Bosh sxemalarning turlari
Aylanma ajratgichni qo'shni liniyalar orasiga ham o'rnatish mumkin. Bunda hosil bo'ladigan ko'prik sxemasi ko'proq ta'mirga yaroqli va har qaysi liniya uzgichini ta'mirlash ulanishlarni uzmasdan amalga oshirilishi mumkin. Ko'prik sxemalar sodda, ikki ajratgichli, uch uzgichli, juft ko'prikli sxemalarga bo'linadi. Bu sxemalar yetarli darajada ishonchli va tejamli bo'lib asosan ulanishlar soni kam bo'lgan joylarda keng qo'llaniladi. Halqali sxemalarning tejamliligini oshirish va ularning afzalliklarini saqlab qolish ko'pburchak turidagi sxemalarni paydo bo'lishiga olib keldi. Bu sxemalarning afzalligi ularda uzgichlar soni ulanishlar soniga teng, har qanday og'ir shikastlanishda ham uzilishlar hajmi oz. Kamchiligi: ulanishlarning releli himoyasining murakkabligi, hamda uzgichlarni tez-tez nazorat qilib turish zarurligi. Ko'pburchak sxemalarning eng sodda turlari bu uchburchak va kvadrat sxemalari bo'lib, ular ulanishlar soni kam bo'lgan joylarda ishlatiladi. Yuqorida ko'rib o'tilgan bir shina tizimli sxemani takomillashtirish ishchi shina tizimiga maxsus aylanma shina tizimini qo'shish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda har bir ulanish aylanma shina tizimiga o'zining aylanma ajratgichlari orqali ulanadi. Aylanma shina ishchi shina bilan aylanma uzgichi orqali ulanadi. Bu sxemada aylanma shina tizimidan ulanish uzgichlarini ta'mirlashga chiqarish paytida foydalaniladi.
Sxemaning afzalligi: bar qaysi uzgichni tekshirish ulanishlar ishini to'xtatmasdan amalga oshiriladi.
Kamchiligi: aylanma va seksiya uzgichlarini o'rnatish, ishchi shinani tekshirishni ulanishlarni uzmasdan amalga oshirib bo'lmasligi. Seksiya uzgichining shikastlanishi ikkala seksiyaning ham ulanishlarini uzilishiga olib keladi.
Bir shina tizimga yana bir ishchi shina tizimini qo'shish orqali ham rivojlantirish mumkin. Hosil bo'lgan sxema juft shina tizimli sxema deb aytiladi. Shinalararo uzgich ulanishlarni shinalar orasida ixtiyoriy bo'linishini tashkil qiladi. Seksiya uzgichlarining uzilishlar hajmini (q.t. paytida) kamaytiradi. Bu sxemaning afzalligi bironta seksiyada qisqa tutashuv sodir bo'lsa uning ulanishlarini tezlik bilan shikastlanmagan shina tizimiga ulash mumkin, hamda shinalar va shina ajratgichlarini ta'mirlash yengillashadi. Sxemaning kamchiligi ulanish uzgichlarini ta'mirlash paytida ulovchi simlar o'rnatish uchun iste'molchilarni vaqtinchalik uzib turish kerak bo'ladi. Bu kamchi-likni bu sxemaga yana bir aylanma shina tizimini qo'shish orqali yo'qotish mumkin. hosil bo'lgan sxema aylanma shina tizimli juft shina sxemasi deb aytiladi.
Ko'rib chiqilgan sxemalarning ishonchlilik darajasi yuqori, lekin murakkab bo'lib, ishlatish jarayonida qiyinchiliklar tug'diradi. Shuning uchun ulanishlar soni nisbatan kamroq bo'lgan joylarda «1,5» va «4/3» deb nomlangan sxemalar keng qo'llaniladi.
E lektrostansiya va podstansiyalar elektr ulashlarning bosh sxemasi bir-biri bilan o'zaro ulangan natural ko'rinishdagi asosiy elektr jihozlarini tashkil etadi (G, T, L). Yig'ma shinalar kommutatsion va boshqa birlamchi jihozlar bilan ular orasida natural ko'rinishda bajarilgan barcha ulanishlar majmuyidir. Bosh sxemani tanlash elektrostansiya va podstansiyalar elektr qismini loyhalashda asosiy mezon hisoblanadi, chunki u elementlarning to'liq tarkibini va ular orasidagi bog'lanishni aniqlaydi. Tashlangan bosh sxema elektr ulanishlarning prinsipial sxemasi, montaj va boshqa sxemalar tuzishda boshlang'ich ma'lumot beradi. Bosh sxema chizmada bir chiziqli qilib Davlat andozalari asosida tasvirlanib, barcha qurilmalar uzilgan holatda, ayrim hollarda ishchi holatda chiziladi. Soddalashtirilgan operativ sxema -- ularda faqat asosiy jihozlar. Smena navbatchisi operativ sxemani to'ldirib, agar navbatchilik davomida o'chirgich, ajratgichni holatini (zarur bo'lsa) belgilab qo'yadi.
1-rasm. Bosh sxemaning tuzishdagi strukturaviy sxemasi.
Bosh sxemani tuzishda strukturaviy sxema tuzib unda T, G, taqsimlash qurilmasi funksional qismlari ko'rsatiladi xolos. Chizmada ular to'g'ri burchaklar shaklida ko'rsatiladi. Sxemada kommutatsion jihozlar tok transformatorlar ko'rsatilmaydi (1-rasm,a). Soddalashtirilgan prinsipial sxema kabi ayrim T va U transformatorlarsiz, razryadniklarsiz ko'rsatiladi. To'liq prinsipial sxema 1-rasm, b birlamchi zanjirning barcha jihozlari, R, OD pichoqlari va turlari bilan birgalikda ko'rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |