1.1.1-jadval.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan olingan daromaddan dehqonchilik, chorvachilik va xo’jalik yurituvchi subyektlarning ulushi,%
№
|
|
2017
yil
|
2018
yil
|
2019
yil
|
2020
yil
|
1
|
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan olingan daromaddan, trln.so’m
|
69,5
|
199,5
|
224,3
|
260,3
|
2
|
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan olingan daromaddan dehqonchilik va chorvachilik tarmog’ining ulushi,%
|
|
|
|
|
|
- Dehqonchilik
|
69,9
|
53,2
|
50,2
|
49,5
|
|
- Chorvachilik
|
30,3
|
46,8
|
49,8
|
50,5
|
3
|
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan olingan daromaddan xo’jalik subyektlarning ulushi,%
|
|
|
|
|
|
- dehqon (shaxsiy yordamchi) xo’jaliklari
|
63,6
|
70,0
|
70,1
|
68,0
|
|
- fermer xo’jaliklari
|
34,7
|
27,3
|
29,9
|
27,8
|
|
- qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar
|
1,7
|
2,7
|
3,0
|
4,2
|
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini samarali rivojlantirish uchun birgina texnika taraqqiyotining yaxshi bilish kifoya qilmaydi, balki ishlab chiqarish texnologiyasini, o‘simlik va chorva mollarining rivojlanishi biologik qonuniyatlarini, chorvachilik va dehqonchilik tizimlari hamda mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarishni boshqarish bundan tashqari asosiy tarmoq bilan yordamchi, qo‘shimcha tarmoqlarni ya’ni noqishloq sohalarni innovatsion yo‘nalishlar asosida tashkil etish masalalarini ham to‘la bilish zarur. Shuning uchun mazkur fanni o‘rganish har qanday tadbirkorning daromad manbaiga aylanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
“Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyatini tashkil etish va boshqarish” fani- bu xo‘jalikda mahsulot ishlab chiqarishning barcha ichki imkoniyatlari va unga xizmat qiladigan qo‘shimcha tarmoq va noqishloq sohalarini tashkil etib, ularning quvvatidan maqsadga muvofiq foydalanishga qaratilgan tadbirlar tizimidir. Bu tizim quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: ishlab chiqarishni moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash; mehnatni tashkil etish, me’yorlash, haq to‘lash va unga ta’sir etuvchi omillarga sharoit yaratish; ishlab chiqarishni rejalashtirish, istiqbolini loyihalashtirish, uning hisob-kitob ishlarini va ularni monitoringini amalga oshirish; ish joylariga servis xizmatini tashkil etish; qo‘shimcha tarmoqlarni va noqishloq sohalarni tashkil etish, ishlab chiqarilgan mahsulot va bajarilgan ish (xizmat)larni miqdor hamda sifat jihatdan hisobga olish va boshqalardir.
Bugungi kunda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar va qarorlarni amaliyotga joriy etishda kuchli iqtisodiy siyosat olib borilishini taqozo etadi. Shu maqsadda “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyatini tashkil etish va boshqarish” fani agrar sohani rivojlantirishda samarali xizmat qiladi. Bu fan iqtisodiy fan bo‘lib, fermer xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish va saqlash, qayta ishlash, sotish bilan bog‘liq asosiy, qo‘shimcha va yordamchi tarmoqlarni qo‘shib olib borish, ishlab chiqarish munosabatlarini yaxshilash, mehnatni to‘g‘ri tashkil etish va manfaatdorlikni oshirish; obyektiv iqtisodiy qonunlarni amaliyotga tatbiq qilish; fermer xo‘jaligiga rahbarlik qilish; kredit mablag‘laridan samarali foydalanish, investitsiyalarni kiritish; innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, fermer xo‘jaliklari asosiy faoliyatidan tashqari qo‘shimcha tarmoqlarni noqishloq sohalarini rivojlantirish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |