Plastik defformatsiya choʻzilish va siqilish buralish CHo’zilgan yoki siqilgan sterjeng’ materialining tashqi kuchlar ta’siriga yetarlicha qarshilik ko’rsatishini bilish uchun uning faqat ko’ndalang kesimlaridagi normal kuchlanishlarni aniqlashgina kifoya qilmaydi, balki sterjenning turli qiya kesimlaridagi kuchlanishlarni ham topish zarur bo’ladi.
CHo’zilgan sterjenning ko’ndalang mk kesim bilan burchak hosil qiluvchi mn tekislik yordamida shu sterjenni kesamiz 10-shakl,a mn qiya kesimda hosil bo’ladigan kuchlanishlarni aniqlaymiz. Kesilgan qismlardan II qismini qoldirib 10-shakl,b), uning muvozanatini tekshiramiz. Qiya kesimning tashqi ON normal sterjeng’ o’qi bilan ham burchak hosil qiladi. Agar burchak sterjeng’ o’qiga nisbatan soat strelkasi yurishiga teskari yo’nalishi yo’nalsa, bunday yo’nalishni musbat deb hisoblaymiz. Sterjenning qoldirilgan II qismining mn tekisllikka tik o’tkazilgan ON tik chizig’i shu kesimning normali deyiladi. Sterjenning mk ko’ndalang kesim yuzini /, mn qiya kesim yuzini esa / bilan belgilaymiz. Sterjenning tashlab yuborilgan I qisminning qolgan II qismiga ta’sirini kuchlanish orqali belgilaymiz (10-shakl, b), qoldirilgan qism muvozanatda bo’lishi uchun bu kuchlanish R kuchga parallel yo’nalgan bo’lishi kerak. U mn qiya yuzaga tik yo’nalmagan bo’ladi
uning miqdori ham ko’ndalang kesim yuzasining kuchlanishidan boshqacharoq bo’ladi. Bu kuchlanish qiya kesim yuzi bo’yicha tekis taqsimlangani uchun uning qiymati qo’yidagi formuladan topilpdi:
Ammo ekanligini ehtiborga olsak,
sos sos2 (1)
sin sin cos sin . (2) Agar normal kuchlanish tashqi normal yo’nalishi tomon borsa musbat deb, aks holda esa manfiy deb hisoblanadi. Agar tashqi normalni urinma kuchlanish yo’nalishiga tomon qaratish uchun uni soat strelkasi yurishiga qarab burishga to’g’ri kelsa, urinma kuchlanishning qiymati musbat, aks holda esa manfiy deb hisoblanadi. Sterjeng’ materiali bu ikki kuchlanish ta’siridan ikki xil deformatsiyalanadi. CHo’zilgan sterjendan ikkita parallel tekislik yordamida yupqa qatlam ajratamiz. Qatlam shaklda bo’yab ko’rsatilgan. Bu qatlamni cheklovchi tekislik betlariga normal va urinma kuchlanishlar ta’sir qiladi. SHakldan ko’rinadiki, normal kuchlanish ajratilgan qatlamni cho’zadi, urinma kuchlanish esa qatlamning bir qiya kesimiga nisbatan siljitadi. SHunday qilib, bu ikki xil kuchlanishga ikki xil deformatsiya bo’ylama deformatsiya (uzatish yoki qisqarish) va siljish deformatsiyasi to’g’ri keladi. Sterjen materialining yemirilishiga qanchalik qarshilik ko’rsata olishini bilish uchun qiya kesimning vaziyatiga bog’lik bo’lgan eng katta va kuchlanishlarning qiymatlarini topish lozim. 1 va 2 formulalardan ko’rinadiki, sos ga , ya’ni O bo’lganda normal kuchlanishning qiymati eng katta bo’ladi. Urinma kuchlanish esa sin 2, ya’ni 45o -
12 - shakl 13- shakl
bo’lganda o’zining eng katta qiymatiga erishadi. Ularning bu miqdorlari 1 va 2 formulalardan aniqlanadi:
SHunday qilib, eng katta normal kuchlanish bu hol uchun sterjenning ko’ndalang kesimiga ta’sir qiladi, uning qiymati esa shu yuzaning normal kuchlanishiga teng bo’ladi. Eng katta urinma kuchlanish sterjenning ko’ndalang kesimi bilan 45o burchak hosil qilgan qiya yuzalarda vujudga keladi va uning qiymati eng katta normal kuchlanishning yarmiga teng bo’ladi.
Demak, oddiy cho’zilgan yoki siqilgan sterjenlarning o’qiga tik, ya’ni bo’lgan yuzalarda normal kuchlanishlarning qiymati eng katta, o urinma kuchlanishlarning qiymati esa nolg’ bo’ladi (13-shakl).
Agar (IV.1) va (IV.2) formulalardagi burchagining o’rniga 90o qo’yilsa, sterjenning cho’zuvchi kuchlanishlarga parallel bo’lgan yuzalariga tegishli kuchlanishlar va bo’ladi (13-shakl). Demak, bu yuzalarda normal kuchlanishlar ham, urinma kuchlanishlar ham nolga tengdir.
Urinma kuchlanishlar nolg’ bo’lgan yuzalar deb ataladi. Bu yuzalarga ta’sir qilgan normal kuchlanishlar bosh normal kuchlanishlar
deb ataladi.
Mustahkamlik sharti (4.2) asosida konstruksiyalar elementlarining mustahkamligiga tegishli bo‘lgan 3 xil masala yechiladi, ya’ni:
I. Berilgan material va tashqi yuklanishlar asosida sterjen ko‘ndalang kesim o‘lchamlarini aniqlash masalasi.
Bu holda sterjenga ta’sir qilayotgan tashqi kuch asosida N ning epyurasi quriladi va berilgan material uchun ruxsat etilgan normal kuchlanish qiymati mavjud ma’lumotlar asosida olinib, sterjenning ko‘ndalang kesim yuzasi aniqlanadi, ya’ni:
Agarda elastiklik moduli ma’lum bo‘lsa u holda o‘zgarmas bo‘ylama kuch N ta’siridagi sterjen bo‘laklarining absolyut cho‘zilishini quyidagicha aniqlash mumkin:
EF – sterjen ko‘ndalang kesimining cho‘zilish va siqilishdagi bikrligi deyiladi