Profilaktika ishlari: sog‘lom bolalar sog‘lom onadan tug‘iladi, buni amalga oshirishni onada homiladorlik paytidanoq boshlash, homilador ayollar salomatligini yaxshilash, kerakli tavsiya va maslahatlarni ayollar shifokoridan olishlari, tug‘ruqdan oldingi tibbiy tekshiruvlar, uyga borib patronaj xizmatlarini ko‘rsatishni amalga oshiradilar.
Homilador ayollar haqidagi ma’lumot uchastka hamshiralariga ayollar maslahatxonasidan berilgandan boshlab,10 kun ichida homiladorlar bilan birinchi tug‘ruq oldi patranaji o‘tkazilishi lozim. Bo‘lajak onalar bilan tanishuvdan keyinoq, ona bo‘lish mas’uliyati va majbo‘riyatlarini, homilani rivojlanish jarayonidagi umumiy holatni, kayfiyatni doimo ko‘tarinkiligi, o‘z vaqtida to‘g‘ri ovqatlanish borasida suhbatlashib tavsiyalar berilishi ahamiyatlidir. Tibbiyot hamshiralari homilador ayolning sog‘ligi, homiladorlikdan oldin qanday kasalliklarni o‘tkazganligi, oilasida irsiy kasalliklar, zararli odatlar, ekstragenital patologiyasi, ayolni va bolani sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plab, hisobga oladi va ayolga kun tartibi, ovqatlanishida e’tiborlilik, jismoniy harakatlarda ehtiyotkorlik haqida maslahatlar beradi, bo‘lajak onalar maktabi poliklinikada) suhbatlariga taklif etadi.
Homiladorlikning 32- 34 haftasida uchastka hamshirasi homilador ayolning umumiy holati, oldingi patronajadan keyin o‘zini qanday his etayotgani, kun tartibiga rioya qilishi va ovqatlanishi nazoratini olib borib, tug‘ruq muddati, bola tug‘ilgach oiladagilarni qaysi joyda yashash manzilini aniqlab ikkinchi patronajni o‘tkazadi. Bo‘lajak onaga ko‘krak uchlarini massaj qilish texnikasi ko‘rsatib o‘tiladi, go‘dakni parvarishlash uchun kerakli predmetlar, kiyimlar, yo‘rgaklash burchagi, bolaning xonasini jihozlash to‘g‘risida maslahatlar beriladi.
Profilaktika ishlarining asosini yangi tug‘ilgan chaqaloqni hamshiralarni uyga kelib o‘tkazadigan patronaj xizmati tashkil etadi, go‘dakning birinchi patronaji tug‘ruqxonadan uyga kelganidan 3 kundan keyin hamshira, pediatr shifokori tashrifidan boshlanadi. Ahvoli “xavf” ostida guruhiga kiritib chiqarilgan chaqaloqni uyiga kelgan kunidanoq pediatr shifokori mavjud bo‘lgan anamnez asosida ko‘rikdan o‘tkazadi, bolani sog‘ligini umumiy baholaydi, oziqlantirish, parvarishlash yuzasidan tavsiyalar beradi.
Patronaj hamshirasi yangi tug‘ilgan chaqaloqlar parvarishini, terisi, kindik aylanasi obrabotkasi, shifokor tavsiyalarini qanday bajarishni yosh onalarga ko‘rsatib beradi, go‘dakni ko‘zi, burni,quloq atroflarini kuzatib borishi, cho‘miltirish, kiyintirish, yo‘rgaklash,tagligini almashtirish malakasini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berib, arurat bo‘lganda birinchi cho‘miltirishda ishtirok etadi.Hamshira uydagi oilaning boshqa a’zolariga bola parvarishida kerakli eslatmalar,xonani shamollatib turish, pollarni nam tozalash, sayr qildirish, onasiga esa bola emizish qoidalari, bolani yotqzish holatini o‘zgartirib turish tartibi, tana harorati va gigienik tartib,ovqatlanish tartibiga to‘liq rioya qilishi,hamda bolalar poliklinikasida qaysi kunlari shifokor ko‘rigiga borishlarini to‘liq tushuntiradi. Go‘daklarni 6 oylik bo‘lguniga qadar pediatr ko‘rigiga bir oyda ikki marta,6 oylikdan oshganda bir oyda bir marta yoki pediatr aytgan vaqt oralig‘ida poliklinikaga olib chiqiladi.
Onalarga hamshira tomonidan bolani rivojlanishida kerakli bo‘lgan sanitar gigienik tadbirlar, harakatlarini kuzatib borish, oyoq va qo‘llari sezuvchanligini oshirib borish, yoshiga qarab massaj, gimnastika mashqlarini qildirish texnikasini ko‘rsatib beriladi, bolani parvarishida, terisini tozaligi, shifokor tavsiyalarini qay darajada bajarilgani yuzasidan onadagi ko‘nikmalarni nazorat qilinadi.
2 va 3 yoshli bolalarda olib boriladigan profilaktika ishlarida bolaning chiniqishi, jismoniy harakatlari faolligi asosiy o‘rinni egallaydi. Patronaj hamshiralari 2 yoshli bolalarni 3 oyda bir marta, 3 yoshli bolalarni 6 oyda bir marta uyiga borib, tibbiy nazoratdan o‘tkazishlari kerak. Patronajdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad - bolalarni sog‘lom o‘sishi uchun shifokor bergan tavsiyalarni bajarilishini kuzatib borish, ovqatlanishi, sayrga chiqishi, jismoniy mashqlarni bajarishlari tartibi va uchastka shifokori tavsiyalarini bajarilishi yuzasidan ona bilan suhbatlar olib borish, zarur bo‘ladigan tibbiy yordamni ko‘rsatishidir.
SHuningdek, uchastka tibbiyot hamshirasini profilaktika ishlarini olib borishdagi vazifalariga shifokor bolalarni qabul qilganda ishtirok etish,immunoprofilaktika ham kiradiki, uchastkadagi barcha bolalarni avvalo bog‘cha yoshidagi uyda tarbiyalanayotganlarni sog‘lomlashtirish, davolash, dispanserlash ishlariga uchastka pediatrlari va hamshiralar mas’uldirlar. Agar poliklinikada bog‘cha va maktab yoshidagi bolalar bo‘limi bo‘lmasa,ham-shiralar pediatr shifokorlarga markazlashgan tibbiy xizmat ko‘rsatilishi borasida zarur ishlarga yordamlashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |