Bemor bolani parvarishlash- davolash jarayonining ajralmas qismidir; u nafaqat terapevtik muolajalar majmuasining yuqori samaradorligini, balki bemorning to‘liq tiklanishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. SHifoxonada bola tibbiyot xodimlari (shifokor, hamshira) va bemorning qarindoshlari tomonidan parvarish qilinadi. Tibbiy mutaxassislarning bemor bola va uning qarindoshlari bilan aloqalar davomiyligi turlicha bo‘lishi mumkin: ba’zan – bir necha hafta yoki oylar davomida (hatto yillar davomida). Bunday holatlar tibbiyot xodimlarining bir-biri bilan, shuningdek, bemor bolalar va ularning qarindoshlari bilan munosabatlarida axloqiy va deontologik tamoyillarga qat’iy rioya qilishga undaydi.
Tibbiyot etikasi tibbiyot xodimlari faoliyatidagi gumanistik, axloqiy prinsiplarni ko‘rib chiqadi. "Etika" tushunchasi (yunoncha «ethos» - odat) jamiyatda insonlarning xulq-atvori va munosabatlarini tartibga soluvchi normalar, qoidalar va urf-odatlarni o‘z ichiga oladi. SHu asosda tibbiyot mutaxassislari uchun axloqning eng umumlashgan tushunchalari yoki axloqiy kategoriyalar shakllantiriladi: burch, sha’n, qadr-qimmat, vijdon, baxt. Tibbiy etika tamoyillariga vrachlar o‘zlarining kundalik faoliyatlarida rioya qiladilar.
Tibbiyot xodimining vazifasi bemorga eng yuqori professional darajada g‘amxo‘rlik qilish va hech qachon odamlarning jismoniy va ruhiy salomatligiga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etmaslikdir.
Tibbiy etika (bioetika) masalalari qatoriga nafaqat tirik insonlarning, balki kelajak avlodning hayoti va sog‘lig‘ini ham muvaffaqiyatli hal etish borasidagi muammolar ham kiradi. Bularga dunyoda tinchlik uchun kurashish, ommaviy qirg‘in qurollarini yaratish va jamlashga qarshi kurash va atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari kiradi.
Hamshira uchun, birinchi navbatda, kasal bolalarni parvarishlash uchun zimmasidagi barcha vazifalarni aniq bajarish, shu jumladan shifoxona tartibi, parhez, in’eksiyalar, dori vositalarini tarqatish, tana haroratini o‘lchash va hokazo.
Tibbiyot hamshirasi yoki kichik hamshira rasmiyatchilik nuqtai-nazaridan ishlamasdan, balki bemorga yordam berish, uning azob-uqubatlarini engillashtirish, sog‘ligini tiklashni tezlashtirish uchun ichki istakka bo‘ysunsa, amalga oshirilgan tibbiy muolajalar samaradorligi yanada yuqori bo‘ladi. Bularning barchasi tibbiyot xodimlaridan o‘z-o‘zini tartibga solish, kasbiy mahoratini muntazam ravishda takomillashtirib borish va bilimlarni to‘ldirishni talab etadi.
Bunda hamshiraning shaxsi alohida ahamiyatga ega. Agar tibbiy xodim malakali mutaxassis bo‘lsa, o‘z vazifalarini yuqori professionallik darajasida bajarsa-da, bemorlar bilan aloqa o‘rnatishni bilmasa, uning harakatlari ijobiydavolovchi ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Parvarish, e’tibor, muloyim va mehribonlik bilan muolajalarni bajarish, bir xil tabassum ham tibbiyot xodimi burchiga oid jihatlar bo‘lib, ular shifoxona muhitiga bolaning moslashishi uchun yordam qiladi.
O‘z-o‘zini anglashida tibbiyot xodimi shaxsiga tegishli sha’n va qadr-qimmat tushunchalari, ya’ni tibbiyot xodimining o‘z obro‘sini, shuhratini saqlab qolish istagida, kasbining ijtimoiy ahamiyatini tushunishda, kasbiy g‘urur va doimiy ish malakasi va sifatini oshirishga qaratilgan kasbiy burch tushunchasidan ajralmasdir.
"Vijdon" tushunchasi tibbiy axloqning boshqa kategoriyalaridan farqli o‘laroq, insonning axloqiy o‘z-o‘zini anglashi, xatti-harakatlari uchun javobgarligini o‘z ichiga oladi. Vijdon halollik va rostgo‘ylik, adolat, boshqa odamlarning huquqlarini hurmat qilish va o‘z kasbiy vazifalarini bajarish kabi axloqiy qadriyatlar bilan chambarchas bog‘liq. "Baxt" tushunchasi hayotning mazmuni haqidagi savolga falsafiy va axloqiy javobni nazarda tutadi va baxtli hayot tushunchasi "salomatlik" tushunchasidan ajralmasdir. Tibbiyot xodimi bemorlarga yordam ko‘rsatishda o‘z ishining yuksak ma’nosini ko‘rishi, undan qoniqish his qilishi va qabul qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |