Davolash ishlari. Davolash ishlariga o‘tkir surunkali kasalliklarga chalingan, surunkali kasallikni qo‘zg‘agan davrini o‘tkazayotgan bemor bolalar va chaqaloqligidan sog‘ligi “xavf” ga gumonlanganlar guruhiga kiritilgan, biror surunkali kasallikni tug‘ilganidan o‘tkazayotgan bolalar, sog‘ligini tiklashga sihatgohlarga yotqiladigan bolalarni davolash, dispanser kuzato‘vini tashkillashtirish kiradi. Tibbiyot hamshiralarining qattiq kasal-langan, holsizlangan bolalarga uyida “tibbiy yordam” ni ko‘rsatishi eng ma’suliyatli, asosiy vazifasi hisoblanadi. Davolashning bu ko‘rinishi og‘ir ahvoldagi bolani qandaydir sabablarga ko‘ra statsionarga yotqizishni imkoni bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Bunday holatlarda tibbiyot hamshirasi muntazam ravishda uyda laborator tashhis tekshiro‘vlari o‘tkazilishini va davolovchi shifokor ko‘rsatmasiga qarab muolajalarni bajaradi, shifokor mutaxassis-lar ko‘rigini tashkil etadi, shuningdek kun bo‘yi bir necha bor bemor holati-dan, oila a’zolari tomonidan shifokor tavsiyalarini bajarilishidan boxa-bar bo‘ladi. Tibbiyot hamshirasi bemor bolani onasiga sog‘ligi yomonlashuvi belgilarini to‘liq tushuntirib, bunday vaziyatda zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilinishi yoki “Tez tibbiy yordam” chaqirilishini tavsiya etadi.
Uchastkadagi bemor bolalar statsionarga yuborilgach, tibbiyot hamshirasi telefon orqali yoki o‘yiga borib, yotqizish jarayonlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plab, agar biror sababga ko‘ra bemorni statsionarga joylashtirishda muammolar uchrasa bu haqda tezkorlik bilan pediatriya bo‘limi boshlig‘i yoki uchastka pediatriga xabar beradi.
Tashkiliy ishlar. Tibbiyot hamshirasi pediatriya uchastkasida yashaydigan bolalar salomatligi haqidagi va bemor bolalarning shifokorga murojaati hisobini yuritish hujjatlari bilan yaxshi tanish bo‘lishi kerak. Poliklinakada to‘ldiriladigan “Bolani rivojlanishi tarixi” 112-u forma asosiy hujjat hisoblanadi. Bolalar ratsional qabuli, aniq raqamlar bilan tibbiy ko‘rik qayd etib borilgan bemor bola hujjati ro‘yxatga olish bo‘limida alifbo tartibi, yashash manziliga qarab joylagan holda saqlanadi. Ro‘yxatga olish bo‘limida hisobga olish hujjatlarini yuritishga o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari jalb etiladi.Keyingi yillarda bir qancha poliklinikalarda “Bolaning rivojlanishi tarixi” ota-onasini qo‘liga berilmoqda. Bu uyga chaqiriladigan navbatchi shifokor yoki Tez yordam shifokorlari uchun boladagi tibbiy holat ma’lumotlari, oxirgi marta qanday muolajalar olgani haqidagilarni bilib, bola kasalligi xususiyatlarini, umumiy holati o‘zgarishlarini tezda aniqlashi va tibbiy yordam ko‘rsatishiga imkoniyat beradi.
Surunkali kasallik jarayonlarini o‘tkazgan barcha bolalar 030-u formasi bo‘yicha hisobga olinib, salomatligi tizimli ravishda faol kuzatiladi. Formaga laborator tashhis tekshiruvlari natijasi, kasallikni avvalgi davrda kuchayganlik holati, qaytalangan, qo‘zg‘agan paytda qo‘llanilgan tadbirlar qayd etiladi.
Uchastka tibbiyot hamshirasining vazifalari pediatr shifokor rahbarligida bolalar sog‘ligini tekshiruv ko‘rsatkichlari, uchastkadagi bolalar davolash profilaktika ishlarini oldingi davrda bajarilgani asosida tuzilgan rejada belgilanadi. Bolalar poliklinikasida ota-onalar bilan sanitar ma’rifiy ishlar keng jabhada olib boriladi, ota-onalarga individual ravishda kasalliklarni oldini olish qoidalari o‘rgatiladi. YAngi tug‘ilgan chaqaloqlar patronajiga jiddiy e’tibor beriladi. Bu ishlarda shifokorlar va o‘rta tibbiy xodimlar ishtirok etadilar, emlash kalendarlari asosida chaqaloqlar turli kasalliklarga qarshi emlab boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |