Olmaliq shahar 20-umumta’lim maktabi



Download 73,22 Kb.
Sana28.04.2017
Hajmi73,22 Kb.
#7724


Olmaliq shahar

20-umumta’lim maktabi

Alisher Navoiy tavalludining

274 yilligiga bag’ishlangan

adabiy-ma’rifiy tadbir ssenariysi

mmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmmm

hazrat navoiy

Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag’ishlab o’tkaziladigan

tadbir ssenariysi
Tadbir o’taziladigan zal va sahna bayramona bezatilgan.

Zal bo’ylab mumtoz kuy pastroq ovozda taraladi. Sahnaga milliy libosda tadbir tashkilotchisi va boshlovchilar chiqishadi.

O’qituvchi:

-Jahonki muqaddas nani ko’ribdi,

Bariga onasan, ey qodir hayot.

Besh yuz yil naridan boqib turibdi,

Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot. (A.Oripov)

1-boshlovchi:

Shu buyuk o’g’lingni ardoqlab dildan,

Xalqim ta’zim etsangarzigay tamom.

Uning nomi bilan birga bitilgan

Dunyo daftariga o’zbek degan nom. (A.Oripov)

2-boshlovchi:

-Baytingga bir bora qovushgan har lab

Takrorlab ketgusi Mashrabgacha to.

Yaratib turibsan bu yon, ne ajab,

Milliard martabali jahonni hatto. (A.Oripov)
O’qituvchi:

Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar!

1-boshlovchi:

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar!

2-boshlovchi:

Assalomu alaykum, aziz maktabdoshar!

.
O’qituvchi: -- Shu kunlarda o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, o’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk qomusiy olim va mutafakkir, ulug’ donishmand, davlat arbobi, o’z davrining madaniy hayotiga rahbar, ilm-fan, san’at va adbiyot ahliga homiy, murabbiy va usto, buyuk alloma, nafis musiqashunos, yetik tarixchi, mohir hattot va dunyoga tanilgan komil inson- Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligi jahon bo’ylab keng nishonlanmoqda.

Har yili 9-fevralni, ayniqsa, xalqimiz zo’r iftixor bilan kutib oladi. An’anaga aylangan ushbu kunda mamlakatimizning barcha ilm dargohlarida Navoiy hayoti va ijdiga bag’ishlanga, ilmiy anjumanlar, uchrashular , ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, navoiyxonlik va she’riyat kechalari bo’ib o’tadi. Shu munosabat bilan maktabimizda o’tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz!

1-boshlovchi:

Assalom, Navoiy, g‘azal sultoni

Yetubdur suhbatingiz olmoq mahali.

Siz-la diydorlashmoq zo‘r istak edi,

Muborak yoshingiz bir imkon berdi.

2-boshlovchi:

Buyuk tog‘lar ishra bo‘lib buyukroq,

Suyuk tog‘lar ishra bo‘lib suyukroq

Navoiy ko‘rinar ko‘zimga mening,

Nafasi urilar yuzimga mening.


Shundan keyin davraga Navoiy siymosi kirib keladi.

1-o‘quvchi:

Emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasiga panja urmoq.

Kerak she’r oldida hamki she’r jangi,

She’r bo‘lmasa bo‘lg‘ay bori palangi.

Men turkcha boshlabon rivoyat,

Qildim bu fasonani hikoyat.

Yo‘ldasa bu yo‘li Nizomiy yo‘lim,

Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lim.

Navoiy o‘tirib ijod qila boshlaydi, shu payt sahna ortidan Abdurahmon Jomiyning Navoiyga ta’rifi aytiladi:

Parda ortida: "Bu qalamga falakdin ofarinlar yog‘ilsin, chunki bu muloyim naqshlarni o‘sha qalam yaratdi. Navoiy forsiy tilda ijod qilganlarga rahm-shavqat qildi va o‘z asarlarini turkiy tilda bitdi. Navoiy asarlarini forsiyda bitganda edi, boshqa shoirlarning ijod qilishiga majoli qolmasdi”.


Navoiy: Ne vajdin fuqaro ajib bir majlis qurmish?

Ushbu anjumanning boisi nedur?


2- o‘quvchi: Sizdek dono ruhini shod etmak maqsadi,

Bizning yurtda har bir o‘zbek navoiyxon


Navoiy:

Nahotki shul damgacha xotirim yod eturlar?


3- o‘quvchi: Navoiy nazmi bilan tili chiqar dilbandin,

Siz birla faxr etar har bir o’zbek farzandi.


Navoiy:

A’sholarimni hozir ham yod eturlarmi?


4- o‘quvchi: Qur’ondek tavof etsa arzir sizning "Xamsa”ngiz

«Chor devon» kirmagan topilmas xonadon.


Navoiy:

Turk nazmida chu men tortib alam,

Ayladim ul mamlakatni qakqalam (Navoiy siymosi baytni aytib sahnadan chiqadi).

1-Boshlovchi: Navoiy ijodini o‘rganish o‘z davridayoq boshlandi. Bu izlanishlar XX asrda ayniqsa yaxshi olib borildi. Atoqli ijodkorimiz Oybek "Navoiy” poemasi, "Navoiy” romanini, M.Jo‘rayev "El desa Navoiy” ni to‘plamini, Uyg‘un va Izzat Sulton hamkorlikda "Alisher Navoiy” dramasini yaratdilar.

(Sahnaga Guli va Navoiy chiqadi).



Guli: Orazin yopqoch ko’zimdin sochilur har lahza yosh.. (Navoiy kirib keladi va davom ettiradi)

Navoiy: Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh.

Guli: Assalom, shoirlar sultoni ustoz,

Chorlabsiz men uchun yuborib og’oz.

Xavotir ichida siz tomon shoshdim,

Ollohga shukrlar, salomat topdim.



Navoiy:

Ofarinlar sizga go’zalim, Guli.

Dilimning sururi, ko’zimning nuri.

Chorlaganim bois, yaxshilik, illo.

Sizni ko’rmoq yana nasiba Ollo.

Bugun tongda bitdim yangi go’zal bayt,

Sizga atab bitdim bir evon faat.

O’qursiz vaqt topib yod aylab bizni,

Xudoyim, panohda asrasin sizni.

(Guli ta’zim ila Navoiydan kitobni oladi.)

Guli:

Devoningiz muborak, boshim ustiga,



Barini yod oldim, sizga tasanno.

Mushoira (Navoiy g‘azal va ruboylaridan namunalari aytiladi)
"O‘n sakkiz yosh hayratlari” g‘azali.

O‘n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,

Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakkiz yoshundadir.

Desa bo‘lg‘aykim, yana ham o‘n sakkiz husni bor,

O‘n sakkiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur.

O‘n sakkiz yil dema, yuz sakson yil, o‘lsa o‘ldurur,

Husn shohi, ul balolarkim ko‘zi qoshindadur.

Hayrat etmon husni naqshindaki, har hayratki bor,

Barchasi ezid taolo sun’i naqqoshindadur.

"Kelmadi” g‘azali.

Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,

Ko‘zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo‘lida intizor,

Keli jon og‘zimg‘a-vu, ul sho‘xi bad‘xo kelmadi.

Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,

Ro‘zg‘orimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.

Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,

Kimsa bormikim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.

Ko‘zlaringdin necha suv kelgay, dev o‘turmang meni,

Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo‘sa kim qo‘yi qadam,

Yo‘ldakim, avval qadam mashuqe o‘tru kelmadi.

Ey, Navoiy, boda birla xurram et ko‘ngling o‘yin,

Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
"Topmadim” g‘azali.

Mehr ko‘p ko‘rgizdim, ammo mehribone topmadim,

Jon base qildim fido, oromi jone topmadim.

G‘am bila jonimg‘a yetdim, g‘amguzore ko‘rmadim,

Hajr ila dilxasta bo‘ldim, dilistone topmadim.

Ishq aro yuz ming malomat o‘qig‘a bo‘ldim nishon,

Bir kamon abro‘da tuzlikdin nishone topmadim.

Ko‘nglim ichra savr o‘qdir, g‘uncha paykon, gul tikon,

Dahr bog‘i ichra bundoq dilistone topmadim.

O‘z ishimdin bo‘lajabroq dostone topmadim,

Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim.

Taob ganjidin Navoiy xo‘rdasin yuz qatla hayf,

Kim nisor etmakka shohi xurdadone topmadim.
( Guli va qizlar yengil ta’zim bilan chiqib ketadilar).
1-boshlovchi:

Angladik, sevgini qalbga jo etib,

Yashabsiz hayotda misli samandar.

Ishq ichra tug’ilib, ishq ichra mangu,

Ishq tug’in tutmagan hech kim siz qadar.
2-boshlovchi:

Esimda u damlar, sho’x-shodon yillar,

“Guliston”, “Bo’ston”ni yod olgan kunlar.

Hamdamim, anisim ul maktab aro

Jondek aziz do’stim- Husayn Boyqaro.

Ko’nglim supasiga o’ltirgan shoh ul,

Va o’zga xayolni supurgan butkul.

Men bitdim “Hamsa”ni, ”Chor devon” yana,

Barida do’st nomi topdi tantana.

Gar vafo qilganda bu umri foniy,

Tarixin bitardim ul shohi G’oziy.
( Navoiy va boshlovchilar chiqadi. Boyqaro va mulozimlar kirib keladi. Boyqaro o’tiradi va musiqa boshlanib, raqs ijro etiladi.)
Ofarin, mashshoqlar sozingizga boz,

Raqsingiz har qancha ta’riflasam oz.

Hudaychi bularni aylangiz e’zoz,

Ko’ngillari bo’lsin bizdan sarafroz.



Hudaychi bosh egib: Buyuringiz bosh ustiga. (musiqachilar va hudaychi chiqib ketadi)

Boyqaro :

Do’stimiz Alisher nega ko’rinmas?

Saroyni fayzi-la fayziob etmas?

Yo biror mushkulot tushnmish boshiga

Yoki borsammikan o’zim qoshiga?

Hudaychi (kiradi, ta’zim qilib):

Hazratim, qabulda shoir Alisher,

Ruxsatingiz kutib turmishlar, ne dey?

Tezroq chorlang, kirsin aziz do’stimiz,

O’zi mushtoq edi unga ko’nglimiz.



Hudaychi:

Kirsinlar shoirlar shoiri, ustoz Navoiy!

(Navoiy ta’zim qiladi, Boyqaro o’rnidan turib u tomon kelib quchoqlashib ko’rishadi.)

Navoiy :

Assalom, podshohim olampanohim!

Umringiz ziyoda qilsin Olohim.

Uzrimni aytaman ming bir taassuf,

Bir zarur yumush-la kech qoldim afsus.

Boyqaro:

Bormisiz, azizim, do’stim darddoshim,

Ko’nglimning quvonchi, mahram-sirdoshim.

Yo bizdan arazlab ketdingizmi, siz

Biror xatolikka yo’l qo’ydikmi biz?

Hozir huzuringiz aylab ixtiyor,

Yo’lga otlanmoqqa bo’lgandik tayyor.

Navoiy;

Sultonim , hoqonim, ey aziz do’stim,

Kechiring gar sizni ranjtgan bo’lsam.

Men sizga atabon bitgandim kitob,

Shuni oxiriga yetkazib shitob,

Qanotsiz, siz tomon yeldim, podshohim,

Av feting gar bo’lsa zarra gunohim.

Bu sizga bitganim-Beshta xazina,

Ustoz nizomiydek bitdim men “Xamsa”.

(Navoiy ta’zim bilan kitobni Boyqaroga taqdim etadi. Boyqaro kitobni olib bir-bir varaqlaydi)



Boyqaro: “Hayrat-ul abror”, “Farhod va Shirin”,

“Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”

Ofarin, tasanno, do’stim, Alisher!

Siz menga bilsangiz , ustozim va pir,

Oq otim keltiring, pirimo’tqizay,

O’zim bul pirimga jilovdor bo’lay.

(Atrofdagilar “ofarin-ofarin” deb turishadi. Birgalashib sahnadan chiqishadi, boshlovchi a Navoiy kirib kelishadi. )
1-boshlovchi: "Xamsa” Navoiy merosining buyuk sayqali, xalqimiz ma’naviy taraqqiyotining ko‘zgusi

2-boshlovchi: "Xamsa” jami 51 ming misradan iborat besh dostondir. "Xamsa”ning birinchi dostoni "Hayrat ul-abror” bo‘lib, yaxshi kishilarning hayratlanishi demakdir. Asar 7976 misra 3988 bayt bo‘lib, 64 bob, 20 maqolatdan tashkil topgan.

("Shoh G‘oziy” hikoyati qo‘yiladi).

Boshlovchi: Kunlarning birida Shoh G‘oziy saylga chiqadilar. Yo‘lda ketayotganda yonidan bir telbanoma kampir uning etagidan mahkam tutdi. Nola-yu afg’on chekdi.

Kampir: -Ey, shariatpanoh shoh! Agar adolat bilan ish ko’riladigan bo’lsa, men sen bilan shariat bo’yicha da’volashaman. Shart shuki, jahling chiqmaydi, savolarimga shariat mahkamasida javob ber.

Shoh: Agar jonimni talab qilsang ham, agar talabing shar’iy bo’lsa, aybimga jonim bilan iqrorman.

Ikkisi qozi huzuriga bordi.



Kampir: Shoh qazoqlik qilib ko’chib yurarkan, tig’ solib, (har yoqqa) askar tortardi. Men tulning birgina jigarim bor edi, u jigarim ekinzorining yagona boshlig’i edi. U bog’imda bitgan qomati raso sarv, yana to’g’rirog’i qurigan shoximning mevasi edi. Shoh qilichi bilan ko’ksimni yorib, jigar-poramni halok etdi.

Qozi: Hukmimga shubha bo’lmasligi uchun ikkita guvoh olib kel.

Kampir: Agar iki guvoh kerak bo’lsa: bular- shohning o’z adolati va insofidir.

Shoh: Men adolat va insof yuzasidan o’z aybimga iqrorman.

Qozi: Unday bo’lsa, buning uchun xun to’lashingiz yoki mazlum sizdan qasos olishi maqbuldir.

Shoh: Shariat shunday hukm qilgan ekan, payg’ambar shariatining hukmiga jonimni qurbon qilaman. (qiyiq bilan bo’ynini bog’ladi, hamyonidan oltinlarni to’kib qo’ydi, ampirning qo’lia qilichtutqazdi )

Shoh: Qasos olaman desang, mana boshim; maqsading tirikchlikka pul olish bo’lsa, mana pul. O’g’lingni o’ldirish haqida buyruq berganimda, boshqa ilojim qolmagan edi. Mana, nima qilsang qil, ixtiyor senda!

Kampir uzr so’rab shohning oyog’iga yiqildi: Ey, yulduzlarcha askarlarga ega bo’lan podshoh! Yo‘q menga joning ham, oltinning ham kerak emas. Men bir o‘g‘limni yo‘qotdim, ikkinchisini topdim. Sen o‘z xalqingga ana shunday adolatli va insofli bo‘lgin. Agar bolam sening yo’lingda qurbon bo’lgan bo’lsa, men qariya senga jonimni berishga tayyorman. Agar iztirobga solgan bo’lsam, yaxshilikcha kechir, men yengildim.

Boshlovchi: Vah, bu odamni qanday hijolatga solish bo’ldi.? Bunisi qanday lutf-u adolat o’zi?! Kampir o’zining da’vo-yu dostonidan kechib, hatto o’g’lining qonidan, o’zining jonidan ham o’tdi. Qizig’i shuki, odil podshoh uni o’sha vaqtda boy ham qildi. Yulduzlardek ko’plab oltin-kumushlar uni ko’hna falakdek yoshartirib yubordi. Kumushning kuchidan u kumushdek bo’ldi. Xalq unga “Tilla kampir” deb laqab qo’ydi.

Alisher Navoiy "Shoh G‘oziy” hikoyasi asosida Husayn Boyqaroni tasvirlagan. "G‘oziy” so‘zi "G‘olib” degan ma’noni beradi.



Parda ortidan: "Farhod va Shirin”, "Hamsa”ning ikkinchi dostoni bo`lib, asar 1484- yilda yozilgan. 59 bob, 5782 baytdan iborat.

(Sahnaga Farhod va Shirin chiqadi).

Shirin: Ey, nodir yigit ofoq ichinda,

Yagona charxi nili ofoq ichinda.

Ayon holingda ko’p, ko’p bul ajabliq.

Ajabdin ham ajab ranj-u taabliq.

Ne sen o’xshab jahonda bir kishiga,

Ne qilg’an ishing o’xshar el ishiga.

Bu ishkim, biz demay bunyod etibsen,

Bag’oyat ko’nglimizni shod etibsen.

Bo’lur erduk husuli ichra ojiz,

Hunar emas, qo’ling ko’rguzdi mo’jiz.

Agar yuz qarn uzroyin bo’loli,

Netib bir kunchalik uzring qo’loli.

Ishqing uzrida yuz bizdek o’tangay,

Ne bizdin, Tengridin ollingg’a yong’ay.



Farhod:Jonparvar anfosingdin o’ldim,

Uningdin, umr ranjidin qutuldim

Ne anglaykim, qayu mahro ekansen?!

Meni g’urbat aro bechora etkan,

Diydor-u mulkdin ovora etkan,

Chiqib jonim unungdin bo’lg’ch ogoh,

Yuzungni ko’rmay o’ldum yuz ming oh!

Parda ortidan: "Layli va Majnun” "Xamsa”ning uchinchi dostoni bo‘lib, 1484- yilda yozilgan, 36 bob, 3622 baytdan iborat. Mazkur doston sevgi haqidagi dostonlari orasida eng g‘amgin va dardlisidir.

(Sahnaga "Layli va Majnun”chiqadi).



Majnun:Yo‘q seni malak desam g‘aribi,

Kim yo‘q senga ishqdin nasibi.

Mandekni erur malak demak rev

Kim ko‘rsa meni quroq mutar der.

Ishq o‘rtadi ul sifat vujudim.

Kim o‘ldi nobud barcha budum.



Layli:

Ishqingda menga bu erdi maqsud,

Kim ko‘rsam o‘zimni anda novud.

Davron bu murodima yeturdi

Ne istagim, olima keturdi.

Ishqingda ne orzuki ettim

Ul nav’ki komil erdi ettim.

Tushti mening olima ajab yo‘l,

Sen yaxshi qol emdi-yu, tirik bo‘l.

Parda ortidan: "Xamsa”ning 38 bob, 5000 baytdan iborat to‘rttinchi dostoni "Sab’ayi sayyor”dir. Bu asar "Hikoya ichida hikoya” usulida yozilgan.

"Etti go‘zal” sahna ko‘rinishi:

1-go‘zal: (qora libosda)

Tig‘i chiqarsa kishvargil

Olibon to Xitoy bal Kashmir

2-go‘zal: (sariq libosda)

Rum aro zargare edi mohir

Ishi elga quyosh kibi zohir

3-go‘zal: (ko‘k libosda)

Misr shohicha naqdumol ichra,

Yusufi Misrcha jamol ichra.

4-go‘zal: (qizil libosda)

Chun duo birla bo‘ldi nuktasaro,

Dedikim: ertaga chog‘da Dehli aro

5-go‘zal: (yashil libosda)

Bor ekandur Adanda javr fane,

Javr qilmoq fanida saf shikane.

6-go‘zal: (pushti libosda)

Forig‘ o‘lgach bu dur nisoridin,

Dedikim: Boxtar diyoridin.

Bahrom: (mulozimga) Bugun oq qasrda dam olmoqchiman. Olti kun mobaynida olti iqlim yo‘lidan kelgan musofirlarning hikoyatini tingladim, lekin birortasidan malikam Dilorom xabarini topmadim. Yettinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofirni olib keling.

Bahrom:(musofirga) hikoyat so‘zla. Toki shu hikoyat dilimga orom, dardimga darmon, hasratimga taskin bo‘la olsin.

Musofirning hikoyati: Men bazmlar doston navozi edim, shu tufayli ishim kasodga uchradi. Kanizak huzuriga borib arz qildim, so‘zini tinglab, lol qoldim, ta’lim so‘radim. O‘zimni mahram etdim. Ko‘nglimdagi boshqa har qanday tuyg‘uni qochirdim. Sezdimki, uning kuy ohangida juda katta dard, pinhoniy ishq bor edi. Kimningdir hajrida o‘rtanardi. Bilmoqchi bo‘ldim. "Taftishni bas qil” dedi u. Yana so‘radi. "Mayli aytaman, shartim shuki bu yerda turmaysan. Ketasan”, dedi. Darhaqiqat, uning hikoyasi dardli edi:

Parda ortidan Dilorom: Chin mulkidanman. Ikki xon qirg‘iniga asir tushdim. Xoja meni kanizak qilib sotib oldi. U farzandsiz edi. Meni farzandidek tarbiya qildi. Shuhratim yoyildi. Bir naqqosh suratimni pinhona chizib, bir shahanshohga ko‘rsatibdi. Sevildim, sevdim. Bir kuni ovda bir hol bo‘ldi. U men aytganday otdi. U sharobdan mast edi. Men o‘zimdan mast edim. Qadriga yetmadim. U odamzod qilolmagan ishni qildi. Men unga jonimni fido etmog‘im lozim edi. Meni yuz pora qildirsa ham haqli edi. Sahroga tashlatdi. Meni ko‘rgani kelayotgan hojam yo‘lda topib oldi. Men shohimiz huzuriga bormoqchi, uzr so‘ramoqchi edim. Hojam ruxsat bermadi. Shu tariqa men tirik hijronda qoldim. Endi ket! – deb hikoyasini tugatdi kanizak.

Bahrom:Bas. Axir, bu mening Diloromim-ku.

7-go‘zal: (oq libosda)

Menki tushmish buyon gulzor manga,

Mulki Xorazm erur diyor manga.

Bahrom:(Diloromga): Yo‘q-yo‘q bu mag‘rurlik menda ham bor. Sizni yo‘qotib qanchalik qiynalganimni bilsangiz edi. Hasratim ko‘pligidan dengiz-u daryolar to‘fon ko‘tardi. Falak bo‘ron boshladi. Jismim o‘zimda-yu, ko‘nglim, ruhim, o‘y-xayolim sizda malikam. Qani endi Xorazm eliga aytgan qo‘shiqlaringizdan men ham tinglasam.

(Dilorom dutorda musiqa chalib, qo‘shiq aytib beradi).

Bahrom:Endi sizning sharafingizga bazm uyushtiramiz.

Parda ortidan: "Saddi Iskandariy” ("Iskandar devori”) doston 1485 yilda yozilgan bo‘lib, 89 bob, 7215 baytdan iborat. U "Xamsa” dostonlari ichidagi hajm jihatidan eng kattasidir.

“Saddi Iskandariy” dan

(Iskandarning onasiga maktubi parda ortidan o‘qiladi)

"Bu xat mendin, joni azobda qolg‘an. Ajal qo‘lida pajmurda holiga kelgan Iskandardandur. Buzilgan tanamning joni, vujudim bebaho la’lisining koni bo‘lmish onamga so‘zim shuki, men Boshimga behuda andusha va orzular tushib, olamni boshdan-oyoq fath etishni o’zimga niyat qiib oldim. Nimani o’ylagan va xayol qigan bo’lsam, hammasi xom va hammasi havasga ichilgan may kabi befoyda ekan, aslida esimni tanigan, aql miyamga harorat bergan kunidan boshlab senga o’g’illik qilsam, ya’ni senga xuddi quldek xizmat qilsam bo’lar ekan: aslidasening ostonang tuprog’iga aylansam-u, uning otini men shohlik deb bilsam bo’lar ekan. seni ko‘pdan ko’p ayriliqlarga tashlab yurdim, sendan yiroq kelib, senni qiynadim. Mening bu baxt-iqbolimgafalak hasad bilan qaradi, ko’rolmaslik qildi. Endi o’lar chog’imda pushaymon bo’lib, o’zimni-o’zim o’ldirganimdan nima foyda? G’am bilan ezilgan bolangdan rozi bo’lmasang, bu darmonda bscharaning holiga voy, yuz qatla voy! Men sening amr-farmoningga bo’ysunmagan bo’lsam ham, lekin sen mening bu iltimosimni qabul et!”

Qog’ozni taxlab, maktubni elchiga topshirgach, yana ko’nglida qolgan muddaolarini ham bayon ayladi:

“Hech qayerda to’xtamay, kechasi-kunduzi demay yurib, onamga shu maktubni eltib bering. Ikkinchidan, hozir mening oftobim so’nib, quyoshim yuziga qora bulut yopilgach, boshim ustida ko’p yig’i sig’i, dod-voy qilib, jahonni motamzadalik bilan xarob aylamang. Mening tanimni tobut ichiga solib, k ibrat ko’zi bilan boqib, kecha-kunduz demay jahd-u jadal bian yurib, Iskandariya shahriga olib boring. Tiriklikda istiqomatgohim bo’lmish u joy o’lganimdan so’ng mozorimga aylansin. Lekin meni tobutga yotqizgan paytingizda , yoqut teshigidan ip chiqazib qo’yilgani kabi albattabir qo’limni tobutdan chiqazib qo’ying. Toki xaloyiq bu qo’lgahayrat ko’zi bilan emas, balki ibrat ko’zi bilan boqib: “bu panjalar saf tortib yer yuzini o’z qo’liga olgan edi; butun duyodagi mamlakatlarning hammasini, quruqlikda va suvda bo’lgan barcha la’l-u gavharlarni shu kaftiga kiritib olgan edi. Endi ajal qo’li bu dunyodan ko’chish nog’orasini qoqib bo’yniga abadiylik tomon jo’nash boshvog’ini solgach, mana endi bu qo’llar duynodan shol kishinig qo’lidan quruq, chinorning yaproqsiz btog’idan bo’m-bo’sh ketayotir”, - desinlar. Bu hol odamlar uchun bir ibrat maktabi bo’lib dunyoni egallash mashg’ulotidan qo’llarini tortsinlar”.


Raqs (Mustahzod)

SAHNA KO‘RINISHI:

Xammol:Hazratim

Navoiy:

Yana ko‘z yoshimu, ko‘nglimni buzma,

Bu yosh daryosida behuda suzma.

Bu daryo xavflidir, g‘arq aylagay bot.

Dil o‘tin o‘chirmas ko‘z yoshi hayhot.

Xammol :Hazratim, zamona zulmidan dod.

Navoiy:

Hayhot, biror osuda dam yo‘q,

Ko‘ngil yig‘laydi-yu, ko‘zlarda nam yo‘q.

Guli:

Faqat bir iltimos, ko‘rkam chamanda,

Ochib gul g‘unchalar etganda xanda.

Juvonmarg g‘unchani ham, esla yod et,

Unutma, ruhimni doimo shod et.

Navoiy:

Unutmasman, seni toki tirik tan.

Hamon qalbimga sen ilhom solursan,

Mening she’rim bilan mangu qolursan.

Senga besh bebaho hayhal qururman,

Gahi Layli, gahi Shirin bo‘lib sen.

Yasharsen doimo dostonlarimda,

Xazonsiz gul bo‘lib bo‘stonlarimda.

Men ersam g‘am bilan yig‘lab keturman,

Sening ishqing bilan tanho o‘turman.


Qo‘shiq: (Alisher Navoiyning "Fido” g‘azali.)
So‘z guharig‘a erur oncha sharaf –

Kim, bo‘la olmas anga gavhar sadaf.

To‘rt sadaf gavharining durji ul,

Yetti falak axtarining burji ul.

Tangriki, insonni qilib ganji roz,

So‘z bila hayvondin anga imtiyoz.

Dona-i dur so‘zini afsona bil,

So‘zni jahon bahrida durdona bil.

Raqs (Navoiy g‘azaliga)

She’r


Sulton Navoiy

Dil mulkidin dur tutgan sulton Navoiy,

Hikmat otliq nur tutgan osmon Navoiy.

Tafakkurning tog‘iga chiqmoq istasang,

Umring tilab qo‘l cho‘zgan imkon Navoiy.

Go‘zallikning mevasi ko‘kdan tushmagay,

Turkiy tilda bol bergan bog‘bon Navoiy.

O‘qinga ming rahmat uqganlar aytsin,

So‘z ila el qadriga qalqon Navoiy.

Besh yuz yillar besh ming bob kelgaydir illo,

Asrlarni qoldirgan davron Navoiy.

1-boshlovchi: Alisher Navoiy ijodi bebaho xaznadir. Uning adabiy merosi ham , o’zi ham biz-yoshlarga hamisha ibrat va hayot maktabidir.

Biz Navoiy bog’ining bog’bonimiz,

Bog’bondirmiz, vle mehmonimiz.

Bul-“Nasoyim ul-muhabbat” bog’idir,

Besh asrkim biz uning hayronimiz.

Mir /nizomiddin Alier ya’nikim,

So’z aro osmnimiz, umonimiz.

2-boshlovchi:

-Til “Xazoyin –ul maoniy”dan keur,

Boshlanur shundan adab karvonimiz,

To navoiy bor muhabbat dildadir,

So’lmag’ay hargiz ko’ngil bo’stonmiz.

Shul ismdanyurt aro yuz ming umid,

Shul ismdan nurlanur davronimiz.

O’qituvchi:

-Darhaqiqat, Navoiy ijodiyot bo’stonida shunchalar xilma-xil, rang-barang gullar ko’pki, uning adog’i yo’q. Undan qaysi gulni istasangiz, albatta o’sha gulni topasiz. Navoiy bobomiz she’riyat bo’stoni ech qachon so’lmas gulshandr. Uni ehtiyot qilib asrash, o’ranish bizning burchimizdir.



1-Boshlovchi: Shuning bilan bugungi kechamizga yakun yasaymiz. Navoiyning nazmiy javohir bo‘stoni hamisha ma’naviy olamimizni munavvar aylasin!

E’tiborlaringiz uchun rahmat.

Shirin:Nedur ahvoling ey zor-u g‘aribim

Visolim davlatidin benasibim

Bu yukdin jism-u chun nola nechundir?

Qattiq g‘urbar aro holing ne erkin?

Achchiq furqatda ahvoling ne erkin?

Farhod: Nigoro, ahvollo iffatpanoho,

Jahon mahbashlarig‘a podshoho.

G‘amingdur manga tob-u tavon ham

Erur darding quit jon ham.


5 - o‘quvchilar: Qo‘shiq.

Besh yarim asrdan o‘tsada ustoz

Siz tergan gavharga biz hanuz muhtoj

Siz tuzgan devonga yetmaydi quloch

Siz turkiy tiliga qo‘ydirdingiz toj

Naqorat:

O‘tsada necha yil necha bir zamon

Shoirlar bo‘ynida siz bergan tumor

Besh yarim asrdan o‘tsada zamon

Adolatga chorlar siz qurgan minor

O‘tsada necha yil necha bir zamon

Shoirlar bo‘ynida siz bergan tumor
PROVERBS

A bird in the hand is worth two in the bush

A friend in need is a friend indeed

A good name is better than riches



East or West,,,,,,,,,,,,,,,,,.

Mehmonda yaxshi, uyda undan ham yaxshi.

A friend in need is a friend indeed.

Do'st boshga kulfat tushganda bilinadi.

First think, then speak.

Avval o'yla, keyin so'yla.

A bird in the hand is worth two in the bush.

Shoxdagi ikki qushdan qo'lingdagi qush yaxshi.

A good name is better than riches.

Obro' boylikdan qadrlidir.

All that glitters is not gold.

Hamma yaltiraydigan narsa oltin emas.

Art is long, life is short.

San'at hayotdan uzun.

Be slow to promise and quick to perform.

Kam vada ber, tez bajar.

Better late than never.

Hechdan ko'ra kech.

Choose an author as you choose a friend.

Kitobni do'stdek tanla.

Don't put off until tomorrow what you can do today.

Bugungi ishni ertaga qoyma.

Everything is good in its season.

Har narsaning o'z vaqtida bo’lgani yaxshi.

Good health is above wealth.

Sog'lik boylikdan afzal.

Hasty climbers have sudden falls.

Shoshganning ishi unmas.

He laughs best who laughs last.

Birinchi kulgu kulgu emas, oxirgi kulgu haqiqiy kulgu.

He who would search for pearls must dive below.

Marvarid izlagan daryoga chuqur shong’ishi kerak.

If you run after two hares, you will catch none.

Ikki kemaning boshini tutgan daryoga g'arq boladi.

It is never too late to learn.

Ilm olishning erta kechi bolmaydi.

It is no use crying over spilt milk.

Bo’lgan ishga ko’z yosh qilganning foydasi yo’q.

Live and learn.

Beshikdan qabrgacha ilm izla.

Lost time is never found again.

Yo’qotilgan vaqt hech qachon topilmas.

Many words hurt more than sword.

Qilich yarasi bitar, so'z yarasi bitmas.

Never put off till tomorrow what you can do today.

Bugungi ishni ertaga qo’yma.

No pains, no gains.

Mehnatsiz rohat bo’lmas.

Promise little, but do much.

Kam va'da ber, ko'p ish qil.

Rome was not built in a day.

Rim bir kunda qurilmagan.

Speech is silver but silence is gold.

Gapirishyaxshi, jimlikundan ham yaxshi.

There is no place like home.

O'z uying-o'lan to'shaging.

Truth is stranger than fiction.

Haqiqat achchiq boladi.

Two heads are better than one.

Bir boshdan ikki bosh yaxshiroq.

We never know the value of water until the well is dry.

Oldingdan oqqan suvning qadri yo'q.

What can't be cured, must be endured.

Kasallikni davolaguncha, oldini olgan avfzal.

When in Rome, do as the Romans do.

Kimning aravasiga minsang,o’shaning qo'shig'ini aytasan.

Who has never tasted bitter, knows not what is sweet.

Achchiqni tatimaguncha, shirinlikning qadri yo'q.

Back Street Boys
Everybody

Everybody

your body



Everybody

Rock your body right,

Backstreet's back alright

Oh my god we're back again

sisters everybody sing



Gonna bring the flavour

Show you how

Gotta a question for you

Better answer now

Am I original Yeah

Am I the only oneYeah

Am I sexual Yeah

I everything you need



You better …your body now

Chorus:

Everybody yeah

Rock your body yeah

Everybody

Rock your body right

Backstreet's …. alright alright

Now throw your hands up in the air

And wave 'em around like you just don't care

If you wanna party let me hear you yell

Cuz we've got it going on again

Am I original Yeah

Am I the only one Yeah

Am I sexual Yeah

Am I everything you need

You better rock your ….now

Chorus:

So ….everywhere

Don't be afraid don't have no fear

Gonna tell the world

Make you understand

As long as there be …

We'll be coming back again Chorus (x2)


Celine Dion
My Heart Will Go On
Every night in my dreams

I …you, I feel you.

That’s how I … you go on

for across the distanceand

spaces between us

you have come to show you go on.

Refrain:

Near, far, where ever you are

I believe that the …does go on.

Once, more you open the door

And you’re here in my heart

And my heart will go on and on.
can touch us one time

and last for a life …

and never let go till we go.

Love was when I loved you

true time I hold you



In my life it’ll always go on.
Refrain:

Near, far, where ever you are

I believe that the heart does … …

Once, more you open the door

And you’re here in my heart

And my heart will go on and on.
You’re here there’s …I fear

And I know that my heart will go on.

We’ll stay for ever this way.

You’re safe in my heart

And my heart will … …
Download 73,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish