Bosh sxema deb elektr stansiyasining asosiy jihozlarini bir-biri va stansiyadan ketayotgan elektr liniyalari bilan ulanish tartibiga aytiladi


Elektr stansiya va podstansiyalarnjng xususiy ehtiyoj manbalari sxemalari



Download 3,69 Mb.
bet6/11
Sana20.07.2022
Hajmi3,69 Mb.
#825253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4.alpi

Elektr stansiya va podstansiyalarnjng xususiy ehtiyoj manbalari sxemalari
Ko'p hollarda xususiy ehtiyoj iste'molchilar stansiyaning o'zi bo'ladi. Agar stansiya generatorli taqsimlash qurilmasi [GRU] bilan - 6 -10 kV li tomoni ta'minlangan bo'lsa, u holda xususiy ehtiyoj tarqatish qurilmasi XETK (RUSN) to'g'ridan to'g'ri GRU shinasiga reaktor yoki pasaytiruvchi xususiy ehtiyoj transformatori XET orqali bog'lanadi (6-rasm).
Xususiy ehtiyoj manbalari uchun hozirgi vaqtda asosiy kuchlanish Un 6 kV (200 kV dan yuqori elektr dvigatellari ED lar uchun) Un 0.38/0.22 kV, qolgan blokli elektrostansiyalarda xususiy ehtiyoj man­balari to'g'ri blokka ulanadi (6-rasm). Blokning quvvati oshgan sari XEM iste'molchilari ham ko'payadi, shuningdek, XEM quvvati kattalashadi. Xususiy ehtiyoj transformatorining quvvati oshgan sari XEM tizimidagi q.t. toklari kattalashib q.t. tokini kamaytirish uchun yuqori qiymatli Uk% yoki tarmoqlangan cho'lg'amli 6 kV li ikki cho'lg'amli transformator olish mumkin. Xususiy ehtiyoj transformatorining quvvati S=25 mVA va undan yuqori quvvatli turlari uchun asosan tartiblangan cho'lg'amli turlari tanlanadi. Yuqoridagi sxemalarda XEM energiya bilan ishonchli ta'minlangan, ya'ni generator G, GRU jarohatlansa, xususiy ehtiyoj manbasi iste'molchilarining ta'minoti buziladi. Shuning uchun ishchi tarmoqdan tashqari yana zaxira tarmoq bo'lishi kerak. Bunday tarmoq yuqori kuchlanishli shinaga ulangan, ya'ni energotizim bilan bog'langan transfor­mator hisoblanadi. Bunday paytlarda stansiyadagi generatorlar G o'chgan paytda XEM energotizimidan manba oladi. Bu holda agar stansiyadagi avariya energotizimdagi avariyaga aloqador bo'lsa, xususiy ehtiyoj manbalari XEM energiyasiz qoladi. Shuning uchun akkumulyator batareyalari va dizel generator qo'llash ko'zda tutiladi.

6-rasm Xususiy ehtiyoj manbalarining ulanish sxemalari.


XEM iste'molchilarining tarkibi podstansiyaning transformator quvvati elektro qurilmalarining turi, sinxron kompensatorlarning SK kamligiga bog'liq xususiy ehtiyoj iste'molchilari doimiy navbatchilik bilan ta'minlangan podstansiyalarda kam bo'ladi, bunday iste'molchilarga transformator sovituvchi elektro dvigatellar uzgich OD va qisqa tutashtirgich KZ yuritmalarini qizdirish KRUN shkaflari va podstansiyani yoritish jihozlari kiradi.


Yuqori va o'rta kuchlanishli podstansiyalarda o'chirgich (V) ga ega bo'lgan podstansiyalarida qo'shimcha iste'molchilar ya'ni kompressorli qurilmalar (VMK, WM, WB, turidagi o'chirgichlar uchun) bo'ladi. Operativ doimiy tok zanjirida ishlaydigan iste'molchilar zaryadli va zaryad ostidagi agregatlar hisoblanadi. SK bo'lsa, albatta podstansiyalarni yog'lovchi mexanizmlar, sovutish nasoslari zarur. Podstansiyaning zarur iste'molchilari bu operativ tok zanjirlar, (aloqa tizimi, telemexanika, transformator va SK sovitish tizimi, avariyali yoritish tizimi, yong'inga qarshi tizimlar, kompressorli elektr qabul qilgichlar hisoblanadi. Xususiy ehtiyoj iste'molchilarining quvvati ko'p emas, shuning uchun kuchlanishi U=380/220 V li tarmoqqa ulanadi. Ya'ni pasaytiruvchi transformator orqali XET bog'lanadi. Xususiy ehtiyoj transformatorining quvvati 630 kVA gacha bo'lib, podstansiyaning turli rejimda ishlashiga qarab tanlanadi. Ikki dona uch cho'lg'amli quvvati S= 16 - 40 MVA transformatorli, kuchlanishi 110 kV li tomonida peremichkali bir dona VMK o'chirgichli, kuchlanishi 35 kV tomonida VMK-35 kV o'chirgichli bo'lgan pod­stansiyaning XEI larining quvvatlari keltirilgan.
So'rov koeffitsiyenti K=QJ ligini e'tiborga olib, ikki dona Snxe=63 kVA olish mumkin. Agar yuqorida ko'rsatilganlar bo'lmasa, tahminan tuman podstansiyalarida Pxe = 50 -- 200 kVt oralig'ida, uzlavoy podstansiyalarida Pxf = 200 h- 500 kVt oralig'ida, kuchlanishi U=35 --750 kV li ikki transformatorli podstansiyalarda ikki dona xususiy ehtiyoj transformatori XET o'rnatiladi. Kichik quvvatli bir transfor­matorli podstansiyalarda bir dona xususiy ehtiyoj transformatori olinadi va zaxira manbaga tekshiriladi.

7-rasm Podstansiyadagi o'zgaruvchan operativ tokda ishlaydigan XET ning ulanish sxemasi.


Agar bir transformatorli podstansiyaga SK o'rnatilgan yoki havoli o'chirgichli, D, DS tizimli sovitish tizimlari o'rnatilgan bo'lsa, u holda, ikkita xususiy ehtiyoj trans-formatori olinib, biri 6 h- 35 kV li mahalliy tarmoqqa ulanadi. XET iste'molchilari o'zgaruvchan tok zanjiri orqali operativ boshqariladi. Kuchlanishi 330 -- 750 kV li barcha podstan-siyalar, 110--220 kV li taqsimlash qurilmali yig'ma shinali podstansiyalarda o'zgarmas operativ tok qabul qilinadi. Operativ o'zgarmas tok zanjiri qabul qilingan podstansiyada xususiy ehtiyoj transformatori 6--10 kVli shinaga ulanadi. Operativ o'zgaruvchan tok zanjiriga ega bo'lgan xususiy ehtiyoj transformatori bosh transformator ning kirishiga ulanadi. Bunday ulanishda 6--10 kV li shinada kuchlanish yo'qolganda o'chirgich Q ni boshqarish uchun, kuchlanishi 0.4 kV li shinaning ishonchliligini oshirish uchun avtomat bilan seksiyalanadi. Operativ zanjir tarmog'ida sifatli energiya bilan ta'minlash uchun pasaytiruvchi transformatorda kuchlanish stabiliza­tor! bajaradi.

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish