Dispanser – avvaldan kaalliklari aniqlanib, davolanishga yo‘llangan bemorlar guruhi hisobini yuritish, ro‘yxatga olish, tashhis qo‘yish maqsadida tekshiruvlar o‘tkazish, maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish, aniqlangan soha bo‘yicha bemorlar sog‘ayish holatini faol dinamik kuzatish, kasallikni bartaraf etish uchun tadbirlarni ishlab chiqib, qo‘llash faoliyatini olib boruvchi davolash profilaktik muassasadir.
Dispanserning bolalar bo‘limida bemorlar kerakli tibbiy yordamni olishadi, faoliyati turidan qat’iy nazar dispanserlar quyidagi turlarga ajratiladi: sil kasalliklariga qarshi, onkologik, psixonevrologik, jis-moniy davolovchi va boshq. Xuddi shunday tibbiy faoliyatni bolalar kasal-xonalari qoshida tashkil etilgan maxsus kardiologiya, gastroentrologiya, pulmonologiya, genetika, gematologiya markazlari ham olib borishadi. Bolalar kasalxonalari yoki poliklinikadagi tibbiyot hamshiralari har bir qabul qilingan bemor hujjatlarini to‘ldirib boradilar, hamshiralarning vazifalari qatoriga “yagona statistik talon”, ambulator bemor taloni yozib borish, uchastka xonadonlarida patronaj va sanitar ma’rifiy ishlarni olib borish ham kiradi.
SHahar maslahat tashhis markazlari – yirik shahardagi kasalxonalar yoki alohida bolalar poliklinikalarida zamonaviy tibbiy texnikalar (doplerografiya, endoskopiya, KT, immunoferment tekshiruv uskunasi) bilan jihozlangan maslahat tashhis markazlari tashkil etiladi.Ularning asosiy vazifasi markazga biriktirilgan poliklinikalardan bemor bolalarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, tashhisni aniqlash, davolash bo‘yicha kerakli tavsiyalarni belgilash.
Bolalar sihatgohi – bemor bolalar salomatligini tiklash, reabilitatsion sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish, davolash tartibiga mos ravishda, tibbiy jismoniy omillarga tayanib dietoterapiya, davolash fizkulturasini amalga oshiradigan, maktab va sihatgohda ta’limni ham beruvchi davolash profilaktika muassasasidir. Barcha bolalar statsionarlarini taxminan, to‘rtdan biri (o‘rinlari bilan) bolalar dam olish sihatgohiga aylantirilgan. Bolalar sihatgohlari asosan maxsus kurort hududlarida tashkil etiladi. Bulardan tashqari bolalar sihatgohlari mahalliy dam olish sihatgohi va o‘rmon – sihatgoh maktabiga ajratiladi. Ular qoidaga ko‘ra shahardan tashqarida, foydali landshaftlarga ega joylarda, tog‘li hududlardagi kichik iqlim shart sharoitlari bor joyda qurilgan.
SHuningdek bolalar sihatgohlarida bemor bolalarni ota-onalari bilan birgalikda davolanib dam olishlariga katta e’tibor beriladi.Bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida maktabdan beriladigan ta’til vaqtida maxsus “Ona va bola” pansionatlari yoki profilaktoriylarda birgalikda dam olishlari tashkil etiladi.
Bolalar uylari – davolash profilaktika muassasasi bo‘lib, ularga etim bolalar, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar, ota-onalari ota-onalik huquqidan mahrum etilgan etim bolalarni boqish, tarbiyalash, tibbiy yordam ko‘rsatish vazifalari yuklangan.Bolalar uyiga sog‘liqni saqlash tasarrufidagi tashkilotlar yo‘llanmasi bilan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Odatda bolalar uyi 30 dan kam bo‘lmagan,100 dan ortiq bo‘lmagan o‘rinlardan iborat bo‘ladi, bolaning yoshiga qarab emizikli, emaklaydigan yoshdagi, o‘rta va katta guruhlarga ajratiladi. Bolalar uyidan go‘daklarni ota va onalarga vasiylik asosida yoki asrab oladigan oilalarga berilishi, rivojlanish yoshi 4 yoshga etganda nog‘iron bolalar internatlari, ijtimoiy ta’minlovchi tarbiya muassasalariga o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |