partiyasi olinishiga qarab, hisob-kitob qilinadi.
FIFO usuli – bu birinchi kirim qilingan baho bo‘yicha chiqim qilish.
FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaxiralar
tannarhiga birinchi navbatda sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar qiymati
olib boriladi. Tovar-moddiy zaxiralarning davr oxiridgi qiymati so‘nggi sotib
olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning umumiy qiymatidan iborat.
Subyektning hisob siyosatida tovar-material zaxiralarining belgilangan
Tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullari
Tegishli birligining
identifikatsiyalangan
tannarxi bo‘yicha
O‘rtacha tannarxi
bo‘yicha
(AVECO)
Birinchi kirimga olingan
materiallar tannarxi
bo‘yicha (FIFO)
ulgurji shartnoma bahosi, haqiqiy tannarx yoki LIFO, FIFO usullarida tannarxi
hisoblanadi.
Agarda TMZ tegishli tannarxda hisobga olinsa shu narx bilan haqiqiy tannarxi
o‘rtasidagi farq 1610–“Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida hisobga olinadi.
Majburiyatlar baholanishi tomonlar kelishuviga asosan, pul ko‘rinishida aks
ettiriladi. Sud qaroriga ko‘ra, vujudga kelgan majburiyat summasi esa, sudning
tegishli qaroriga asosan aks ettiriladi.
Moliyaviy qo‘yilmalar joriy va bozor baholarida hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlar baholanganda boshlang‘ich qiymatda bozor qiymatida,
balans (hisob) qiymatda va hakozolarda hisobga olinadi.
5.4. Ta’minot jarayonining hisobi
Ta’minot jarayoni korxona rejasiga asosan amalga oshiriladi. Ta’minot
jarayoni hisobining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan iborat:
Ta’minot haqiqiy hajmini aniqlash. Buxgalteriya hisobot davrida qabul
qilingan mehnat buyuumlarining miqdori va turi xaqidagi xaqiqiy ma’lumotni
beradi. Ushbu ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida ifodalanadi.
Buxgalteriya hisobining hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyumlari xaqidagi
ushbu ma’lumotlari yordamida, ularni har bir turlari bo‘yicha ta’minot jarayoni
ko‘rsatgichlari umumiy bajarilishi xaqida ma’lumotlarga ega bo‘linadi.
Qabul qilingan mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxini hisoblash.
Buxgalteriya hisobi mehnat buyumlari har bir turlarini tayyorlash yuzasidan
korxonaning xaqiqatdagi xarajatlarining miqdorini aniqlaydi. Bunda sotib olingan
mehnat buyumlari tannarxining ko‘rsatkichi nafaqat xarajatlar umumiy hajmini,
balki xarajatlar alohida turlari ko‘rsatkichlarini ham ifodalaydi.
Ta’minot jarayonida korxona xo‘jalik faoliyatini davomiyligi va rivojlanishi
uchun zaruriy mablag‘lar kirim qilinadi. Sanoat korxonasini faoliyati uchun zaruriy
mablag‘lar quyidagilardan iborat:
-uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar);
-aylanma mablag‘lar (xom-ashyo, materiallar, ehtiyot qismilar, pul
mablag‘lari va boshqalar);
Korxonalar faoliyatida quyidagi mablag‘larga ham zaruriyat tug‘iladi: -qisqa
va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (aktsiya, obligatsiya, karzlar, depozitlar. va
h.k.);
Korxonalarga asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim qilinadi:
a) sotib olish;
b) ta’sischilarning hissasi tariqasida;
c) bepulga olish;
d) Moliyaviy yoki operativ ijaraga olish.
Asosiy vositalar hisobi 0100–“Asosiy vositalar” aktiv schyotda yuritiladi.
Demak, asosiy voitalar ta’sischilardan hissa tariqasida olinsa, uning oldin
foydalanilgani va foydalanmaganligiga qarab buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni kirim qilish AV-1, ya’ni “Asosiy vositalarni qabul qilish-
topshirish” dalolatnomasida rasmiylashtiriladi.
Ushbu hujjatda qabul qilinayotgan asosiy vositalar bilan bog‘liq ma’lumotlar
aks ettirilgan bo‘lib, shu ma’lumot asosida buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi.
1-misol. Yangi asosiy vositalar ta’sischilardan olindi. Boshlang‘ich qiymati
1000000 so‘m.
Debet 0110-0190
Kredit 4610
2-misol. Oldin foydalanilgan asosiy vositalar ta’sischilardan hissa sifatida
olindi.
Boshlang‘ich qiymat 1000000 so‘m.
