MAVZU: PLATONNING SIYOSIY QARASHLARI
Aflotun (Platon, m.a. 427-347yy) avvaliga shoir sifatida faoliyat olib borgan, so‘ng Suqrot g‘oyalari ta'siri ostida mashhur yunon faylasufiga aylandi. Uning ijtimoiy qarashlari “Kriton”, “Bazm”, “Fedon”, “Gipiy Kichik” nomli asarlarida, siyosiy qarashlari esa “Davlat”, “Qonunlar” kabi asarlarida bayon etilgan. Aflotunning fikricha, insonning o‘z sezgilari orqali atrof olam haqida olayotgan axborotlarini butkul to‘g‘ri va o‘zgarmas, deb bo‘lmaydi. Olingan axborotlar ob'ektiv ravishda g‘oya sifatida shakllangan bo‘lsagina, u o‘zgarmas va qaytariluvchandir. Shuning uchun olim atrof olam g‘oyalardan iborat, deb hisoblagan. Inson ruhi shu g‘oyalarga eng yaqin hisoblanib, ruh tanaga kirgunga qadar atrofdagi g‘oyalarni mukammal o‘zlashtirgan bo‘ladi. Ammo tanaga kirgach, bu g‘oyalarni unutadi va hayoti davomida izlanishlar natijasida inson ruhi o‘zi unutgan g‘oyalarini eslay boshlaydi. Aflotunning fikricha, eng oliy g‘oya bu Yaratguvchi va ezgulik g‘oyasidir. Olim davlatni insonning yirik shakldagi proeksiyasi, deb hisoblagan. “Davlat inson o‘z ehtiyojlarini faqatgina o‘z kuchi bilan qondirish imkoniga ega bo‘lmaganida vujudga keladi. O‘z ehtiyojlarini qondirish ishtiyoqi insonlarni birlashishga undaydi, ular o‘zaro bir-biriga yordam bera boshlaydi va jamoalarga birlashib, davlat shakllanadi6”. Olimning fikricha, davlatning asosiy maqsadi fuqarolarda ezgu xulqni shakllantirish orqali-ideal insonni yaratish va shu bilan davlatning barqaror saqlab qolishdan iborat. Ideal tipdagi davlatda fuqarolarning tabiatan mavjud bo‘lgan qobiliyatlari (bo‘ysunuvchanlik, jasorat, adolat va donolik) asosida quyidagicha ierarxiya mavjud bo‘lgan:
buysunuvchanlik qobiliyati: dehqonlar, hunarmandlar va tadbirkorlar
jasorat va adolat qobiliyati: davlatni ichki va tashqi tazyiqlardan himoya qiluvchi harbiylar va qonun-tartibni ta'minlovchi himoyachilar
donolik qobiliyati: davlat boshliqlari (faylasuflar), ularning vazifasi adolatli qonunlar ishlab chiqish va davlatni donolik bilan boshqarishdan iborat bo‘lgan.
Aflotun o‘zining ideal davlat g‘oyasini Sitsiliyada Dionisiya tiraniyasi asosida amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Ammo uning bu urinishi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Qadim yunon faylasufi Arastu (Aristotel, m.a.384-322yy.) “Siyosat” nomli asarida siyosat to‘g‘risidagi fanga asos solgan. U Aflotunni o‘zining ustozi sifatida tan olgan bo‘lsada, uning ko‘pgina fikrlarini inkor qilgan. Ammo bu ikki alloma yevropa madaniyati va sivilizatsiyasining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan. Chunki ular ilk bor davlatning qaror topishi, shakllanishi va boshqaruvidagi teologik konsepsiyalarga8 qarshi chiqib, mazkur jarayonning tabiiy ravishda kechishi g‘oyasini ilgari surgan. Arastu o‘zining ijtimoiy qarashlarini “Metafizika” (“Birinchi falsafa”), “Jon to‘g‘risida”, “Analitika”, “Siyosat to‘g‘risida” kabi bir qator asarlarida bayon etgan. Arastuning fikriga ko‘ra, har qanday davlat tabiiy ravishda va tarixiy rivojlanish natijasida oiladan9 boshlab shakllanadi. Arastu ham Aflotun kabi insonlarning ehtiyojlariga to‘laligicha javob beruvchi ideal davlat boshvqaruvini yaratishga intilgan. Yu.N.Davidov Arastuning ijodini o‘rganib chiqish natijasida shunday xulosaga kelgan: “o‘z asarlarida polis nomi bilan atalgan va bugungi kunda ilmiy manbalarimizda davlat sifatida tarjima qilingan tushuncha, aslida olim tomonidan jamiyat sifatida talqin qilingan va anglangan”. Arastuning ideal jamiyatida qul va quldorlarning mavjudligi tabiiy holat, deya baholangan. Chunki davlatni kimdir boshqarishi, kimdir esa unga bo‘ysunib, bajaruvchi vazifasini ijro etishi kerak. Olim ahloqiy fazilatlar faqat erkin kishilarga – quldorlarga xos, deb bilgan. Davlat boshqaruvida xalqni o‘z izmiga solish faqat ikki yo‘l: qo‘rqitish (qo‘rquvda saqlash) va mehr-muhabbat (g‘amho‘rlik) ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi. Aflotun va Arastudan so‘ng T.Gobbs, J.Lokk, J.Mill, Sh.Monteske, J.J.Russo, M.Veber va boshqalar jamiyat va davlatni boshqarishdagi parlamentarizm muammolarini o‘z asarlarida ko‘rib chiqishgan. Jamiyat to‘g‘risidagi Aflotun fikrlarining qiymati shundaki, u hokimiyat, xususan, davlat hokimiyati masalalari sohasida ilgari surgan ayrim qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan; Aflotun yaratgan ideal aslzodalar davlatida boshqaruv- faylasuflar; mudofaa va xavfsizlik - askarlar: moddiy ta’minot esa – dehqonlar, hunarmand va savdogarlarga berilgan ("Qonunlar"). Mohiyati bilan bu Misr tabaqaviy tuzumini eslatadi. Aflotun davlat boshqaruvining uch turini ko‘rsatdi:
• monarxiya - bir kishi hokimiyati. Qonuniy va noqonuniy (tiraniya) bo‘lishi mumkin;
• demokratiya - hammaning hokimiyati, u ham qonuniy va noqonuniy bo‘lishi mumkin;
• aristokratiya - ozchilik hokimiyati, barkamollik yoki zo‘rlik asosiga qurilgan bo’lishi mumkin. Aflotun o‘zining "Protagor" dialogida davlat boshqaruvi san’atiga ham o‘qish–o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi. Faqat bilimdon odamlargina boshqarishi mumkin. Odamlar, shuningdek adolatni ham o‘rganishlari lozim. Adolat nima? Adolat o‘z ishini malakali, sidqidildan bajarishdir. "Davlat" dialogi, "Qonunlar"da Aflotun davlatning kelib chiqishini ijtimoiy ehtiyojga bog‘laydi:"Davlat mening fikrimcha, har birimiz o‘zimizni qondira olmay qolganimiz holda, juda ko‘p ehtiyojlarga ega ekanligimizdan kelib chiqadi. Har bir inson biron bir ehtiyojini qondirish uchun yo unisini, yo bunisini jalb etadi. Ko‘p narsaga muhtojlik sezgan odamlar birgalikda yashash va bir-birlariga yordam berish uchun birlashadilar, Ana shunday uyushma bizlarda davlat nomini oladi...". «Bunday davlatda mehnat taqsimoti mavjud: insonlardan biri dehqon, biri - quruvchi, yana biri – to‘quvchi, to‘rtinchisi – etikdo‘z. Shunday qilib, davlat bilan jamiyat tushunchalari bu erda bir ma’noni anglatayotganini ko‘ramiz. Aflotunga ko‘ra, demokratik tuzumning eng katta kamchiligi - unda boshqaruvning muvofiq emasligi deb hisoblaydi: "Demokratiya shunday tuzumki, uning doirasida istagan ishingizni qilishingiz mumkin».
Platonning idеal davlat va jamiyat haqidagi ta'limoti uning kеyingi dialoglarida («Davlat», «Qonunlar» va boshqalar) rivojlantirildi. Uning idеyalar haqidagi qarashlarining mohiyati quyidagicha: haqiqiy borliq-bu moddiylikdan tashqari, aql bilan idrok etiladigan idеyadir. Bizning ko’zimizga ko’rinib, hissiyotimizga ta'sir qilib turgan narsalar borliqqa aloqador emas, shuning uchun ham haqiqiy bilish-bu borliqni bilishdan iborat, ya'ni idеyalarni bilishdan iborat. Borliqni hamma ham bilavеrmaydi, faqat faylasuflargina bunga qodir. U o’zining «Davlat» nomli asarida adolatli idеal davlatni ta'riflar ekan, davlat polisdagi ijtimoiy-siyosiy hayot bilan koinotning birikuvidan hosil bo’ladi, dеydi.Platonning ta'limotiga ko’ra adolat dеganda birichi navbatda har bir odam o’z ishi bilan shug’ullansin, boshqalarning ishlariga aralashmasin, polis turli ehtiyojlarning umumlashgan ifodasidir dеgan g’oyani ilgari suradi. Bu turli-tuman ehtiyojlarni qondirish uchun davlatda odamlar o’rtasida mеhnat taqsimoti qaror topgan bo’lishi kеrak. Idеal davlatda ayollar erkaklar bilan baravar huquqqa ega. Platon idеal davlatida uch tabaqa faylasuflar, harbiylar va dеhqon, hunarmandlarni bo’lishini e'tirof etgan.Platon o’zining « Qonunlar» nomli asarida davlatning mohiyati va qurilishi haqida batafsil to’xtalib o’tadi. Platon idеal davlatning eng muhim bеlgilari quyidagilardan iborat. Uning 5040 fuqarosi chеk tashlash orqali yеr maydoni va uy-joy oladilar, ammo bu yеr va uy ularning xususiy mulki hisoblanmaydi. Barcha yеrlar davlatning mulki bo’lib odamlarning farzandlaridan biriga mеros bo’lib o’tishi mumkin. Mavjud mulkning ko’p va ozligiga qarab, odamlar to’rt toifaga bo’linadilar: Boylikning ham, kambag’allikning ham ma'lum chеgarasi bo’lib, bu qonun tomonidan bеlgilab qo’yiladi. Qullar va chеt ellardan kеlgan dеhqon, hunarmand, savdogarlar yuqorida aytilgan 5040 fuqaro tarkibiga kirmaydi. Birinchi davlatda ham, ikkinchi davlatda ham hamma ish o’zaro kеlishuv va muomala asosida olib boriladi. Yoshlar erkaklar bilan tеng huquqqa ega bo’lsalarda, ammo ular oliy rahbarlikka ko’tarila olmaydilar. Platon davlatining boshida bosqichma-bosqich saylovlardan o’tgan 37 hukmdor turadi. Hukmdorlarning yoshi 50 dan 70 yoshgacha bo’ladi. 360 kishidan iborat bo’lgan saylov kеngashi katta huquqlarga ega. Platonning idеal davlatida qonunchilikka e'tibor qaratilgan. qonun chiqaruvchilarga Platon maslahat bеrib qonunlar juda qattiq bo’lmasin, qonunga itoat etish bilan birga hukmdorlar jamiyatni erkin boshqara olsinlar, qonunlarni ishlab chiqqanda gеografik muhit, iqlim, tuproq va boshqa omillar e'tiborga olinishi zarur. Platon qonunlarga rioya etmaslikni qattiq qoralaydi. Har xil shoirlar, olimlar turli-tuman yangiliklar yaratib, qonunlarni buzishavеrmasin. Platon o’z qarashlarida mafkuraviy masalalarga katta e'tibor bеrdi. Davlat va qonunlarning ilohiy va muqarrar qudratini odamlarga yеtkazish, ularning ongiga singdirish kеrak. qonun-qoidalarni buzish qattiq jazolanishi kеrak.Platon tomonidan ikki yarim ming yil oldin aytilgan “Qonun ustuvorligi", "Qonun hukmronligi" g’oyalari bizning kunimiz uchun shubhasiz juda foydali.
Platon fikricha, mavjud barcha davlatlar salbiy davlatlar tipini tashkil etadi. Qanday davlat bo’lmasin, unda doimo ikkita bir-biriga zid davlatlar mavjud. Ulardan biri kambag’allar davlati bo’lsa, ikkinchisi boylar davlatidir.
Davlatning salbiy tiplari uning fikricha to’rtta shaklda: timokratiya, oligarxiya, demokratiya va tiraniya ko’rinishlarida mavjud. Davlatning bunday shakllari ideal davlat shaklining yomonlashuvi yoki buzilishi tufayli yuzaga keladi. Davlatning bu shakllarida nifoq,zo’rlik hukmronlik qilib, mansabdorlar o’z maqsadlarini amalga oshirish yo’lida taxtni egallashga intiladilar. Platon fikricha, mazkur salbiy davlat shakllaridan birinchisi timokratiya shaklidir. Dastlab timokratiyada mukammal tuzumning xususiyatlari saqlangan bo’ladi. Hokimlar izzat-hurmatga ega bo’ladilar, arbiylar esa dehdonchilik va hunarmandchilik ishlaridan va umuman kundalik tashvishlari- dan butunlay qutulgan bo’ladilar. Ular umumiy ovqatlanish joylarida ovqatlanadilar, harbiy san’at va gimnastika mashqlariga alohida e’tibor qaratiladi. Keyinchalik qiimmatbaho me tallarga intiluvchilar yashirincha oltin va kumushlarni to’plash- ga, saqlashga kirishadilar. Bu ishda harbiylarning xotinlari jonlarig oro kiradi.Shunday qilib, ularning turmush tarzlari oddiy va talabsizlikdan shohona tomonga o’zgaradi. Shu yo’sinda timokratiyadan oligarxiyaga, ya’ni ozchilikning ko’pchilik ustidan hukmronlik qilishiga o’tiladi. Davlatning bu shaklida boy-badavlat kishilar hukmronlik qiladilar, kambag’allar esa hokimiyatni boshqarishdan uzoqlashtiriladilar. Davlatning oligarxiya shaklida isrofgar boylar pirovard oqibatda asalarilar uyasidagi dangasa asalarilarga o’xshab kambag’allashib qoladilar.
Platon fikricha, davlatning oligarxiya tuzumida jamiyatning har bir a’zosi faqat o’z kasbida ishlashga rioya qilmaydi va durust ish bajarmaydigan bo’ladi. Oligarxiyada jamiyat a’zolarining ba’zilari turli xil ishlarni — dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ishlarni bajarishadi. Bundan tashqari, oligarxiya tuzumida kishi orttirgan boyliklarini sotish huquqiga ega bo’ladilar. Bu esa o’z navbatida ba’zi mulkdor kishilarni kambag’allarga, jamiyatning mutlaqo bekorchi a’zolariga aylantiradi. Oligarxiya tuzumining keyinchalik taraqqiyoti izchillik bilan yanada murakkabroq va yomonroq davlat shakli — demokratiyaga olib boradi. Bu hokimiyat xalq hokimiyatidir. Demokratiya tuzu- mi davrida boylar bilan kambag’allar o’rtasidagi munosabatlar keskinlashadi, qarama-qarshilik oligar- xiyaga nisbatan yanada kuchayadi. Kambagallarning boylarga nis- batan g’azabi kuchayib borib, qo’zgolonga aylanadi. Bordi-yu, qo’zg’olon kambagallarning g’alabaga erishishi bilan tugallansa, u holda kambag’allar boylarning bir qismini qirib tashlaydi, bir qismini esa vatandan haydab yuboradi. Ular davlatni boshqarish funksiyalarini o’zaro bo’lishib oladilar.
Salbiy davlat shakllaridan eng yomoni bu tiraniya (yakka shaxsning barcha kishilar ustidan hukmronlik qilishi) shaklidir. Tiraniya davlat shakli boshqa shakllardan farq qilmay, ular singari o’zidan oldin o’tgan davlat shakli bag’rida yuzaga keladi. Tiraniya demokratiyaning ichidan o’sib chiqadi. Kuchli va eng qattiq qulchilik eng ulkan erkinlikdan paydo bo’ladi, deydi faylasuf. «Zolimshoh (tiran) kokimlikning dastlabki davrida kim bilan ko’rishmasin, birinchi, bo’lib barchaga quchoq ochar, yakka kishiga ham, ko’pchilikka ham tog’-tog’ va’dalarni berar, qarzdorlarning qarzlarin bekor qilar, va o’zi- ga yaqin kishilarga yer ulashib, o’zini ular oldida saxiy podshoh qilib ko’rsatishga harakat qilardi.” Oddiy xalq doimo dohiyga muhtoj ekanligini his etishi uchun zolim shoh doimo urushlar boshlab turishi zarur. Chunki doimiy urushlar odamlarning qirilishiga,hayotning misli ko’rilmagan darajada mushkullashishiga,oilalarning xonavayron bo’lishiga olib kelardi. Bir vaqtlar jamiyat peshvolari shohni maqtab ko’klarga ko’targan bo’lsalar,endilikda la’natlar yog’dirib,uni qoralaydilar.
Davlatning salbiy shakllari to’g’risida Platon ushbu fikrlarni bayon etib, ularga qarama-qarshi o’zining ideal davlat haqidagi xayoliy fikrlarini ilgari suradi.U xayol qilgan davlatda davlat ishlarini yaxshi boshqaradigan qobiliyatli ozgina kishilar idora etadilar.Faylasufning fikricha,davlatni boshqaruvchilar birinchidan,tabiiy qobiliyatga ega bo’lishi,ikkinchidan,oldindan uzoq muddat davomida tayyorgarlik ko’rgan bo’lishlari shart sanaladi. Platonning ideal davlat tuzumining negizida adolat yotadi. “Adolatli”davlat hukm surgan davrda har xil va turli tuzumdagi davlatlar garmonik jihatdan bir butunlikni tashkil etadi. Eng adolatli davlat tuzumi Platonning fikricha, davlatning muhim masalalarini hal etuvchi,bir qator ma’naviy,iqtisodiy va siyosiy xususiyatlarga ega bo’lib, o’zining birgina harakati bilan muhim masalalarni hal etishga qodir bo’lmog’i lozim. Ideal davlat modelini tahlil qilish. Ideal davlat mavjudligining asosiy shartlari quyidagilardir: sinflarga va mehnat sohalariga qat'iy bo'linish; boylik va qashshoqlikning qarama-qarshi qutblarini - ma'naviy buzuqlik manbasini hayotdan yo'q qilish; to'g'ridan-to'g'ri davlatning barcha a'zolarining asosiy jasoratidan kelib chiqadigan eng qat'iy itoatkorlik - ehtiyot chorasi. Ideal davlatdagi boshqaruv shakli aristokratiya, so'zning eng yaxshi ma'nosida - eng munosib, donolarning kuchi.
Aflotun adolatli davlat idealini chizgan, unga iqtidorli va puxta tayyorgarlik ko'rgan, yuksak axloqiy, haqiqatan ham davlatni oqilona boshqarishga qodir bo'lgan odamlar boshqaradi. Platon Adolatni ideal davlatning asosiy tamoyili deb hisoblagan. Adolatga asoslanib, davlat eng muhim vazifalarni hal qiladi: odamlarni himoya qilish, ularni moddiy ne'matlar bilan ta'minlash, ijodiy faolligi va ma'naviy rivojlanishi uchun sharoit yaratish. Aflotun odamlarni uch guruhga ajratdi: birinchisiga asosli boshlang'ich, rivojlangan adolat tuyg'usi va qonunga intilish mavjud. U ularni donishmandlar deb atagan. Ular ideal holatda hukmdor bo'lishlari kerak. Jasorat, jasorat, burch tuyg'usi bilan ajralib turadiganlarni Platon ikkinchi guruhga - davlat xavfsizligini ta'minlashga chaqirilgan jangchilar va "qo'riqchilar" ga tegishli. Va nihoyat, jismoniy mehnatga chaqirilgan odamlar bor - bular dehqonlar va hunarmandlar. Ular zarur moddiy ne'matlarni ishlab chiqaradi.
Aflotun g’oyalarida shaxs umuminsoniyga to’liq bo’ysunishi kerak: davlat inson uchun mavjud emas, balki inson davlat uchun yashaydi.
Aflotunning fikricha, faylasuflar va jangchilarning shaxsiy mulki bo'lmasligi kerak. Jangchilar "umumiy oshxonalarga borishlari va lagerdagi kabi birga yashashlari kerak", ular "oltin va kumushga tegmasliklari kerak. Ular hatto oltin bor uyga kirmasliklari, oltin va kumush narsalarni kiymasliklari, oltin yoki kumush kosadan ichishlari kerak emas ... Agar har kim o'zi sotib oladigan hamma narsani boshqalardan ajratib, uyga sudrab kirsa. o'z xotini va o'z farzandlari, shaxsan unga tegishli bo'lganligi sababli, unda shaxsiy quvonch va qayg'ularni uyg'otadi. Oqilona chegaralardagi mulk faqat dehqonlar va hunarmandlar uchun joizdir, chunki bu ularning mehnat qilishiga to'sqinlik qilmaydi. Ammo u yuksak mulohazalarga berilib, davlat qo'riqchisi bo'lganlar uchun kontrendikedir. Bu jamiyatda kundalik hayot yuki bo'lgan oila yo'q. Bu jamiyatda qalbni yumshatuvchi kuylar jaranglamasligi kerak. Bu yerda faqat kuchli, jangari musiqa uchun joy bor. Odamlarni sinflarga bo'lish printsipi. Davlat, Platonning fikricha, ruh kabi, uch tomonlama tuzilishga ega. Asosiy vazifalariga (boshqarish, himoya qilish va moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish) ko'ra, aholi uch tabaqaga bo'linadi: dehqon-hunarmandlar, qo'riqchilar va hukmdorlar (donishmand-falsafachilar).
Aflotun uchta mulkning har biriga axloqiy baho berib, ularga ma'lum axloqiy fazilatlarni farqli ravishda beradi. Hukmdor faylasuflar uchun eng qimmatli sifat donolik, qo'riqchilar-jangchilar uchun - jasorat, demiurglar uchun - mo''tadillik, cheklovchi kuch. Davlatning o‘zi va boshqaruv shakli oliy ma’naviy fazilat – adolat bilan ta’minlangan. Sinflarga bo'linishning daxlsizligi Platonik adolatli davlatning asosidir. Inson o'z moyilligi tufayli hal qila oladigan biznes bilan shug'ullanishi kerak. Bundan tashqari, har kim o'z ishini o'ylab, boshqalarning ishiga aralashmaslikka harakat qilishi kerak. Ushbu tamoyilga asoslanib, butun jamiyat uchta mulkka bo'linadi: faylasuflar, vasiylar va oddiy odamlar. Shuni ta'kidlash kerakki, bir sinfdan ikkinchisiga o'tish o'zi bilan davlatga katta zarar keltiradi. Inson o'z maqsadiga chinakam sodiq bo'lishi kerak. Mehnat taqsimoti jamiyatni tabaqalarga ajratadi, lekin bularning barchasi bilan birga davlat tuzilishining asosiy tamoyilidir. Qo'riqchilarni tayyorlash va o'qitish. Alohida oilani hukmdorlar va vasiylarga inkor etib, Platon ularning barchasini yagona hukmron oila a'zolariga aylantirishga umid qiladi. Nikoh, hayot, mulk va uchinchi mulk odamlarining butun hayoti masalalarini hal qilishni u ideal davlat hokimiyatiga topshiradi. Bundan tashqari, mukammal tizim loyihasida qullar sinfi mavjud emas. Davlatni himoya qilish uchun qo'riqchilar talab qilinadi. Ular "poda"da "itlar" bo'ladi. Ularning ishining ahamiyati va uni amalga oshirishning qiyinligi soqchilarni alohida, yuqori mulkka ajratib turadi. Vasiylar gimnastika va matematika bo'yicha o'qitilishi kerak. Ularni tarbiyalash uchun musiqa va she'riyatni sinchkovlik bilan tanlash kerak: faqat jasorat va qo'rqmaslikni tarbiyalaydigan she'rlar va tovushlar ideal holatda ruxsat etiladi va hech qanday holatda g'amginlik yoki o'limni eslatuvchi narsalarga ruxsat beriladi. Vasiylar har kimdan alohida yashashlari va hech qanday mulkka ega bo'lmasligi kerak. Ularning hatto xotinlari va bolalari ham bor. Platonning tarbiyasi va ta'limi qo'riqchilar-jangchilar orasidan bolalarga tegishli. Tabiiy ma'lumotlarga ko'ra, ular oltin, kumush va temirga bo'linadi. “Faylasoflar va vasiylar” muhitidan chiqqan bolalar oltin va kumushga tegishli.Aflotun uchinchi avlod (ya’ni “temir” ota-onalar) farzandlarining yuqori ta’lim va tarbiya olib, yaxshi hayotga intilishi, bir muhitdan ko’chishiga qarshi chiqadi. mulk boshqasiga.Boylik uchinchi mansab qo‘lida bo‘lmasligi kerak, chunki boylik dangasalik va dabdabaga yetaklaydi, lekin xizmatkorlikka yetaklovchi qashshoqlik uning nasibasi bo‘lmasligi kerak.Hamma narsaga “o‘lchov” kerak.Uchinchi mulk – dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlar - Aflotun hamdardlik bildirmaydi, uning hamdardligi aniq faylasuflar va jangchilar tomonidadir.Uchinchi mulk faqat bitta fazilat bilan ta'minlangan - ma'rifatli vazminlik."Davlat"da qullar haqida deyarli hech narsa aytilmagan.Faylasuf unga qarshi chiqdi. askarlarning (qo'riqchilarning) ko'char va ko'chmas mulklari, qullar uchun shaxsiy mulki.Ularning bolalari, xotinlari va barcha mol-mulki davlat tomonidan boshqarilishi kerak.Aflotun shaxsiy mulk oltin, kumush, pulni ajratish bo'ladi, deb hisoblaydi. soqchilarni asosiy vazifalaridan - shaharlarni dushmanlardan himoya qilishdan oling, chunki ular butun e'tiborini shaxsiy boylikni oshirishga qaratishlari kerak. Boylik va qashshoqlik muammosi. Jamiyatda tartibsizliklar uchun shart-sharoit yaratmaslik uchun Platon mo''tadillik va o'rtacha farovonlikni yoqlaydi va haddan tashqari boylikni ham, o'ta qashshoqlikni ham qoralaydi.
Uilyam Bleyk. "Platonik g'or" (1793).
G'or haqidagi afsona - bu Platon o'zining "Davlat" risolasida o'zining g'oyalar haqidagi ta'limotini tushuntirish uchun ishlatgan mashhur allegoriya. U platonizm va umuman ob'ektiv idealizmning asosi hisoblanadi. Bu Sokrat va Platonik birodar Glavkon o'rtasidagi dialog shaklida aytiladi: Bizning insoniy tabiatimizni ma’rifat va jaholatga nisbatan shu holatga qiyoslash mumkin... shunchaki qarang: axir, odamlar go‘yo g‘ordek yer osti maskanida, butun uzunligi bo‘ylab keng bo‘shliq cho‘zilgan. Yoshligidanoq oyoqlarida va bo‘ynlarida kishanlar bor, shuning uchun odamlar o‘z joyidan qimirlamaydilar va ular faqat ko‘z oldidagi narsalarnigina ko‘radilar, chunki bu kishanlar tufayli boshlarini bura olmaydilar. Odamlar orqalarini yuqorida yonayotgan olovdan chiqadigan yorug'likka burishadi va olov va mahbuslar o'rtasida yuqori yo'l bor bo'lib, u o'ralgan, mana bu devorga o'xshash pastak devor, uning orqasida sehrgarlar qo'yishadi. ekranda qo'g'irchoqlarni ko'rsatganda yordamchilar.
- Men shunday tasavvur qilaman.
- Tasavvur qiling-a, bu devor ortida boshqa odamlar turli xil idishlarni ko'tarib, uni devor ustida ko'rinadigan qilib ushlab turishadi; ular tosh va yog'ochdan yasalgan haykallar va tirik mavjudotlarning har xil tasvirlarini olib yurishadi. Shu bilan birga, odatdagidek, ba'zi tashuvchilar gaplashmoqda, boshqalari jim.
- G'alati siz tasvir va g'alati mahbuslarni chizasiz!
- biz kabi. Avvalo, sizning fikringizcha, odamlar bunday holatda bo'lganlarida, o'zlarining yoki boshqa birovning oldilarida joylashgan g'or devoriga olov tashlagan soyalardan tashqari hamma narsani ko'rishadimi?
"Ular boshqa narsani qanday ko'rishlari mumkin, chunki ular butun umr boshlarini ushlab turishlari kerak?"
- Va u erda, devor orqasida olib boriladigan narsalar; Ular bilan ham xuddi shunday holat yuz bermayaptimi?
- Ya'ni?
“Agar mahbuslar bir-birlari bilan gaplasha olishsa, ular ko'rgan narsalariga ism qo'yadi deb o'ylamaydilar deb o'ylaysizmi?
- Albatta shunday.
Inson va uning soyasi.
Platon uchun g'or odamlar yashaydigan hissiy dunyoni ifodalaydi. G'or asirlari singari, ular his-tuyg'ular orqali haqiqiy haqiqatni bilishlariga ishonishadi. Biroq, bu hayot shunchaki xayol. Haqiqiy g'oyalar dunyosidan ularga faqat noaniq soyalar etib boradi. Faylasuf o‘ziga tinmay savollar berib, ularga javob izlash orqali g‘oyalar olamini to‘liqroq anglashi mumkin. Biroq, olingan bilimlarni kundalik idrok xayollaridan uzoqlasha olmaydigan olomon bilan baham ko'rishga urinish befoyda. Shunday qilib, Platon davom etadi: Ulardan birining kishanlari olib tashlanganda, uni birdan o'rnidan turishga, bo'ynini burishga, yurishga, yuqoriga qarashga majbur qiladi - yorug'lik tomon, bularning barchasini qilish unga og'riqli bo'ladi, u qaray olmaydi. u ilgari ko'rgan soyasini yorqin nurli narsalar. Nima deb o'ylaysiz, ular unga ilgari arzimas narsalarni ko'rganini va endi borliqga yaqinlashib, haqiqiyroq narsaga o'girilib, to'g'ri nuqtai nazarga ega bo'lishi mumkinligini aytishganda nima deydi? Ha, agar ular uning oldida miltillovchi u yoki bu narsaga ishora qilsalar va bu nima ekanligini so'rashsa ham, uni javob berishga majbur qilishadi! Sizningcha, bu uni nihoyatda qiyinlashtiradi va u hozir ko'rsatilayotganidan ko'ra avval ko'rganlarida haqiqat bor deb o'ylaydimi? Albatta, u shunday deb o'ylardi.
"Agar siz uni to'g'ridan-to'g'ri yorug'likka qarashga majburlasangiz, uning ko'zlari og'rimaydimi va u ko'rgan narsalarga qaraganda bu haqiqatan ham ishonchliroq ekanligiga ishonib, ko'rgan narsasiga qaytmaydimi? uni?
- Ha, shunday.
Ushbu masalni bayon qilar ekan, Aflotun o'z tinglovchilariga bilim uchun ma'lum mehnat - ma'lum mavzularni o'rganish va tushunishga qaratilgan tinimsiz harakatlarni talab qilishini ko'rsatadi.
Platonizmning mohiyati
Platonizmni tushunishning mohiyati va kaliti ko'pchilik tomonidan Aflotun g'ori haqidagi afsona deb ataladi. Qadimgi yunon faylasufi ta'limotiga ko'ra, g'or er yuzida yashovchi barcha odamlar yashaydigan hissiy dunyoning ramzidir.
Bu odamlarning barchasi, xuddi haqiqiy g'ordagi mahbuslar kabi, haqiqiy haqiqatni bilishlariga ishonishadi. Bunday aldamchi tuyg'u ularda sezgi a'zolari tufayli yuzaga keladi. Ammo, aslida, bunday hayot butunlay illyuziyadir.
Haqiqiy dunyoda nima sodir bo'layotganini ular faqat vaqti-vaqti bilan g'or devorlarida ko'radigan tushunarsiz soyalar orqali hukm qilishlari mumkin. Ko'pchilikdan farqli o'laroq, faylasuf g'oyalar olami haqida to'liqroq tasavvurga ega bo'lish imkoniyatiga ega. Chunki u muntazam ravishda savollar beradi va ularga javob topadi. Ammo uning bitta muammosi bor. Uni butun jamiyat mulkiga aylantira olmaydi. Gap shundaki, olomon, bu tushunchaning keng ma'nosida, voqelikni kundalik idrok etishning illyuziya tabiatidan uzoqlasha olmaydi.
G'or haqidagi afsonaning muallifi Platon Sokratning shogirdi va Arastuning ustozi edi. Miloddan avvalgi 5-4-asrlarda qadimgi Yunonistonda yashagan. U birinchi bo'lib, uning falsafiy asarlari bugungi kungacha parcha-parcha bo'laklar shaklida emas, balki butunligicha saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |