Quvvatii issiqiik elektr stansiyalarining sxemalariga qo'yiladigan talablar
Issiqiik elektr stansiyalariga o'rnatilgan generatorlarning quvvati to'xtovsiz ortib bormoqda. 500, 800 Mvt li bloklar o'zlashtirilmoqda. Zamonaviy KES ning belgilangan quvvati bir necha million kilovatga yetadi. Sunday elektrstansiyalarining shinalarida energotizimning turli stansiyalari orasida bog'lanish olib boriladi, energositemaning bir qismidan ikkinchi bir qismiga quvvat o'tib turadi. Bularning hammasi yirik KESlarni energotizimda mas'uliyatli rol o'ynashiga olib keladi. KESning elektrik ulanishlar sxemasiga chiqilgan umumiy talablardan tashqari, boshqa o'ziga xos xususiyatli talablar qo'yiladi.
1. Bosh sxema energosistemaning rivojlanishini hisobga olib, tasdiqlangan loy-iha asosida tanlanishi lozim, ya'ni elektr energiya berilayotgan kuchlanish, shu kuchlanishlarda qisqa tutashuvning ruxsat etilgan toklari, tarmoqlarning turg'unligi va seksiyalashga nisbatan qo'yiladigan talablar, energotizimdagi zaxira bo'yicha ruxsat etilgan eng yuqori quvvat isrofi va elektr uzatish liniyalarining o'tkazish qobiliyatlari moslashtirilgan bo'lishi lozim.
2. 300 MVt va undan yuqori bo'lgan kuchlanishli agregatli elektr stansiyalarda shina tutashtiriuvchi bilan seksion o'chirgichlaridan boshqa,istaganining buzilishi yoki ishlamay qolishi, agar bunda energetika tizimining turg'unligi saqlansa, bir energoblok yoki bir nechta liniyalarning uzilishiga olib kelmasligi kerak. Agar energotizimning turg'unligi saqlanib, seksion yoki shina tutashtiruvchi o'chirgich buzilsa, ikki blok va liniyalarni yo'qotishimizga ruxsat etiladi.
3. Istagan o'chirgichning buzilishi yoki ishlamasligi elektr stansiyasi shinasi orqali tranzitning buzilishiga, ya'ni tranzitning bittadan ortiq liniyasining uzilishiga olib kelmasligi lozim (agar u ikkita parallel zanjirlardan tuzilgan bo'lsa).
4. Odatda, energobloklarni alohida transformator bilan o'chirgichlar orqali yuqori kuchlanishlar tomoniga ulanishi lozim.
5. Elektr uzatish liniyalarini ikkitadan ortiq bo'lmagan o'chirgichlar bilan, o'z extiyojining energetika bloklari, transformatorlarni esa har bir kuchlanishning RU sining uchtadan ortiq bo'lmagan o'chirgichlar bilan uzilishi lozim.
6. 110 va undan ortiq kV kuchlanishli o'chirgichlarni ta'mirlash ula-
7. Yuqori kuchlanishli RU sxemalari tarmoqni seksiyalash yoki q.t. tokini cheklash maqsadida, elektr stansiyani mustaqil ishlaydigan qismlarga bo'lish imkoniyatini nazarda tutish lozim.
8. Shu RU dan o'z extiyojining ikkita ishga tushirish zaxira transformatorlari ta'minlanganda, istagan o'chirgichlardan biri ishlamay qolsa yoki buzilsa, ikkala transformatorlarni yo'qotish ehtimoli yo'q bo'lishi kerak.
Sanab o'tilgan talablar 500 va 1000 MVt li kuchli bloklar o'rnatiladigan hozir-gi zamon atom elektr stansiyalariga ham bir xil taalluqlidir. Sxemalarni qat'iy tanlash uning ishonchliligiga bog'liq bo'lib, bu ayrim ele-mentlarning solishtirma buzilishiga qarab, matematik metod yordamida baholanishi mumkin. Bosh sxema energotizimning rejim talablariga javob berib, hisoblangan minimal harakatlarni ta'minlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |