Bosh buxgalterga yuklatilgan majburiyatlarni amalga oshirish uchun



Download 67,57 Kb.
bet1/8
Sana11.04.2022
Hajmi67,57 Kb.
#544159
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Мухлис


Bosh buxgalterga uning hisob va hisobot bo‘yicha majburiyatlarini ijro qilish bilan bogiiq bo‘lmagan topshiriqlar berish mumkin emas. Bosh buxgalterga pul mablagiari va moddiy qiymatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik yuklatish mumkin emas. Unga banklar va boshqa tashkilotlardan bevosita pul mablagiarini olish man qilinadi. Amaldagi qonunlarga yoki buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bo'yicha belgilangan tartibga to‘g‘ri kelmaydigan farmoyish olinganda bosh buxgalter bu haqda yuqori moliya organi rahbariga xabar qilishga majburdir.
Bosh buxgalterga yuklatilgan majburiyatlarni amalga oshirish uchun
unga buxgalteriya hisobi va nazorat uchun barcha kerakli hujjatlar:
-budjet daromadlari va xarajatlari yillik ro‘yxatining choraklarga
-bo‘lingan yoyilmasi yoki ro‘yxatdan ko‘chirma, buyruqlar, farmoyishlar,
-moliyalashtirish hajmini o ‘zgartirish haqidagi ma’lumotnomalar-bildirishnomalar
-va boshqa hujjatlar va budjet ijrosi bilan bog‘liq hujjatlar o‘z vaqtida berilishi kerak.
Budjet daromadlari va xaraj atlarining choraklar bo‘ yicha taqsimlangan
yillik yoyilmasi va moliyalashtirish rejasi ular tuzilgandan so‘ng 3 kun mobaynida buxgalteriyaga berilishi kerak. Budjet bo‘limi (inspeksiyasi) aybi bilan mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi va yillik moliyalashtirish rejasini taqdim qilish kechiksa, u holda budjetdan moliyalashtirish amalga oshirilmaydi va moliyalashtirish amalga oshirilmaganligi uchun javobgarlik budjet bo‘limiga (inspeksiyasiga) yuklatiladi. Maktab ta’limi sho‘basi xodimining aybi bilan maktab
ta’limi fondi budjeti daromadlari va xarajatlarining parametrlarini taqdim qilish kechiksa, u holda moliyalashtirish amalga oshirilmaydi va moliyalashtirish amalga oshirilmaganligi uchun javobgarlik maktab ta’limi sho‘basi xodimiga yuklatiladi (maktab ta’limi sho‘basi bo‘lmaganda esa maktab ta’limi fondi budjeti ijrosining hisobiga doir ishlar yuklatilgan budjet bo'limi (inspeksiyasi) xodimiga yuklatiladi).
Bosh buxgalteming buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi bo'yicha bergan farmoyishlari moliya organining barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
Moliya organida maktab ta’limi fondi budjetining ijro etilishi bo'yicha
buxgalteriya operatsiyalarini yozib borish uchun asos bo'lib quyidagi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar xizmat qiladi:
1) budjetdan tashqari maktab ta ’limi fondi daromadlari va xarajatlarining
parametrlari;
2) moliyalashtirish miqdorlari o'zgarganligi to'g'risida ma’lumotnoma-
xabamoma (17-mtj shakl);
3) farmoyish (5-mtj shakl);
4) o'zaro hisob-kitoblar bo'yicha xabamoma (11-mtj shakl);
5) maktab ta’limi fondi maxsus hisobvaraqlaridagi mablag'lar
harakati to'g'risida ma’lumotnoma;
6) maktab ta’limi fondi mablag'iari bo'yicha xarajatlar smetasi
bajarilishi to'g'risida oylik va choraklik hisobotlar;
7) 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari
muassasalarining maktab ta’limi fondi mablag‘lari hisobidan kapital
qo‘yilmalar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish bo'yicha hisobotlari;
8) memorial order (274-shakl);
9) O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining maktab ta’limi fondi mablag‘lari maxsus hisobvarag‘idan ko‘chirmalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining maktab ta’limi fondi hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldiqlari to‘g ‘risidagi hisobotlari;
10) maktab ta’limi fondi mablag'larining ijro etilishi bilan bog‘liq boshqa hujjatlar.

Budjettashkilotlaridapul mablag‘lari vamoddiy qiymatliklarbo‘yicha aniqlangan kamomadlar to'g'risidagi yig‘ma hisobotda (0520108-shakl) yil boshidagi kamomadlar bo‘yicha qarzlar, yil davomida pul mablag'iari va moddiy qiymatliklar bo'yicha aniqlangan kamomadlar summasi, aybdor shaxslardan undirib olingan summa, tashkilot hisobiga balansdan chiqarilgan summa, yil oxiridagi kamomadlar bo'yicha qarzlar summasi: xalq ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilotlar bo'yicha, sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlar bo'yicha, madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar bo'yicha, qishloq xo'jalik va sanoat tizimidagi tashkilotlar bo'yicha, qishloq, qo'rg'on va shahar kengashlari va boshqalarga bo'lingan holda ko'rsatiladi.


Maqsadli mablag'lar hisobidan yo'naltirilgan xarajatlaming yig'indilari to'g'risidagi hisobotda (0520109-shakl) xarajatlar bo'limlarining moddalari bo'yicha maqsadli mablag'lar hisobidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondiga, Qoraqalpog'iston Respublikasining zaxira fondiga va ijroiya qo'mitalarining ko'zda tutilmagan fondlariga, budjetni qabul qilishda tasdiqlangan xarajatlarni qoplashga va daromadlaming xarajatlardan oshishiga qaratilgan yil boshidagi budjet qoldiqlariga hamda budjet ijrosi davomida qo'shimcha olingan daromadlarga yo'naltirilgan mablag'lar to'g'risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Tejalgan va rivojlantirish fondiga o'tkazilgan budjet mablag'iari to'g'risidagi hisobotda (0524206-shakl) budjet tasnifi bo'limlarining boblari bo'yicha I guruh, II guruh va IV guruhlarga bo'lingan holda budjet tashkilotlarida hisobot choragining oxirgi kuniga tejab qolingan va mazkur budjet tashkilotlarining rivojlantirish fondi mablag'iari saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga o'tkazilgan mablag'lar
to'g'risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Yillik hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida budjetning daromadlari va xarajatlari bo'yicha ijrosi to'g'risida qisqacha tavsif beriladi.
Mahalliy moliya organlari tomonidan tuzilgan mahalliy budjet ijrosi
to‘g‘risidagi yillik yig‘ma hisobotlar tegishli hokimiyatlarga va yuqori
moliya organiga topshiriladi.
Maktablarda, maktabgacha ta’lim muassasalarida, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, litseylarda, kollejlarda, kasb-hunar-texnika ta’lim o‘quv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlarda foydalanishga berilgan har birining (komplektning) qiymati eng kam ish haqining 3 baravarigacha (qoilanma
sotib olish paytida amaldagi eng kam ish haqi miqdori) bo‘lgan o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar va har biri(komplekt)ning qiymati eng kam ish haqining 1 baravarigacha (buyum sotib olish paytida amaldagi eng kam ish haqi miqdori) bo'lgan boshqa buyumlar (o‘z tarkibida oshxona va umumiy ovqatlanish bloklari bo'lgan tashkilotlardagi oshxona va umumiy ovqatlanish xonasi inventarlaridan tashqari) bir yo'la hisobdan chiqarib yuboriladi.
Yuqorida ko'rsatilgan usul bilan hisobdan chiqarilgan, ammo foydalanishda bo'lgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar 441-shakldagi ≪Foydalanishdagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar harakatining tezkor (miqdoriy) hisobini olib borish vedomosti≫da ulaming nomlari va miqdori hamda material javobgar shaxslar bo'yicha tezkor hisobi olib borilishi kerak.
Yaroqsiz holatga kelgan kam baholi va tez eskimvchi buyumlami hisobdan chiqarish va ulami sotish qonunda belgilangan tartibda kam baholi va tez eskimvchi buyumlami hisobdan chiqarish dalolatnomasini rasmiylashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Kam baholi va tez eskimvchi buyumlar to'la eskirgandan so'ng tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlangan tegishli dalolatnoma asosida, agar tegishli vazirlik (idora) boshqacha tartib belgilamagan bo'lsa, hisobdan chiqariladi.
Foydalanishdan chiqarilgan kam baholi va tez eskimvchi buyumlar
summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi;

Debet 260 - «Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardagi fond» subschyoti;


Kredit 071 - «Foydalanishdagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar»
subschyoti yoki
Kredit 073 - «Foydalanishdagi ichki kiyimlar, ko‘rpa-to‘shaklar, kiyimkechaklar
va poyafzallar» subschyoti.
Budjet tashkilotlarining shtatlami tasdiqlash huquqi berilgan rahbarlari tomonidan tasdiqlangan shtatlar jadvallari ro'yxatdan o'tkazishga qabul qilinadi.
Budjet tashkilotlarining xodimlarini lavozim maoshlari va tariff turlari mehnat haqi to'lash bo'yicha tasdiqlangan yagona tarifikatsiyalash tizimi (xalq ta’limi tizimida esa bazaviy tarif setkasi) asosida o'matiladi, smeta bo'yicha ko'zda tutilgan mehnatga haq to'lash fondi doirasida ro'yxatdan o'tkazishga qabul qilinadi.
Xodimlami moddiy rag'batlantirish maxsus fondi ajratilgan mehnat haqi to'lash fondidan 15 foiz miqdorida ro'yxatdan o'tkazishga qabul qilinadi. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi umumta’lim maktablari va maktab-intematlarda esa har yilgi budjetda ko'zda tutiladigan foizda tashkil qilinadigan xodimlami moddiy rag'batlantirish direktor fondiga ajratma sifatida ro'yxatdan o'tkaziladi. Stipendiya fondi budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga qilingan hisob-kitoblar asosida ro'yxatdan o'tkazishga qabul qilinadi.
Budjet tashkilotlarining shtat jadvallarini ro'yxatdan o'tkazish ro'yxatdan o'tkazish kartochkasini berish yo'li bilan rasmiylashtiriladi.
Ro'yxatdan o'tkazish kartochkasi bank muassasalarida tegishli depozit
hisobvaraqlari bo'lgan budjet tashkilotlariga beriladi. Ro'yxatdan
o‘tkazish kartochkasi yuqori tashkilotning vakiliga beriladi.
Budjet ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotning ≪Daromadlar≫ (0524202-
shakl) qismida budjet tasnifining har bir bo'limining paragraflari bo'yicha
kelib tushishi rejalashtirilgan daromadlar (belgilangan) summalari hamda
ulaming haqiqatda kelib tushganini ko'rsatuvchi (bajarilgan) summalar
budjet turlari (Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va shahar
budjeti, respublika va viloyatlarga bo'ysunuvchi shaharlar budjeti,
jumladan shaharlarga bo'ysunuvchi tumanlar budjeti hamda tumanlar
budjeti) bo'yicha aks ettiriladi.
Budjet ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotning ≪Xarajatlar≫ (0524204-
shakl) qismida budjet tasnifi har bir bo'limining boblari, paragraflari
va moddalari bo'yicha aniqlangan, moliyalashtirilgan (mablag' bilan
ta’minlash) hamda bajarilgan xarajatlar (kassa xarajati, haqiqiy xarajat)
ni aks ettiruvchi summalar budjet turlari (Qoraqalpog'iston Respublikasi,
viloyatlar va budjet shahar budjeti, respublika va viloyatlarga bo'ysunuvchi shaharlar budjeti, jumladan shaharlarga bo'ysunuvchi tumanlar budjeti hamda tumanlar budjeti) bo'yicha beriladi.
Budjet ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning ≪Xarajatlaming ayrim turlarining budjet tasnifi paragraf va moddalari bo‘yicha taqsimlanishi≫ (0524205-shakl) qismida, xarajatlaming budjet ijrosi to‘g‘risidagi chorak hisobotidagidek, xarajatlaming turlari bo‘yicha, aniqlangan, moliyalashtirilgan (mablag1 bilan ta’minlangan) hamda bajarilgan xarajatlar (kassa xarajati, haqiqiy xarajat)ga doir ma’lumotlar keltiriladi.
Budjet tashkilotlari balansidagi hisob-kitoblar bo‘yicha ma’lumotnomada
hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo'yicha debitor qarzlar, turli debitor qarzlar, turli kreditor qarzlar, deponent summalar, ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlar va boshqa qarzlaming yil boshiga va yil oxiriga boigan summalar keltiriladi. Budjet tashkilotlarining asosiy vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomada (0520116-shakl) budjet tashkilotlarining yil boshiga va yil oxiriga qolgan asosiy vositalari va ulaming eskirishini aks ettimvchi
ma’lumotlar keltiriladi.
Budjet tashkilotlarining moddiy qiymatliklari to‘g‘risidagi ma’lumotnomada
(0520116-shakl) budjet tashkilotlarining yil boshiga va yil oxiriga qolgan moddiy qiymatliklari summalari hamda hisobot yili davomida sarflangan moddiy qiymatliklar summalari to’g’risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Ishchilarga bepul beriladigan uy-joy va kommunal xizmat haqlarini qoplash uchun qilingan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomada bu xarajatlar 100, 200, 201, 202, 203 va 207- bo‘limlarning ayrim boblariga doir summalar va ulaming budjet turlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va budjet shahar budjeti, respublika va viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlar budjeti, jumladan shaharlarga bo‘ysunuvchi tumanlar budjeti, hamda tumanlar budjeti) bo‘yicha ajratilgan holda beriladi.
Maxsus mablagiar bo‘yicha smetalar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda
budjet tashkilotlarining maxsus mablagiari turlari bo‘yicha smetalaming
ijrosiga doir maiumotlar (tasdiqlangan smeta summasi va uning
bajarilish summasi) keltiriladi.
To‘lov-shartnoma o‘quv shaklda mutaxassislar tayyorlash mablag'lari
to‘g‘risidagi hisobotda o‘qishga qabul qilish muddatlari bo'yicha rejalashtirilgan daromadlar va xarajatlar summasi hamda ulaming ijrosiga doir ma’lumotlar keltiriladi. Budjettashkilotlaridapul mablag‘lari vamoddiy qiymatliklarbo‘yicha
aniqlangan kamomadlar to'g'risidagi yig‘ma hisobotda (0520108-shakl) yil boshidagi kamomadlar bo‘yicha qarzlar, yil davomida pul mablag'iari va moddiy qiymatliklar bo'yicha aniqlangan kamomadlar summasi, aybdor shaxslardan undirib olingan summa, tashkilot hisobiga balansdan chiqarilgan summa, yil oxiridagi kamomadlar bo'yicha qarzlar summasi: xalq ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilotlar bo'yicha, sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlar bo'yicha, madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar bo'yicha, qishloq xo'jalik va sanoat tizimidagi tashkilotlar bo'yicha, qishloq, qo'rg'on va shahar kengashlari va boshqalarga bo'lingan holda ko'rsatiladi. Maqsadli mablag'lar hisobidan yo'naltirilgan xarajatlaming yig'indilari to'g'risidagi hisobotda (0520109-shakl) xarajatlar bo'limlarining moddalari bo'yicha maqsadli mablag'lar hisobidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondiga, Qoraqalpog'iston Respublikasining zaxira fondiga va ijroiya qo'mitalarining ko'zda tutilmagan fondlariga, budjetni qabul qilishda tasdiqlangan xarajatlarni qoplashga va daromadlaming xarajatlardan oshishiga qaratilgan yil
boshidagi budjet qoldiqlariga hamda budjet ijrosi davomida qo'shimcha
olingan daromadlarga yo'naltirilgan mablag'lar to'g'risidagi ma’lumotlar
keltiriladi.
Tejalgan va rivojlantirish fondiga o'tkazilgan budjet mablag'iari to'g'risidagi hisobotda (0524206-shakl) budjet tasnifi bo'limlarining boblari bo'yicha I guruh, II guruh va IV guruhlarga bo'lingan holda budjet tashkilotlarida hisobot choragining oxirgi kuniga tejab qolingan va mazkur budjet tashkilotlarining rivojlantirish fondi mablag'iari saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga o'tkazilgan mablag'lar
to'g'risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Yillik hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida budjetning daromadlari va xarajatlari bo'yicha ijrosi to'g'risida qisqacha tavsif beriladi. Mahalliy moliya organlari tomonidan tuzilgan mahalliy budjet ijrosi to‘g‘risidagi yillik yig‘ma hisobotlar tegishli hokimiyatlarga va yuqori moliya organiga topshiriladi.
Budjet tashkiloti-bu zimmasiga yuklatilgan vazifalami bajarish bilan
bogiiq boigan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun davlat budjetidan
mablag1 ajratishni nazarda tutilgan va bu mablag1 moliyalashtirishning
asosiy manbayi hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat
tashkilotidir. Budjet tashkilotlariga davlat tashkilotlari, maktablar, oliy
o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, shifoxonalar, poliklinikalar,
bolalar bog‘chalari, bolalar yaslilari va boshqalar kiradi.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining maqsadi bo’lib, foydalanuvchilami to‘la, aniq va o‘z vaqtida moliyaviy va boshqa buxgalteriya ma’lumotlari bilan ta’minlash hisoblanadi. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifasi bo‘lib esa buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlaming holati va harakati, mulkiy huquqlari va majburiyatlarining holati to‘g‘risidagi to ia va
aniq maiumotlami shakllantirish; samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish hamda moliyaviy, soliq va boshqa hisobotlami tuzish hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari boiib: buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozish usulida yuritish; uzluksizlik; xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlaming pulda baholanishi; ishonchlilik; hisoblash; ehtiyotkorlik (oldindan muvofiq bilish); mazmunning shakldan ustunligi; ko‘rsatkichlaming qiyosiyligi; hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlaming haqiqiy baholanishi hisoblanadi.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish