Bu asarni oʻqiganman
REJA:
Kirish
Asosiy qisim
Mening sevimli asarimning muallifi O’tkir Hoshimov haqida bir og’iz so’z.
“Ikki eshik orasida” romani o’zbek xalqining matonatini o’zida jamlagan bitik.
Roman qahramonlarining o’ziga xos fazilatlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob O‘tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o‘quvchi qalbiga yaqinligi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan. Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qat’i nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab qolgan, taqdirini el-yurti, xalqi, Vatani taqdiri bilan bog‘lagan, farzandidan ayrilganida ham qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin bo‘lgan boshqa sababni o‘zi uchun yarata olgan, hayotini sevgi-muhabbat tuyg‘ulari bilan bezamoqchi bo‘lgani holda urush hukmiga tobe bo‘lib qolgan insonlar qismatini ifodalovchi ushbu asar mutolaasidan so‘ng bugungi o‘tayotgan tinch-omon hayotingiz, farzandlaringiz baxti uchun shukrona aytasiz. Asar aynan shu jihati bilan qalblarga yaqin.
Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran o‘rgangani uchun har bir epizod o‘quvchini ishontiradi; qalbiga jiddiy ta’sir qiladi. Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlararo munosabatlar, ularning diologlari, shuningdek, yozuvchining o‘ziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi. Yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan roman kompozitsion qurilishi jihatidan ham o‘ziga xoslik kasb etadi. Undagi voqea-hodisalar bayonida qatnashgan to‘qqizta personaj hikoyalarini adib bir-biriga ustalik bilan bog‘laydi.
Tasvir uchun tanlangan bunday poetik usul yozuvchidan yuksak mahorat talab qiladi, albatta. Aks holda, syujet zanjirida uzilish yuz berib, voqealar sochilib ketgan bo‘lar edi. Biroq romanning ta’sir quvvati, ichki intizomi o‘quvchida juda yaxshi taassurot qoldiradi.
Asosiy qisim
Mening sevimli asarimning muallifi O’tkir Hoshimov haqida bir og’iz so’z
Avvalambor, sevimli asarimning dunyoga kelishiga sababchi bo’lgan inson haqida bir og’iz aytib o’tsam. Bu asar, ya’ni “Iki eshik orasi’’da asari. Bu asarni 1986-yilda O’tkir Hoshimov tomonidan yaratilgan. Ijodkor 1941-yilda 5-avgust kuni Toshkentning Do’mbrobod degan joyida tug’ilgan. O’quvchilik chog’laridayoq ijod bilan shug’ullangan. Adib –o’ndan ortiq roman va qissa, ko’plab ta’sirchan hikoyalar,bir necha sahna asarlari muallifi.U dastlabki yirik asari bilan ulkan adibimiz Abdulla Qahhorning nazariga tushgan. Biz maktabda bu ijodkorning “Bolaning ko’ngli podsho” hikoyasini va “Urushning so’ngi qurboni”hikoyalarini o’rganganmiz. Shu jarayonda ijodkorning asarlariga mehr qo’yganman. Keyinchalik uning ko’plab asarlarini o’qib chiqdim, jumladan, uning “Ikki eshik orasi” da romanini ham. Bu asar mamlakatimizda ham, chet ellarda ham sevib o’qilishiga ishonchim komil.
Yozuvchining ilk asari 1962-yilda „Poʻlat chavandoz“ nomida ocherklar toʻplami tarzida nashrdan chiqdi. Ammo yozuvchiga muvaffaqiyat keltirgan asar 1970-yilda nashr qilingan „Bahor qaytmaydi“ qissasi boʻldi. Oʻsha paytda nashr qilinayotgan mafkura targʻibotidan iborat asarlar fonida yozuvchi Oʻtkir Hoshimovning oddiy insoniy munosabatlar haqidagi bu asari qorongʻu osmonda chaqnagan mushak kabi eslanadi.
Bu asar asosida suratga olingan videofilm oʻz vaqtida eng koʻp tomosha qilingan asar sifatida tarixga kirdi.
Oʻtkir Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. „Xazon boʻlgan bahor“, „Inson sadoqati“ (1975), „Vijdon dorisi“, „Toʻylar muborak“ (1979), „Qatagʻon“ kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. „Daftar hoshiyasidagi bitiklar“(2001) kitobi ijtimoiy -maʼnaviy hayotda muayyan iz qoldirgan.
„Choʻl havosi“ nomli birinchi qissasi 1963 yilda bosilib chiqqan. Talabchan adib Abdulla Qahhorning eʼtiboriga sazovor boʻlgan. „Urushning soʻnggi qurboni“, „Yanga“, „Muhabbat“, „Dehqonning bir kuni“, „Umr savdosi“, „Quyosh tarozusi“, „Oq bulut, oppoq bulut“ singari oʻnlab hikoyalari, „Shamol esaveradi“ (1968), „Bahor qaytmaydi“ (1970), „Qalbingga quloq sol“ (1973), „Dunyoning ishlari“ (1982), „Ikki karra ikki-besh“ (1987) qissalari, „Nur borki, soya bor“ (1976), „Ikki eshik orasi“ (1986), „Tushda kechgan umrlar“ (1993) kabi romanlar yozgan. Adib asarlarida zamonaviy oʻzbek xalqining maʼnaviy dunyosi, milliy ruhi, urf-odatlari tasvirlangan.
„Toʻylar muborak“, „Sizdan ugina, bizdan bugina“, „Vijdon dorisi“, „Inson sadoqati“, „Qatagʻon“ singari pyesalar muallif. U E. Xemenguey, K. Simonov, A. Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oʻtgan asrning sovet mafkurasi hukmron boʻlgan 70-yillarida Oʻtkir Hoshimov Oʻzbekiston televideniesida „Bahs“ deb nomlangan eshittirishlarni olib bordi. Bu eshittirishlar yozuvchining „Qalbingga quloq sol“ ¸"Dunyoning ishlari" „Nur borki, soya bor“ kabi asarlarida koʻtarilgan oʻtkir ijtimoiy muammolar haqidagi bahslarning davomi boʻldi.
Keyinchalik yozuvchi „Ikki eshik orasi“(1986), „Tushda kechgan umrlar“ (1994) romanlarida zamondosh-asrdosh odamlar taqdirini¸ 20-asrning eng keskin fojiaviy hodisalari Ikkinchi jahon urushi hamda mustabid tuzumning jinoyatkorona siyosati oqibatlari bilan bogʻliq holda tahlil va talqin etishga urindi.
Hali Oʻzbekistonda Sovet mafkurasi hukmron boʻlgan 1990-yilda Oʻtkir Hoshimov oʻzi bosh muharrir boʻlgan „Sharq yulduzi“jurnalida Qurʼoni karimning ilk oʻzbekcha tarjimasini chop qilishga jurʼat qildi.
Tarixga Gorbachev hurriyati deya kirgan "Qayta qurish va oshkoralik " davri Oʻtkir Hoshimovga jasorat berdi¸ deya aytish mumkin. Oʻsha paytdagi Oʻzbekiston rahbariyati zehniyatida ashaddiy ateizm mavjudligi hisobga olinsa¸ bu haqiqatda jasorat namunasi deya eslanadigan qadam. Toshkentdagi „Ateizm uyi“ kabi idora vakillari Qurʼon suralarida milliy kamsitish elementlari bor¸ deya „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼoni karim tarjimasini chop qilinishini toʻxtatishga urinishdi. Bu toʻsiqlarga qaramasdan¸ Oʻtkir Hoshimov bu tarjimani toʻligʻicha jurnalning bir necha sonlarida bosib chiqara oldi.
Marhum yozuvchi 2001-yili „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan edi. Noyob iste'dod sohibi O'tkir Hoshimov adabiyotga Abdulla Oripov, Omon Muxtor, Shukur Holmirzayev singari bir qator tengdoshlari bilan birga adabiyotga kirib keldi. O'sha paytda adabiyotimizning Oybek, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda singari ulkan yozuvchilari hayot bo'lib, ularning nazariga tushish hammaga ham nasib etavermasdi.O'tkir Hoshimov esa Abdulla Qahhordek mashhur san'atkor etiborini jalb qilgan yoshlardan edi. Roman qissa,hikoyalarida so'z san'atining azaliy muammosi-inson taqdiri va qalbining badiiy taxlili ham mavjud edi.
Umrining soʻnggi yillarini Oʻtkir Hoshimov oʻzbek hukumatining targʻibot-tashviqot kampaniyalaridan xoliroqda oʻtkazdi. Oʻzbek prozasida zamonaviy mavzularni imkon qadar mafkuradan xoli tarzda yorita olgan taniqli yozuvchi Oʻtkir Hoshimov 2013-yil, 24-may kuni, 71 yoshida olamdan oʻtdi. Toshkentning Doʻmbirobod masjididagi juma namozidan keyin yozuvchi jasadi tuproqqa berildi.
“Ikki eshik orasida” romani o’zbek xalqining matonatini o’zida jamlagan bitik
Bu asar o’tgan davr mobaynida bir necha bor nashr etilgan. Roman nisbatan qisqa fursatda olti marta uch yuz mingdan ortiq nusxada nashr qilingan. Ushbu roman Toshkent yaqinidagi qishloqlarning birining chorak asrlik hayoti haqida hikoya qilinishi asnosida butun o’zbek xalqining urush yillaridagi matonati va jasorati tasvirlanadi. Undagi voqealar urush arafalarida boshlanadi, urush yillarida va urushdan keyingi davrda davom etadi, 1966-yildagi Toshkent zilzilasi bilan tugaydi.
Bu asar bir qator o’ziga xosliklarga ham ega. Muallif, birinchi navbatda, urushni qoralaydi, uning insoniyat boshiga og’ir kulfatlar olib kelishi mohiyatini ochadi, uning jarohatlari odamlarga ozor yetkazishini ko’rsatadi. Shu bilan birga muallif oddiy odamlarning,ayniqsa, urush yillarida yorqin bo’lgan fazilalatlarini, vatanparvarligi, bardoshi, matonatini ko’rsatadi.
O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida folklor namunalari keltirilgan bo’lib ularda xalqimiz ma’naviy qiyofasi ,milliy qadriyatlari, milliy mentalitet o’z aksini topgan.Garchi bu asar sujetiga o’zgartirish kiritmagan bo’lsa-da asarning yurakka yaqin va jonli chiqishida katta o’rin egallaydi. Ma’lumki,har qanday inson folklor haqida tushunchaga ega emasman deb o’ylagan taqdirda ham ongi, shuurida folkloriy an’analar yashaydi.Ijodkor ham badiiy asarini bilib-bilmay shu an’anaga tayanib yaratadi.Chunki, folklor bizning olamimiz, butun borlig’imiz.Tug’ilganimizda aytiladigan alladan boshlab umrimiz yakunidagi motam qo’shiqlarigacha hamma hammasi folklordir.Bunda xalq ruhiyati, orzu-umidlari, mentaliteti afsonalarda, marosimlarda , kuyimiz-u tilimizda aks etadi. O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani asosan urush yillari qiyinchiliklari, front va front orti azoblari, muhabbat va nafrat, ochlik va qahatchilikni turli qatlam vakillari tilidan mahorat bilan yoritib bergan asardir.Yozuvchi asardagi voqealarni kichkina bola nigohidan tortib to qari insonlar dunyoqarashigacha har birining “men”iga kirishib yozadi.Bola tilidan so’zlaganda kichkina Muzaffarning dunyosiga, ayol his-tuyg’ularini tasvirlaganda Robiya , Ra’no, Zuhra kelinlarning dunyosiga aylanadi. Mana shu personajlarni yanada oydinroq aks etishda asarda folklorning o’rni juda katta. Bilamizki, bolalar dunyosini turli o’yin qo’shiqlari , tez aytishlar, tegishmachoq, chorlama va masxaralamalarsiz tasavvur etish qiyin.
Muallif asarda Muzaffardagi sho’xlik, qiziquvchanlikni sinfdoshi Munavvarga qarata aytgan masxaralama orqali tasvirlaydi: Yoki ma’lum bir guruhga qarata aytiladigan sof bolalik raqobatlari 17-bobda 1-sinf o’quvchisi Muzaffar Shomurodov hikoyasida namoyon bo’ladi. O’tkir hoshimov bolalar dunyosini ochib berishda faqat holat tasviriga emas, balki ularga xos soddalikka asoslangan folklorga murojaat etadi. Yozuvchi asarda chinakam ma’noda o’zbek xalqi urf-odatlarini yorita olgan.jumladan chaqaloqni beshikka belash marosimining tasvirlanishi o’zbeklarda chaqaloqqa e’tiborning naqadar kuchliligidan , uni turli ins-jinslardan , har xil ko’zlardan saqlash maqsadida qilinganidan dalolatdir. Qolaversa, ushbu marosim odatlari xalqimizning azaldan totemlarga, animizmga ishonishlarini yaqqol ko’rsatadi. Isiriq o’zbeklarda turli balo-qazolardan asrovchi o’simlik sifatida tutatilgan.Qolaversa, tibbiyot nuqtai nazaridan ham ushbu o’simlikning turli viruslarga qarshi eng yaxshi dori ekanligi aniqlangan.Non esa chaqaloq beshigini turli ins-jinslardan asragan,bolaning rizqi butun bo’lishini istagan yaqinlari uni yaxshi niyatda boshi ostiga qo’yishgan. Yozuvchi tasvirlagan chaqaloq belash marosimi asar sujetiga biror burilish yoki o’zgartirish kiritmagan bo’lsada u o’zbekona mentalitet iforini taratib turadi, asar mazmunini bezaydi.Muallif o’z dunyosi, atrofidagi “Sfera”dan chetga chiqmaydi.Qaytanga oddiy xalq hayotini ko’rsatib beradi. Bundan tashqari asarda to’y marosimlari, sovchilikka borish udumlari, yor-yorlar, qochirimlar, qolaversa, motam qo’shiqlari ham mavjud bo’lib bu nafaqat bugungi avlodlarga , balki keyingi avlodlarga ham an’anaviy, ham milliy o’zlikni anglashni o’rgatadi, xalq og’zaki ijodida saqlangan boy tarix haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Roman qahramonlarining o’ziga xos fazilatlari.
“Ikki eshik orasi’’ da asaridagi qahramonlar ham bir birini to’ldirib asarga o’zgacha ko’rk bag’ishlagan. Asardagi Orif oqsoqol, Xusan Duma, Komil tabib kabi qahramonlar o’zining yorqin fe’l-atvori, ajabtovur qiliqlari va fazilatlari bilan barchamizga o’rnak bo’la oladi. Muallif, ayniqsa, Orif oqsoqol obrazini yoritib bergan. U ayni chog’da, haqiqatni yuzga aytishdan cho’chimaydigan shartaki, jasoratli odam. U odamlarni baholashda o’z me’yoriga ega- odamning belida belbog’i bo’lishi kerak degan aqidaga amal qiladigan mard insonlardan biridir. Belbog’ uning uchun huddi ota-bobolarimizdek mardlik, tantilik,odamlik belgisi. Romanda Kimsan Xusanov obrazi ham ajoyib. U ham mard,tanti,oriyatli yigit. Ammo u urushda halok bo’ladi. Ammo o’limi oldidan ham jasorat ko’rsatib bir necha fashistlarning kapitanini o’zi bilan birga suv tubiga g’arq qilib olib ketadi.
Asardagi ayol obrazlar ham bir-birini to’ldirib o’zbek ayolining matonatini yaqqol ochib bergan. Qora amma esa juda mehribon, farzandlari uchun jonini ham berishga tayyor ona obrazini yoritadi. Robiya esa soflikni, halollikni, ma’naviy barkamollikni juda yaxshi ochib bergan.
Romanning asosiy qahramonlaridan biri bo’lmish Muzaffar Shomurodov va Munavvar Aliyevalar o’sha mashum urushning qaysidir ma’noda qurbonlari bo’lishdi. Urushdan keyin tug’ilgan bu ikki yosh bir-birini samimiy sevadi.Ammo ular keyinroq ko’kaldosh bo’lib chiqishadi.
Romandagi yana bir asosiy qahramonlardan biri-Shomurodning xotini Ra’no edi. Xalqimizda kurmaksiz guruch bo’lmas deganlaridek Ra’no ham o’zining eriga xiyonat qiladi.Ya’ni u subutsiz,o’ylamay ish qiladigan, o’z baxtini avaylamaydigan ayol bo’ladi.
Xulosa
Shuni xulosa qilish mumkinki,bu asar hayotiyligi bilan,tabiiyligi bilan ajralib turadi.Bu roman xalq hayotining muhim jihatlarini ochib berishi, odamlarimizning go’zal va barkamol ma’naviy qiyofalarini ko’rsatishi bilan katta badiiy qimmat kasb etadi.
Bu asar bir qator o’ziga xosliklarga ham ega. Muallif, birinchi navbatda, urushni qoralaydi, uning insoniyat boshiga og’ir kulfatlar olib kelishi mohiyatini ochadi, uning jarohatlari odamlarga ozor yetkazishini ko’rsatadi. Shu bilan birga muallif oddiy odamlarning,ayniqsa, urush yillarida yorqin bo’lgan fazilalatlarini, vatanparvarligi, bardoshi, matonatini ko’rsatadi.
Ayniqsa asardagi ayol obrazlar ham bir-birini to’ldirib o’zbek ayolining matonatini yaqqol ochib bergan. Qora amma esa juda mehribon, farzandlari uchun jonini ham berishga tayyor ona obrazini yoritadi. Robiya esa soflikni, halollikni, ma’naviy barkamollikni juda yaxshi ochib bergan.
Bu roman har tamonlama yaxshi yozilgan va menga har tomonlama yoqdi. Sizlarga ham bu romanni oʻqishingizni tavsiya qilaman va bu roman haqida yaxshi taassurot qoldirasiz degan umiddaman.
Foydalanilgan adabiyotlar
Adhambek Alimbekov. Oʻtkir Hoshimov haqida. Toshkent shahri. 2018, (15-18b).
Mo‘min Po‘lat. Taraqqiyot koʻzgusi gazetasi. Toshkent shahri. Nashr yili: 2016. 3-soni.
Normurod Narzullayev. Oʻtkir Hoshimov asarlari haqida. Toshkent viloyati, 2014 , (23-24b).
O’tkir Hoshimov. Ikki eshik orasi. MERIYUS, Toshkent, 2011, (13-15b) .
O’ktamov Shoxrux. Roman haqida. Toshkent viloyati. Nashr yili: 2021
Qorayev Sherxon. Andijon viloyati. Nashr yili: 2020.
Qozoqboy Yoʻldoshev. Tarjimaiy xoli haqida. Toshkent shahri, 2018, (7-8b).
Sattoriy Hakim. Namangan viloyati. Nashr yili: 2019
Do'stlaringiz bilan baham: |