hujjatlarida va hisobotlarda operatsiyalar va hodisalaming mazmunini
ishonchli aks ettirsa, bu axborotlar hisobga olingan va hisobotda taqdim
etilgan bo‘lishini bildiradi.
boiishi uchun u har xil hisobot davrlari uchun qiyosiy bo‘lishini bildiradi.
Hisobot yilida hisobotlami taqdim etishga bo‘lgan yondashuvlar
o‘zgarganda o‘tgan davrga tegishli axborotlar qiyoslash maqsadida
qayta tasnif qilingan bo‘lishi kerak. Agar amaliy fikr-mulohazalar
bo‘yicha qayta tasnif qilish mumkin boimasa, unda ular qayta tasnif
qilinganida bo‘lisbi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlaming sabablari va
xarakteri yoritilgan boiishi kerak.
ishonchliligini ta’minlash uchun oldindan bichib-to‘qib qo‘yishdan holi
boiishi kerakligini bildiradi.
Hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi prinsipi
muayyan davrda shu davr daromadlarining olinishini shart
qilgan xarajatlamigina aks ettirilishini bildiradi. Agar xarajatlar va
daromadlaming ayrim turlari o‘rtasida bevosita bogiiqlikni aniqlash
qiyin boisa, xarajatlar bir necha hisobot davrlari o‘rtasida taqsimlashning
biror-bir tizimi asosida taqsimlanadi.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi prinsipiaktivlar
va majburiyatlarning asosiy baholanishi ulaming tannarxi yoki sotib
olingan qiymati boiishini nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasining ≪Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida≫gi
Qonuniga muv ofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni tashkilot rahbari amalga oshiradi. Rahbar ichki hisob va hisobot tizimining ishlab chiqilishini, xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini, to’liq va aniq buxgalteriya hisobi yuritilishini, hisob hujjatlarining saqlanishini, tashqi foydalanuvchilar uchun hisobotni tayyorlanishini, soliq hisobotlarini va boshqa hujjatlaming tayyorlanishini hamda hisobkitoblaming o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashi shart.
Budjet tashkilotining rahbari: tashkilotda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritilishi uchun zamr shart-sharoitlarni yaratishga; hujjatlami rasmiylashtirish, hujjatlami va maiumotlami hisobga olish uchun taqdim etish masalalari bo‘yicha bosh buxgalteming talablarini hisobga aloqasi boigan tashkilotning barcha tarkibiy boiinmalari va xodimlari tomonidan bajarilishini ta’minlashga mas’uldir.
Budjet tashkiloti rahbari mazkur tashkilotda hujjatlami imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslaming ikkita ro‘yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro‘yxatga-rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar, ikkinchisiga-buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi. Bu ro‘yxatlardako‘rsatilgan mansabdor shaxslaming har qaysisiga qanday hujjatlarga imzo chekishga huquq berilganligi ham aniqlab qo‘yiladi. Yuqorida ko'rsatilgan shaxslaming imzosi bo‘lmagan hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi 0 ‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining me’yoriy hujjatlarida belgilangan yagona uslubiyatni qo‘llab yagona tizim bo'yicha tashkil qilinadi. Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetalarining ijrosi buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozish tizimi bo'yicha olib boriladi. Budjet tashkilotlarining katta-kichikligi, xarajatlar smetalarining hajmi, operatsiyalar soni va ma’lumotlami ishlash vositalaridan foydalanilishiga qarab hisobning turli shakllari (memorial-order, jumal-order, bosh-jumal va boshqalar) qo‘llaniladi.