Bunda, asosan, bosqichma-bosqich neytrallash usuli qo‗llaniladi. Bu usul turli muhitda toriy fosfati va KYEElar fosfat tuzlarni cho‗kma hosil qilishiga asoslangan. Toriyning fosfat tuzlari pH–2,3 da cho‗kmaga tushadi. Bartaraflash jarayoni suyultirilgan ammiak entmasi bilan olib boriladi. Avval toriyni ajratish uchun sulfatli entmaga ammiak eritmasi asta-sekin aralashtirilib pH=7 bo‗lguncha betaraflanadi va hosilani qaynaguncha isitiladi. Shunda 99% toriy yomon eriydigan pirofosfat toriy ThP207-2H O holida ajratib chiqadi. Neytrallash jarayoni oxirida KYEElaming eritmadagi umumiy konsentratsiyasi 2% dan oshmasligi kerak chunki kam eriydigan (KYEE)larni ikkilamchi sulfatli va ammoniylari eritmada cho‗kmasdan qolishi lozim. Shunga qaramasdan toriy bilan birga 5–8% lantanoidlar cho‗kmaga o‗tib ketadi. Eritma chokmadan tozalab ajratib olingandan so ‗ng unga ammiak qo‗shib pH–2,3 bo ‗lguncha neytrallanadi. Bunda eritmadagi asosiy KYEElarni nordon fosfatlar–(KYEE)2(HP04)3s holida cho‗ktiriladi. Tindirilib va filtrlab olingandan keyin, cho‗kma toza KYEElar olish uchun yuboriladi.
Tozalanmada qisman KYEE va uran bo ‗ladi. Uni pH=6 qadar neytrallab uranni gidrooksidi va qolgan KYEElari bilan birga cho‗kma tushiriladi. Cho‗kmaning tarkibida 1% uran bo‗lgan konsentrat hosil bo‗ladi, uni uran olish uchun yuboriladi. Bu texnologik jarayon 7.1. – chizmada berilgan.
– rasm. Monatset konsentratini sulfatlash usulida parchalash texnalogiyasi.
Natriy ishqori bilan parchalash
Oxirgi yillarda monatsit mineralini natriy ishqori bilan parchalash uslubi ishlatilmoqda. Bu jarayon quyidagi reaksiyaga asoslangan.
(KYEE)PO4 + 3NaOH -» (KYEE)(OH)3 + H3PO4
Jarayon to‗liq borishi uchun 0,044 mm bo‗lgan konsentratga 45% Ii NaOH eritmasi solinadi (ya‘ni, 1kg monatsit uchun 1,5 kg NaOH), uni 1400C da 3 soat davomida qizdiriladi. Agarda harorati 2000C ga ko‗tarilsa, unda monatsitning hammasi to‗liq parchalanadi, lekin hosil bo‗lgan cho‗kma qisman degidratatsiyaga uchrab, kislotalarda yomon eriydigan gidroksidlar hosil bo‗ladi. Bu usulning asosiy kamchiligi NaOH ning ko‗p sarf qilinishidir. Keyingi vaqtda olib borilgan ilmiy ishlarga ko‗ra, agar jarayon 130°C da qizdirilgan zo‗ldir tegirmonlarida olib borilsa, unda sarflanadigan ishqor miqdorini 150%gacha kamaytirish va maydalash bilan parchalash bitta uskunada amalga oshishi mumkinligi ko‗rsatib berildi. Bu texnologik jarayon 7.2. – chizmada berilgan.
Hosil bo ‗lgan suyultma sanoat suvlari NaOH konsentrati 30% Ii bo‗lguncha suyultiriladi. Natriy fosfat kristallashmasligi uchun uni 100– 110°C qizdirilib, 1 soatdan so‗ng tozalanadi. Cho‗kma (gidratlar) suv bilan P2O5 ni miqdori 0,4% gacha tushguncha yuvib tashlanadi. Tozalanma Na3PO4 va ortiqcha NaOH bug‗latish apparatida bug‗latiladi va durlanadi, trinatriyfosfat – Na3PO4 –12H2O holida, NaOH esa ishlab chiqarishga qaytariladi.
Cho‗kma–KYEE gidrooksidlari va boshqalar konsentrlangan HCl da (stixometrik koeffitsiyentiga ko‗ra 125% ko‗p bo‗ladi) eritiladi.
(KYEE)(OH)3 + 3HCl → (KYEE)Cl3 + 3H2O Th(OH)4 + 4HCl → ThCl4 + 4H2O
Keyin uni suv bilan suyultiriladi. Eritmadan qolgan moddalar tozalab ajratib olinadi. Hosil bo‗lgan xlorid kislotali eritma suyultiriladi va pH=5,8 bo‗lguncha, NaOH bilan neytrallanadi. Bunda eritmadagi hamma toriy gidrooksidi cho‗kmaga tushadi. Bu bilan birga, uranning asosiy qismi (99,3%) va KYEElar ham cho‗kadi. Toriy konsentrati toza toriy olishga yuboriladi.
Toriy konsentratining taxminiy tarkibi: Th – 36,4
KYEE –7,45
U – 0,74
Fe – 2,21
Ti – 6,73
Si – 4,74
P – 0,44 Cl – O
Kislotada erimasdan qolgan qoldiq – 23
Fitratdan natriy ishqori bilan KYEE gidroksidlari cho‗ktiriladi.
Quritilgan lantanoid oksidlarining tarkibi: Th – 0,05
KYEE – 73
U – 0,005
Fe – 0,02
Si – 0,4
P – 0,1
Cl – 7,9
Do'stlaringiz bilan baham: |