Eskirish summasi 240000 so‘m.
Qoldiq qiymati 760000 so‘m.
Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatiga:
Debet 0110-0190 1000000 so‘m.
Kredit 4610 1000000 so‘m.
Asosiy vositaning eskirish summasiga:
Debet 4610 240000 so‘m.
Kredit 0200 240000 so‘m.
Asosiy vosita xarid qilinganda, uni sotib olish, keltirish, o‘rnatish va umuman
foydalanish xolatiga keltirish bilan bog‘liq hamma xarajatlar 0800–“Kapital
qo‘yilmalar” schyotida yig‘iladi, hamda asosiy vosita qiymatini oshiruvchi
xarajatlar hisoblanadi va ushbu xarajatlar yig‘indisi asosiy vositasining boshlang‘ich
qiymatini tashqil etadi.
3-misol. a) Kompyuter xarid qilish maksadida “A4TECH” kompaniyasiga
to‘lov hisoblandi 500000 so‘m.
Debet 0820 500000 so‘m.
Kredit 6010 500000 so‘m.
b) Transport tashkilotiga asosiy vositani keltirish yuzasidan to‘lov hisoblandi
20000 so‘m
Debet 0820 20000 so‘m.
Kredit 6990 20000 so‘m.
c) Kompyuterni tayyor holatga keltirish yuzasidan firmaga to‘lov hisoblandi
60,000 so‘m.
Debet 0820 60000 so‘m.
Kredit 6990 60000 so‘m.
d) “TECH” firmasiga kompyuter keltirish uchun to‘lov o‘tkazildi 500.000
so‘m.
Debet 6010 500000 so‘m.
Kredit 5110 500000 so‘m.
e) Trasport tashkilotiga to‘lov o‘tkazildi 20000 so‘m.
Debet 6990 20000 so‘m.
Kredit 5110 20000 so‘m.
f) Programmalash xizmati firmaga to‘lov o‘tkazildi 60000 so‘m.
Debet 6990 60000 so‘m.
Kredit 5110 60000 so‘m.
g) Asosiy vositalarni qabul qilish topshirish dalolatnomasi (AV-1) asosida
asosiy vosita kirim qilindi.
Debet 0150 580000 so‘m.
Kredit 0820 580000 so‘m.
Asosiy vositalar bepul ko‘rinishida ham korxonalarda qabul qilinishi
mumkin. Ushbu jarayon yuzasidan quyidagi xususiyatlarga e’tiborni qaratmoq
kerak:
1.
Asosiy vositalarni yangi va oldin foydalanganligiga;
2.
Asosiy vositalarni davlat yoki nodavlat korxonasiga bepul kirim
qilinayotganligiga.
Korxonada mehnat buyumlarining ta’minoti ham zaruriy ta’minot
jarayonlaridan biri hisoblanadi. mehnat buyumlariga xom-ashyolar, materiallar,
yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqalar misol bo‘lib, ularni xarid qilish baholari bilan
birga tashish, keltirish, tushirish xarajatlari ham mavjudki, biz ularni trasport-
tayyorlov xarajatlari deb ataymiz. Demak, sotib olingan mehnat buyumlari
tannarxini ularni sotib olish qiymati va tayyorlov xarajatlari yig‘inidisi tashqil etadi.
Mehnat buyumlari hisobi 1000–“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”da
yuritiladi. mehnat buyumlari bilan xaqiqiy ta’minotning miqdor ko‘rsatkichi ushbu
schyotning debetida reja (shartnoma) tannarxida aks ettiriladi. Mehnat
buyumlarining xaqiqiy tannarxi sotib olish qiymati va transport tayyorlov xarajatlari
yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Ta’minot jarayonini hisobga oluvchi schyotlar korxonaning asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar, xom-ashyo va materiallar, yoqilg‘i, qurilish materiallari va
o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar bilan qay darajada ta’minlanganligi,
sotib olingan, qurilgan, ishlab chiqarilgan mehnat qurollari va buyumlarining
haqiqiy tannarxi haqida tegishli ma’lumotlar beradi va ular ustidan to‘la nazorat
o‘rnatadi.
Demak, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, xom-ashyo va materiallar,
yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqa mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi mol
yetkazib beruvchilarning schyot-fakturasida ko‘rsatilgan qiymati, ta’minot
tashkilotlariga to‘langan ustamalar, transportga yuklash va tushirish chiqimlari,
tashib keltirish uchun transport tashkilotlariga to‘lovlar, mehnat buyumlarini
tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat safari chiqimlari, ularni tashib keltirish
yo‘lidagi tabiiy kamayish va boshqa chiqimlardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |