3. BUDJET TASHKILOTLARI XARAJATLAR SMETALARI IJROSINING
HISOBIGA DOIR BUXGALTERIYA HUJJATLARI
Hisob registrlarida yozuvlar buxgalteriya hujjatlari asosida qilinadi.
Xo‘jalik operatsiyalarining amalga oshirilganligini va ularni amalga oshirishga berilgan farmoyishlami qayd qilgan boshlang‘ich hisob hujjatlari buxgalteriya hisobi uchun asos bo‘ladi. Boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik operatsiyalari oshirilayotgan vaqtda yoki ular amalga oshirilgandan so‘ng tuziladi. Buxgalteriya hisobining tezkorligini va ishonchligini ta’minlash uchun hujjat ma’lum xo‘jalik operatsiyasini tavsiflaydigan ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Har bir hujjat o‘zining tayinlanishiga to ia javob berishi va yuridik kuchga ega bo‘Iishi uchun u ma’lum minimum ko‘rsatkich(rekvizit)larga ega bo‘lishi kerak. Boshlangich
hujjatning ko‘rsatkich!ari (rekvizitlari) hujjatda qayd qilingan xo‘jalik operatsiyasini tavsiflaydigan va unga yuridik kuch beradigan ko‘rsatkichlardir. Boshlang‘ich hujjatlar yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun ular quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak: tashkilotning nomi; hujjatning nomi varaqami; u tuzilgan sana va joy; xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va miqdori (natura va pul ifodasida); xo‘jalik operatsiyasi amalga oshirilganiga va uning to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga javobgar shaxslaming shaxsiy imzolari va ulaming ta’biri (imzo chekuvchilaming
lavozimlari va familiyalari). Boshlang'ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularning o‘z vaqtidaligiga va to‘g‘riligiga, ishonchliligiga, shuningdek, buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ulaming belgilangan muddatlarda topshirilishiga mas’uldirlar.
Moddiy qiymatliklaming sotib olinishiga doir hujjatlarda bu qiymatliklaming
olganligiga moddiy javobgar shaxsning imzosi, bajarilgan ishlarga doir hujjatlarda esa bajarilgan ishning qabul qilinganligini tasdiqlovchi tegishli shaxslaming imzo lari bo'lishi kerak. Boshlang‘ich hujjatlarda yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka
pastasi bilan, kimyoviy qalam bilan yoki turli texnik vositalar yordamida
amalga oshiriladi. Boshlang‘ich hujjatlardagi bo‘sh qatorlar chizib chiqiladi. Boshlang‘ich hujjatlarda qirish va izohlanmagan tuzatishlar qilishgayo‘l qo‘yilmaydi. Boshlang‘ich hujjatlardagi xatolarni, noto‘g‘ri yozilgan matnni yoki summani ustidan chizib va chizilganning ustiga to‘g‘ri matnni yoki summani yozish yo‘li bilan to‘g‘rilanadi. Ustidan ingichka chiziq bilan shunday chiziladiki, keyinchalik avval yozilgan ma’lumotni o‘qish mumkin boisin. Boshlang‘ich hujjatdagi xatoni
tuzatish ≪tuzatilgan≫ degan yozuv bilan izohlanishi va tuzatilgan sana ko'rsatilgan holda hujjatni imzolagan shaxslaming imzolari bilan tuzatilganligi tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Kassa va bank hujjatlarida tuzatishlar qilishga yo‘1 qo‘yilmaydi. Buxgalteriya xizmatiga tushgan boshlang‘ich hujjatlar albatta shakl bo‘yicha (boshlang‘ich hujjatlarning rasmiylashtirilishini, ko'rsatkich (rekvizit)lar toidirilganligining toialigi va to‘g‘riligi) hamda mazmunibo‘yicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyalaming qonuniyligi, ayrim lingan ko‘rsatkichlaming mantiqan o‘zaro bog‘liqligi) tekshiriladi.
Hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchligiga, boshlang‘ich hujjatlarning
o‘z vaqtida va sifatli tuzilganligiga ushbu hujjatlami tuzgan va imzolagan
shaxslar javob beradilar. Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilingan
barcha hujjatlar, shuningdek, mehnat haqi hisoblash uchun asos bo‘lib
xizmat qiluvchi hujjatlar albatta ≪Olindi≫ yoki ≪To‘landi≫ degan shtamp
yoki uni qo‘lda yozib sana(kun, oy, yil)ni ko'rsatilib yopiladi.
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar operatsiyalaming amalga oshirilgan sanasi bo‘yicha (xronologik tartibda) tartiblashtiriladi va quyidagi doimiy raqamlar berilgan tegishli memorial-orderlar-yig'uvchi vedomostlar bilan rasmiylashtiriladi:
1-memorial-order - ≪Kassa operatsiyalari bo‘yicha yig'uvchi vedomost ≫, 381-shakl;
2-memorial-order - ≪Budjet mablagiari bo‘yicha talab qilib lgunga qadar depozit hisobvaragida mablag1- laming harakati bo‘yicha yig‘uvchi vedomost≫, 381-shakl;
3-memorial-order - ≪Budjetdan tashqari mablagiar bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaragida mablagiami harakati bo‘yicha yig'uvchi
vedomost≫, 381-shakl;
5-memorial-order - ≪Mehnat haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisobkitob
vedomostlarining yig‘masi≫, 405-shakl;
6-memorial-order - ≪Turli tashkilotlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha
yig‘uvchi vedomost≫, 408-shakl;
7-memorial-order - ≪Rejali toiovlar tartibidagi hisob-kitoblar bo‘yicha yig‘uvchi vedomost≫, 408-shakl;
8-memorial-order - ≪Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarbo'yicha yig‘uvchi vedomost≫, 386-shakl;
9-memorial-order - ≪Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan-joyga ko‘chirilishi bo'yicha yig‘uvchi vedomost≫, 438-shakl;
10-memorial-order - ≪Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlaming
hisobdan chiqarilishi va joydan-joyga ko‘chirilishi bo‘yicha yig‘uvchi vedomost≫, 438-
shakl;
11-memorial-order - ≪Oziq-ovqat mahsulotlarining kirimi bo'yicha yig'uvchi vedomostlaming yig‘masi≫, 398-
shakl;
12-memorial-order - ≪Oziq-ovqat mahsulotlarining sarflanishi bo‘yicha yig‘uvchi vedomostlaming yig‘masi≫,
411-shakl;
13-memorial-order - ≪Materiallaming sarflanishi bo ‘yichayig‘uvchi vedomost≫, 396-shakl;
14-memorial-order - ≪Maxsus mablag'lar bo‘yicha daromadlami hisoblashga doir yig‘uvchi vedomost≫, 409- shakl;15-memorial-order - ≪Bolalami saqlagani uchun ota-onalar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha vedomostlaming yig‘masi≫, 406-shakl.
Qolgan operatsiyalar bo'yicha va ≪Storno≫ operatsiyalari bo‘yicha
16-dan boshlab har oyda alohida raqamlanadigan alohida-alohida
memorial-orderlar (274-shakl) tuziladi.Operatsiyalar hajmi bo'yicha
yig‘uvchi vedomostlar tuzish talab qilinmaydigan budjet tashkilotlarida
schyotlar korrespondensiyasi alohida mcmorial-orderlarda (274-shakl)
ko'rsatiladi.
Alohida memorial-orderlar operatsiyalar sodir bo‘lishi bilan, ammo boshlang‘ich hujjat olingan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan, ayrim hujjatlarga yoki bir xil hujjatlaming gumhiga asosan tuziladi.
Memorial-orderlar bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari hamda mazkur
memorial-ordemi tuzgan xodim tomonidan imzolanadi. Har bir hisobot oyi
tugagandan so‘ng barcha memorial-orderlar, memorial-orderlar-yig‘uvchi
vedomostlar ularga tegishli hujjatlar birgalikda xronologik tartibda taxlangan
va kitob qilingan bo‘lishi kerak. Hujjatlar uncha ko‘p bo'lmagan taqdirda
ulaming uch oyligini birga qo‘shib kitob qilinishi mumkin. Kitobning
muqovasiga: tashkilotning nomi; kitobning nomi va tartib raqami; hisobot
yili (yil va oy); memorial-orderlaming boshlang‘ich va oxirgi raqami; kitobdagi varaqlaming soni yozib qo‘yiladi.
Boshlang‘ich hujjatlaming saqlanishini, ulaming rasmiylashtirilishini
va arxivga berilishini bosh buxgalter ta’minlaydi. Boshlang‘ich hujjatlar, ular arxivga topshirilgunga qadar, maxsus xonalarda yoki yopiladigan shkaflarda bosh buxgalter tomonidan tayinlangan shaxsning javobgarligida saqlanishi kerak. Tashkilotning buxgalteriya xizmati arxivida buxgalteriya hujjatlarining kitoblari belgilangan muddat davomida saqlanadi. Buxgalteriya hujjatlarining kitoblarini tashkilotning
buxgalteriya xizmati arxivida saqlash muddati tugagandan so‘ng
belgilangan tartibda tegishli davlat arxiviga topshiriladi. Buxgalteriya hujjatlari kitoblarining arxivga topshirilganligiga dalil bo‘ladigan hujjatlar buxgalteriya xizmatida doimiy saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |