Yuqori mustahkamlikka ega bo‘Igan gips. Ikki molekula suvli Inbliy gipstoshni 750—800°C haroratda pishirgandan so‘ng tuyiladi va unga natriy sulfat, alyuminiy va boshqa tuzlar qo‘shib, yuqori m ustahkam gips olinadi. Bunday gips sekin qotuvchi, am m o si(|ilishdagi mustahkamligi 30 M Pa gacha, rangi esa oq bo‘ladi. Yuqori mustahkam gips olishning ikkinchi usuli ham bor: gipstoshni yuqori bosimli (0,13—0,2 M Pa) bug‘da 125°C haroratda pishirib, yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan gips olinadi. Prof. B.G.Skramtayev va G.G.Bulichevlaming bu usuli bo£yicha gipstosh germ etik yopiq qozonga solinadi va to ‘yingan bug‘ yordamida 0,13 M Pa bosim ostida pishiriladi, ham da kukun qilib luyiladi. Olingan gipsni qotirish uchun suv miqdori 60% emas, balki, 40—50% b o £ladi. B unday gipsning 7 kundan keyingi mustahkamligi 15—40 M P agayetadi. Yuqori m ustahkam gips ju d a m uhim inshootlar qurishda, shuningdek, metallurgiya sanoatida qoliplar tayyorlashda ishlatiladi.
Portlandsement'ishlab chiqarish usullari Portlandsement ishlab chiqarish ikki mtistaqil jarayonga bo‘- linadi: 1. Klinker islilab chiqarish (portlandsementning chala mahsulotini tayyorlash). 2. Klinkerni qo‘shilmalar bilan birga tuyish (portlandsement olish). Birinchi jarayon juda murakkab bo‘lib, uning bajarilishi katta xarajatlar bilan bog‘liq. Shuning uchun hamma vaqt portlandsement asosini tashkil etuvchi klinkerni tejash kerak. Chunki portlandsem ent ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jam i xarajatning ko‘p qismi (70—80%) klinker qiymatini tashkil etadi. Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda quyidagi asosiy texnologik jarayonlar bajariladi: 1. Ohaktosh va gil qazib olinadi. 2. Xomashyo materiallari tayyorlanadi va maydalanladi. 3. Yoqilg‘i tayyorlanadi. 4. Xomashyo materiallari kuydiriladi. Klinkerni tuyish va portlandsement ishlab chiqarishda esa asosan quyidagi texnologik jarayonlar mavjud: 1. Qo‘shilmalar tayyorlanadi. 2. Klinker qo‘shilmalar bilan birga tuyiladi. 3. Portlandsement omborga joylanadi.
Ohak. Kesak-ohakni so'ndirib yoki tuyib maydalash jarayoniga faol yoki gidravlik mineral qo'shilmalar (domna va yoqilg‘i shlaklari, kul, vulkan kuli, pemza, tuf, kvars qum, semyanka, trepel va gips tosh) qo‘shish mumkin. Ohakka qancha mineral qo‘shilma qo'shish 70 mumkinligi ohakning faolligi (%CaO+% MgO) bilan aniqlanadi. Ammo 12-jadvalda ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak. Ohak ishlab chiqarish uchun ohaktoshlardan foydalaniladi. Ohaktoshlarda kalsiy karbonatdan tashqari ozmi-ko£pmi magniy karbonat ham bo‘ladi. Kuydirilayotganda karbonat tuzlari qattiq CaO va MgO oksidlari hamda gazsimon mahsulot — C 0 2 ga dissotsiatsiyalanadi. Gazsimon mahsulot chiqarib tashlanadi, qolgan qattiq oksidlar esa havoda qotadigan so‘ndirilmagan ohak tarkibiga kiradi. Havoda qotadigan ohak qancha magniy oksidi borligiga qarab oz magnezialli (5% gacha magniy oksidi bor), magnezialli (5 dan 20% gacha magniy oksidi bor) va dolomitli (20 dan 41% gacha magniy oksidi bor) ohaklarga boMinadi. Ohakda magniy oksidi va gil-aralashmalar bo‘lishi uning xossalariga, jumladan, so‘nish tezligiga1 katta ta’sir qiladi. Havoda qotadigan ohak so‘nish jarayonining davom etish muddatiga qarab ikkiga bo‘linadi: tez so'nuvchan ohak 20 daqiqa ichida so‘nadi va asta so‘nuvchan ohak — 20 daqiqadan ortiq muddatda so'nadi. Qaynama-ohakni so‘ndirayotganda ohak xamiri harorati har xil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham havoda qotadigan ohak ko‘rsatkichiga qarab shartli ravishda ikkiga bo'linadi: past ekzotermik ohak (so‘ndirilayotgan vaqtdagi eng yuqori harorati 70°C dan past) va yuksak ekzotermik ohak (so£ndirilayotgan vaqtdagi eng yuqori harorati 70°C dan ortiq).
Do'stlaringiz bilan baham: |