Xarajatlar smetasi – Budjet tashkilotlari moliyaviy rejasi sifatida. Smeta, uning elementlari



Download 467,55 Kb.
bet1/2
Sana25.03.2022
Hajmi467,55 Kb.
#510421
  1   2
Bog'liq
Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ularni ro’yxatdan o’tkazish


Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ularni ro’yxatdan o’tkazish

Reja:
    1. Xarajatlar smetasi – Budjet tashkilotlari moliyaviy rejasi sifatida.

    2. Smeta, uning elementlari.

    3. Smetalarning turlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari.

    4. i






    1. Xarajatlar smetasi – Budjet tashkilotlari moliyaviy rejasi sifatida. Smeta, uning elementlari. Smetalarning turlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari.


O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 4-moddasida budjet tashkilotlariga quyidagicha ta’rif berilgan: «Budjet tashkiloti – davlat funktsiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko’ra tashkil etilgan, Davlat Budjeti mablag’lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot Budjettashkilotidir.
Budjet tashkilotlarini moliyalashtirish shartlari va ularning Budjet hisobini yuritish tartibi Budjet to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Davlat budjeti hisobiga mablag’ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, budjet mablag’laridan samarali va aniq foydalanish maqsadida 1999 yil 3 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 414-son Qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror 2000 yil 1 yanvardan boshlab budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag’ bilan ta’minlashning yangi tartibini belgilab berdi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • budjet mablaglaridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatinioshirish;

  • budjet tashkilotlarini mablag bilan ta’minlash mexanizmini soddalashtirish va budjet mablaglaridan foydalanishda yuqorinatijalarga

erishish maqsadida mavjud mablaglarni oqilona taqsimlash uchun imkoniyatlar yaratish;

  • ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni, ish haqiga qo’shimchalar, kapital qo’yilmalar va boshqa xarajatlarni guruhlagan holda bir satrda mablag bilan ta’minlash usulida budjet tashkilotlarini |normativlar bo’yicha (faoliyat turiga ko’ra) mablag bilan ta’minlashning yangi tartibini joriyetish;

  • budjetdan mablag bilan ta’minlashni budjet tashkilotlarining faoliyat turi bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish faoliyatini kengaytirish bilan birga qo’shib olibborish;

  • budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini ragbatlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o’rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish.

Mazkur Qarorning to’liq ijrosini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan faoliyatdagi tashkilotlarga qo’shimcha ravishda 2000 yildan boshlab bir qator budjet tashkilotlari va muassasalariga yuridik shaxs maqomi berilgan. Bular:
Maorif sohasida:

-kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, professional-texnika o’quv yurtlari va bolalaruylari;


-umumta’lim maktablari, gimnaziyalar, litseylar, maktablararo o’quv-ishlab chiqarish kombinatlari – o’quvchilar kontingenti 400 kishidan kam bo’lmasa;
-internatlar – o’quvchilar kontingenti 200 kishidan kam bo’lmasa;

-maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari – bolalar kontingenti 350 kishidan kam bo’lmasa;


viloyat va tuman (shahar) ahamiyatiga molik maktabdan tashqari muassasalar;
Sog’liqni saqlash sohasida:

  • kasalxonalar (ixtisoslashtirilgan markazlar bilan), tug’ruqxonalar, tibbiy- sanitariya qismlari, dispanserlar,shifoxonalar;

  • bolalar uylari, bolalar sanatoriylari, kattalar uchun sil kasalliklari sanatoriylari;

  • tajriba tariqasida ochilgan qishloq vrachlikpunktlari.

Sanab o’tilgan budjet tashkilotlariga yuridik shaxs maqomi quyidagi sharoitlar mavjud bo’lgandagina berilishi mumkinligi belgilab qo’yilgan:

  • moddiy-texnika bazasi va faoliyat sohasi bo’yicha xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanish uchunsharoitlar;

  • buxgalter kadrlarning mavjudbo’lishi.

Keyingi yillarda budjet amaliyotidagi o’zgarishlar, Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risidagi Qonunning qabul qilinishi va budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmining o’zgarishi munosabati bilan amaldagi 414-son Qarorga 2007 yil 19 iyul 148-son Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan qator o’zgartirishlar kiritildi. Unga muvofiq, g’azna ijrosiga o’tgan Budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlari Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan yagona g’azna hisob raqamidan, shuningdek smetada ko’rsatilgan xarajatlar guruhlarining har bir moddasi bo’yicha hududiy g’aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi.



Xarajatlar smetasi - byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag’lari oluvchi tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar xarajatlar moddalari bo’yicha aks ettiriladigan hujjat .

O’zbekiston Respublikasi Davlat Budjetidan moliyalashtiriladigan Budjet tashkiloti va Budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, vaqtinchalik xarajatlar


smetalarini, shuningdek Budjet mablag’larini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish Moliya vazirligining 2014 yil 14 noyabrdagi 74-sonli buyrug’iga asosan tasdiqlangan «Budjet tashkilotlari va Budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom” (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 15 dekabrda 2634-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) asosida amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlari o’zlarining xarajatlarini hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qiladilar:

  1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlari, Prezident farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining normativ hujjatlariga;’

  2. Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning normativuslubiga;




  1. Tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va tariflariga, shuningdek nodavlat korxonalar va tashkilotlarning ayrim tovarlari va xizmatlaribaholariga;

  2. Yuqori turuvchi tashkilotlar raxbarlarining o’zlari tasarrufidagi muassasalarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish masalalari bo’yicha ko’rsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun xujjatlariga zid bo’lmasa,

  3. Bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatlanishga ketadigan xarajatlar summasi qonun hujjatlari bilan tasdiqdangan tashkilotlarning ayrim turlari uchun belgilangan ovqatlanish me’yorlari ovqatlanish kunining sonidan kelib chiqibhisoblanadi;

  4. Dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar summasi qonun xujjatlari bilan belgilangan pul xarajatlari me’yoriga qarab hisoblabchiqiladi;

  5. Ijtimoiy-madaniy tashkilotlarning ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, poyafzal, choyshab, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq buyumlar sotib olishga ketadigan xarajatlar, moddiy ta’minotning amaldagi me’yorlari asosida, lekin ajratilgan mablag’lar doirasidahisoblanadi.









Download 467,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish