Birinchidan, mehnat - bu kishilarning qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida maqsadga muvofiq faoliyati bo‘lib, ular har qanday korxona faoliyatining asosini tashkil etadi;
Ikkinchidan, mehnat ashyolari - tovar mahsuloti ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) uchun inson faoliyati yo‘naltirilgan vositalar (obyektlar) tushuniladi;
Uchinchidan, mehnat vositalari - mashinalar, mahsuldor mollar, uskuna va qurilmalar, ish qurollari va boshqa texnologik ishlanma turlari, ish joyining tashkiliy ta’minoti va boshqalar. Mehnat ashyolari va mehnat vositalari o‘zaro birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi. Ishlab chiqarish vositalari va
ish kuchi o‘zaro bog‘liqlikda ishlab chiqaruvchi kuchlarni tashkil etadi. Demak mehnat qurollari, mehnat vositalari hamda mehnat predmetining harakatidan mehnat jarayoni shakllanadi. Avval mehnatni maqsadga muvofiq tashkil etish, joylashtirish ulardan unumli foydalanish, va boshqarishni bilish, bozor tizimida faoliyat ko‘rsatadgan fermer xo‘jaligining iqtisodiy tomondan rivojlanishi uchun asosiy shart-sharoitlaridan biri bo‘lib fanning mohiyatini va ahamiyatini tashkil etadi.
“Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyatini tashkil etish va boshqarish” fani - korxonani tashkil etish va boshqaruv qonuniyatlarini o‘rganib, ularda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanish, unda ishlab chiqarish munosabatlarini o‘rnatish, mahsulotni yetishtirishdan to iste’molchiga yetkazib berishda zarur bo‘lgan ta’minot, xizmat ko‘rsatish va qayta ishlashni tashkil etib, ko‘p miqdorda arzon va sifatli mahsulot yetishtirib bozorni to‘ldirish hamda maksimal foyda olish uchun ichki imkoniyatlaridan unumli foydalanishni boshqarishning chora-tadbirlarini belgilovchi fanga aytiladi.
Fermer xo‘jaligida yer, ish kuchlari va ishlab chiqarish vositalarining birikishi, ular o‘rtasidagi mutanosiblikning to‘g‘ri belgilanishi xo‘jalikda ishlab chiqarishni tashkil etish shaklini belgilaydi. Umuman olganda, moddiy boylik yaratish har bir korxonaning ishlab chiqarish sharoiti va yo‘nalishiga qarab, mehnat ashyolari, mehnat vositalari va ish kuchining maqsadga muvofiq ravishda mutanosib olib borilishi natijasida amalga oshiriladi.
Fermer xo‘jaligining tashkil topishi, unda shakllangan tuzilma, o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari, ish jarayonlarining tashkil etilishi, ishlab chiqarish kuchlari, ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri bilan aniqlanadi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi turli mahsulotlar - don, paxta, go‘sht, sut, jun, teri, tuxum, zig‘ir, lavlagi, asal, moy beruvchi dorivor o‘simliklar va shunga o‘xshash bo‘lgan boshqa ekinlarni va turli qishloq va noqishloq sohasini tashkil etib beradi, shuning uchun uning, o‘ziga xos xususiyatlarini bilish zarur. Fermer xo‘jaligida ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, mahsulotni qayta ishlash, saqlash, sotish va iste’molchiga yetkazib berish, xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etishi bilan boshqa tarmoqlardan farq qilishidir 1.1.1- jadval.
1.1.1-jadval ma'lumotlaridan ko’rinib turibdiki, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini еtishtirishdan olingan daromadan 2017 yilda 69,5 trillion so’m bo’lgan bo’lsa, 2020 yilga kеlib 260,3 trillin so’m yoki 163,7 trillion so’mga ortganini ko’rish mumkin.
Bunda dеhqonchilikning ulushi 69,9 – 49,5 foizga kamayib, charvochiliikning ulushi 30,0-50,5 foizga ortib bordi. qishloq xo’jaligi mahsulotlarini еtishtirishdan olingan daromaddan dеhqon (shaxsiy yordamchi) xo’jaliklarining ulushi 63,6-68,0 foizga ortgan bo’lsa, fеrmеr xo’jaliklarining ulushi 34,7-27,8 foizga kamayib bordi. qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning ulushi 1,7-4,2 foizga ortib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |