Mikroto‘ldirgichli portlandsement Portlansementga mineral qo‘shimchalar bilan birga 10-15% dan ortiq bo‘lmagan miqdorda faol mineral qo‘shimchalar ham kiritish mumkin. Mineral qo‘shimchalar sifatida quyidagilarni kiritish mumkin: domna va elektrotermofosfor shlaklari: kulli – shlakli chiqindilar, tarkibida 40% miqdorda bo‘lgan kvarsli qum 3% dan ortiq bo‘lmagan gilli, balchiqli, 6% dan kam ishqorlari bo‘lgan elektrofiltrlar changi, tarkibida 65% dan kam bo‘lmagan CaSO4 – 2H2O li gips tosh. Past markali qorishmalar uchun quyidagi tarkibli bog‘lovchilar tavsiya etiladi: 1) 40% dan kam bo‘lmagan klinker, 60% dan ortiq bo‘lmagan qo‘shimcha yoki ohaktosh 2) 30% dan ortiq bo‘lmagan klinker, 20% dan kam va 30% dan ortiq bo‘lmagan faol mineral qo‘shimcha, 3) 50% dan ortiq bo‘lmagan kvarsli qum yoki ohaktosh 40% dan kam bo‘lmagan klinker, 4) 2% dan ortiq bo‘lmagan AMQ 70% dan ortiq bo‘lmagan kulli – shlakli chiqindilar. 5) klinker 10% kam emas, domna yoki elektrotermofosfor shlak 70% ko‘p emas, faol mineral qo‘shimcha 20% kam emas – 30% ko‘p emas. Bu sementlarni sifati yaxshilash uchun plastifitsirlovchi gidrofob qo‘shimchalar kiritish ruxsat etiladi. Mikroto‘ldirgichli sementlarni tutib qolishi muddatlari: boshlanish – 45 min. oldin emas, oxiri 15 soatdan kech emas. Maydalik ko‘rsatkichi № 008 elakda qoldig‘i 10-12%, sath yuzasi 2500-3500 sm2 /2 bilan farqlanadi. Mustahkamligi 28 sutkadan keyin 17-18 kg/sm2 .
Qotish.Ular eritmadan kristall strukturali (tuzilishli) cho‘kindi ko‘rinishda ajraladi. Mixaelis fikricha ular gidravlik qotishda faol qatnashmaydilar. Qotishni asosini u gel massani hisoblagan va undan chuqur joylashgan sement zarrachalar qatlami suvni so‘rib oladi. Shunda massa zichlanadi va mustahkamlanadi. A. A. Baykov (1923) sementning qotishini kristallanish va kolloid jarayonlarning birgalikda kechishi bilan izohlaydi. Nazariya bo‘yicha qotish 3 ta davrga bo‘linadi: 1 — bog‘lovchi modda suvda erib, to‘yingan eritma hosil qiladi: 2 — sement qattiq fazasiga suv qo‘shiladi, va gidrat birikmalar hosil qiladi va bu holat — kolloid holatga o‘ta boradi: 3 — kolloid holatda yoki muhitdan kristall donachalar hosil bo‘ladi va tuzum qotib mustahkamligi oshadi. Bugungi kunda gilsimon mahsulotlar ham kristall ekanligi, ammo kolloid dispersionlik hususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Yuqorida sanab o‘tilgan olimlarning izlanishlari rus olimlari ishlarida o‘zining ravnaqini topdi. P.A. Rebinder, V.B. Ratinovlar fikriga ko‘ra qotish jarayoni kristalanish mexanizmi bo‘yicha kechadi, ya’ni qotish beqaror boshlang‘ich fazalarning erishi, to‘yingan eritmalardagi gidratli birikmalarning kristallanishi bilan bog‘liq. Ularda gidrolizlanish jarayoni shunday kechishi mumkin, bog‘lovchi modda to‘liq gidratga aylanganda qotish tuzilishi paydo bo‘lmaydi — kristallar erimagan holda o‘sadilar, deb hisoblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |