GES ning elektr sxemasi xususiyatlari
Gidroelektrostansiyalarning bosh sxemalarini tanlashda ularning xususiyatlarini hisobga olish zarur. Odatda GES iste'molchilardan uzoqda quriladi, shuning uchun hamma quvvat bir yoki ikki kuchaytirilgan kuchlanishda uzaytiriladi. GES ning bu xususiyati generatordagi kuchlanishdagi yig'ma shinalarni nazarda tutmay, generator-transformatorli blokli ulanish imkoniyatini beradi.
GES ning belgilangach quvvatini amalda oshirib bo'lmaydi, chunki u maksimal suv oqimiga loyihalanadi. Shu sababli yuqori kuchlanish liniyalar soni ortmaydi, shuning uchun yuqori kuchlanishli RU ni kengaytirish talab etilmaydi. GES ning bu xususiyati ko'pburchaklar, ikkilangan kvadratlar sxemasi, bir zanjirga 3/2 va 4/2 o'chirgichli sxemalarni ko'p qo'llash imkonini beradi. GES laming ko'pchiligi energetika tizimi grafigining cho'qqi qismida ishlaydi, shuning uchun agregatlar tez-tez ulab-uzib turiladi. Bu hoi generator kuchlanishdagi o'chirgichlar o'rnatishni nazarda tutishni talab etadi. Odatda GES ning yuqori kuch-lanishidagi RU ni qurish va liniyani chiqishi uchun murakkab opografiyali va kichik maydonlarda quriladi. Bu esa o'chirgichlar soni kam bo'lgan oddiy sxemalarni qo'llashga olib keladi.
G ES dagi bosh kuchaytiruvchi trans-formatorlar joy kichik bo'lganida pastki yoki yuqori b'ef tomoniga o'rnatiladi. Bu hoi yirik bloklar: bir transformatorga ikki uchta generatorni o'rnatish zaruriyatini keltirib chiqaradi. GES ning o'z extiyojini qondirish ssiqlik elektrostansiyalardagiga qaraganda kam mas'uliyatli bo'lib, ancha kichik quvvat talab etadi, bu esa GES ning o'z ehtiyojini qondirish sxemasiga ta'sir
9-rasm. GES ning elektrik ulanish sxemasi.
Ishlab chiqarish joylarida umumiy xavfsizlik qoidalari
Korxona hududida transport vositalari qatnaydigan joylarda juda ehtiyot bo'lish, tovush va yorug'lik signalizatsiyasiga e'tibor berish, harakat qoidalari ko'rsatilgan plakatlardagi talablarni aniq bajarish zarur. Yo'lning transport vositalari qatnaydigan qismini yoki temiryo'lni kesib o'tishda harakatdagi transportni o'tkazib yuborish kerak. Temiryo'llardan yurish man etiladi. Poyezdlar qisqa vaqt mobaynida to'xtab turganida vagonlar ostidan o'tish mumkin emas, chunki lokomotivning to'satdan yurib ketishi og'ir falokatlarga olib kelishi mumkin.
Avtomashinalar, temiryo'l vagonlari,. ko'tarma kranlar va boshqa tashish-ko'tarish mexanizmlari yonidagi tor joylardan o'tish mumkin emas, aks holda og'ir jarohat olish mumkin.
Ko'tarish-tashish vositalari ishlayotgan hududda taqiqlovchi plakatlardagi barcha ko'rsatmalarni aniq bajarish, yuklarni ko'tarish, ko'chirish va tushirishda beriladigan signallarni e'tibor bilan kuzatish zarur. Ana shunday signal bo'lganda yuklar ko'chirilayotgan joydan zudlik bilan chiqib ketish kerak. Ko'chirilayotgan, ko'tarilayotgan va tushirilayotgan yuk ostida turish yoki chopib o'tish mumkin emas. Yuk to'satdan siltanib tushib ketganda ko'ngilsiz hodisa yuz berishi mumkin. Yuk ag'darilayotgan joylarda o'ta ehtiyot bo'lish kerak.
Sanoat korxonasi hududida turli xil elektrdan shikastlanishlar sodir bo'lishi mumkin. Hududda ko'p miqdorda elektrotexnika qurilmalari: transformatorlar, ulab-uzgichlar, taqsimlash shchitlari, elektr mashinalar, kabellar o'rnatilgan bo'lib, ularning yonidan o'tayotganda ehtiyot bo'lish kerak. Elektr izolatsiyasining teshilishi va namiqib qolishi oqibatida bu qurilmalarning metall korpuslarida kuchlanish paydo bo'lishi mumkin.
Sexlarda yuqorida bayon etilgan barcha xavfsizlik qoidalarini bajarish zarur. Bundan tashqari, ayni sexdagi ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan qo'shimcha qoidalarga ham amal qilish kerak. Elektr o'tkazgichlarning nosozligi, stanok va mexanizmlarning aylanuvchi qismlari kiyimni tortib ketishi, payvandlash va kavsharlash uchastkalarida qaynoq metall tomchilari kuydirishi, elektr jihozlarning tok o'tkazuvchi qismlariga tegib ketganda elektr toki urishi natijasida sexlarda ko'ngilsiz hodisa yuz berishi mumkin. Ko'tarish-tashish vositalari ishlayotgan zonada ham juda ehtiyot bo'lish, maxsus ruxsatsiz sinov stansiyalari hamda pultlariga kirmaslik kerak. Korxonaga ishga kirayotgan har bir ishchi mehnat xavfsizligi bo'limida albatta instruktaj olishi zarur. Ishchining instruktaj olganligi nazorat varaqasi bilan tasdiqlanib, sex ma'muriyatiga topshiriladi. Ana shunday varaqasi bo'lmagan hech bir yangi ishchi sexda ishlashga qo'yilmaydi.
Ishni boshlashdan oldin har bir ishchi, shu jumladan, o'quvchilar ham, tajribasi, ish staji va mashg'ulotlar hamda bundan oldingi instruktajlar vaqtida olgan xavfsizlik texnikasiga doir bilimlaridan qat'i nazar, ish o'rnida instruktaj olishi kerak.
Boshqa ish o'rniga o'tganda mehnat xavfsizligidan qo'shimcha instruktaj olmasdan turib ishga kirishish mumkin emas. Ishlarning xavflilik kategoriyasiga qarab ma'lum vaqt o'tgandan so'ng davriy instruktaj takror o'tkaziladi. Instruktaj o'tkazilganligi to'g'risida ma'muriyat maxsus jurnal yoki kartaga yozib qo'yadi, buni ishchi hamda instruktajni o'tkazgan kishi (odatda ishlab chiqarish uchastkasi masterlari) imzolab tasdiqlashadi. Yuklarni kranlar hamda boshqa mexanizmlar bilan ko'tarish va ko'chirish ishlariga maxsus o'qigan kishilargina qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |