Bolaga yaxshi munosabatli shifoxona


Bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari xususiyatlariga ko‘ra



Download 0,98 Mb.
bet5/12
Sana15.12.2022
Hajmi0,98 Mb.
#887295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bolaga yaxshi munosabatli shifoxona

Bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: yasli – 2 oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtirish, tarbiyalash, tibbiy yordam ko‘rsatish muassasasi.
Bolalar bog‘chasi – 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ijtimoiy tarbiyalanadigan, xalq ta’limi tizimi, xususiy korxonalar va boshqa tashkilotlar tasarrufidagi muassasa hisoblanadi. YAsli yoshidagi va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar birgalikda tarbiyalanib, sog‘lomlashtiriladigan bolalar ta’lim muassasalari ham mavjud.

Maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, bolalar poliklinikalarida tibbiy profilaktika ishlari monitoringini yuritayotgan tibbiyot hamshiralari yasli va bog‘cha yoshidagi bolalardan tashqari internat maktab, sog‘lomlashtirish lager, sihatgohlarida tarbiyalanayotgan bolalarni salomatligini ham kuzatib borish, tibbiy xizmat ko‘rsatishlari katta ahamiyatga egadir.
1992 yildagi Jahon sog‘liqni saqlash va YUNISEF tashkilotlarining (IBDOR) «Kasalxona bolaga mehribondir» tashabbusini boshlab berilgani, unda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va yosh onalar parvarishi, ularga go‘dak rivojlanishida yaqindan yordam berish targ‘ib etiladi. IBDOR doirasida “Bolaga mehribon” davolash muassasalari dunyoning 150 dan ortiq davlatlarida paydo bo‘ldi. 2002 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga a’zo davlatlar emizikli va ilk yoshdagi bolalar oziqlanishi bo‘yicha bu jabhadagi asosiy harakatlarning global strategiyasini qabul qilishdi. Bu strategiya maqsad-lari qatoriga emizikli bolalari bo‘lgan onalarga kerakli tibbiy yordamni ko‘rsatish, ularning oila a’zolari va boshqa vasiylari hayotiga bolalarni oziqlantirish shart sharoitlarini yaxshilash, parvarishlash bo‘yicha optimal usullarni tadbiq etish kiradi.
2012 yilning may oyida Jahon sog‘liqni soqdash jamiyatiga a’zo davlatlar global strategiyaga yangicha kuch berib, emizikli, ilk yoshdagi bolalar va onalar ovqatlanish sohasida kompleks faoliyat rejasini tasdiqladilar, rejadagi amalga oshiriladigan faoliyatdan yagona maqsad 2025 yilga borib 50% dan kam bo‘lmagan sondagi 6 oylikkacha bo‘lgan go‘daklar faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirilishiga erishishdir.
2013 yilning 5 iyulida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Evropa mintaqasiga a’zo davlatlar «Salomatlik – 2020» siyosat kontekstida yuqumli bo‘lmagan kasasalliklar va ovqatlanish bo‘yicha Vena deklaratsiyasini imzoladilar. Deklaratsiyada ko‘rilgan chora tadbirlarning barchasi bolani ko‘krak suti bilan oziqlantirish va to‘g‘ri ovqatlantirishni yaxshilanishi butun hayoti davomida har tomonlama samarali natijalarga erishishga qaratilgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNISEF hujjatlarida ilgari surilgan g‘oyaning asosiy printsiplari: tug‘ruqqa yordam xizmatining alohida vazifalari, ko‘krak suti emizishni ijobiy baholash, qo‘llab qo‘vvatlash va himoyalash (1989) emizikli va ilk yoshdagi bolalarni oziqlantirish global strategiya (2009) da ko‘rsatilgan. Emizikli va ilk yoshdagi bolalarni oziqlantirish bo‘yicha milliy amaliyot, siyosat, dasturlarni baholash instrumentlari (2003) va boshqalar.
Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya inson huquqlari bo‘yicha barcha vositalarning eng keng xalqaro e’tirofiga sazovor bo‘ldi: u dunyodagi barcha davlatlar (AQSH va Somalidan tashqari) tomonidan ratifikatsiya qilindi. Konvensiya mazkur hujjatda bolalar bilan bog‘liq inson huquqlari – fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarning to‘liq doirasini birlashtirdi. Konvensiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989yil 20noyabrda qabul qilingan va 1990yil sentyabrda kuchga kirgan.
Konvensiyaning 41moddasida 18 yoshga to‘lmagan har bir bolaning himoya qilinishi va hurmat qilinishi lozim bo‘lgan inson huquqlari belgilab qo‘yilgan.
1-modda. Bola deb "18 yoshga to‘lmagan har bir inson" hisoblanadi, agar davlatdagi voyaga etish yoshihuquqiy jihatdan oldinroq belgilanmasa.
2-modda. Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan barcha huquqlar har bir bolaga hech qanday kamsitishlarsiz kafolatlanadi.
3-modda. Bolalarga oid barcha hatti-harakatlarda bolaning manfaatlariga ustuvorlik beriladi.
5-modda. Konvensiyada ishtirok etuvchi davlatlar ota-onalar va oila a’zolarining majburiyatlari, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladi.
