O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
KIMYOVIY TEXNOLOGIYA FAKULTETI
KIMYO YO’NALISHI
FIZIKAVIY VA KOLLOID KIMYO KAFEDRASI
FIZIKAVIY KIMYO FANIDAN
“ Standart potensiallar.Nernst tenglamasi”
MAVZUSIDAGI
KURS ISHI
Qabul qildi: Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi mudiri
A.Sharipova
Topshirdi: 2 A kimyo yo’nalishi talabasi
A.Yodgorova
NUKUS-2021
MUNDARIJA
Kirish
|
3
|
I.Bob.Asosiy qism
|
5
|
I.1. Elektrokimyo
|
5
|
I.2. Nernst tenglamasi
|
9
|
I.3. Elektrodlarni tasniflanishi. Vodorod elektrodi va standart elektrod
|
12
|
II. Tajriba qismi
|
17
|
II.1. EYUKni aniqlashning kompensatsiyalash usuli
|
17
|
II.2. Ishning bajarilishi. Yakobi – Daliel elementining EYUKni aniqlash
|
19
|
II.3. Mis va rux elektrodlarini potensiallarini aniqlash.
|
20
|
Xulosa
|
22
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
24
|
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Fizikaviy kimyo zamonaviy kimyoning nazariy asosini tashkil etadi. Ilm-fanning rivojlanishi bilan fizikaviy kimyo kursining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ushbu kursning asosiy vazifasi talabalarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, mazkur fanning zamonaviy holatini chuqur tushunish va olingan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq qilish ko‘nikmalarini hosil qilishga ko‘maklashishdan iboratdir.
Fizikaviy kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan professorH.I.Akbarov tahririda 2014 yilda universitetlarning kimyo fakultetlari uchunmo‘ljallangan darslik nashr etilgan edi. 2019 yilda ushbu darslik to‘ldirilib qaytadan nashr etildi. Mualliflar fizikaviy kimyo mavzularini nisbatan qisqa va tushunarli ko‘rinishda yoritishni hamda o‘quvchilarni ushbu fanni mustaqil ravishda chuqurroq o‘zlashtirishga yo‘naltirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan edilar. Darslikda fizikaviy kimyodan sistematik bilimlarga va umumiy tasavvurga ega bo‘lish uchun mukammal bilish talab qilinadigan eng muhim masalalarga ko‘proq e’tibor qaratilgan edi. Lekin, kafedra professor-o‘qituvchilarining tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, fizikaviy kimyo fani mustaqil o‘zlashtirilishi juda qiyin bo‘lgan fanlar qatoriga kiradi. Shu sababli seminar va amaliy mashg‘ulotlarda fizikaviy kimyoni o‘zlashtirishga to‘g‘ri yondoshuv qanday bo‘lishi kerakligi, ma’lum mavzularni noorganik, analitik, organik kimyolar hamda kvant kimyosi va modda tuzilishi fanlari bilan bog‘liq ravishda o‘zlashtirish zarurligi, matematika va fizika fanlaridan qanday bilimlarni qaytarish va mukammal o‘zlashtirish talab qilinishi haqida batafsil bayon etiladi. Mavzulardan seminar va amaliy mashg‘ulotlar ishlab chiqilayotganda har bir talabani individual topshiriqlar bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratildi. Individual topshiriqlar test ko‘rinishida, matrisalar shaklida, turli qonunlarni qo‘llashga bog‘liq bo‘lgan masalalarni echish hamda nazariy savol-javoblar tariqasida amalga oshiriladi. Qo‘llanmada har bir mavzu bo‘yicha yechish yo‘llarini batafsil muhokamasi berilgan misollar keltirilgan hamda mustaqil ravishda yechish uchun masalalar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |