Salfetka ishlab chiqarish.
BIZNES REJA: Qog'oz salfetka ishlab chiqarish biznesi ( hisob = $ 6700= 75 mln so’m ($1 = 11304,47 so'm)
Ma'lumki, hozirda bir martalik maishiy mahsulotlarga (ayniqsa bir martalik qog'oz salfetkalarga) hayotimizda talab ortsa ortib bormoqdaki, aslo pasaygani yo'q. Negaki, hozirda qogoz salfetkalar ko'plab ovqatlanish shahobchalarida, kafe-barlarda, to'yxona-yu restorantlarda keng foydalanilmoqda. Chunki bu turdagi salfetkalar gigiyenik talablarga to'la javob beradi va ishlatish uchun juda qulay. Qolaversa tadbirkorni o'ziga ham ancha yutuqli tomonlari bor. Bular, misol uchun:
- Tayyor mahsulot ko'p joy egallamaydi.
- Mahsulot savdosi mavsumga qarab ishlab chiqarilmaydi.
- Alohida malakali ishchi xodim shart emas.
- Mahsulot muddati cheklanmagan
- Bozorga kirib borish va egallash oson ( O'zbekistonda bu biznes hali unchalik rivojlanmagan)
Ho'sh, ishlab chiqarish jarayoniga o'tsak:
1- navbatda bizga 6x10 m xona kerak. ( 3 fazali elektr ta'minotiga ega bo'lishi kerak_ xavsizlik jihatidan). Uskunalarni o'rnatilgandan so'ng yarim avtomat uskunaga mahsulotni qo'yib, uni nazorat qilib tursak bo'ldi.
Hom-ashyolar :
1. Yarim avtomat salfetka ishlab chiqarish uskuna - $5749,97 = 65 mln so'm ($1 = 11304,47 so'm) uni yetkazib berish va o'rnatish xarajatlari ham qoplandi.
2. Selliloza roolingi - 1 tonna = $800-900 (qalinligi va sifatiga qarab)
3.Qadoqlash uskunasi $ 50 (565)ming so’m
4. Qadoqlashga paket - 1kg = $ 3-4
5. Asosiy avtomatimiz yarim avtomat bolganligi sababli 2 ta ishchi xodim kerak boladi. 1- uskunaga xom-ashyoni qoyib, nazorat qiladi. 2- qadoqlash jarayoniga ma'sul bo'ladi.
Kunlik ish haqi 50 ming (kishi boshiga).
Hisob-kitob jarayoni :
1. 1 ta qadoq ( 50 ta salfetka ) - 30-35 gram. Bozordagi narxi o'rtacha 600 so'm (ulgurji narx)
2. 1 tonna selliloza roolonidan taxminan 30 000 ming qadoq salfetka ishlab chiqariladi. ( 1 000 000 gramm : (30-35) gramm = 30 000 ta)
3. 30 000 mingta qadoqlangan salfetkani 3 ish kunida ishlab chiqarish mumkin.( Komunal tolovlar va ish haqi shu asnoda hisoblanadi )
Hisob-kitob:
1. 1 tonna xom-ashyo = 8 mln 550 ming so'm
2. 3 kunda - 50 000 ming (kommunal tolov) + 300 000 ming ( ish haqi) = 350 000 ming so'm
3. Qadoqlashga paket 20 kg = $60
Demak, jami xarajatlar 9 mln 500 ming so'm
Biz 30 000 ta * 500 so'm = 15 mln.
15 mln - 9 mln 500 ming so'm = 5 mln 500 ming (foyda).
Do'stlaringiz bilan baham: |