6-modda. Har bir bola yashash uchun uzviy huquqqa ega.
7-modda. Bola ism berilishiga va fuqarolikgaega bo‘lish huquqiga, shuningdek, o‘z ota-onasini bilishi va ular tomonidan g‘amxo‘rlik huquqiga ega.
8-modda. Bola o‘z shaxsini va fuqaroligini saqlab qolish huquqiga ega.
9-modda. Bola o‘z ota-onasidan ajralmaslikka haqli, vakolatli organlar sud qaroriga ko‘ra, bunday ajralish bolaning manfaatlari uchun zarurligini aniqlaydigan holatlar bundan mustasno.
12-modda. Bola shaxsiga ta’sir etuvchi barcha masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ifodalashga haqli, va bu o‘rinda bolaning fikrlariga asosli e’tibor berilishi kerak.
13-modda. Bola o‘z fikrini erkin ifoda etish huquqiga ega; bu huquq o‘z tarkibida biron-bir turdagi axborot va fikrlarni izlab topish, qabul qilish va tarqatisherkinligini qamrab oladi.
14-modda. Bola fikr, vijdon va din erkinligiga haqli.
15-modda. Bola erkin uyushmalar va tinch-totuvlikga yo‘naltirilgan yig‘ilishlarga qatnashisherkinligiga ega.
16-modda. Hech bir bola shaxsiy hayoti, oilaviy hayoti, uy yoki yozishmalari yoki uning sha’ni va obro‘siga noqonuniy aralashuv, taz’yiq o‘tkazish huquqini amalga oshirishga o‘zboshimchalik bilan yoki qonunga xilof ravishda aralashishi mumkin emas.
17-modda. Ishtirokchi davlatlar bolaning turli milliy va xalqaro manbalardan axborot va materiallar olish huquqini ta’minlaydilar.
18-modda. Ota-onalar bola tarbiyasi va rivojlanishi uchun mas’uldirlar.
19-modda. Ishtirokchi davlatlar jismoniy yoki psixologik zo‘ravonlikning barcha shakllaridan,haqoratlash yokimanfaatlarni suiste’mol qilish, e’tiborsizlik yoki beparvo munosabat, qo‘pol muomala yoki ekspluatatsiyadan bolani himoya qilish uchun barcha zarur qonuniy, ma’muriy, ijtimoiy va ma’nafiy-ma’rifiy chora-tadbirlar qabul qiladi.
24-modda. Bola birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishni rivojlantirishga ustuvorlik berilgan holda eng ilg‘or tibbiy xizmat tizimi vositalaridan bahramand bo‘lish va kasalliklarni davolash, hamda sog‘ligini tiklash huquqiga ega.
26-modda. Har bir bola ijtimoiy ta’minot imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega.
27-modda. Har bir bola jismoniy, aqliy, ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan turmush darajasiga egalikhuquqiga ega.
28-modda. Bola ta’lim olish huquqiga ega. SHu maqsadda ishtirokchi-davlatlar bepul va majburiy boshlang‘ich ta’limni joriy etib, umumiy va kasb-hunar ta’limining turli shakllarini rivojlantirishni rag‘batlantirib, barcha bolalar uchun qulay bo‘lishini ta’minlaydilar. Maktab intizomi bolaning insoniy qadr-qimmatini hurmat qilishni aks ettiruvchi usullar orqali saqlanishi lozim. Ta’lim bolaning shaxsini, iste’dodini va aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmatni kuchaytirish, bolani erkin jamiyatda ongli hayotga tushunish, tinchlik, bag‘rikenglik, tenglik va atrof tabiatga hurmat ruhida tayyorlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
30-modda. Bola o‘z madaniyatidan bahramand bo‘lish huquqiga ega.
31-modda. Bola dam olish va hordiq chiqarish, o‘yinlar va dam olish tadbirlarida ishtirok etish, madaniy turmush va san’atda erkin ishtirok etish huquqiga ega.
32-modda. Bola iqtisodiy ekspluatatsiyadan va uning sog‘ligiga xavf tug‘diradigan yoki uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiladigan yoki sog‘ligi va rivojlanishiga zarar etkazadigan har qanday ishni bajarishdan himoyalanish huquqiga ega.
33-modda. Bolalar noqonuniy giyohvandlikdan himoyalanish huquqiga egadirlar.
34-modda. Ishtirokchi davlatlar tomonlar jinsiy ekspluatatsiyaning barcha shakllaridan, fohishalik yoki boshqa noqonuniy jinsiy amaliyotda bolalardan foydalanish, pornografiya va pornografik materiallarbolani himoya qilish majburiyatini zimmasiga olishadi.
38-modda. Ishtirok etuvchi davlatlar qurolli mojarolardan zarar ko‘rgan bolalarni himoya qilish va parvarish qilish uchun barcha choralarni ko‘rish majburiyatini oladi.
40-modda. Jinoyat yoki jinoyatda ayblanayotgan har bir bolaga aybdorlik prezumpsiyasi kafolatlanadi, uning himoyasini tashkillashtirish va amalga oshirishda huquqiy yordam, dalillik berishga yoki aybni tan olishga majbur bo‘lishdan ozod qilish, uning shaxsiy hayoti uchun to‘liq hurmat, shuningdek, uning yoshiga, sharoitlariga va farovonligiga muvofiq davolanish xuquqini beradi. 18 yoshga to‘lmagan bolalar hibsdan erta ozod qilish imkoniyatisiz umrbod ozodlikdan mahrum etilishi yoki o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin emas.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish