2
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press,
2014; 8-bet.
15-jadval
Biznes tashkiloti turlarining kuchli va nozik tomonlari
3
Biznes
turlari
Kuchli tomonlari
Nozik tomonlari
Yakka
tadbirkor
•
Osongina
tuziladi
va
tuzishga oz xarajat
•
Tadbirkor o‘zi foydani
hammasini oladi( boshqalar
bilan bo‘lishmaydi)
•
Boshqalarga
bog’liq
bo‘lishi kerakmas
•
Bir nechta tuzatishlarga
asoslanadi
•
Alohida
daromad
solig’i(foyda
solig’i)
ushlanmaydi
•
Osongina
tugatilishi
mumkin va xarajatlar
minimal miqdorni tashkil
etadi
•
Cheklanmagan majburiyatga ega
•
Cheklangan kapitalga ega
•
Egasi biznes majburiyatlarini o‘z
bo‘yniga oladi
•
Cheklangan hayotga ega
Hamkorlik
•
Oson shakllanadi
•
Boshqa hamkorlar olib
kirilishi mumkin
•
Kapital
ko‘paytirishga
imkoniyat mavjud
•
Bir nechta tuzatishlarga
asoslanadi
•
Alohida daromad solig’i
ushlanmasligi kerak
•
Biznesdan
keladigan
daromad uchun hamkorlar
birgalikda ishlashadi
•
Cheklanmagan majburiyat mavjud
(kamida
bitta
hamkorning
cheklanmagan majburiyati mavjud)
•
Foyda
hamkorlar
orasida
taqsimlanishi kerak
•
Hamkorlar
o‘rtasida
kelishmovchiliklar kelib chiqishi
mumkin
•
Hamkorlikni tugatish shartlari
aniq sharoitlarga bog’liq bo‘ladi
Kompaniya
•
Cheklangan majburiyat
•
Katta miqdordagi kapital
osongina yig’iladi
•
Egalik osongina boshqaga
o‘tadi( qimmatli qog’ozlar
chiqarish orqali)
•
Katta miqdorda foyda solig’i
mavjud
•
Ko‘plab
davlat
tuzatishlariga
asoslanadi
•
Egalik ma’lum bir odam qo‘lida
bo‘lmaydi
Biznes faoliyati turlari.
4
Biznesning turli xillari uning faoliyati, chunonchi
3
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press,
2014; 9-bet.
4
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press,
2014; 10-bet.
xizmat, savdo va ishlab chiqarish turlariga bo‘linadi. Shuning uchun, yakka
tadbirkorlar, hamkorlar va kompaniyalar biznes turlari yoki faoliyatining qismi
hisoblanadi. Masalan, savdo-sotiq bilan shug’ullanuvchi yakka tadbirkor, ishlab
chiqarish yoki savdoni o‘z ichiga oluvchi qonuniy firma yoki kompaniya
kabilarni egallovchi xizmat biznesi mavjud bo‘lgan hamkorlik va shuningdek,
o‘z tashish faoliyati orqali xizmat ko‘rsatishni ham taklif etadi.
1. Xizmat biznesi. Nomini nazarda tutgan holda, biznesning bu turida
sezib bo‘ladigan mahsulotlar bo‘lmaydi. Malayziyada, 1990 yillardan beri xizmat
biznesi tez darajada o‘sishni boshladi. Moliyaviy institutlar, sug’urta
kompaniyalari, farmatsevtika kompaniyalari, advokatlar va hisobchilar bu
biznesni qay darajada o‘sganiga misol bo‘la oladi.
2. Savdo biznesi. Savdo biznesi mahsulotlarni sotish va sotib olishni, va
shuningdek, savdo biznesi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Mahsulotlar xomashyo,
uning qismlari yoki iste’molga tayyor mahsulotlar bo‘lishi mumkin. Umumiy
qilib olganda, savdo ulgurji sotuvchi ( ko‘p miqdorda) yoki chakana sotuvchi
( oz miqdorda) turlariga bo‘linadi. Savdogar ko‘plab jarayonlardan o‘tishni talab
qilmaydigan sotuvchi va xaridor o‘rtasida mahsulot taqsimlovchi o‘rtada
turuvchi shaxs hisoblanadi. Ko‘p savdogarlarning qiladigan ishi mahsulotlarni
o‘rash, reklama qilish va sotib oluvchilarga mahsulotlarni yetkazib berishdan
iborat.
3. Ishlab chiqarish biznesi.
5
Xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirish
jarayoni ishlab chiqarish deb nomlanadi. Shuning uchun , ishlai chiqarish biznesi
ko‘plab jarayonlarni o‘z ichiga oladi, chunonchi savdo biznesi bilan solishtirish,
chunki bu iste’mol uchun tayyor mahsulotlar qilinadi. Holbuki, ishlab chiqarish
biznesi homashyo va mehnat jarayonida, fabrika natijasida: misol uchun egri
mahsulotlar, egri mehnat, fabrikaga yordamchi va qulaylik beruvchi
mahsulotlarni o‘z ichiga oladi.
Biznes uy sharoitida kichik ishlab chiqarishni tashkil etish ( uy xo‘jaligi
sanoati) : oziq-ovqat ishlab chiqarish, tikuvchilik, hunarmandchilik va hokazolar
yoki fabrikalarda yirik ishlab chiqarish: Proton yoki Saym Antennalari
kabilardan iborat bo‘ladi.
Mablag‘lar aylanishidagi asosiy bosqich- moddiy boyliklarni yaratish
jarayoni sodir bo‘ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan
buyumlar nafaqat tashqi ko‘rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan
farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot,
sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy
va qo‘shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo‘ladi.
5
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press,
2014; 10-bet.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan,
unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablag‘lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, ishlab
chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish
xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona
o‘lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida
yig‘ma ko‘rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat
sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o‘lchovlarda ham
ko‘rsatiladi. Bu o‘lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar
hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va
ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining boshqa tomonini
anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o‘z ichiga oladi.
Ko‘pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor
mahsulotga aylanmaydi. Chunki ularga mehnatning ta’siri yangitdan yaratilgan
mehnat mahsuli sifatida, ma’lum vaqtni talab qiladi. Shu vaqtning o‘tishi davomida
ular tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo‘lib turadi.
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash jarayoni
vujudga keladi. Taqsimlash paytida zaruriy mahsulotning puldagi ifodasi, korxona
va davlatning markazlashtirilgan sof daromadining summasi hisoblab chiqiladi.
Bunda korxonaning foydasi buxgalteriya hisobida keyinroq, ya’ni sotish tugagandan
so‘nggina aniqlanadi va qayd qilinadi.
Ta’minot doirasida korxona pul mablag‘lari hisobiga o‘ziga zarur bo‘lgan
moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida
yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotish sodir bo‘ladi. Bu bosqichning
yakunida korxona zaxiralari yana pul shakliga kiradi.
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya
hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar,
ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishiga qilingan
xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun
mo‘ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda
sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag‘lari va h.k.
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar
summasidan korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoriga ko‘p bo‘ladi.
Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish
sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Bu yerda
buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, korxona
tomonidan olingan summasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i
aniqlanadi va qayd qilinadi.
Sotish jarayoni tugagandan so‘ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak
bo‘lgan summalarni o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.
Tovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag‘larining aylanish davri
uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo‘jalik aloqalarini
yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar
bilan ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh kompaniya bilan
unga u yoki bu mablag‘larni topshirish yoki olib qo‘yish paytida, bank muassasalari
bilan ulardan ssudalar olishda, budjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy
ehtiyojlarga doir hisob - kitoblarda yuzaga keladi. Xo‘jalik aloqalari buxgalteriya
hisobida korxona mablag‘larini aylanish davrining tegishli bosqichlari aks
ettirilayotgan paytdan qamrab olinadi.
Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari uchun
qilingan iste’moldan tashqari, korxonada noishlab chiqarish iste’mollari ham sodir
bo‘ladi.
Noishlab chiqarish iste’moliga korxona tasarrufidagi mablag‘laridan
foydalanish kiradi. Ularning tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog‘liqni saqlash
va boshqa shu kabi mablag‘lari kiradi. Bu mablag‘larning holati va ulardan
foydalanishni ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.
Korxona mablag‘larining aylanish davri shundan iboratki, ular - ishlab
chiqarishga, ishlab chiqarish - tovarlarga, tovarlar esa yana yul shakliga aylanadi.
Demak, mablag‘larning aylanish davri faqat uning xar xil bosqichlari ketma - ket
uzluksiz kelib tursagina sodir bo‘lishi mumkin.
Mablag‘larning aylanish davrini to‘g‘ri tashkil qilish, ularni har bir
bosqichini; bo‘lgan muddatlarda bo‘lishini talab qiladi. Korxonalarda vujudga
keladigan jarayonlar odatda har doim, deyarli uzluksiz sodir bo‘ladi. Shuning uchun
ham, korxonalar har bir bosqichda, ya’ni uch shakldagi - pul, ishlab chiqarish va
tovar mablag‘lariga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga bu mablag‘larning miqdori
korxona faoliyatining hajmiga to‘g‘ri kelishi va har bir boskichda normal ishni
ta’minlashi kerak.
Barcha jarayonlar - ta’minot, ishlab chiqarish va sotish - alohida xo‘jalik
operatsiyalaridan iborat. Masalan, ta’minot va sotish qator xarajatlar qilish - sotish
hodisalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarini mahsulot
tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga bajargan ishlari uchun ish haqi
hisoblash, mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanganlik uchun
amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va xokazolarni qayta - qayta qiymatda amalga
oshiradi.
Har bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag‘larining harakati,
ularning shakllari o‘zgarishidan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilishda
korxona pul mablag‘lari o‘rniga o‘zlariga kerak bo‘lgan mehnat buyumlarini oladi
va ularni sarflashda mehnat buyumlarini ishlab chiqarish jarayoni yuzaga kelib,
tayyor mahsulot olinadi.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, xo‘jalik operatsiyalari ishlab chiqarish
faoliyatini amalga oshirshda korxona mablag‘larining harakatidan iborat ekan.
Xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish obyekti
haqida kerakli axborotlarni olish, mablag‘lardan samarali foydalanish darajasini
baholash imkonini beradi. Shuning uchun ham ular buxgalteriya hisobining asosiy
mazmunini tashkil qiladi.
Buxgalteriya hisobining obektlariga yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik
mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridan tashqari xo‘jalik jarayonlari
ham kiradi. Xo‘jalik jarayonlari ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlaridan
iborat bo‘lib, kapitalning doiraviy aylanishini shaklantiradi.
Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati uni ishlab chiqarish zahiralari bilan
ta’minlashdan boshlanadi. Ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va tayyorlash
jarayoni ta’minot jarayoni deb ataladi. Ta’minot jarayonida pul mablag‘lari ishlab
chiqarish zaxiralari va asosiy vositalar ko‘rinishiga o‘tadi. Bu bosqichda korxona
mol yetkazib beruvchilardan, boshqa korxona va tashkilotlardan ishlab chiqarish
zaxiralari (mineral o‘g‘it, urug‘lik, yoqilg‘i va moylash materiallari va h.k.) va
asosiy vositalar (mashinalar, qurilmalar va h.k.) sotib oladilar va shu bilan birga
ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsizligi ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida (… I-ch …) ishlab chiqarish vositalari ishchi
kuchi bilan birikib, uning ta’siri ostida ishlab chiqarish vositalarining ayrim
elementlari o‘z shaklini o‘zgartiradi va boshqacha xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu
mahsulotlar tayinlanishiga ko‘ra shaxsiy iste’mol va ishlab chiqarish iste’moli uchun
ishlatilishi yoki sotilishi mumkin.
Realizatsiya jarayoni (T
I
-----P
I
)xo‘jalik mablag‘larining doiraviy aylanishini
yakunlar ekan, korxona o‘z tayyor mahsulotini xaridorlarga va boshqa korxonalarga
sotadi va natijada ulardan pul kelib tushadi. Shunday qilib, bu jarayonda tayyor
mahsulot pul shakliga o‘tadi. Ko‘p hollarda sotilgan mahsulot uchun pul kelib
tushishi mahsulot sotilgan vaqtdan kechikadi.
Shunday qilib, xo‘jalik faoliyati jarayonida korxona mablag‘lari doiraviy
aylanishining uchta bosqichini ketma-ket o‘tar ekan. Ularning ayrimlari ta’minot
jarayonida bo‘lganida, ayrimlari ishlab chiqarish jarayonida bo‘ladi, shuningdek bir
qismi realizatsiya jarayonida bo‘ladi va natijada biridan ikkinchisiga o‘tib turadi.
Shuni ham ta’kidlash zarurki, doiraviy aylanishda xo‘jalik mablag‘larining
shakllari va tuslari ham o‘zgarib turadi. Masalan, ta’minot jarayonidagi xom-ashyo
va materiallar ishlab chiqarish jarayonidan so‘ng boshqa shakl va tusga, ya’ni tayyor
mahsulotga aylanadi. O‘z navbatida tayyor mahsulot sotilgandan so‘ng esa pul
shakliga o‘tadi.
Doiraviy aylanish jarayonida xo‘jalik mablag‘larining manbalarida ham
o‘zgarish sodir bo‘ladi. Mablag‘lar chetdan jalb qilinganda, foyda aks ettirilganda,
foyda taqsimlanganda, ssudalar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilganda va
boshqa hollarda mablag‘lar manbalarida o‘zgarish sodir bo‘ladi.
Demak, xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari doimo harakatda bo‘lib,
o‘zgarib turar ekan. Xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalarining tarkibi va tuzulishida
sodir bo‘lib, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan ayrim o‘zgarishlar xo‘jalik
muomalasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarishga moddiy boyliklarni sarflash,
olingan mahsulotlarni kirim qilish va boshqa shunga o‘xshash ayrim muomalalar.
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarida o‘zgarish sodir
qiluvchi barcha xo‘jalik muomalalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va
buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish
manbalarining tarkibi va funktsional rolini, ularning doiraviy aylanish
jarayonlaridagi harakatini ko‘rib chiqib, buxgalteriya hisobi predmetiga umumiy
ta’rif berish mumkin.
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning pulda baholanadigan xo‘jalik
mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari, hamda xo‘jalik faoliyati jarayonida
sodir bo‘ladigan mablag‘lar doiraviy aylanishi va manbalar o‘zgarishi buxgalteriya
hisobining predmetini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |