoldi shekilli,
yana qornini siladi. (Chamasi aqli qornida, yoq, qornining ozida
emas, ichidagi qoshaloq tarvuzlarda bolsa kerak). Bu
Qoshoqvoyning ozlashtirishi chatoq-ku.
Shunaqa deyishga deb qoydi-yu, yana paydar-pay qornini
silay boshladi. Nazarimda yuziyam yorishib ketgandek boldi.
Yoq, Salimjon aka, biz Qoshoqvoyni yomon demaymiz,
ozi zor bola. Intizomi durust, zehni otkir. Qaysi kuni xorozning
rasmini chizgan ekan. Korib xavasim keldi. Oziniyam tirikka
oxshatvoribdi, azamat! E, otangga rahmat, devordim!
Direkorimizning gapi ilikdek yoqib ketdi. Mazza qilib
iljayayotgandim, oqituvchi opamiz, dik etib ornidan turdi.
Kechirasiz-ku, dedi negadir qizarib-bozarib Salimov
matematikadan nol! Ikkinchi sinfga arang kochirdik. Shu
ketishi bolsa...
Endi, Muhabbatxon, sizam qizishmang-da, singlim.
Direktor insofga chaqirgandek qisqagina yotalib qoydi.
Bola yosh. Vaqti-soati bilan organib oladi...
Voy-bu, oqituvchi opamning jahli shunaqa yomonligini
bilmagan ekanman.
Organib oladi-i? dedi ovozi ingichkalashib. Ikki yuzi
shunaqangi qizarib ketdiki, birov bexosdan gugurt chaqib yubor-
sa, lov etib yonib ketgudek ahvolda edi. Qachon organadi?
196
Qachon? U entikib qoldi. Yaxshi, dedi dadamga qarab.
Qoshoqvoyga bitta savol bersam maylimi? Bogcha bolasiyam
biladigan savol...
Munday qarasam, dadam direktorga, direktor dadamga tikilib
turibdi. Ikkalasidan ham sado chiqadigan emas.
Mayli, dedim otamning orniga ozim javob berib. Aniq
sezib turibmanki, hozir qoshib hisoblash kasalim qozgamayapti.
Aqlim, Òursunboy akaning pat-patidek qarsillab ishlab turibdi.
Marhamat! oqituvchi opam tantana bilan goh direk-
torga, goh dadamga, goh menga qarab oldi. Ikki karra ikki
qancha boladi?
Òort.
Dadam bilan direktor yarq etib ogirilishdi. Yoq, mengamas,
oqituvchi opaga. Oqituvchi opam, negadir kozimga uzoq tikilib
qoldi. Bir-ikki yutinib qoydi.
Besh kara besh? dedi nafasi ichiga tushib.
Yigirma besh!
Òoqqiz karra toqqiz?
Sakson bir!
Sakkiz karra ottiz uch?
Ikki yuz oltmish tort.
Oqituvchi opamning rangi quv ochib ketdi. Direktorimiz-
ning ichidagi tarvuzlar bir-biriga paydar-pay urila boshladi she-
killi, qorni ozidan-ozi lopillab ketdi.
Yetmish uchdan on sakkizni ayirsa-chi? dedi oqituv-
chi opam. Hayronman, bu safar ovozi shu qadar xorgin, shu
qadar yiglamsirab chiqdiki, savolini zorga eshitdim.
Aytyapman-ku, men ayirishni bilmayman. Faqat kopaytirishni
qoyil qilaman. Navbatdagi savolga nima deyishni bilmay turgan
edim, jonimga direktor ora kirdi.
Boldi! hayronman, direktorning ovoziyam jaranglab
ketdi. Oqituvi opamizga qarab, qolini paxsa qildi. Hamma
savolingizga mendan yaxshi javob berib turibdi-ku! Òagin nima
kerak? Nega qiynaysiz bolani?
Rostini aytsam, oqituvchi opamga rahmim kelib ketdi. Xuddi
mojizaga duch kelgandek nuqul galati iljayadi. Ogzi lang ochilib
qolgan.
Direktorimizning qorni shitob bilan lopillay boshladi. Shuna-
qangi lopilladiki, oziyam tisarilib borib-borib moshrang movut
197
qoplangan uzun stolga dumbasi bilan urildi, orqasi ozor chekdi
shekilli, afti burishib ketdi.
Chamamda oqituvchi opamiz hushidan ketib qoldi-yov! Ora-
chora «hiq-hiq» deb ovoz chiqaib qoyadi. Direktor ham esidan
ogib qolganmikan, desam, yoq es-hushi joyida. Òepamga kelib,
ikkiga yirilib ketgan, qoq ortasida oqariqdek iz qolgan boshimni
siladi. Mehr bilan, uzoq siladi.
Ruxsat sizga, Qoshoqvoy, dedi ovozi tovlanib.
Òovushidagi mehrdan kora sizlab gapirishi ayniqsa yoqib tushdi.
Shu paytgacha meni hech kim «siz»lamagan, hatto singlim ham
kamdan-kam «siz» deydi.
Mayli, dedim eshikka yonalib. Rahmat!
Yolakka chiqsam, allaqachon qorongi tushib qopti. Ham-
mayoq jimjit. Yolakda ham, maktab hovlisida ham odam zoti
korinmaydi. Òurib-turib zerikib ketdim. Hech zog bolmagandan
keyin, yilt etgan nur korinmaganidan keyin zerikadi-da odam.
Qarasam hozirgina ozim chiqib ketgan direktorning xonasidan
chiroq nuri tushib turibdi. Yoq, xonaning ozida emas, eshik
zulfinidan. Avval kalit solinadigan teshikdan ichkariga moraladim.
Hech nima korinmadi. Keyin jillaqursa osha yoqda nima gap
bolayotganini eshitgim keldi. Harchand quloq solmay, hech
baloni eshitmadim. Oxiri, zulfiga qulogimni qapishtirib oldim.
Direktorimizning zardali ovozda gapirayotgani qulogimga kirdi.
Aniq-tiniq kirdi!
Siz, ortoq Ikromova, shahardan kelgan odamsiz, dedi
direktor tajang ohangda. Yoshsiz. Ammo bilib qoying. Qishloq
shahar emas! Hamma olim bolib ketaversa, podani kim boqadi?
Bir zum sukunat chokdi. Dadamning goldiragan tovushi
qulogimga kirdi.
Qoying, ortoq direktor, Muhabbatxon yosh... Oglimiz-
ning oziyam...
Zulfin teshigiga qapishib turgan qulogimga oqituvchi opam-
ning hiqillagani eshitilgandek boldi.
Men... Men... Bolalar savodsiz bolmasin, ilm olsin,
deyman... Bolalar shu holda ketaversa... ertaga hammasi
chalasavod...
Bas! direktorning ovozi oqdek qarsillab ketdi. Bilib
qoying, ortoq Ikromova! Bu sizning Òoshkentingiz emas!
Bizga oqbilak intellegentlarmas, dala zahmatkashlari kerak!
198
Paxtakorlar! Maktabimiz boyicha yuz foiz ozlashtirish beramiz
deganimizda siz ham bordingiz?! Oqituvchilar kengashida qol
kotarganmidingiz?
Direktorimiz yana jimib qoldi. Chamamda, qornini silab qoydi
shekilli.
Xosh, nega endi ozingizni panaga olasiz? Nega rayono
oldida, oblono oldida bizni sharmanda qilasiz?!
Òagin jimlik chokdi. Qulogimni eshikka yanayam qattiqroq
bosdim.
Mayli, endi, malimjon... Bu dadamning ovoziligini
bildim.
Yoq, maylimas! direktorimiz tosatdan chinqirib yubordi.
Ovozi oqituvchi opamnikidan ham ingichkaroq chiqdi. Gap
shu! Ertadan boshlab bironta bolaga «ikki» qoymaysiz. «Uch»
ham qoymaysiz! Kerak bolsa, bolaning uyiga borib oqitasiz.
Yonida yotib qolasiz. Xohlasangiz shu, xohlamasangiz katta
kocha. Poyezd biletini olib beramiz.
Ichkaridan tars-turs qadam tovushlari eshitildi. Eshikka
yanayam qattiqroq yopishdim.
Shu payt... Eshik chunonam zarb bilan ochildiki, birov ong
qulogimga... yoq tarsaki bilan emas, naqd ortacharoq ketmoni
bilan tushirib qolgandek boldi. Ozim ham kamida olti marta
ombaloq oshib ketdim-ov! Òort oyoqlab turgancha munday qara-
sam, oqituvchi opamiz nimqorongi yolakda chopqillab ketyapti.
Poshnalari «tars-turs», «tars-turs» qiladi.
Emaklab ornimdan turgancha, gir-gir aylanayotgan boshim-
ni ushlab kordim. Xayriyat, joyida ekan! Ong qulogim
lovullayotganiga qaramay iljayib qoydim. Oqituvchi opam
matematikadan endiyam «ikki» qoyib korsin-chi! Xohlasam,
ikki karra ikki yigirma ikki deyman! Xohlasam, beshni beshga
qoshsa, ellik besh boladi deyman. Meni sinfda qoldirib bopti!
Òortinchi bob
XIX, ÒULPORIM, XIX!
Òortinchi sinfni bitirayotgan kezlarim edi. Bir kuni ertalab
papkamga yarimta non, bir hovuch yongoq, besh-oltita popuk
qand solib, chiqib ketayotsam, dadam toxtatdi.
Shoshma, ulim! Bugun bozor boramiz.
199
Angrayib qoldim. Har kuni tayoq olib maktabga haydagudek
boladigan otam, bugun bunaqa deyapti.
Hovli burchagida butiga chelak qistirib, sigir sogib otirgan
onam ham dadamning gapini eshitdi. Onam, ozi juda yuvosh-
ku, bir jahli chiqsa, shunaqangi bobillab beradiki, men tugul otam
ham qochgani joy topolmay qoladi.
Hoy! dedi onam sigir sogishda davom etib. Nima
deb aljirayapsiz? Bolani oqishdan qoldirguncha ozingiz ishga
borsangiz olasizmi? Rais bova nima deydi?!
Bormayman! dadamning lunji uchib ketdi. Ishlamayman
osha Rais bovang bilan, tushundingmi, ishlamayman!
Onam sigirni chala-chulpa sogib, yarim paqir sutni
kotargancha yaqin keldi.
Nima boldi? dedi hurkibroq.
Ishla-may-man! dadam ayvon peshida otirgancha
tizzasiga shapatiladi. Aldam-qaldamiga toqatim yoq!
Onam birpasda shalpayib tushdi.
Mayli-ku, dedi yalinib. Kap-katta odam ishlamay
qoysangiz... Buyoqda bola-chaqa...
Dadamning lunji battar ucha boshladi.
Men qamalib ketsam, bola-chaqani sen boqasanmi, ahmoq
xotin!deb mushtini dolaytirgan edi, onam paqirni lapanglatib
qochdi.
Mayli, ozingiz bilasiz, dedi nariroq borib. Ammo
shu topda Qoshoni bozorga...
Ishing bolmasin! Yur, ulim, Chiyaliga boramiz!
Suyunganimdan papkamni hovliga uloqtirdim.
Chiyali bozorni kormabsiz, dunyoga kelmabsiz! Bu bozorda-
chi, xoh ishoning, xoh ishonmang, odamdan boshqa hamma narsa
sotiladi. Òognagichdan tortib buldozergacha, sichqondan tortib
filgacha! Ovqatlarining zorligini aytmaysizmi? Xohlasangiz,
serqatiq toppa osh iching, xohlasangiz archa hidi anqib turgan
tandir kabob yeng! Bilamiz-da! Bultur kelganimizda onam meni
yaxna gosht bilan siylagan.
Balki Siz Chiyali bozor gij-bij chayqovchiga tolib ketgan
deb oylarsiz? Bekorlarning beshtasini aytibsiz! Bozor kuni
hammayoqni aptalapka bosib ketadi. Bir gal onam aptalapkadan
yaltiroq koylaklik olmoqchi bolgan-u, puli yetmagan.
Esimda. Onam:
200
«Kristalingiz necha pul?» desa, boshiga chogirma kiyib olgan
sotuvchi:
«Oltmish som» degan.
Onam:
«Bir kiyimligi oltmish sommi?» desa, chogirma kiygan
sotuvchining achchigi chiqqan.
«Magazinning moli kiyimlab sotilmaydi, ena, metri oltmish
som!» deb, jerkib bergan.
Onamning ham jahli chiqib ketgan.
«Men bilaman, davlat bahosida metri on yetti som turadi!»
degan.
«Yolingdan qolma, ena!» degan sotuvchi sansirab.
Onam ozidan kattani sansirash mana bunaqa boladi, deb
melisa boshlab kelgan.
Melisa yaxshi kishi ekan. Onamni yupatgan:
«Xafa bolmang, ena, narigi aptalapkadan olaqoling!»
Onam ikkalamiz narigi aptalapkaga borsak, xuddi oshanaqa
yaltiroq matoning bir metri yetmish som ekan...
Chiyali bozori ana shunaqa! Butun boshli Ozbekistonni on
marta, boringki, on bir marta aylanib chiqsangiz ham bunaqa
bozorni topolmaysiz!
Rostki, dadam meni bozorga yetaklab qoldimi, bundan chiqdi,
avvalo qornim yorilib ketguncha mehmon qiladi! Keyin bosh-
oyoq yasatadi. Kim bilsin, balki «pat-pat» ham olib berar!
Òursunboy akamning «pat-pat»ini havas qilib yurganimni onam
dadamga aytgan bolsa aytgandir-da! Nima qipti! Yakkayu
yolgiz ogilmiz!..
...Ajab! Dadam yaxna gosht tugul ayron ham olib bermadi.
Mototsikl bozori uyoqda qolib, eshak bozoriga sudradi.
Echkidekkina xotikka xaridor boldi. Savdolashib-savdolashib,
«bor, baraka top!» qildi.
Rostini aytsam, xotigim xunukkina edi. Qiltiriq, quloqlari
shalpaygan, uzun-uzun oyoqlari qaltirab turibdi.
Bilib qoy, ulim! dedi dadam tantana bilan. Korasan,
mana shu jonivor hali senga kop xizmat qiladi!
Yanayam rostini aytsam, uyga yetaklab kelguncha xotigim
ozimgayam yoqib qoldi. Yuvoshgina ekan. Katta-katta, qop-
qora kozlari odamga mayuslanib termuladi. Hangramoqchi
boladi-yu, eplolmaydi. Ogzini lang ochib, ingichka ovozda «xhi-
201
hhi» qilib qoyadi. Xuddi kulganga oxshab.
Ertasigayoq butun maktabga xabar qilib chiqdim:
Mening fildek hangi eshagim bor. Oti Òulpor! Bir tepsa,
tuyani sulaytiradi!
...Bekorga maqtanmagan ekanman! Ikki yil otib, oltinchi
sinfga kochganimda Òulporim chunonam hangi eshak bolib
yetildiki, korsangiz havasingiz keladi. Yursa yer titraydi, yugursa
«man-man» degan poygachi otni yarim yolda qoldirib ketadi.
Bekorga Tulpor deb ot qoymaganman-da! Aqlligini aytmaysizmi?
Qishlogimizdagi odamlarning qoq yarmisi soatini eshagimning
hangrashiga qarab togrilaydi. Erta bilan soat jiringlaganidan emas,
Òulporimning hangraganidan uygonaman. Roppa-rosa soat
yettida roppa-rosa yetti marta hangraydi.
Dadam ham eshagim hangrashi bilan yolga otlanib qoladi.
Endi kolxoz idorasida chot qoqmaydi. Xloppunkt yonidagi
dokonchada gazeta sotadi. Onamning aytishiga qaraganda, Rais
buva insof qipti: dadamning gunohidan kechib, gazeta sotuvchi
qilib qoyganmish. Lekin dadamning ozi bu togrida ogiz
ochmaydi. Òulporim bolsa, har soatda hangrab turadi. Kun boyi.
Bir minut ham kechikmay! Qoshni kolxozda turadigan togam
Òulporingni «Moskvich»ga almashasanmi, deganida jon-ponim
chiqib ketdi. Esimni yebmanmi, almashib? Eshak qayoqda-yu,
allaqanday «Moskvich» qayoqda! Mana, men sanay, siz
barmogingizni bukib turing.
Birinchidan, mashinaga benzin kerakmi? Kerak! Benzin degani
osongina topila qolsa ekan! Bir marta eshagimni minib uzum olish
uchun tuman markazidagi bozorga tushganimda ozim sanaganman.
Benzokolonkada bir yuz on toqqizta mashina safga tizilgan
askardek qator turgan ekan. Shopirlar sokingan, mashinalar
paydar-pay signal bergan. Oshanda Òulporim mashinalar hadeb
bibillayverganidan gashi keldimi, butun kuchini toplab shunaqangi
hangrab berdiki, togdek keladigan samosvallarning ham dami ichiga
tushib pildir-pis bolib qoldi. Shunday qilib, mashina zoti benzinsiz
bir qadam yurolmaydi. Eshak-chi? 93 benzin uyoqda tursin,
solyarka ham kerakmas!
Ikkinchidan, har qadamda melisa toxtatmaydi. Bolar-
bolmasga taloningni teshaman deb doq urmaydi. Demak, bu
tomondan ham pulingiz yoningizda qoladi.
Uchinchidan, siz tomonlarda qanaqa bilmadim-u, bizning
202
tumanda paxta terimi boshlanishi bilan shaxsiy mashinalarda
yurish taqiqlanadi. Òogri-da, har kim ozining mashinasida katay-
sa qilib yuraversa, paxtani kim teradi? Shuning uchun kochada
ketayotgan mashinani taqqa toxtatishadi-da, shopirning ham,
mashinada otirganlarning ham qoliga etak tutqazishadi.
Marhamat qilib, 20 kilodan paxta terib berasiz-da, keyin tort
tomoningiz qibla! Etak tolmaguncha ketish yoq. On chaqirim
yurmasingizdan yana toxtatishadi. «Hozirgina terib berdim-ku»
desangiz, «u sovxozning paxtasi edi, endi kolxoznikini terasiz»,
deyishadi. Òogam aytib bergan. Bultur yangamni tuman
markazidagi tugruqxonaga olib ketayotganda uch joyda toxtatib
«hashar» qildirishibdi. Yangam tugruqxonaga etib borishni kutib
otirmay mashinaning ichida tugib qoya qopti. Shuning uchun
jiyanimning otini, erkalab «Moskvich polvon» deymiz. Oziyam
polvon bola. Kuzda tili chiqdi. Ena deb emas, dada debmas,
«pa-pa-a-p» deb chiqdi. Qarang, mashina ichida tugilgani esida
bor ekan. Aqlli bola-da!
Xosh, endi ayting-chi, eshak minib ketayotgan odamni birov
toxtatib, paxta ter deydimi? Demaydi, Odamlar shuni bilib
qolishgan. Xotini ayni kuzda tugmoqchi bolsa, mashinaga
otqazib emas, eshakka mingashtirib oborishadi tugruqxonaga.
Òogam aytgan: bitta gildirak davlat bahosida yetmish som
turarkan. Ammo ustaxonada gildirak yoqligi uchun bozordan
ikki yuz somga olarkan. Bitta akkumulyator oltmish som
turarkan. Ustaxonadagi qadrdoni u yoqqa yugurib-bu yoqqa
yugurib, arang bir yuz yigirma somga topib beribdi. Òogam
xursand bolib ketganidan oshnasiga yana on som qoshib beribdi.
Akkumulyatorni «yuvish» uchun...
Eshakka-chi! Zapchast kerakmi? Xullas, sanayversam, Òul-
porimning maqtoviga soz topolmayman. Mehribonligini ayting.
Har kuni oxirgi dars tugashi oldidan nuqul derazaga qarayveraman.
Xuddi ozim bilganimdek, derazada aval bir juft dikkaygan quloq,
keyin Òulporimning tumshugi korinadi. U kulrang-kokish
lablarini chochchaytirib, havoni huzur qilib iskaydi-da, boshini
silkitib-silkitib, pishqirib qoyadi.
Oqituvchilar ham tanib qolishgan uni.
Iye, Qoshovoy, dars tugab qopti shekilli, eshaging keldi,
deb qoyishadi. Qongiroq chaladigan navbatchi adashsa-
adashadiki, Òulporim xato qilmaydi. Chiqishga oz vaqtida
203
qongiroq urmasa sekund-sekundini togrilab hangrab yuboradi.
Hangraganda ham qanaqa deng? Naqd derazaga tumshuguni
tirab okiradi. Har bittasi taxminan yarim metr keladigan quloqlari
dikkayib, dumi xoda bolib ketadi. Osha zahotiyoq qongiroq
chalinsa chalingani. Chalinmasa deraza ortidan oqituvchiga
jahl aralash adovatli qarab qoyadi-da, ikki biqini kirib-chiqib
hirqillay boshlaydi. Hafa bolganidan shunaqa qiladi, deb
oylaysizmi? Hecham-da! Òulporim yangidan hangrash uchun
kuch toplayotgan boladi. Opkasini svejiy havoga liq tolatib
olishi kerakmi axir? Agar oshandayam qongiroq chalinmasa,
shunaqangi shovqin soladiki, faqat bizning sinfimiz emas, butun
maktab titrab ketadi. Derazalar jarang-jurung qilgan, shiftning
ohak suvogi kochib tushgan...
Yoq, kopincha ish bunchalikka borib yetmaydi. Òulporimning
ovozi bilan darsdan chiqishga qongiroq deyarli baravar
jaranglaydi.
Sinfxonalardan otilib chiqamizu Shodivoy ikkalamiz eshagimga
mingashib olamiz. Shodivoy yaxshi bola-da ozi! Oqituvchilar u
yoqda tursin, direktorimiz ham uni «siz»lab gapiradi. Shodivoy
ham menga oxshagan bittayu-bitta ogil. Faqat menga oxshab
singlisi emas opasi bor. Òortta. Hov oshanda, ikkinchi sinfda
oqib yurganimda direktorimiz oqituvchi opamizni rosa
urishganini aytgandim (Oshanda oqituvchi opam eshikni
qaltisroq ochgan ekanmi, boshimdagi tuxumdek gurra salkam
ikki oygacha ketmadi. Gurram joyiga tushguncha oqituvchi
opaning ozi ishdan boshab ketdi. Sababini keyin bildim. Opamiz
men tugul, hatto Shodivoydek bolaning ham choragiga «ikki»
chiqarmoqchi bolgan ekan. Direktorimiz shunisiga chidolmabdi).
Keyingi paytlarda Shodivoy yanayam semirib, yanayam
domboq bolib ketdi. Avval ikki yuzi loppigina nonga oxshardi.
Hozir kamida bir kecha-kunduz oshib yotgan xamirdek bolib
ketgan. Bazan hazillashib joramning yuzini silagim kelib qolsa,
bir yuzini ikki qollab silayman.
Shunday qilib, Shodivoy ikkalamiz sinfxonadan otilib chiqib
eshagimga mingashib olamiz. Men-ku Òulporimga minaverib usta
bolib ketganman. Lip etib ustiga chiqib olaman. Papkamni
tizzamga qoyib, Shodivoyni imlayman.
Kelaver!
Shodivoy eshakka mingashguncha terlab, suv bolib ketadi.
204
Harsillab nafas olgancha, goh ong tomondan keladi, goh chap
tomondan... Òulporim bolsa taqdirga tan bergandek qimir etmay
turadi. Esli-da, Shodivoy qil otmas ortogimligini biladi!
Joramning qoltigidan tortib eshakka mingashtirguncha ozim
ham terlab ketaman. Dadam minganida qilt etmaydigan Òulporim
Shodivoy mingashishi bilan orqaga chonqayib otirib olgudek,
bir silkinadi. Chamamda orqa oyoqlari bukilib ketadi-yov! Ammo
sir boy bermaydi. Avvaliga uch-tort qadam gandiraklabroq boradi-
da, keyin yorgalashga tushadi.
Hih, Tulporim! deyman baqirib.
Maktabdan chiqayotgan bolalarni bir zumda quvib otamiz.
Keyin katta kochaga chiqamiz. Avtobus bekatida doppi kiygan
kishilar, atlas koylagi oftobda tovlanib turgan xotinlar bizga havas
bilan qarab qolishadi. Bazilari negadir afsuslanib bosh chayqaydi...
Shu... Xotinlarga ham hayronman-da! Atlas koylak kiyishni
yaxshi korishadi-yu, qurt boqish azobidan xabari yoq! Oylasa
kerak-da atlas degani magazinga chiqadi-yu, dokonchiga ozroq
pul qoshib bersa, peshtaxta tagidan bir jora atlasni olib, gazlab
beraveradi, deb!
Pilla boqish oson ekanmi? Sori qurish bor. Ganak qilish
bor. Siyraklatish bor, sori tagini tozalash bor. Yerga tushib ketgan
qurtlarni bitta-bittadan terib joyiga qoyish bor. Jimitdek qutidan
chiqqan qurtlar on besh kunda butun uyni egallaydi. Avvallari
joy topilmaganidan qurt uchun maktabdagi bitta-ikkita
sinfxonaniyam boshatib berisharkan. Yoq, keyingi paytlarda Rais
buva «qurtni odamlar uyida boqsin» deb buyruq bergan. Òagin
bu qurt demagani shunaqangi tannozki, xona issiq bolsayam
yoqtirmaydi, sovuq bolsayam. Havo sal qovogini solsa, azza-
bazza pechka yoqasiz. Havo isib ketsa, derazani qiya ochib,
salqinlatasiz. Shuning uchun aprel oyi oxirlashi bilan odamlar
uyini qurtga boshatib, ozlari hovlida yotishadi.
Eng qiyini bu ham emas. Pilla qurt deganning dahasi boladi.
Birinchi daha, ikkinchi daha... Uchinchi dahaga kirganida har bittasi
ajdardek ochofat bolib ketadi. Barg deganni yamlamay yutadi.
Yetkazib bermay koring-chi! Ayniqsa, katta dahaga kirganida
korsangiz! Mingtachasi bab-baravar boshini kotarib, bersang eyman,
bermasang olaman, deb turadi. Ammo, qani osha barg? Avvallari
paxta paykallari chetida qator-qator tutzorlar bolarkan. Rais buva,
boltak-soltak yerlar kopayib ketgan, texnikaga keng maydon kerak,
205
deb tutlarni kestirib tashlagan.
Oshandan beri pilla qurti katta dahaga kirishi biln yugur-
yugur boshlanadi. Bizning kolxozdagilar yuk mashinasiga otirib,
narigi kolxozga borsa, narigi kolxozdagilar bir emas, ikkita
mashinaga otirib bizning kolxozga keladi. Dadamning aytishicha,
bir safar bizning pillachilar tutning konini topishibdi. Narigi
xojalikda kattakon tutzor bor ekan. Yarim kechada borib chopqi
bilan rosa barg kesishibdi. Mashinaga bosishibdi. Shopir mashinani
haydayman desa, gildiragi daqir-duqur qilarmishu yurmasmish.
Òushib qarashsa, mashinaning torttala baloni yorilib yotganmish.
«Birovning molini ogirlash shunaqa boladi! debdi moylovli
bir kishi ularning yoniga kelib. Pilla kerak bolsa, ozlaring tut
ostiringlar! Rahmat, ishimizni yengillashtirib barg kesib
berdilaring».
Òo bu yoqdan boshqa mashina tortta balon oborguncha tutzor
egalari tayyor kesilgan barglarni tashib ketishibdi.
Bu gaplarni aytmasdimu, nima qilay, biznikida ham bir quti
pilla bor-da! Hozir katta dahaga kirgan. Ertalab dadam, «Oglim,
Òulporingni egallab barg qidirmasang bolmaydi», degan.
Shuni oylab ketayotsam, orqamda mingashib otirgan Shodi-
voy biqinimga turtib qoldi (Mushtiyam biqqigina, yumshoqqina.
Ozi ong biqinim qichib turgan edi, jonim rohat qildi).
Qoshovoy! dedi joram. Xloppunktga bormaymiz-
mi? Bugun kino bor ekan. Indiyskiy kino...
E, kinoni boshimga uramanmi! dedim tongillab.
Barg topmasam, dadam oldiradi! Xix!
Eshagim shoshib turganimni sezdi. Yol chetidagi toshlarni
shaqir-shuqir bosib, ildamlab ketdi. Shodivoyni har kuni
Òulporimga mingashtirish malol kelmasa ham bugun alam qildi.
Men buni tekindan-tekinga uyiga oborib qoyaman, bu mazza
qilib kino koradi. Men bolsam, hali barg izlashim kerak!
Shodivoyning uyi yaqin bolsayam gorgaydi. Yol olgudek
aylanish! Avval idora yonidan otamiz. Keyin atrofini allaqanday
jilonjiydalar, yulgunzorlar orab yotgan chakalakzor mozor
chetidan otamiz. Ana undan keyin Shodivoyning uyi keladi.
Bargni qayoqdan olasan? dedi Shodivoy yana biqinimga
turtib.
Men qayoqdan bilay? Xix, Òulpor!
Eshagim yanayam ildamroq dikillab ketdi.
206
Qoshovoy! dedi joram bir mahal. Ovozi galati, sirli
chiqdi. Bir eshak barg topib bersam, kinoga borasanmi?
Sevinganimdan butun gavdam bilan ogirildimu ortogim-
ning yuzidan opib oldim. Oziyam bir togora xamirning bir
burchidan opgandek boldim.
Rostdanmi? dedim baqirib.
Muvozanat buzildi shekilli, eshagim munkib ketdi. Lekin
darrov qaddini rostlab yana dikir-dikir qilib yolida davom etdi.
Rostdan, Shodivoy yelkamga qoqdi, yuraver biznikiga!
Rais buvaning «Volga» uyoqda tursin, ZIL ham, boringki tank
ham sigadigan kungurador darvozasi oldida toxtadik. Shodivoy
yerga tushishi bilan eshagim xorsinib-xorsinib nafas ola boshladi.
Qarasam, ikki labi kopirib, sargimtil tili osilib ketibdi.
Hangraydigan vaqti bolgan ekanmi, bir-ikki hirqillab okirgisi
keldi-yu, madori yetmadi shekilli.
Joramnikiga shuncha kelgan bolsam ham hovlisiga kirmagan
edim. Hozir ham ichkariga kirgim kelmadi.
Yuraver! dedi Shodivoy darvoza yonboshidagi eshikni
ochib. Ozimizning tutimiz bor. Bargini kesib olamiz.
Qorqib ketdim.
Dadang bilib qolsa-chi?
Dadam ishda.
Enang-chi?
Yuraver! Shodivoy qolimdan tortdi. Enam Sojida
opamning beshik toyiga ketgan.
Yolakka kirishim bilan bir emas, uchta mashinaga kozim
tushdi. Bittasi oq «Volga», bittasi yangi chiqqan qizil «Jiguli»,
eng ichkarida havorang «Zaporojes» turibdi.
Kimniki? dedim «Volga»ga imlab.
Dadamniki.
Dadang «Niva»da yuradi-ku!
Joram kuldi. Ikki yuzi qizarib, yanayam lopillab ketdi.
Unisi davlatniki! Bu ozimizniki!
U-chi?
Bumi? joram yumshoq kafti bilan qizil «Jiguli»ning
tomiga shapatilab qoydi. Kichik pochchamniki. Dadam
pochchamga aytgandi. «Ogil korsang «Jiguli» seniki» degandi.
Sojida opam ogil tugdi. Endi pochcham mashinani olib ketadi.
Bunisi-chi?
207
Shodivoy havorang «Zaporojes»ga mensimayroq qarash qildi.
Bunisi meniki. Dadam vada qilgan. Yettini bitirgan kuning
kalitni qolingga beraman degan. Yanagi yil minaman...
Ozimning Òulporim yaxshi! dedim past kelishni
xohlamay.
Hovliga kirib, angrayib qoldim. Xuddi tomoshabogning ozi!
Olmalar, giloslar qator-qator ekilgan. Ortada katta gulzor.
Atirgullar ochilgan. Gulidan gunchasi kop. Gulzor ortasida
marmar fontan. Hali suv otilmayapti-yu, ammo marmar
ustunchalari yuvib qoyilgan. Hovlining tort tomonida qator-
qator uylar. Ustuni naqshlangan ayvonlar...
Qani tut, Shodi? dedim garangsib.
Ana! joram hovli burchagiga imo qildi. Qarasam, judayam
bizning yongoqchalik bahaybat bolmasa ham kamida oshaning
yarmidek keladigan tut savlab tokib turibdi. Garq pishganini
aytmaysizmi? Hatto tagiga asfalt bosilgan yerga ancha-muncha
tokilibdiyam.
Gayratga kirib ketdim.
Dastkallang bormi? dedim hovliqib.
Nima u dastkalla?
Chopqi-da, ishqilib, oshpichoqqa oxshagan! Barg
kesadigan...
Shodivoy uzoq oylab qoldi.
Bolta bor! dedi nihoyat.
Obkel!
Yiqilib tushma! dedi Shodivoy tutga tirmashayotganimda.
Uchi bulutga tegib turgan ozimizning yongoqdan kalla tashlagan
odamga allaqanday tutga chiqish nima bopti. Bolta bandini
kamarimga qistirdimu, bir zumda tut shoxiga minib oldim. Boltani
bir urganimni bilaman! Boshimga duv etib tut yogildi. Òagin
qanaqa deng? Marvarid tut! Har bittasi barmogimdek keladi.
Shoshma! Nuqul barg kesaverib, tut yeyish esimdan chiqib
ketibdi-ku! Avval bir toyib olay! Qolim yetgan joydagi shox-
larni sindirib tutlarni kappalab ogzimga tiqaverdim. Shunaqangi
shirinki, ishkaladga oxshaydi.
Qoshovoy! pastdan joramning ingichka ovozi eshitildi.
Bol tez! Hozir enam kepqoladi!
Onasi bilan nima ishim bor?! Shipillatib tut eyishga tushdim.
Ertalabdan beri qornim ochib ketgani uchunmi, shunaqangi
208
ishtahaga kirib ketdimki, shu ochofatligimni korsa, katta dahaga
kirgan qurtlar ham bir chekkaga chiqib tazim qilib turgan bolardi.
Qosho! Shodivoy pastdan turib yalindi. Jon Qosho!
Senga bir togora tut beraman! Yoq, on togora! Ozim uyingga
oborib beraman! Òezroq bola qol, jorajon...
Òezroq bolarmishman! Shoshib nima qildim! Ana hammasi
tayyor! Òut ozimga, barg qurtimga. Òutni kapalab yeyaver-
dim-yeyaverdim, oxiri, qornim darangos bolib quldur-quldur
qila boshlaganini sezdim. Chamamda, qornim emas, shinni
toldirilgan xumga aylanib ketdi-yov! Bopti, endi ishga kirishamiz.
Ozimcha daraxtdagi tutning yarmisini eb qoydim, deb
oyladim. Yoq hali kop ekan. Bolta bilan bitta shoxni kesgu-
nimcha yuzta tut yerga duv tokiladi.
Òezroq! Shodivoy turgan joyida yer tepdi. Bolsang-
chi!
Shoxlarni eshakka ortaver! dedim baqirib. Men kesib
turaman, sen tashiysan.
Shundoq qildik. Men paydar-pay shox kesib turibman,
Shodivoy paydar-pay tashib turibdi.
Odam bir gayratga kirib ketsa, nima qilib qoyganini ozi
bilmay qolarkan! Bir mahal qarasam, butun boshli tutning qir
uchida uchtami-torttami shox qopti! Xuddi qamish uchidagi
popiltiriqday.
Qosho-o! pastdan Shodivoyning yiglamsiragan ovozi
keldi. Eshaging korinmay ketdi. Hammayogi shox!
Qoyavur! dedim iljayib. Òulporim bir emas ikkita
ZILning yukini kotaradi.
Xuddi shu payt darvozaxona tomonda yangragan ayanchli
xitob qulogimga chalindi.
Yo tavba! Yo xudo! Voy... Voy. Voy-do-o-od!
Avval ozim yerga sakradimmi, yo men tushishimdan oldin
yer qimirladimi, bilmayman. Shundoq qarasam kamida bir
korpaga yetgulik qora atlasdan koylak kiygan xotin kozlari
shokosasidan chiqqudek bolib chalqanchasiga gursillab yerga
yiqildi. Qolidagi tugun ancha nariga otilib ketdi. Nazarimda,
uylaru ayvonlar ham, yalangochlanib qolgan tut ham silkinib
ketgandek boldi.
Do-o-od! xotin shunaqangi yogon ovozda hayqirdiki,
xuddi stansiyadagi teplovoz gudok chalgandek ikki qulogim
209
chippa bitib qoldi.
Voy-dod! Uyim kuydi!
Alang-jalang bolib Shodivoyni qidiraman, qani korinsa! Yerga
kirdimi, osmonga uchib ketdimi, bilsam olay!
Men ham vaqtni ganimat bilib, kocha eshikka otildim. Boyagi
semiz xotin bolsa kalovlanib qaddini rostlashga urinar, filning
qulogidek osilib ketgan yuzini yulib, nuqul dod solardi:
Uyim kuydi! Ogri bosdi!
Yer bilan bitta bolib yotgan tutlarni bosib kochaga otildim.
Qarasam, darvozaxona roparasida ortacharoq yuk mashinasiga
ortsa taxminan chorak qismi ortib qoladigan barg garami turibdi-
yu eshagim korinmaydi. Xayolimga lop etib bir fikr keldi.
«Òamom boldim! Hozir Shodivoyning onasi chiqib, meni tagiga
bir bossa, burgadek pirt etaman-u, jonim chiqadi-ketadi!»
Òulpor! dedim chinqirib. Òulporim!
Kamida bir yarim mashinaga yuk boladigan barg xirmonining
qoq ortasidan «Hirq» etgan tovush keldi.
Bor ekansan-ku, Òulporim!
Òipirchilab-tipirchilab barg garamining qir uchiga chiqib
oldim. Shodivoy ham malades-da! Shoxlarni shu qadar shibbalab
yuklagan ekanki, xirmon boshiga chiqqunimcha bittayam barg
tokilmadi.
Xix, Òulpor, xix! dedim baqirib.
Xuddi shu payt kungurador darvoza sharaqlab ochildi.
Shodivoyning onasi eshikdan chiqay desa siqilib qolishini bilib,
darvozani lang ochib qoya qolganini tushundim. Chamamda, u
darvozaning yarmini egallab turardi. U, ozidan-ozi sudralib
borayotgan garamga, garamning qir uchida chordana qurib
otirgan qop-qora bolaga, yani menga kozi tushdi-yu rangi
dokadek oqarib ketdi.
Bis-bis-bismillo! dedi duduqlanib. Òappa otirib qoldi.
Osha, zahoti yana yer qimirlagandek boldi. Ozim ham xirmon
ustidan uchib tushay dedim. Eshagimning qorni orniga tut
shoxlarini tepkilab baqirdim.
Xix!
Xayriyat, xavfli joydan uzoqlab ketdik. Katta yolga chiqqa-
nimizda bir narsani payqadim. Velosipedu mototsikllar u yoqda
tursin, yuk mashinalari ham bizni chetlab otyapti. Mototsikl-
chilar oz yoliga. Hatto shopirlar ham ellik metrcha oldinga
otib mashinasini toxtatadi-da, azza-bazza yerga tushib, orqasi-
ga qaragancha angrayib qoladi.
210
Men bolsam, fil ustida otirgan podshodek buyruq beraman:
Ha, Òulpor!
Òulporim dikir-dikir qilib ildamlaydi. Donoligini qarang. Ozi-
ku ustiga korpa yopilgan mushukdek shoxning tagida korinmay
ketgan. Yolni qayoqdan topib boryapti, bilsam olay! Ustiga-
ustak har soatda minut-minutigacha aniqlik bilan hangraydigan
eshagim mana, oradan uch soatcha vaqt otibdiki, giq etib ovoz
chiqarmaydi. Yaxshi-da! Odamlar qoyil qolsin! Bir yarim mashina
tutbarg ozidan-ozi Qoshovoylarnikiga ormalab ketyapti.
Barakalla, Òulporim! Malades!
Hayronman, xayol olib ketibdimi, onamning falokat qosh bilan
qovoq ortasida turadi, degani rostmi, nima bolganini ozim bilmay
qoldim. Bir mahal es-hushimni toplab olsam, kattakon
chorrahaning qoq ortasida turibmiz. Eshagim gazabnok
hiqillayapti. Avval ong tomonimga qaradim. Hech gap yoq. Keyin
chap tomonimga qaradim. Hech nima korinmadi.
Xix! dedim hayqirib. Xix, Òulpor!
Biroq qadrdon eshagim qilt etmay turaverdi. Alamli pishqirib
qoydi. Otirgan joyimdan mundoq orqamga ogirilib qarasam,
ne koz bilan korayki, allaqanday qirchangi bir eshak biz ne
mashaqqat bilan kesgan barglarni bemalol kavshayapti.
Qolimni musht qilib baqirdim.
Yoqol!
Voy surbet-ey! Parvo qilmaydi! Òut bargini uzib-uzib oladi-
da, huzur qilib kavshaydi. Rostmana hangi bolsayam mayliya,
Òulporimning yarmicha keladimi-yoqmi-yu, golibona pishqirib
qoyadi.
Xix! dedim chinqirib. Xix, harom olgur!
Òulporim bunaqa dagdagani oziga tegishli deb oyladimi,
jahli chiqdimi, unisini bilmayman. Shunisi esimdaki, eshagim
nafrat tola ohangda hangrab yubordi. Xirmon ozim bilan
qoshilishib, roppa-rosa bir yuz sakson gradus aylanib ketdi.
Shunaqangi keskin aylandiki, yerga chilparchin bolib tushishimga
bir bahya qoldi. Begona eshak xirmon tagida shundoq qudratli
raqibi borligini bilmagan ekan shekilli, shataloq otib qochib qoldi.
Òulporim ham uch soatdan beri jim turganining xumoridan chiqish
uchun toxtovchiz hangragancha tog boyi xirmonni, xirmon
ustida otirgan meni ortmoqlab «ogri» eshak orasidan yortib
ketdi.
211
Ogri eshak qancha tez chopsa, Òulpor ham shuncha tez
yorgalaydi. Ogri eshak dumini chotiga qisib nola chekkandek
hiq-hiq qiladi. Òulporim golibona hangraydi. Qarasam, ogri
eshak mozoriston yonidagi jilonjiydalar, qoratikanlar chirmashib
ketgan chakalak orasiga ozini urdi. Chakalakka kirib ketayot-
ganda alam qilsin, degandek ikki marta shatta otib ham qoydi.
Ishsh! dedim jon holatda. Ish-sh! Jon Òulpor, ish-sh!
Qayoqda? Òulporim bittayam gapimni eshitmadi. Yo
eshitsayam qirchangining haqoratiga chidolmadimi, bilmayman.
Avval oyoqlarimga, keyin qollarimga, undan keyin yuz-kozimga
tikanlar sanchila boshladi.
Ish-sh! dedim baqirib. Jilov qolimda bolsaki, tortsam.
Ish-sh!
Alam bilan oxirgi marta qichqirganimni bilaman. Anchadan
keyin kozimni ochsam, tut barglari orasida yalpayib yotibman.
Hammayogim lovullaydi.
Yiglamoqdan beri bolib eshagimni chaqirdim.
Òulpor!
Qayoqda! «Ogri» eshakdan ham, Òulporimdan ham darak
yoq! Amallab ornimdan turdimu bir tutam tut bargni quchoq-
lab, turtina-turtina yolga tushdim. Chakalakzordan chiqqunimcha
kun botdi. Yol-yolakay badanimga sanchilgan tikanlarni sanab
olib tashlay-tashlay uyga kelsam, Òulporim eshik oldida raqibini
yenggan askardek «smirno» turibdi. Meni korib quloqlari ding
bolib ketdi. Hatto golibona hangrab ham qoydi.
Beshinchi bob
MUSHAK SABZI
Bargdan ajrashga ajradim, ikki orada Shodivoy otasidan sokish
eshitgani qoldi. Ertasiga darsga ortogim qovoq-tumshugi osilib
keldi. Onasi, uyimni ogri bosdi, deb yomon qorqqan ekan.
Rais buvaga yiglab shikoyat qipti.
Dadam tumandagi kattalarni tutxorlikka aytib qoygan
ekan, dedi Shodivoy mingillab. «Jorang aqalli bittayam
shoxini qoldirmabdi, qolimga tushsa butini yirtib tashlayman»
deyapti, otamning koziga korinmay tur, Qosho...
Odamning buti yirtilgandan kora yirtilmagani yaxshiligini
ozim ham bilaman. Shuning uchun Rais buvaning kozidan
212
uzoqroq yurgan edim, bugun qolga tushib qoldim.
Hammasiga onam sababchi boldi. Ertalab dalaga chiqib
ketayotganida qattiq tayinladi:
Oradan yarim paqir sabzi olib Oysara yangangnikiga
chiqarib ber. Osh qilmoqchi ekan, sabzisi qolmabdi.
Oradan sabzi olayotganimda xayolimga bir gap keldi. Sabzidan
koproq olib chiqsam, Oysara yangam pat-patga minishimga
konarmikan? Oysara yangam ozi yaxshi-yu olgudek ziqna.
Òursunboy aka olgan mototsikl doim bostirma tagida turadi.
Òursunboy akamga «mengayam pat-pat haydashni orgating»
desam, «pat-pat menikimas, yangangniki» deydi. Qorqadi-da,
xotinidan. Oysara yangam sabzini korib zora iyisa. Hech bolmasa
egarga minib, bir-ikki bibiplatay. Shirin xayollar bilan sabzi tola
paqirni kotarib, Òursunboy akamning eshigiga kelsam, taqa-taq
berk. Itarib kordim, mushtlab kordim. Hech kim yoq. Bundan
chiqdi Oysara yangam kutubxonaga ketibdi-da.
Hafsalam pir bolib qaytib kelayotgan edim, deraza tagiga
yetganimda ichkaridan Òursunboy akamning Oysara yangam bilan
gongir-gongir gaplashayotgan ovozi keldi. Qarang, ikkalasiyam
uyda otirgan ekan-ku, darvozasini ochmaydi. Yaqin kelib ovozim
boricha baqirdim:
Oysara yanga!
Ichkaridan sado chiqmadi. Qaytaga ikkalasi jimib qolishdi.
Hovlimizga qaytib kirib, oylab qoldim. Onam Oysara yangangga
yarim paqir sabzi olib chiqqin deganmi, degan! Yarim paqir emas,
naq bir paqir sabzi oldimmi, oldim! Shuncha ovora bolganimdan
keyin Òursunboy akaning pat-patini bir martagina minib korishim
kerakmi, kerak! Bopti-da, eshikdan kirdim nima-yu, tuynukdan
tushdim nima? Hovlimizning etagida, devor tagida tuynuk bor.
Avvallari suv oqib yotardi. Hozir paxtaga suv yogu, odamlarning
tomorqasiga suv qayoqda! Ariq qurib-qaqshab ketgan. Oysara
yangamning tovugi har kuni osha tuynukdan chiqib, bizning
hovlimizda sayr qiladi... Chopqillab borib, avval paqirimni narigi
tomonga otkazdim. Keyin ozim ham qisilibroq bolsa ham
Òursunboy akamning hovlisiga eson-omon otib oldim.
Birpas quloq solib tursam, hammayoq jimjit. Nima balo, bular
bolasini bogchaga jonatib, ozlari qaytadan uxlayaptimi?
Qolimdagi paqirni salanglatib endi uy tomon yurgan edim,
oynavand eshik sharaq-shuriq qilib ochildi. Ochildi-yu... ostonada
213
Rais buva paydo boldi! Shodivoyga «jorang qolimga tushsa, butini
yirtib tashlayman» degan Rais buvaning xuddi ozi! Shiftday bolib
eshik kesakisidan ushlab turibdi. Egnida kulrang kitel, pochasi
keng shim. Shunaqa-ku, negadir etigi yoq, oyoqyalang...
Qorqib ketganimdan sabzi tola chelakni kotargancha orqaga
tisarila boshladim. Hayronman, Rais buva meni korib negadir
ostonada turgancha qotib qoldi. Pishillab-pishillab nafas ola
boshladi. Nazarimda pastki labi osilib ketgandek boldi.
Iye, senmisan? dedi galati iljayib. Ovozi yalinibroq,
yiglamsirabroq chiqqanga oxshadi. Nima qilib yuribsan,
tutxor?
«Òutxor» dedimi? Bundan chiqdi haliyam esida ekanda. Battar
qorqib ketdim.
Men... men, dedim tutilib. Sabzi...
Rais buva bir menga, bir ayvon kavshandozida qiyshayib yotgan
jigarrang etigiga qarab qoydi-da, yana iljaydi.
Obbo sen-ey, nima qilib yuribsan?
Iljayganidan sal dadil tortdim.
Ozim... sabzi...
Shu payt Rais buvaning orqasida Oysara yangam korindi.
Negadir rangi ochib ketgan, qoli titrab hadeb sochini tuzatardi.
Voy, ozimizning Qoshoqjon-ku! dedi-da, Rais buvaning
qoltigi tagidan lip etib otdi. Siz bilmaysiz, Qoshovoy shunaqa
yaxshi bolaki! Pat-pat minging keldimi, Qoshoqjon!
Oysara yangamning mehribonligidan taltayib ketdim.
Minaveraymi? dedim iljayib. Qolimdagi paqirni endi
Oysara yangamga uzatmoqchi edim, tosatdan Rais buvaning
qiyofasi ozgardi. Kulib turgan odam dagdaga bilan soradi:
Shoshma, ov! Qayoqdan kelding?
Òuynukdan, dedim rostini aytib. Òovuq otadigan...
Nima?! Rais buva yalangoyoq yer tepindi. Eshikni bir
taqillatding, ikki taqillatding, ketavermaysanmi yolingga, qanaqa
sur bolasan?
Seki-i-in! Oysara yangam Rais buvaga yalinib qaradi.
Bilmaganda, Qoshojon yaxshi bola!
Qiziq, Rais buvaning battar jahli chiqdi.
Shu yaxshi bolami? dedi-yu ustimga bostirib kela boshladi.
Soroqsiz birovning tutini kallaklab ketsa, soroqsiz birovning uyiga
tuynukdan tushsa! Òogrisini ayt, kim yubordi seni?
214
Òursunboy akam! dedim baqirib.
Sekin! Oysara yangam tovushi titrab yalindi. Jon
Qoshojon, sekinroq!
Òursunboy akam aytdilar! dedim ovozimni yanada baralla
qoyib. Bugun osh yeydigan kun dedilar. Ikkalamiz sabzi olib
keldik...
Oysara yangam ikki qollab yuzini changalladi.
Voy shorim!
Rais buvaning kozi ola-kula bolib ketdi.
Nima?
Darvozani galma-galdan taqillatdik.
A? Rais buva men buyoqda qolib kavshandoz tomon
yugurdi. Yerga otirib olib qollari qaltiragancha paytava oray
boshldi. Rais buvaning qorqqani tasir qildimi, yo ozimning
aqlim qarsillab ishlaydigan payt kelib qoldimi, unisini bilmayman.
Shuncha taqillatdik, hech kim javob qilmadi! dedim
ataylab kocha eshik tomonga qarab.
Boldi-i-i! Rais buva otirgan joyida menga yelkasi osha
qaradi. Kar odam yoq-ku, nega chiyillaysan!
Shuncha yolgon toqiganda buyogi nima bopti dedim-u,
tagin baqirdim:
Keyin Òursunboy akam aytdilar: Qoshovoy, tuynukdan
kir, dedilar.
Oysara yangam dag-dag titraganicha meni quchoqlab, iltijo
qildi.
Qoshojon, jon ukam! Baraka topkur ukam, boldi, sekin-
roq...
Òogrisini aytsam, Oysara yangamga rahmim keldi.
Pat-pat minsam maylimi? dedim ovozimni ancha
pasaytirib.
Pat-pat sendan aylansin! Yuz marta min, ming manta min!
Akangga aytaman, haydashni orgatadi. U hamon meni
quchoqlagancha Rais buvaga oshqirdi. Bolsangiz-chi...
Etik... sigmayapti. Rais buva paytavani chala oraganmi,
uvvalo urinadi qani etigini kiyolsa! Bechora birpasda terlab
ketdi. Etik oyogini siqayotgan bolsa kerak, oqsoqlanib darvoza
tomon yurgan edi, Oysara yangam ingragudek xitob qildi:
Qayoqqa? Qanaqa odamsiz ozi?
Rais buva alang-jalang bolib toxtab qoldi.
215
Nima qilay axir? dedi yiglamsirab.
Bugun orgatadilarmi? dediim Oysara yangam vadasini
unutmasidan turib tasdiqlatib olish uchun. Òursunboy akamni
chaqiraymi?
Ayvondan sakrab tushishim bilan, Oysara yangam sabzi tola
paqir ustiga otirib qoldi.
Shorim qursin! dedi ingrab. Soyadi! Òikka soyadi!
Rais buva qolimdan changalladi.
Ochir-e! dedi rapidadek kafti bilan ogzimni tosib.
Negadir qolidan atir hidi kelardi. Nafasim qaytib ketdi. Òipirchilab
kaftini qayirib tashladim. Ogzimni tosib turganida ichimga
ancha-muncha havo toplanib qolgan ekanmi, chunonam
hayqirdimki, Òulporim ham bunchalik hangramasa kerak.
Òursunboy aka-a-a!
Kuchim boricha kocha eshik tomon yugurgan edim, Rais
buva orqamdan lokillab kelib, uy burchagida yetib oldi. Mahkam
quchoqlab, qulogimga egilgancha shivirladi:
Yurgin, bu yoqqa yurgin, ozing yaxshi bolasan-ku.
Nega bolmasa ogzimni tosasiz? dedim jahlim chiqib.
Bopti, ikkinchi bunaqa qilmayman. Yurgin, jon bolam...
Xohlamayroq orqaga qaytar ekanman, noz qildim:
Òursunboy akam darvozani ochasan deganlar, kutib turibdilarda.
Qarasam Oysara yangam hamon paqir ustida gujanak bolib
otiribdi.
Ozing katta yigitsan-ku, tutxor, Rais buva erkalab
yelkamga qoqdi. Pat-patni yaxshi korasanmi?
Judayam!
Shodivoynikiga oxshagan velosiped olib beraymi?
Yoq, pat-pat! dedim qovogimni solib.
Bopti. Rais buva yana yelkamga qoqdi. Yangang
vada berdiku, Òursunboy akang pat-pat haydashni orgatadi.
Ozim senga zoridan padarka qilaman.
Qachon?
Ketsangiz-chi! Oysara yangam yiglab ozining tizzasini
chimchiladi. Shorim qursin! Ikkita bolam yetim bolib qoladi
endi.
Nima qilay? Rais buva goh Oysara yangamga, goh menga
qarab tipirchiladi. Òagin Oysara yangamga ichim achidi.
Yuring, dedim xotirjam iljayib. Biznikidan chiqib
216
ketasiz.
Nima? Rais buva avvaliga hech nimani tushunmadi
shekilli, bir zum talmovsirab turdi-da, mahkam quchoqlagancha
shapillatib peshonamdan opdi. Rahmat, tutxor! Yaxshiligingni
unutmayman!
Uzun-qisqa bolib tuynukka bordik. Rais buva ikkilanibroq
ariqqa tushdi.
Otavering, sigasiz! dedim bilagonlik qilib.
Rais buva emaklab borib tuynukka boshini suqdi. Yelkasi kirdi-
yu, u yogi sigmay qoldi. Nuqul inqillab oyogini tipirlatadi.
Bolmayapi, dedi kuchanib. Itar!
Ikki qollab dumbasidan itaraman, qani kuchim yetsa! Rais
buva kuchangan sayin devordan shuvillab tuproq tokiladi.
Voy, olaman! dedi ingrab. Òort!
Sonidan qoshqollab ushlagancha chiranib bir tortgan edim,
ariq ichiga yiqilib tushdim. Rais buva yerga chokkalagancha
kozimga iltijoli moltiradi. Bechoraning aftiga qarab bolmaydi:
hammayogi tuproq.
Devorga osila qoling, dedim yangi maslahat berib.
Qorqmang, yiqilmaysiz.
U hansiragancha devorga tirmashdi. Birpasda qora terga tushib
ketdi.
Uyingda kim bor? dedi devorga minib olib.
Pat-patni qachon olib berasiz?
Qachon desang! Kim bor uyda?
Hech kim. Otam ishda, enam ishda, Ju maktabda.
Qorqmang.
Bilib qoy, Rais buva men tomonga egilib astoydil
yiglamsiradi. Men senga otalik qilaman.
Rais buva devorlan narigi tomonga ozini tashladi. Burilib
qarasam, boyadan beri paqir ustida otirgan Oysara yangam ayvonda
chozilib yotibdi. Paqir dumalab, sabzilar sochilib ketgan.
Qorqib ketdim. Olib qolmasaydi, bechora. Oshxonaga kirib,
yogloqda suv olib chiqqunimcha ancha vaqt otdi. Xud-bexud
bolib yotgan yangamning ogziga suv tutdim.
Iching.
Oysara yangam suvdan bir-ikki hoplaydi.
Ketdimi? dedi ingrab.
Ichavering! Òursunboy akam ham ketib qoptilar.
217
Oysara yangamning kozi yarq etib ochildi.
Rostdanmi! dedi-yu, suvdan molgina ichib, chuqur uf
tortdi. Xudoga shukr... birpas turdi-da, yiglamsirab yalindi.
Ozing esli bolasan-ku, Qoshojon. Bu yerga Rais bovangni
korganingni...
Minaveraymi? dedim pat-patga imo qilib.
Minaver, jon ukam, minaver. Akangga aytaman, haydashni
orgatib qoyadi. Har kuni orgatadi.
Pat-patning egariga minayotganimda Oysara yangam ayvon-
da sochilib yotgan sabzilarni yigishtirishga tushdi.
Sabzing muncha chiroyli, Qoshovoy! dedi ovozi
tovlanib. Mushak sabzi ekan!
Egarga minib oldim-da, pat-patni bibiblataverdim-bibiblataver-
dim, oxiri signal jonivor mushukdek bigillaydigan bolib qoldi.
Oltinchi bob
«ZAPOROJES»DAN ÒUGILGAN «VOLGA»
Yettini bitirib tatilga chiqishimiz bilan chopiqqa tushdik.
Ertalabdan goza chopiq qilaverib, qornim tatalab ketdi. Òulporim
tushlik bolganini mendan yaxshi biladi. Avval meni izlab
maktabga borardi. Endi dalagayam topib kepti. Paykal chetiga
kelib bir hangragan edi, bahona topilganiga suyunib, osha
tomonga yugurdim. Shiyponda salqinlab otirgan brigadir:
Hoy bola, qayoqqa? degan edi, yol-yolakay baqirdim:
Eshagimning jahli yomon, Òolash aka! Bormasam ozi
yonimga keladi. Bir gektar paxtazorni payhon qilib tashlaydi.
Òolash aka irgib ornidan turib, chinqirdi:
Òezroq yoqot, palakat eshagingni!
Ketmonimni eshagimning gardaniga kondalang qoygancha,
lip etib minib oldim. Òulporim buyrugimni kutib otirmay, uy
tomon yorgaladi.
Kochaga kirishim bilan eshigimiz oldida turgan havorang
mashinaga kozim tushdi. «Òogam kepti-da», deb eshagimni
niqtadim. Yaqinroq kelib qarasam, yoq, «Moskvich» emas,
«Zaporojes». Chap eshigi ochiq. Jonajon joram Shodivoy bir
oyogini tashqari chiqarib, rulni changallab otiribdi. Issiqdan
ikki yuzi qizarib, tandirdan yangi uzilgan nondek yaltirab turibdi.
218
Meni korib, sevinib ketdi.
Qayoqda yuribsan? dedi iljayib. Boyadan beri kutaman.
Kim bilan kelding? dedim eshagimdan tushmay.
Ozim!
Bundan chiqdi, Rais buva vadasining ustidan chiqib,
Shodivoyga «Zaparojes» sovga qiðti-da!
Rais buva menga vada qilgan pat-pat esimga tushdi. Oysara
yangam-ku sozining ustidan chiqdi. Eriga «uzoqdagi
qarindoshdan yaqindagi qoshni afzal, Qoshovoy ozingizning
ukangizday gap, shu bolaning pat-patga ishqi tushibdi, mindira
qoling», deb hol-joniga qoymaganidan keyin Òursunboy akam
mototsikl haydashni uncha-muncha orgatdi. Avval meni lulkaga
otqazib uchirdi, keyin egarga mingizib haydatdi. Ammo Rais
buva pat-pat tugul velosiðed ham olib bermadi.
Ozing haydab keldingmi? dedim alam qilibroq.
Bolmasa-chi!
Rostini aytsam, gayirligim keldi.
Kim ozarga, oynaymizmi? dedim. Òulporimning jilovini
golibona siltab.
Qoysang-chi! Shodivoy mashina rulini changalladi.
Yur, kataysa qildirib kelaman.
Ikkilanibroq eshakdan tushdim.
Haydashni bilasanmi, ozi?
Shu yergacha kim haydab keldi bolmasa? u otirgan
joyida egilib, ong eshikni ochdi. Otir! shunday deb ong
tomondagi suyanchiqni egdi. Orqaga ot, yonimda otirsang,
xalaqit berasan.
Menam pat-pat minishni bilaman, dedim maqtanib.
Shodivoy indamadi. Ikkala eshikni qarsillatib yopdi-da, xuddi
ming yil shopirlik qilgan taksichilarday ishonch bilan motorni
gurillatib yubordi. Xuddi shu payt eshagim ayni men otirgan
oynaning roparasiga tumshugini tirab okinch aralash hangradi.
Xayrlashdi-yov!
Mashina varillaganicha tor kochada gizillab ketdi. Oysara
yanganing turoqqa bagrini berib yotgan kurk tovugi qaqoglab
qochdi. Katta yolga chiqishimiz bilan «Zaporojes» oqdek uchib
ketdi. Sanab turdim: oltita telejka, uchta yuk mashinasini quvib
otdik. Qarasam, mashinaning gildiragi yerdan uzilib osmon-
falakka uchib ketadigan.
219
Shodi, dedim yelkasiga turtib. Sekinroq...
A? U menga butun gavdasi bilan ogirilib qaradi. Kozlari
ola-kula, rangi ochib ketgan. Nima? dedi ovozi
ingichkalashib.
Ellik qadamcha oldinda sargish «Volga» korindi. Òoppa-
togri ustiga bostirib boryapmiz.
Yolga qara, yolga! dedi chinqirib.
Shodivoy chozib-chozib signal berdi. Masofa borgan sayin
qisqarib borardi.
Chapga bur, ahmoq! dedim baqirib.
Nima? Shodivoy yana orqasiga ogirildi. Ozimni yerga
otay desam, eshik yoq. Kozimni chirt yumib oldim. Bir mahal
qulogimga Shodivoyning chiyildoq ovozi kirdi:
Amaki, «Zaporojes»ni bilasizmi?
Kozimni ochsam, «Volga»ni ong tomondan quvib otyapmiz.
Bir zumda «Volga» orqada qolib ketdi.
Sekinroq! kuchim boricha Shodivoyning yelkasiga
mushtladim. Òoxtat!
Xuddi shu payt «Volga» bizni quvib otdi. Nazarimda, ming
kilometrga bosib otdi-yov oziyam!
Òoxtat! dedim jonholatda.
Qayoqda, zum otmay yana «Volga»ga yetib oldik. Peshonadagi
oynakdan korib turibman. Shodivoy kozlari alang-jalang bolib yana
bibillatdi. «Volga» chor-nochor tagin ozini chapga oldi.
Amakijon! «Zaporojes»ni bilasizmi? bu safar Shodivoy-
ning ovozi yiglamsirab chiqdi.
Bir mahal old tomonda bedasi orib olingan allaqanday keng
maydon korindi. «Zaporojes»imiz qurbaqaday sakray boshladi.
Hammayoq daqir-duqir, daqir-duqir qiladi. Boshim paydar-pay
mashina shiftiga uriladi. Nazarimda ichaklarim aralash-quralash
bolib ketdi-yov.
Òoxtat!
Shodivoy yana orqasiga ogirildi.
Q-qanaqa... q-qanaqa q-qilib...
U sozini tugatolmadi. Roparamizda bostirmadek uzun-uzun
oqish binolar, otlab yurgan ola-bula sigirlar paydo boldi.
...Bir mahal hushimga kelsam, hammayoq qop-qorongi.
Negadir dimogimga pichan hidi kirdi. Boshimni ushlab kordim:
joyida. Oyogimni silab kordim: butun.
220
Shodi! dedim qorqa-pisa.
Qorongilik ichidan ingichka ovoz keldi:
Ha-a!
Òirikmisan!
Shunaqa shekilli!
Qayoqqa kepqoldik?
Bilmayman.
O-o-ol! dedim chozib.
Gira-shira qorongilikka oxiri kozim konikdi. Shunda
payqadimki, ikkalamiz ham tirikmiz. Mashina ichida otiribmiz.
Eshikni och! «Eshshak» degim keldi-yu, Òulporim
eshitib qolsa xafa bolishini oyladim. Eshikni och, hokiz!
Shodivoy otirgan joyida mingilladi:
Ocholmayapman.
Qattiqroq itar!
Popisam tasir qildi shekilli, avval eshik giyqilladi, keyin
shitir-shitir ovoz eshitildi. Shodivoy omon-eson yerga tushib oldi
chogi nimqorongilik orasidan mingirlagan tovush keldi:
Òushaver, Qosho...
Qiziq, uning ovozi gildirak tagidan eshitilgandek boldi.
Oldingi orindiq suyanchigini pastga bosgan edim, qolim rulga
tegib ketdi. Mashina «Beep» deb qoydi. Qorongida galati
eshitilarkan.
Signal chalma, akkumulatori otirib qoladi, dedi Shodivoy
negadir quv-quv yotalib.
«E, akkumulatoring bilan qoshmozor bol»! Ozim eshikni
topolmay garangman-ku! Eshikdan tushishim bilan yuzimga xas-xashak
urildi. Qaddimni rostlamoqchi edim, ustimdan allaqanday ogir yuk
bosayotganini payqadim. Dimogimga chang aralash pichan isi kirar,
qurib qolgan ot-olanlar burnimga tegib aksa urgim kelardi.
Qayoqdasan? dedim baqirib.
Bilmayman. Shodivoyni yana yotal tutdi.
Oxiri allaqanday xashak garami orasida yurganimizga aqlim
yetdi. Oyoq-qolimni baravar tipirlatib, ozimga yol ochgancha,
emaklab ketdim. Old tomonda nur korindi. Xayriyat, yorug
dunyoga chiqib oldim.
Kelaver, Shodi! dedim ozim yol topib chiqqan teshikka
engashib.
Shu payt boshim ustida goldiragan ovoz eshitildi:
221
Hov jojaxoroz! Nimaga ozingdan katta odamni mayna
qilasan?
Qarasam, shundoq tepamda kalta yengli koylak, jinsi shim
kiygan, qora kozoynak taqqan kishi ikki qolini beliga tirab turibdi.
Bilagining har payi choynakdek keladi. Yuz qadamcha narida,
simtosiq ortida boya ozimiz quvib otgan sargish «Volga»
qiyshayibroq turib qolgan.
Amaki... dedim yalinib. Menmas...
Pichan garami shitir-shitir qildi. Shodivoy qorni yer supurgu-
dek bolib emaklab chiqib keldi. Joramning afti-angoriga qarab
bolmas, azoi-badaniga xas-xashak yopishgan, ikki qulogiga
salkam bir qulochdan pichan ilashib qolgan edi.
Senmi shopir? qora kozoynakli kishi Shodivoyning ustiga
bostirib bordi. Nega odamni mayna qilasan? «Zaporojes»ni
korib qoy, demoqchimisan?
Shodivoy yumronqoziqday tisarilib teshikka qaytib kirib ketdi.
Sekin boshini chiqarib moraladi.
Amaki... dedi-yu ketma-ket olti marta aksa urdi. Men...
ap-shu! «Zaporojes»ni... ap-shu, tormozi... ap-shu... tormozi
qayoqda boladi demoqchiydim. u gapining yakuniga yana bir
marta aksa urib qoydi.
Qora kozoynakli kishi insofga kelish orniga battar jahli chiqib
ketdi.
Chiq buyoqqa! dedi-da, bir chang solib Shodivoyning
qoltigidan tortib chiqardi. Ortogim bechora xuddi qassobning
qoliga tushgan biqqigina quyondek osildi-qoldi. Nuqul pitir-
pitir qiladi. Qarasam, «qora kozoynak»ning vajohati yomon.
Qochib qolay desam, joramni kozim qiymaydi.
Men nima qildim? dedi Shodivoy battar tipirchilab.
Nima qildi-im? kozoynakli kishining afti alamdan
qiyshayib ketdi. Seni quvaman deb ressordan ayrildim. Òolab
ber mashinani!
Xuddi shu payt bostirmaga oxshash oq binodan bir kishi
otilib chiqib biz tomonga yugurib kelayotganini kordim. Oyogida
Rais buvaning kiyib yuradiganiga oxshash jigarrang etik, qolida
panshaxa!
Panshaxasi oftobda shunaqangi yaltiraydiki, qorningga
sanchilsa bormi, kuragingdan teshib chiqadi. Xuddi kabobni sixga
tortgandek! Baqirib yubordim.
222
Qoch, Shodi!
Qayoqqa? qora kozoynakli kishi bir qolida Shodivoyni
changallab turgancha ikkinchi qoli bilan chovut solib mening
ham bilagimdan ushlab oldi. Ortogim bechora boyadan beri
tipirchilayotgani bejiz emas ekan-da.
Ressorning haqini choz! «Qora kozoynak» ikkalamizni
baravar silkita boshladi.
Shu orada panshaxa kotargan kishi ham yetib keldi.
Panshaxasini negadir mening qornimga tiradi.
Nima qilding? dedi oshqirib. Iskirdni nima qilding,
uying kuygur! Bolinmas fond edi-ku, bu garam! Siyirlarni nima
qildig? Bovozlari bola tashlab qoysa kim javob beradi? U
panshaxani qornimga qattiqroq tiradi. Qochay desam, «Qora
kozoynak» changallab turibdi. Panshaxa qornimga botishi bilan
qitigim kelib, hiringlab kulib yubordim. Panshaxali kishining
jayra nayzasidek yakkam-dukkam moylovi dikkayib ketdi.
Panshaxani qornimga yanayam qattiqroq botira boshlagan edi.
Shodivoyning yiglamsiragan ovozi eshitildi:
Unaqa qilmang, Ferma toga!
«Ferma toga» men bilan andarmon bolib Shodivoyni
payqamay qolgan ekanmi, yalt etib ogirildi-yu tosatdan yuzi
yorishdi. Nazarimda dikkaygan moylovi ham shalpayib qolgandek
boldi.
Iya, polvon! dedi iljayib. Qolidan panshaxa tushib ketdi.
Xush kordiq, palvon, xush kordiq! Ammo osha zahoti
qiyiq kozlarida tagin ot chaqnadi. Siyrak moylovi qaytadan
tippa-tik bolib ketdi. Yerda yotgan panshaxani olib taxdidli
silkitdi.
Jubor! dedi hayqirib. Panshaxani «Qora kozoynak»ning
qorniga tiradi. Qoyib jubor!
«Qora kozoynak» hamon bizni changallagancha orqaga
chekina boshladi.
Qoyasanma-joqma?
Qanaqa odamsiz ozi? «Qora kozoynak» qolini
boshatdi. Shodivoy u yoqqa, men bu yoqqa qochib har ehtimolga
qarshi on qadamcha nariga borib oldik. Ressorim...
Jolinggdan qolma! «Ferma toga» panshaxani bir
silkitgan edi «Qora kozoynak» it quvgan soqovdek simtosiq
tomonga qochdi. Oziyam shunaqangi tez yugurdiki, agar
223
«Paxtakor»ning oyinchilari shunaqa chopsa, raqib darvozasiga
bir minutda beshta topni bemalol urgan bolardi! Zum otmay
sargishtob «Volga»ning eshigi ochilib-yopildi. Mashina bedasi
orib olingan maydondan beshiktebratardek chayqalib-chayqalib
yurib ketdi.
Obbo, polvon-ey! «Ferma toga» Shodivoyning yelkasiga
qoqdi. Shoxliq qibjatibman, deng! Ammo siyirlarni qorqitib
jubordingiz-da, polvon!
Qarasam, besh-oltita sigir olisdagi bino panasida todalashib
turibdi. Bittasi, haliyam es-hushi joyiga kelmagan shekilli, dumini
xoda qilib, u yoqdan-bu yoqqa shataloq otadi. Kirroq oq xalat
kiygan xotin sigir ketidan quvyapti. Bir tomonda toppa uyumi,
boshqa tomonda gong uyumi togdek savlat tokib turibdi.
Shuni angladimki, bizning azamat «Zaporojes» simtosiqni
qahramonona yanchib otib, ozini fermaga urgan ekan. Hovli
ortasidagi pichan garamiga chunonam kalla qiðtiki, u tomoni-
dan kirib, bu tomonidan chiqib ketmaganiga hayronman. Hatto
iziyam qolmabdi. Garam avval qanday turgan bolsa, hozir ham
xuddi shunday. Sim-sim eshigi qayta yopilib qolganga oxshaydi.
Yaxshiyam «Ferma toga» Shodivoyni tanib qolgani, bolmasa
ikkalamiz panshaxaga tortilib, shashlik bolarmidik.
Juringizlar, jigitter. Choy ichabiz. Kok choy, «Ferma
toga» bir gapirib, on kulib bizni aziz mehmondek oq bino
tomonga endi yetaklagan edi, hovlining narigi burchagidagi
darvozada «Niva» mashinasi korindi.
Shodivoy avval toxtab qoldi, keyin bir qadam orqaga tisarildi,
undan keyin ikki qadam... Ana undan keyin mashinamiz kalla
urgan pichan garami tomonga tiraqaylab qochdi. Olganning
ketidan shayid deb men ham orqasidan chopdim. Yol-yolakay
«Ferma toga»ning quvonchli xitobi qulogimga chalindi.
Iya, Rais bova-qu!
Shodivoy nega qochganini endi tushundim. Dadasidan
qorqyapti. Xalloslab xirmon orqasiga otsam, xirmonning bir
burchagida ortogim gujanak bolib otiribdi. Shundoq semiz
jorajonim gavdasi ingichka tortib ketgandek. Yoniga kelib
otirishim bilan «jim» deb imo qildi.
Aksiga olgandek, motor tovushi guvillab pichan xirmoniga
yaqinlashib kelardi. Oziyam xirmonning narigi tomoniga
tumshugini tirab toxtadiyov. Eshik qarsilladi. «Ferma toga»-
ning ovozi tovlanib chiqdi.
224
Xush kordiq, Rais bova, assalom alayke-e-em!
Qalaysan, Musayip?
Shodivoy dadasining ovozini tanib, rangi ochib ketdi. Shitir-
shitir qilib orqasi bilan xirmon ichiga kirishga urindi.
Jotibmiz, Rais bova!
Sen shunaqa yotishni bilasan. Birpas jimlik chokdi.
Keyin yana Rais bovaning ovozi eshitildi. Ertaga komissiya
keladi.
Kelsa jaxsi.
Yaxshi-ya, yaxshi! Bu galgisi anoyi emas. Oblastdan keladi.
Jaxsi!
Yana yaxshi deydi-ya! Fermengga qara! Axlatxonaga aylanib
ketibdi-ku!
Maqul, Rais bova, tozalaybiz.
Òozalaysan... Menga qara, Musayip, gosht planini qancha
deb yozgansan?
Juz ottiz poiz! Yanvarda dondirganmiz.
Isparapkalar joyidami?
Joyida, Rais bova.
Sut-chi?
Har siyirdan ikki ming uch juz litr.
Qogozi bormi?
Bor, Rais bova!
Yana jimlik chokdi. Ornimdan turmoqchi edim. Shodivoy
qolimdan siltab tortdi. Domboqqina mushtini dolaytirdi. Xirmon
orqasidan tagin Rais buvaning ovozi keldi:
Musayip! Bu qozilatishni qanaqa deb yozuvding?
Juz sovliqdan juz jetmish jetti.
Jetmish-petmish demasdan ikki yuz qilib qoyaqolsang
olasanmi?
Ozi tuvgani juz onta, Rais bova!
Nima? Rais buvaning ovozi jaranglab ketdi. Vistavkaga
borishni bilasan. Medal olib, majlislarning torida otirishni bilasan.
Bu yoginiyam togrilab qoy-da. Òugmasa tugdir! Yetmasa
ozingnikini qosh!
Maqul, Rais bova, tuvdirabiz.
Shu gapdan keyin Rais buva mashinasiga otirib jonab qoladi,
deb oylagandim. Yoq, motor gurillamadi. Qaytaga, Rais buvaning
ovozi yanayam tajang chiqdi:
225
Mana bu rodaponi qachon yoqotasan?
Kamissiya korsa jaxsi-ku, Rais bova. Bir jilda ikki jilliq
jem-xashak...
Sen kamissiyani ozingga oxshagan ahmoq deb
oylaysanmi? Òort yildan beri shu xashakni rokach qilasan!
Gurs-gurs qadamlar garamni aylanib ota boshladi. Shodivoy
ikkalamiz pichan ichiga ormalab kirib ketishni ham, qochib
qolishni ham bilmay turgan edik, garam boshida Rais buva, uning
ketidan chopqillab kelayotgan «Ferma toga» korindi. Rais
buvaning egnida doim kiyib yuradigan kulrang kitel-shim, boshida
doppisi qiyshayibroq turardi.
Anovilar nega dumalab yotibdi ish paytida? Rais buva
avvaliga bizni tanimadi shekilli, qolini paxsa qildi. Uxlab
yotibsanlarmi?
«Ferma toga» negadir iljayib qoydi, Rais buva taqqa toxtab
qoldi.
Iya? dedi goh bizga, goh «Ferma toga»ga yuzlanib.
Nima qilib yuribdi bular, Musayip?
Ortogim ikkalamiz ornimizdan turib, egnimizga yopishgan
xas-xashakni tozalagan boldik. Shodivoy miq etmay turgani uchun
orniga men javob qilib qoya qoldim.
Shunday, ozimiz...
Rais buva labining bir burchi bilan jilmaydi.
Senam jorang bilan keldingmi, tutxor?
Pat-patni esiga solgim keldi-yu, qorqdim.
Ha... dedim mingillab.
Shu... «Ferma toga» ham girt jinni ekan-da! Jim turaqolsa-
ku olam guliston edi.
Rais bova, dedi iljayib. Polvon bir shoxliq qipti-da.
Nima? Rais buva birdan jiddiy tortdi.
Moshin minib...
Qanaqa moshin?
Jahsi kormadimu... rangi kokimtir-ov. Òuvrimi, polvon?
«Zaporoj»mi? Rais buvaning kozi olazarak bolib ketdi.
Minuvdingmi? Qani, moshin?
«Ferma toga» moylovini uchirib, garamga imo qildi,
Iskirdda, Rais bova.
Rais buva ogir-ogir kiprik qoqdi. Òez-tez yurib, butun
garamni aylanib chiqdi.
226
Qani? dedi Shodivoyning tepasiga kelib. Shodivoy
hiqillab yiglab yubordi.
Ichida, dedi burnini tortib.
Nimaning ichida? dedi Rais buva tajang ovozda.
Qandoq qilib kirdi?
Jigit-da, jigit! «Ferma toga» Rais buvani yupatdi,
mingisi kelgan.
Kamchibek! Rais buva kaftini karnay qilib baqirdi. Zum
otmay Rais buvaning koptokdek dum-dumaloq shopiri chopib
keldi.
Sim top! dedi Rais buva shopirga. Uzunroq!
Bir ozdan keyin shopir uzunligi yigirma quloch keladigan
yogon simning bir uchidan sudrab keldi. Rais buva «kir»
degandek imo qildi. Ammo shopir garamning qayogidan kirishni
bilmay, mitti kozlarini javdiratdi.
Menga bering dedim simga qol chozib. Siz topolmaysiz.
Simning ilgak qilingan uchini changallagancha emaklab boya
ozimiz chiqqan teshikka kirib ketdim. Hali unchalik sezmagan
ekanman: garam orasi olgudek issiq ekan. Buyam kamlik
qilgandek pichan bosilib yotaverib, dimiqib ketganmi, achimsiq
hid dimogimni yoray deydi. Birpasda nafasim qaytib, terlab
ketdim.
Òo mashinaga yetib olguncha bir kun emaklagandek boldim-
ov. Nihoyat qolim mashinaning temiriga urildi. Qorongida sim
ulaydigan joyini topib bolsa ekan?! Yoq, oxiri topdim shekilli.
Zormiz-da, ozimiz ham! Yogon sim qollarimni qayirib
yuborganiga qaramay, ilgakni chandilab mahkamladim.
Yana emaklab yorug dunyoga chiqqanimda Shodivoy bir
chekkada shumshayib turardi.
Ahmoq! dedi Rais buva yasamaroq dagdaga qilib.
Jorangga oxshab uquvli bolsang olasanmi?! Qara, Qoshoqvoy
qandoq aqlli bola! Sen nuqul buzishni bilasan. Qani, Qamchibek,
obke mashinangni.
Shopir xirmon orqasiga yugurdi. «Niva»ni gurillatib kelib,
xirmonga ropara qildi. Kabinadan chaqqon sakrab tushib, simning
bir uchini «Niva» ilgagiga bogladi.
Òort! dedi Rais buva qol siltab.
«Niva» chiranib tisarildi. Sim tarang tortilib, garam ustidan
palaxsa-palaxsa pichan kochib tusha boshladi.
227
Qoch hammang! Rais buva tagin qol siltab buyruq berdi.
Nari turinglar!
«Niva» devdek okirar, sim rubobning toridek tarang tortilib
ketgan, ammo «Zaporojes»dan darak yoq edi. Nihoyat, xirmon
tagidan qaldir-quldir, qaldir-quldir degan ovoz keldi. Qarasam,
negadir «Ferma toga»ning har moylovi nayzadek tiðpa-tik bolib
ketyapti. Bir mahal xirmon orasidan oppoq bir narsa chiqib kela
boshladi. Òushimmi-ongimmi? Shodivoyning «Zaporojes»i
havorang edi-ku! «Niva» yana bir gayrat qilgan edi, yap-yangi,
oppoq «Volga» yerga yonboshlagancha yorug dunyoga chiqib
keldi. Obbo! Qorongida simni eshik tutqichiga boglabman-da.
Bunisiyam mayli-ku, Shodivoyning mashinasi havorangligini
bilaman, «Zapîrojes»ligini bilaman, bunisi oq-ku, «Volga»-ku!
Yon tomonimda galati ovoz eshitilgandek boldi. Òalmovsirab
ogirilsam, «Ferma toga» joxori tiqilgan xorozdek boynini
chozib, «giyq» deb qoydi. Keyin qiyiq kozlarini chirt yumib
oldi-da, dikkaygan moylovini changallab, tagin ikki marta
«giyq», «giyq» qildi.
Nima bu? Rais buvaning hokimona xitobidan chochib
tushdim.
Sendan sorayapman, Musayip?
«Ferma toga» avval bitta kozini ochdi, keyin ikkinchisini...
Keyin bir yola ogzini ham ochib qoya qoldi. «Niva»ning shopiri
esankirab qoldimi, tormoz berish orniga gazni bosib yubordi
shekilli, motor bir varangladi-yu, «ding» etgan ovoz eshitildi.
Òarang sim qoq ortasidan uzilib ketdi. Boyadan beri yonboshlab
yerga sudralib kelayotgan «Volga» bir silkindi-da, oyogi osmon-
dan bolib agdarildi. Oynalari chil-chil sindi. Òomi pachaqlanib,
yalpayib qoldi. Mashina tontarilib yotsa, galati bolarkan. Xuddi
oyogi osmondan bolib qolgan qongizdek.
Hov, Musayip? Rais buva «Ferma toga» chaqchaydi.
Nima bu?
«Ferma toga» juda galati iljaydi.
Moshin...
Moshinligini korib turibman, kimniki?
Sizdiqi! dedi «Ferma toga» pinagini buzmay.
Meniki «Zaporoj»ku, dedi Rais buva xunob bolib.
«Ferma toga» yana iljaydi.
Òuvibdi-goy!
228
Nima?
«Zaporoj»ingiz bovoz ekan, «Volga» tuvib berdi, Rais
bova. Qutti bolsin!
Rais buva nima deyishini bilmay qoldi.
Bultur «Moskvich» olib beruvdim-ku, bitta mashina kamlik
qildimi, nokas! dedi qolini paxsa qilib.
«Ferma toga» yalpayib yotgan mashinaga tikilgancha
tovuqning oyogiga oxshagan boynini chozib tagin bir marta
«giyq» deb qoydi.
Sizdiqi, dedi yana. Qutti bolsin.
E, ol-a! Rais buva negadir qiqirlab kulib yubordi.
Moshin sigirmidi, tugadigan?
Òuvadi! «Ferma toga»ning moylovi uchib qoydi. Faqat
bu safar xomushroq, mayusroq uchdi. Òuvmasa tuvdirabiz.
Bopti, moshinning bolasini senga berdim. Yur, buyoqqa.
«Ferma toga» farzandi olgan odamdek pachoq «Volga»ga
oxirgi marta qarab qoydi-yu, chor-nochor Rais buvaga ergashdi.
Obtush! dedi Rais buva baqirib. Shopir yigit «Niva»
ichidan magazinlarda konfet solinadigan yashikka oxshagan
karton qutini olib tushdi. Quti ogirroq shekilli, ikki bukilgancha
pishillab kotarib keldi-da, «Ferma toga»ning oyogi ostiga qoydi.
Ichida bir nima shiqirladi.
Nima bul? dedi «Ferma toga» qovoq-tumshugi osilib.
Atir! Rais buva qoshini chimirdi. Ertalab har bir
sigirning ustiga sepasan. Kamissiya kelganda atir hidi anqib tursin.
Rais bova, dedi «Ferma toga» moylovini qashlab,
burnovi jili «Shipr» sepqanda uying kuygur siyirlar bir-birovini
jalagan shigarmi, ush kungacha tappidan atir isi kelib jatti!
Nima, tappidan atir hidi kelmay, sening hiding kelsin-
mi?! Rais buva bizga yuzlandi. Senlar buyoqqa yur!
Shodivoy ikkalamiz «Niva»ning orqasiga otirdik. Rais buva
shopirning yoniga.
Musayip! dedi Rais buva mashina ornidan jilganda.
Eshitib qoy, hammayoq chista bolsin. Isparapkalar bexato bolsin.
Keyin iljayib qoshib qoydi.
Skirdni ochib, «Zaporoj»ni biznikiga oborib qoy... Xafa
bolma, yanagi yil yuz sovliqdan ikki yuztadan qozi olsang, ozim
«Volga» padarka qilaman.
229
Yettinchi bob
SIMLI AÒLAS
Rais buva «Ferma toga»ga yangi «Volga» sovga qiladimi-
yoqmi unisini bilmayman-u, men pat-patdan allaqachon
umidimni uzib qoyganman.
Avvallari Òursunboy akamning mototsikliga minishimga jon-
jon deb rozi boladigan Oysara yangam ham tosatdan aynadi-
qoldi. Bir kuni kechqurun pat-pat minish ilinjida uylariga kirsam
er-xotinning janjali ustidan chiqib qoldim. Hovli ortasida ortacha
paxta gulli piyola, ikkita choynak, sopol lagan chil-chil bolib
yotibdi. Ayvonda Oysara yangam sochi paxmayib yiglab otiribdi.
Chap yuzi momataloq bolib ketgan. Òursunboy akam olma tagida
turgancha qolini paxsa qilib, allakimni boralab sokyapti. Yuzi
tirnalgan.
Angrayib qopman. Sekingina juftakni rostlab qolmoqchi edim,
birdan Òursunboy akamning kozi menga tushdi.
Ha, Qoshovoy, pat-pat minging kelyaptimi? dedi
sokishdan toxtab. Hatto galatiroq iljayib ham qoydi. Juda
yaxshi-da, ukam! U tirnalgan yuzini kafti bilan siladi. Mana
kalit, minaqol! dedi chontagiga, qol suqib.
Ayvonda xun-xun yiglab otirgan Oysara yangam hamma
gapni eshitib turgan ekan. Uchib hovliga tushdi.
Belingiz ogrib topibsizmi, pat-patni! dedi chinqirib.
Bu yoqqa bering kalitni!
Ha-a! Joning achidimi? Bundan chiqdi... Sening beling
ogrigan ekan-da! Òursunboy aka alang-jalang bolib qoldi.
Hozir! dedi hayqirib. Hozir dabdala qilaman!
U yugurib borib tandir tagida yotgan teshani yulqib oldi. Oysara
yangam dod solib teshaning bandiga yopishdi. Òursunboy aka u
yoqqa tortadi. Oysara yanga bu yoqqa. Uy ichidan kalta koylak
kiygan qizaloq bilan oyoqyalang bolacha chiqib, chirqillab ularga
yopishishdi.
Vaqt ganimatda oyoqni qolga olib kochaga zingilladim...
...Oshandan beri Òulporimni minib tinchgina yurgandim...
U yogini sorasangiz, bu yil oninchini bitiramiz. Davlat
imtihoniga tayyorlanish kerak. Ozim bilan ozim ovora bolib,
230
aravamni tortib yursam, bugun Rais buva yana eski vadasini
esimga soldi. Yoq, undan ham kattaroq vada berib yubordi.
Papkamni salanglatib, kochaga chiqsam, eshigimiz oldida
«Niva» turibdi. Darrov tanidim: Rais buvaning mashinasi. Rais
buva biznikida nima qiladi? Otam ishda, onam bilan singlim
dalada. Bundan chiqdi mashina toxtab qolgan bolsa, Qamchibek
aka tagini kavlashtirib yotgandir-da.
Shu xayol bilan yaqin borsam, rulda Rais buvaning ozi
otiribdi. Meni korib, eshikni ochdi-da, yerga chaqqon sakrab
tushdi.
Nega chopiqqa chiqmading? dedi tosatdan.
Esankirab qoldim. Hayronman, dovdirab qolganimda miyam
qarsillab ishlab ketadi.
Uch kundan keyin imtihon, Rais bova! dedim tantana
bilan. Shodivoy ikkalamiz yozmadan tayyorlamoqchi edik.
Rais buva alang-jalang bolib, bizning eshik tomonga qaradi.
Shodi senikidami? dedi ovozini pasaytirib.
Yoq. Men sizlarnikiga bormoqchi edim.
Malades! Rais buva erkalab yelkamga qoqdi. Òogri
oylabsizlar. Davlat imtihoniga yaxshi tayyorlanish kerak. U
bir zum jimib qoldi-da, qoshnimizning darvozasiga zimdan qarab
qoydi. U yoqda kim bor?
Bilmadim, dedim rostini aytib.
Rais buva tagin yelkamga qoqdi.
Boyingni qara! dedi iljayib. Obbo, tutxorey! Mendan
ham osib ketibsan-ku. Ovozing ham dorillab qopti. Otangga
aytaman, uylantirib qoyadi.
Labim ozidan-ozi bir tomonga qiyshayib iljaya boshlagan
edim, Rais buva birdan jiddiy tortdi. Hatto qovogiyam osilib
ketdi.
Menga qara, tutxor! dedi homrayib. Oysara yangang
anchadan beri ishga chiqmayapti. Kasal bopqopti. Mana shu
kitobni obkirib berasan. U mashina eshigini ochib orindiq
ustida yotgan, gazetaga orogliq kitobni oldi. Ma! Rais bova
kitobingizni berib yubordilar. Ertadan boshlab ishga chiqarkansiz,
Rais bova yana kitob oqigilari kepti, degin, uqdingmi? U kitobni
qolimga tutqazdi. Yugur! Shoshma, papkangni tashlab ketaver.
Qarasam gazetaga orogliq narsa yumshoq. Òursunboy
akamning uyidagi urush-janjalni eslab, gashim keldi. Ustiga ustak,
231
Rais buva vada qilgan pat-patdan hamon darak yoq.
Òursunboy akamga bersam ham, maylimi? dedim iljayib.
Rais buva mendan ham yoyilibroq iljaydi.
Òursunboy akang dalada. Oysaraning oz qoliga ber! Bol
tez!
Ogrinibroq hovliga kirsam, Oysara yangam ayvonda xamir
qorib otirgan ekan. Meni korib, qayrilib ham qaramadi.
Manavi kitobni Rais bova berib yubordilar! dedim
goldirab. Ozlari kochada mashinada otiribdilar. Òezroq
ishga chiqib yana kitob berarkansiz.
Nima? Oysara yangam dik etib ornidan turdi-da, ayvon
labiga keldi. Xamir yuqi qoli bilan gazeta qatini ochgan edi,
lovullab turgan atlasning bir uchi yergacha chozilib tushdi. Ogzim
lang ochilib qoldi. Axir bu yaltiroq sim atlas-ku! Enam necha
marta otamga aytgan: «Movjuning toyiga aqalli bir jora «sim
atlas» olib qoymasak, uyat boladi», degan. Otam «bir jora «sim
atlas»ing chayqovda falon pul turadi, qayoqdan olaman», deb
tongillagan.
Qarang, Oysara yangam shunday narsaning qadriga yetmadi-
ya! Xamir yuqi qoli bilan atlasni shart-shurt gazetaga qaytadan
oradi-da, qolimga tutqazdi.
Rais bovangga ayt! dedi labi titrab. Oqiydigan kitobi
kopayib ketgan! Oshalarni oqiyversin, xopmi?
Gursillab yurib, joyiga borib chonqaydi-da, xamir emas, Rais
buvaning boshiga urayotganday xamirni shiddat bilan mushtlay
ketdi.
Menga nima! «Kitob»ni qoltigimga qistirib kochaga chiqsam,
«Niva» joyida yoq. Yol chetida papkam yonboshlab yotibdi.
Endi osha tomonga yurgan edim, orqa tomondan dagdagali
ovoz keldi.
Shoshma, Qosho! Anavi nima?
Qayrilib qarasam, on qadamcha narida Òursunboy akam
qovogini solib turibdi. Boshida unniqib ketgan eski doppi.
Koylak-shimi bir enlik chang.
Dovdirab qoldim.
Atlas, dedim tutilib.
Uning rangi quv ochib ketdi.
Qanaqa atlas?
Battar esankirab qoldim.
232
Geografiya atlasi, Òursunboy aka, dedim mingillab.
Òarix atlasi... Imtixonga...
Bopti, ketaver... U tishlarini gijirlatgancha uyiga kirib
ketdi.
Rais buvaning «Niva»si ikki kocha narida turgan ekan. Eshikni
ochib, imlab chaqirdi.
Boldimi, tutxor? dedi mashinadan tushib.
Mang! gazetaga orogliq atlasni qoliga tutqazdim.
Rais buva kozimga xavotirlanib qaradi.
Nima boldi?
Boshqa kitoblarni oqirkansiz!
U atlasni shosha-pisha orindiqqa tashladi.
Òursunboy seni kormadimi?
Kordi.
Nima dedi?
Qolingdagi nima, deb soradi.
Sen nima deding?
Atlas, dedim.
A?! Rais buvaning kozi olayib ketdi. Atlasligini
qayoqdan bilding, ahmoq!
Iye, nega menga oshqiradi bu!
Oysara yangam ochib kordi! dedim baqirib. Sim atlas
ekan. Chiyali bozorida sotiladigan atlas ekan! Ammo-lekin olmadi!
Boldi, tutxor, boldi, u peshonamni silamoqchi edi,
boshimni orqaga tortdim.
Ozi olmasa men nima qilay?
Ajab qibsan, xop qibsan, olmasa sadqai sar! Òursunboy
seni kormadimi, axir?!
Kordi deyapman-ku!
Qayerda?
Kochaga chiqqanimda.
Rais buvaning rangi gezarib ketdi.
Rostdan-a?!
Nega ishonmaysiz! xunob bulib bir baqirgan edim, Rais
buva quchoqlab oldi.
Ishonaman, tutxor, sen yaxshi bolasan, keyin nima dedi?
Kim? dedim qovogimni solib.
Òursunboy.
Qolingdagi nima, dedi, deyapman-ku!
233
Rais buva shilq etib, mashinaga suyanib qoldi.
Qanaqa atlas, deb soragandir? dedi ovozi titrab.
Soradi.
Sen nima deding?
Sim atlas dedim!
Kim berdi, dedimi? Rais buva ogir-ogir kiprik qoqib
ingradi. Sen nima deding? Rais bova, demadingmi, axir?..
Qarasam, Rais buvaning ahvoli chatoq. Yupatgim keldi.
Indamay ketaverdim! dedim tantana bilan.
Malades! Rais buva birdan jonlandi. Endi bunday
qilamiz tutxor. Agar Òursunboy yana sorab qolsa, onam atlas
olib kelgan ekan, qimmatlik qipti, shuning uchun yangamga olib
chiqqan edim, deysan. Uqdingmi?
Qorqib ketdim. Otam bu gaplarni eshitsa, terimga somon
tiqadi. Onam ham sog qoymaydi.
Òursunboy akam enamdan sorab qolsa-chi? dedim
tongillab.
Soramaydi! Rais buva mamnun jilmaydi. Bu yogini
Oysara yangangning ozi tinchitadi. Òursunboyni shunaqangi
buraydiki, hech kimga ogiz ochmaydigan qilib qoyadi. Sen bir-
ikki oy jim yursang bas. Òushundingmi?
Indamay burilib ketayotgan edim. Rais buva chaqirib qoldi:
Shoshma, ov! Hali Shodi bilan dars qilaman degan eding-
ku! Otir!
U mashinaga chaqqon minib, ong eshikni ochdi.
Min, dedi mehri tovlanib. Anchagacha jim ketdik.
Oshshayib otirganimdan xavotirga tushdi, shekilli, idora yonidan
otayotganimizda tosatdan gapirib qoldi. Sen malades bolasan,
tutxor! Hov birda pat-pat olib beraman degandim. Men bir sozli
odamman. Payti kelib albatta olib beraman. Ungacha bir ish
qilamiz. U menga qarab, koz qisib qoydi. Jorang Qosho
Òoshkentga bormasa, men ham institutga kirmayman, deyapti.
Ikkalangni bitta institutga joylab qoyaman. Òoshkentda bizning
joralar kop, bildingmi? Bu yogidan xotirjam bolaver, tutxor.
Institutga kirding hisob!
Sakkizinchi bob
234
«KAMPIR QONUNI»
Adabiyot imtixonidan-ku, amallab otib oldim. Judayam «besh»
bolmasa ham uch-uch yarim degandek. Lekin buyoqda hali fizika
turibdi. Eng yomon korgan fanim fizika! Adabiyotni yaxshi
korishimning ham, fizikani yomon korishimning ham sababi bor.
Adabiyot oqituvchimiz yaxshi odam. Bechoraning toqqizta
qizi bor. Oqituvchimiz har gal endi ogil koraman, deb harakat
qilavergan, xotini paydar-pay qiz tugavergan... Ogli yoqligi uchun
ham adabiyot muallimimiz bilan qadrdon bolib qolganmiz: rahmim
keladi. Ot yulganimda Òulporimga ikki bogginasini ortib, uyiga
oborib tashlayman. Òomorqasida joxori uzsa qarashvoraman.
Yettinchi sinfdan buyogiga kuzda har kuni ataylab eshigining
oldidan otaman. Bari bir komir olib keladi-ku! Gizillatib tashib
beraman. Shuning uchunmi, ozim adabiyotdan zormanmi, xullas,
shu oqituvchim meni yaxshi koradi. Judayam «besh» qoymaydi-
yu (beshni Shodivoyga qoyadi), har qalay, mendan «tort»ni
ayamaydi.
Fizika oqituvchimiz yomon! Usmon Qilichev desa boshqa
malimlar uyoqda tursin, direktorimizning ozi ham tipirchilab
qoladi. Usmon aka urushda bolgan: chap qoli yoq. Lekin, qoli
bitta bolsayam bizlarni shunaqa ushlaydiki...
Usmon akadan «besh» oladiganning boshi onta. Hammani
«ikki» bilan siylaydi. Yoq, oshirib yubordim-ov! Bultur singlim
Ju boshqa fanlardan «tort» olsa ham xuddi shu Usmon aka «besh»
qoygan. Choraklariga ham, yilligiga ham, hatto imtihonda ham.
Esimda, erta yozda shu malim biznikiga kelgan edi.
«Salimjon, jora, qizingizdan malakali mutaxassis chiqishi
mumkin, politexnika institutining ASU fakultetiga yuboring»
deganida dadam negadir uzoq oylanib qolgan, «bilaman, malim,
nima qilay, mening ortiqcha jamgarmam yoq-da», deb qoya
qolgan edi. Usmon aka, «sizdaqa frontovik odamdan shunaqa
gap chiqsa», deb yakka-yu yagona qolini jahl bilan siltaganida
onam ortaga tushgan edi: «Qiz bolaga institutni kim qoyibdi,
shaharga borsa aynab ketadi». Ju bechora oshanda, rosa
yiglagandi.
Gap bundayam emas... Jonajon ortogim Shodivoyni butun
maktab, hatto Rayono ham oltin medalga tayyorlayotgan ekan.
Òoqqizinchi sinfdan shu Usmon aka fizikadan dars ota
235
boshladi-yu Shodivoyning kundaligi «uch»ga tolib ketdi.
Oshandan beri aytishlaricha, Rais buva malimimiz Usmon
Qilichevni yomon korib qolganmish. «Shu malimni pensiyaga
chiqarib qutulmasam bolmaydi» deganmish. Òagin u yogini
bilmadim-u, shunisi aniqki, joram oltin medal» ololmaydi. Ustiga
ustak, ertaga fizikadan davlat imtihoni topshiramiz.
...Imtihonga tumandan, hatto viloyatdan odamlar keladi,
deyishgandi. Hech kim kelmadi. Shodivoyning familiyasi Alimov
emasmi, Usmon aka, birinchi bolib joramni chaqirib qoldi.
On yil oqib, bironta malimdan qorqmaydigan Shodivoy
shu Usmon akani korsa, oyogi qaltiraydigan bolib qolgan.
Hozir ham familiyasini aytib chaqirishganini eshitmadi. Hamma-
miz yolakda tiðirchilab turibmiz.
Alimov! qiya ochiq eshikdan Usmon akaning zardali
ovozi keldi.
Seni chaqiryapti! dedim sekingina joramning biqiniga
turtib.
Shodivoy garangsirab ogzini kappa-kappa ochdi:
A?
Kir! qattiqroq baqirib yubordim shekilli, kimdir yelkamga
musht tushirdi.
Sekin-e!
Qorqib ketyapman... Shodivoy kozimga shunaqangi iltijo
bilan termuldiki, ozim ham qoshilishib yiglab yuboray, dedim.
Shpargalkani choz! ortogimning qalin qilib tugilgan
chuchvaradek qulogiga shivirladim. (Shpargalkalarning zori
Shodivoyda boladi-da. Boshqa bolalar dalada gayrat bilan
ishlayotganda joram uyiga kirib olib gayrat bilan shpargalka
tayyorlagan: hammamiz uchun) Derazaning oldiga otir.
Biletingning nomerini aytsang, oshiraman.
Shodivoy ixcham qilib buklangan qogozni chontagidan olib
qolimga tutqazdi.
Alimov! qiya ochiq eshikdan boyagidan battar zardali
ovoz keldi.
Shodivoyning qoltigiga kirib, sudragudek olib bordim-da,
eshikni kattaroq ochib, gardaniga bir musht tushirgan edim,
suzongich buqadek boshini elkasi orasiga tortgancha, toppa-
togri Usmon akaning ustiga bostirib bora boshladi.
Jinnimisan! Usmon aka ornidan turib ketdi. Yagona
236
qolini kotarib, katta qoyishni moljallab kelayotgan
Shodivoyning peshonasiga kaftini ropara qildi.
Shodivoy taqqa toxtab qoldi.
Bilet ol! dedi Usmon aka Shodivoyga shubhaliroq qarab.
Òezroq sinfxonaning narigi tomoniga etib bormasam
bolmaydi. Papkamning bandidan changallagancha yolakdan
yugurib ketdim. Imtihonni dalada topshirganimiz qandoq yaxshi
edi-ya! Baho qoyishda brigadirimiz Òolash aka komaklashib
yuborardi. Bir gektar otoq qilganda «besh», Yarim gektarga
«uch»... Shu... Rais buvagayam hayronman-da! Davlat imtihoni
qonuniy bolsin, kamissiya kelib qolishi bor, debdi-da! Mana
endi ozining ogliga jabr boldi!
Imtihon bolayotgan sinfxonaning derazasi oldiga yetib
olgunimcha hali qancha bor! Avval uzundan-uzoq yolakdan
otishim kerak. Keyin hovliga chiqaman. Undan keyin maktab
orqasiga otaman.
Xalloslab chopib boryapman-u, bir narsani oylayman. Mehnat
darsidan zori yoq ekan-da, ozi! Masalan, menga eng yaxshisi
mehnat darsi! Malimlar nuqul savol beraverib boshingni
qotirmaydi... Shunisiga xursandmanki, mehnat darsi bizda, ayniqsa
kop boladi. (Boshqa joyda qanaqa, bilmadim-u, bizda shunaqa).
Goza sal qaddini rostlashi bilan yagana boshlanadi. Ozingiz oylab
koring. Qorni och tortta odamning oldiga bitta likopchada osh
qoyib, «qani olin-oling» desangiz, torttalasi baravar chang solsa,
nima boladi? Hammasi och qoladi, togrimi? Gozayam shunaqa-
da! Bundan chiqdi, bittasini qoldirib, boshqalarini yulib tashlash
kerak. Birmi? (Barmogingizni bukib, sanab turing). Undan keyin...
Òortta gozadan uchtasini yulib tashlaganimiz bilan boshqa oshxor
topilmaydi, deysizmi? Siz-ku, yerga ming xil «palov» berasiz,
mahalliy ogit, mineral ogit (voy, hidi qursin. Odamni zaharlab
oldiraman, deydi-ya!). Siz-ku «palov»ni paxtaga berasiz. Ammo
uning nasibasiga sherik boladigan begona otlar ham chiqadi-da!
Oshanaqa tekinxorlarni tag-tomiri bilan quritish kerakmi-kerak!
Buning oti otoq deyiladi. Ikkita boldimi? Ana undan keyin chopiq
boshlanadi. Paxtaniyam joni bor. Nafas olmasa, olib qoladi. Siz
bilan biz-ku ogiz-burnimiz bilan nafas olamiz. Paxta bolsa, ildizi
bilan nafas olishi shart. Demak, chopiq qilish kerak. Keyin pilla
mavsumi keladi. (Bunisini aytib beruvdim, boshqa gapirib
otirmayman). Ketidan pichan orish mavsumi boshlanadi.
237
«Fermatoga»ning sigirlari pichan yemasa harom olib
qolmaydimi? Undan keyin, yana chopiq, goza sugorish... Bu
paxta degani suvga chunonam ochki, juda otchalik ichmasayam,
kamida mening Òulporimchalik simiradi.
Paxta ochilganidan keyin-ku... dalada bayram boshlanadi.
Avval, birinchi nav paxta terasiz, keyin ikkinchi terim, uchinchi
terim. Shu paxta degani xop erinmagan narsa-da! Bugun terib
olsangiz ertaga yana iljayi-i-b, ochilib turaveradi. Keyin podbor
terasiz, yani mashina terib ketganida ariqqa tokilib qolgan paxtani
yigib olasiz. Chanoqda yarim-yortisi qolsayam uvol-da! Undan
keyin korak terish, ketidan korak chuvish... Oxiri dalalar qip-
qizil bolib qolganida gozapoya yulasiz...
Ana endi ozingiz oylang! Mehnat darsidan zori bormi? Har
kuni ochiq havoda yurasiz. (Biologiya malimimiz aytgandek,
«ochiq havo tanga davo»). Oqituvchilar ham qiynab otirmay-
di. Birinchi sentabrdan oqishni boshlaysiz-u oltinchi sentyabrdan
terimga tushasiz. Oninchi dekabrda maktabga qaytib kelsangiz,
jurnallar toldirilgan, chorak baholar chiqarilgan!
A? Nima dedingiz? Kattalar nima ish qiladi, deysizmi? Kim
aytdi sizga kattalar bekor otiradi deb?
Masalan, mening otam ham Usmon akaga oxshagan urush
invalidi. Rais buva dadamni, lunji uchishini yoqtirmagani uchun
bugaltirlikdan boshatib, gazeta sotuvchi qilib qoygan bolsayam
terim boshlanganida otam dokonchada «kepqoling, gazeta
opqoling» deb otiradi deysizmi? Hecham-da! Singlim Ju, otam,
onam tong otmasdan dalaga chiqib ketishadi. Qorongi tushganda
qaytishadi! Ne mashaqqat bilan yetishtirilgan «oq oltin»ni yerda
qoldirish girt gunoh-ku!
Boshqalarmi? Kechirasiz! Bizning «Mashal» kolxozida
tekinxorlar yoq. Hamma ishlaydi. Rais buvaning jiyani
tomorqasida ketmon chopadi. Kuyovi hisobchilik qiladi. Yana
bitta kuyovi agronom. Kenja kuyovi iqtisodchi. Qaynisi
dokonda atir-upa sotadi... Bular erkaklar! Ayollarning yarmisi
dalada, yarmisi uyida. Nega deysizmi? Ayol bolgandan keyin
tugishi kerakmi, axir? Masalan, bizning qishloqda ottiz bitta
Qahramon ona bor. Bitta bolasini tugishi bilan ikkinchisiga
zagatovka tayyorlab qoyadi...
E, unaqa chalgitmang-da, Jonajon joram Shodivoyga
shpargalka uzatmoqchi ekanimni aytuvdim-ku!
238
Maktabning uzundan-uzoq binosini aylanib otguncha jiqqa
terga botib ketdim. Kun issiq. Boshqa sinflar chopiqqa chiqib
ketgani uchun maktab jimjit. Ozim ham shunaqangi tez
yuguribmanki, nafas olaman, desam, ichimga hech havo kirmaydi.
Bunday qarasam, tilim taxminan bir qarich osilib qopti. (Qolim
bilan tiqib, joyiga kirgazib qoydim).
Shodivoy malades! Ozim aytganimdek, deraza yonida otirgan
ekan. Ochiq oynadan beshta barmogini korsatdi. Demak,
beshinchi bilet!
Yerga tappa otirib olib, imtihon biletlari yozilgan daftarchani
titkilab ketdim. Aksiga olib, hech topolmayman.
Shodivoy, qiynalib ketganimni tushundi shekilli, kalta, yogon
boynini chozib, qattiq shivirladi:
Kulon qonuni! Eshitdingmi, Qosho! Kulon qonuni!
Kulon qonuni bolsa, Kulon qonuni-da! Hozir topamiz!
Shpargalkaning qatini yoyishga tushdim. Shodivoy ham butun
kitobni kochirib chiqqanmi, nima balo! Shpargalka qatini ochgani
sayin Shokir abziyning garmonidek chozilib ketyapti. Ataylab
qilgandek Kulon qonuni yozilgan joy hech chiqmaydi. Bir mahal
kimdir «garmon»ning yerga chozilib yotgan uchidan tortib
ketayotgandek boldi. Qorqa-pisa qarasam, qay koz bilan
korayki, Òulporim shundoq tepamda turib olib tasmadek
shpargalkani bir chetdan yamlab yutyapti.
Qoyvor! dedim-u, jon holatda qogozni tortqiladim.
Shpargalkaning bir qismi solakka qorishib eshagimning ogzidan
qaytib chiqdi. Oziyam rangi suykalib , majaqlanib gulsafsardek
ilma-teshik bopketibdi.
Òulporim, harqalay yarim qulochginasini uzib olishga ulgurgan
ekan. Huzur qilib chaynadi-da, golq etib yutib yubordi. Yoqib
qoldi shekilli yana «gormon»ga talpindi. Ornimdan sakrab turib,
quloq chakkasiga tarsaki tortib yubordim! Bilasiz, Òulporim kaltak
yeb organmagan. Kozimga birpas qarab turdi-da, shunaqangi
alam bilan hangrab yubordiki, qorqib ketganimdan «tishsh»
dedimmi, «ishsh» dedimmi, esimda yoq.
Derazadan qarab turgan Shodivoyning loppi yuzi qiyshayib
ketdi. Papkamni shosha-pisha titkilab, «Fizika» kitobini oldim.
Mana! dedim eshagimning hangrab turganidan foydalanib,
yozib ol, Shodi! Vakkumda joylashgan zaryadli qozgalmas
nuqtaviy ikki jinsning ozaro tasir kuchi...
239
Alimov! sinfxona ichkarisidan dagdagali xitob yangradi.
Nazarimdan Shodivoyning kozi gilay bolib ketdi. Bir kozi
menga qarab turibdi, bittasi Usmon akaga. Eshagim ham taqa-
taq jimidi-qoldi.
Xuddi shu payt sinfxona ichida gala-govur boshlandi.
Domullo! Qanaqasiz ozi! degan tovush shangilladi.
Nima qilasiz bolalarni qiynab. Boling-da, tezroq. Chopiq qolib
ketyapti.
Òopdim. Brigadirimiz Òolash akaning ovozi!
Chiqing! Usmon aka stolni bir qollab mushtladi shekilli,
allanima qarsilladi. Chiqing! Kim sizga ruxsat berdi, davlat
imtihoniga bostirib kirishga!
Imtihon-ku oz yoliga... Òolash akaning tovushi endi
yalinibroq chiqdi. Ammo, bu yoqda shuncha ish... domullo...
Yoqol! Qachondan boshlab, sen savodsiz menga... qirq
yillik pedagogga...
Hammayoq gumbur-gumbir bolib ketdi.
Shodi! Ma! dedim baqirib, Fursatdan foydalanib «Fizika»
kitobining on besh varaqchasini yirtib, derazadan uzatdim.
Sinfxona tomonidan Òolash akaning alam tola tovushi keldi.
Domulloman, deb kop kerilmang, domullo! Rais bova
kelsa ozingiz javob berasiz.
Papkamni changallab, maktab darvozasi tomonga yugurdim.
Ketimdan Òolash akaning boshi boshim bilan urishib ketishiga
sal qoldi. Uning ikki yuzi xorozning tojisiday qip-qizarib ketgan,
hansirab nafas olardi.
Shoshmay tur! dedi mushtini dolaytirib. Hozir Rais
bovaning ozi keladi!
Qorqqanimdan lip etib chetga otdim. Òolash aka nariroqda
turgan kajavali motosikliga mindi, chunonam patillatdiki, qulogim
yorilib ketay dedi.
Chopib, sinfxona eshigiga kelsam, Shodivoy iljayib turibdi.
Òort! dedi ikki yuzi yumronqoziqning lunjidek yalpayib.
Kir. Seni chaqiryapti.
Qolimdagi papkani dostimga uzatdim.
Yugur! Deraza oldiga bor!
Shpargalkani chozmaysanmi?
Chozilib boldi! dedim tongillab. Kitobni yirtaver.
Sinfxonaga kirsam, Usmon aka doska oldida turgancha u
240
yoqdan-bu yoqqa borib-kelyapti. Butun gavdasi muttasil
chayqaladi.
Bemanilik! dedi ovozi titrab. Borib turgan bemanilik!
Bilet olishga shoshilmasdim. Avval Shodivoy derazaga yetib
olsin!..
Sharmandalik! malim lablari titrab ingradi. Allaqan-
day chalasavod... Bilet olmaysanmi! dedi tosatdan.
Qorqa-pisa, stol ustida yotgan uzunchoq qogozlarga qol
chozdim. Òitrab turgan barmogimga ilashib chiqqan bittasini
chog ushlagandek chimchilab tortdim.
On uch... dedim talmovsirab.
Bemanilik! malim yana bir xitob qildi-da, negadir ovozi
mayinlashdi. Otir, oglim, tayyorlan. Shoshilmasdan, oylagin,
xopmi?
Ochiq deraza yoniga borib otirdim. Birinchi savolning
manosini endi tushundim: «Amper qonuni...»
Qosho, deraza orasidan mingillagan tovush keldi
Qosho... Savoling nima?
Koz qiri bilan qarasam, deraza tagida Shodivoy boynini
chozib turibdi.
Amper qonuni! dedim qattiq pichirlab.
Aytdim-ku, malimmizning ozi yomon deb.
Kim u? malim yugurgudek bolib tepamga keldi.
Qurting bormi? Nimaga tiðirchilaysan?
Ozim, dedim iljayib. Ovoz chiqarmasam, masala
yecholmayman, malim.
Usmon aka har ehtimolga qarshi deraza tomonga qarab qoydi.
Men ham koz qirimni tashlasam, hech kim yoq. Shodivoyning
aqli toshni yoradi-da! Allaqachon quyonni surib qopti!
Malim bir qollab sharaq-shuruq qilib derazani yopti. Doska
oldiga ketdi. Osha zahoti deraza ortidan yana Shodivoyning
barkashdek yuzi korindi. «Och» deb imo qildi. «Ilojim yoq»,
degandek bosh chayqadim. Shodivoy deraza yopiq bolgani uchun
mendan boshqa hech kim eshitmaydi, deb oyladi, shekilli, kitobni
ochib olib, oynaga yaqin keltirdi.
Yoz, Qosho! dedi ovozi boricha baqirib. Ozidan tok
kuchi otkazayotgan otkazgichning uzunligi... Shipillatib yozib
ketdim. «Ozidan tok kuchi...»
Kichik kesimga u bilan burchak hosil qiluvchi...
241
Shipillatib davom etdim: «Kichik kesimga...»
Induksiya magnit maydoni... dedi Shodivoy ovozini
yanayam balandroq qoyib.
Salimov! Doskaga!
Noiloj Usmon akaning yoniga bordim.
Boldingmi?
Boldim... Birinchi savolni.
Qani eshitaylik...
Ikki minut oldin Shodivoy qanaqa baqirgan bolsa, men undan
on hissa qattiqroq hayqirib javob bera boshladim:
Ozidan tok kuchi otkazuvchi otkazgichning...
Xuddi shu payt sinf eshigi taraqlab ochildi. Shunaqangi shiddat
bilan ochildiki, kaptarxonaga bexosdan mushuk oralab qolsa
qanaqa boladi? Hamma kaptarlar har yoqqa patirlashib uchib
ketadimi? Mendayam xuddi shunaqa boldi. Kallamda hech vaqo
qolmadi, xuddi u qulogimdan kirgan shamol guvillab bu
qulogimdan chiqib ketayotgandek. Qarasam, ostonada Rais buva
turibdi. Kun issiqligiga qaramasdan egniga qora kostum kiyib
olibdi. Koksi tola medal. Orqasida Òolash aka. Rais buvaning
qoltigidan moralab-moralab qoyyapti. Xuddi echkining
chotidan boshini chiqarib moltirayotgan uloqchadek.
Malim... Rais buva galati iljaydi. Ruxsat etsangiz,
kadrlarimizning ilmini bizam korsak.
Usmon akaning yupqa labi titrab ketdi.
Rais buva ruxsat kutmay, birinchi partaga otirib oldi. Òolash
aka uning yoniga chokmoqchi edi, qorni sigmadi. Eshik oldiga
qaytib bordi-yu, qol qovushtirib turaverdi.
Umuman, Amper, zor olim bolgan! dedim yanayam
qattiqroq baqirib. Ozi nemis bolgan, malim. Elektrni ham
shu odam topgan. Yani, malimjon, Amper qonuni...
Malim! Rais buva ornidan siltanib turdi. Parta taraqlab
ketdi. Kordik, baloga aqli yetyapti, bolalarni. Allaqandaqa
«Kampir qonuni» deb shunchalik chozgilash shartmi?
Kampirmas, Amper! nazarimda malimimiz yiglab
yuborgudek ingradi. Qachongacha savodsiz bola tarbiyalaymiz!
Rais buva bir zum oylanib qoldi. Bilmadim, malimdan uyam
hayiqarkanmi yo andisha qildimi, har qalay uyalibroq jilmaygandek
boldi.
Qoying, endi, dedi iljayib. Eshitdik, oblonodan
242
kamissiya kelmaydigan bopti. Yigitlarimiz malades! Yolini topib
ketadi. Korib turasiz, institutlarni kattasiga kiradi bular!
Qandoq qilib? Pora beribmi?
Malimning gapi jon-jonidan otib ketdi shekilli, Rais buvaning
yuzi qahrli tus oldi.
Hov, malim! dedi har sozni chertib. Har yili ish ayni
qiziganda bir ishkal chiqarasiz. Nima, bular hezalak, oqbilak
bolsinmi? Mana shu bola... U menga qarab barmogini bigiz
qildi, mana shu azamat kechasi bilan tongotar uxlamay goza
sugorib chiqqanini bilasizmi?
Rais buva rost aytdi. Judayam tongotar bolmasayam oy
chiqquncha goza sugorganim rost.
Kelajakni shu avlod yaratadi! Rais buvaning ovozi shu
qadar hokimona jarangladiki, tortta partada otirgan sinfdosh-
larim pildir-pis bolib qolishdi. «Kampir qonuni»ni boshiga
uradimi bular! Oylang-da, siz ham, malim.
Usmon aka yomon dedim-ku! Òosatdan unikiyam tutib ketdi.
Hov, Rais! dedi titrab. Qolingizdan kelsa ottirvoring. Men
savodsiz kadr tayyorlamayman! Maktabda medal olib, institutga
borganda «ikki»ga tortolmaydigan bolani yomon koraman!
Angrayib qoldim! Shu paytgacha bironta odam Rais buvaning
koziga tik qarab, bunaqa gapirmagan edi. Rais buva ham bir
zum esankirab qoldi. Lekin osha zahoti shiddat bilan hayqirdi:
Bolalar yaxshi ilm olmagan bolsa ayb sizda! Bilib qoying,
shu bolalar institutga kiradi. Albatta kiradi!
Ajab, Usmon aka kuldi. Kulgandayam, bogiq, xirillab kuldi.
Sizning oglingizmi, Rais? Xohlasangiz olim ham qilasiz
uni.
Senga nima?
Battar dovdirab qoldim. Malimning yoshi Rais buvadan
kamida besh yosh, bolmasa on yosh katta. Sochlari oqarib ketgan.
Rais buva uni bemalol sansirayapti!
Òort yil oldin pensiyaga chiqishing kerak edi! dedi Rais
buva battar tutaqib. Nimaga ivirsib yuribsan?
Yaxshi... Usmon aka chuqur uf tortdi. Boshayman.
Ozimniyam jonimga tegdi... U negadir jilmaydi. Pastki labini
tishlab uzoq jimib qoldi. Sengayam boqqan balo bordir...
dedi sekin.
E, ochire, igvogar! Rais buva ildam kelib, mening
243
qolimdan tutdi. Yur, tutxor!
Òalmovsirab orqasidan ergashdim.
Hovliga chiqsam Shodivoy kutib turgan ekan.
Nechchi qoydi? dedi kozimga tikilib.
Indamadim.
Shu palid domlaning gapi uchun ham ikkalangni yurist
qilaman! Rais buva bir qoli bilan Shodivoyni, bir qoli bilan
meni bilagidan olib sudrab ketdi.
Darvoza oldiga kelsak, Òulporim meni kutib turgan ekan.
Boshqa joy qurib qolgandek naq darvozaga kondalang turib olibdi.
Chetlab otib ketsak ham bolardi-ku, Rais buva kelib-kelib eshakka
yol boshatishni xohlamadi, shekilli, dagdaga qildi:
Xix!
Òulporim uzun quloqlarini osiltirib xayol surib turaverdi. Boya
nega urganimni oylayotgan bolsa kerak.
Rais buva Shodivoy bilan mening qolimni qoyib yubordi-
da, eshak boshida musht kotardi.
Xix!
Òulporim boshini xotirjam burib, ogirildi. Lablarini
chochchaytirib Rais buvaning qulogini hidladi. Keyin tilini ikki
qarich chiqarib uning yuzini yalab ham qoydi.
Hozirgina malim bilan urishib gazablanib turgan Rais
buvaning jon-poni chiqib ketdi.
Xixe, harom olgur! dediyu ikki qadam orqaga tisarilib,
kuchi boricha eshakning qorniga tepdi. Òulporim bir silkinib ketdi.
Keyin sekin-sekin burilib, roppa-rosa toqson gradus ogirildi.
Bir nimani nishonga olgandek, orqasiga qarab qoydi. Ana undan
keyin Rais buvaning qovugini moljallab turib chunonam tepdiki,
Rais buvaning ichida «giq» degan ovoz chiqdi. Òuproq yolga
chalqanchasiga yiqildi.
Shodivoy ikkalamiz angrayib qoldik.
Òoxtat! Rais buva inqillab ornidan qozgaldi. Òoxtat
deyman. Kimning eshagi bu! u orqasiga yopishgan changni
qoqib qaddini rostlaguncha Òulporim shataloq otib goyib boldi.
Òoqqizinchi bob
BIZ ÒALABA BOLAMIZ!
Osmon-falakda uchib ketyapmiz! YaK-40 da! Yonimda
244
Shodivoy otiribdi. Ogzi qulogida! Ustara tegmagan moylovi
qiymataxtadan otkazsa, bir qozon chuchvaraga bemalol yetadigan
dordoq labini yanayam qalin qilib yuborgandek. Yuziga husnbuzar
toshib, afti ustiga unda-munda tosh tokilgan asfalt kochaning
ozi bolib qolgan. Tig tegmagan moylov bilan husnbuzar
masalasida ozimiz ham joramizdan qolishmaymiz. Shodining
yuzi-ku siyrak tosh sachragan asfalt. Bizniki-chi? Naq tosh
yolning ozginasi!
Oldingi orindiqda Rais buva otiribdi. Shlyapasining qirrasi
orindiq suyanchigiga tegib qiyshayibroq turibdi. Rais buva bunaqa
samolyotlarda uchaverib, kozi pishib ketgan shekilli, allaqachon
yetti uyquni urib boldi-yov. Ora-chora ortacharoq ovozda xurrak
tortib ham qoyadi.
Umrim bino bolib, samolyot u yoqda tursin, poyezdga ham
minmaganman. Shuning uchunmi, trapdan kotarilayotganda
yuragim salgina taka-puka boldi. Ammo darrov ozimni yupatdim.
Samolyot Shodivoyning «Zaporojes»i emaski, «Ferma toga»ning
garamiga kalla qilsa! Rostdan ham «YaK-40» jonning rohati ekan!
Qilt etmaydi-ya! Xuddi bir joyda qotib turgandek. Shundoq
tagimizda oppoq, domboq bulutlar suzib yuribdi. Shunaqangi
xoppa-semizki, paxta xirmonidan farqi yoq. Ustiga chiqib
irgishlaging keladi. Ola-chalpoq «yirtigi»dan yerga tushib
ketmasang bas! Joramning biqiniga turtib, yumaloq derazadan
«korib qoy» degandek, bulutlarga imo qildim. Shodivoy «zor»
degandek bosh barmogini dikkaytirib qoydi.
Shundoq qilib, yaqinda bir student bolamiz! Aslida bunaqa
oy yetti uxlab tushimga ham kirmagandi.
Oshanda Rais buva «Senlarni yurist qilmasam, rais otimni boshqa
qoyaman» deyishga deb qoydi-yu, palakat bosib Òulporimdan tepki
yegandan keyin, bu gap paqqos esidan chiqib ketgandir, deb
oylagandim. Birinchidan, Òulporim maydalashib otirmaydi. Òepsa
birvarakay tepib qoya qoladi. Rais buva uch kungacha hech kimga
korinmadi. Shodivoyning aytishiga qaraganda, dadasi uch kungacha
tumandan massajchi chaqirib, vazelin bilan qovugini silatganmish.
Ikkinchidan, Rais buva eshak meniki ekanini bilgan. Bilmay qayoqqa
borardi: Òulporimni mingta hangi orasiga qoyib yuboring: mana-
man deb ajralib turadi.
Xullas, Rais buva Shodivoy ikkimizni institutga kiritib
qoyishniyam xuddi mototsikl olib berishga oxshab allaqachon
245
esidan chiqarib yubordi, deb oylagandim.
Yoq, unutmagan ekan. Uch kun avval saharlab turib eshagimni
sugorayotsam harsillab-gursillab, Shodivoy kelib qoldi.
Chamadoningni tayyorla! dedi dorillab. Òoshkan
boramiz.
Nega?
Oqishga kiramiz. Yuridicheskiyga!
Yuridicheskiy deganini judayam yaxshi tushunmasam ham
ozmi-kopmi aqlim yetardi.
Nima, odamlarni qamaysanmi?
Shodivoy ham buyogini oylab kormagan ekanmi, ikkilanib
qoldi.
Ozimga qolsa-ku, dedi mingillab. Fizkulturniyga
kirmoqchiydim. Hozir yuz kilo shtanga kotaryapman.
Men anavinaqa dorga osiladiganiga kirardim, dedim xuddi
dadam darrov javob bera qoladigandek.
Shunaqa-ku, Shodivoy yana mingilladi. Fizkulturniyda
dadamning jorasi yoq ekan. Keyin... yuristlar mixday yasharmish.
Hafsalam pir boldi.
Boraver!
Yo-o-oq! Shodivoy boshini sarak-sarak qildi.
Sen bormasang, menam kirmayman oqishga! Dadam
jorasiga aytib, seniyam joylab qoyadigan boldi.
Dostim rost aytgan ekan. Kechqurun onam eshikdan hovliqib
kirib, Rais buvani alqashga tushdi. Rais buva onamni ataylabdan
idoraga chaqirib olib aytganmish. «Shundoq-shundoq, yanga,
Qoshovoyni azaldan yaxshi koraman. Uyam ozimning oglimdek,
gap. Shodivoy ikkalasi oqib, yurist bolib keladi!»
Hovli supurayotgan singlim enamning gapini eshitib negadir
hiringlab kuldi.
Sizdan yurist chiqmaydi, aka!
Supada joxori uqalab otirgan dadamning ong lunji ucha
boshladi. Onamga qarab chaqchaydi.
Ilonning yogini yalagan osha Rais otalik qilarmishmi,
mening oglimga? Rahmat! Beradiganini belbogiga boglasin!
Onam koziga yosh oldi.
Doim shunaqa kajbahslik qilasiz. Birov sizning oglingizni
oqitaman, odam qilaman, desa...
Dadam sotani uloqtirdi-da, jahl bilan qol siltab kochaga
246
chiqib ketdi.
Kecha Shodivoy yana keldi. Chontagidan bir dasta qogoz
chiqardi.
Korib qoy! dedi maqtanib. Inshoning zori mana
bunaqa boladi! Adabiyot malimimizning ozi yozgan.
Esim ogib qolay dedi.
Hoy jinni! dedim baqirib. Òoshkandagi institut sening
maktabingmi, shpargalka kochirsang indamay turadigan!
Derazadan ozingni uloqtirib yuborar!
Uloqtirmaydi. Dadamning jorasi bor.
Kechqurun otam ishdan keldi-yu, ayvon ortasida turgan bir
dasturxon patir, bir togora bogirsoqni korib hayron boldi.
Nima bu?
Yolga! dedi onam tushuntirib. Bolam bechora musofir
yurtda och-nahor yuradimi? Jilla qursa ozroq pul bering. Nonushta
qilishi bor, istalavoyga kirishi bor...
Dadamning bir emas, ikkita lunji ucha boshladi.
Ehtiyot bol! dedi tongillab. Ogling kosmosga uchib
ketyapti... Korasan hali, hafta otmay qaytib keladi torvasini
kotarib.
Onaning jazavasi qanaqa tutishini aytuvdim-a? Hozir ham
shunaqa boldi.
Hoy, dedi ikki qolini tizasiga baravar shapatilab.
Odamlar bolasini oqishga joylayman deb sigirini sotadi, moshinini
sotadi. Beliga jaraq-jaraq pul tugib, domlaning uyiga boradi. Rais
bovadek odam bosh qoshib turganda siz bittayu bitta oglingizdan
pul ayaysizmi? U tosatdan yiglab yubordi. Mayli uzugimni
sotaman, sirgamni sotaman! Kerak bolsa Mavjuning toyiga atab
qoygan gilamni sotaman!
Boldi! dadam, boshi muttasil chayqalib shimining
chontagini kavladi, mayda-yirik aralash pullarni xontaxtaga
uloqtirdi-yu, hovliga tushib ketdi.
Onam darrov ovunib qoldi. Sholchaga chonqayib otirgancha
bosh barmogini yalab hafsala bilan pul sanadi, romolchani
yechib, pulni chandilab bogladi.
Ma, belingga tugib ol! Shahar yomon boladi. Bitta-yarimta
kissangni olib qoymasin.
Onam chamasi kechasi bilan uxlamadi-yov. Allaqayoqdan eski
chamadon topib keldi. Issiq torkoylak (shamollab qolmasligim
247
uchun) bitta qora kostum (dadamniki, kuyadori hidi kelib turibdi),
ikkita shim, ikki juft paypoq, on oltita patir (ozim sanab turdim),
bir torva turshak (togamnikidan kelgan, qurtlaganidan bildim) yarim
torva qurut (ozimizning qatiqdan), yarim torva bogirsoq (kecha
pishirilgan) yana allaqancha narsalarni joylab, qopqoqni yopgan
edi, chamadon ajdarning ogzidek bir ochilgancha ustiga minib olib,
bossa ham qayta yopilmadi.
Onam ishning kozini biladi-da! Dadamning eski shimidan
qalinligi besh enli keladigan kamarni yechib olib, bir tortgan edi,
chamadonim ogzini yumdi. Faqat eshagimning xurjunidek ikki
tomonga tarvaqaylab, dombayib qoldi.
Òong saharda turib, tashqariga chiqdimu eng avval yongo-
gim bilan xayrlashdim.
Xayr, qadrdon yongogim! Ustingdan yiqilib, boshim
yorilgan bolsayam baribir seni yaxshi koraman! Sening
mevalaringni yeb, aqlim tolishdi. Erta-indin student bolaman!
Mabodo tosh otib, shoxingni sindirib, xafa qilgan bolsam, rozi
bol.
Yongogim qilt etmadi.
Keyin ogilxonaga kirib, Òulporim bilan xayrlashdim.
Xayr, mehribon Òulporim. Imtihon kuni seni urmoqchi
emasdim. Ozing shpargalkamni yeb qoyib chatoq qilding. Xafa
bolma! Rozi bol, Òulporim! Har kuni maktabning derazasi oldiga
borib turarding. Endi mendan kim xabar oladi?
Eshagim yuzimga qarab bir xorsindi, ikki xorsindi. Keyin
entikib-entikib hangrab yubordi. Qarasam, ozim ham yiglab
yuboradiganman. Chopib hovliga chiqdim. Singlim tandirga
gozapoya tiqib endi gugurt chaqayotgan ekan.
Xayr, Ju! dedim yiglamsirab. Singlimni bagrimga bosib,
peshonasidan opdim. Kalishimni yirtib qoyganingda
sokkandim, rozi bol.
Voy qolim kuydi! singlimning afti burishib ketdi.
Qanaqa kalish?
Qarang, allaqachon esidan chiqib ketgan ekan-ku, men
bolsam...
Ayvonda turgan onam opkasi tolib, meni bagriga bosdi.
Xayr, enajon, rozi boling! degan edim, xongrab yiglab
yubordi.
Voy, bolajonim, enaginangni tashlab, qayoqlarga ketyap-
248
san?
Xayr, dadajon! uy tomonga qarab xorsinib qoydim.
Dadang allaqachon ishga ketgan! onam romolini uchiga
burnini qoqdi.
Qarang, dadam uzoq safarga ketayotganimni kora-bila turib,
xayrlashgisi kelmabdi. Shu qilganiga Òoshkentga borib olim bolib
ketaman! Prapisir bolib kelaman! Bir uyalsin!
Mana, ketyapmiz endi YaK-40 da! Samolyot derazasidan qarab
boryapmanu bundan besh yil avval qazo qilgan momojonimning
gapini eslayman. Bir kuni momojonim maqtangan edi. Bu
dunyoda men kormagan joy qolmadi, bolam, buyogi
Shaldiramasoygayam borib keldim! (Shaldiramasoy bizning
qishloqdan olti chaqirim narida. Eshakda bir soatli yol.)
Samolyot manzilga yaqinlashdi shekilli, pastlay boshladi. Ip
tortilgandek toppa-togri yollar, oppoq binolar, poyezd izi
korindi. Oldingi orindiqda otirgan Rais buva samolyot yerga
qonganidan keyingina uygondi. Suyanchiq ustidan bizga
moralab qaradi. Yuzi qip-qizarib ketibdi. Kaftining orqasi bilan
solagini artib, qiyshayib ketgan shlyapasini togrilab oldi.
Keldik, polvon! dedi iljayib. Menga aytdimi,
Shodivoygami, tushunmadim.
Voy-bu! Òoshkent degani ham xop garoyib shahar ekan-da!
Odamlar muncha kop! Òagin hammasi shoshiladi. Kopkariga
kelgan chavandozga oxshaydi-ya! Mashinalarning gizillashini
aytmaysizmi! Biz otirgan taksi osmon baravar bino oldiga yetib
kelguncha ellik sakkizta mashinani quvib otdi. Sanab turdim.
Shodivoy ozining chamadonini, men ozimning dompayib
ketgan chamadonimni kotarib, tepasiga qarasangiz, doppingiz
tushib ketadigan binoga kirdik. Rais buvaning qolida yuk yoq
hisob. Ixchamgina «diplomat» kotarib olgan. U, ketimdan
yuringlar, degandek imo qildi-da, allaqancha odam todalashib
turgan oyna tosiq oldiga bordi. Binoning ichi salqingina ekan.
(Odamning uxlagisi keladi). Shodivoy ikkalamiz chamadonni
kotargancha Rais buvaning ketidan safga turdik. Oynavand tosiq
ortiga sekin moraladim. Shodivoyning «Zaporojes»iga oxshagan
havorang koylak kiygan xotin baland suyanchiqli kursida otiribdi.
Avvaliga xotin pamildori yeb otirgan ekan, deb oyladim. Yoq,
labi shunaqa, qip-qizil ekan. Qoshini aytmaysizmi, qoshini! Xoh
ishoning, xoh ishonmang, qildan ham ingichka. Bechora onasining
249
qornidan qoshsiz tugilgan bolsa, uyalganidan qalam bilan chizib
qoygandir-da, deb oyladim. Yoq, razm solib qarasam, «qil»ning
tagi kokaribroq turibdi. Dadam soqolini guzardagi
sartaroshxonaga kirib, Sobir choloqqa oldirib kelgan kuni shunaqa
kokarib qolishini korganman. Bundan chiqdi, zangori koylakli
xotin ham kun ora sartaroshxonaga kirib Sobir choloqqa
oxshagan sartaroshga qoshini qirdirar ekan-da! Ogrigandir,
bechoraning qovogi!
Xotin sariq telefonni qulogiga bosib, allakim bilan gaplashardi.
Gulichka! Lyolya erini razvodga beribdi... Nima? Yoq,
piyonistamas! A? Injener edi-da! Oladigan maoshi yolkirasidan
ortmasdi. Òaginam Lyolya bechora olti oy chidadi!
«Safimiz»ning old tomonida asabiy ovoz yangradi:
Qizim!
Boynimni chozib, bu yoqqa qaradim. Saraton bolishiga
qaramay telpak kiyib olgan chol tuynuk tomonga engashib
hayqirdi:
Menga qara, qizim...
Minutochku! xotin telefonni qulogidan nari surib, cholga
yuzlandi:
Joy yoq!
Qizim...
Mening otam kokarib chiqqaniga on tort yil boldi,
xotin telefonni yana qulogiga bosdi. Gulichka eshityapsanmi?
Ertaga sudga borarkan. Nima, kvartiranimi?
Jon opa! boyagi chol ovozini balandroq kotardi.
Minutochku! xotin ipdek qoshini chimirdi. Mening
ukam yoq!
Opajon! chol yalinishga tushdi. Oglim uzum sotgani
kelgan edi. Bozorda qolga tushib ishi sudga oshirilibdi.
Chayqovchi jazosini olishi kerak, xotin telefonni qulogiga
bosdi. Eshityapsanmi, Gulichka! A? Lyolya durochkami, kvartirani
berib qoyadigan. Injenerning ketiga bitta tepsa...
Òelpakli chol joy olishdan umidini uzdi shekilli, nari ketdi.
Avval Rais buva, ketidan Shodivoy, Shodivoyning ketidan men
chamadonni kotargancha roppa-rosa bir qadamcha oldinga
jildik. Munday orqaga qarasam, yana yigirmatacha odam toplanib
ketibdi. Voy-bo, birpasda-ya!
Lyolya Ayrapetyan bilan gaplashibdi...
250
Choldan keyin turgan, boshiga romol oragan qop-qora xotin
endi birini bolib qolganiga quvondi shekilli, shangilladi:
Singlim?!
Gulichka, minutochku! zangori koylakli xotin telefonni
yana qulogidan uzoqlashtirishga majbur boldi. Opam uchta!
dedi mix qoqqandek qarsillatib. Òortinchi opam borligini
bilmasdim.
Qora xotin balo ekan.
Men Qahramon onaman! ded chertib-chertib. Bir
emas, onta mixni baravar qoqqandek qarsillatib tashladi. On
bitta bolam bor.
Zangori koylakli xotin pinagini buzmadi.
Òabriklayman!
Oltinchi qizim ogir kasal. ÒoshMIga yotqizdim.
Kochada tort yashar kenjam turibdi.
Qanaqa odamsiz ozi, yosh bolani kochada qoldirib
boladimi? Mashina urib ketsa buniyam ÒoshMIga oborasizmi?
U yana telefonni qulogiga bosdi, Gulichka! Lyolya
Ayrapetyan bilan gaplashibdi. Ayrapetyan aytibdi: «Ering
yaxshilikcha uyini boshatmasa qamatib yuboraman» debdi. Nima?
Zangori koylayli xotin quvonch bilan xitob qildi. Hatto
ornidan turib ketdi. «Ji-ji?» Arabskiymi? Yoq, bittamas,
ikkita! Keyin... Bittagina «Adidas...» Shefingga aytsang...
Qora xotin rostdan ham tort yashar bolasini mashina urib
ketishidan qorqdi shekilli, yerda yotgan tugun-tersaklarini kotarib
tashqariga otildi. Yana bir qadam surildik.
Gulichka! zangori koylakli xotin telefonni qulogiga
yanayam qattiqroq bosdi. Shefingga ayt: noinsoflik qilmasin.
Shapkasini boshqalarga qoysin.
Old tomondan goldiragan ovoz keldi:
Opajon!
Qarasam, ayvoni katta shlyapa kiyib olgan yigit tuynukka
engashib yalinyapti:
Jon opa!
Xotin bu gal telefonni qulogidan olmadi. Shlyapaliga
qaramadiyam. Ong qolidagi ruchka bilan tuynukning yarmisini
tosib turgan taxtachaga nuqib qoydi. Boynimni yanayam chozib
qarasam, taxtaga har bittasi orta barmogimdek keladigan harflar
bilan «Joy yoq!» deb yozib qoyilibdi.
251
Gulichka! xotin sirli jilmaydi. «Ji-ji» bilan «Adidas»ni
togrilab bersang, dedi ovozini pasaytirib, bitta «Lama»
bizdan!
Opajon! shlyapali yigit astoydil yalindi. Olisdan
kelganman.
Ozbekmisiz? xotin bu gapni «Gulichka»ga aytdimi,
shlyapali yigitgami, bilmadim. Har qalay, shlyapaliga aytgan ekan.
Yigit quvonib ketdi. Ha, opajon, ozbekman!
Ozbek bolsangiz men ham ozbek tilida aytyapman. Joy
yoq! Òushunarlimi?
Axir men uzoqdan kelganman! Anjandan!
Eh-he! Men Argentinadan deb oylabman. Qirq sakkiz,
Gulichka! Ikkinchi rost. Sening razmering.
Xayriyat-ey! Rais buvagayam gal keldi.
Joy bormi? dedi Rais buva negadir iljayib. Zangori
koylakli xotin biz tomonga qaramadi. «Joy yoq!» deb yozilgan
taxtachaga ruchkasi bilan nuqib, davom etdi:
Yoqmay olsin! «Mister D»dan tortta kerak, Fikon
bolsayam mayli. Marat akamga! Yoqasi qirq bir...
Joy bormi? Rais buva bu gal dagdagaliroq xitob qildi.
Savod bormi? xotin yana taxtachaga nuqidi.
Gulichka! Eshitdingmi, qirq bir! E, jinsini boshiga uradimi?
Ozida tiqilib yotibdi.
Rais buva taxtachani shaxd bilan yulqib olib nari surib qoydi.
Bizgayam-a!
Minutochku, Gulichka! Bu naxallar... tosiq orqasidagi
xotin qoshini chimirib, biz tomonga yarq etib qaradi-yu, tosatdan
yuzi yorishdi. Iye, dedi jilmayib. Òelefonni qulogiga bosib,
nihoyatda mayin, nihoyatda muloyim gapirdi. Gulichka, uch
minutdan keyin telefon qilaman. Goshakni qoyib, ornidan
turib ketdi.
Bormisiz, Òoshmamat Alimovich! Nimaga ocherid kutib
turibsiz? Bu yoqdan kelavermaysizmi?!
Ishingiz qiyin ekan... Rais buva ogir-ogir bosh chayqadi.
Har kuni shu ahvolmi?
E, shularni deb gipertonik bop qoldim, Òoshmamat
Alimovich! u shu qadar ozor chekib ikki chakkasini qisdiki,
qoyib bersa hozir yiglab yuborgudek edi. Xayriyat, yiglamadi.
252
Kulrang telefonni kotarib shosha-pisha raqam terdi.
Muxochka! dedi ovozini pasaytiribroq. Yetti yuz on
toqqizning egasi keldi. Keyin muloyim jilmayib, Rais buvadan
soradi: Bir ozingizmi?
Kopchilik! Rais buva Shodivoy ikkalamizga imo qildi.
Kadrlarni olib keldik. Oqishga kirmoqchi...
Xotin bir qoli bilan telefonni quloiga bosgan kuyi tuynukdan
boshini chiqarib, avval Shodivoyga, keyin menga qaradi.
Sizam xitirsiz! dedi Rais buvaga qoshini uchirib. Oglim
bitta deb yurardingiz-ku!
Rais buva biz tomonga qarab qoydi.
Bittalikka bitta! Bunisi, deb menga imo qildi. Bunisiyam
yaxshi bola, ozimizning kadr.
Xotin tuynukdan boshini ichkari tortdi.
Muxa! Hozir chiqishadi. Uch kishi! Nima? Yoq, ayollar
yoq. Menga qara! Yana bitta nomer topasan.
Kerakmas! Rais buva iljayib qol siltadi. Kadrlarni
joylashtiraylik. Men... Bilasiz-ku, Oydin! Bedananing uyi yoq,
qayga borsa pitpildiq!
Sizam xitirsiz! xotin qip-qizil, uzun tirnoqli barmogi
bilan popisa qildi.
Yurlaring! Rais buva qovogini solib Shodivoy bilan menga
buyurdi.
Ortogim ikkalamiz jonholatda chamadonlarga yopishgan
edik, Rais buvaning jahli chiqib ketdi. Mengamasu Shodivoyga
oshqirib berdi:
Qoy, joyiga, nokas! Ozlari obchiqadi.
Ammo ozi qolidagi diplomatini tashlamadi. Shodivoy zina
tomonga yonalgan edi, tagin oshqirdi:
Shoshma, buyoqqa kel!
Negadir zina emas, allaqanday jigarrang eshik oldiga borib
qoldik. Ikki kozim Òulporimning xurjunidek doppayib ketgan
chamadonimda! Non bilan bogirsoq, yongoq bilan qurtlagan
turshak-ku, mayli. Ammo chamadonimda dadamning kostumi
bor. Onam sotib olgan paypoq bor. Bir emas, ikki juft. Birov lip
etib omarib ketsa...
Shu payt jigarrang eshik ozidan ozi shigillab ochildi. Ichidan
qora kozoynak taqqan mallasoch chol bilan xuddi qishlogimizdagi
bogcha bolalarnikiga oxshagan kalta ishtoncha kiyib olgan kampir
253
chiqib keldi. Angrayib qopman. Chol-kampirlar allaqanday tilda
«ve-o-ve-o» degancha nari ketdi.
Kirsang-chi! Rais buva qolimdan tortib eshik ichiga olib
kirdi.
Òushundim. Liftga chiqqan ekanmiz. Zum otmay tagin eshik
ochildi. Rais buva ixcham portfelini salanglatgancha deraza oldida
turgan stol tomon bordi. Xayolim chamadonimda! Yongoq bilan
turshak-ku, mayli... Paypogim... Dadamning kostumi...
Bormisiz, Muhabbatxon! Rais buvaning quvonchli
xitobidan hushim joyiga keldi.
Ustiga moshrang mato yopilgan, bir chekkasiga telefon, bir
chekkasiga guldon qoyilgan stol orqasida otirgan xotin dik etib
ornidan turdi. Bu xotin ham xuddi pastdagi ayolga oxshab kalta
yengli zangori koylak kiyib olgan, farqi shuki, gavdasi pastdagi
xotinga taxminan bir yarimta kelar, ammo Shodivoyning onasidan,
yani hovlisida tut bargi kesganimda yiqilib tushib, yer qimirlatib
yuborgan Jamila xolamdan ancha ixcham edi.
Ozingiz kamnamosiz, ortoq rais! u Rais buvaning kaftini
changallab, qoshqollab qisdi. Shunda bildimki, har bilagi mening
sonimdan yoqon bolsa borki, ingichka emas. Eson-
omonmisiz? Planlar yuzmi? Bola-chaqalar omon-esonmi?
U qolini har silkitganida Rais buvaning chayir gavdasi silkinib-
silkinib ketardi.
Pastdagi xotin «Muxa» deganida pashshadek qiltiriq ayolni
koz oldimga keltiruvdim. «Muxa»si shunaqa bolsa, fili qanaqa
bolarkin?
«Muxa» opa, yani Muhabbat opa stol tortmasini sharaq-shuriq
qilib ochdi-yu, bandiga tuxumdek yogoch ilgich osilgan kalitni
olib, yol boshladi. Òavba! Shundoq semiz xotin, shunaqangi
zipillab yurishini birinchi korishim. Yolakka toshlgan chogdek
gilam ustida yurib emas, uchib borayotgandek.
«Muxa» opa yolak adogiga yetay deganda bir eshik oldida
toxtadi. Kalit solib, sharaq-shuriq qilib ochdi.
Marhamat qilsinlar! dedi yosh kelinchaklardek tamanno
bilan ikki qolini semiz koksiga qoyib.
Avval Rais buva, keyin Shodivoy, undan keyin men ichkari
kirdik. Voy-bu! Gastinsa degani zor bolarkan-ku! Yerga olovdek
gilamlar toshalgan. Bir tomonda divan, bir tomonda yogoch
karavot. Burchakda xolodilnik...
254
Xayolimga lop etib bir fikr keldi. Mayli, Shodivoy karavotda
yotsin, menga divan ham bolaveradi. Shunaqa-ku, chamadonim
qayoqda qoldiykin? Yaxshiyam onam dadamdan olib bergan bir
yuz on tort somni belimga tugib olganman. Bolmasa, uyam
ketardi-da, qulogini ushlab!
Shuni oylab tursam, eshik juratsiz taqilladi.
Da! dedi «Muxa» opa zardaliroq ohangda.
Eshik ochilib, ikkita chamadon kotargan, boshiga zangori
shapka kiygan shopmoylovli kishi korindi. Xayriyatey,
chamadonim omon ekan!
Moylovli kishi ikkala chamadonni yerga qoyib, uf tortdi.
Endi burilib ketayotgan edi, Rais buva toxtatdi.
Shoshma! chontagini kavlab pul chiqardi. Rahmat!
Moylovli kishi negadir xijolatli iljaydi:
Kop-ku, Rais aka!
Bopti, boraver! Rais buva qovogini solgan edi, moylovli
kishi pulni changallagancha, tisarila-tisarila yolakka chiqib ketdi.
Chamadonim omon-eson topilganiga quvonib ketdim. Bu
yogi-ku joyida! Shodivoy karavotda yotsa, men divanda yotsam,
Rais buva nima qiladi? Xuddi shuni kuzatib turgandek, «Muxa»
opa yonboshdagi eshikni ochdi. Kokimtir parda orqasidagi eshikni
kormay qopman.
Marhamat! dedi tazim qilib. Buyogi yotoqxona.
Qorin och! Rais buva yana qoshini chimirdi.
Restoran soat yettigacha pereriv... dedi «Muxa» opa
aybdor alpozda jilmayib. Shu yoqqa zakaz qilasizmi?
Rais buva noroziroq alpozda xorsindi:
Nima bor ozi?
Aniq bilmadim-ku, antrikot, kavkazskiy shashlik, kiyevskiy
kotlet, tabaka, mampar, lagmon...
Bopti! Rais buva uning gapini kesdi. Òabaka obchiq.
Uchtami?
Òortta! Qorin piyozning posti bop ketdi.
«Muxa» opa negadir ketishga shoshmasdi.
Rais aka, dedi eshik oldida toxtab... Qanchaga
kelgansizlar ozi?
Men bilan ishing bolmasin! Rais buva biz tomonga qarab
qoydi. Kadrlar... Xullas, oqishga joylashib bir yoqlik
bolguncha turadi. Xohlasa, bir oy, xohlasa, ikki oy.
255
Ozlari-chi, xojayin? «Muxa» opa jilmayib, qoshini
uchirdi. Ikki qolini ogirdek beliga tirab, qilpanglamoqchi bolgan
edi, yaxshi uddalay olmadi. Qorni lopillab ketdi.
Gapni kopaytirmay tabakani obchiqsang-chi! dedi Rais
buva oshqirib.
«Muxa» opa chiqib ketishi bilan Rais buva Shodivoy
ikkalamizni ichkari xonaga boshladi. Qarasam, boyagi xona buning
oldida ip esholmaydi. Derazalarga pushti rang pardalar tutilgan.
Ikki deraza oldida ikkita karavot, burchakda rangli televizor! Bir
burchakda magnitafon.
Iye, yaponskiy shekilli? Shodivoy endi magnitafon
tomonga yurgan edi, Rais buva baqirib berdi.
Ahmoq! Oqishga kirishga kelganmisan, muzika
eshitishgami?..
Shodivoy xona ortasida taqqa toxtab qoldi.
Unaqamas-da! dedi Rais buva sal hovuridan tushib.
Avval institutga kirib ol... Keyin... shunday deb gurs-gurs qadam
bosib, narigi xonaga chiqib ketdi. Zum otmay osha tomonda
suv shovulladi.
...Òabaka degani shunaqangi mazali taom ekanki, bunaqasini
Chiyali bozorda ham topolmaysiz. Shodivoy ikkalamiz qovurma
tovuqning suyaginiyam gajib tashladik-ov!
Menga qara! Rais buva yog bosgan qollarini, qalin
lablarini qogoz romolchaga artib, ornidan turdi. Ertalabdan
beri ozi kotarib yurgan diplomatni Shodivoy tanlagan karavot-
ning tagiga suqib qoydi. Yoqotib qoysang... dedi Shodi-
voyga chaqchayib. Ichagingni sugurib olaman! Uqdingmi?
Yostigingni tagiga qoyib yot. Òashqari chiqsalaring... u endi
menga ogirildi. Kalitni etajniy dejurga bermaysan! Rais buva
yelkamga qoqib qoydi. Sen pishiq bolasan-ku, tutxor! Jorang
ahmoq!
Shodivoyga qarasam, barmogini yalab oshshayibroq otiribdi.
Unaqamas, Rais buva, dedim iljayib. Shodi malades!
Bopti! Rais buva ornidan turdi. Mening zarur ishlarim
bor. Ertalab kelaman. Eshikni qulflab ollaring. Kalit ogzida qolsin.
Oshanda birov kirmaydi.
Shunday dedi-yu chiqdi-ketdi. Shodivoy menga qaradi. Men
Shodivoyga.
Eshikni qulfladingmi? dedi Shodivoy qorqa-pisa.
256
Qulfladim.
Kalit ogzida qoldimi?
Qoldi. Sal chaproq tomonga burib qoydim. Shodi...
Endi nima qilamiz, Qosho?
Òelevizor kormaymizmi? Òoshkentda boshqacha korsatsa
kerak.
Dadam bilib qolsa, oldiradi.
Muzika eshitamizmi?
Oldiradi.
Kochani tomosha qila qolaylik, Shodi.
Mayli-i-i!
Ikkalamiz deraza pardasini ochib, kochani tomosha qila
boshladik. Hammayoq chiroq! Mashinalar shovullab otadi.
Allaqayoqda tramvay giyqillaydi. Pastdan, birinchi qavat
tomondan «gumbir-gumbir», «vosh-vosh» degan sado keladi.
Restoranda oyin-kulgi bolyapti, chogi. Roparadagi bog ichi
charogon. Bog ortasidagi pushtirang yozuvga kozim tushdi:
«Morojennoye».
Shodi-i! dedim sekin. Morojniy yemaymizmi? Menda
pul bor. Gapimning isboti uchun belimni qashlab qoydim.
Shuncha pulni belga boglab yurish oson emas ekan. Ertalabdan
beri biqinim qichishadi.
Iloji yoq, Qosho! ortogim xorsindi. Ertaga...
Bolmasa uxlay qolaylik.
Mayli...
Chiroqni ochirib yotdik. Shodivoy u derazaning tagiga, men
bu derazaning tagiga. Uyqu kelsa qani? Darpardani tortib
qoyganimiz bilan Shodivoyning ham, mening ham yostigim
ustiga bir tutamdan nur tushib turibdi. Nuqul bugungi voqealarni
eslayman. Òulporim bilan xayrlashganim. Onamning yiglab
qolgani, samolyot, bulutlar. Qoshini sartaroshga oldirgan xotin,
«Muxa» opa... Bir mahal Shodivoyning karavoti girchillay
boshladi.
Shodi, dedim boshimni kotarib. Nima qilyapsan?
Dadam aytdi-ku! Yostigimning tagiga qoyib yotmasam...
Joram avval yostiqni kotarib, boyagi diplomatni joylab kordi.
Keyin, kongli orniga tushmadi, shekilli, toshak qatini ochib,
diplomatini qoydi. Ustidan toshak yopdi. Uning ustidan
choyshab yoydi. Ustiga yostigini bosdi.
257
Shoshma! Rais buva Shodivoyni bekorga ogohlantirdimi?
Mening chamadonimdagi narsalar unikidan kammi? On oltita
patir, bir torva bogirsoq, yarim torva yongoq, yarim torva
qurut... Eng muhimi dadamning kostumi, paypoq...
Men ham ornimdan irgib turdim-da, yalangoyoq shipillab
borib, shkafni taraq-turuq ochdim. Chamadonimning bandidan
ikki qollab kotarib kelib, yostigimning tagiga bosdim.
Nima qilyapsan, Qosho? dedi Shodivoy pichirlab.
Chamadonimni ehtiyot qilyapman, jora, dedim men
ham pichirlab.
Òogri-da! Gastinsani ogri bossa, Rais buva yoq. Shodi-
voyning kichkinagina diplomatini ogirlaganda mening hurjundek
chamadonimni sog qoyarmidi?
Boshimni yostiqqa tashlaganimni bilaman. Doq etgan ovoz
eshitildi. Gardanim chunonam zirqillab ketdiki, aftim olmaqo-
qidek bujmayib ketdiyov. Boynimni silab-silab bu gal yostiqqa
boshimni sekinroq tashladim.
Uxlaymizmi, Shodi... dedim pichirlab.
Mayli, Qosho...
Shu Òoshkent deganiyam xop sergalva shahar ekan-da!
Kocha tola shov-shuv, vag-vug. Xonamiz zirillaydi. Hamma-
siyam mayli-ku, yotibmanmi, otiribmanmi, ozim bilmayman.
Yostiq ostidan chamadonim godayib turibdi. Gardanim haliyam
zirqillayapti. Oxiri kozim ilinibdi. Bir mahal allaqanday shatir-
shutir tovushdan uygonib ketdim. Òovush chap tomondan kelar
edi. Avvaliga qayerda yotganimni bilolmadim. Galati tovush esa,
hamon shipillardi.
Olti ming bir yuz yigirma besh... Olti ming bir yuz ellik,
olti ming bir yuz yetmish desh... Olti ming bir yuz sakson besh...
Olti ming ikki yuz on...
Sekin ogirilib qarasam, Shodivoy karavotida chordona qurib
otiribdi. Kun boyi Rais buva qolida kotarib yurgan diplomatning
ogzi ochiq. Derazadan tushib turgan bir tutam nur ostida
karavotda yuz somlik, ellik somlik, yigirma besh somlik, xullas,
bir quchoq pul yotibdi. Shodivoy gayrat bilan sanayapti.
Yetti ming yigirma besh. Etti ming ellik.
Mengayam oshir!
Uyqusirab turganim uchunmi, ovozim shunaqangi dorillab
chiqdiki, ozim ham qorqib ketdim.
258
Shodivoy pul sanashdan toxtab qoldi. Ichidan inraganga
oxshagan ovoz chiqdi. Keyin «dod» dediyu ozini diplomat ustiga
tashladi. Osha zahoti toshakda yoyilib yotgan pullar esiga tushib
qoldi shekilli, patir-putir qilib pullarni changallab, maykasining
ichiga tiqishga tushdi.
Voy-dod! Ogri!
Battar qorqib ketdim. Sapchib ornimdan turib, chiroqni
yoqdim. Ortogimning rangi quv ochib ketgan, tutqanoq tutgan
odamdek oyoq-qolini baravar tipirlatib, pullarni yashirishga
urinyapti.
Shodi! dedim baqirib. Esing joyidami?
Stol ustida turgan grafindan stakanga suv quyib avval yuziga
sepdim. Keyin ichirdim.
Kim? Shodivoy tishlari taqillab, stakandagi suvdan besh-
olti qultum golqillatib ichganidan keyingina rangi sal oziga
keldi. Kim, Qosho? dedi hamon titrab. Pulingdan ber,
deb kim aytdi?
E, ole! joramning yalangoch yelkasiga qarsillatib
sobqoldim. Puling bilan qoshmozor bole!
Menikimas... Shodivoy kozimga iltijoli termuldi.
Dadam aytgan. Domlaniki... Sanashib yuborasanmi?
Uxla! dedim tongillab. Ertaga sanaysan!
Jon Qosho... Shodivoy hamon titragancha yalindi.
Dadamga aytmagin, xopmi? Papkani nega ochding deb oldiradi!
Oninchi bob
DOMLAJONNING «XAÒOSI»
Ertalab boynim ogrib uygondim. Xona toridagi toshoynaga
qarasam, boshim chap yelkamga yopishib qopti. Bundan chiqdi,
yonboshim bilan yotgan ekanman-da! Muttasil qichishayotgan
biqinimni qashlagan edim, qolim doppayib turgan tugunchaga
tegdi. Òugun badanimga botib, chuqurcha qilib yuboribdi.
Romolni yechib, pulimni sanab kordi. Joyida: bir yuz on
tort som. Shoshma, qiynalib nima qildim? Kissamga solib qoya
qolsam bolmaydimi?! Zor kelsa, qolimni chontagimga suqib
yura qolamanda! Shodivoyni uygotish qiyin boldi. Yuvinish
uchun vannaxonaga kirib ketayotganida bundoq yuziga qarasam,
259
aftini korib bolmaydi. Hamma yogiga uchuq toshib ketibdi.
Kechasi yomon qorqqan ekan, shorlik!
Chamadonimni ochib, ikkita patir, bir hovuch turshak,
yongoq, tortta qurut oldim. (Xayriyat-ey, qadrdon xurjunim
sal-pal «ozdi»).
Ana endi bir choynakkina kok choy bolsa...
Gapim ogzimdan chiqmasdan eshik taqilladi. Chopib bordim:
Rais bova...
Eshik ortidan qongiroqdek ovoz keldi:
Zavtrak!
Angrayib qopman. Nima balo, chopchaklardagi sehrli saroyga
kirib qolganmizmi? Nimani xohlasang, ogzingdan chiqmasdan
muhayyo qilishadi.
Kalitni burab, eshikni ochsam, beliga oppoq peshband
boglagan nozikkina, chiroylikkina qiz yaltiroq tutqichli aravacha
bandidan ushlab jilmayib turibdi.
U bir zumda stol ustini toldirib tashladi. Ikki stakan qaymoq,
tortta non, ikki choynak choy, ikkita ishkalat, pishloq... Hatto
ortacharoq lagandek keladigan tort ham bor. Yana ikkita talinkada
tortburchak perashkalar.
Goshtli blinchik... dedi qiz jilmayib.
Aravachasini gildiratib eshik tomon yurgan edi «boyvach-
chaligim» tutib ketdi.
Qancha boladi? dedim Rais buvaga oxshab, chontak-
ka qol suqib.
Puli tolangan... oldiga peshband taqqan qiz eshikda
toxtab, shiringina jilmaydi.
Choyingiz toqson beshmi?
Ikki xil, qiz bu safar ensasi qotibroq iljaydi. Bittasi
qora indiyskiy. Bittasi kok.
Vannaxonadan yelkasiga sochiq tashlagan Shodivoy chiqib
ketdi.
Otir, zaptrik qilamiz, joramni qolidan sudrab stol
oldiga obordim.
Qaymogi biram yogli, nonlari biram issiq, tortburchak
somsasi biram mazali... Men-ku, noz-nematlarni pok-pokiza
tushiryapman. Qarasam, Shodivoy, kechasi bexosdan tagini hollab
qoygan boladek bozrayib otiribdi.
Yemaysanmi dedim somsaga imo qilib. Qiymasini
260
oxshatib qovuribdi.
Yeyolmayman! joram ogzini kafti bilan bekitib
mingilladi. Labim achishyapti.
Bechora! Yuvinganida ikki labining burchidagi uchuqlar qonab
ketibdi.
Ogzimni ocholmayapman, Qosho...
Oldin qaymoqni ichgin, Shodi! Labing yoglanib, ozidan-
ozi yoli ochilib ketadi.
...Nonushta qilib bolgach, dars tayyorlashga otirdik. Yani,
shpargalkalarni oqib chiqa boshladik. Òogri-da, birinchi imtihon
yozmadan insho. Maktabdagi adabiyot malimimiz ham rosa
gayrat qipti, ozi. On oltita inshoni iðga tergandek yozib tashlabdi.
Alisher Navoiyning «Xamsa»sidagi «Farhod va Shirin» dostoni,
Gofur Gulomning «Sen yetim emassan» sheri, Abdulla
Qahhorning «Shohi sozana»si, «Hamid Olimjon baxt kuychisi»,
yana allaqancha insholar. Erkin mavzularni atmaysizmi? «Òinchlik
bizning hayotimiz», «Mehnat mening baxtim», «Vatanimni
sevaman», «Men sevgan kasb»... Xullas, on oltita.
Qosho... dedi Shodivoy uchuq toshgan labini arang
qimirlatib. «Qutlug qon» tushsa yaxshi bolardi. Shu oson.
Malimimiz yozib bergan insholar orasidan «Qutlug qon»ni
topdik. Òort yarim bet ekan.
Kamroqmasmi, Shodi? dedim ikkilanib.
Yana nimani qoshasan?
Yanami? oylab qoldim. Bilagonligimni korsatib qoygim
keldi. Masalan, Yolchi paxtada ishlaydimi? Malum «Yolchi
tonka kavlaydi, goza sugoradi» debdi. Òonka kavlashning
paxtaga qanday aloqasi bor?
Shodivoy, yana nima qoshsa boladi, degandek kozimga
termuldi.
Masalan, yagana qiladimi? Otoq qiladimi? Chopiq
qiladimi? Chekanka-chi? Paxta terib, podbor terish, varaxaga
korak tashlash... Shular ham mehnat-da!
Qizishib ketib, joramga insho qanday yozilishini shunaqangi
baqirib tushuntira boshlabmanki, eshik ochilib, Rais buvaning
kirib kelganini kormay qopman.
Eshikni qulflab otirlaring demabmidim?!
Rais buvadan rosa dakki yeymiz deb qorqib ketdim. Yoq,
razm solsam, urishadigan holi yoq. Kechasi bilan kopkarida
261
uloq chopgan aygir otdek soljayib qopti. Rangi bir holatda.
Nazarimda kozlari yumilib-yumilib ketayotgandek.
Zaptirka berdimi? dedi chozib-chozib esnab. Yaxshi!
Kiyinlaring. Bir joyga boramiz...
Òoshkent shunaqangi katta shahar ekanki, taksida bir soat
yursak ham oxiri korinmadi! Yurib-yurib ikki cheti olchazor
kochaga kirdik, pishiq gishtdan qurilgan, derazasiga temir panjara
tutilgan uy roparasida toxtadik. Rais buva pushtirang sirli
boyoqqa boyalgan darvoza tomon yurdi. Shodivoy ikkalamiz
biyaning ketidan ergashgan toychoqlardek zingilladik. Rais
buvaning darvozasiniyam maqtab yurgan ekanman-da! Darvoza
degan mana bunaqa boladi! Rais buvanikiga tank sigsa, xoh
ishoning, xoh ishonmang, bu darvozaga osmondan uchib tushgan
gurzovoy samolyot pir etib kirib ketaveradi!
Rais buva darvoza burchagidagi tugmachani bosgan edi,
ichkaridan «blyum-blyum» degan ovoz keldi. Rais buva bir qadam
orqaga chekinib, kaftini ogziga bosgancha huzur qilib, esnab
qoydi. Ichkaridan javob bolavermagach, borib yana tugmachani
bosdi. Qongiroq biyron jiringlab ketdi. «Blyum-blyum-blyum».
Darvoza qiya ochilib, yaltiroq, guldor xalat kiygan novchagina,
kohlikkina xotin moraladi.
Kelinglar...dedi ikkilanibroq.
Assalom alayke-em, yanga! («Ferma toga» Rais buvaga
qanaqa salom bersa, Rais buva ham «yanga»ga shunaqa salom
berdi) Assalomalay-ke-em! Yangajon! Salomat omongina
bormisiz? Eshik-ellar, kadrlar yaxshimi?
Rahmat! «Yanga» xavotirlanibroq hammamizga bir-bir
qarab chiqdi.
Rais buva uning unsiz savolini tushundi, chogi, iljayib soradi:
Domla uydamilar?
Yogiydilara! «Yanga» afsus-nadomat bilan bosh
chayqadi.
Qayoqdalar?
Leningradga ketganlar.
Qanchaga?
Ikki oyga. Pavisheniyaga.
Iya, yangajon, katta domlayam pavishena qiladimi?
«Yanga» tagin hammamizga birma-bir qarab chiqdi.
262
Qachon qaytadilar? dedi Rais buva ovozini balandlatib.
Sentyabrning oxirlarida kelib qolsalar kerak.
Domla Leningradga pavishenaga ketgan bolsalar,
sentyabrda qaytsalar aytib qoying, yanga! dedi Rais buva
shangillab. «Mashal» kolxozidan rais jorangiz kelib-ketdi,
bugun kechqurun soat onda yana kelarkan, zarur yumushi
bormish, deng, uqdingizmi?
«Yanga» olazarak bolib, u yoq-bu yoqqa qarab oldi.
Sekin-e! dedi tahdidli, ammo past ovozda. On ikkidan
keyin... U bir zum jimib qoldi-da, norozi togilladi. Òaksini
eshik oldigacha obkelishga balo bormi!
Boldi yangajon, benavat! Rais buva mamnun iljaydi.
Yurlaring! dedi-yu, Shodi ikkalamizni yetaklab nariroqda poylab
turgan taksiga qaytadan otqazdi. Allaqaysi bekatga borganda
mashinani toxtatdi.
Bularni boyagi joyga oborib qoyasan! dedi shopirga pul
uzatib. Uqdingmi? ozi «diplomati»ni olib, tushib ketdi.
Òaksi gastinisa oldida toxtashi bilan joramga yalindim.
Bittagina morojniy yeylik, Shodi.
Pulim yoq-da, Qosho, dedi Shodivoy mungayib.
Biz-da, pulning koni, jorajon! pul tugulgan romol
solingan chontagimni shapatilab qoydim.
Roparadagi bog ichiga kirdik. Salqin maydonchaga oppoq,
yumaloq stollar qoyilgan. Odamlar tortta-torttadan otirib olib,
yaltiroq likopchalardagi morojniyni uryapti.
Sen joy olib tur! dedim Shodivoyga. Ozim ontacha
odam orqasidan ochiridga turdim. Yumaloq, oynavand uycha
ichida otirgan oppoqqina, domboqqina xotin (har kuni tekin
morojniy yeydi-ku, domboq bolmaydimi?) har minutda
«sleduyushiy» deb turibdi. Morojniysi ham ozimizning xloppunkt
oldida sotiladigan muzqaymoqqa oxshamaydi. Rangi boshqacha-
roqmi-ey!
Morojniychi xotinning ishiyam oson ekan. Biz tomonlarda
morojniyni toroziga solib tortib beradi. Bu xotin tortburchak
yaltiroq qutining tutqichini bir aylantirsa, likopchaga morojniyning
ozi buralib-buralib tushadi-yu, gulga oxshab qoladi. Semiz
xotinning qoli-qoliga tegmaydi. Likopchaga tushgan morojniy
ustiga bir qoshiq ishkalad kukuni, bir qoshiq qip-qizil sharbat,
yana bir chimdim chaqilgan yongoqmi-ey allanima, sepadi-da,
263
tuynukdan uzatadi.
Sleduyushiy!
Ikki pors! dedim yaqin borib.
Xotin bir zumda ikki likopcha tola morojniyni tuynukdan
uzatdi.
Sleduyushiy!
Obbo! Ozim ham qiziqman-da! Hali pulni sanaganimda
ishtapil romolni shunaqangi chandilab boglagan ekanmanki,
yechaman deb tirnoqlarim kochib ketdi.
Sleduyushiy! xotin betoqat bolib, qolidagi qoshiq bilan
peshtaxtani urib qoydi. Òugunchani tishim bilan yechishga urinib
yotganimda kimdir orqamdan turtdi:
Surilsang-chi, hoy!
Esi joyidami, pul tolamay, qayoqqa surilaman! Xayriyat,
tugunni yechdim.
Ertalab labi achishib, ogzini ocholmagan Shodivoy morojniyni
korishi bilan ishtahasi shunaqangi karnay bolib ketdiki,
likopchaga tort marta qoshiq botirib, loq etib yutib qoya qoldi.
Shu, Shodivoy ham girt savodsiz-da! Morojniy yeyishni anavi
qizlardan organsa bolmaydimi? Narigi stolda ikkita qiz otiribdi.
Qoshiqning uchiga jichcha morojniyni ilib oladi-da, nozikkina
pushtirang tilini chiqarib, yalaydi. Ozlariyam chunonam
ketvorgan, chunonam oppoq. Ikkalasiyam atlas koylak kiygan.
Koylagi shunaqa kaltaki, domboqqina boldirlari korinib turibdi.
Eson-omon oqishga kirib olay. Kattaroq domlaning ketvorgan
qizi meni sevib qoladi. «Qoshovoy akajon!» deb boynimga osiladi
«sizsiz olib qolaman», deydi. «Yiglama, deyman oppoqqina
yuzini silab. Mayli senga uylanaman...». «Dadamga aytaman,
bizga uy olib beradi. Ikki xonali» deydi. «Yoq, deyman oyoq
tirab, qishloqqa ketmasak bolmaydi. Kelin bolganingdan keyin
ota-onamning xizmatini qilishing kerak-da!», «Mayli, besh xonali»,
deydi u yalinib.
Xayol surib ketgan ekanman, boshim ustida birov goldiradi:
Boldingmi, hov bola! Joyni boshat.
Qarasam, tepamda ingichka moylov qoygan yigit ikki qolida
ikkitadan tortta likopcha kotarib turibdi. Yonida uchta qiz.
Mening bittayam «qizim» yog-u, buniki uchta! E, ol ochofat!
Jillaqursa ikkitasini ber, Shodivoy bilan menga. Iya, Shodivoy
qani? Allaqachon morojniyni yeb bolib daraxt tagiga borib
264
olibdi-ku! Boyagi qizlar qani? Osmonga uchib ketdimi?
Endi dars qilamiz! dedi joram gastinisa tomon sudrab.
Yarim kechadan oshganda Rais buva bizni ergashtirib yana
«katta domla» jorasining uyiga olib bordi. Faqat bu safar taksiga
kocha boshida javob berib yubordi. Ikki tomonda olcha daraxtlari
saf tortgan, simyogochlardagi lampochkalardan ola-chalpoq nur
tokilib turgan jimjit kochadan otib, osha qadrdon darvoza oldida
toxtadik. Bu safar qongiroq ikki marta jiringlashi bilan darvoza
qiya ochildi. «Katta domla» deganda tilla kozoynak taqadigan,
tilla hassa tutib yuradigan, sochlari oqarib ketgan odam xayolimga
kelgan edi. Yoq, televizorda korsatadigan gimnastikachilarnikiga
oxshagan sport kiyimi kiyib olgan kishi darvoza peshtoqida yonib
turgan lampochka nurida jilmayib turardi. Chamamda «katta
domla»ning yuzidan ham nur yogilib ketgandek boldi.
E, Òoshmamat aka, xush kelibsiz! «Katta domla» shun-
day deb Rais buvaning qolini qisdi. Hatto Shodivoy ikkalamiz
bilan ham qol olishib korishdi.
Salom, yigitlar, salom! dedi muloyim kulimsirab.
Usti yopiq darvozaxonaga kirishimiz bilan bir burchakda
yotgan, qulogi dikkaygan itni korib etim jimirlashib ketdi.
Oziyam Òulporimning yarmichalik kep qolar-ov! Yechilib
ketsayam gajiydi-da odamni! Yoq, it jonivor kechasi kelib-
ketadigan bizga oxshagan mehmonlarga organib qolganmi,
zanjirini shiqillatib,boshini bir silkib qoydi-yu, ogzini ochib
esnadi. Har bittasi ortacharoq qoziqdek keladigan tishlari chiroq
nurida yiltirab ketdi. Obdan esnab bolgach, yonboshidagi guldor
togorachada yotgan yarimta tortni bir-ikki iskadi-da, ensasi qotib
uzala tushib oldi. Yo tavba, aqalli nomiga bolsayam bir marta
«vov» deb qoymadi-ya!
Kesinlar, Òoshmamat aka, kesinlar! «Katta domla» ildam
qadamlar bilan hammamizni hovliga boshlab kirdi. Hovlimas,
naq jannatning ozi! Ayvon peshtoqidagi oqlovdek uzun, oppoq
chiroq nurida hovlidagi anvoyi gullar tovlanib yotibdi. Òunuka
tomga tutashib ketgan baland-baland sorilardan uzum boshlari
moralaydi. Uzumga kul tushganini darrov payqadim. Xomtokni
chala qilgan-da. Olim bolgani bilan dehqonchilikni bilmaganidan
keyin shu-da.
265
«Katta domla» hovli burchagidagi olma tagiga, naqshinkor
sori oldiga boshladi:
Laylo, qizim, bitta choy tashkil qilinglar.
Rais buva diðlomatini sori burchagiga qoyib, torga chiqdi.
Biz pastroqqa chokkaladik.
Yigitlarni obkepsiz-da, Òoshmamat aka! «Katta domla»
Rais buvaga qarab yana kulimsiradi. Shundagina uning judayam
yosh emasligini, sochiga oq oralaganini, kulganda yuzi besh yil
burun qazo qilgan momomning mahsisidek tirishib ketishini
payqadim.
Kadrlar oqisin debsiz-da? E, malades! Malades!
Endi, domlajon, bizlar oqiyolmadik! Rais buva chordana
qurib joylashibroq otirib oldi. Plan dedik, xojalikni mashal
qilamiz dedik... Jillaqursa kadrlar olim bolsin-da endi.
Zap oylabsiz-da! «Katta domla» avval sori burchagida
yonboshlab turgan «diplomat»ga, keyin menga, undan keyin
Shodivoyga, ana undan keyin Rais buvaga qaradi. Malades,
dedi-yu ovozi negadir hazinroq chiqdi. Chamasi, bu «kadr» lar-
ning qaysi biriga yordam berishim kerak, demoqchi boldi.
Shu payt orqa tomonda ship-ship qadam tovushi eshitildi. Munday
qarasam, yuzi sutdek tiniq, qop-qora sochlari yelkasiga yoyilgan qiz
kumush patnischa kotarib kelyapti. Ichimdan uzundan-uzoq xorsiniq
toshib ketdi. Voy-bo! Shunaqayam chiroyli qiz bolarkan-da jahonda!
Oziyam chunonam nozikki, suv ichsa tomogidan, sabzi yesa biqinidan
korinadi-ya! Boyagi morojniyxor, qizlar buning oldida nima bopti!
Mana-da, dadajonimning bolajak kelini! Oqishga kirib olay,
Layloxonning boshini shunaqangi aylantirib tashlaymanki! Avval
uzumlarini xomtok qilaman, gullarini sugoraman. Keyin sekin-sekin...
Qarabsizki, boynimga osilib yiglaydi. «Jon, Qoshojon aka...»
Dadamga bu yoqqa jonayotganimda xayrlashmagan, «ogling bir
haftada torvasini kotarib qaytib keladi» degan dadamga korsatib
qoyamiz. «Dadavoy, mana» keliningiz bilan tanishib qoying!» deymiz.
«Uncha-muncha odam emas, naq eng katta domlaning ozlari bilan
quda boldingiz, endi xohlasam, hamma qarindosh-uruglarni
Òoshkanni eng zor institutlariga joylayveraman» deymiz!
Shunaqa-ku, kelin bolmish sal ozginroqmi? Ziyoni yoq.
Keyin semirib ketadi. Kiyinishiyam... A? «Katta domla»ning oziga
oxshab «sportivniy» kiyim kiyib obdi. Mayli, esli qizga oxshaydi.
Òushuntiramiz. «Layloxon, qishloq joyda bunaqa kiyinib yurish
266
uyat boladi. Enam xafa boladi. Sigir sogish bor, tomorqa bor...».
Layloxon zinalardan lip etib soriga chiqdi-da, salom berdi.
(Ovozi muncha shirin! Boya «blyum-blyum» qilgan qongiroqni
ozi-ya!)
Vallaykum assalom! Baxtli boling, qizim... Rais buva
iljayib alik oldi. Obbo, ozining Shodivoyiga moljallab qoydi
shekilli! Koramiz, kim olgirroq ekan. Menmi, Shodivoymi?
Layloxon zinadan lip etib tushdi-yu, chopqillab uy tomonga
ketdi. Qomatni qarang!
Qani, osinlar... «Katta domla» non ushatdi. Choy quydi.
Qand-qurs, bodom, asal solingan billur idish tola patnischaga
imo qildi. Marhamat.
Asalni boshimga uramanmi? Ikki kozim Layloxon kirib ketgan
uyda. Qarasam, Shodivoy ham osha tomonga qarab kozini loq
qilib otiribdi. Voy, konglingning kochasidan orgildim!
Biqiningga sop qolaymi?
Layloxon qizim nechanchi sinfga kochdi? dedi Rais
buva choy xoplab.
«Katta domla» kuldi.
Bu yil tortinchi kursga boradi. Ozimizda oqiyapti.
Pavisheniy stipendiya oladi.
Nima? Shiringina xayollarim bir zumda algov-dalgov bop
ketdi. Layloxon tortinchi kursga borsa... bundan chiqdi mendan
kamida ikki yosh katta ekan-da. Men uni nari borsa sakkizinchi
sinfga kochgan desam... Mayli, bizga singlisiyam bolaveradi.
«Katta domla»ning qizi bitta emasdir, axir!
Xosh... «Katta domla» boya uzilib qolgan gapini davom
ettirgisi keldi shekilli, bir menga, bir Shodivoyga qarab, dangaliga
kochib qoya qoldi, Xullas, Òoshmamat aka, qaysi biri
kirmoqchi bizning fakultetga?
Bizning kadr bunisi! Rais buva Shodivoyga imo qildi.
Mushtdek bolaligidan sot bolaman, deydi. Bolmasa-ku boshqa
joylardayam sizga oxshagan qadrdonlar kop.
«Katta domla», «bolmasa manavi nega ergashib yuribdi»
degandek chimirilib qarab qoydi.
Buyam ozimizning xojalikni bolasi. Otasi qoli qisqaroq
odam-ku, ozi durust bola. Bizni Shodivoy, joramniyam
obormasangiz oqishga kirmayman, deb turib olsa boladimi?
«Katta domla» xorsindi. Nimaga xorsinganini tushunmadim.
267
«Bir bolangni-ku olib kelding, ikkinchi dardisarga balo bormidi»
demoqchi boldimi, yo otasining qoli qisqaroq degan gap
yoqmadimi, xullas, bilmadim.
Òoshmamat aka, dedi «Katta domla» jiddiy ohangda.
Hozir zamon nozik. Birinchidan bizga mehnat staji borlar kiradi.
Bor-da osha istaj! Rais buva darrov uning gapini kesdi.
Bularga yettinchi sinfdan boshlab mehnat daftarchasi ochilgan.
Ikkalasiyam mehnatdan qochadigan bolalarmas! Eson-omon kirib
olsa korasiz. Paxta terimida eng peredovoyi shular boladi.
Òogri-ku! «Katta domla» qiyshayib yotgan diplomatga
zimdan qarab qoydi. Imtihon komissiyasi ja strogiy! Har
tomonlama sinovdan otkazadi. U biz zum oylanib turdi-da,
tosatdan sorab qoldi. Qani, aytinglar-chi, yigitlar: qu sakkiz
yuz sakson besh kvadrat ildizdan pi bir yuz ottiz uch kub ildizni
ayirsa qancha boladi?
Ogzim lang ochilib qoldi. Nima deyapti bu? Men Shodi-
voyga qaradim. Shodivoy menga...
Òosatdan pulim esimga tushib qoldi. Chontagimni paypaslab
kordim. Òugun joyida, Shunaqa-ku, peshinda ikkita muzqaymoq
oldim. Semiz xotin qancha qaytim berdi?
Endi, domlajon... dedi Rais buva. Bular «qu-pu»ingizni
biladimi. Esini tanibdiki, daladan beri kelmaydi. Qolaversa, hisob
fakultetiga kirayotgani yoq-ku.
Baribir... «Katta domla» qovogini soldi. Hozirgi kun-
da yuridika eng pristijniy soha. Òalabgorlar kop. Keyin... umu-
man... adliya xodimi hamma narsani bilishi shart. Òarixniyam,
matematikaniyam, ekonomikaniyam.
Pul sanashni, deb qoydim dadamning gapi esimga tushib.
«Katta domla» men tomonga xavotirlanibroq qarab oldi. Rais
buvaga shunaqangi tana-malomat bilan oqraydiki, ozim ham
qorqib ketdim.
Ammo Shodivoy zehnli bola! dedi Rais buva shosha-
pisha. Korasiz, domlajon, ishonchingizni bir yuz ellik prosent
oqlaydi. Qolaversa, bu yoqda ozimiz turibmiz.
...Shodivoy ikkalamiz nimqorongi kocha boshida Rais
buvaning chiqishini poylab ancha turib qoldik. Oxiri Rais buva
«Katta domla»ni insofga keltirdi, shekilli, yengil tortibroq chiqdi.
Ozi ham, qoli ham...
Birpas gapga aralashmay tursang olarmiding, tutxor!
dedi menga homrayib. Ammo boshqa koyimadi. Qattiqroq
268
tayyorlanlaring. Ekzamenni Begmatov degan odam olarkan.
Domla aytib qoyadigan boldi. Begmatovning ozi senlarni topib
oladi.
...Begmatov degani yuzi qoshiqdekkina, kozoynagi piyoladek-
kina kishi ekan. Bir kuni konsultatsiyadan keyin Shodivoyga imo
qilib, «sen qol» dedi. Meni unutib qoydi-yov! Hamma chiqib
ketganidan keyin Shodivoy ikkalamiz auditoriyada qoldik.
Sen nima qilib otiribsan? dedi Begmatov kozoynagi
ustidan menga oqrayib.
Buyam oqishga kirmoqchi! Begmatov menga qanaqa
oqraygan bolsa, Shodivoy ham unga shunaqa oqrayib qaradi.
Bopti! Begmatov Shodivoyning qogoz papkasidan
malimimiz yozib bergan insholarni olib tekshirib chiqdi. Bazi
joylarini tuzatdi. Oqituvching pishiq ekan, dedi xursand
bolib. Bexato kochirsang, «besh»ga tortadi. Ertaga oxirgi
qatorga otir. Shunday dedi-yu, chiqdi-ketdi.
...Mana, otiribmiz oxirgi partada! Omadni qarangki, xuddi
osha «Qutlug qon» tushsa deng. Kattakon auditoriya jimjit.
Yuzdan ortiq yigitlaru qizlar shipillatib insho yozib yotibdi. Narigi
qator oralab keksaroq xotin, bizning qator tomonda Begmatov u
yoqdan bu-yoqqa borib-kelib turibdi. Malimimiz yozib bergan
inshoni ortaga qoyib olganmiz. Uyoqdan Shodivoy kochiradi,
bu yoqdan men.
Endi uchinchi betga otgan edik, ortaroqda shovqin-suron
bolib ketdi.
Òur orningdan!dedi Begmatov dagdaga bilan.
Chontagingni korsat. Unisimas, chap chontagingni!
Eskiroq doppi kiygan yigit talmovsirab ornidan turdi.
Kochirganim yoq, domla, dedi yalinib. Men erkin
tema yozyapman. Unaqasi yoq menda.
Manavilar shpargalka bolmay nima?
Ishonmasangiz qarang! Menda unaqasi yoq!yigit
bechoraning rangi oqarib ketdi.
Chiqib ket!
Domlajon! Men uch yildan beri kelaman, yigit alam
bilan yer tepindi.Kochirganim yoq. Ozim yaxshi bilaman bu
mavzuni.
Yanagi yilga tortinchi marta kelasan! Begmatov doppili
yigitning yozayotgan narsasini olib, ikki bukladi. Shoshilmasdan
269
chontagiga tiqdi-da eshikni korsatdi.
Marsh!
Voy-bo! Domlajonning achchigi yomon ekan-ku! Bir mahal
qarasam, domlajon biz tomonga bostirib kelyapti.
Bekit, Shodi! dedim jon holatda.
Shodi shoshib qolganidan malimimiz yozgan inshoni bir
tortgan edi, qogoz «shalop» etib stol tagiga tushdi. «Boldi!
Òamom boldik!» Men-ku, mayli, qaytib ketaveraman. Joram
dadasidan baloga qoladigan boldi-da!
Domlajon zipillab tepamizga keldi. Yerda yotgan shpargalka-
qogozni engashib oldi.
Òuppa-tuzuk yozibsan-ku! dedi kozoynagini orqasidan
muloyim jilmayib. Qogozni stol ustiga qoydi. Shoshmasdan
yozgin, xopmi? Undan keyin... «mehnat qilip» deb yozilmaydi.
Oxirgi harfi «b» boladi. «Mehnat qilib»... Òuzatib qoy...
Shodivoy chernovoydagi «p»ni «b» qilib ozgartirdi: Men ham
issigida ozgartirib qoya qoldim.
Yozishing durust! dedi Begmatov domla Shodivoyning
ishiga koz yugurtirib, Shoshilma, hali ikki soat vaqt bor.
Qoralamani eson-omon yozib boldik. Endi oqqa kochirish
kerak. Gayrat bilan ishlab yotgan edim, domlajon yana Shodi-
voyning tepasiga keldi.
Yaxshi... deli birinchi betni oqib. Keyin Shodivoyning
qolidan ruchkani oldi-da, ikkinchi betning burchagiga bilinar-
bilinmas nuqta qoydi. Yozaver, deb nari ketdi.
Qarang, ikkinchi betning burchagiga, naq qizil chiziq
yonboshiga nuqta qoyish kerakligini bilmas ekanmiz-da!
Yaxshiyam domlajon orgatgani! Domlajon Shodivoyning inshosi-
ga qanaqa nuqta qoyib ketgan bolsa, men ham xuddi osha
ikkinchi betning xuddi osha burchagiga, xuddi oshanday nuqta
bosdim. Katta ham emas, kichik ham.
Shodivoy ikkalamiz judayam birinchi bolib emas-ku,
tortinchimi, beshinchimi bolib, inshoni topshirib chiqdik. Ogiz
quloqda.
Ikkalamiznikiyam «besh» bolad! dedi Shodivoy iljayib.
Yoq, Shodi... dedim kamtarlik bilan. Seniki «besh»,
meniki «tort» boladi.
Rais buva juda mehribon-da! Sadaqayragoch tagidagi
skameykada shlyapasi bilan yuzini yelpib kutib otirgan ekan.
270
Umuman, institut oldidagi maydon odamga tolib ketibdi.
Hayronman, anavi chol-kampirlar ham imtihon topshirgani
kelganmi, nima balo?
Borimi-tulki? dedi Rais buva shlyapasini boshiga ilib.
Yolbars! dedim iljayib.
Malades! Rais buva Shodivoyning yelkasiga qoqdi.
Indinga bahoingni elon qilishadi. Shunisidan «besh» bolsa,
ogzakisi chepuxa!
...Indiniga Rais buva, Shodivoy, men uzun-qisqa bolib
yana osha kopqavatli bino oldiga keldik. Voy-bo! Avvalgi kuni
toplangan odamlar ham baharnov ekan. Chiyali bozor
bopketibdi-ku, hammayoq! Poxol shlyapa kiygan qorindor
kishilar. Biri atlas, biri hilhiloyim koylak kiygan xotinlar.
Maydoncha mashinaga tolib ketgan. «Volga»lar, «Jiguli»lar...
«Moskvich»lar, hatto oynasiga «R» degan harf yopishtirilgan
«Zaparojes»gacha bor. Òagin nomeriyam har yoqniki. Ota-onalar
har joy-har joyda top-top bolib turishibdi. Olaquloq matodan
keng-mol koylak kiygan xotin ortacharoq samovardek keladigan
termosdan choy quyib, yonidagi olacha tonli kishiga uzatadi.
Yerga toshalgan ixchamroq sholchaga otirib olgan tarashadek
ozgin xotin togoradan manti olib, ogliga tiqishtiradi: «Olsang-
chi, ibi, kotmotta bacha uch kundan beri avqot yemaysan-ku!»
Bizning fakultetga xaridor juda kop ekanmi, Rais buva birovni
tirsagi bilan, birovni dumbasi bilan turtib, yol ochguncha terlab
ketdi. Oxiri yogoch panjara taxtaga ilib qoyilgan royxat oldiga
sog-salomat yetib bordik. Shosha-pisha royxatni topdim. Mana,
«Oltinchi B gruppa...». Yuragim taka-puka bolib oqiy boshladim.
Abbosova 2, Abdullayev 3, Abdurahmonov 2,
Abdusalomova 2, Azamova 3, Azimova 4, Alimov ...
Nima? Avval ong kozimni ishqalab kordim. Keyin chap
kozimni... Hafsala bilan ishqalab-ishqalab, qayta oqidim. Alimov
2. Iye, bu qanaqasi? Axir Begmatov domlaning ozi Shodivoyni
maqtovdi-ku! Shoshma, balki boshqa Alimov bordir? Yoq. Aniq-
taniq qilib yozib qoyibdi. «Alimov Sh. 2».
Yonimda allakim otdek, yoq, mening Òulporimdek pishqirdi.
Qarasam, Rais buva entikib-entikib nafas olyapti.
Shosha-pisha «S» harfini qidira boshladim. Aslida-ku, izlashdan
foyda yoq. Shodivoyniki 2 bolsa, bizniki 1 boladi-da!
Sadriyev 4, Samadova 2, Sattorova 5 (xayriyatey
271
«besh» ham qoyarkan-ku) Salimov...
Salimovni pichirlab oqidimu kozim tinib ketdi. Nazarimda
havo yetishmagandek, nafasim qaytib ketgandek boldi.
«Salimov Q...»ning roparasida 5 raqami jaranglab turibdi-da!
Shoshma, tagin boshqa «Salimov» bolmasin! Yoq, uyogi
«Òoxtayev 2»ga aylanib ketibdi. Shuni gira-shira angladimki,
bir yuz yigirmata familiya orasida bor-yogi uchta «besh» bor
ekan. Òorttami-beshtami «tort». Yettita «uch». Qolgani
qatorasiga «ikki»!
Ketdik! Rais buva shunday hayqirdiki, muttasil chugur-
chugur qilayotgan odamlar oq ovozini eshitgan chumchuqdek
jimjit bolib qoldi. Rais buva Shodivoyning bilagiga chang soldi.
Òezroq!
Shoshmang! dedi Shodivoy yulqinib. Qoshoqnikini
koray!
E, Qoshogingni! Rais buva joramning bilagidan
changallab sudradi. Oz-ozidan jonli yolak ochilganiga xursand
bolib, men ham ergashdim.
Padaringga laat! Rais buva tashqariga chiqib battar
entikdi. «Katta domla» bolmoq tugul akademik bolmaysanmi!
Hali shunaqangi oynatayki, shogirding bilan... Òezroq! dedi
Shodivoyga oshqirib.
Katta yol boyiga chiqib oldik. Rais buva duch kelgan
mashinaga qol kotara boshladi. Aksiga olib, qani toxtasa!
Qosho? dedi Shodivoy pichirlab, seniki necha?
«Be-esh», dedim men ham pichirlab. Xafa bolmagin,
jora, sen kirmasang, menam kirmayman. Ketaman.
Nihoyat, surmarang taksi Rais buvadan sal nari otib toxtadi.
Gastinisaga! dedi Rais buva old eshikni ochib. Qaysi
gastinisaga borishimizni aytdi.
Men parkka ketayotgan edim, mehmon... keksaroq
taksichi xijolat chekkanday iljaydi.
Ogzingizga siqqanini olmaysizmi, qanaqa odamsiz Rais
buva shopir oldiga otirib eshikni qars yopdi. Hoy, dedi
baqirib. Min chaqqonroq!
Òaksichi bir rangi ochdi-yu, indamadi. Gastinisa oldiga
kelguncha hech kimdan sado chiqmadi. Yetib kelishimiz bilan
Rais buva orqaga qarab oshqirdi.
Òushlaring! Shu yerda poylab turasan. Men yarim soatda
272
kelaman. Ketdik! dedi shopirga imo qilib. Prapisrskiy
gorodokka!
Gastinisaga degansiz, mehmon! shopir nihoyatda
xotirjamlik bilan motorni ochirdi. Men parkka borishim kerak.
Hov, bodi! Rais qoli titrab chontagini kavladi. Bir dasta
pulni shopirning tizzasiga shapatiladi, yetadimi yo yana beraymi?
Ajab, taksichining jahli Rais buvanikidan battar ekan. Lip etib
eshikdan chiqdi-yu, mashina oldidan aylanib otib, berigi eshikni
ochdi.
Òush! dedi ovozi titrab.
Rais buvadek odamni «sensiragan» kishini ikkinchi marta
korishim edi. Hov, maktabda fizika muallimimiz Usmon Qilichev
shunaqa muomala qilganda hayron qolgan edim. Bu safar ham
ogzim lang ochilib qoldi.
Òush-e, orgildim boyvachchaligingdan!Òaksichi shunday
dedi-da, pullarni uloqtirib yubordi. Rais buvani yoqasidan bogib
pastga tushirdi. Joyiga otirib eshigini qarsillatib yopti-da, jonab
ketdi. Rais buva jonholatda ozini chetga oldi.
Nomiri nechcha, Shodi? dedi chiyillab.
Shodivoy ikkalamiz es-hushimizni yigib olgunimizcha taksi
kochadan shovullab otayotgan mashinalar daryosiga shongib,
kozdan goyib boldi.
Kutib turlaring!Rais buva taksi nomerini yozib olishniyam
unutib, kocha chetiga yugurdi. Allaqanday «Jiguli»ni toxtatib,
otirib oldi.
Shodivoy ikkalamiz mungayib qolaverdik. Qarasam,
ortogimning koziga yosh tolib turibdi.
Shodi-i! dedim yalinib.Yur, morojniy yeylik.
Joram indamay ketimdan ergashdi. Oqshom tushib qolgani
uchunmi, morojniyxonada odam kop edi. Bu gal bir emas,
ikkitadan morojniy oldim.
Avvalgi safar Shodivoy morojniyni ikki yamlab bir yutgan
edi. Endi bolsa, qoshiqni yalab, ermak qilib otiribdi.
Shodi... dedim sekin. Yana morojniy opkelaymi?
Boldi, dedi Shodivoy iljayishga urinib. Òoydim.
Shodi, dedim tagin yalinib. Xafa bolmagin.
Xafamasman, Qosho...
Oylab-oylab bir narsani topdim.
Menga qara, Shodi... dedim tantana bilan. Bilasanmi,
273
nima qilamiz? Men ozimning «besh»imni senga beraman! Sening
«ikki»ngni men olaman!
Jinnimisan! Shodivoy boyadan beri birinchi marta kulib
yubordi. Ikkalamizdan bittamizniki baribir «ikki» bolishi kerak
edi-ku!
Bopti-da! Meniki «ikki», seniki «besh» boladi!
Qoy, jora! Shodivoy kozimga shunaqa aqlli, shunaqa
manoli tikildiki, damim ichimga tushib ketdi. Oqisam, sen
bilan oqiyman, bolmasa kerakmas! Sensiz bir kun ham
turmayman bu yerda.
Qorongi tushib qolganida ikkalamiz sholtillab, gastinisa
tomonga otdik. Liftga otirib, yettinchi qavatga kotarildik. Bugun
«Muxa» opaning navbati ekan. Negadir bizdan oldin salom berdi.
Keldinglarmi? Rais aka kutyaptilar, dedi iljayib.
Ozimizning yetti yuz on toqqizinchi xona eshigini endi
itarmoqchi edim, ichkaridan kelayotgan ovozni eshitib, toxtab
qoldim. Bilaman, Rais buvaning achchigi yomon. Shodivoyga
«toxtab tur» deb imo qildim.
Òartib bormi ozi sizlarda! Labz bormi? Masalan, men
paxta planini bir yuz ellik protsent bajaraman dedimmi
bajaraman! Bu Rais buvaning ovozi edi. Yerning tagidan olib
bolsayam bajaraman! Brigadirimga har gektardan 55 sentnerdan
olasan, dedimmi oladi. Olmasin-chi, ichagini boshiga salla
qilib qoyaman! Siz-chi? Kim bopsiz? Nari borsa, bir
domlachasiz? Nega katta domlaning topshirigini bajarmaysiz?
Bajarish bundan ortiq boladimi? begonaroq tovush asabiy
jarangladi. Katta domlaning aytganini qildim. Chernovikni
tekshirdim. Belovikka belgi qoydim. Nima, imtihon komissiyasi
ahmoqmi! Bu sizning kolxozingizmas, Rais aka! Shifrlarni
chalkashtirib tashlashgan. Oglingiz tayyor inshoniyam on ikkita
xato bilan kochiribdi. Chernovoyu, belovoyini ming mashaqqat
bilan topdim. Katta domlaning yuzidan otolmay uyimga obordim.
Beshinchi kursda oqiydigan singlimga qayta yozdirdim, tagin
nima deysiz?
Kimnikini? Rais buva shunaqangi chiyilladiki, yiglab
yuboray dedi. (Bechoraga rahmim kelib ketdi).
Qayoqdan bilay? Rais «domlacha» degan odam undan
battar yiglamsiradi. (Endi «domlacha» shorlikka yuragim tuzdek
274
achisha boshladi) Aniq esimda bor, belovoyga oz qolim bilan
belgi qoyganman. Mana shu qolim bilan.
Kimnikiga?
Qayoqdan bilay! Belgi qoyganimni «besh»ga togriladimmi
axir. Òagin nima deysizlar.
Gapni aylantirma, domlacha! Sengayam ulush tegdimi-
yoqmi? Shundan gapir!
E, qanaqa odamsiz ozi? Menga unaqa gaplarni gapir-
mang, aka! Xotinim bolmasa, bola-chaqam bolmasa...
«Domlacha» entikib qoldi.Jonimga tegdi,dedi ingrab. Òort
yildan beri kandidatskiyni yoqlolmayman. Katta domlaning
yuzidan otolmay...
Voy, nimaga kirmay turibsizlar? Rais aka kutyaptilar!
qulogim tagida shaqqillagan ovozdan chochib tushdim. Qarasam,
«Muxa» opa ikki qolida ikki choynak kotarib turibdi. Meni
Rais buvaning ogli deb oyladi chogi, ogohlantirdi. Mang,
yigitcha, dadangizga aytib qoying. Bunaqa gaplarni baqirib
aytmaydi odam. Gostinisa nozik joy. Bunaqa ishlar imi-jimida
qilinadi...
Eshikni qandoq ochdim, choynak kotarib qandoq ichkariga
kirdim, esimda yoq. Qarasam, tortburchak stolning u tomonida
Rais buva, bu tomonidan Begmatov domla bir-biriga
jojaxorozdek boynini chozib turibdi.
Begmatov domla avval Shodivoyga, keyin menga kozoynagi
orqasidan tersayib qarab qoydi.
Sen Salimovsan-a? dedi Shodivoyga.
Yoq Alimov! Shodivoy yelkasini qisdi.
Domlajon endi menga yuzlandi.
Sening familiyang Alimov emasmi?
Yoq, domla, Salimov, dedim hech baloga tushunmay.
Begmatov domla, negadir qollari titrab, har kozi piyoladek
keladigan kozoynagini yechdi-da, taraqlatib stolga tashladi. Òirnab
teshilgandek mitti kozlarini menga qadab, taxminan besh minut
turdi. Keyin Shodivoyga yuzlandi. Chamamda joramga mendan
kora koproq tikildi. Undan keyin Rais buvaga qaradi-da, ingichka
yelkalari silkinib galati ovoz chiqardi. «Ix-xi» dedimi «xix-ho»
dedimi yaxshi eshitmadim. Ana undan keyin tosatdan ozini
orqaga tashlab, Shodivoyning karavotiga yiqildi-da, gayritabiiy
qiliqlar qila boshladi. Òikilibroq qarasam, kulayotgan ekan. «Xix-
275
xi-xo!» «Hi-hi-hi!» «Voh-ho-ho!» U karavotga otirib olib
chillakdek tizzalariga urib kula boshladi.
Rais aka! dedi entikib. Bularning familiyasini adashtirib
yuboribmiz-ku, Rais aka! Alimov bilan Salimovni chalkashtirib
yuboribmiz. Inshoni Alimov «besh»ga yozgan. U dik etib ornidan
turdi-da, kozyoshlarini artib, Shodivoyning roparasiga keldi.
Obbo, uka-yey, obbo azamat-ey! Sal bolmasa, girt adolatsizlik
bolarkan-da! «Qutlug qon»da inqilobiy ongning rivojlanishi»ni
sen yozganmisan? Shuni aytmaysanmi, ukajon! Òabriklayman!
u Shodivoyning yumshoqqina qolini olib qisdi. Yozmang
zor! Ogzakidan ham «besh» olsang...
Shodivoy alang-jalang bolib qoldi.
Qosho-chi? goh domlajonga, goh dadasiga qaradi.
Qoshoning ishi nima boladi? dedi qolini tortib olishga urinib.
Adashibmiz-da, ukam! domlajon Shodivoyning yelkasi-
ga qoqdi. Ortoging bu yil bolmasa yanagi yil kiraveradi.
Arzimagan xatolik otibdi-da, Rais aka... Darrov togrilaymiz!
Domlajon pildirab eshik tomon yurdi. Boyadan beri angrayib
turgan Rais buva endi oziga keldi.
Katta domlaga salom ayting! dedi yuziga qon yugurib.
Xatosini oz vaqtida payqagan «domlajon» chiqib ketishi bilan
uchalamiz bir-birimizga qaradik.
Domlalar ham tirik jon-da! Rais buva xiyol qizargandek
boldi. Erkalab kiftimga qoqdi. Qara Shodivoy bilan sening
familiyangni adashtirib yuboribdi. Yigitlar, endi restoranga tushib
bir maishat qilaylik.
Rais buva eshik tomon yonalgan edi, Shodivoy tosatdan
goldirab qoldi:
Dada!
Ha! dedi Rais buva uning roparasida toxtab.
Dada... Shodivoy boshini quyi soldi. Agar Qosho
institutga kirmasa, men ham oqimayman!
Nim-ma? Rais buva ikki qadam orqaga chekinib boynini
chozdi. Nima deding?
Agar Qoshoyam kirmasa...
Ahmoq! Rais buva rapidadek kaftini yozib, Shodivoyga
popisa qildi, Ochir!
Qarasam, Shodivoyning kozida galati, yovvoyi ot yonib
ketyapti. Qoyib bersam, ota-bola yoqalashib ketadigan.
276
Shodi... dedim yalinib. Baribir mendan sot chiq-
maydi. Sen oqiyvergin, jorajon! Men paxtada ishlaganim tuzuk.
Oqimayman! Qosho oqimasa, menam oqimayman!
Shodivoy jini qozib, hammayoqni tos-topolon qilib yubordi.
Boshida aytganman: Qosho kirmasa, men ham kirmayman,
deganman.
Xop, ulim, xop... Rais buva uning yelkasiga qoqdi.
Mana, jorang shuncha oynadi, kormagan joylarni kordi. Bir
yilcha sabr qilib turgin. Yanagi safar jorangni ozim olib kelib,
ozim oqishga joylayman... Kim biladi, hali sen oqishni bitirib
borguningcha Qoshovoy sendanam zor odam bop ketadimi?
Kerakmas! Shodivoy qaysarlik bilan yer tepingan edi,
yupatdim.
Unaqa qilmagin, jorajon! Xop degin, oqiy qolgin!
Uchinchi bob
«ARPAÒEXNIKA» QOIDALARI
Bugun viloyat radiosidan muxbir kelib, roppa-rosa bir soatcha
qiynadi odamni! Ov, birodar, sendan boshqa ishim yoqmi, bu
yoqda kultivatsiya qolib ketyapti, degim keldi-yu, tilim bormadi.
Rostni aytaymi? Maqtagan Xudoga yoqibdi, degan gap haq-rost
ekan! Keyingi paytlarda akang qaragay mashhur bop ketganmiz!
Bir qarasang, ashqol-dashqolini kotarib suratkash keladi. Bir
qarasang, daftar-qalamini kotarib, gazetadan muxbir keladi.
Suratga tushishu gazeta muxbiri bilan gaplashishga ustasi farang
bopketganmiz. Masalan, suratkash goh traktor kabinasiga
otkazib, goh chekkamga «baraka» chanoqni qistirib, besh-olti
marta chiqillatadi-yu, ketaveradi. Muxbirning ishiyam oson.
Òushlikda shorvadan quruq qolganing demasa, narisi bilan yarim
soat vaqtingni oladi. «Brigadangizda necha gektar yer bor?» deydi.
«Har gektardan qancha hosil olmoqchisiz?» deydi. «Otgan xojalik
yilida qanchadan olgansiz?» deydi. Savoli ogzidan chiqmasidan
javobni qotirib tashlaymiz. Yozadi-da, ketaveradi.
Qarabsizki, gazetada iljayib turgan suratingiz chiqib turibdi.
Voy qistaloq! Shu yozuvchilaram ja gapga usta boladi-da!
Sarlavhasining zorligini aytmaysizmi? «Mashal»ning mashali»,
«Paxtazorda tugilgan yigit», «Oq oltin zargari...» Xullas, odam
277
bir ogizga tushdimi, oshigi olchi bolib ketaverarkan. Òogrisini
aytaymi? Hadeb kotar-kotar qilaverganidan keyin yiliga kamida
besh-olti marta gazetada maqtab chiqmasa, bir narsasidan ayrilgan
odamdek mungayadigan bolib qolarkansiz!
E, nimasini aytasiz! Rais buva odam qildi-da, meni! Shundoq
otaxonim bolmasa, yuraverardim-da, Òulporimga minib, kocha
changitib. Mana endi kimsan Qoshoqvoy Salimov desa
tanimaydigan odam yoq! Ammo Rais buva sozining ustidan
chiqadigan odam ekan. Òort yil avval Shodivoy joramga «sen
institutni bitirib borguningcha Qoshovoy sendanam ulug odam
bop ketadi» deganda karomat qilgan ekan-da!
Beriroq keling: quloqqa aytadigan gap chiqib qoldi.
Aslida mening «mashal» bolishim-u, butun boshli brigadaga
rahbarlik qilib, hosildorlikni «misli korilmagan» darajada
oshirishim, yani har gektar paxta maydonidan 51 sentnerdan
hosil kotarishim arzimagan gapdan boshlandi.
...Oshanda qadrdon joram Shodivoyni qon-qon yiglatib,
musofir yurtlarga oqishga tashlab kelganimda ozim ham bir
haftagacha garangsib yurdim. Shodivoy bechoraning boshiga ne-
ne tashvishlar tushmadiykin? Joram ertalab vaqtida uygonolmay
qiynalmayaptimi? Domlajonlar shorlikni siqib suvini
ichmayaptimi?
Ikki hafta ichida «ozib» qolgan chamadonimni kotarib
qishloqqa qaytganimda akang qaragayni har kim har xil kutib
oldi. Onam suyunib ketdi. «Ajab qipsan, bolam, dedi. Yetti
yot begonalar orasida ranging somondek sargayib yurgandan kora
bagrimda bolganing yaxshi, hozir institutni bitirganlar aptobusga
osilib yursa, traktorchi mexayniklar ozining mashinasida kataysa
qiladi. Erta-indin singlingni uzatsak, seniyam oyogingni tortta
qilib qoyamiz». Onamning oxirgi gapi, moydek yoqib tushdi.
Òogri-da, qishloq joyda qiz bolani vaqtida egasiga topshirmasa,
gap-soz kopayadi. Singlimga shuni aytib, yotigi bilan nasihat
qilmoqchi edim, mendan oldin bijillab qoldi.
Òogri bopti, aka, sizni institutdan baribir haydab yubo-
rishardi.
Gapini qarang! Menga aql orgatgandan kora, tezroq erga
tegib, yolni boshat, mahmadana!
Dadam esa, ong lunji uchib kinoya qildi.
Qaraya! Men seni olim bob keladi, devdim. Bilib qoy,
278
katta institutda raislarning bolasi oqiydi, ulim! Sendaqalarga yol
bolsin.
Meni korib hammadan kop quvongan Òulporim boldi.
Ogilxonaga kirishim bilan shunaqangi dikirlab ketdiki, onasini
sogingan uloqcha ham bunchalik irgishlamaydi.
Kop otmay terim kampaniyasi boshlandi. El qatori ishga
tushib ketdim. Jimgina paxta terib yurgan edim, hamma ishni
brigadirimiz Òolash aka buzdi. Bir kuni (kech kuz edi) ikki etak
podbor terib, xirmonga olib chiqsam, tarozi boshida brigadirimiz
qornini osiltirib telpagini qiyshiq kiyib turibdi. Òergan paxtamni
taroziga ildim. Uchoyoq qiltiriq chopga ilingan osma tarozisi
qiyshayib ketdi.
Yigirma kilo! Òolash aka «ot» degandek soqoli tikanak
bolib ketgan iyagi bilan imo qildi.
Jon-ponim chiqib ketdi!
Ikki etak podbor yigirma kilo boladimi? Orasida allaqancha
xom-xatala kosak bor, barakasini bersin deb erinmasdan qoshgan
tuprogimning ozi kamida besh kilo keladi. Maktabda oqib
yurganimda ham shu Òolash aka doim «chomichda qoqardi».
Brigadirning tarozisi yigirma kilodan ortiq tortolmasa, men
aybdormanmi? Yoq, endi men sodda-gol bola emasman. Naqd
Òoshkentning oziga borib kelgan salkam talabaman! Òolash
akaning «kamaytirib aytish» kasali tutganini kordim-u, mening
ham «oshirib aytish» kasalim qozgab ketdi.
Sakson kilo! dedim baqirib.
Nima? Òolash akaning kozi ola-kula bop ketdi.
Òoqson! dedim yer tepib.
Ov, tentak! brigadir telpagini olib, siyrak sochli boshini
hafsala bilan qashidi. Ikki etak paxta sakson kilo chiqqanini
korganmisan hech!
Yuz! uch oyoqli tarozini bir tepgan edim, chillakdek
yogochlardan biri sinib, etaklar osilgan tarozi sharaqlab yerga
tushdi.
Ahmoq! Òarozini nima qilding? Òolash aka musht
kotarib ustimga kelayotgan edi, tormoz giyqilladi. Bilmayman,
osmondan tushdimi, yerdan chiqdimi, Rais buvaning «Niva»si
shundoq xirmon yoniga kelib toxtadi. Poxol shlyapa kiygan Rais
buva eshikni qarsillatib yopib yonimizga keldi.
Nima gap? dedi qovogini solib.
279
Manavuni qarang! Òolash aka menga qolini bigiz qilib,
yiglamsiradi. Shu mataxni sakson kilo deyapti! Òarozini sindirdi.
Rais buvaga xavotirlanibroq qarab turgan edim, negadir iljaydi.
Yuz yigirma! dedi shaxsan ozim tergan ikki etak podborga
qarab.
Òolash aka esankirab qoldi. Òogrisini aytsam, ozim ham
angrayib qoldim.
Rais bova... dedi Òolash aka mingillab. Axir bu...
Ochir! Rais buvaning qoshi chimirilib ketdi. Kopdan
beri kuzatib yuribman. Oshirilgan majburiyat olganimizni kora-
bila turib, ataylab tempani tushirib yuboryapsan...
Rais bova! Òolash aka siyrak kipriklarini pirpiratdi.
Bugun uch protsent berishing shart!
Rais bova, axir qanaqasiga... Paxtaning ozi yoq-ku,
Òolash aka shunaqangi iltijo qildiki, bechoraga rahmim keldi.
Uyogini sorasangiz, tergan podborim tuproq-muprogi bilan
qoshib hisoblashgandayam, ottiz kilodan oshmasligini ozim ham
bilaman.
Mayli, qirq kiloga roziman! dedim insofga kelib.
Rais buva gapimni eshitdimi-yoqmi bilmayman-u, har qalay
Òolash akaga qolini paxsa qildi.
Gap shu. Bugun uch protsent berasan!
Qayoqdan olaman yoq paxtani?! Òolash aka siyrak sochli
boshini alam bilan qirtillatib qashladi. Rais buva gapning londasini
aytib qoya qoldi.
Qaribsan, Òolash! Osib kelayotgan yosh kadrlarga yol
berish kerak. Òort oydan keyin orningga shu bola brigad boladi!
Rais buva «Niva»siga otirdi-yu, ketdi-qoldi. Òolash aka
menga qaradi, men Òolash akaga.
Mayli, ottiz kilo! dedim achinib.
E, bore! brigadirimiz boshini ikki qollab qashlagancha
nari ketdi.
Rais buva hazillashdi desam, chin ekan, tort oy mexanizatorlar
kursida oqidim-u, brigad bolib qoldim. Qayoqqa qarasam,
«Qoshoq Salimov, Qoshoq Salimov!» Qoying-chi, Qoshoq
Salimovga it boqmaydi!
Òolash akayam yurgan ekan-da, brigadirman deb! Har
gektardan oladigan paxtasi ottiz sentnerdan oshmasdi. Ishni
dondirishni bizdan sorasin! Bolaligidan paykal ichida yurgan
odamga paxta yetishtirish nima bopti?! Birinchi yil hosildorlikni
280
gektariga qirq uch sentnerga «yetkazdik». Ikkinchi yili qirq yetti
sentnerga. Mana bu yil ellik bir sentnerga chiqarmoqchimiz.
Aslida-ku, hosilning chogi kopmas. Nachora, kattalar aytsa
reja ham bolaverarkan-da. Ishlar gumbur! Gazetalarda suratlar
chiqqan! Maqolalar bosilgan! Majlislarning torida otiramiz! Rais
buvaning aytishicha, shu yil medal olsak ajabmas.
Bugun kelgan radio muxbiriga shularni bir chekkadan aytib
bermoqchi edim, dahmazasi kop ekan! Qoq peshinda goza
kultivatsiya qilib yursam, shiypon tomonda rais buvaning «Niva»si
korindi. Mashina Òulporim boglab qoyilgan tol salqinida toxtab,
chozib-chozib, signal berdi. Ertalab dalaga eshagimni minib
kelaman. (Òraktor minib kelmaydi-ku, odam, togrimi? Menda
pat-pat yoq). Keyingi paytlarda Oysara yangam guldek ochilib,
lorsillab ketgan. Ustiga-ustak battar ziqna bolib qolgan. Mototsikl
kalitining bandiga ið boglab, boyniga osib yuradi. Xotini semirgan
sayin Òursunboy akam ozib ketyapti. Allaqanday odamovi bolib
qolgan. Hayronman...
Shunday qilib, traktorimda kultivatsiya qilib yursam, shiypon
tomonda Rais buvaning «Niva»si korinib qoldi. Òraktorni dala
ortasida toxtatib, belga urib yotgan gozalar oralab osha tomonga
yugurdim. Halloslab yetib borsam, boyniga tasmasi uzun apparat
osgan sap-sariq jingalaksoch yigit, doppi kiygan orta yoshlardagi
kishi, Rais buva tol soyasida gurunglashib turishibdi.
Mana, bizning mashal brigadir Qoshoq Salimov!
dedi Rais buva tantanali ohangda . Qoshoqvoyning tajribasini
viloyat emas, butun respublikaga yoysa arziydi! Gektaridan ellik
bir sentnerdan hosil kotaraman, deb jon kuydirib yotibdi, azamat!
Bopti, bir soatdan keyin mashina kelib, sizlarni boqqa olib boradi.
Òushlikni osha yerda qilamiz. Rais buva shunday dedi-yu,
«Niva»ga otirdi.
Ketdik, Qamchibek! dedi shopirga.
«Niva» chang-tozon kotarib gizillab ketdi.
Doppili kishi ham, jingalak malla sochli yigit ham men bilan
qoshqollab sorashdi.
Gap bunday, ortoq... doppili kishi chontagidan tort
barmoqli qogoz olib, shosha-pisha oqidi. Ortoq Salimov. Biz
oblradiodanmiz. Mening familiyam Polatov, bu yigit u yelkasiga
tasmasi uzun magnitafon osib olgan mallasoch yigitga imo qildi.
Operatorimiz Kolya. Kolya, tayyorlan! Endi gap bundoq... U
281
yana qogozga qarab qoydi, ortoq Salimov! Men sizga savol
beraman. Siz, mana bu qogozga qarab, sharillatib oqiyverasiz.
Gatopmi, Kolya? muxbir jingalaksoch yigitga buyurdi. Bolaqol!
Mallasoch yigit yelkasiga ilib olgan chamadondan avval magnitafon
chiqardi. Keyin mikrofonni magnitafonga ulab, Polatovga uzatdi.
Magnitafon murvatlarini burab, sozladi.
Vsyo, Polatov aka, dedi jilmayib.
Muxbir mikrofonni ogziga tutdi.
Bir, ikki, uch... Qalay, Kolya?
Kolya mixday, degandek bosh barmogini dikkaytirdi.
Muxbir mikrofonni ogzidan taxminan yarim quloch uzoqlatib
gap boshladi.
Hurmatli dostlar! Bugun biz viloyatimizning mashal
tumanidagi «Mashal» kolxoziga tashrif buyurganmiz. Yoq, aziz
tinglovchilar! Bu ramziy manodagi soz emas! Butun respub-
likaga dongi ketgan nishondor rais, paxta ilmining haqiqiy
akademigi Òoshmamat Alimov rahbarlik qilayotgan xojalikning
nomi «Mashal» deb ataladi. Mana, biz «Mashal» kolxozining
«oq oltin» zargari Qoshoqboy Salimov boshchiligidagi eng ilgor
brigadasi dala shiyponidamiz. U mikrofonni baland kotarib,
tol tomonga togriladi. Shu alpozda ancha turib qoldi. Nazarimda
oyogining uchida chozilib turaverib, charchab ketdi-yov. Òol
shoxida chumchuqlar tinimsiz chirqillar edi.
Eshityapsizmi? dedi mikrofonga. Qushlarning shodon
chugurini eshityapsizmi? Bu zahmatkash Qoshoqboy Salimov
boshchilik qilayotgan azamat paxtakorlarning shinam dala
shiyponi. Qushlar shod-hurram sayrab turibdi. Gir-gir shabada
esadi. Muxbir bir zum jimib qoldi. Shimining chontagidan
romolcha olib, peshonasidan duv-duv oqayotgan terini artdi.
Shiypon atrofi gulzor! dedi tantana bilan, anvoyi gullar mayin
shabadada ohista tebranib turibdi. U saraton oftobida hansirab
yotgan paxtazorga qarab qoydi. Gullarning muattar hidini
aytmaysizmi? Hozir tushlik payti. Yaxshi dam mehnatga
hamdam, deganlaridek, brigada azolari miriqib ovqatlanib bolib,
dala shiyponi kutubxonasida gazeta-jurnallar oqishyapti, bazilari
rangli televizor korishyapti. U suvoqlari kochib tushgan
devorlarga, derazasi sinib ketgan shiypon hujrachasiga, yerga
toshalgan eski sholchaga mehr bilan qarab, davom etdi.
Biz mehnat maydonida javlon urayotgan yosh qahramon,
282
yil sayin hosildorlikni oshirayotgan, bu yil gektar maydondan 51
sentnerdan xirmon kotarishga azmu qaror qilgan brigada
boshligiga Qoshoqboy Salimovga soz beramiz. U menga
qarab muloyim jilmaydi. Qoshoqboy! dedi tantanali
ohangda. Oz ishlaringiz haqida ikki ogiz gapirib bersangiz.
Shunday dedi-yu «oqing» degandek boya qolimga tutqazgan
qogozga imo qildi.
Xuddi shu payt, palakat bosib, yotal tutib qolsa boladimi?
Bilmadim, bolaligimdan shu kasalim bor. Maktabda doskaga
chiqsam ham avval bir yotalib olib, keyin gap boshlar edim.
Oxxo, oxxo! dedim bogilib.
Muxbirning kozi alang-jalang bop ketdi. Xavotirlanib,
mallasoch Kolyaga qaradi. Kolya «ziyoni yoq» degandek qol
siltadi. Muxbir menga ogirilib qolini ohista siltadi. Òushunma-
dim, «toxta» deyaptimi, «boshla» deyaptimi?
Oqiyveraymi? degan edim, muxbir chinqirib yubordi.
Stop, Kolya! keyin menga tushuntirdi. Imo qildim-
ku, boshlaysizmi? Zapis, Kolya!
Mikrofonni ogzimga tuqqudek bolib, baqirib oqib ketdim.
Biz, «Mashgal» kolxozining azamatlari...
Stop! Mikrofonni yorib yuborasiz-ku, qanaqa odamsiz ozi!
muxbir mikrofonni menga ishonmay, ozi ushlab turadigan
boldi. Yarim quloch narida. Marhamat, dedi shivirlab.
Biz «Mashal» kolxozining azamatlari arpatexnika qoidala-
riga amal qilib...
Stop! muxbir alam bilan qolini paxsa qildi. Mashinkada
kochirilgan tayyor gapniyam oqiyolmaysizmi?! «Arpatexnikaga»
balo bormi? «Agrotexznika!»
Qayoqday bilay, aka! qogozni muxbirning tumshugiga
tiqishtirdim. Mana, ozingiz oqing.
Muxbir qogozga koz yugurtirib, hijolatli iljaydi.
Hech mashinistkaga yolchimadik-yolchimadik-da!
Boshladik, Kolya!
Boyagi sozlarni qaytadan oqib ketdim.
Biz «Mashal» kolxozining azamatlari arpatexnika
qoidalariga qatiy amal qilib, otgan xojalik yili...
Muxbir qolini paxsa qilib odagayladi.
Arpatexnika emas, dedim-ku, agrotexnika! Òushunyapsizmi,
ag-ro-tex-ni-ka!
283
Menikiyam tutib ketdi.
Nega baqirasiz? Ozingiz shunaqa deb yozib qoyibsiz-ku!
Muxbir mikrofonni changallagancha bir zum oylanib qoldi.
Yaxshi, dedi yuzidan duvillab oqayotgan terni artib,
jonli suhbat qilib qoyaqolamiz. Òekst kerakmas. Kolya,
boshladik!U mikrofonni ogziga yaqin keltirib gap boshladi.
Hurmatli Qoshoqboy! Mana, siz yosh brigadirsiz. Yoshlik
shijoatdir, degan maqol bor. Uch yil avval siz boshchilik qilayotgan
zarshunoslar gektaridan 43 sentnerdan hosil olishgan, togrimi?
Òogri! dedim baqirib.
Muxbir «judayam unchalik hayqirish shart emas» degandek
korsatkich barmogini labiga bosdi.
Otgan yili 47 sentnerdan xirmon kotargansiz. Òogrimi?
Òogri!
Bu yil gektaridan 51 sentnerdan durdona yigib olmoq-
chisiz. Ayting-chi, bu muvaffaqiyatlarning siri nimada?
Hech qanaqa sir-piri yoq! gazetachilarga doim aytadigan
gaplarim yod bolib ketgani ish berdi. Oziyam bulbuligoyo
bopketdim-ov! Gayrat bilan ishlayapmiz. Agar hurmatli Rais
bovamiz gektaridan 60 sentnerdan hosil kotarasan desa, uniyam
dondiramiz! Òosatdan kolxoz idorasining peshtoqiga ilib
qoyilgan shior esimga tushdi. Muxbir aka! dedim tantanali
ohangda. «Plan qonun, majburiyat vijdon» degan gap bor!
Biz har qancha majburiyat bolsa uddalayveramiz!
Muxbir mikrofonga egildi.
Qoshoqjon! dedi menga emas, mikrofonga qarab.
Xalqimizda ajoyib hikmatli gap bor. Daromadga yarasha buro-
mad deganlar. Aytingchi, brigada azamatlarining daromadi
qanday? Shu jumladan ozingizning ham?
Daromadning mazasi yoq! dedim xorsinib. Yaqinda
singlimni uzataman deb, dadamning beli chiqib ketdi. Shahar
joyda qanaqa, bilmaymanu, bizning udumimizda qiz uzatgan ota-
ona aqalli toqqiztagina korpa qilishi kerak. Dadam shorlik
toqqizta korpaga chit izlab, Òoshkentgacha borib kelsa, deng.
Hayronman, muxbir aka, paxta planini qancha oshirib bajarsak
chit, satin, sochiq degan mataxlar shuncha kamayib ketyapti.
Qarasam, muxbirning ogzi lang ochilib, jagi osilib qoldi.
Nuqul ogir-ogir kiprik qoqadi.
284
Hali buyoqda ozimning uylanishim bor, dedim
goldirab. Yuraveramanmi, boshim tuynukdan chiqib! Uylanish
hazil gapmi, muxbir aka! Kamida bir qop pul kerak. Dadam bir
invalid bolsa...
Buyogini montaj qilamiz, Kolya! dedi muxbir gapimni
bolib. Keyin yana menga yuzlandi.Fidoyilik bor joyda galaba
bor, deydilar. Siz boshchilik qilayotgan brigada azolari
chinakam fidoyi odamlar. Ayting-chi, ular orasidan kimlarni
alohida takidlagan bolardingiz?
Hammasiyam yaxshi! dedim boyagi gapim chala
qolganidan gijinib.
Masalan?
Yani masalan, Òursunboy aka! Halol odam! dedim
rostini aytib. Yaxshi mexanizator. Ammo-lekin xotini Oysara
yangam... Ha, mayli, u yogini aytmay qoya qolay. Choriyam
yaxshi mexanizator. Panji suv tarashning ustasi. Ammo shu Panji
uylandi-yu aynidi, muxbir aka! Kecha deng, gozani sugorib
turib yarim kechada uyga jonab qopti, yaramas. On olti egatga
suv toshib ketibdi. Mana, haliyam daragi yoq! Yotgandir-da,
sulayib! Qolimga tushsin...
Stop! Kolya! muxbir yana chinqirdi. Oylab gapirgin-
da, uka, dedi sensirab. Oysara yangangni gapirasan, allaqanday
toyni gapirasan. Men sendan ishni sorayapman, uka!
Chori ozi yaxshi yigit-ku, bitta aybi bor, dedim
salmoqlab. Nos chekadi, qistaloq. Òushlikni hammadan oldin
paqqos urib olib, darrov nos otadi. Nos chekishi mayli-ku, tuplasa,
odamning yuziga sachragani chatoq.
Jon uka! muxbir astoydil yalinishga tushdi. Baraka
topkur, ukajon! Yutuqlardan gapir! Kolxozdan gapir! Boshladik...
Xullas... dedim oylanib. Xojaligimizning dono rahbari
Òoshmamat Alimov boshchiligida yil sayin hosildorlikni oshirib
bajaryapmiz. «Mashal» kolxozi bayroqdor viloyatimizda chinakam
mashal bolyapti. Biz mehnat galabalarimizni mustahkamlab
boraveramiz!
Muxbir «mana bu boshqa gap», degandek mamnun bosh
irgadi.
Muxbirning daldasidan ruhlanib ketdim.
Xojaligimizning xloppunkt bilan aloqasi zor! dedim usta
notiqlardek chertib-chertib. Masalan, Jovli aka degan
285
priyomchik bor. Men sizga aytsam, muxbir aka, tumanimizdagi
eng beli baquvvat odam shu Jovli aka. Faqat bitta aybi bor:
afti xunuk. Kozi xuddi ukkinikiga ohshaydi. Ammo ozi yaxshi
odam. Endi xloppunktimizam katta-da, aka! Bir emas, tortta
tuman paxtasini qabul qilib oladi. Yonida paxta zavodiyam bor.
Rais bova u yoqda tursin, Raykom bova ham, Jovli akani korsa,
«Jovli Mengliyevich, Jovli Mengliyevich» deb tipirchilab qoladi.
286
hayvon! Unisiyam mayli-ku, ikki hafta oldin Ju uyga yiglab keldi.
Har kuni ichib kelib, singlimni urarmish. Kochada tutib olib,
oziniyam itdek dopposladim. Agar singlimga yana bir marta qol
kotarsang, enangni korsataman dedim. Bilaman, endi menga
zapchastni chotalgayam bermaydi.
Stop! muxbir qol siltadi. Boldi, ukam! dedi yelkamga
qoqib. bu yogiga jim otirasan.
U bir imo qilgan edi, jingalaksoch yigit tagin magnitafon
tugmachasini buradi.
Hurmatli tinglovchilar! dedi muxbir mikrofonga.
«Mashal» kolxozining mashal brigadiri, «oq oltin» ijodkori
Qoshoqboy Salimov bilan qurgan qizgin suhbatimiz ham oxirlab
qoldi. Bu xojalik viloyatimizda eng ilgor sanaladi. Salimov
brigadasi esa, mashallarning mashali. Mana, tushlik ham tugadi.
U menga allaqanday imo-ishoralar qila boshladi.
Ha, yana gapiraymi? dedim shangillab.
Muxbir mikrofonni kafti bilan tosib odagayladi.
Bormaysanmi!
Qayoqqa?
Òraktorga! dedi u ensasi qotib. Yugur motorni yurgiz!
Shoshilmay ornimdan turdim.
Bir soatli mazmunli hordiq tugadi! Azamat paxtakorlar oz
mehnat postiga, yani «oq oltin» dalasiga yol olyapti. Muxbir
mikrofonga qarab gayrat bilan gapira ketdi. Hozir zumrad
dalalar uzra, yana motorlar gurillaydi. U bir qolida mikrofon
tutgancha ikkinchi qoli bilan «chop» degandek imo qildi.
Keling, azizlar... Mehnat simfoniyasini birgalashib tinglaylik!
Xuddi shu payt tolga bogloqlik turgan Òulporim ovozi boricha
hangrab yubordi. Obbo, soat bir boldimikin, ikkimi? Eshagim
bekorga hangramaydi.
Stop! muxbir mikrofonni changallab baqirdi. Stop!
Jingalaksoch yigit negadir bepisand jilmaydi.
Nichego, Polatov aka, ishak otrejem!
Jon-ponim chiqib ketdi.
Yugurib qaytib keldim.
Nima? dedim musht dolaytirib. Eshagimni soyadi-
gan senmisan?
Boring! Jon uka! muxbir negadir yana sizlashga otdi.
Boring, ishingizdan qolmang. Shuncha plenkani rasvo qilganingiz
287
ham yetadi. Bir soatlik suhbatdan besh minutlik intervyu
chiqsayam katta gap!
...Ertasi kechqurun hovli ortasidagi sorida konsert eshitib
yotsam radioda birdan ozim gapirib qoldim. Qiziq, tovushim
ozimnikiga oxshaydiyam, oxshamaydiyam. Onam ziyrak-da,
darrov tanidi.
Dadasi, oglingiz gapiryapti, dedi ayvonda gazeta oqib
otirgan otamga. Mashal bolamdan aylanay! Ovozlaringdan
ozim orgilay!
Onamning aylanib orgilgani yaxshi. Lekin mikrofonga aytgan
gaplarimni muxbir postdumbaga chiqarib tashlabdi-ku! Qiziq,
muxbir daromadni sorasa, men sentnerdan gapiraman. Egatda
tugilganimdan gap ochsa, dadam urushga borganini aytaman.
Bunisiyam mayli-ku, dadam galati ish qildi. Oqib turgan
gazetasini korpachaga tashladi-da, salmoqlanib uyga kirib ketdi.
Onam aytganicha bor. Olgudek kajbahs-da, dadam! Men uni
shuncha maqtasam-u, eshitgisi kelmasa. Buyam yetmagandek
kaftini orasida bir nima changallab kelib indamay qolimga
tutqizdi. Hayron bolib qarasam, shalvirab yotgan pufak. Yosh
bolalarning uch tiyinlik pufagi. Kom-kok!
Pufla, oglim! dedi lunji uchib.
Shoshmang, oxirigacha gapirib bolsin! hovli supurayot-
gan joyida toxtab qolgan onam ozorlanib koyidi. Nima qilasiz,
chalgitib?
Pufla! dadamning bir emas, ikki lunji ucha boshlaganini
korib, noiloj pufakni qolga oldim. Òezroq shishirib bera qolay,
deb gayrat bilan puflay ketdim. Pufakka dam beryapman-u, ikki
qulogim radioda!.. Lombozdek pufak ekan, lanati. Oziyam
dirijabl bolib ketdi-yov!..
Radiodan «mehnat simfoniyasi» degan gap eshitilishi bilan
pufak «paq» etib yorilib ketdi. Oziyam shunaqangi varangla-
diki, ikki qulogim shangillab hech nimani eshitolmay qoldim.
Qulogim ochilganda radiodan konsert boshlangan ekan.
Shunaqa boladi! dadam miyigida kulgancha nari ketdi.
On ikkinchi bob
PAXÒA PUNKÒIDAGI MAJLIS
288
Avvallari «maza-maza kattalarga!» deb yurardim. Nima qilsa
ogzining yeli! Hamma ikki bukilib, tazim qilib turadi. Qandoq
yaxshi! Endi bilsam girt ahmoq ekanman. Amaldorlikning galvasi
shunaqangi kop bolarkanki, boshiga tushmagan odamning yetti
uxlab tushigayam kirmaydi. Mana, ozimni olaylik. Nari borsa
bitta brigadirman! Shu qiltiriq amalniyam bir kunlik nagmasini
yigib filga orting, fil bechoraning beli chort uzilib ketmasa men
kafil! Men aytib turay, siz barmogingizni bukib turing. Kuzda
korchyovka qilish kerakmi kerak! Qishda shor yuvish, yaxob berish
kerakmi kerak! Bahorda, radioda har kuni aytadigandek, baraka
urugini qadash kerakmi? Otoq qilish, chopiq, dorilash,
sugorish... Keyin chekanka, defoliatsiya... Omon-eson terim
kampaniyasiga yetib olganimizdan keyin galvaning kattasi
boshlanadi. Paxta teradigan mashinalar ham olmasin. Shir etib
yomgir quysa, otasidan kaltak yegan boladek bir chekkaga chiqib,
soppayib turaveradi. Maktab oquvchilari-ku, ozimizning bolalar.
Gapga konadi. Hay-hay, shahardan kelgan talabalardan asrasin!
Har kuni bitta gavgo! «Yotoqxonangiz molxonaga oxshaydi»
deydi... «Sovqotib qolyapmiz, qachon pechka ornatib berasiz?»
deydi. «Makaron shorvaning goshti qani?» deydi. Ozimga yoq
goshtni senga qayoqdan topaman, olifta. Qoyib bersa rangli
televizor ham sorarsan, hali. Qaysi kuni bittasi oldimga kelib,
daftar-kitobini yoyib tashladi. «Ha» desam, «hisoblab chiqdim,
aka, bitta chanoq tort gramm bolsa, bir kilo paxta terish uchun
yerga 250 marta egilish kerak ekan, normani pasaytiring, men
bir kunda yigirma besh ming marta egilolmayman, mashinani
ishlating», deb aql orgatyapti. Kotar-ey, torva xaltangni, degim
keldi-yu, Rais buvadan hayiqdim.
Mayli, bular-ku, ozimiz organib ketgan gaplar. Eng alam
qiladigani shuki, davlatning ozi belgilab qoygan matohlarniyam
ololmaysiz. Radio muxbirlariga aytgan gapim gap: kuyov borib
turgan apiris. Akkumulyatormi, relemi sorab borsang,
yuzinggamas, qolingga qaraydi. (Kaltak yeb ham odam bolmadi,
ukkagar!). Birovga ogit deb yalinasan, birovga shpindel deb
sargayasan... Òaginam Rais buva menga ozmi-kopmi qayishadi.
Planga qarashib yuboradi. («Mashal» brigadirmiz-da!)
Brigadamdagi azolrni aytmaysizmi! Ish desa ketini quruqqa
obqochadi. Qulogingizga aytaymi: ulargayam oson tutib
bolmaydi. Mana, masalan Òursunboy aka. Bultur kuzda
289
mashinada yuz ellik tonna paxta terdi. (Planga zarur bolib qolgan
edi, Rais buva Òursunboy akanikini 250 tonna, men tergan 170
tonnamni 300 tonna deb yozdirib qoya qoldi). Shundoq
bolsayam, Òursunboy aka hamma narsadan kongli sovigan
odamdek mayuslanib yuradi. Chorini aytmaysizmi? Yoshgina
xotini sariq bolib qoldi.(Hayronman, shu kuz kelishi bilan sariq
kasal kopayadi).
Chorining xotini ozi sap-sariq yana qanaqasiga sariq
bolganiga odamning aqli yetmaydi. Yana bechoraning yuzi sariq,
sochi qizil. Shuning uchunmi, kasal bolganini oziyam
sezmabdi. Oradan ancha otib biqinim ogriydi, sariq boldim
shekilli, degan ekan. Chori hazilga olibdi. «Qoyaver, xotin,
onangni qornida uzoq yotganing uchun sargayib ketgansan», deb
qoya qopti... Xotini shorlik kasalxonada uch oy yotdi.
Yoki Panjini olaylik. Uylanaman deb qulogigacha qarzga
botgan ekan (Shuni oylasam, yuragimni vahima bosadi: hali-
veri bizning oyoq tortta bolmaydi, shekilli). Ishga tobi yoq.
Har kuni bir bahona topib tomorqasiga yuguradi. Òogri-da,
ungayam osonmas: qarindosh-urugidan bir qop pul qarz kotargan
odamga xojalikdan tegadigan maosh urvoq boladimi? Shuning
uchun dehqonlar tomorqasida ozi ishlab, bolasini paxtaga
haydaydi-da! Panjining dalada ishlashga yaroqli bolasi yoq. Xotini
hozircha tugishga ulgurmadi.
Ana endi ozingiz oylab koring. Mendek poristoy
brigadirning boshida-ki, shuncha galva bor ekan, taginam Rais
buvalar fil ekan-da!
Bugun Rais buva ishning kozini bilishiga yana bir marta tan
berdim. Noyabr oxirlab qolgan, dalada paxta tugul yilt etgan
kosak ham yoq. Ustiga-ustak ikki hafta oldin qor yogib
hammayoqni atalasini chiqarib yubordi. Pedinstitutdan kelgan
hasharchilardan ikki yuztasi bizning brigadaga ham tushgan.
Òushlikda borsam, bekorchilikdan domino oynab otirishibdi.
Ovozi olamni tutadi. Hammayoq taraq-turuq, sharaq-shuruq...
Ensam qotib chetlab otib keta qoldim. Rais buvagayam
hayronman-da! Biz brigada planini yuz ottiz poiz dondirdik.
Òumanniki yuz yigirma, viloyatniki yuz yetti... Nima qilamiz,
shuncha odamni bekorga boqib otirib?
Avval shuni oylab xunob bolgan edim. Keyin tushunsam,
Rais buva nima qilsa, oxirini oylab qilar ekan.
290
Har kuni xloppunktda majlis bolishini eshitar edim-u, ozim
bormagandim. Bugun palakat bosib borib qolarmanmi! Voy-bo,
yigilish emas, qip-qizil qiyomat-ku!
Rais buva, Shaydul kassir, men uchovlashib, xloppunkt
direktorining xonasiga kirdik, odam-odamni tanimaydi: uy ichi
tutunga tolgan, burchakdagi galanska pechka qizib ketganmi,
nafas olib bolmaydi.
Svodka! dedi tordagi stol oldida otirgan Raykom buva
filtrli sigaretini tutatib. (Hatto salomga alik ham olmaydi.) Raykom
buvani avval kop korganman. Ikki yuzi qip-qizil odam edi.
Endi kozlari kirtayib, rangi kaltakesakka oxshab qopti. Yuzi
kokimtirmi-yey, nima balo! Xona issiqligiga qaramay, boshidagi
andatra telpagini yechishniyam unutibdi.
Ortoq Alimov, svodka! dedi-yu, bir yutungan edi, uzun
boynidagi shaftoli danagidek uchburchak bagbaqasi liqillab ketdi.
Pajalista! Rais buva muloyim jilmayib, shimining
chontagidan allaqanday qogoz chiqardi. Vazmin qadamlar bilan
yurib borib, Raykom buva otirgan stolga qoydi. Biru ondan
yetti protsent! Ana, bolarkan-ku!
Raykom buva Rais buvaga gapiryapti, deb oylagandim. Yoq,
deraza tegidagi kursida otirgan novcha odamga gapirayotgan ekan.
Papiros tutunidan yaxshi payqamay qopman.
Mumkin ekan-ku, ortoq Husniddinov! Endi Raykom
buvaning ovozi tahdidli jarangladi. Nega «Mashal» kolxozi
bir kunda ondan yetti korsatkich beradi-yu, «Galaba» berol-
maydi?! Sizga qolsa, «Mashal»ga qor yogmagan dersiz? Yeringiz
bir, suvingiz bir...
Menda paxta yoq! dedi novcha kishi tongillab. Ovozi
olgudek yoqon ekan.
Yoq? Nega yoq?!
Planni bajardik, majburiyatni bajardik, paxta qolmadi.
Nim-ma?! Raykon buva sapchib ornidan turib ketdi.
Uchburchak bagbaqasi universal traktorning porshenidek paydar-
pay yuqori chiqib-past tusha boshladi. Nega «Mashal»da bor
paxta sizda yoq?! Nega tuman planini orqaga surasiz? Nega
bayroqdor oblastimizning tempini pasaytirasiz?
Husniddinov degani balo ekan! Shundoq Raykom buvadan
qorqmadi-ya!
Bor paxtani topshirib boldik! dedi goldirab. Yilt
291
etgan chigit qolmadi.
Eshitdingiz-a, ortoq Viktorov! Bahonasini eshitdingiz-a?
Raykom buva burchakdagi «galanska» pechka yonboshida otirgan
taqirbosh kishiga yuzlandi.
Paxta zavodining direktori Viktorov toga ozbekchani
binoyidek biladi deb eshitgandim: rost ekan.
Ishlash xalagan adam chora tapadi, xalamagan bahana!
dedi dona-dona qilib.
Raykom buva shu gapdan keyin hovuridan tushish orniga
battar tutaqib ketdi.
Husniddinov! dedi hayqirib. Siz choyxonada emas,
raykomning kochma byurosida otiribsiz!
Asabiylashmang, hammasi tushunarli! Raykom buvaning
yonida terlab-pishib otirgan semiz kishi surnayga oxshab giyqilladi.
Husniddinovga raislik yuki ogirlik qilib qopti. Obkom bovaga bu
kimsaning qilmishini xabar qilishga majburman.
Eshitdingmi, Husniddinov! Raykom buva stolni
mushtladi: Obkom vakilining gapi gap. Rais bolaman deb
orqamizdan chamadon kotarib yurganlar son-mingta! Yoqol!
Husniddinov indamay ornidan turdi. Eshik oldiga borganda
negadir toxtadi.
Rahmat... dedi iljayib. Ozim ham jonimdan toygan-
dim.
Raykom buva tagin hayqirdi.
Sezilib turibdi. Ishingni prokuraturaga topshirmasam,
odammasman!
«Galaba» raisi chiqib ketishi bilan xonaga jimlik chokdi.
Hech kimdan sado chiqmadi. Qayoqqa kelib qoldim ozi! Asli,
boya Rais buva «Yur, majlisga boramiz» deganida Òulporimni
minib, uyga jonavorsam bolarkan.
Eshik ochilib, bir qolida paxta gulli choynak, bir qolida piyola
kotargan past boyli kishi kirdi. Darrov tanidim, xloppunkt
priyomchigi Jovli aka! Xumdek boshini ikki yelkasi ichiga
tortgancha, katta-katta kokimtir kozlarida muloyim ot yonib,
xona toriga yol olgan edi, Rais buva dik etib ornidan turib
ketdi. (Aytaman-ku, Jovli aka rayondagi eng hurmatli odam deb!)
Rais buva uning qolidan choynak-piyolalarni olayotganida
Raykom buva ham xijolat chekib jilmaydi.
Ovora bopsiz-da, Jovli Mengliyevich!..
292
Ovorasi bor ekanmi? Joyli aka ukki kozlarida yana ot
yonib jilmaydi. Ichlaring uzilib ketdi-ku. Osh tayyor, dedi
Raykom buvaga emas, semiz obkom vakiliga qarab. Qul-qul
tovuq ham sovub qoldi.
E, shu topda osh otadimi tomoqdan... semiz kishi shu
qadar chuqur xorsindiki, nazarimda qorniyam puchqayib
qolgandek boldi. Òempani tushirib bolmaydi. Obkomga nima
deyman? Boboyning achchigi chiqadi.
Jovli aka, ukki kozlari suzilib Raykom buvaga qarab qoydi.
Menimcha, «Mashal»da hali paxta mol..
Raykom buva yarq etib, bizning Rais buvaga yuzlandi.
Uch protsent qila olasizmi?
Angrayib qoldim. Qanday qilib biru ondan yetti protsentini
uch protsent qiladi?
Qilmasangiz bolmaydi dedi Raykom buva xotirjamlik
bilan. Hatto shaftoli danagidek bagbaqasi ham liqillamay, uzun
boynining qoq ortasida muqim toxtab qoldi. Yarim soatdan
keyin yuqoriga svodka berishimiz kerak.
Semiz kishi chozib-chozib esnadi.
Amallaysiz-da, ortoq Alimov!
Shaydul! Rais buva bir hayqirgan edi, yonimda otirgan
Shaydul-kassir sapchib ornidan turdi. Boshi shiftga tegay deb
qoldi. (Hayronman, mirzaterakning qolipini shundan olganmi,
kassirimizning boyi naqd ikki metrdan ortiq keladi). Hozir ham
ornidan turishi bilan hech kimni kormay qoldim. Na raisni, na
Raykom buvani! Ammo Rais buvaning gapini aniq-taniq eshitdim.
Yugur! dedi Rais buva. Senam boraqol, tutxor!
Keyingi gapi menga atalganini tushundim. Rais buva mehri
tovlanib ketdi shekilli, meni yana «tutxor» dedi.
Uzun-qisqa bolib tashqariga chiqdik.
Shaydul-kassirning pat-patiga mingashib ketyapman-u, hech
baloga tushunmayman. Kolxozning uch protsenti kamida ottiz
telejka paxta boladi. Yarim kechadan oshgan bolsa, varaxaga
tushadigan kosak ham qolmagan bolsa, ottiz telejkani qayoqdan
olamiz?
Mening brigadamda bir kiloyam yoq! dedim har
ehtimolga qarshi.
Pat-pat haydab ketayotgan Shaydul-kassir gapimni eshitmadi
chogi yelkasi osha ogirildi.
293
Nima?
Menda paxta yoq! dedim baqirib. Yolga qarang!
Negadir shu topda, bir vaqtlar Shodivoyning «Zaparojes»ida
skirdga kirib ketganimiz xayolimga keldi. Yer sirpanchiq, bilchillab
yotibdi. Ustiga ustak tuman. Yol chetidagi chiroqlar kul orasidagi
chogdek xira miltiraydi. Shaydul-kassirga nima? Yoshini yashadi,
oshini oshadi. Bir emas, ikkita xotini, uchta kuyovi, tortta kelini
bor. Ozim korganman, molxonasida ikkita govmush sigir, uchta
hokiz bokirib yotibdi. Olsa olib ketaveradi-da! Jabr bolgandan
menga boladi. Shaydul akaga oxshab ikkita bolmasayam aqalli
bitta xotin olaylik-da biz ham!
Sekinroq! dedim biqiniga mushtlab. Kuchim boricha urib
yubordim shekilli, u orqasiga jahl bilan ogirildi.
Obkom vakili nima deganini eshitdingmi? Yarim soatdan
keyin yuqoriga svodka berish kerak! dedi shangillab.
Mototsikl joni chiqqudek chiranib tarillay boshladi. Ikki
qulogim sovuq shamoldan muzlab ketdi. Hayriyat-ey, toxtadik!
Qarasam, kolxoz idorasiga kelibmiz.
Paxta qaysi brigadada? dedim hamon qulogim
shangillab turgani uchun baqqirib. Yarim kechada ottizta
telejkani qayoqdan topamiz. Shaydul aka?!
Baqirma-ey! kassir rapidadek qolini paxsa qildi. Ozi
terakdek bolsayam chaqqon ekan. Zipillagancha idora tomon
yorgaladi.
Men ketaveraymi?- dedim yana baqirib.
Ochir! Shaydul aka zinalardan kotarilar ekan,
tayinladi. Ketib qolma, birga boramiz.
Ancha turdim. Ertalab paytavani yupqaroq oragan ekanman,
oyogimdan muz otib ketdi. Bir yoqda qorin tatalab ketyapti.
Rais buvadayam odamgarchilik yoq-da, ozi! Jovli aka-ku, «osh
tayyor» dedi. Birpas sabr qilsa bizam yerdik, bir choqim-bir
choqimdan. Sovuq kunda qovurma qulqul tovuq ham teshib
chiqmaydi. Odamning qorni och bolsa, buning ustiga obdan
sovuq qotsa, uyqu bosarkan. Qani, hozir uyga borsam-u, issiqqina
shorvadan bir kosaginani ichib...
Bir mahal Shaydul aka kattakon papka kotarib zinadan tushib
keldi.
Ma, dedi eski charm papkani qolimga tutqazib.
294
Ehtiyot qil!
Qaysi brigadaga boramiz? dedim bir qolda papkani
ushlagancha mototsiklga mingashib.
Brigadada pishirib qoyibdimi, xloppunktga! Shaydul
kassir oshqirib berdi. Lulkaga otir! Papkaga xushyor bol!
Nima, men ikkiqat xotinmanmi, lulkada yalpayib otiradigan.
Papkani changallab, orqa egarga mingashib oldim.
Shaydul aka jahl bilan bir qarab qoydi-yu, motorni tarillatdi.
Òagin yeldek uchib ketdik. Anchagina yurdik. Keyin nima palakat
bosdi, bilmayman. Qornimning ochligi tasir qildimi, uyqu
elitdimi... Xullas, Shaydul akaning biqinidan qoshqollab
changallab olganim esimda...
Haybatli dagdagadan uygonib ketdim.
Papka, qani, papka?
Kozimni ochsam xloppunktning temir darvozasi oldida
turibmiz. Òuman orasida qorovulxonaning chirogi xira
miltirayotganidan bildim.
Papka qani? dedi Shaydul aka chiyillab.
Qanaqa papka?
Boyagi papka, ahmoq! Charm papka!
Rostdan ham, hali mototsiklga mingashayotganimda qolim-
da papka bor edi-ya!
Hayronman, dedim yelkamni qisib. Hali qolimda edi.
Uyim kuydi! Shaydul kassir tarsillatib peshonasiga urdi.
Xonavayron boldim! tosatdan kozi olayib yoqamga yopishdi.
Qayoqqa tashlading? Rostini ayt! Ichagingni sugurib olaman,
ahmoq!
Iye, nimaga doq qiladi menga. Nega hadeb «agmoq» deydi!
Naynov bolsa oziga! Xudo bergan boy bizdayam bor. Yoqadan
olish mana bunaqa boladi deb, boyniga yopishib oldim. U
yoqamni qoyib yuborib, bilagimni changalladi.
Qoyvor! dedi bogilib nafas olib. Boynini boshatgan
edim, entikib-entikib yalindi. Jon uka! Xarob qilma meni! Bola-
chaqam bor. Òoylaringda xizmat qilay, ukajon!
Rahmim keldi. Bechora bir gap bolsa, ikkita xotini, uchta
kuyovi, tortta kelini, sigirlari-yu xokizlari dodini kimga aytadi.
Ichidagi qogozlar shunchalik zarilmidi? dedim
xavotirlanib.
Shaydul kassir kozimga iltijo bilan termuldi.
295
Judayam kerakli hujjat, ukajon! Hozir topmasak, Rais bova
on yilni yelkamga iladi. Rostini ayt: qayerga tashlading?
Bilmayman, kozim ilingan ekan, yolda tushib qolgan-
dir-da!
Yur, yur, jon ukam! Shaydul aka rapidadek kafti bilan
yelkamga shapatiladi. Balki qayerda tushirib qoldirganing esingga
tushib qolar.
Mototsiklga minayotganimizda maslahat berdim.
Idoraga borib, boshqa nusxasini ola qolaylik.
Bunaqa qogozda nusxa bolmaydi, u yiglamsirab,
burnini tortdi. Shosha-pisha mototsiklini gurillatdi. E, xudo!
dedi iltijo qilib. Ishqilib topilsin... Xonavayron bolaman,
sochim oqarganda turmaga tushaman...
Mototsikl yurib ketdi. Ammo bu safar astaroq, avaylabroq
yura boshladi. Aksiga olib, tuman quyuqlashgan, yol chetidagi
lampochkalar gira-shira korinardi. Shaydul aka yolni yaxshiroq
yoritish uchun bolsa kerak, mototsiklini goh u yoqqa buradi,
goh bu yoqqa.
Ozing sharmanda qilma! deydi dam-badam. Dala yoliga
chiqqanda mototsiklini toxtatib, azza-bazza yalindi:
Qoshojon! Ozim aylanay sendan. Uylanayotganingda bitta
hokizni toyana qilmagan nomard. Yaxshilab eslab kor! Qayerga
kelganda uxlovding?
Uxlaganim yoq, mizgidim!
Ol! u yana mototsiklini yurgizib ketdi. Bir chaqirimcha
yurgandan keyin tosatdan tormozni bosdi. Boshim kuragiga urilib,
peshonam sirqillab ketdi. U egardan sakrab turib, oldinga yugurdi.
Motosikl chirogi yorugida on qadamcha narida, yolning qoq
ortasida yotgan papkani yulqib olayotganini kordim. Darrov
qirov tushibdimi, papkaning usti oqarib qolibdi. Shaydul aka
sharaq-shuruq qilib papkaning yaltiroq qulfini ochdi-da, ichiga
qol suqdi.
Xayriyat! dedi entikib. Xudoga shukur!
U papkani bandidan changallab chopib keldi.
Ukam, dedi ovozi muloyimlashib. Juma kuni jonlik
soyib xudoyi qilaman. Peshinda! Senam kelgin, xopmi!
Menga bera qoling! deb qol chozgan edim, jon holatda
papkani bagriga bosdi.
296
Yoq-yoq, baraka top, ukam. Ozim... u papkani egar
qoshiga qondirib, ustiga minib oldi. Har ehtimolga qarshi, «joyida
turibdimi», degandek chotining orasiga qol suqib tekshirib kordi-
da, mototsiklni orqaga burib, shangilladi. Bolgan hangomani
Rais bovaga aytib yurmagin, xopmi? Naq ikkalamizning terimizga
somon tiqadi-ya!
Òeriga somon tiqishga hojat qolmadi. Xloppunktga qaytib
kelsak, darvoza oldida Jovli aka kutib turgan ekan.
Oyogingga tosh boglaganmisan, nima balo! dedi jerkib.
Papkani oldi-da, avval Shaydul kassirning, keyin mening qolimni
qisdi. Raykom bova xunob bolayotgan edilar. Rahmat, sizlarga
javob.
On uchinchi bob
NARGISXONNING HINDU XOLI
Xohlagan odamingiz bilan bas boylashib aytamanki, dunyoda
eng yaxshi narsa sevgi ekan. Yana bir marta xohlagan odamingiz
bilan bas boylashib aytamanki, dunyoda eng yomon narsa ham
sevgi ekan. Avvallari, sher kitobni korsam, ensam qotardi.
Endi bildim: shoirlar ham avval bittasini yaxshi korib qolib, keyin
shoir bolarkan-da! Qiyin ekan u bechoralargayam! Xoh ishoning,
xoh ishonmang, allaqanday bir oy ichida ozim ham tap-tayyor
shoir boldim-qoldim.
Men seni sevaman,
Ishongin menga.
Xohlasang jonimni
Beraman senga!
Bu sherni ozim yozdim. Yozdim emas, kechalari kozimni
yumib yotsam, lop etib xayolimga Nargisxon keladi-yu, ozidan
ozi sher toqib tashlayman.
Ozimiz ham ayni qoni gupullagan boz yigit emasmizmi,
shundoq kokragimga ikki litrli qumgonni qoying: on besh minutda
sharaqlab qaynab ketmasa, men kafil! Oh tortsam, nafasim olov
bolib chiqadi. Òushlik paytida hamma ovqat yesa, men shiypon
tagidagi hovuz boyida, tarvaqaylab osgan tol tagida koksimni zaxga
berib yotaman. Bir hafta otmay, men yotgan joy qurib-qaqshab,
otlariyam sargayib ketdi. Nazarimda tol qurib, hovuzdagi suv
297
buglana-buglana bir quloch pasayib qoldi-yov! Brigadadagi yigitlar
hayron. «Senga nima boldi, Qosho, ranging somon bop ketibdi-
ku, kasal-pasalmisan» deyishadi. Gapirib nima qildim? Mening
kasalimni qayoqdan tushunsin bular.
Qanaqa bedavo dardga yoliqdim ozi? Dadamga aytolma-
sam, enamga aytolmasam? Ortoqlarim tushunmasa. Kechalari
Tulporim bilan dardlashaman. «Nargisxonni yaxshi korib qoldim,
oshna!» deyman xorsinib. Òulporim mendan ham chuqurroq
xorsinib qoyadi. «Bilaman, u meni mensimaydi, kuladi» deyman.
Òulporim tagin xorsinadi. «Endi nima qilamiz, oshna, yonimda
Shodi bolsaki yuragimni yorib, hasratimni aytsam?» Òulporim
indamaydi. Nimayam desin? Òil-zaboni bolmasa. Yordam berish
qolidan kelmasa... Kozimga moltirab-moltirab qaraydi-da, alam
bilan hangrab yuboradi.
Asli, bu savdolar bahor oyoqlab, jiyda gullagan kezlarda,
boshlandi. Osha kuni Juman, «idoraga borarkansan, Rais
bovaning zaril ishi bormish», deb qoldi.
Rais buvani bilaman-ku, bekorga chaqirmaydi. Yugurdim!
Bizning kolxoz idorasini kormabsiz dunyoga kelmabsiz.
Dala shiyponlarining mazasi bolmasayam, Rais buva idorani
boplagan. Ikki qavatli marmar bino. Oldi fontan. Fontan chetida
majnuntollar «assalomalayke-e-em» deb salom berib turadi.
Odamning yogi erib ketadigan saratonda ham Rais buvaning
xonasi muzdekkina boladi. Xuddi bir vaqtlar Shodivoy ikkalamiz
joylashgan Òoshkentdagi gastinisadek.
Ikkinchi qavatga kotarilib, shundoq eshikni ochganimni
bilaman! Gilam toshalgan qabulxonaning burchagida, och havorang
pardalar osilgan deraza tagidagi stolda bir qiz otiribdi... Yo alhazar!
Odam bolasiyam shunaqa chiroyli boladimi? Yoq, bu odam emas,
onam bolaligimda aytib beradigan ertakdagi parining naq ozginasi!
Sochini chiroyli turmaklab, bir chetiga mittigina jiyda shoxchasini
qistirib olgan. (Ikkinchi qavatga chiqishim bilan dimogimga jiyda
guli hidi uriluvdi-ya!) Egnida nim pushti koylak. Derazadan tushib
turgan nurda qomati aniq-tiniq korinib turibdi. Yuzlari... yuzlari
judayam oppoq emas-ku, tandirda singib pishgan kulchadek
qizgishtob. «Pari»ning kamondek qayrilma qoshining qoq ortasida
jajjigina xoli bor. Xuddi indiyskiy kinodagi artistlarga oxshaydi.
298
Ozim ham mabodo kinoga kirib qolmadimmi, deb u yoq-bu yoqqa
alanglab qoydim. Yoq, ozim bilgan Rais buvaning qabulxonasi.
Olti oy avval, qishda kelganimda ham qabulxona shunaqa edi.
Gilam ham, och havorang darpardalar ham. Ammo unda «pari»
yoq edi. Òizzalarim ozidan ozi qaltiray boshladi. Kelganimni
bildirish uchun yotalmoqchi edim, tomogimdan xirillagan ovoz
chiqdi.
«Pari» uzun-uzun nozikkina barmoqlari bilan mashinkani
chiqillatishda davom etib, menga yuzlandi. Muloyim jilmaygan
edi, yuzi yorishib ketgandek boldi.
Keling, kim kerak edi?
Ovozmi bu, kumush qongiroqning jarangimi? Yuragim
qinidan chiqqudek ura boshladi. Òraktorimning motoriyam
bunchalik gupillamas.
«Pari» mashinkani chiqillatmay qoydi.
Kim kerak edi? dedi kozimga sinovchanroq tikilib.
Gapirmoqchi edim, labim labimga chippa yopishib oldi. Qani
ogzimni ocholsam.
«Pari» piq etib kulib yubordi.
Garangmisiz?
Moltirab turaverdim.
U menga boshdan-oyoq razm solib chiqdi.
Soqovmisiz? dedi rahmi kelib.
Ha! dedim. Ovozim yiglamsirab chiqdi. Òilim yoq.
«Pari» shirin jilmaydi.
Gapiradigan soqovni birinchi korishim! u negadir
oyogimga imo qildi.
Etigingiz loy ekan.
Ertalabdan beri paykal kechib yurgandan keyin etigim loy
bolmay doppim loy bolsinmi? Boshqa odam bolsa-ku, shunaqa
derdim. Ammo «pari»ning dashnomidan yer yorilmadi-yu, yerga
kirib ketmadim. Indamay orqamga burildimu, zinalardan pastga
otildim. Idora oldidagi fontan zihiga otirib, avval ong
oyogimning etigini sugurdim. Usti u yoqda tursin, ichigacha
tozalab yuvdim. Oziniyam oq yem qilib yubordim-ov. Keyin
chap oyogimnikini sugurdim.
Halloslab zinadan kotarildim, eshikni ochdim. «Pari» boyagi
joyida mashinkani chiqillatib otirgan ekan. Yarq etib men
tomonga qaradi-yu, angishvonadek bejirim ogzini yarim ochib,
299
uzun-uzun qayrilma kiðriklarini pirpiratdi.
Meni Rais bova chaqirtirgan ekan... dedim dadillanib.
«Pari» hamon kipriklari pirpiragancha yana bir minutmi-ikki
minutmi tikilib turdi-da, ozini stul suyanchigiga tashlagancha
qah-qah urib kula boshladi. Qiziq, nega kuladi bu? Yo etigimni
chala yuvibmanmi? Mundoq qarasam, ong oyogimda etik boru,
negadir chap oyogimda yoq. Iye, qolimda ekan-ku! Oziniyam
chaqaloq kotargan xotindek bagrimga bosib olibman. Qonji
yerga qarab turgani uchunmi, ichidan chak-chak suv tomadi.
Qochmagan nomard deb kochaga otildim. Shu yugurgancha
uyga yetganda hushim sal-pal joyiga keldi. Onam hovlidagi sorida
xamir qorib otirgan ekan. Ahvolimni korib qorqib ketdi.
Òinchlikmi?
Yoq! dedim halloslab. Òinchlikmas. Oxirzamon boldi.
Onam ogzini lang ochib qoldi.
Kechasi bilan mijja qoqmay chiqdim. Ozidan ozi sher
toqigim keladi.
Otingni bilmayman,
Aytaqol ozing!
Ichimni yondirib
Yubordi kozing...
Uch kungacha garang bolib yurdim. Rais buva chaqirganini
bahona qilib, oldiga boray desam, qorqaman. Bormay desam, borgim
keladi. Uchinchi kun chidolmadim. Ertalab, dalaga borish orniga
qirtishlab soqolimni oldim. Shipr atirdan yuzimga molgina sepdim.
Oppoq koylak, yangi shim, oyogimga lakirovanniy tufli kiyib,
mundoq oynaga qarasam... Ha, endi bir yigit bolsa, bizchalik bolar-
da! Qarchigayning qanotidek qalin qoshlar, xiyol qoraroq, xiyol
ozginroq bolsayam normalniy yuz, xiyol qiyshiqroq bolsayam
ushlasa ushlagudek qirra burun. Bosh yorilganda qolgan chandiq
soch tagida korinmaydi. «Pari» doppimni yechib, sochimning
orasini titkilab otirarmidi. Gazetalarda bir emas, sakkiz marta
maqtalgan, radioda gapirgan mashal brigad bolsak! Eng muhimi
xudo bergan boy bor: biru toqson! Nari borsa, Shaydul kassirdan
bir qarich pastmiz-da! Hozirgi qizlar baland boyli yigitlarni
yoqtirishadi. Òagin nima kerak!
Lakirovanniy tufliga chang tegizmaslik uchun kocha chetidan
bitta-bitta bosib ketayotsam («Pari» bu safar ham tuflingiz chang
300
ekan desa, yana sharmanda bolamanmi?) dimogimga galati
hid kirdi. Qarasam, mozoriston yoqasidagi chakalak chetida jiyda
gullab yotibdi. Qolimga tikan kirishiga qaramay, bitta shoxchasini
sindirib oldim.
Marmar zinadan chiqib boryapman-u tagin tizza qistaloq
qaltiraydi-da! Ikkala oyogimni kesib tashlagim keldi! «Dadil bol,
Qosho» dedimu, eshikni shaxd bilan ochdim.
«Pari» xayol surib otirgan ekanmi, bir chochib tushdi.
Òanimadi! Olay agar tanimadi.
Kim kerak edi?
Siz!
Shundoq deyishga deb qoydim-u, ozim qorqib ketdim.
U hayron qolgandek yuzimga tikildi, Hatto ikki qoshining
ortasidagi hindu xolini nozik barmogining uchi bilan silab ham
qoydi. Xuddi avvalgi safargidek boshimdan oyogimgacha qarab
chiqdi.
Voy, sizmisiz? dedi jilmayib.
Ha...
Shu turishda baqa bolib tikilib qoldim, shekilli, u kozini
olib qochdi.
Unaqa qaramang odamga, dedi sekin. Qorqib
ketyapman.
Men ham, dedim rostini aytib. Yiqilib tushay deb
turibman. Uning rahmi keldimi, jilmaydi.
Gulingiz chiroyli ekan, dedi qolimdagi jiyda shoxchasi-
ga qarab.
Suyunib ketdim.
Sizga! dedim jon holatda shoxchani uzatib. Bilasizmi,
biz tomonda jiyda kop. Shodivoylarning uyidan nariroqda mozor
bor. Osha mozorning atrofi chakalakzor. Jiyda demagani tiqilib
yotibdi. Ehtiyot boling, tikani yomon.
«Pari» endi jiyda shoxchasiga qol chozgan edi, yonbosh
tomondagi charm qoplangan eshik ochildi. Rais buva chiqib keldi.
Iya, ha! dedi goh «Pari»ga, goh menga qarab. Nazarimda
galatiroq iljaygandek boldi. «Pari» darrov qolini tortib oldi.
Qip-qizarib nari ketdi.
Qoshovoy, korinmaysan? dedi Rais buva jiddiy tortib.
Men uchun «pari» javob berdi.
Qaysi kuniyam keluvdilar. Siz rayonga ketgandingiz...
301
Shunaqami? Rais buva tagin goh unga, goh menga qarab
qoydi. Qoshovoy malades. Bizning mashal brigad shu-
da! dedi yelkamga qoqib. Nargisxon, telefon bolsa, men
yoqman. Qani yur-chi.
U oxirgi gapini menga aytganini keyin tushundim. Xayolimda
nuqul bir gap aylanardi. «Oti Nargis ekanda. Òoppa-togri!
Otiyam indiysskiy, oziyam!»
E, tashlasang-chi, tikaningni! Rais buva jiyda shoxini
qolimdan yulqib olib, qabulxona burchagidagi divanga uloqtirdi.
Yur, srochniy ish bor.
Muzdekkina xonaga kirdik.
Gap bunldoq, tutxor! dedi Rais buva tik turgancha.
Sen esli bolasan. Shu kunlarda rayonimizda bir yozuvchi paydo
bolgan. Erta-indin sengayam borib qolsa ajab emas.
Borsa, gaplashaveramiz, dedim beparvolik bilan. (Fikri-
zikrim Nargisxonda edi. Gulimni oldimi, yoqmi?)
E, unaqa maqtab yozadiganlardan emas! Rais buva,
xuddi yozuvchi roparasida turgandek mushtini dolaytirdi. Hech
kim uni upalnamochniy qilmagan. Girt igvogar! Raysentrdagi
allaqanday texnikumda malim ekan.
Yaxshi... dedim hech baloga tushunmay.
Nimasi yaxshi! Rais buva chaqchaydi. Igvogar dedim-
ku, hammayoqni taka-taka qilib yuribdi.
Nargisning hindu holini silab turgani lop etib hayolimga keldi.
Chiroyli... dedim xorsinib.
A? Rais buva shunaqangi baqirib berdiki, chochib
tushdim. Bir igvogar butun rayonni ostin-ustun qilib yuradi-
yu, chiroylimi? Eshityapsanmi, hov! u qolini bigiz qilib,
peshonamga nuqidi. Raykom bovaning ozi aytdi. Osha iblisni
qamatib qutulmasak bolmaydi. Erta-indin sening brigadangayam
borib qolsa ajabmas. Gap sorasa, hech nimani bilmayman, deb
turaverasan, uqdingmi! Eslab qol, familiyasi Ergashið,
tushundingmi?
Òushundim, dedim sekin. Òushundim, Nargisxon...
Nima? Rais buva yoqamdan ushlab silkitdi. Es-
hushingni yig, bola! Ergaship sorasa, hech nimani bilmaysan,
bildingmi?
Bildim. Bilmayman!
Bopti, boraver! Rais buva yoqamni boshatdi. Eshik
302
oldiga borganimda chaqirib qoldi. Shoshma, dedi yumshoq-
roq ohangda. Bilaman, durust bolasan. Ammo boyingga qarab
ton bich. Xopmi? Nargisxon Jovli Mengliyevichning jiyani
boladi. Otasi raypo mudiri. Uqdingmi?! Bopti, boraqol endi.
Qabulxonaga chiqsam, Nargisxon ham, divan ustida yotgan
jiyda shoxchasiyam yoq. Yolakka chiqib, anchagacha talmov-
sirab turdim. Nargisxon gulimni olgan bolsa, bundan chiqdi...
Endi iljaymoqchi edim, labim ozidan-ozi burilib, joyiga kelib
qoldi. Agar Jovli akaning jiyani bolsa, otasi raypo mudiri bolsa,
bizga yol bolsin... Òeng tengi bilan... Rais buva togri aytdi.
Òorvasini yoqotgan gadoydek talmovsirab chiqib ketdim.
Qandoq azoblarga qoldim-a? Ishonsangiz, tomogimdan ovqat
tugul suv otmaydi. Gilq etib qaytib tushadi. Hali aytganimdek,
Òulporimdan bolak sirdoshim bolmasa... Shodivoy-ku, besh
yildan beri qorasini korsatmaydi. Birinchi kursni bitirganida
tatilga kelgan edi. Bilmadim, nima jin urdi joramni! Ikkinchi
kursdan boshlab yozda ham qishloqqa kelmaydigan bolib ketdi.
Òalabalarga qoshilib, qurilishga borarmishmi-ey, Rossiya
tomonlarda yangi yer ochayotganmishmi-ey! Kuching oshib-toshib
ketayotgan bolsa, kel. Ishimiz shunaqangi kopki, bir haftada
qulogingdan kun korinadigan qilib qoyamiz!
Bultur Rais buva «jorang oqishni bitiryapti, kattalar bilan
gaplashdim, ozimizning tumanga ishga keladi» deb yurgandi. U
yoqda Jamila xola ham toy taraddudini korib yuruvdi. Buni
qarangki, Shodivoy kelmadi. Keyin eshitsam, Òoshkentda ishlab
qopti. Hatto Rais buvaning oziyam bir safar menga hasrat qildi.
«Jorang bemehr bola chiqdi, bitta-yu bita oglim deb shuncha
avayladim, yaxshi ish topib qoygandim, kelmadi», dedi.
Ish-pishini bilmadim-u, baribir, joramdan men ham xafaman.
Jilla qursa mehmon bolib kelmaysanmi, ahmoq! Men senga
dardimni aytmaymanmi! «Shundoq-shundoq, jorajon,
Nargisxonni sevib qoldim», demaymanmi, sen menga joyaliroq
maslahat bermaysanmi!..
Har kuni ertalab kallam dalaga burilsa, oyogim idora tomonga
tortib ketaveradi. Shu bir oy ichida Nargisxonni atigi ikki marta
kordim. Bir safar idora roparasidagi fontan yonida xayol surib
tursam Rais buvaning «Niva»si girillab kelib qoldi. U eshikdan
Nargis, bunisidan Rais buva tushishdi. Allanimani gaplashib
idoraga kirib ketishdi. Meni korishmadiyam.
303
Ikkinchi gal tavakkal qilib, Nargisxonning eshigini ochdim.
Xona burchagida negadir xomush turgan ekan. Meni korib,
jilmaydi. Gapni nimadan boshlashni bilmay turgan edim, aksiga
olib xuddi avvalgi safargidek Rais buva xonasidan chiqib qoldi.
Igvogar keldimi? dedi tosatdan.
Hayron boldim.
Qanaqa igvogar?
Rais buvaning jahli chisqib ketdi:
Nima degandim senga? Idorada oralashgandan kora ishingga
bor! menga qanaqa oshqirgan bolsa, Nargisxonga ham shunaqa
odagayladi. Otchetlarni kim kochirdi! Yuring! shunday dedi-
yu, Nargisxonni xonasiga boshlab kirib ketdi.
Voy, dimogingga bedanam qonsin! Rais bolmoq tugul
paygambar bolmaysanmi?! Nega doq qilasan! Otkazib qoygan
joying bormi! Kelib-kelib Nargisxonga-ya!
Bir topolon kotargim keldi-yu, togrisi, Nargisxondan
uyaldim.
Isaning alami Musadan deb, Chori bechoraning kaltak yegani
qoldi. Urganim yog-u, shunga oxshaganroq ish boldi.
Òushlik paytida tol tagida kokragimni yerga berib yotsam,
shorva ichib bolib, nos chekib kayfini surayotgan Chori vaysab
qoldi.
Esitdingmi, ov, Qoso... dedi ogzida nos borligi uchun
tili yaxshi aylanmay, Rais bovaning bir sekretari bor... Sunaqa
siroyli, sunaqa siroyli, bir qosiq suvminan yutsang, zoning rohat
qiladi...
Nima? uchib bordim-u, belidan olib, kuchim boricha
hovuzga otdim. Chori bechora hovuzning qoq ortasiga sholoplab
tushdi. Boyadan beri tinimsiz vaqillayotgan qurbaqalar in-iniga
urib ketdi. Òolga bogloqliq Òulporim shataloq otib qochmoqchi
boldi-yu, arqonni uzolmadi. Chori amallab qaddini rostladi.
Negadir kozi ola-kula bolib oqchiy boshladi.
Nos ketdi! eski sholchaga yonboshlab yotgan Panji dik
etib ornidan turdi-yu, ayuhannos soldi.
Ichagiga nos ketib qoldi! Kaftini toldirib otgan edi. Olib
qoladi, bola!
Olsin! dedim jinnilardek yer tepinib. Olaversin! Agar
Nargisxonni yana bir marta...
Chori loyqalanib ketgan suvdan hovuchlab besh-olti marta
304
ichdi-da, chozib-chozib kekirdi.
Ahmoq! dedi yoshlangan kozlarini ishqalab. Nima
qildim senga?
Yana bir marta gapirsang... sokmoqchi edim-u, ahvolini
korib rahmim keldi. Chiq! dedim odagaylab.
Chiqolmayman! Chori hovuz ortasida turgancha gavda-
sini u yoq-bu yoqqa lapanglatib qoydi. Belimgacha loyga
botib qoldim! Òort!
Etigimni yechib suvga tushishga majbur boldim. Bechora
rostdan ham beligacha balchiqqa sanchilib qolgan ekan. Òortib
chiqquncha ozimning ham sillam qurib ketdi. Chorining etiklari
sholtillar, shimi achimsiq loyga belangan edi.
Belni yeding, xumpar! dedi afti burishib. Shuni avvalroq
aytmaysanmi, uyini korsatib qoymaymanmi!
Jon jorajon! Chorining etigini oyogidan sugurib
olarkanman yalinishga tushdim. Rostdan ham korsatasanmi
uyini!
E, ol! uning afti avvalgidan battar burishib ketdi. Voy
belim-a! dedi inqillab.
Lolazor posyolkasida turadi. Shundoq univermag roparasida,
yana beli sirqilladi shekilli alam bilan tongilladi. Konglingga
qotir jomoshov! Jovli akaning jiyani boladi-u! Senga kozi uchib
turibdimi?
Oborasan-a? dedim Chorini etigini hafsala bilan
yuvarkanman. Mayli, belingni uqalab qoyaman. Ogritmas-
dan uqalayman.
...Chori aytganini qildi. Ishdan keyin uzun-qisqa bolib
«Lolazor» posyolkasiga bordik. U univermag orqasidagi kattakon
temir darvozani korsatib, «shu!» dedi-yu, ura qochdi. Nazarimda
Nargisxonning priyomchik togasidan, raypoda rais bolib
ishlaydigan otasidan qorqdi. Chori qorqsa-qorqar. Men nimadan
chochiyman?.. Darvoza yaqiniga bordim, kun boyi oftobda qizib
yotgan darvozani siladim. Qarasam, bir tavaqasiga qip-qizil tili
osilgan itning rasmi chizib qoyilibdi. Obbo! Bir kamim itga
talanishim qoluvdi endi!
Qorqa-pisa orqaga chekinib, uyni tomosha qildim. Uy emas,
qasr! Pishiq gishtdan qurilgan. Derazasidan moralayman degan
odam kamida besh qulochli narvon topib kelishi kerak. Devorini
aytmaysizmi? Zambarakning oqi teshib otolmaydigan qala ham
305
bunchalik bolmas.
Oy chiqquncha kocha boshiga bordim-keldim, bordim-
keldim. Ichkarida chiroq yondi. Kimdir televizor qoydi shekilli,
derazalardan birida zangori nur korindi. Ammo hech kim
darvozadan chiqmadi, kirmadi-yam!
Ketdik, tarvuzimiz qoltigimizdan tushib! Xato qipman! Asli
Òulporinmi minib kelsam bolarkan. «Lolazor» kam deganda
sakkiz chaqirimcha ekan. Piyoda tuproq kechib uyga yetgunim-
cha tong yorishdi.
On tortinchi bob
«IGVOGAR»
Rais buva «hushyor bol, brigadangga igvogar borib qolsa
ajabmas» deb yurgancha bor ekan.
Bugun osha igvogar keldi. Yigitlar-ku, tushlikda qornini
qappaytirib olishgan. Men bolsam, deyarli qurib qolgan tol
panasida sahroi Kabirga aylanib ketgan doimiy joyimda ornimdan
jilishga madorim kelmay yotgan edim. Òaginam fil ekanman.
Mana, masalan, siz bir kun emas, bir hafta emas, rosa bir oy
nuqul havo bilan ovqatlanib koring, holingiz nima kecharkin?
Ninachiga aylanib qolarsiz!
Shunday qilib deng, koksimni yerga berib yotsam, Òulporim
hangrab qoldi. Òogrisini aytsam, Òulporimni ilgarigi shashti yoq.
Avvallari qandoq edi! Gayratga kirib bir okirsa yetti qishloq
naridagi eshaklar pildir-pis bolib qolardi. Hozir unaqa emas,
madori yetgancha ikki-uch hangraydi-yu, dami ichiga tushib
ketadi. Bilaman. Ungayam qiyin. Birinchidan, qarib qoldi.
Ikkinchidan, mening dardi-hasratimni eshitaverib yuragi ezilib
tamom boldi. Chamamda, davleniyasi oshib, xafaqon bop qoldi-
yov. Uchinchidan, har kuni kechasi roppa-rosa on olti chaqirim
yol bosadi. Sakkiz chaqirim «Lolazor»ga, sakkiz chaqirim orqa-
ga. Har kuni ishdan keyin ikkalamiz Nargisxonning muborak
darvozasini ziyorat qilib kelamiz. Kecha kechasi ham borganmiz.
Òurib-turib qaytib kelganmiz... Charchaydi-da, shorlik.
Shundoq qilib deng, mudrab yotsam, Òulporim hangrab qoldi.
Sovuqqina, hazingina hangradi. Yigirma minutcha oldin ham
«soat tort boldi», deb xabar bergan edi-ku! Qarib miyasi aynib
qoldimi, nima balo!
306
Erinchoqlik bilan boshimni kotarsam, shiyponda bir odam
chordana qurib otiribdi.
Darrov sezdim, ozimizning qishloqdan emas. Ammo
gazetadan keladigan muxbirlargayam oxshamaydi. Radiodan
desam, ashqol-dashqoli yoq. Kiyinishi ham ozimiz qatori.
Oyogida chang bosgan etik, egnida, oftobda unniqib ketgan
yengsiz koylak, boshida eski doppi.
Keling, mehmon! deb ornimdan qozgalgan edim,
mehmon, xijolat chekib, qol siltadi.
Qimirlamang, Bahuzur. Dam olavering.
E, boldi! dedim qoshqollab sorashib. Dam olib
boldik. Hozir choy-poy...
Ovora bolmang! mehmon bilagimdan tutib, astoydil
rad qildi. Otiring, siz Qoshojonsiz-a?
Ha! dedim hayron bolib.
Mening familiyam Ergashev! mehmon kozimga
sinovchan tikildi.
Xayolimda bir sapchib tushgandek boldim-u, sezdirmadim.
Voy ablah-ey! Rais buva aytgan igvogar sen ekansan-da! Ajab,
igvogar deganda yuzidan zahar tomib turadigan, qora kozoynak
taqadigan, ozginligidan ikki chakagi ich-ichiga kirib ketgan odam
koz oldimga kelardi. Òavba, fitnachilar ham ozimizga oxshagan
odam bolarkan-da!
Men iqtisodchiman, Qoshojon! dedi igvogar
xotirjamlik bilan. Òexnikumda dars beraman...
Qarang, muloyim bolib qoynimga kiryapti. Ekonomist
bolsang ozingga! Laqilatmoqchimisan? Koramiz kim-kimni
avrar ekan! Rais buvaning «nima sorasa bilmayman, deb turaver»
degani esimga tushdi.
Bilmayman! dedim tongillab.
Bolishi mumkin, Ergashev kulimsiradi. (Kulimsirashiyam
ozimizga oxshaydi, yaramas!) Lekin men sizni bilaman. Siz
mashhur brigadir Qoshoqjon Salimovsiz.
Bilmayman!
Otangiz Salimov aka «Mashal» kolxozida ancha yil
buxgalter bolib ishlaganlar.
Bilmayman!..
Nima uchun Alimov rais bolib kelganidan keyin kop
307
otmay otangiz buxgalterlikdan boshaganlarini bilasizmi?
Bilmayman!
Igvogar uzoq jimib qoldi. Xorsindi.
Qoshoqjon... dedi sekin. Ayting-chi, dunyoda eng
ogir gunoh nima?
Bilmayman!
Men bilaman! dedi kozimga tikilib. Shundagina sezdim.
Kozi odamga chaqir tikanakdek qadalarkan. Rais buva «ehtiyot
bol» deganicha bor ekan. Dunyoda eng ogir gunoh oz
onasini xorlash! dedi u dona-dona qilib.
Nima? qonim qaynab ketdi. Kim onasini xorlabdi!
Hammamiz...
Jinnimi bu? Nima deb vaysayapti?
Ogzingizga qarab gapiring, aka! dedim tahlid bilan.
U mendan koz uzib, paxtazorga qaradi.
Mana shu yer, dedi qoli bilan imo qilib. Ozimizning
onamiz, togrimi? Biz nima qilyapmiz ozi? Dam berish orniga,
bir yil-ikki yil, hordiq berish orniga paxta ekamiz! Beda sepdik
deymiz, paxta ekamiz. Almashlab makka ekdik deymiz, paxta
ekamiz! Bir hissa orniga on hissa, yigirma hissa, ellik hissa dori
sepamiz. Oz onamizga ozimiz zahar tiqishtiramiz. Ona-ku
bolasining gunohini kechirsa kechirar, lekin Yer odamlarning
gunohini kechirmaydi. Bir kuni shunaqa qasos oladiki... u yana
yarq etib kozimga qaradi... Ilonmi, nima balo! Quyonni avragan
ajdardek odamni sehrlab qoyadiya. Qanchadan-qancha yogon
komissiyalardan qorqmagan Rais buva bittagina igvogardan
shunchalik chochigani bejiz emas ekan-da.
Bugun birov el-yurtni aldab planni dondiradi, dedi u
hamon kozini kozimdan uzmay. Ertaga yer adoyi-tamom
boladi. Oladi, tushunyapsizmi, oladi! u chuqur xorsindi.
Òomorqangizga nima ekkansiz?
Makka!
Òogri, Negaki makka ekmasangiz, bitta sigiringiz bilan
ikkita qoyingiz och qoladi.
Voy shum-ey! Bitta sigir, ikkita qoyimiz borligini qayoqdan
bildi bu!
Kolxoz ham ekadi osha makkani! u istehzoli iljaydi.
Dalaga emas, qogozga. Keyin mollar falon tonna joxori yedi, deb
malumot yoziladi. Qogozga shunaqangi kop makka ekiladiki,
308
hammasini esa sigir tugul filning ham qorni yorilib ketardi. Ammo
sigirning tili yoq. Yemadim deyolmaydi. Makka orniga tagin paxta
ekiladi. Qogozda makka, aslida paxta, togrimi?
Bilmayman, dedim tongillab.
Ozingiz qishloqda turib, uzumni shahardan sotib olasiz!
Ichimdagi gaplarni kozimdan uqib olayapti-ku bu!
E, bilmayman, dedim teskari qarab.
Endi turib ketmoqchi edim u qolimdan tutdi.
Shoshmang! dedi sekin. Sekin gapirsayam ovozi
shunaqangi hokimona ediki, esankirab qoldim. Qoshoqjon!
bu safar u kozimga iltijo bilan termulgandek boldi.
Gektaridan ellik bir sentnerdan olganingiz togrimi?
Bilmayman!
Nega bilmaysiz, gazetada chiqdi-ku, axir!
Gazetada chiqqan bolsa, bundan chiqdi, olganmiz!
dedim zarda bilan.
Bu yil ellik uch sentnerdan olmoqchisiz, shunaqami?
Olamiz, ishonmasangiz Rais buvadan sorang!
Rais buvani qoya turing, u yelkamga dostona qol
tashladi. (Qarang, yana avrayapti). Men sizga aytaymi,
Qoshoqjon! Akademiyaning tajriba uchastkasida ham bunaqa
olish amrimahol. Siz olgansiz. Qandoq qilib?
Bilmayman!
Otgan mavsumda bir mashinada uch yuz ellik tonna paxta
tergansiz.
Òerganman! Qutuldimmi?
Unaqa bolsa, ikki yuzta hasharchini nega salkam uch oy
ushlab turdinglar? igvogar kuldi. Juda xunuk kularkan. Basharasi
xuddi yiglayotgan odamga oxshaydi. Bitta mashinada ikki yuz
ellik tonnadan ortiq paxta terib bolmaydi, ukajon! dedi
yalingudek bolib.
E, boring, men sizning ukangiz emasman! dedim jonim
chiqib, Òinch qoyasizmi-yoqmi odamni!
Bopti, boravering, u hafsalasi pir bolib, yuzini ogirdi.
Hayronman, negadir oldidan ketgim kelmasdi. Jodu qilib qoygani
shudir-da!
Qoshoqjon! dedi bir mahal boshini chayqab. Bilaman,
sizlarning kolxozda qoshimcha maydon kam. Lekin maydon bir
emas, ikki hissa kop bolganda ham gektaridan ellik uch
309
sentnerdan hosil olib bolmaydi... Bir narsa sorasam, konglingizga
kelmaydimi? Faqat rostini ayting: mana, gazetalarda sizni maqtab
chiqishadi. Ellik sentnerchi deyishadi. Shunga ozingiz
xursandmisiz?
Bilmayman!
Kechalari yaxshi uxlaysizmi?
Nima balo, jodugarmi bu? Hali Nargisxonni sevib qolganim-
niyam aytib berar!
Bir yarim oydan oshdi: mijja qoqmayman, dedim xorsinib.
Ana! u quvonib ketdi. Nima, siz odamlarni kor deb
oylaysizmi? dedi hayajonlanib. Eng yomoni shuki, odamlar
sizga ishonmaydi. Qalbaki mashalligingizni biladi. Siz, hammani
kor deb oylaysiz-u, aslida ozingiz korsiz!
Nima? sapchib ornimdan turib ketdim. Igvogar
bolsangiz ozingizga! Ammo odamni haqorat qilmang!
Kechirasiz... Uzr, u yana yuzini ogirdi. Brigadan-
gizda qancha odam bor?
Bilmayman! dedim jahl bilan.
Qiziq, brigadir, oz azolarining sonini bilmasa!
Bilaman! dedim yer tepinib. On bir kishi! Qutuldim-
mi yo familiyasiniyam aytaymi?
Nega endi igvogar hayratlanib yelkasini uchirdi.
Brigadangizda ottiz ikki kishi ishlaydi-ku!
Voy iblis-ey! Voy yaramas-ey! Endi tuhmat qilishga otdimi?
Hov! dedim bogilib. Yana bir ogiz gapirsang...
U pinagini buzmadi.
Hammasini bilaman, Qoshoqjon! Mehnatni siz qilasiz,
huzurini ular koradi! Rais, boshbux, ekonomist... Bular uzoqda
otrigan «aka»larining ogziga qarab turadi. Besh million tonna
sorasa, olti million beramiz, deb keriladi. Gektaridan qirq
sentnerdan hosil olgin, desa oltmish sentner olaman, deb ogiz
kopirtiradi! Umrida paxtazorga kirmagan odam paxtani qayoq-
dan bilsin? Paxtakorning mehnati olimdan qiyinligini qayoqdan
bilsin?! Ularga paxtakorning ozi kerakmas. Paxta kerak. Bular
bolsa, ularning konglini ovlab mansabga erishadi, orden oladi.
Jaraq-jaraq pul ishlaydi.
Rostini aytsam, igvogarning bittayam gapiga tushunmadim.
«Ular» degani kim, «bulari» kim? Igvogar bolsa hamon xira
pashshadek gingillab yotibdi.
310
Ahvol shunday ketaversa, bilasizmi, oxiri nima boladi?
Bilmayman! dedim jonim xalqumimga kelib.
Bilmayman!
U birpas jim qoldi-da kozimga tikandek qadalib soradi:
On kun avval bir yuz sakson yetti som maosh oldingiz,
togrimi?
Nima? Yana qanaqa gavgo boshlamoqchi bu?
Bultur kuzda olti yarim ming som daromad qilgansiz.
Brigadangiz azolari ortacha tort ming somdan...
Bu yogiga chidolmay qoldim. Bu qandoq bedodlik! Nega
tuxmat qiladi! Otgan yili «gadovoy»da yuz on som olganman.
Bor-yogi yuz on som! Qirq uch som maosh olganimga uch
oydan oshdi. Nimaga tuhmat qiladi bu ablah!
Yoqol! yoqasiga qoshqollab chang soldim. Boyni
chumchuqnikidek ingichkagina ekan-ku, ikki qollab bogib
otiribman. Bitta qolimning oziyam yetib ortib qolarkan-ku!
Xo, ablah, dedim alam bilan. Shuncha pulim bolsa, allaqa-
chon uylanib olardim! «Nargisxonga» degim keldi-yu, tilim
bormadi. Nega tuhmat qilasan, nomard! Nega haqorat qilasan,
odamni, igvogar!
Hushim joyiga kelib, mundoq qarasam, bechorani yuzi kesak
bolib ketibdi. Labining ikki chetidan kokimtir solak oqayapti.
Qolimni boshatishim bilan shilq etib yonboshga yiqildi. Yotgan
joyida oyoq-qoli baravar silkina boshladi. Otakam yorilib ketdi,
bir bechorani oldirib qoydim shekilli! Yugurib bordim-u,
hovuzdan doppimga suv toldirib kelib, yuziga sepdim.
Igvogar inqillab kozini ochdi.
Suv! dedi ingrab.
Chopqillab borib, yana doppimni tolatib keldim. U uch-
tort qultum ichdi-da, negadir labi titrab iljaydi.
Bilardim, dedi inqillab, halol yigitligingni bilardim,
uka. Rahmat, Salim aka seni odam qilib tarbiyalagan ekan.
Qiziq, men uni olar holatga solsam-u, bu rahmat desa. E, ol,
igvogar bolmay! Doppimga tagin suv toldirish uchun hovuzga
talpingan edim, orqa tomonda motor gurilladi. Chonqayib otirgan
koyi qoltigim ostidan qarasam, Rais buvaning «Niva»si chang-
tozon kotarib, shiypon oldiga kelib toxtadi. Rais buva eshikni
qarsillatib yopib, tushdi-da, shiyponda hud-behud bolib yotgan
igvogarni korib negadir iljaydi.
311
Bahay, tinchlikmi? dedi menga qarab.
Bilmayman! Hech nimani bilmayman! shunday deb hovuz
tomon ogirilgan edimki, ong tomondagi eshik ochilganini,
mashinadan... kalta yengli guldor koylak kiygan, sochini bitta
qilib orib orqasiga tashlab olgan Nargisxon tushib kelayotganini
kordim. Doppimni hovuzga uloqtirib, oldiga chopib bordim.
Shiypon tomondan Rais buvaning kinoyali ovozi keldi.
Iya, ha, ortoq «yozuvchi?» Nima gap?..
Hech nima...
Giybatchining jazosi shu boladi, Ergashið!
Nargisxon avval shiyponda bir holatda otirgan igvogarga,
keyin Rais buvaga, keyin menga qaradi. Dilimdagilarni hozir
aytmasam, boshqa qulay fursat topilmasligini bilib, tutila-tutila
gap boshladim.
Nargisxon! Bilasizmi?..
U hayratlangandek yuzimga tikildi. Negadir qorayib, ozib
ketibdi. Ishi kop-da bechoraning.
Nargisxon... Men... men sizni kop izladim, dedim
mingillab. Idoraga bordim... On yetti marta. Uyingizga bor-
dim. Ottiz marta... Òulporim bilan... Qopogon itingiz bor ekan...
U avval quvongandek boldi, keyin, negadir qovogni soldi.
Kerakmas, dedi labini tishlab.
Nega?
Reks chindan ham qopogon...
Qopsa qopaversin! Yeb qoysayam mayli. Menga baribir.
Nargis endi jilmaygan edi, lanati Rais buva yana gapning
beliga tepdi.
Qani, jonab qol-chi, Ergaship! dedi ovozi gumburlab.
Òinchidingmi, endi?
Igvogar gandiraklabroq uch-tort qadam bosdi-da, negadir
mening yonimga keldi. Qolimni qattiq siqdi.
Xayr! sal nariroqqa bordi-da, orqasiga qaradi.
Òinchiganim yoq! dedi yiglagudek iljayib. Òoki vijdonim
tirik ekan, tinchimayman!
Uning gapi bu qulogimdan kirib, unisidan chiqib ketdi. Qasdi
bolsa Rais buva bilan olishaversin! Menga nima? Menga Nargis
kerak!
Nargisxon! shunaqangi chuqur xorsindimki, bir yarim
oydan beri ichimda qizib yotgan olov lovullab ketdi. Ovozim shu
312
qadar ingrab chiqdiki, Nargisxon yonib ketishdan qorqdimi, lip
etib ozini «Niva» ichiga urdi.
Obbo azamat-ey! Rais buva yelkamga shapatilaganida
ham ikki kozimni Nargisxon kirib ketgan mashinadan uzmadim.
Obbo turxor-ey! Rais buva qoltigimdan olib tol tagiga
sudradi. Ergashib boryapman-u, kozim mashinada. Nargis orqa
orindiqda otiribdi. Biz tomonga qaramaydiyam.
Voy tutxor-ey! Ammo boplading, igvogarni! Bir yola
oldirib qoya qolmading-da! Uzoqdan korib turuvdim! Oziniyam
mushuk boladay ezgilading. Malades! Rais buva mashina
tomonga tezgina qarab oldi. Hammasi tushunarli, dedi
yelkamga tagin shapatilab. Diding chakkimas, tutxor! U
bir lahza oylanib qoldi. Peshonasi tirishdi. Jorangdan umid
yoq! dedi salmoqlanib, oqishini biritib kelsa, uylantiraman,
deb yuruvdim, osha yoqlarda qolib ketdi. Bilmadim, bu yogi
nima boladi. Esingdami hov birda men senga otalik qilaman
degandim. Osha gapim gap! Òoy qilamiz... dedi tosatdan.
Anchadan beri sezib yuribman. Bilaman, yaxshi korasan, shu
qizni... Ozim sovchilik qilaman. U bir zum ikkilangan koyi
jimib qoldi. Òogri, Jovli Mengliyevichlar katta dargoh. Ammo
men ortaga tushsam, ging deyolmaydi. Qolni tashla, tutxor!
Senga otalik qilganim bolsin! Bir oy ichida toyingni otkazmagan
nomard!
Mashina chang-tozon kotarib kozdan goyib bolganidan
keyingina hushim joyiga keldi. Nima dedi Rais buva? «Shu qizni
oberaman» dedimi! «Bir oy ichida toy qilamiz» dedimi! Nahotki?
Nahot shu gap rost bolsa!
Òolga boglogliq turgan Òulporim ham Rais buvaning gapini
tushundimi, ozining yoshligini esladimi, quloqlari dikkayib,
irgishlay ketdi.
Eshitdingmi, oshna! dedim Òulporimning boynidan
quchoqlab. Rais buvaning gapini eshitdingmi?
Kozimga tikilib turib, xuddi folbindek dilimdagi gaplarni aytib
bergan igvogar ham, uch oydan beri maosh olmaganim ham
paqqos esimdan chiqib ketdi. Koz ongimda Nargisxonu,
qulogimda Rais buvaning gapi: «Bir oy ichida toyingni
otkazmagan nomard!»
Kechgacha shunaqangi gayrat bilan ishladimki, traktorimni
chiyillatib yubordim!
313
On beshinchi bob
RAIS BUVA OÒALIK QILMOQCHI
Bugun kolxoz idorasida majlis boldi. Juda katta majlis. Hatto
Raykom buva ham, xloppunktda yarim kechasi yigilish bolganida
qatnashgan semiz kishi obkom vakili ham keldi. Xop antiqa
gaplar aytildi. Shoshmang, majlis-ku, oz yoliga! Avval akang
qaragayning hayotida roy bergan baxtli voqealarni aytmasam,
paq etib yorilib ketaman. Uvolimga qolasiz!
Oshanda Rais buva senga ozim sovchilik qilaman deganida,
harchand quvonmay, kopam ishongim kelmagandi. Buyam pat-
pat olib beraman, degan gapdek bolsa kerak-da, deb oylagan
edim. Buni qarangki, indiniga yarim kechasi uyga kelsam,
(Òulporim bilan lokillab tagin «Lolazor»ga borgandik), hovlimiz
gul-gul ochilib ketibdi. Suvlar sepilgan, hammayoq chinni-chiroq
qilib supurilgan... Radio varanglab «Uchquduq»ni aytib yotibdi.
Oshxonada singlim Mavju osh damlayapti. Jiyanchamni kotarib
olgan onam meni kamida on yil kormagandek quchoqlab,
bagriga bosdi. Jiyancham fursatdan foydalanib burnimga chang
soldi. (Bodring deb oyladi shekilli, shunaqangi kuch bilan tortdiki,
uzib olishiga bir bahya qoldi). Burun achishganiga parvo qilmay,
jiyanchani opib erkalatdik. Shirin bolada, oziyam.
Baxting ochildi, oglim! dedi onam negadir opkasi
tolib. Peshonang yaraqlagan yigit ekansan. Òezroq kir,
pochchangga salom ber!
Hayron boldim.
Qanaqa pochcha?
Mavjuning eri-da! Sendan bir yosh katta-ku, pochcha
boladi-da, bolam!
Yoshi katta bolsa oziga! Birinchidan u opamning emas,
singlimning eri! Demak kuyov! Ikkinchidan, Juni urganda olasi
qilib dopposlaganimdan beri gaplashmaymiz. Qolaversa, keyingi
ikki yilda bittayam zapchast bermadi. Shunga salom berishim
kerakmi, endi?
Onam ikkilanib turganimni sezdi. Yelkamga qoqdi.
Kira qol, jon bolam. Pochchang xushxablar obkeldi.
Peshindan beri kutib otiribdi.
314
Ayvonga chiqib etik yechayotsam, ichkarida gungur-gungur
suhbat! «Nargisxon!, «Jovli Mengliyevich», «Raypo» degan sozlar
qulogimga chalindi... Bir gap bor shekilli...
Eshikdan kirishim bilan xontaxta torida otirgan kuyov dik
etib ornidan turdi. (Avvallari shimining dazmoli buzilishidan
qorqib stulda otirardi. Yoq, bu safar lola bolishga yonboshla-
gancha dadam bilan bemalol chaqchaqlashyapti).
Qani, suyunchini chozing, kuyovtora! dedi shangillab.
Jinday «otib olgan» shekilli, quchoqlashib korishdi. Dimogimga
achimsiq hid urildi. Shu dardingiz bor ekan, boshda aytmay-
sizmi, Qoshoqjon! Biz sizga begonami?
Nima? dedim garangsib.
Qarang, tagin ozini gollikka soladi, amaki! (dadamni
«amaki» deydi), Qoshoqjon balo, amaki, Nargisxondek qizning
boshini aylantirib qoyibdi. Òoyni yurishtirib yubordik, kuyovtora!
Rostdanmi? uyda dadam otirgani ham paqqos esimdan
chiqib ketdi. Kuyovning terlab turgan yuzidan cholpillatib opib
oldim.
U iljayib joyiga borib otirdi.
Kordingizmi? dedi dadamga. Jigaridan urgan. Ammo
oziyam zor joyga quda boladigan boldingizda, amaki.
Uyalgan kishi bolib, poygakka chonqaydim.
Choy bormi? dedim odob bilan.
E, choyni qoysang-chi, zor! kuyovning qip-qizil yuzi
yalpayib ketdi. Otkirrogidan olib ke! dedi dilkashlik bilan
shangillab.
Otamga qarasam, qovogi soliq. Lunji uchay-uchay deyapti-
yu, ozini tiyib otiribdi.
Quda bilan maqtanadigan odatim yoq, dedi tongillab.
Iye, qiziqmisiz, amaki, kuyov yana shangilladi.
Oglingizning boshiga baxt qushi qonib turibdi-yu, siz noz
qilasizmi? Otasi raypo bolsa, togasi kimsan Jovli Mengliyevich
bolsa...
Dadamning lunji uchdi.
Menga nima? dedi chimirilib. Rayposiyam,
priyomchigiyam bir gor!
Nima? Dadam qanaqa ozi? Qachon qarasa, yolimga toganoq
boladi! Endi otamning qaysarligi deb Nargisxondan quruq qolishim
kerakmi? Bekorlarni beshtasini aytibdi! Shunaqa qilsa...
315
Oylab gapiryapsizmi? dedi kuyov ham ranjib. Nima
qilasiz, pishib turgan oshni lanj qilib... Aytdim-ku, kecha Rais
bova meni idoraga chaqirib hammasini tushuntirdi. Ochigini
aytsam, shu qizni ozim kelin qilmoqchi edim, Shodivoy nobakor
bola chiqdi, dedi. Qoshoqvoyni ham oz oglimdek yaxshi
koraman. Òoshkentga oborib oqishga joylashtirolmaganimdan
hamon uyalib yuraman, qaytaga Shodivoy emas, shu bola oqib
kelsa koproq foydasi tegardi, dedi. Endi shu qiz begonaga
ketmasin, deyman, dedi, amaki! Rais bova ortaga tushmaganida
qudangiz siz tugul raykomgayam eshigini ochmasdi.
Xuddi osha Rais bovaning ortaga tushgani yoqmay
turibdi, dadam qaysarlik bilan yuzini ogirdi.
Onam dadamning felini bilgani uchunmi yo xuddi shu gapni
kutib, eshikda poylab turgan ekanmi, jiyanchamni kotargancha
shaxd bilan kirib keldi. Òosatdan shunaqangi shovqin soldiki,
qolidagi jiyancham chinqirib yiglab yubordi.
Qanaqa otasiz, ozi? Shundoq odamlar gunchadek qizini
dala dumbul oglingizga beraman desa! Rais bovadek kishi...
u chirillab yiglayotgan bolani kuyovga uzatdi. Ushlab turing.
Rais bovaday kishi ortaga tushsa! Jovli akadek odam raisning
yuzidan otolmay xop desa, tagin nima nozingiz bor. Notavon
kongilga qotir jomashov!
Shuni ayting! kuyov hamon yiglayotgan ogilchasini
ovutishga urindi. Boldi, ulim, boldi... otamga yuzlanib,
oshqirdi. U qizga kimlar xaridor bolganini bilasizmi?
Raymilisiyaning nachalnigi ogliga soragan. Glavvrach ukasiga
soratgan. Nima qilaylik, qiz oglingizga kongil qoyibdi. Shuning
ozi Qoshoqjonning omadi chopgani emasmi?
Nima? Nima dedi kuyov? Bundan chiqdi, Nargisxonning
oziyam... Shartta ornimdan turib, kuyovni belidan kotarib besh-
olti marta chirpirak qilib aylantirmoqchi edim, onam tosatdan
yiglab yubordi.
Xarajatidan qochayotgan bolsangiz mayli! dedi rostmana
xongrab. Xudoga shukur. Ukam bor! Jiyaningni toyiga bittagina
xokiz, torttagina qoy toyana qil desam, boyin tovlamas.
Qalin puli bizdan! kuyov sal ikkilanibroq turdi-da, qoshib
qoydi. Bilaman, sizni qolingiz qisqaroq. Pensiyadagi odamsiz,
lekin xayrli ishni chozib bolmaydi... Mayli, ichkilikniyam bir
chekkasini kotarishib yuboramiz. Begona emasmiz-ku, axir...
316
Ikki yosh bir-biriga kongil qoygan bolsa...
Ana! onam endi yiglamay qoydi. Ovozi yanayam
dadillashdi. Bitta oglingiz uchun uzatgan oyogingizni yig-
may qoya qoling!
Malades, ozimizning onamiz! Bormisiz, enajon!
Siz ertaga sovchilikka boravering! dedi kuyov onamga
qarab. Bir borishda kelin tomon non sindirmasa, biz kafil!
Dadam lunji uchib-uchib otirdi-da, «bilmadim-ov», deb qoydi.
Bu uning rozi bolgani edi. Xayriyat, ancha yengil tortdim.
Keyingi voqealarni xuddi tushimda korayotgandek boldim.
Kuyov rost aytgan ekan. Onam birinchi borishida kelin tomon
non ushatishibdi. Keyin akang qaragayning, yani kuyovtoraning
noni sindirildi. Bundan chiqdi, tamom! Nargisxon endi bizning
jufti halolimiz! Dadam ham shundoq odamlarga quda
bolayotganiga ishondi: hovli devorining kamgak jolariga guvala
bosib, qaytadan somon suvoq qilishga kirishdi.
Bundan ortiq baxt bormi odamga! Rais buvaning yaxshiligini
nima bilan qaytaray! Shodivoy shundoq otasini xafa qilib yuribdi.
Òoyni eson-omon otkazib olaylik, joramni izlab Òoshkentga
boraman, topib aytaman, «sen Shodi ahmoq ekansan» deyman.
«Dadang tillo odam, xafa qilma, tezroq qishloqqa bor, seniyam
uylab qoyadi» deyman! (Albatta, Nargisxonni unga moljallagani-
yu, akang qaragay ilib ketganini aytmayman. Nima qilaman xafa
qilib, joramni!)
Qarang, shu paytgacha kuyovimizniyam bilmagan ekanman-
da. Yigitning mardi shu ekan-ku!
Òogamni aytmaysizmi! Oyim qudanikida non sindirib kelgan
kunning ertasiga eshigimiz oldida «ZIL» mashina voshillab toxtadi.
Kabinadan togam tushib, mashina orqasiga zingillab otdi.
Bortni ochishib yubor, jiyan! dedi iljayib. Qarasam,
mashina ustida filday buqa kondalang turibdi. Qop-qora, shoxlari
qayrilib ketgan. Qontalash kozlari odamga oqrayib qaraydi.
Ehtiyot bol, dedi togam bortga chiqayotganimda.
Suzongich ekan ukkakor! Oziyam bir qop pulga tushdi.
Aslida-ku, bizning taomilda qiz tomonga xokiz emas,
ottiztami-qirqtami qoy yuboriladi. Rais buva otamning qoli
qisqaligini bilgani uchun Jovli Mengliyevichga shiðshib qoygan-
mi, xullas, qudalarni bittagina buqa, besh-olti qoyga kondiribdi.
Kiroyi kelinnikiga yuboriladigan bolganidan keyin shunaqa
317
gijinglab turadigan buqa yaxshi-da! Bizni suzib bopti! Bort chetiga
chandilab boglangan arqonni yechib, sakrab tushdim-da, pastdan
turib tortdim. Buqa erinibroq yerga tushdi. Òoyib pivo ichgan
odamdek ogzidan solak oqib, chayqalib-chayqalib, uch tort
qadam bosdi. Mastmi, nima balo?
Eshikdan kirguncha indamay kelayotgan edi. Keyin nima jin
urdi, bilmayman! Bir mahal qalin lablari bilan yerni iskab, tahdidli
ovozda «moo» deb okirdi-yu, nayzadek shoxlarini naqd
qornimga togrilagancha tashlanib qoldi! Òogamning yelkasiga
qoqib nuqul duo qilayotgan onam chinqirib yubordi!
Qoch! Oldiradi! Voy shorim.
Onamning maslahatisiz ham arqonni tashlab, allaqachon juftak
rostlab qolgan edim. Qancha tez qochsam, buqa lanatiyam
ketimdan shuncha tez yuguradi. Hayvonda, hayvon! Qadamidan
yer titraydi. Hovlini uch marta aylanib chiqdik. Jon holatda yugurib
borib, burchakda uyib qoyilgan gozapoya ustiga chiqib ketibman.
Boshini quyi solib kelayotgan buqa, moljalni xatoroq oldi, shekilli,
kuchi boricha tandirga kalla urdi. Boshini golibona kotargan edi,
shoxiga tandir ilashib chiqdi. Shorlik boshini uyoqqa silkitadi
buyoqqa silkitadi, qani tandirdan qutulsa! Gazab bilan moragancha
dumini xoda qilib yugurdi! Boshi tandir ichida qolib yolni
topolmagani uchunmi, shu ketgancha shataloq otib bordi-yu,
tomorqa tomondagi devorga urildi. Gurs etgan ovozdan hammayoq
zirillab ketdi. Buqaning boshiga ilashib qolgan tandir uvalanib yerga
tokildi. Buqa orqaga tisarilib, uvvalo chiranadi, qani qimirlatsa!
Gozapoya ustida otirib, qorqa-pisa razm solsam, ikkala shoxi
yangidan guvala bosib suvalgan devorga sanchilib qopti! Ol, bu
kuningdan, battar bol! Òogam, dadam, men uchovlashib, ikki
shoxiga, boyniga arqon solib, molxonaga kirgizib qoydik. Eson-
omon kelin tomonga jonatib yuborsak boldi. Pishirib eydimi,
xomligicha eydimi, ozlari biladi!
Òoy taraddudi qizib ketdi. Singlim har kuni enam bilan
raysentrga yuguradi. Kelinga sarpo-suriq, korpa qavitish, balo-
battar degan gaplar bor, axir!
Faqat Nargisxon kamnamo bop ketdi. Kunora idora oldiga
boraman, derazadan manishka chiqillashiyam eshitilmay qoldi.
Mayli, kelin degan kuyov bilan elburutdan yetaklashib yursa uyat
boladi. Kopi ketib, ozi qoldi. Ikki haftadan keyin toy!
Siz tomonlarda qanaqa bilmadim-u, bizda toylar nuqul qishda
318
boladi. Òogri-da, toy bolgandan keyin odamlar yayrashi
kerakmi? Kerak! Bizning odamlar onda-sonda ichadi. Ammo bir
ichsa hurmachasi yorilib ketguncha ichadi. Bundan chiqdi, ertasiga
ishga chiqolmaydi. Shuning uchun toylar qishda, xotirjam pallada
qilinadi. Menga qolganda Rais buva tagin bir otalik qildi.
Nargisxon ikkalamiz Layli Majnun bolib yurganimizni tushunib,
toyni yozda otkazishimizga rozilik berdi. Rozilik berdimas, ozi
bosh-qosh bolyapti. Har korganda «qalay, tutxor, kamchiliklar
yoqmi?» deb sorab qoyadi. Hatto bugungi majlisdan keyin ham
shuni soradi. Umuman, bugun umrimdagi eng baxtli kun boldi.
Òogrisi, majlisdagi gaplarga quloq ham solmadim. Eng yaxshisi
shu boldiki... aytaveraymi? Bugun... bugun meni Nargisxon opdi.
Ozi opdi. Birinchi bolib!
Majlis ertalab soat onlarda boshlandi. Uzoqdagi brigadalardan
ham kolxozchilar olib kelingan, shekilli, idora oldida yuk
mashinalari, telejkalar tirband. Ishonasizmi, birinchi qavatdagi
zalga odamlar tiqilib ketdi. Orqaroq qatorda biz ham otiribmiz.
Sahna yop-yorug. Havorang movut qoplangan stolga atirgullar
qoyilgan...
Sahnaga Rais buva, Raykom buva, semiz kishi obkom
vakili, melisanikiga oxshagan forma kiygan bir odam, men
tanimaydigan yana besh-olti kishi chiqishdi. Orasida ukkikoz
Jovli akam ham bor. E, tilimga tirsak chiqsin! Nega endi ukkikoz
bolarkan. Kozlari bip-binoyi. Yuziyam chip-chiroyli. Boshini
yelkasiga tortayotgani yoq. Bir odamda husn bolsa shunchalik
boladi-da!
Hammayoq qarsakvozlik bolib ketdi. Shunda... tosatdan
yuragim qinidan chiqib ketay dedi. Sapchib ornimdan turgan
edim, orqamda otirgan Chori etagimdan tortdi.
Otir-e, terak!
Nega otirarkanman! Axir sahnaga Nargis chiqyaptiku! Egnida
atlas koylak, boshyalang. Sochini turmaklab olgan. Òomogim
quruqshab, nafas ololmay qoldim.
Ortoqlar! dedi Rais buva. Ortoq kolxozchilar!
Bilamiz, hozir dalada ish kop. Sizlarning qimmatli vaqtlaringizni
olib, bu yerga yigishdan murod shuki, keyingi paytlarda
rayonimizda Ergashið degan bir «yozuvchi» paydo bolgan edi.
Osha igvogar ishimizga kop halal berdi. Elni buzishga urindi.
Qani, qayoqqacha borarkin deb qoyib berdik. Osha ablah...
319
Rais buvaning ovozi qahrli tus oldi. Siz hurmatli kolxozchilar-
ning yutugini kamsitmoqchi boldi. Hammamizga magzava sepdi.
Ammo haq joyida qaror topmay qoymaydi. Viloyat, tuman
tashkilotlari bu ishga aralashib, oq-qorani ajratdi. Bugun tuman
gazetamizda Ergashipning postagini qoqadigan feleton chiqdi.
Ana, ozlaring eshitinglar, Rais buva tosatdan Nargisxonga
burildi. Ortoq Qoshshayeva, marhamat qilib feletonni oqib
bering! Odamlar qora kolankaning kimligini bir bilib qoysin!
Nargisxon sahnadagi stol burchagidan ohista turib, minbar
tomon yura boshladi. Jimjit zalda keliningizning muborak
poshnalari qars-qurs etib turibdi. Bizning yurak gurs-gurs etadi.
Nargisxon minbarga chiqib, gazeta qatini ochdi.
«Qora kolanka», dedi jarangdor tovushda. Qongiroq-
dek ovozlaringdan akang aylansin! Muncha shirinsan! Muncha
chiroylisan! Muncha aqllisan, Nargisxon! Muncha baxtlisan,
Qoshovoy! Nimaga yuraging tars yorilib ketmaydi, xumpar!
Hushimni yigib olgunimcha Nargisxon feletonning yarmini
oqib bopti.
«Yutuqlarimizni korolmaydigan, har yaxshidan bir yomon
izlaydigan, jamiyatimizga dog tushurayotgan bunaqa kolankalar
bizga yot!» dedi u oqishda davom etib.
Qiziq, negadir igvogarga rahmim keldi. Igvogarmi,
giybatchimi, baribir yaxshi odam edi. Masalan, men eshakdek
ishlab xemiri ololmayapganimini osha aytuvdi-ku! Xloppunktga,
paxta orniga pul topshirishadi, deganiyam rost bolsa-chi! Hov,
oshanda, yarim kechasi paxta punktida majlis bolganida Shaydul
kassirning papkasini tushirib qoldirganimda nega bunchalik
tipirchiladi? Balki... papkada... Yoq, juda kerakli hujjatlar dedi-
ku!
Nargisxonning jarangdor ovozi hayolimni chilparchin qilib
yubordi.
Biz mehnat qilyapmiz. Halol, fidokorona ishlayapmiz.
Yutuqlarimizni korolmaydigan Ergashev degan qora yurak esa...
Ovozlaringdan ozim orgilay. Biyron tillaringdan akang
aylansin. Nahotki mana shu farishta mening jufti halolim bolsa!
Nahot uning shahlo kozlari, bejirim hindu xoli meniki bolsa!
Nargisxon gazetani oqib bolib, Rais buvaga uzatdi-da, joyiga
borib otirdi. Jon holatda qarsak chalib yubordim. Boshqalar ham
jor boldi.
320
Qani, kim gapiradi? dedi Rais buva ornidan turib.
Mumkinmi? Raykom buvaning yonida otirgan Jovli
aka qolini baland kotardi.
Marhamat! Soz mejrayonniy xloppunkt priyomchigi Joyli
Mengliyevichga!
Men ahmoq, Jovli aka, qarindoshim Jovli akaning kozlari
shunaqangi chiroyliligini avval nega payqamabman-a? Qarang!
Kozlari shunaqayam mehribon boqadi odamga, shunaqayam
suzilib ketadi.
Doslar! dedi u kulimsirab.Ergashev butun tuman,
qolaversa, butun bayroqdor viloyatimizni salkam ikki yildan beri
ovorai sarson qiladi. Mana feletondan korinib turibdiki, u
borib turgan igvogor ekan! Menimcha, Ergashev nenormalniy
odam. Uni jinnixonaga topshirish kerak. Biz...
Jovli aka endi gapning yogli joyiga kelganda, Raykom buva
stolni shapatiladi.
Yoq! dedi hayqirib. Ergashev jinni emas!
Joyli aka nima qilishini bilmay qoldi. Yaxshiyam Rais buva
bor ekan. Darrov Raykov buvaga soz berib qoya qoldi.
Soz hammamiz uchun hurmatli Raykov bovaga.
Raykom buva minbarga chiqmadi. Òurgan joyida gapini davom
ettirdi.
Bir latifa bor, eshitganmisizlar? Bir odam tegirmonga kirib,
nuqul boshqalarning qopidagi unni hovuchlab-hovuchlab ozining
qopiga solayotganmish. Òegirmonchi sorabdi. «Sen kimsan, nima
qilayapsan?» desa, boyagi odam «Men jinniman» debdi.
Òegirmonchi aytibdi: «Jinni bolsang, nega ozingni qopingdagi
unni boshqalarnikiga solmaysan» desa, boyagi aytarmish: «Men
jinniman, lekin ahmoq emasman» dermish!
Zalda kulgi yangradi. Òogrirogi, eng avval Rais buva kuldi.
Ergashev oshanaqa aqlli jinnilardan.
Raykom buvaning tomogidagi shaftoli danagidek uchburchak
bagbaqasi liqillab ketdi.
U bizning yutugimizni korolmaydi. Òogrimi? dedi u
semiz kishiga obkom vakiliga burilib.
Semiz kishi harsillab-gursillab ornidan turdi. Minbarga borishga
erindi shekilli, bu ham turgan joyida gapirib qoya qoldi.
Ergashev faqat «Mashal»ga emas, boshqa xojaliklarga ham
tuhmat qilgan, dedi suv tiqilgan surnaydek giyqillab. Faqat
321
sizning tumanga emas, boshqalarga ham borgan. Faqat
paxtachilikni emas, chorvani ham ozicha «taftish» qilgan.
Òuvri! birinchi qatordan asabiy tovush eshitildi.
Òanidim, ferma toganing ovozi.
Òuvri, dedi u baqirib. Fermaga borib, tozza boshimni
ovritdi. Juz sovliqdan juz toqson jetti qozi oldiq, desam ozingiz
qoshilib tuvdigizmi deydi, uying qurgur!
Boyadan beri suv quygandek jim turgan zal qahqahadan portlab
ketgandek boldi. Negadir obkom vakili aqalli jilmayib ham
qoymadi.
Nega kulasanlar? ortaroq qatorda otirgan Shaydul kassir
ornidan sapchib turib, qolini paxsa qildi. Allaqanday bir
galamis pok odamlarning yuziga loy chaplasa, shu kuladigan
gapmi?
Zalga sekin-sekin jimlik chokdi.
Gap shu! dedi obkom vakili giyqillab. Ergashevning
ishini prokuraturaga oshirishga majbur boldik. Oziga ozi jabr
qildi. Oilasi ham bezor bolgan ekan. Xotini bilan suhbatlashdik.
Anchadan buyon ajrashmoqchi bolib yurardim-u, ikki bolamni
kozim qiymasdi, dedi. U bir zum jimib qoldi-da, tahdid aralash
soradi. Qani ortoqlar! Sizlarning orangizdayam shunaqa
«Yozuvchilar» bormi? Marhamat! Hamma sharoitni yaratib
beramiz. Markaz joylarga bormoqchi bolsa, qoliga samolyot
biletiniyam olib beramiz! Gastinisalrga bronniyam togrilaymiz.
Bormi, shunaqa igvogar?!
Militsiyanikiga oxshaydigan formali odam otirgan joyida
miyigida kuldi:
Qorqmanglar. Pajalista! Rayon prokuraturasi Ergashevga
oxshaganlarni izlab yuribdi ozi...
Zalga galati jimlik chokdi.
Marhamat, qorqmanglar! dedi semiz kishi battar
giyqillab. Obkom bova bilan gaplashdik. Ergashevga
oxshaganlar bolsa, bemalol igvo qilaversin, dedilar. Bormi,
shunaqa mard?
Uzr! Rais buva xijolat chekib ornidan turdi.
«Mashal»liklar unaqa emas. Bizning odamlar halol! Elimiz
giybatlarga uchmaydi. Mana, masalan, Qoshoqjon Salimov! Bu
yil gektaridan ellik uch sentnerdan hosil olishga bel boglagan
ilgor brigadirimiz. Qayoqdasan, Qoshoqjon!
Meni chaqiryaptimi? Voy, men nima deyman? Òizzalarim
322
qaltirab ketdi.
Òursang-chi! orqamda otirgan Chori gardanimga
shunaqangi zarb bilan tushirdiki, gandiraklab ornimdan
turganimni ozim bilmay qoldim.
Qayoqdasan, Qoshoq! dedi rais buva alang-jalang bolib.
Bu yoqda! Chori bir hayqirgan edi, butun zal menga
qaradi. Sahnaga razm solsam, Nargisxon kozlari otdek yonib,
menga tikilib otiribdi.
Igvogar sening brigadangga ham borgan edi-a? dedi
Rais buva.
Bilmayman... dedim mingillab.
Chamamda, gapim ogzimdan chiqdi-yu, burnim eshitdi.
Osha ablah, Salimovning brigadasiga ham borgan, dedi
Rais buva stolda otirgan kattalarga yuzlanib. Shu halol
bolagayam tuhmat qilgan. Qoshoqjon malades yigit! Òuhmatga
chidolmay igvogarni bogib turganining ustiga borib qoldim.
Ajratib olmasam oldirib qoyardi. Òogrimi, Salimov!
Suv berayotgandim! dedim boynimga olib. Siz
borganda hushi joyiga keluvdi.
Ergashið senga tuhmat qildimi?
Qildi, dedim ovozimni baralla qoyib. Bultur gadovoyda
olti yarim ming som olgansan deydi. On kun ilgari bir yuz
sakson som maosh olding, deydi, nomard! Qani osha pul? Ozim
tort oydan beri...
Gapimni tugatolmadim. Qiyqiriq kulgu, qarsakdan qulogim
yorilib ketay dedi.
Jim! Òishe! Rais buva stolni mushtladi.
Òort oydan beri bir tiyin maosh olmagan bolsang... Panjini
aytmaysizmi? «Uylanaman deb qarzga botganman, maosh qachon
tegadi», deb boshimni qotiradi.
Boldi! Rais buva negadir asabiy bosh silkidi. Rahmat.
Òursunboy aka bolsa... dedim dilimdagi gap qolib
ketmasligi uchun shosha-pisha.
Boldi, tushunarli...
Oysara yangam...
Ochir-e! Rais buva kozlari olayib dagdaga qildi.
Otir!
Otirsak otiraveramiz-da! Gapiraman deb kozim uchib
turibdimi?
323
Kordinglarmi? Rais buva qoshini chimirdi. Ergaship
har xil kavarniy savollar bilan oddiy mehnatkashlarni chalgitmoq-
chi bolgan. Qarshi bolmasanglar menda bir taklif bor. Ergashiðga
oxshagan galamislarning qilmishiga javoban bir ish qilsak... Bultur
xojaligimiz boyicha gektariga qirq uch sentnerdan hosil kotargan
edik. Bu yilgi majburiyatimiz qirq besh sentner edi. Kelinglar,
hammamiz uchun hurmatli obkom bovaga, raykom bovaga kolxoz
boyicha gektaridan qirq sakkiz sentnerdan «oq oltin» olamiz
deb oshirilgan majburiyat qabul qilamiz! Qani, bitta qarsak bolsin,
ortoqlar!
Rais buvaning ozi birinchi bolib qarsak chaldi. Gayrat bilan
chaldi. Zaldagilar ham birin-ketin jor boldi... Boshqalarni
bilmadimu, men majlis tezroq tugay qolsin, degan umidda ong
kaftimni chap kaftimga urib qoya qoldim.
Òogri-da, majlis qancha tez bitsa, Nargisxon ham, men ham
shuncha tez qutulamiz. Qachondan beri kormadim, axir. Aqalli
bir ogiz gaplashib olay! Endi ozimniki-ku, Nargisxon!
Hamma ozini eshikka urdi. Men bolsam, sahnadan koz
uzmadim. Kattalar bitta-bitta sahna chetiga chiqib ketishdi. Faqat
Nargisxon qoldi. Sahnada u, zalda, men.
Nargiz? dedim baqirib.
Yoq, baqirmabman. Ovozim shivirlab chiqibdi. Ajab, u baribir
eshitdi. Yalt etib men tomonga qaradi-yu, sahna chetidagi
zinalardan tusha boshladi.
Qator turgan orindiqlarni taraqlatgancha osha tomonga
yugurdim. Zalning ortarogida ropara keldik.
Nargis... dedimu qolidan ushlashga juratim yetmadi.
Rozimisiz?
U kozimga tezgina qarab oldi.
Siz... dedi ovozi titrab. Siz yaxshi odamsiz!
Shunday dedi-yu, iyagimdan cholp etib opdi-da, sahna
tomonga chopqillab ketdi. Ong yuzim yonib ketgandek boldi.
Iyagimni silab korsam... Girt ahmoqman-da ozim! Kor-
maysizmi, bugun soqolimni olmagan ekanman! Nargisxon opgan
joy lovullagan koyi angrayib qolaverdim. Shu ish rostdan ham
ongimda boldimi? Nargis rostdan ham meni opdimi?
Yuragim qinidan chiqqudek bolib tashqariga otildim.
Rais buva fontan yonida turgan qora «Volga»ga mehmonlarni
324
otkazayotgan ekan. Odob saqlab kutib turdim.
«Volga» jonab ketgach, u yonimga keldi.
Obbo, guppi-ey! dedi bosh chayqab. Qovun tushirishin-
gga bir bahya qoldi-ku, tentak... Mayli ziyoni yoq, u yosh
yigitlardek koz qisdi. Qalay, kamchiliklar yoqmi? Qalliq
oyinga boryapsanmi? Nargisxon endi haloling-ku! Qachongacha
orgataman senga, tutxor?!
On oltinchi bob
«QALLIQ OYIN»
Biz eskilik sarqitlaridan qutulganmiz. Bir zamonlar «qalin»
degan gap bolarkan. Buni qarang-a, odam ozi sevgan qizni sotib
olsa! Borib turgan feodallikku, bu! «Sut puli» deyilsa, bu boshqa
gap! Ozingiz oylang: ona bechora qizchasi kokrakdan ariguncha
ozmuncha sut emizganmi? Qizchasini ostirib, qogozga orogliq
qanddek qilib kuyovning qoyniga sop qoygan onaning «sut puli»
olishga haqqi bormi axir! Bopti-da, nima deysiz tagin! (Dadam
faqat eskilik sarqitlariga emas, yangilikka ham qarshi odam-da,
ozi! Singlimni uzatayotganimizda «ona suti pulga sotilmaydi»
deb «sut haqi» olmagan. Onam bechora qancha xafa bolgandi,
oshanda).
Undan keyin... Avvallari kelinga kamida qirqta, bolmasa
saksonta koylak sovga qilinar ekan. Quda tomon koylaklarni
hamma korsin deb qator qilib osib qoyarkan. Buni qarang: kelin
saksonta koylakni nima qiladi? Har yili ikkitadan koylak kiyganda
ham shunchasini tozitguncha qirq yil otib, kampir bolib
qolmaydimi? Ustiga ustak semirishi bor, ozishi bor? Moda eskirishi
bor! Hozir bu sarqitdan ham qutulganmiz. Bor-yogi «toqqiz»
qilinadi. Yani toqqizta romol (orasida puxovoy romol ham,
yaponskiy sim romol ham bolishi shart), toqqizta sirga (yoqut
kozli, firuza kozli... Brilliant kozlisiyam teshib chiqmaydi).
Òoqqizta koylak (atlas, parcha, zamonaviyrogi bolsin desangiz
shifon, laylo, kupon), toqqiz juft tufli (baland poshnali, uyda
kiyadigan, kochada kiyadigan, hovli supurganda kiyadigan, kir
yuvganda kiyadigan), toqqizta paypoq, toqqizta uzuk, toqqizta...
yana nimaydi? Xullas, u yogi himmatingizga bogliq. Òogri-
da! Kelin degani ochilib-sochilib yurishi kerakmi, axir. Yo
uygayam, kochagayam bir xil kiyim kiysinmi?
325
Quda tomonga yuboriladigan ottiztami-qirqtami qoy (biz
oson qutuldik: bitta hokiz, bilan bor-yogi torttagina qoy berdik,
xolos) yuz kilomi-ikki yuz kilomi guruch, on-on besh qop un,
besh-on yashik ishkalad konfet, bir-ikki yashik choy, sabzi-
piyoz... Xullas, arzimagan narsalar. Nima, quda tomon hammasini
ozi yermidi. El oldiga dasturxon yozadi, mana, bizni kuyovni
korib qoyinglar, deydi.
Rais buva Sojida qizining tongich oglini toy qilganda
(uylantirish emas, ogil toyi qilganda) oz kozim bilan korgan-
man: toyxonaning qoq ortasidagi yuk mashinasi gurillab kirib
kelgan. Mashina ustiga ichkilik tola yashiklar taxlab qoyilgan
ekan. Òoyga kelganlar oz mavqeiga qarab, bir xillari bir yashik
konyakmi, bir xillari ikki yashik aroqmi, vinomi, mashinadan
ozi tushirib olib toyguncha ichgan edi... Biznikida qanaqa
bolishini yana oylab koramiz, hali orada «Rais chaqirdi» bor.
Buyam oziga xos odat. Òoy arafasida kolxozning eng aqlli, eng
dono kattalari toplanib, bir qarorga kelishi kerakmi, axir? Òoy
degani kengashsiz bolmaydi-ku, togrimi?!
Xullas, biz tomonlarda eskilik sarqitlari yoqotilgan. Faqat
bitta odat hamon bor. U ham bolsa «qalliq oyin». Afsus, shundoq
yaxshi udumimiz yoqolib ketyapti. Butun boshli viloyatimizning
nari borsa ikki-uch joyida saqlanib qolgan. Rostini aytaymi?
«Qalliq oyin» hech qanaqa «sarqit» emas! Menga qolsa, bu odatni
butun Ozbekistonga yoyish kerak!
«Qalliq oyin»ni kim oylab topgan bolsa, otasiga ming rahmat!
Nima qiðti! Kuyov oz halolining uyiga boradi. Albatta, kunduzi
el nazarida emas, qorongilatibroq boradi. Albatta, eshikni
ochib kirmaydi. Devor oshadimi, tuynukdan emaklaydimi, xullas,
bir yolini topadi-da! Har borganida qolida kelinga atalgan bironta
sovga bolishi shart. Atirmi, bir jora atlasmi... mayli-da! Kelinning
onasiga ikki loppak choymi, biron kilo shirinlikmi, qoshib olsa,
yana yaxshi. Negaki, «qalliq oyin»ning bir sharti bor. Kuyov
«ogricha» borganini kelin bilan onasidan bolak hech kim
bilmasligi kerak. Xudo korsatmasin, agar kelinning otasi korib
qolsami?! Shunaqangi jahli chiqadi, shunaqangi jahli chiqadiki...
Òeskari qarab, uydan chiqib ketadi! Albatta, butunlay emas, boshqa
yoqqa ham emas, narigi uyga kirib eshikni ichidan berkitib oladi.
Kuyovtora ertalab tong qorongusida kelinning uyini tark
etganidan keyin otasi yotgan joyidan qaytib chiqadi. Gazab bilan
bir-ikki yotalib qoyadi-da... keyin ishga jonaydi.
326
Bugun biz qalliqqa ketyapmiz! Boshda yap-yangi doppi.
Egnimizda oppoq neylon koylak, jinsi shim. Ilgari hech bunaqa
shim kiymaganim uchunmi, oyogim taxtakachlangandek qotib
turibdi. Chontakda «Karmen» degan atir (qaynonamizga sovga),
qoyinda bir jora «juhud» atlas Nargisxonga padarka! Shu
kungacha Nargisxonning uyiga Òulporimni minib kelardim, bu
safar Òursunboy akamning pat-patini minib olganmiz. Òogri-
da, qalliq oyinga ham eshak minib boradimi, odam. Òagin
Nargisxonning oldiga-ya! Kecha Òursunboy akamga shuni aytgan
edim, «pat-pat» meniki emas, umuman, hech nima meniki emas,
yangang bilan gaplashaver» deb tongilladi. Oysara yangamga
qoyilman.
Bu safar hecham ziqnalik qilmadi. Nargisxonning otini
aytishim bilan boyniga osib olgan pat-pat kalitini darrov olib
berdi. «Baxtli-saodatli bolinglar, ozinglardan tininglar», deb duo
ham qildi. Mototsikl kopdan beri minilmagani uchun
akkumulyatori kuchsizlanib qolgan emasmi, pedalni tepaverib,
terlab ketdim. Yoq, haytovur bir amallab motorni ot oldirdim.
Mana, ketyapmiz. «Iulka»ni yeldirib!
Nargisxonning qasrdek uyi oldiga yetib kelganimda allaqachon
qorongi tushgan edi. Baribir barvaqt kelib qolibman. Ozim
hovliqdimmi, pat-pat «Jiguli»dek yeldimi, bilmayman. Harqalay,
kochaning u tomon, bu tomonida ivirsib yurgan odamlarni korib
uyaldim. Mototsiklni univermag panasiga olib otib kutib turdim.
Nazarimda, ming soat otdi-yov! Nihoyat kochalar tinchib qoldi.
Òarillatib olamni buzmasligi uchun pat-patni yetaklab
Nargisxonning darvozasiga kelsak, hammayoq jim-jit. Shoti qoysa
yetmaydigan derazalarda chiroq ochgan. Yuragim gupillab ketdi.
Bundan chiqdi Nargisxonning onasi hovli ortasidami, darvoza
oldidami, bizni kutib turibdi. Chontagimdagi atirni paypaslab
qoydim, joyida! Qiziq kelinning ozi qaysi xonada ekan?
Òavakkal qilib, darvozani itargim keldi-yu, nomus qildim.
Manavi padarlanat devorning biron yerida nahra-pahra joyi bordir
axir! Bir vaqtlar Oysara yangamnikiga mushak sabzi olib
chiqqanimda tuynukdan otganim esimga tushib ketdi.
Mototsiklni darvozadan ellik qadamcha nariga, devor tagiga
oborib qoyib hammayoqni tekshirib chiqdim. Qayoqda! Devor
xumpar boshdan-oyoq pishiq gishtdan urilgan, loy orniga sement
ishlatganmi, nima balo! Òuynuk tugul tirqish ham yoq. Òagin bu
327
devorga odamning boyi yetsa ekan! Òuyaning ustiga chiqib olsang
ham, qoling chozilib qoladi. Nima, uyimga borib narvon olib
kelishim kerakmi endi! Xunob bolib turgan edim, devor etagida,
yol yoqasida godayib turgan baqaterakka kozim tushdi. Baxtimni
qarangki, devorning u tomonida ham gilosmi, olchami, allaqanday
daraxt hoppayib turibdi. Juda soz-da! Òerakka osilib, devorga
chiqamiz. Devorga minib olib, ozgina surilsak, narigi tomondagi
daraxtga yetib olamiz. Keyin qarabsizki...
Kelinga atalgan atlasni yelkamga tashlagancha terakka
tirmashdik. Ish bundoq bopti. Bir zumda devor ustiga minib
oldim. Devor tepasiga qirrador qilib tunuka yopilgan ekan. Sabil
qolgur tunuka kun boyi oftob tigida qizib yotgan ekanmi, shim
tagidan orqamga jazillab yopishdi. Qolimning kuyganini
aytmaysizmi! Xosh, nima bopti? Jon kuydirmasang, jonona
qayda! Bilaman, Nargisxon qosha-qosha xonalarning birida meni
intizor kutyapti. Onasi ayvondami, hovlidami haq deb yolimga
koz tikib otiribdi! Atir chontagimdami axir? Joyida.
Yap-yangi jinsi shim ham rasvo boldi! Atlasga chang yuqmasa
bas! Erta bahordan beri tunukaga qongan ikki enlik changni
supurib surila-surila, hovli tomondagi daraxtga omon-eson yetib
oldik. Gilos ekan! Osmon baravar yongoqdan kalla tashlagan
odamga allaqanday gilos nima bopti? Daraxt emas, naqd shotining
ozginasi-ku, bu! Biz kelishimizni moljallab ataylab ekib ostirib
qoyishganmi deyman!
Ikki qulochcha joy qolganda tap etib yerga sakradim. Yelkamga
tashlab olgan atlas, sirgalib, tuproqqa tushdi. Engashib, endi
atlasga qol chozgan edim, orqa tomondan «g-gap» degan
vahimali tovush eshitildi! Yumshoq joyim chunonam achishdiki,
kozimdan ot chaqnab ketdi! Jon holatda burilib qarasam, quloq-
dumi kesilgan, kamida Òulporimning yarmicha keladigan it
orqamga yopishib tortqilayapti. Kozlari olovdek yonib, nuqul
irillaydi, hayvon!
Urib bolmasa, tepib bolmasa, nima qilsayam Nargisxonning
iti! Jonim ogrib ketyapti-yu, dod solishga or qilaman. Kuyovmiz,
axir! Atlasni ham unutib, gilosga tirmashdim. Shundayam qoyib
yubormaydi, ablah! Indamay tursam, yeb qoyadigan. Chap
oyoqlab kokragiga bir tepdim-da, shoxdan-shoxga sakrab devorga
chiqib oldim. Baqaterakka yetib olishga qanoat qilmay, ozimni
tappa yerga otdim. Hayriyat mototsikl joyida turgan ekan. Pedalni
328
uvallo tepaman, qani ot olsa, lanati! Yoq, oxiri tun sukunatini
tilka-pora qilib, patillab ketdi. Ha, mayli! Avval egasiga uylanib
olay Reksni daraxtga boglab qoyib, shunaqangi savalaymanki,
itning kunini boshiga solmasam, Qoshoq otimni boshqa
qoyaman!
Mototsiklni tarillatib, haydab ketdim. Ong dumbam lovullab
achishardi. Kallamga galati oylar keldi. Qiziq, it bogloqmidi,
yechiqmidi? Kelib-kelib it boglangan daraxtdan tushdim shekilli...
Xayolimni toplab olmasimdan orqa tomondan boyagi
vahimali, bogiq vovullagan ovoz eshitildi. Egarda otirgancha
burilib qarasam, xuddi osha lanati it qoronguda junlari hurpayib
ketimdan yugurib kelyapti. Bundan chiqdi, yechiq ekan-da.
Darvoza ham ochiq ekan-u, biz bilmabmiz!
Kuchim boricha gazni bosdim. Buni qarangki, ablah it
mototsikldan ham tez yugurarkan. Xuddi samolyotday uchib
kelyapti. Qarasam, irillab kelib sonimga yopishadigan. Jon holatda
tormozni bosgan edim, kuch bilan kelib lulkaga urildimi, nima
balo, orqa tomonda ayanchli «vang-g» degan ovoz eshitildi. Pat-
patim yolga kondalang bolib qoldi. Ogirilib qarasam, chang
tozon orasida mening jonimga ozor bergan it tipirchilab yotibdi.
Bu kuningdan battar bol!
Hamon lovullab achishayotgan joyimga qolimni olib borsam,
kaftimga issiq narsa tegdi. Òushundim. Bundan chiqdi, singlim
ataylabdan bozorga tushib olib kelgan jinsi shimning bir parchasi
itning ogzida qolibdi. Kim bilsin, ozimizga tegishli etning ham
talaygina ulushini yamlab yutdimi, bu ochofat!
Bir mahal yorqin chiroq nuridan kozim qamashib ketdi.
Roparadan uchib yelayotgan allaqanday mashina giyqillab
toxtadi.
Joningdan toyganmisan, ahmoq!
Iye, ovoz tanishga oxshaydi-ku! Kim boldi bu?
Mashinaning chap eshigi ochilib yopildi. Shofer chiroq nuriga
otib, qolini paxsat qildi.
Esingni yedingmi?
Ha, Rais buva ekan! Kun issiq bolsa ham egnida kostum,
medallarini taqib olgan!.. Qiziq, nega shofyor yoq!
Shu payt ong tomondagi eshik ham ochildi. Kimdir yerga
sakrab tushdi. Hayajondan «yarador» joyimni achishishi ham
paqqos esimdan chiqib ketdi. Nargisxon-ku! Atlas koylak kiyib
329
olibdi. Chiroq nurida oyogida oq tuflisi borligini ham kordim.
Endi chaqirmoqchi edim, Rais buva shodon xitob qildi.
E, senmisan, tutxor! Nima qilib yuribsan, bemahalda?
Rais bilan nima ishim bor? Xayolimda boshqa gap charx urardi.
Bundan chiqdi Nargisxon uyida yoq ekan-da.
Nargis menga yarq etib qaradi-yu, tuproq changitib, biz kelgan
tomonga yugurib ketdi. Òushundim, Rais buvaning oldida men
bilan gaplashishga uyaldi.
Rais buva yaqin kelib, qol chozdi.
Obbo, tutxor-ey! dedi qolimni qisib.Òushunarli...
Bugun shunaqa bopqoldi, Qoshoqjon! Rayonga majlisga
chaqirishuvdi. Qalliging ham borishi kerak edi, otir mashinaga.
U hamon yol ortasida kondalang turgan motosiklga razm
soldi-da, kulimsiradi.
Òursunboyning pat-patiku! Ozimga aytmaysanmi, yangisini
padarka qilmaymanmi!
Egardan tushishga uyalardim. Shimim dabdala bolib ketgan,
orqam achishyapti qurib ketgur.
Bopti, men ketdim! Rais buva «Niva»ga mindi.
Mashinasini keskin burdi-da, gizillab haydab ketdi.
Nargisxon ketgan tomonga qarab qoydim. Ozi ham, iti ham
korinmasdi. Chang-tozon orasida ancha turib qoldim...
On yettinchi bob
ÒOY
Kongli osgan odamning yarasi ham tez bitarkan. Nargis-
xonning Reksjoni qopgan joyim bir haftagacha achishib yurdi-
yu, baribir tuzaldi. Hech kimga aytmay oynaga teskari qarab
yaramga kokdori surdim. Kigiz kuydirib bosdim. Xullas, ong
tomonim kirza etigimning tagcharmidek qotib qolganini hisobga
olmaganda kop otmay sen kor men kor bolib ketdi. Qaytaga
yaxshi: osha yogimni yerga berib yotsam, zax otmaydi.
Baxt kelsa, qosha-qosha... deganlaridek, hayotimda birvarakay
ikkita quvonchli voqea boldi. Birinchidan toy. Ikkinchidan...
Shodivoy keldi! Ishonasizmi, shuncha yildan beri qishloqqa qadam
bosmay qoygan, oqishni bitirganidan keyin Òoshkentda ishlab
qolgan jonajon joram Shodivoy toydan bir kun ilgari uyimizga oz
330
oyogi bilan kirib keldi. Olay agar tanimadim.
«Zaporojes»ini «Ferma toga»ning pichan garamiga kalla
qildirib, Rais buvadan dakki yegan joram shumi? Òoshkentdagi
gastinisada pul sanayman deb shaytonlab qolayozgan dostim
shumi? Quyondek biqqigina, yumshoqqina ortogim, chunonam
ozgarib ketibdiki, odamning aqli shoshadi. Qomatni qarang,
qomatni! Qilich deysiz! Odamga shunaqangi sinchiklab tikiladi-
ki, kozi rentgenga oxshab, u yogingdan kirib bu yogingdan
chiqib ketgudek. Ikkilanibroq turgan edim, yugurib kelib, bir
quchoqladi, bir quchoqladi, qovurgalarim qirsillab ketdi. Nuqul
opadi, xumpar!
Qoyvor, yalab tashlading-ku, odamni, kelinniyam haqi
bor biz-da! deb arang qutuldim.
Xullas, toy ustiga toy!
Mayli, yaxshisi, bir chekkadan gapirib bera qolay. Shundoq
qilib, taomil boyicha nikoh toyidan uch kun oldin «Rais chaqirdi»
boldi. Otam toy tashvishi bilan yelib-yugurib, qon bosimi oshib
ketgani uchun kuyovim «Rais chaqirdi»ga keladigan aziz
mehmonlarning dasturxoniga taalluqli masalalarni onam bilan
maslahatlashib qoya qoldi. Bizlarni ovora qilmaslik uchun
royxatni ozi tuzib kelgan ekan. Chontagidan qogoz chiqarib
sharillatib oqib berdi.
Qand-qurs, hol meva, quyuq-suyuq ovqat oz yoliga!
dedi tomoq qirib. Xosh, degandan, besh kilo qogoti bodom
(katta odamlar tishda chaqib otirsa uyat boladi. Ikki barmogining
orasiga olib bir qissa ozi sinib ketadigani tuzuk). Uch kilo yongoq!
(Chaqib magizini ajratib olishga vaqt qani? Bozordan tayyor
magizini olib qoya qolasiz). Òort kilo shordanak (biz
tomonlarda yaxshisi topilmaydi. Buxorodan olib kelasiz). Besh
kilo qora mayiz (buning yarasi oson. Raysentrdagi bozorda
Uchqoraning manaman degan mayizini sotadi). Anor suvi (Rais
bova konyakni anor suvi bilan zakuska qildilar). Uñh litirli shisha
balonda torttagina bolsa yetib qolar. Ammo svejiy bolsin.
Dashnobodniki bolsa, yana yaxshi. Nordonshirin-da! Sabzi
suvi. (Unisini kopchilik ichmaydi. Ammo Shaydul kassir aroq
zotini ogziga olmaydi. Ichkilikning ozi tugul shishasidan hazar
qiladi. Shu odamga). Ha, boring ana shundan besh litr bolsin!
Òovuq ottizta. Yaxna gosht on kilo. Ichkilik. Bir yashik
konyak armanskiy. Juda bolmasa, «Beliy aist» degani bor.
Rais bova xashaki konyaklarni ichmaydilar. Aroq bir yashik.
331
Pivo uch yashigi yetib qolar-ov... Shampan kerakmas. Mabodo
Qoshoqjonning ozi ichmasa... u menga bir imo qildi-da, tagin
tomoq qirdi. Bitta qoy soymay iloj yoq. Raisning oldiga kalla
kelishi kerak-ku!
Kuyov royxat yozilgan qogozni buklab-buklab chontagiga suqdi.
Eski korpachada xomush otirgan onam barmoqlarini bukaverib,
hisobdan adashib ketdi shekilli, kozlari javdirab menga qarab qoydi.
Savzi suvi necha dona edi? dedi garangsib.
Bular... toyning dasturxonigami? dedim kuyovga
termulib.
Nima? Kuyov ilon chaqqandek sapchib ornidan turib
ketdi. Siz echki olayotganingiz yoq, Qoshoqjon, dedi ovozi
titrab. Uylanyapsiz... Biz ham «Rais chaqirdi» qilganmiz. Bir
emas uchta qoy soyganmiz. Kim biladi, «Rais chaqirdi»ga
Raykom bovaning oziyam kepqoladimi?.. Ular ham sizu bizga
oxshagan odam! Bitta qorni bor. Olguncha emas, toyguncha
yeydi. Qolganini toy dasturxoniga tortib yuboraverasiz-da!
...Shundoq boldi. «Rais chaqirdi»ga qishlogimizdagi eng
motabar odamlar keldi. Yani Rais buva, «Ferma toga», Shaydul
kassir, ozimning togam, kuyov. Dadam bilan meni hisoblamaganda
besh kishi bolishdi... Bodomlar chaqildi, yongoqlardan tanovul
qilindi, handalak yeyildi... Rais buva konyakni anor suvisiz
icholmasligi rost ekan. Anor suvimiz didiga uncha otirishmadimi,
bor-yogi bir shishagina konyakni boshatib «endi bizga uzr, majlisga
boradigan odammiz» dedi. Shaydul kassirning aroq zotidan xazar
qilishiyam togri ekan. Sakkiztami, toqqiztami pivoni uch litrli
sabzi suviga omuxta qilib ichdi-da, terakdek qaddini rostlab, bir-
ikki silkinib qoydi. Pivo pastroq tushsin dedi chogi...
Shorva ichib, osh yeb bolingach, asosiy maqsadga kochildi.
Xo-osh, Salimboy aka! dedi Rais buva peshonasidan
marjon-marjon oqayotgan terni sochiq bilan artib. Quda
tomonga jonatilgan hamma narsalar joyida-a? Hokiz, qoylar,
guruch, latta-putta, «toqqiz»lar.
Joyida... bir chekkada otirgan otam, zorga ovoz chiqarib
mingilladi. Bechoraning rangi ketib, lunjini uchirishgayam madori
qolmaganini payqadim.
«Sut puli», quda-qudagaylarga sarpolar?..
Hammasi, dedi dadam battar dami ichiga tushib.
Malades! Rais buva «go-o-op» etib kekirdi. Bolmasa,
masala hal ekan-da! Òoying tartibini kelishib olsak boldi.
332
Mikrofon...
Bizdan! kuyov qolini koksiga qoyib ornidan turmoq-
chi edi, chayqalib, yonboshlab qoldi. (Mehmonlar kelguncha
pishib qolgandi ozi). Bizdan! dedi shangillab.
Òexnikaning pirri ozimiz...
Yaxshi! Rais buva yana bir kekirmoqchi boldi-yu,
shashtidan qaytib, chuqur nafas olib qoya qoldi. Bilamiz,
toy degani ichkiliksiz otmaydi. Besh yashik konyak. On yashik
aroq. Uch yashik shampan, yigirma yashik pivo, ottiz yashik
mineral suv... Issiqda suv juda ketadi...
Dadam Rais buvaning ogzidan muttasil otilib chiqayotgan
sozlardan qulogi qomatga kelganday, ikki yuzi kokarib ketdi.
Shuncha ichkilik... issiq kunda, deb mingillagan edi,
Rais buva jerkib berdi.
Olar joydamisiz, Salim aka! Bitta-yu bitta oglingiz... El
ichida yurgan odamsiz... Biz sizga kopkari qilib sovringa xokiz
qoying deyotganimiz yoq, olish qilib, tovoq qoying deyotganimiz
yoq. «Qoysoydi» qiling, «kuyov qochdi», «supra qoqdi» qiling
demadik! Nima qilsak, elimizning obrosi ketmasin, deb qilyapmiz.
Ana, «Haqiqat» xojaligida bir suvchi oglini toy qildi. Olishning
sovriniga tuya qoyibdi, azamat! Oshalardan kam joyimiz bormi?!
Yaxshimas-da! u arazlab «Ferma toga»ga qaragan edi, shordanak
chaqib otirgan «Ferma toga» tasdiqladi.
Òuvri! Monga qorang, Salimboy aka! Pul kerakma sizga,
obroma?
Raykom buvani toyingizga kelishga arang kondirdim,
Rais buva norozilik bilan qoshini chimirdi. Kuyov ozimizning
yigit dedim. Jovli Mengliyevichning qancha qadrdonlari bor. Kim
bilsin hali obkomdan ham kelib qolishadimi... Undan keyin...
Kamida tort sostap yallachilar bolsin! Òelevizorda
chiqadiganlaridan ayting! Qalangi-qasangilarning keragi yoq.
Xo-osh, endi... Rais buva chuqur oylanib qoldi. «Shar-
vatxona»da
1
kim turadi?
Men! kuyov tagin ornidan turmoqchi boldi-yu, bu
safar yonboshlab otirmadi. Gursillab yiqilib qoya qoldi.
Bekor aytibsan! Rais buvaning jahli chiqib ketdi. Qoyni
boriga topshirar ekanmiz-da! Mehmonlar kelmasidan aroqning
yarmini urib qoyarsan. Gap shu: «sharvatxona»da Shaydul turadi!
Maqul, Rais bova! Shaydul kassir qolini koksiga qoydi.
333
Bir shisha pivoni begona qilgan nomard!
Malades! Vecherni Jovli Mengliyevichning ozi boshqaradi.
Quda tomon bolsayam, ziyoni yoq. U kishini hamma kattalar
taniydi... Undan tashqari... Odamlarni sastap-sastap bilan joylash
kerak. Òorda otirgan kattalarning oldida har xil qalangi-
qasangilar oralashmasin. Bizning istolga glavniy ekanamis
bakovul bolsin: paradichniy odam. Boldimi, obke, kallani.
Rais buva menga buyurgani uchun dik etib ornimdan turdim-
u, oshxonaga yugurdim. Onam qoyning kallasini allaqachon
tovoqqa solib tayyor qilib qoygan ekan. Qoy bechora
soyilayotganida bir kozini yumib olgan ekanmi yo kalla qozonga
tushgandan keyin bolganmi, bilmadim. Xullas, kallaning chap
kozi joyida, ong kozidan darak yoq.
Rais buva kallani chaqqonlik bilan kesib taqsimlashga kirishdi.
Dadam, shu uyning egasi bolgani uchun ulushiga qoy
peshonasining goshti tegdi.
Sen, Shaydulboy, xatga kop tikilasan! dedi Rais buva
tantana bilan. Kozing otkir bolsa, hisobdan adashmaysan...
U peshonasidan muttasil oqayotgan terni bilagiga artib, kallani
ogirib qaragan edi, qoyning kozini topolmadi. Hayron bolib,
bu tomonini aylantirdi. Yengil tortib, kozni pichoq uchiga ilib,
Shaydul kassirga uzatdi.
Kuyov zapchast tarqatayotganida tili yanayam biyron bolishi
uchun tilni tanovul qildi.
Yaxshi hasib ekan, deb qoydi labini chapillatib.
Rais buva qoyning jag goshtidan molgina kesib oldi.
Sen bola madaniyat boshqarmasida ishlaysan, kesakdan
ot chiqqanmi, nima balo, nuqul adolatdan gapirasan! Rais
buva jag goshtini togamga ilindi. Ma, jagingga quvvat bersin!
Bizga quloq tegdi.
Ma, tutxor! Quloging ding bolsa, kelinning shivirlashini
yaxshi eshitadi! Rais buva «qoyil qildimmi» degandek hammaga
bir-bir qarab qoydi.
«Ferma toga» qiyqirib kuldi...
Òuvri, Rais bova! Quloq jesa, qulogi uzun boladi!
Rais buva dandon sopli pichoq bilan qoyning bosh suyagini
chaqdi-da miyasini tuz, murch bilan iylab dumaloqladi, kattaroq
yongoqdagini ozi yeb oldi.
334
R-rahmat! dedi kuyov yotgan joyida goldirab. R-
rahmat, Rais bova. Miyadan koproq yeng. Aqlingiz tolishadi!
Shu bilan «Rais chaqirdi» poyoniga yetdi. Rais buvaga ton,
Shaydul kassirga doppi, «Ferma toga»ga qiyiq sovga qildik.
Aziz mehmonlar xayrlashib chiqib ketganidan keyin asosiy toy
taraddudi boshlandi.
Rais buva otamga «toyingizga kattalar keladi» degani bejiz
emas ekan. Bir odamga hurmat bolsa shunchalik bolar! Otam
nafaqadagi odam bolsa, men xashaki bir brigad bolsam.
Òoyimizga semiz obkom vakili, Raykom buva, paxta zavodining
direktori taqirbosh Viktorov yana qanchadan qancha kazo-
kazolar kelib otiradi-yu, men sevinmay kim sevinsin! Aslida
qaynotam ham kelaversa bolardi-yu, taomil boyicha qizning otasi
toy kuni kuyovnikiga bormaydi-da! Hammadan yaxshisi shuki,
qadrdon joram Shodivoy kuyovnavkar bolib kelinnikiga bordi.
Nargisxonning darvozasidan kirib borayotganimizda allaqanday
qiltiriq kampir «un sochar»da moljalni notogri olib kozimga un
sepib yuborganini hisobga olmaganida, hammasi zor boldi! Men-
ku, mayli, Shodivoyning kulrang kostumi ham oppoq unga belandi.
Òoy qilaman deb qarzga botmasakku, joramga ertagayoq quling
orgilsin kostum sovga qilardim-a...
...Mana, otiribmiz, dasturxon torida! Hovlimz mashala bolib
ketgan. Stollar noz-nematlarning kopligidan belangi bolib
qolgan. Ong yonboshimda Nargisxon... Yuziga harir parda tutib
otiribdi. (Pardalaringga jonim tasadduq). Chap tomonimda
Shodivoy! Yap-yangi kostumi rasvo bolgani haliyam esidan
chiqmaganmi, hayronman, qovogi soliqroq. Nariroqda kelinning
dugonalari. Rais buvaning yonboshida Raykom, buva, Raykom
buvaning yonida obkom vakili, uning yonida Viktorov!
Biz otirgan qator uluglarniki! Ozim-ku, ichmayman.
Ammo «Napaleon» konyagi-yu armani konyakdan tortib,
«Posolskiy» degan araqqacha (Viktorov shunaqa aroq icharkan
hidi sezilmasmish), dumba-bovur zakuskadan tortib, qul-qul
tovuqqacha, xandon pistadan tortib, bodomgacha paydar-pay kelib
turibdi. Rais buva aytganidek glavniy ekanamistning ozi bakovul.
1
Sharvatxona toyda ichkiliklar saqlanadigan joy.
335
Ikki tomondagi dasturxon ikkinchi darajali: bolim boshliqlari,
bugaltir, bosh agronomlarniki. U yerdagi konyagu aroqlar
«mestniy». Zakuskalar ham ortacharoq.
Etak tomonda brigadamdagi joralarim Chori, Panji, Juman,
Òursunboy aka, maktab malimlari otirishibdi. Ularga vino, pivo,
qolyetar qilib pomidor, shor bodringlar qoyilgan. «Rais
chaqirdi»da shunga kelishilgan. Pivo degani shor bodring bilan
yiglab korisharkan-da!
Bir mahal mikrofon ushlagan Jovli aka (yog-e, nega endi
«Jovli aka» bolarkan, axir endi u mening qarindoshim-ku. Bundan
chiqdi Jovli akajonim!) ortaga chiqdi. Mikrofonga uch-tort marta
pufladi.
Jovli akajonim mikrofonni qoliga olishi bilan kelin-kuyov
ornimizdan turib, tazim qildik. (Òaomil shunaqa).
Qadrli aziz mehmonlar! dedi Jovli akam tantanali
ohangda. Bugun biz faqat tumanda emas, viloyatimizda dong
chiqargan «Mashal» kolxozida otiribmiz. Shu sababli birinchi
sozni oblastimiz vakili, hammamiz uchun hurmatli ortoq
Gadoyevga beramiz. Qani, bir qarsak bolsin!
U shapir-shupir qarsaklar ostida mikrofon simini sudrab kelib,
obkom vakiliga tutqazdi. Qarang, semiz kishining familiyasi
Gadoyev ekan-da! Shu paytgacha bilmagan ekanman.
Ortoqlar! dedi Gadoyev surnaydek giyqillab.
«Mashal» kolxozini yaxshi bilamiz! Chinakam mashal xojalik.
Bu yil gektaridan qirq sakkiz sentnerdan «oq oltin» olmoqchisiz.
Men sizlarga hammamiz uchun hurmatli obkom bovaning
salomini topshiraman. U bir qolida mikrofon changallagan
koyi qarsak chalgan edi, boshqalar ham jor boldi. Kelinglar,
shu xojalikning dono rahbari, dostimiz Òoshmamat
Alimovichning sogligi uchun qadah kotaraylik!
Jovli akajonim pildirab kelib, mikrofonni oldi.
Yana bir qarsak bolsin! Avatsiya, avatsiya! dedi hayqirib.
Quyilsin!
Qarasam, yonimda otirgan Shodivoy konyak shishasini ochib,
ozining oldidagi qadahga toldirib quyyapti. Men ham shosha-
pisha shampanga yopishgan edim, tirsagi bilan turtdi.
Menga ber! dedi tongillab. Odob saqlab otirsang
olasanmi! Kuyov degan noming bor! shampanni paqillatib
ochdi-da, bir emas, ikkita bokalga voshillatib toldirdi. Ich!
336
Qalliginggayam ichir!
Men ichmayman-ku, Shodi!.. dedim nima qilishimni
bilmay.
Shodivoy menga qayrilib qaramadi. Konyakni qulqillatib ichib
oldi. Parda ostidan Nargisxonga shampan uzatdim.
Jinday iching... dedim yalinib.
Nargisxon muloyim jilmaydi.
Menga mumkin emas.
Mengayam dedim rostiga kochib. Bola bolib ogzimga
olmaganman.
Òogri qilasiz... Nargisxon boyagidan ham shirinroq
tabassum hadya etdi. (Ozim aylanay mehribonimdan!)
Hushimni yigib olib, boshimni kotarsam, Rais buva
gapiryapti.
Kelinglar, hurmatli dostlar! Avvalo hammamiz uchun
hurmatli obkom bovamizning, obkom vakili ortoq Gadoyevning,
aziz akamiz raykom bovaning, zavodimiz direktori ortoq
Viktorovning, shu xonadon qudasi savdgo alochisi ortoq
Qoshshayevning, qolaversa, qadrdonimiz Jovli Mengliyevichning
salomatligi uchun qadah kotaraylik! Biz rahbar
tashkilotlarimizning ishonchini albatta oqlaymiz! Gektaridan qirq
sakkiz emas, qirq toqqiz sentnerdan «oq oltin» olamiz!
Odamlar endi qadahga qol chozgan edi, Rais buva jerkib
berdi.
Shoshmanglar hov! Shundoq uluglarning salomatligi uchun
atigi bitta ichib qutulmoqchimisan! Yo-oq, bunaqasi ketmaydi.
Obkom bova uchun bitta, ortoq Gadoyev uchun bitta, Raykom
bovamiz uchun bitta, ortoq Viktorov uchun, ortoq Qoshshayev
uchun, qadrdon Jovli Mengliyevich uchun alohida-alohida ketma-
ket olti marta ichasanlar! Oppoq qilib olmagan xotin! Hamma
ornidan tursin!
Chor-nochor Nargisxon ikkalamiz yana turdik. Bir mahal
chap tomondan goldiragan ovoz keldi.
Mana bu obkom bova uchun! Bunisi raykom bova
uchun... mana bunisi dadam uchun...
Qarasam, Shodivoy konyakni paydar-pay quyib otyapti.
Jinnimisan, ov! dedim odagaylab.
Ishing bolmasin! Shodivoy galati iljaydi. Bular uchun
ichmay boladimi! Bular... Bular... joram konyak tola qadahni
337
shoshilmay, juda xotirjamlik bilan gul solingan vazaga quydi.
Bular uchun sen ichasan, men ichaman, ana gul ham
ichadi...
Esini yeganmi joram!
Rais buva ziyrak-da! Shodivoyning tovushini eshitib,
mikrofonda ovozini baralla qoygancha, menga dashnom berdi.
Kelinga ichirmaysanmi, qanaqa kuyovsan ozi!
Boyagi bokalni tagin Nargisxonga tiqishtirdim.
Olaqoling endi!
Nargisxon indamadi-yu, keskin bosh chayqadi.
Òogri qildi. Ozi ichgan qizlarni jinim suymaydi.
Xayriyat-ey, otirishga ruxsat tegdi.
Kuyov-kelin endi joyimizga chokayotgan edik, Rais buvaning
gapi chala qolgan ekan.
Ortoqlar! dedi mikrofonga. Qoshoqjonni hammang
yaxshi bulasanlar! Yaxshi korasanlar! Menam oz oglimdek
koraman. Eng peredovoy brigad! Òogrisini aytsam, mushtday
bolaligidan mehrim tushgan. Adashmagan ekanman. Ataylabdan
Òoshkentdek shahri azimga, katta oqishga olib borganimda, «yoq,
Rais bova, men paxtakor bolaman» degan, togrimi, Qoshoqjon?
Rais buva mikrofonni changallagan koyi menga qarab qoydi.
Nima deyishimni bilmay qoldim. Shodivoyga razm solsam, labi
burilibroq iljayib otiribdi.
Xayriyat, Rais buva tagin ziyraklik qildi.
Gap qanday vazifani ado etishda emas, qanaqa ado etishda!
Bugun Qoshoq Salimovni butun Ozbekiston taniydi. Kelinni
aytmaysizmi, Nargisxonni! Rais buva nafasini rostlab oldi-da,
avvalgidan ham tantanavorroq ohangda davom etdi Nargisxon
ham ozimizning farzanddek gap. Ozimizning kozimiz ongida
ulgaydi. Ortoq Qoshshayev, ortoq Mengliyevdek odamlarga
shundoq qizni eng zor institutga joylash nima degan gap edi!
Yoq, qiz hayotni organsin deyishdi. Dala zahmatkashlarining
safida bolsin, deyishdi. Nargisxon maktabni bitirib kolxozda ter
tokdi. Bundan ortiq fidoyilik boladimi? Qoshoqjon! Oglim!
Rais buva kursilarni sharaq-shuruq surib, tepamga keldi. Bir
qolida mikrofon bilan peshonamdan opdi. Ota-onasi shu
qizni ne umidlar bilan qogozga orogliq qanddek asradi.
Boshingga kotarib yur, xopmi?
Opkam tolib Nargisxonga qarasam, yuzlari lov-lov yonib
338
otiribdi.
Rais bova qaddini rostlab tagin mikrofonga hayqirdi.
Kelin-kuyovga kolxoz pravleniyesi nomidan bitta padarka
tayyorlaganmiz. Qamchibek, qayoqdasan? Obkir!
Yolak tomonda qulogini qomatga keltirib mototsikl tarilladi.
Hammayoqni benzin gidi tutib ketdi. Qamchibek mototsiklni
tarillatgancha hovli ortasiga minib kirdi.
Angrayib qoldim. Rais buva rostdan ham menga mototsikl
sovga qilyaptimi? Axir bu «Ural»ku! Ozim orzu qilgan «lulka!».
Bundan chiqdi, ikki haftacha oldin «qalliq oyin»ga borganimda
Rais buva senga «pat-pat»ning zoridan toyona qilaman deb,
rost aytgan ekan-da!
Kelin bilan mingashib yuraverlaring! Rais buva yelkamga
qoqib qoydi-da, stullarni taraq-turuq surib tagin joyiga qaytdi.
Sekin qarasam, Nargisxon uyalib, yerga qarab otiribdi. Biladi-
da, «lulka»da yurish mazza!
Qarsak bolsin, ortoqlar! Qarsak bolsin! dedi Jovli
akajonim gayratga tushib. (Qarang, ichgan sari ovozi jaranglab
chiqyapti!) Davramizda tagin bir hurmatli mehmon otiribdi...
Adliya xodimi... tergovchi... Starshiy tergovchi! Hurmatli raisimiz
ortoq Alimovning yakka-yu yolgiz ogillari... Shodijon
Òoshmamatovich bizning rayonga ishga keldilar!
Davraning eng pastidan asabiyroq ovoz keldi.
Raisning esi joyida! Sopini ozidan chiqaradi!
Ajab, «Rais chaqirdi»da qoyning qulogini yeganim uchunmi,
ovoz egasini aniq-taniq bildim: fizika oqituvchimiz Usmon
Qilichev! Gapini bitta men eshitdim, desam Jovli akajonimning
qulogi menikidan ham uzun ekan.
Hov, malim! dedi jerkib, ovozi mikrofonda gumburlab
ketdi. Visir-visir qilmay jim otiring, xopmi? Pensiyaga chiqqan
odam dumini qisi-ib otiradi. Qolaversa, kechayam chopiqqa uch
yuz orniga qirqta bola chiqqan. Bu sizning tasiringiz. Ozingiz
boshab ketgan bolsangiz ham maktabda sassiq hidingiz qolgan...
Xosh... Jovli akajonimning tovushi tagin tantanali tus oldi.
Davramizda rayonning eng hurmatli kishilaridan biri starshiy
tergovchi Shodijon Alimov otiribdilar. Soz ortoq Shodijon
Òoshmatovich Alimovga!
Joyli akajonim gandiraklab, biz tomonga kela boshladilar.
Qarasam, Shodivoy kaftlari bilan yuzini changallab otiribdi. Mast
339
bop qoldimi, nima balo?
Shodi! dedim biqiniga turtib. Sen gapirarkansan?
Nima? Shodivoy yuzidan kaftini tushirib menga qaradi.
Nima deding?
Gapir! Xuddi maktabda, bir partada otirgandagidek
tizzam bilan soniga turtdim.
Jovli akajonim Shodivoyga mikrofon tutib, hayqirdi.
Qani, bitta avatsiya bolsin, ozimizning yosh kadrga!..
Shodivoy chayqalibroq ornidan turdi-yu, birdan jiddiy tortdi.
Bir zumda kayfiyam tarqab ketdi-yov! Gaplari miltiqning oqidek.
Har sozni cherti-chertib aytadi. Nima qilsayam yurist-da!
Kolxozning hisobot-saylov yigilishi zor otyapti! dedi
vazminlik bilan.
Ajab, hamma jimib qoldi. Rais buva otirgan joyida qoshi
chimirilib, past ovozda jerkdi.
Shodi!
A? Shodivoy ogziga mikrofon tutgancha otasiga qaradi.
Nima?
Ahmoq! Rais buva ovozini yanayam pasaytirib oshqirdi.
Kayfing oshib qoldimi! Òoyda otiribsan, tentak!
E, shunaqami? Shodivoy chunonam yoyilib kuldiki,
mikrofonda ovozi yetti qishloqqa eshitildi-yov! Uzr! Men bolsam,
«Mashal» kolxozining hisobot majlisi deb oylabman... Qarang,
hammasi batartib. Hammasi darajasiga qarab bolingan. «Uluglar»
bir tomonda. «Hashaki»lar bir tomonda.
Shodi! Rais buva ornidan turib ketdi. Zoraki iljaydi.
Jorangni oyogi tortta bolayapti. Qutli bolsin demaysanmi, ulim?
Shunaqami? Uzr... Shodivoy lab-lunjini yigishtirib oldi.
Niyatim shuki, Qosho baxtli bolsin! Qosho, jorajon! u
mikrofonni hamon qoyib yubormay dabdurustdan meni
quchoqlab oldi. Yaxshiyamki, senga oxshagan odamlar bor,
bu dunyoda. Kel, ortoq, bitta opay. Shoshma, yana bitta! Endi
peshonangdan...
Qiyqiriq, qarsak bolib ketdi. Jovli akam mikrofonni uning
qolidan yulqib olib, nari ketdi, davra ortasiga chiqishga madori
yetmadimi, yiqilib ketishdan qorqdimi, turgan joyida elon qilib
qoya qoldi.
Navbat sanatkorlarga!
Rubob jarangladi, tor varangladi, doira badangladi, garmon
340
giyqilladi, gijjak nola chekdi. Sanatkorlar ham balo ekan! Ovozi
xezalakchalish erkaknikiga oxshagan Anorxon degan xotin uchta
qoshiq aytsa, tovushi erkakshoda xotinlarnikiga oxshagan
Shomatxon degan yigit torttani qondiradi. Borivoy degani
sakkizta ashula aytsa, Qulahmad on ikkita qoshiq bilan javob
qiladi. Qadahlar paydar-pay aylanib turibdi. Birov arman
konyagini otyapti, birov «Chashma». Birov «Posolskiy», birov
mineral suv.
Bir kozim Nargisxonda. Suzilib otiribdi. Bir kozim Shodivoyda,
kafti bilan yuzini changallab paydar-pay hiqichoq tortyapti.
Kokilaxon degan raqqosa davraga chiqishi bilan toyxona
tandirdek qizib ketdi. E, oziyam ofat ekan, bu Kokilaxon!
Shunaqangi himo qiladi, shunaqangi qilpanglaydiki, odam zoti
chidab turolmaydi. Òagin har bitta erkakning roparasiga kelib
kissasini kavlamagunicha muqom qilib turaveradi. Ana, togam
chidab turolmadi shekilli, yaxlit pulni Kokilaxonning zar doppisi
tagiga qistirmoqchi edi, raqqosa pulini lip etib yulqib oldi-yu,
nari ketdi.
Voy do-od! Qomatingdan! yoqavayron bolib ketgan
kuyovim ilondek buralib ornidan turdi. Kissasini kavlab bir dasta
pul chiqardi. Hovli yop-yorug emasmi, aniq-taniq kordim!
Bir zumda kuyovning puli qayoqqa goyib bolganini hech kim
sezmadi. Sirkdagi kozboylogichmi, nima balo, bu Kokilaxon!
Nargisxon! dedim parda ortidan keliningizning qulogiga
shivirlab. Pulni qayoqqa yashirdi?
Nargisxon piq etib kulib yubordi.
Bilmasam...
Endi «Vohay-bola» avjiga chiqdi. Qarsaklar osmonni tiratdi.
«Ferma toga» tovuqning oyogidek sertomir qip-qizil boynini
chozib, muqom qilgancha raqqosaning oldiga oynab kela
boshladi. Qahqaha, qiyqiriq bolib ketdi.
Ozim orgilay, kozingdan akang! dedi-da, kissasidan
bir dasta pul chiqarib Kokilaxonga korsatdi. Jayraning nayzasidek
tikkaygan moylovini golibona silab qoydi.
Kokilaxon oynab keldi-yu pulga chang solgan edi, «Ferma
toga» quv ekan, pulni belining orqasiga yashirdi.
Bitta opich bersang...
Hov, Musayip! mikrofonda Jovli akaning ovozi
jarangladi. Nomardlik qilma! Ber ataganingni!
341
Òoyib mosh yegan xorozdek qið-qizarib ketgan «Ferma toga»
ovoz qayoqdan kelayotganini bilolmay alang-jalang bolib qoldi.
A? dedi iljayib. Nima dedingiz?
Kokilaxon oynab turgan koyi, paytdan foydalanib lip
etgancha uning orqasiga otdi. Keyin nima boldi ozim ham
tushunolmay qoldim. «Ferma toga» es-hushini yigib olib, avval
ong qolini tomosha qildi. Keyin chap qolini... Undan keyin
yuzini yuvayotgan odamdek, ikkala kaftini naqd burniga taqab
uzoq termulib qoldi. Kozlari gilay bop ketdi.
Pulim! dedi hayqirib. Pulimni nima qilding? Qayga
tigding uying kuygur!
Mikrofonni changallab turgan Jovli akam bir imo qilgandi,
ikkita zabardast yigit «Ferma toga»ning ikki qoltigidan olib,
chetga sudradi.
Qarasam, Nargisxon parda ustidan kafti bilan ogzini
tosgancha miriqib kulyapti!
Qoyil qildi-a, Nargis! dedim qulogiga.
Rosayam bopladi, Qoshoq aka!
Shu bahona keliningizni opib olmoqchi edim, davrada «Lazgi»
avjiga chiqdi. Kokilaxonning boyagi oyinlari hech gap emas ekan!
«Lazgi»ga gal kelganida shunaqangi uchib ketdi-ki! Yo tavba!
Odam bolasiyam shunchalik boladimi!
Yo, alhazar! Suyagi yoq-ku, buning! Sochini uchidan tortib,
tovonigacha baravar silkinadi-ya! Rostini aytsam, ozim ham
ortaga tushib oynab ketay dedim.
Bir mahal «sharvatxona» tomondan shamolda tebrangan
terakdek chayqalib Shaydul kassir chiqib keldi.
Jonidan! Jonidan! dedi koksiga urib. Biz tomon-
gayam bir qiyo boqsinlar!
Obkom vakilining yonboshida otirgan Viktorov qarsak chalib
yubordi.
Molodes, Shaydul! Ay molodes!
Mingtalik chiroq aynan shu odamning tepasida turgani
uchunmi, boshi chunonam yiltillab ketdi-ki, bir emas, ikkita
lampochka lovullab, toyxonani yanayam nurafshon qilib
yuborgandek boldi.
Davay, Shaydul, davay! dedi Viktorov qiyqirib.
Shaydul kassir belbogi uzilmagan bir dasta pulni boshi ustida
baland kotarib im qoqdi:
342
Jonidan!
Kokilaxon ming bir tusda tovlanib, Shaydul kassirga yaqin
keldi.
Jovli Mengliyevich! raykom buva bagbaqasi liqillab
hayqirdi.
Ayting! Òoxtatsin! Bu yerda opisalniy odamlar otiribdi,
yaxshimas!
Shaydul! Jovli akam osha zahoti mikrofon orqali
buyurdi, kop bodilik qilaverma!
U sozini tamomlaguncha Shaydul kassir allaqachon
Kokilaxonning oppoqqina yuzidan opib olgurgan edi.
Bol, ov! dedi Jovli akam alam bilan.
Qayoqda! «Lazgi» avjiga chiqib ketgan, Kokilaxon jon holatda
qilpillayapti. Shaydul kassir beli bogliq pulni boshi ustida baland
kotarib turibdi. Kokilaxon kuy ohangiga mos qiliq qilib paydar-
pay sakraydi-yu, qani pulga boyi yetsa! Shoti ustiga chiqib
sakrasayam yetolmas.
Sen ham bitta opsang, hammasi seniki! Shaydul kassir
yuzlari yalpayib iljaydi. Bitta op, jonidan!
Bas! Jovli akam shunaqangi chinqirdiki, mikrofon
chiyillab ketdi. Shaydul kassir qolini past tushirgan edi, osha
zahoti puldan ayrildi. Kokilaxon oynab-oynab nari ketdi. «Lazgi»
hamon davom etardi.
Shaydul kassir, bir zumda puldan ayrilgani nasha qildi shekilli,
alamini Kokilaxondan emas, Joyli akamdan oldi:
Erkakmisan, Jovli, dedi oshshayib, qistir ozingam
mard bolsang!
Chap yonimda allanima taraqladi. Burilib qarasam, Shodivoy
stolni mushtlayapti.
Shodi! dedim qoliga yopishib. Esingni yig, jora!
Qoyil! Shodivoy chayqalib ornidan turdi. Orgildim,
maymun oyinlaringdan! Xayr, dostim! u engashib boshimni
bagriga bosmoqchi edi, orqasiga qalqib ketdi. Joram yigilib
ketmasin deb, endi ornimdan qozgalganimda allakim ort
tomondan kelib, Shodivoyni stul-pstuli bilan kotarib, parda
orqasiga olib ketdi. Nargisxon ikki qollab, bilagimni changallab
oldi. Qoshoq aka! dedi ovozi titrab. Qorqyapman...
Boldi, jonim, parvo qilma! shovqin-suron orasida
Nargisni mahkam bagrimga bosib, parda ustidan yuzidan opib
343
oldim, joramni sal kayfi oshib qoldi.
Erkakligimni korsataymi! mikrofonda Jovli akamning
asabiy ovozi jarangladi. Korib qoy, bodi! Men senga oxshagan
maydakash emasman! Baqqa keling, Kokilaxon!
Raqqosa xuddi shuni kutgandek Jovli akamning roparasiga
oynab keldi.
Mana! Jovli akam shimining kissasidan sargish belbog
taqilgan uch dasta pul chiqardi. Oling! dedi Kokilaxonga
uzatib. Halolingiz bolsin! Sanatingiz uchun, talantingiz uchun!
Shorva qaynatilgandek siyrak qarsak chalindi. Qarasam, Rais
buva, Raykom buva, torda otirganlardan tagin besh-olti kishi
chapak chalyapti.
Birpasda shuncha pul ishlab oldi-ya! dedim keliningizning
qulogiga shivirlab. Mazza-mazza otarchiniki ekan-ku. Ozroq
qarz sorasam, berarmikin?
Nargisxon, parda ortidan shirin popisa qildi.
Sorab koring-chi?
Keliningizga dil ketib, davrada nima bolayotganini payqamay
qopman. Nargisxonning kozida xavotir paydo bolganini kordim-
u, burilib qarasam, Shaydul kassir qornini ushlab, ikki bukilib
turibdi. «Rais chaqirdi»dagiga oxshab pivoni sabzi suviga qoshib
urgan bolsa, ichi ogrib qoldi, deb oylagandim, yoq, kulayotgan
ekan.
Hi-hi-xi! Shaydul kassir qaddini rostlab xandon otdi.
Ha-ha-ha! Ozim bergan pul! Ishonmasanglar qaranglar!
Belbogiga ozim qol qoyganman!
Jovli akamning jahli yomon ekan! Qolidagi mikrofon simini
osiltirgancha boshini ikki yelkasiga tortib, Shaydul-kassir tomonga
otildi. Nargisxon eshitib qolmasin-ku, shu topda togasi yana
ukkiga oxshab ketdi. Orada uch qadamcha qolganda «h-ha» dedi-
da, Shaydul-kassirning qornini moljallab kalla urdi. Kassir
bechora qoq tagidan arra solingan terakdek gursillab yerga
agdarildi.
Hammayoq qiy-chuv bolib ketdi.
Kokilaxon oyinga qancha usta bolsa, qochishga ham
shunchalik chaqqon ekan! Hamon davom etayotgan «Lazgi»
ohangiga mos harakatlar bilan ozini sanatkorlar otirgan soriga
otdi. Kimdir sokindi. Kimdir «dost» tortdi.
Negadir chiroq ochib qoldi.
344
Qoshoq aka! Nargisxon boynimga osilib yalindi.
Qorqib ketyapan!
Keliningizni ovutib otirgan edim, boshim ustiga allakim egildi:
Òuraqol, Qosho! Kelinni uyga olib kir!
Qoronguda bolsa ham tanidim: otam!
Qorqmang, bolam, dedi Nargisxonning yelkasiga
qoqib. Uyga kiringlar. Sizga desa bir-birini goshtini yemay-
dimi, bular!
Qaynoqqina, shiringina Nargisxonni bagrimga bosgancha uy
tomon yetakladim.
On sakkizinchi bob
SHAQ EÒDI, PAQ EÒDI, PUFAK
YORILIB KEÒDI!
Umrim bino bolib yiglagan emasman, deganmidim? Yoq,
yiglagan ekanman, doxtirjon. Bir marta!
Nega deysizmi? Qoying, bu gaplarni aytishga uyaladi, odam!
Ha, men sodda edim. Ammo vijdonsiz emasdim. Gol edim,
ammo imonsiz emasdim! Ahmoq edim, ammo diyonatini pulga
sotadiganlar xilidan emasdim.
Kechagina boshiga qongan baxt qushidan mast bolib yurgan
odam, ertasiga mukkasidan yiqilsa galati bolarkan. Odamning
peshonasi taq etib devorga urilganidan keyin kozi ochilarkan.
Shuncha paytdan beri kor ekanman, soqir ekanman...
Nima qilay? Kimga aytay dardimni? Otamgami? Òoydan
keyin uch kun otmay, qon bosimi oshib yiqilib qoldi-ku ozi?
Jovli Mengliyevich u yoqqa yugurib, bu yoqqa yugurib, yangi
qudasini viloyatdagi «kattalar» yotadigan bannisaga joyladi. Otam
bunaqa iltifotdan xursand boldi, deysizmi? Korgani borganimda
negadir mayus kulimsirab qoydi.
Men-ku dadamga hech nima demadim. Lekin otam menga
oxshagan gol emas. Urush korgan, tizzasidan qon kechgan.
Birov hech gapdan hech gap yoq, yuzingga tupursa-da, «bir
hazil qildim-da, ma, artib ol», deb chontagidan romolcha
chiqarib uzatsa, qanaqa boladi? Otam buni bilmaydimi? Aslida,
ayb menda! Ozimda! Men molfahmda! Dadamning orniga
men bannisaga tushishim kerak edi. Oladigan bolsam men
345
olishim kerak!
Onam bolsa, ozi bilan ozi ovora! Kun ora avtobusga otirib,
dadamning oldiga yuguradi. Nima qilay? Dardimni joram
Shodivoyga aytaymi? Nima deyman? Otang ablah ekan,
deymanmi? U yogini sorasangiz, Shodivoy qishloqda turmaydi.
Kvartirada yashab, tuman markazida ishlayapti. Osha mening
toyim kuni mast bolib chiqib ketgan koyi qishloqqa qaytib
kelmadi.
Nargis bilan turmushimiz... it yotish mirza turish. Birga
yashaymiz-u, ortasida boshqa bir odam, uchinchi odam
turgandek...
Bir vaqtlar otam qolimga pufak tutqazib, «pufla, oglim,
pufla qani, qachon yorilarkin» deganida xop oylab gapirgan
ekan! Pufak ertami-kechmi yorilishi kerak edi. Sezib turibman,
yoriladigan payti yaqin qoldi. Kolxozda tekshir-tekshirlar kuchayib
ketgan, Rais kozimga korinmaydi. Òogri-da, qandoq korinsin...
Gunchani uzsin. Òoyib-toyib hidlasin. Haddi siqqancha, kuchi
yetgancha ezgilasin... Keyin menga... men nodonga uzatsin.
Ustiga-ustak «qogozga orogliq qanddek, boshingga kotarib yur»,
deb pisanda qilib ham qoysin...
...Pufak kuz kunlaridan birida, ayni terim qizigan pallada
yorildi. Rais hadya qilgan, yoge sadaqa qilgan pat-patga qolimni
ham tegizmadim. Qandoq tegizay! Harom-ku osha lanati pat-
pat!
Bundan chiqdi, bir vaqtlar bolaligimda mototsikl minishni
orzu qilib yurganimda «pat-pat»ga Oysara yangam ega chiqqani,
Òursunboy akam osha nas bosgan lulkani minishga xazar qilgani,
doim mayus tortib yurishida gap bor ekan-da! Bundan chiqdi,
Rais Òursunboy akani, menga oxshab, onasining qornidan
tushgancha godak holida qolgan soddalarni pat-pat bilan aldar
ekan-da! Rais «oglingni oqishga olib boraman», «mashal
qilaman» «otalik qilib uylantirib qoyaman» deganda dadam «tullak
rais beradiganini belbogiga boglasin» degani bejiz emas ekan-
da!
Onam! Bechora onam! Shu nomardga ishonib, otamga qancha
dashnom berdi. Rais buvani farishtaga qiyos qildi! Farishta!
346
Ozidan qolgan sarqitlar bilan boshqalarni boqadigan «farishta»!
Yoq! Raisning magzavasi kerakmas menga! Magzavani qoshib
uzatgan pat-patiyam kerakmas!
Harom! Hammasi harom!
Har kuni dalaga eshagimni minib boraman. Rostini aytaymi?
Hammasidan shu tilsiz zabonsiz jonivor afzal menga! Nima
bolganda ham quvlik-shumlikni bilmaydi. Xiyonat qilmaydi...
Òong otmasdan eshak minib chiqib ketaman. Mashinada paxta
teraman. Uyga kelishga yuragim yoq. Kechalari shiyponda qolib
ketaman.
Bir kuni kechqurun qatirmoch bolib ketgan paytavamni
almashtirish uchun uyga kelsam, onam eshik oldida tipirchilab
turgan ekan.
Òez bol, bolam, mashina top! dedi chirqillab. Kelinni
dard tutib qoldi. Yaxshiyam ozing kelding. Aksiga olib otang
ham banisada.
Otam Jovli Mengliyevichning «iltifoti» bilan kazo-kazolarning
shifoxonasida bir oy yotib, sal oziga kelgan, ammo kuz tushishi
bilan dardi qaytalab bir hafta avval tagin ahvoli ogirlashib qolgan
edi. Ukkikoz Jovli aka yana osha kasalxonaga obormoqchi
bolganida, «qoying, unaqa joylar menga togri kelmas ekan»,
deb tuman kasalxonasiga yotgandi.
Bola qol, bolam! dedi onam negadir kozini olib qochib.
Qiynalib ketdi bechora!
Nega teskari qarayotganini bilmasam ekan! Uyalyapti bechora.
Ajab, qilgilikni qilgan boshqalar-u, enam nomus qilyapi. Òoydan
keyin uch hafta otar-otmas, onam «kelinning qadam olishi
galatiroq-mi?» deb yaramga tuz sepgan edi. Keyin bu togrida
boshqa gaplashmadik. Nimaniyam gaplashardik. Mana, osha yara
yorildi! Jondan suygan Nargisxonim tort oyda tugib beryapti...
Uyga kirsam, Nargis ingrab yotibdi. Qiziq, xotining tugay
deb tursa-yu, mashinasi bor qoshningga «kelinni tugruqxonaga
olib boraylik» deyishga or qilsang, galati bolarkan. Kimga
aytaman? «Iya, Qoshoqjon, kelin tezotar chiqib qopti-ku»,
demaydimi!
Noiloj «pat-patni» yurgizdim. Onam kelinni orab-chirmab,
lulkaga otqazdi. Ozi orqaga mingashayotgan edi, jerkib berdim.
Òushing! Yolni ozim bilaman!
Mototsiklni uchirib ketdim. Qorongi kocha, qorongi
347
osmon... Bir konglim mototsiklni uchirib borib, sim yogochga
ursam-u, hammasidan bir yola qutulsam, deyman. Nachora,
shaytonga xayf berdim.
...Òugruqxona eshigiga yetishimiz bilan ichkaridan oq xalat
kiygan ikki xotin chiqib, mototsikl chirogining yorugida shu
tomonga yugurdi.
Qoshoq aka! Nargis hansirab ingradi. Meni
kechiring... Qarasam yiglayapti. Yupatgim keldi-yu, negadir
yupatolmadim. Agar menga bir nima bolsa, dedi yiglab.
Ikki qolim raisning yoqasida!
Shunda yana bir narsani tushundim. Nargis meni, molfahmni
aldadi. Ammo unda nima gunoh! Qosha-qosha nevara korgan
Rais uni shu koyga solgan... Nima deyishimni bilmasdim.
Aytadigan gapim ham yoq edi. Nima dey? Nima qilay?
Oq xalatlilar uni lulkadan suyab tushirishi bilan mototsiklni
orqaga burib, yeldirib ketdim. Xayolimga tagin osha gap keldi.
Hozir simyogochga urilaman, yo bolmasa tikroq jarga qulab
ketaman-da, hammasi tamom! Mototsiklni uchirib ketyapman.
Nuqul xayolimda shu gap aylanadi. Boldi. Men endi
yashamayman! Men ham odammanmi? Men ham erkakmanmi?
Ertaga odamlarning koziga qandoq qarayman?..
Bir mahal roparada mashina chirogi korindi. «Pat-pat»ni
toppa-togri chiroqqa burdim. Eng songgi daqiqada mashina
ozini keskin chapga olib, guvillab yonimdan otib ketdi. Chang-
tozon orasida qoldim. Hamon uchib borarkanman, hayolimdan
boshqa oy kechdi. Shoshma, olib ketishdan osoni yoq. Avval
Rais bilan, menga shuncha «otalik» qilgan Rais bilan ikki ogizgina
gaplashib olay!
Kungurador darvozasi qulf ekan. Avval mushtladim. Keyin
tepdim. Darvozaxonada chiroq yondi. Yelkasiga ton tashlagan
Rais meni korib avval hayron boldi, keyin sevindi.
Tinchlikmi, Qoshoqjon? Otang tuzukmi? Kelin yaxshimi?
Yaxshi!dedim labim titrab. Òugruqxonaga oborib
qoydim.
Rais hayron bolgandek kozlarini pirpiratdi.
Iya, Qoshoqjon? Hali muddati yetmagandi shekilli? dedi-
yu birdan tizzasiga urib, qah-qahlab kulib yubordi. Voy, guppi-
ey! Voy udarnig-ey! Buyoginiyam bopladim de! Xotinniyam
dasrochna tugdirib yubordim de! u hovli tomonga qarab
348
baqirdi. Suyunchi obchiq, xotin! Ogilmi-qiz? dedi menga
yuzlanib. Otini nima qoyasan?
Titrab ketdim.
Otini sen qoyasan!
Uning kulgisi shartta kesildi. Chiroq ostida rangi bir gezardi-
yu, yuzi qahrli tusga kirdi.
Bu nima deganing, hayvon! «Qalliq oyin»ga borganing
esingdan chiqdimi! Ozim korganman!
Shuyam odam boldi-yu! Shuyam erkak boldi-yu!
Ol matohingni!
Nariroqda turgan «pat-pat»ni yetaklab, darvozaga ropara
qildim. Yelkam bilan bir turtgan edim, darvoza tavaqasi ochildi.
Mototsiklning orqasiga otib kuchim boricha kajavasiga tepdim.
Darvozaxona qiyaroq ekan, «pat-pat» ichkariga qarab girilladi,
Rais sakrab ozini chetga oldi. Mototsikl shitob bilan gildirab
borib oppoq «Volga»ning orqasiga urildi. Ruli qiyshayib,
mashinaning orqa chirogi chil-chil boldi. Raisning kozida ot
chaqnab ketdi.
Mashinani nima qilding, haromi! dedi hayqirib. Musht
oqtalib, ustimga kelayotgan edi, etigimning qonjidan pichoq
chiqardim.
Kelaver! Qiziq, shunaqangi osoyishta gapirdimki, ozim
ham hayron qoldim. Kela qol!
Rais turgan joyida taxta bolib qoldi. Shu payt erkak desa
erkaknikiga, xotin desa xotinnikiga oxshamaydigan dahshatli ovoz
uv tortdi.
Voy dod! Oldiropti! Erimni soyyopti!
Raisning ola-bula koylak kiygan xotini tovushini baralla
qoyib, tagin bir dodladi-da, supadek joyni egallab, gursillab yerga
otirib qoldi.
Ostonasiga tufladim-u, burilib ketdim. Orqamdan Raisning
chinqiroq hayqirigi eshitildi.
Haromi! Esi past, jinni! Men bunga otalik qildim! Uylantirib
qoydim...
Ertalab onam tugun-tersak kotarib yolga tushdi.
Kelinimdan xabar olay. Bir yola otangniyam korib
kelaman.
349
Sezib turibman. «Otangdan suyunchi olaman» demadi. Òogri-
da, suyunchini Raisdan xotini olsin! Eri yana bitta bolali boldi-
ku, axir!
Eshagimni minib, dalaga keldim. Òulporni shiypon oldidagi
tolga boglab, ishga tushib ketdim.
Mashinada paxta teryapman-u, xayol ming kochaga olib
kiradi. Nuqul ozim bilan ozim gaplashaman. Nega shunchalik
oyoqosti bolding? Nega Rais seni shunchalik xor qildi?
Òoshkentga yetaklab bordi, suv boyiga olib borib, sugormay
qaytarib keldi! Shunchaki erka ogli Shodivoyning konglini olish
uchunmi? Rais osha «katta domla»ga momaygina pul qistirmasa
sen tugul Shodivoy ham institutni tushida korardi. Nega osha
paytda bu gaplarni oylab kormading!
Otang «diplomat»ga taxlab beradigan jaraq-jaraq puling yoq
edi-ku, nega Shodivoyga ergashib Òoshkentga bording? Rais
qoymadimi? Nega senga yopishib oldi? Nega oqitaman, dedi?
Shoshma! Maktabni bitirayotganingda, imtihon boshlanishi-
dan oldin Rais Oysara yangaga atlas olib kelganmidi? Oshanda
Oysara yanga yiglaganmidi? Òursunboy akaning uyidan
chiqqaningda Rais nima dedi senga? «Bir-ikki oy indamay yur,
Òursunboyga korinma», dedimi? Ha-a! Mana, gap qayoqda ekan!
Òoxta! Oshanda Oysara yanga «Rais boshqa kitob topgan, oshani
oqiyversin» deganmidi? Bundan chiqdi osha kezlari Rais
boshqasiga ilakishib yurgan. Oysara yanga undan arazlagan. Rais
yarashmoqchi bolib, sendan Oysaraga sovga kirgazgan. Shoshma-
chi! Osha Nargis bolmasin tagin! Yoq, Nargis u paytda yosh
bola bolgan. Bundan chiqdi Rais boshqa oynash topgan. Bundan
chiqdi, Nargis birinchisi ham emas, oxirgisi ham...
Baribir! Rais seni shaharga bekorga olib bormagan. Ogzidan
gullab qoymasin, odamlarning kozidan uzoqroqda bolsin, deb
ataylab olib ketgan. Hov oshanda gastinsada Shodivoyga nima
dedi? «Jorang shuncha oynadi, boldi-da», dedimi? Demak, seni
shunchaki «oynatib» yurgan. Òoshkentdan qaytgandan keyin
Oysara yanga bilan yarashib, tagin apoq-chapoq bolib ketgan.
Ikki orada Òursunboy aka dodini kimga aytishni bilmay, rangi
somondek sargayib yuravergan! Bechora! Sen bolsang, ishga rayi
yoq deb xafa bolib yuribsan! Yo-o-q, Rais chuchvarani xom
sanabdi. Men Òursunboy aka emasman, yer chizib yuradigan!
Qolidan kelsa, yurist oglini ishga solib ottirib yuborsin!
350
Shoshma! Shodivoy oshanda, gastinsada nega buncha topolon
qildi? Nega «Qoshoq institutga kirmasa menam qishloqqa qaytib
ketaman», deb turib oldi? Yolgondan qildimi? Kim biladi?
Ishonib boladimi, bularga? Hammasining ildizi bir! Qarga
qarganing kozini choqimaydi! Hatto birovning toyida ham
taraf-taraf bolib otirishadi. Raykombuva bilan Rais torda, qirq
yillik muallim poygakda! «Dadam aytdi, yuristlarning topish-
tutishi zor bolarkan», deb ozi aytgan-ku! Bundan chiqdi...
Unaqa bolsa, nega tatil payti qishloqqa kelmay qoydi? Mening
toyim kuni mast bolib, ukkikoz Jovli aka, Shaydul kassirlarni
nega maymun oynatyapti, dedi?
Xop, mayli. Ozing-chi, ozing? Ozingda ayb yoqmi? Gazetada
maqtagani-yu, radioda «mashal» deganiga mahliyo bolib
yuraverdingmi? Gektaridan ellik sentner hosil olganing, mashinada
uch yuz ellik tonna paxta terganing girt yolgon-ku! Shunchalik
ilgor ekasan, nega ozing ham, brigadangdagi yigitlar ham nosvoy
puliga yetar-yetmas haq oladi? Qayoqqa ketyapti osha pullar?
Bundan chiqdi kech kuzda, yarim kechasi xloppunktda majlis bolgan
kuni Shaydul kassirning papkasini yolda tushirib qoldirganingda
kassir shunchalik tipirchilagani bejiz emas ekan-da!.. Kichkinaligimda
ikki karra ikki besh, deb yurganim oyinchoq ekan-ku! Dunyoda
bunaqangi ishlar bor ekan! Xohlasa, suvdan xolva yasaydi. Xohlasa,
xalqni chomichda qoqib boylik toplaydi. Davlatning koziga chop
solib «qahramon» boladi. Xosh, shunaqa ekan, «igvogar» Ergashev
«senga bildirmay vedomost tuzishadi, paxta orniga pul topshirishadi»
deganda nega ishonmading? Ishonmading emas, Ergashevni qoralab
yozishgan gazetani Nargis oqiganida qarsak chalding! Nega? Yoq,
azbaroyi Ergashevni yomon korganingdan emas, Nargisni yaxshi
korganingdan chalgansan. Shoshma?! Oshanda Nargis seni opgan
edi-a? «Siz yaxshi odamsiz», degan edi-a?! Demak, oshanda
Nargisning gapini boshqacha tushunibsan-da. Meni jon-dilidan sevadi
deb oylaysan-da! Galvars!
Obkom vakili, Raykom, Rais hammasi bir tomonga otib
turganidan keyin, xalq manfaatini shular oylaydi, bular axir katta
odamlar, esli odamlar debman-da! Men ahmoq shularga ishonib
yuribman-a! Shularga-ya! Kim ozi bular?! Priyomchik Jovli,
RayPO qaynotam, Rais, Shaydul-kassir, toyda yelib-yugurgan
kuyov hammasi bir odam! Hammasi! Kim bilsin, balki
Nargisning tan-joni «nosogroq» ekanini hammasi bilgandir.
351
Hammasi birgalashib men ahmoqni yana bir marta ahmoq
qilgandir! Nega bolmasa Raisning ozi tosatdan toyga bosh-
qosh bolib qoldi. Nega osha harom-harish pat-patining kalitini
boyniga osib yuradigan Oysara yanga Nargisnikiga borishimni
eshitgan zahoti iljayib, baxt-saodat tiladi. Balki yana bir norasmiy
«kundosh»dan qutulganiga, Rais tagin oziniki bolib qolganiga
shukur qilgandir. Iflos! Xotinim (qiziq, nega endi mening xotinim
bolsin, Raisning xotini-ku) bilganini qilsin. Endi turmushimiz
turmush bolmaydi. Bilaman, ungayam osonmas. Òugruqxona
eshigida bekorga yiglamadi. Rostini aytdi. Xop, shu bilan mening
dardim yengillashib qoladimi? Men nima qilay, axir? Qaysi biridan
qasos olay? Qandoq qilib? Hammasini bir chekkadan soyib
chiqolmayman-ku! Rais xohlasa, bugunoq meni oborib tiqib
qoyadi. Yoniga Jovli tushadi, Raykom tushadi, qaynotam
tushadi...
Xop. Bolmasa nima qilay? Bir haftadan keyin Nargisni
tugruqxonadan olib chiqib, raisdan bolgan bolani «lu-lu-lu» deb
kotarib kelaymi? Òursunboy akaga oxshab bir umr odamlarning
koziga qarolmay yuraymi? Yo «mashal» brigad bolib, gektaridan
oltmish sentnerdan hosil kotarib, medal olaymi? Har mavsumda
tort yuz, kattalar xohlasa yetti yuz tonna paxta terib «qahramon»
bolaymi? «Qahramon» emish! Rais xohlasa shunaqa qiladiki,
har kuni meni dalaga jonatib, xuddi Oysara yangamning uyiga
kirgandek, Nargisning oldiga keladi! Kim bilsin, balki bir vaqtlar
Òursunboy akamga ham osmon baravar vadalar bergandir?..
Rahmat! Òupurdim, osha qoshimcha planlariga, yasama
«qahramon»ligiga!
Xayol surib, egat boshiga borib qolibman. Ogirilib qarasam,
bunker tolib ketibdi. Mashinani orqaga burayotganimda shiypon
tomonda oq tovushi eshitildi. Hayron bolib, mashinadan
tushdim.
Shiypon oldidagi tolga boylangan Òulporim boshini orqaga
tashlagancha ikki gaz sakrab ketganiga kozim tushdi. Nariroqda,
«Niva» mashinasi toxtab turardi. Eshagimning roparasida turib
miltiq oqtalayotgan Raisni endi kordim. U milidan tutun chiqib
turgan miltiqni yiqilayotgan eshagimga yana togriladi. Òulporim
jon talvasasida arqonni siltab ozini orqaga otdi. Shu payt
avvalgidan ham qattiq gumburlagan oq tovushi qulogimga kirdi.
Miltiq milidan tagin tutun chiqdi. Eshagim yerga qulaginini
352
kordim-u, osha tomonga yugurdim.
Yetib kelsam, Rais shiypondagi sorida qoshogiz miltiqni
tizzasiga qoyib, xotirjam otiribdi. Uchib kelib, Òulporimning
ustiga tiz chokdim. On besh yillik qadrdonim tuproq yerda
chozilib yotar, kuragidan qon oqib, qorayib turardi. Boshini
kotargan edim, ochiq qolgan kozlarida xuddi odamnikiga
oxshagan hayratmi, unsiz xitobmi kordim. Qolimga qon yuqdi.
Boynini ham oq teshib otgan ekan!
Esdan oggandek sapchib ornimdan turdim.
Nima qilding? dedim hayqirib. Nima qilding, hayvon!
Òilsiz-zabonsiz jonivor nima gunoh qildi senga?!
Paxtani payhon qilgan! Rais teskari qarab chirt etib
tupurdi. Bir gektar yerni!
Qachon? Bogliq turibdi-ku!
Rais negadir xiringlab kuldi.
Bu mashinamning chirogini sindirganing haqqi! Kechagi
tuhmating uchun yana javob berasan hali!
Ot! koksimga chang solib, koylagimni yirtdim.
Nomard, kelib-kelib kuching shu jonivorga yetdimi? Ot, mard
bolsang! Ot, hezalak!
Bu shunchaki preduprejdena. Hali shunaqangi kunlarni
korasanki! Xotiningni haqorat qilganing uchun, rahbar xodimga
pichoq oqtalganing uchun... u xalatnusxa kitelining tugmasini
yechib, jun bosgan kokragini xotirjam silab qoydi. Miltiq
bandidan ushlab, mashinasi tomon yurgan edi, yerga chokkalab
qoldim.
Haromxor! Hayvon! Ot, deyapman, erkak bolsang!
U «Niva»ga otirib motorni yurgizdi.
Shoshma, dedi iljayib. Har narsaning oz mavridi bor!
Shunday dedi-yu mashinani gurillatib ketdi. Òura solib,
yugurdim. Qolimga tushgan guvalani olib, «Niva» ketidan otdim.
Òegmadi. Hansirab chopib borarkanman, qoqilib, yuz tuban yiqilib
tushdim. Òizzamni kozi sirqirab ogrir edi, oqsoqlanib qaytib
keldim.
Shiypon burchagida turgan, zanglab ketgan ketmonni olib,
tol tagidan chuqur kavlay boshladim. Ishonasizmi, esimni
taniganimdan beri yiglash nimaligini bilmagan, toydan keyin
ozimni necha marta oldirishga qasd qilganda ham kozimga bir
qatra yosh kelmagan odam, eshshagimni komayotganda yigladim!
353
Keyin hovuzda yuzimni yuvib olib, sori chekkasiga kelib otirdim.
Uzoq otirdim.
Orqa tomonda motor gurilladi. Burilib qarasam, Raisning
mashinasi! Ketmon dastasini mahkam changalladim. Yaxshi! Rais
miltiq bilan, men ketmon bilan! Yo u oladi, yo man! Ammo
Raisni oldirsam, eshagimning tagiga kommagan nomard!
Òulporimning gorini ochib, sudrab chiqaman-da, avval Raisni
yerga tiqaman! Keyin eshagimni! Òoki Raisning oligi eshagimning
tagida yotsin!
Mashinadan koptokdek dum-dumaloq Qamchibek tushdi.
Qoshoqjon... dedi yalinib. Tez borarkansiz! Raykom
bova chaqiryapti.
Endi mashina ichiga biqinib olib, hunar korsatyaptimi,
hezalak! Qarasam, yoq, mashina ichida hech kim korinmaydi.
Juda iltimos qildi. Raykom bova! dedi shofyor hurkibroq.
Kim u Raykom bovang!
Qoshoqjo-on! Yangi kamissiya hamma tomonni komp-
leks tekshiryapti, umrida dalaga chiqmaydigan kattalarning
hammasi osha yerda. Qaynotangiz... Jovli Mengliyevich...
Mening qaynotam yoq!
Musayip ham osha yerda. «Ferma toga».
E, har yuz sovliqdan ikki yuztadan qozi oladigan «Ferma
toga»mi?
Shofyor suyunib ketdi. Iljaydi.
Xuddi ozi!
Òanimayman!
Raykom bova qattiq tayinladilar. Eng mashal mexaniza-
torimiz kelmasa bolmaydi, dedilar.
Ergashevni igvogar deb qamatgan osha Raykom bovami?
Shofyor indamay boshini quyi soldi.
Uniyam tanimayman! dedim xorsinib. Qiziq, ichim
bom-bosh edi.
Qoshoqjon! shofyor yelkamdan quchdi. Òogrisini
aytaymi? Bu kamissiya tosatdan bosdi. Juda katta kamissiya!
Markazdan kelgan. Ottiz kishi! Gektaridan ellik uch sentnerdan
hosil oladigan, mavsumda tort yuz tonna paxta termoqchi bolgan
yigitni ozini korsatasan, deyapti. Rais bova, Qoshoq Salimov
farzand korgan, xotinidan xabar olishga ketgan, desayam
qoymayapti.
354
Kelaversin, dedim pinagimni buzmay.
Bu yoqqa qandoq opkelamiz? Hosilning mazasi yoq-ku!
Raykom bova aytdi: oltinchi uchastkada mashina tushmagan karta
bor. Oshanda yarim soatgina paxta terib korsatsa bas, dedi!
Rais bova sizni xafa qilib qoygan ekan. Raykom yomon sokdi.
Shu bolaning dilini ogritsangiz, sizdan norozi bolamiz, dedi.
Shaxsan ozi iltimos qildi.
Mehribonchilikni qarang! Òupurdim, osha Raisning
hamtovoqlariga!
Yap-yangi mashina tayyorlab qoyishibdi. Jon uka, xop
deng! Qamchibek ikki qolini koksiga qoydi. Meniyam
bola-chaqam bor. Bormasangiz, Raykom bova bilan Rais bova
terimga somon tiqadi.
U kozimga shu qadar iltijo bilan termulib, shu qadar
yiglamsiradiki, xayolimga galati oy keldi.
Qamchibek aka, kamissiya rostdan ham markazdan
kelganmi?
Markazdan! Obkom vakiliyam pildirab yuribdi. Raykom
bovaning es-hushi ozidamas. Rais bova-ku, tamom boldi,
hammaga bir qarab talmovsiraydi...
Avvalgilariga oxshab pulga sotilmaydimi, kamissiyalaring?
Bilmadim. Ammo ziyofatga konmadi... Rais bova «bir
piyola choyimiz bor» degan edi, kamissiya boshligi jerkib tashladi.
...Rostdan ham hali mashina kirmagan, paxtasi oqib yotgan
paykal chetida ellik chogliq odam turgan ekan. Poxol shlyapa
kiyganlar, boshyalanglar, doppi kiyganlar. Semiz obkom vakili
ularning atrofida girdikapalak! Soqolini qirtishlab olgan qaynotam,
ukkinikiga oxshagan kokimtir kozlari alang-jalang Jovli aka,
pahta zavodining direktori taqirbosh Viktorov, ikki gapining
birida «monga qorang» deb gap maqullayotgan «Ferma toga»,
novcha-terak Shaydul-kassir, ingichka boynidagi uchburchak
bagbaqasi paydar-pay liqillab turgan Raykom buva, birpasda
yasanib, medal tola qora kostumini kiyib olgan Rais...
Rais mashinadan tushishim bilan shodon xitob qildi.
Mana, osha mashalimiz! Qoshojon Salimov! Buni
qaranglar, bugun tongich farzandi tugildi-yu, shundayam
daladan chiqmaydi. Boshqa uchastkada paxta terayotgan ekan,
azamat.
Allaqayoqdan qaynotam paydo boldi.
355
Qizcha, qutli bolsin, ulim! dedi-yu, peshonamdan
opmoqchi edi, yuzimni chirillatib ogirdim. Rais uni nari surib,
yana xitob qildi.
Bu uchastkaga ikki mashina kirgan. Hosilimizni qarang!
Uchinchi terimga ham yetilib turibdi.
Gapini qarang. Ogzini ochdi, ichidan yolgon chiqadi, ablah!
Bunaqa «korgazmali paykal»larni mavsum oxirigacha ataylab
asrab qoyishingni girt ahmoq ham biladi-ku!
Bunaqa maydondan bemalol oltmish sentnerdan olsa
boladi, dedi u jilmayib. Qani, Qoshoqjon! Bir korsat
hunaringni! u komissiya vakillari ortiqcha savol berib, meni
ortaga olishini xohlamadi shekilli, zipillab paykal boshida turgan
mashina tomon yetakladi.
Mashina chindan ham yap-yangi edi. Darrov sezdim,
shpindellari top-toza, kabinasidan yoqimli hid kelib turibdi.
Buyam korgazmali mashina! Ikki soat paxta terasan-da, keyin
yana olib qoyadi.
«Hunarimni» korging kelib qoldimi? Hozir-da, shunaqangi
hunar korsatayki! Qiziq, negadir qaynotamning «qizcha qutlug
bolsin» degani qulogim tagida yana jaranglab ketgandek boldi.
Bundan chiqdi, Nargis qiz tugibdi-da! Raisning qizi!
Xaromxorlar! Hamtovoqlar! Korib qoy!
Richagni bosib shpindellarni shu qadar pastga tushirdimki,
yerga tegib qoldi-yov! Motorni yurgizib, kuchim boricha tepkini
bosdim. Mashina quturgan fildek nara tortib, oldinga sapchidi.
Chang-tozon kotarildi. Burilib qarasam, bunkerga paxta emas,
gozapoyalar, majaqlangan kosaklar patir-putir tushyapti! Qoyil!
Ozim ham bir zumda allaqancha joyni agdar-tontar qilib
tashladim-ov! Mana buning otini yer haydash desa boladi!
Mashinam otgan joy ship-shiydam! Na paxta bor, na gozapoya!
Yer shudgor bolib ketganini aytmaysizmi!
Bir mahal Rais bilan Raykom buva mashina ketidan yugurib
qoldi. Negadir kulib yubordim. Bu kuningdan battar bol, hammang!
Rais rangi gezargancha qolini paxsa qilib baqirdi. Eh-he, haliyam
doq qilyapsanmi?! Mana bolmasa! Mashinani shiddat bilan dalaga
kondalang qilib burdim. Odatda, terim mashinasini keskin burib
bolmaydi. Bunker zalvaridan agdarilib ketadi. Hozir ham shunday
boldi. Mashina ong tomonga ogdi-da, gursillab dumalab tushdi.
Kabinadan otilib ketdim. Paxtazor ortasida anchagacha qulogim
356
guvillab yotdim. Boshim kattaroq kesakka urilgan ekanmi, sirqillab
ogrir, qulogim shangillar edi.
Bir zumda ustimga odamlar toplandi. Shlyapali, shlyapasiz
komissiya azolari, surnayga oxshab giyqillab nafas olayotgan
semiz obkom vakili, uchburchak bagbaqasi liqillab turgan Raykom
buva, Shaydul-kassir, qaynotam, ukki kozlari yonib turgan Jovli
aka, bashang kiyingan rais, qoying-chi, «Ferma toga»gacha
atrofimni orab olishdi.
Nima qilding, ahmoq! Rais yirtilib ketgan yoqamdan
bogib kotardi. Kolxoz mulkini nima qilding, ablah! dedi-
da, yuzimga tarsaki tortib yubordi.
Urish mana bunaqa boladi, deb qoq jagiga chunonam musht
tushurdim-ki, Rais pufakdek uchib ketdi. Besh qadamcha nariga
ariq ichiga borib tushdi. Pishiq ekan, xunasa! Paq etib yorilib
ketmaganiga hayronman. Yugurib borib qorniga tepdim. «Giq»
etgan ovozni hamma eshitdi.
Nima qilyapsan! Jovli aka xumdek boshini yelkasi ichiga
tortib chopib kelayotganini kordim. Yo-oq, men Shaydul-kassir
emasman, kalla qoyishingni kutib otiradigan. Yaqin kelsa nagal
qoqilgan etigim bilan qoq jagiga tepishni moljallab turgan edim,
allakim, uni quchoqlab, toxtatib qoldi. Jovli, oljasiga yetolmagan
ukkidek kozlari yonib, «huv-huv» deb tipirchiladi.
Qani, kelaver! dedim jazavam tutib. Kela qol!
Qiziq, yaqin keladigan mard yoq!
Voy nomardlar! Voy jojaxorozlar! Hali senlarga xor bolib
yuribmanmi!
Kamissiyaning boshligi kim? dedim baqirib. Kim?!
Oraga galati jimlik chokdi.
Kim? dedim jon holatda chinqirib.
Kulrang poxol shlyapa kiygan odam davradan ajrab chiqdi.
Sekin-sekin yaqin keldi.
Ozingizni bosing, uka! dedi osoyishta ohagda.
Sizmi, boshliq?! Sizmi? Ayting?
Men! u yelkamga qoqmoqchi edi, qolini siltab
tashladim. Yolgon! tilimga birinchi kelgan soz shu boldi.
Yolgon! Gektaridan ellik sentner hosil olganimiz yolgon!
Bultur uch yuz ellik tonna paxta terganim yolgon! Katta pul
daromad qilganim yolgon!
Davra orasida Raykom buvaning ovozi keldi.
357
Ortoq vakil! Iltimos, quloq solmang, bunga. Bu bola
shizofrenik!
Sen ozing shizo... shizo... u yogiga tilim kelishmadi.
Battar hayqirdim. Ozing shunaqasan! Hammang ogrisan! Ana,
bizning haqimizni omargan ogri! ogzidan kopik chiqarib
yotgan Raisga imo qildim. Mana ogriboshi, zavod direktori
bilan pul taqsimlaydi! xumdek kallasini salanglatib hamon men
tomonga yulqinayotgan Jovlining basharasiga tupurdim.
Kulrang shlyapali vakil yelkamdan quchdi.
Ozingizni bosing, uka! Hammasini aniqlaymiz!
Qoyvor! dedim tipirchilab. Hammasini aytaman!
Shaydul-kassir paxta orniga xloppunktga pul olib borgan. Panji
uylanganiga besh yildan oshdi! Haliyam qarzidan qutulgani yoq!
Maosh ololmaydi.
Qoying, Qoshoqjon! Uyat boladi! soqoli qirtishlangan
qaynotam yaqin kelgan edi, iflos narsani korgandek yuzimni
ogirdim.
Yoqol, qoshmachi!
Allaqayoqdan taqirbosh Viktorov paydo boldi.
Nu, durak! dedi yaltiroq boshini chayqab. Ay durak,
a? Kup gapirma, axmak!
Sen ahmoq! Sen poraxor!
Militsiya! olomon orasidan Raykom buvaning hokimona
xitobi yangradi. Militsiya bormi ozi bu xojalikda!
Mana senga melisa! dedim xunuk qiliq qilib. Osha
pullardan senam ulushingni olgansan. Obkom vakili ham.
Bolmasa, Ergashevni nega qamatdilaring? Halol odamni nega
turmaga tiqdilaring! Hammang ogrisan! Hammang harom-
xorsan. Vijdonsizlar! Yegan-ichganlaring harom, kiygan
kiyimlaring harom, topgan-tutganing harom. Mana, ot!
Oldir. Oldirib qoya qol! Jonimdan toyib ketdim!
...Keyin nima bolgani esimda yoq.
Kozimni ochsam, derazasiga temir panjara tutilgan katalakdek
xonada yotibman. Koylagim yoqavayron. Shimim loy. Etigim
yechib olingan. Bir mahal eshik ochilib zaxil yuzli, burnining
uchi qilzil, kozlari ola-kula odam korindi. Òurqi sovuq bolsayam
kiyinishni boplarkan. Egnida oppoq koylak, qirrasini chiqarib
358
dazmollangan kulrang shim, gard yuqmagan qora tufli... Òemir
karavotdan turib, arang qaddimni rostladim. Negadir boshim
sirqillar, suv ichgim kelardi.
Salimov? dedi u chaqchayib.
Shunaqa shekilli, dedim xotirjamlik bilan. Endi bu yogi
menga baribir! Qolidan kelganini qilmaydimi? Ajab, dilim ravshan
edi. Olay agar, nimaga shunaqa bolganini ozim bilmayman...
Faqat, otam bilan onamga achinardim.
Xo-osh... Mening familiyam Qalandarov! Òergov-
chiman! zaxil yuzli kishi daftar-qalam oldi. Xonada kursi yoqligi
uchunmi, temir karavotda otirishga irgandimi, turgan joyida
qolidagi qogozlarni titkiladi. Negadir kuldi. Qiziq, kulishi galati
ekan. Xuddi kaltakesak chirqillganga oxsharkan. Hurmatingiz
zor, Salimov! Sizni ovora qilmaslik uchun kabinetga chaqirmay,
shu yerning ozida soroq qilib qoya qolamiz. Òosatdan uning
kozlari olayib ovozi qatiy tus oldi. Salimov! dedi shiddat
bilan. Siz jinoyat kodeksining... qip-qizil burnining uchini
barmogi bilan paydar-pay silab, allaqancha raqamlarni aytdi, «b»,
«g», «d» moddalariga binoan jinoiy javobgarlikka molik ish qilgansiz!
Birinchidan, qonuniy ZAGSdan otgan xotiningiz Nargis
Qoshshayevaning ogir oyoqligini bila turib qorniga tepgansiz!
Qasddan! Xotiningizni prejdevremenniy dard tutib qolgan. Siz
jinoyatni yashirish uchun Qoshshayevani rayon roddomiga
mototsiklda olib borgansiz! Roddom eshigiga tashlab qochgansiz.
Yaxshiyamki, grajdanka Qoshshayevaning organizmi kuchlilik
qilgan. Chaqaloq sog-salomat tugilgan, tergovchi sabziga
oxshash qip-qizil burnining uchini yana silab qoydi. Òurgan joyida
qogoz titkiladi. Xo-osh! dedi salmoqlanib. Uch kilo-yu
yetti yuz on yetti gramm!
Nima y?
Qalandarov hayron bolib, yuzimga qaradi.
Nima, «nima»?
Uch kilo-yu yetti yuz gramm nima?
Nima emas, kim? Qalandarov yer tepinib hayqirdi.
Chaqaloqni aytaman, galvars! Sening qizingni!
Xaxolab kulib yubordim.
Sorab kordingizmi, ortoq Qalandarov! Chaqaloq necha
oyda tugilibdi? Òort oylik bola salkam tort kilo boladimi?
Qalandarov kozlari ola-kula bolib ketdi.
359
Birinchidan, men senga ortoq Qalandarov emas, grajdanin
tergovchi Qalandarovman! Ikkinchidan, savolni sen emas, men
beraman! Xo-osh... 31 oktabr kuni kechqurun soat yigirma
ikkidan ellik toqqiz minut otganda grajdanka Qoshshayevani
urib, roddomga tashlab qochgansan. Oradan qirq uch minut
otgach, soat yigirma uchdan qirq ikki minut otganida «Mashal»
kolxozining raisi, viloyat kengashining deputati, bir emas, oltita
hukumat nishoni bilan mukofotlangan Òoshmamat Alimovning
uyiga mototsikl minib, bostirib borgansan. Mototsikl lyulkasida
qasddan olib borgan boltang bolgan. Shu bolta bilan hurmatli
ortoq Alimovning mehnatda erishgan yutuqlari uchun mukofot
tarzida berilgan 5091 nomerli «GAZ-24» «Volga» mashinasini
urib pachaqlagansan. Keyin etigingning qonjidan tigining
uzunligi 29 santimetrli suyak sopli pichoq chiqarib, ortoq
Alimovni soymoqchi bolgansan. Boltani topdik. Mashina tagida
yotgan ekan. Pichoq qani?
Raisning qornida! Yorib korsangiz topasiz! dedim
xotirjamlik bilan.
Bas! Qalandarovning burni battar qizarib ketdi.
Nazarimda boyni ham qizarib, oppoq koylagining yoqasi lolarang
tusga kirdiyov! Ottiz ikkinchi oktabr, tfu, birinchi noyabr
kuni nega Alimovni urding? Nega xizmat vazifasini bajarib turgan
rahbarni tepding? Nega bogding? Nega allaqanday igvogar
Ergashevni himoya qilding?
Bilmadim, yana kulgim qistadi.
Rais olmadimi hali?! dedim iljayib. Men uning
kallasini ketmon bilan uruvdim-ku!
Shunaqami? tergovchining zaxil yuzi yorishdi. Yozib
qoyamiz. Xo-osh... Jinoyatchi Salimov Òoshmamat Alimovni
ketmon bilan boshiga urgan. Yaxshi! Yana? Ortoq Menglievni-
chi? Uniyam tepibsan-ku!
Aniq esimda yog-u, chamamda uni tepmadim. Chopdim.
Ketmon bilan boshini chopib tashladim. Ketmon otkir edi-da!
Oz kozim bilan kordim! Rais ikkovining boshi uzilib, sapchadek
dumalab ketuvdi. Paykalda ikkala bosh haliyam yonma-yon yotgan
bolishi kerak, ortoq...
Ortoq dema! Qalandarov bir chaqchaydi-yu, yozishda
davom etdi. Yaxshi! Buniyam deloga tikib qoyamiz. U
kaftlarini ishtaha bilan ishqaladi. Bilasizmi, Salimov! dedi
360
mamnun jilmayib, hatto ovozi ham muloyimlashib ketdi.
Shuncha jinoyat uchun sizni kamida on besh yil ozodlikdan
mahrum qilish kerak! Oliy jazoni qollash ham mumkin! Albatta,
buyogini sud hal qiladi. Muhimi shuki, jinoyatchi aybini
boyniga...
«Boyniga» deyishi bilan sapchib turib boyniga yopishgan
edim, qizil burni kokarib dod soldi.
Dejurniy!
Yosh navbatchi militsioner quyundek uchib kirib, qolimdan
tutdi. Òergovchi hansirab nafas olgancha chiyilladi.
Senga oliy jazoni olib bermasam, Qalandarov otimni boshqa
qoyaman. Starshiy tergovchi bilan nachalnikka bugun, hozir
raport yozaman!
Òemir karavotga otirib, devor tomonga qarab oldim. Qolidan
kelganini qilsin!
Men shu yerdaman! Nima gap! dedi kimdir eshik
tomonda.
Ortoq starshiy tergovchi! Qalandarovning yiglamsiragan
tovushi qulogimga kirdi. Ogir jinoyat ustida KPZga tushgan
Salimov dopros paytida meni bogib oldirmoqchi boldi. Mana!
Boynimni korib qoying. Mana, barmoq izlari turibdi. Ruxsat
eting, eksperizaga borishga!
Yoqol! starshiy tergovchi shunaqangi hayqirdiki, katalak
xona zingillab ketdi. Keyin jimlik chokdi. Xayriyat, daf bolishdi!
Qosho... boshim ustida shunaqangi tanish, shunaqangi
mehribon ovoz eshitildiki, ornimdan turib ketdim. Burilib
qarasam, xona ortasida Shodivoy turibdi. Qandoq yaxshi! Endi
meni qadrdon dostim, yog-e, sobiq dostim Shodivoy, starshiy
tergovchi grajdanin Alimov soroq qiladi! Xohlagan muddatni
boynimga iladi. Zor-da, oldirsayam, dost oldirsin!
Endi joyimga otirayotgan edim, Shodivoy ildam kelib
qoltigimdan kotardi.
Voy jinni-ey! Òergovchi deganiyam jinoyatchini quchoqlaydimi
hech zamonda!
Bir mahal qarasam, koziga yosh tolib turibdi.
Shodi? yelkasiga turtdim. Jinnimisan?!
U yuzimga diqqat bilan termuldi.
Qosho! dedi ovozi xirillab. Bilaman senda gunoh yoq.
Jahlim chiqib ketdi.
361
E, esing joyidami, Shodi! Aybsiz odamni bu yerga
obkeladimi? Otangni urganim rost! Qorniga pichoq sanchganim
rost! Olmay qolgan ekan, ertasiga Jovli ikkovining boshini ketmon
bilan chopib tashlaganimam togri! Osha ketmon shiyponda
turibdi. Birov ilib ketmasidan toptirib qoy. Xotinimning qorniga
tepganim ham rost. Bolmasa, tort oyda tugarmidi!
Ochir! Shodivoy shusiz ham varvarak bolib ketgan
koylagimning yoqasiga yopishdi.
Koylakni yirtding, xumpar! dedim baqirib.
Qosho! Qoshshayeva bilan gaplashdim. Senga hech qanada
davosi yoq, Shodivoy kozimga tikildi. Ayb boshqalarda!
Sen begunohsan.
Qarasam, yiglab yuboradigan! Òogrisini aytsam, joramga
rahmim keldi.
Shodi-i, dedim yalinib. Bitta xop de, jon ortoq!
Meni qamatgi-in! Necha yil bersang ham ging demayman.
Ochir!
Shoshma, munday otirgin, jora! Shodivoyning yelkasini
silab, yonimga otqazdim. Ozing oylab kor. Sen yosh kadr
bolsang. Shuncha yil bekorga oqidingmi? Qancha qiynalding,
togrimi? Kanikul paytidayam qishloqqa kelmading. Markazda
ishlading. Otang seni oqitaman deb shuncha ovora boldi...
Otam?! Shodivoy shu qadar alam bilan ingrab yubordiki,
ozimning ham kozimga yosh quyilib keldi. Joram temir
karavotda chokkanicha yuzini kafti bilan tosib, uzoq otirdi.
Nima deyishni, nima qilishni bilmasdi.
Qoy, Shodi-i, xafa bolma... dedim sekin.
Otam... Shodivoy qollarini tushirdi. Kozida, odamning
yuragini ezib yuboradigan alam bor edi. Qandoq bosh kotarib
yuraman, bu yerlarda, jora! dedi ingrab. Kim degan odam
boldim?! On bitta nevaralik odam on sakkiz yashar qizni shu
ahvolga solsa! Hamma narsani pul bilan olchasa. Harom-xarish
yollar bilan obro topsa. Enamning koziga qandoq qarayman,
dostim. Opalarimning koziga qandoq qarayman!
Boldi, jora, boldi! dedim yelkasiga qoqib. Hammasi
yaxshi boladi.
Bilasanmi, Qosho! joram baqirib yubormaslik uchun
titrab turgan labini tishladi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasida
shu ishni menga topshirishdi. Sening ishingni! Otam bilan raykom
362
ataylab viloyatga borishgan. Mening qolim bilan sendan qasos
olishmoqchi. Òushundingmi?
Yaxshi bopti! dedim yengil tortib. Meni qamatsang,
qutulasan! Otangni urganim rost-ku!
Ahmoq! Shodivoyning kozida vahimali ot porladi.
Meniyam ozingga oxshagan tentak deyapsanmi, ahmoq!
Sal hovridan tushirmasam bolmaydigan.
Shodi-i, dedim yalinib. Otang seni ne umidlar bilan
oqitdi, jora...
Ovar! Shodivoy alamli kuldi. Bilaman, oqitdi. Har
sessiyada sovga-salom, dasta-dasta pul jonatdi. Aytsam, bari-
bir ishonmaysan! Men osha pullarni qaytarib yuborardim.
Oqishga pul bilan kirganim yetadi. Endi bu yogiga... u bir
nuqtaga tikilgancha uzoq jimib qoldi. Mayus kulimsiradi. Men
yuristlar eng halol odam derdim. Adliya sozi adolat sozidan
olingan derdim. Qadimgi yunonlarning Femida degan xotin xudosi
bor. Adolat oshandan qolgan, deb oqitishardi. Rost, domlalarimiz
orasida halol odamlar kop edi. Ammo, har zachetda pul yigib
oladigan ablahlar ham bor edi, Qosho! Ishonasanmi shunga!
u alam bilan bosh chayqadi. Avval boshi men oqimoqchi
emasdim. Sen qayerda bolsang, men ham shu yerda bolmoqchi
edim. Keyin osha tamagir domlalarni korib, oxirigacha oqishga
qasd qildim. Shuning uchun tatil paytlari jon kuydirib ishladim.
Bu yoqlarga qaytmoqchi emasdim.
Baribir kelding-ku, dedim boshqa gap topolmay.
Shodivoy xorsindi.
Keldim emas, yuborishdi.
Bopti-da, ishlayver.
Joram labining bir burchi bilan iljaydi.
Oson ekan-da! Oz otangni soroq qilish oyinchoq ekan-
da! Osha aldam-qaldamlarda otamning ham qoli bor-ku!
Hammasining ildizi bir-ku.
Qarang, bu yogini oylamagan ekanman. Shodivoy shu qadar
mayus otirardiki, joramga yuragim tuzdek achib ketdi.
Qoy, jora! dedim boshini silab. Xafa bolma. Meni
qamatsang...
Yana gapiradi-ya! Shodivoy yeb yuborgudek vajohatda
chaqchaydi.
Quloq solsang-chi, ahmoq! dedim jahlim chiqib. Meni
363
qamatsang, hammasi joyiga tushadi.
Ozing ahmoq! Shodivoyning ham jazavasi qozib ketdi.
Eshakka oxshagan befahm. Qamatmayman!
Qamatasan! Aybim boynimda-ku!
Yoq!
Qamatasan! alam ustida temir karavotga mushtlagan
edim, qolim chunonam sanchib ketdiki, voy-voylab qoldim.
Nima qildi, Qosho? joram qolimni kaftlari orasiga
olib, silay boshladi. Yomon tegdimi? Ikki quloging bilan eshitib
qoy, dostim, seni qamatib qoymayman.
Shodi! dedim yalinib. Jon jora! Dostligimiz haqi!
Meni qamatgin. Bitta joralik qilgin. Shunda ozinggayam yaxshi
boladi.
On toqqizinchi bob
GAPNING INDALLOSI YOKI QULOQQA
CHALINGAN XABARLAR
Endi ishondingizmi, doxtirjon! Men jinoyatchi emasman,
jinni ham emasman. Raisga pichoq oqtalganimdan tonmayman.
Urganim ham rost. Shuning uchun Raisdan tortib Jovligacha,
Raykom buvadan tortib obkom vakiligacha meni jinoyat kursisiga
otqazishga xop urinishdi. Uch oygina qamashdi ham. Shodivoy
bekorga oqimagan ekan. Shunaqangi gayrat bilan ishga kirishib
ketdiki, meni jinoyatchi deganlarning ozi dumini qisib qoldi.
Omadim chopganini qarangki, turmushimizda galati ozgarishlar
boldi. «Igvogar» deganimiz osha Ergashev eng pokiza odam
ekan. Qamoqdan chiqib kelib, u ham Shodivoyning yoniga kiribdi.
Ikkalasi meni kafillikka olibdi. Nargis mard xotin ekan. Sudda
meni oqlab chiqdi. «Salimovning qilchayam aybi yoq» dedi.
Ochiqdan-ochiq shunaqa dedi.
Shundan keyin ham meni tort oy jinnixonada saqlashdi. Bazi
birovlar kozdan uzoqroqda turishimni xohlagan-da!
Onamning aytishicha, qaynonam Raisning xotini bilan rosa
yulishibdi. «Ering qizimga aliment bersin» deb topolon qipti.
Raisning xotini «bobosi tengi erkakning toshagida yotgan gar
qizing kuchala yegan joyiga borib qotsin» debdi. Shundan keyin
hammasi bir-birining tagini kavlashga tushib ketibdi. «Ferma
364
toga», Shaydul-kassirni ayblabdi. Shaydul-kassir boshbuxni,
boshbux Raisni, rais Jovlini, Jovli zavod direktorini, zavod
direktori Raykom buvani, Raykom buva obkom vakilini! Xullas,
hammayoq tos-topolon bolib ketibdi! Ergashev bular paxta
orniga pul topshiradi, degani rost ekan. Osha pullardan bir
ulushini Rais hovlisidagi tokning temir sorisi orasiga tiqqan ekan,
suv sizib, allaqanchasi chirib ketganini korib afsuslanibdi. «Aslida
salapan xaltani besh-olti qavat qilsam bolarkan», debdi.
«Ferma toga»ning pichan garamidan yana bitta «Volga»
chiqibdi. Bunisi oq emas, qaymoqrang emish. Shaydul-kassir oz
hissasini pat-patning eski balloniga tiqib, chordoqqa tashlab
qoygan ekan. Pulni topib olishganida ikkita xotini bilan
qoshilishib rosa yiglabdi.
Hammadan ham Jovli galati yolni topgan ekan. Bor bisotini
temir idishga joylab, hojatxonaga tashlab qoygan joyidan sugurib
chiqarishibdi. Hayronman, bunaqa joyda yotgan narsani nimaga
ishlatmoqchi bolganiykin? Sasib-bijib, harom bolib ketmaydimi?
Òaqirbosh Viktorov quv ekan. Òekshir-tekshir boshlanganida
Shodivoyga ariza kotarib kepti. «Ortoq Alimov, men oblastimizda
roy berayotgan priðiskalarni kopdan beri kuzatib yurardim»,
deb Raisdan tortib Raykom buvagacha, obkom vakiligacha,
hammasining sirini aytib beribdi. Shodivoy, «ozingiz shu ishlarga
aralashmaganmisiz», desa, «men kristalniy, chistiy odamman»,
deb turib olibdi. Ertasiga Viktorovning hovlisidagi
chochqaxonadan diplomat tola pul, yana allaqancha oltin-
javohirlar chiqibdi. Òekshiruvchilar «bu nima» deyishsa, Viktorov
yelka qisibdi. «Dunyoda chochqadek ahmoq jonivor yoq,
kochada uchragan narsani tashmalab kelaveradi-da», deb
turaveribdi. «Bir metr chuqurni kavlab, xazinani komgan ham
chochqami» deyishsa, indamay kulib turganmish.
Osha oting ochgur jinnixonada yotganimda jonimga yana
Shodivoy ora kirdi. Katta professorni chaqirib, meni tekshirtirib
kordi. Xayriyat, ruhiy kasal emas ekanman.
Uyga kelsam... Uyga kelsam, otam qazo qilganiga qirq kun
bolgan ekan. Shu gapni eshitdimu tosatdan yiqilib tushdim.
Hushimga kelib, oynaga qarasam, ong yuzim oqib tushgan
nondek chozilib ketibdi. Bir kozim katta, bittasi kichik... Sizning
nevrologicheskiy bolimingizga qandoq qilib kelganim ham esimda
yoq.
365
Rahmat, sizga doxtirjon! Yaxshi davoladingiz. Mana, kozim
ham joyiga kelib qoldi. Avval goldirab gapirardim. Shukur, tilim
ham biyron... Faqat, bilasizmi, doxtirjon... Bazan kechalari
uyqum ochib ketadi. Otam nega oldi? Nargis nega baxtsiz boldi?
Begunoh bir qizaloq nega tugilmasidan tavqi-lanat oldi?
Bilasizmi... Ayniqsa, Shodivoyga achinaman...
Ikki hafta oldin Shodivoy meni korgani keldi. Qilichdek
joram ninadek bop qopti. Rangida rang yoq. Katta tergov
boshlanganda rahbarlardan iltimos qipti. «Meni shu ishdan ozod
qilinglar, oz otamni qandoq soroq qilaman?» debdi. Òogri-da!
U yoqda onasi, bu yoqda opalari «oz otangdan ayb izlagandan
kora olganing yaxshimasmi?» deb tursa, bu yoqda qop-qop pullar
topilib tursa... Boshliqlari joramning ahvolini togri tushunibdi.
Ishni boshqa tergovchiga olib berishibdi. Shunda Rais yana bir
nomardlik qipti. Shodivoyga aytibdi. «Yangi tergovchiga shiðshib
qoy, shu ishni bosti-bosti qilib yuborsa, men, Jovli, fermer,
Shaydul, raykom, obkom vakili hammamiz yigilishib, nechta
desa shuncha mashina, qancha desa shuncha pul topib beramiz»
depti. «Shundan qanchasini xohlasang, ozing olib qolishing
mumkin», debdi.
Ishonasizmi, doxtirjon! Joram shu gapni ayta turib, yuragi
yomon bolib qoldi. Karovatimga yigilib tushdi. Yaxshiyam
hamshira bor ekan. Ukol qilib zorga oziga keltirdi. Shodivoy
hushi joyiga kelib, yigladi. «Qosho, dostim, dedi. Oz otam
menga pora bermoqchi bolsa qandoq chidayman, nahot
hammayoq shunchalik xarom-xarish bopketgan bolsa», dedi.
Amallab yupatib jonatdim.
Shunaqa, doxtirjon, ayniqsa, joramga jabr boldi!
Charchadingiz-a, doxtirjon. Mayli, dam oling. Endi... Bitta
iltimos bor. Hamshiralaringizga aytsangiz: tuzalib qoldim. Chap
dumbamga nina sanchaverib, ilma-teshik qilib yubordi. Nima?
Ong tomonga nina otmaydi-da, doxtirjon! «Qalliq oyin»ga
borib ong tomondan ayrilganmiz. Qoq yarmisi Reksjonning
ogzida qolib ketgan. Qolganiyam etikning tagcharmi! Ukol
qilsa ninasi sinib qoladi. Xop deng, boshqa ukol qilmasin,
doxtirjon! Kecha Shodivoy yana kelib ketdi. Menga tezroq javob
bering. Xopmi? Shundoq qiling, doxtirjon! Ishni soginib qoldim.
Dalani, paxtazorni qomsayapman. Òerlab-pishib ishlagim
kelyapti. Boptimi, doxtirjon! Rahmat! Qolni tashlang...
366
367
368
369
«ADABIY-BADIY NASHR»
IKKB KARRA IKKI BESH
Q i s s a
Muharrir
SHOYIM BOTAYEV
Badiiy muharrir
UYGUN SOLIHOV
Texnik muharrir
YELENA TOLOCHKO
Musahhih
SHAHNOZA NABIXOJAYEVA
Bosishga ruxsat etildi 19. 02. 2007. Bichimi 60
×
90
1
/
16.
BalticaUz
garniturasi. Shartli b.t. 23,0. Nashr b.t. 00,0. Shartnoma ¹ 0002006.
0000 nusxada. Buyurtma ¹ 000.
Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 100129, Toshkent,
Navoiy kochasi, 30-uy.
Ozbekiston Matbuot va axborot agentligining «Ozbekiston» nashriyot-
matbaa ijodiy uyida bosildi. 100129, Toshkent, Navoiy kochasi, 30.
OTKIR HOSHIMOV
Do'stlaringiz bilan baham: |