Bitiruv malakaviy ishi namangan – 2017


XALQ MUSIQA SAN’ATINING BOSHQA



Download 1,25 Mb.
bet11/20
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#204891
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Ananaviy xalq qoshiqlarini orgatishda milliylikka erishish xususiyatlari

1.3. XALQ MUSIQA SAN’ATINING BOSHQA

SAN’AT TURLARI BILAN BOG’LIQLIGI
Me’morchilik, rangtasvir, xaykaltaroshlik, adabiyot, kino, teatr kabi san’atlar bilan bog’liqligi. Ustozona, mumtoz musiqa. SHarq xalqlari musiqasi, qardosh va jahon xalqlari musiqasi, atoqli o’zbek bastakorlari va kompozitorlari, qardosh xalqlar kompozitorlari, atoqli o’zbek xalq sozanda va xonandalari, mashhur ansambllari, orkestrlari va xor jamoalari, shashmaqom va uning ijrochilari, o’zbek musiqasida mahalliy uslublar, ularning ijrochilari, musiqada zamonaviylik va zamonaviy musiqa, estrada musiqasi va uning ijrochilari haqida tushunchaga ega bo’lish.

Ma’lumki, bu minimal talablarni o’quv rejasida xaftasiga ajratilgan bir soatlik musiqa madaniyati darslarida yetarli darajada o’quvchilarga yetkazish va ularni o’zlashtirish imkoni og’ir kechadi. SHuning uchun darsdan tashqari amaliy mashg’ulotlar ham tashkil etilmog’i lozim.

Umumta’lim maktablarida o’quvchi yoshlarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirishda, ularning barkamolligiga erishishda kasb-hunar rivojiga erishishda o’qituvchi-pedagoglar yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqarganlari holda ta’limga zamonaviy dasturlarni olib kirishlari lozim. O’quvchini qay darajada ko’proq bilim olishga, badiiy ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga jalb etilsa ularda adabiyotga havas shu darajada chuqurroq ortadi , dars samaradorligida esa yoshlar tarbiyasini yo’lga qo’yilishiga erishiladi. Buning uchun darsdan tashqari mashg’ulotlarni, adabiyot to’garaklari faoliyatini chuqur o’zlashtirib, o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini ko’ngilli tashkil etishga erishish lozim.

Xalq qo’shiqchiligi tarixini hamda uning g’oyaviy- badiiy xususiyatlarini o’rganish - bizning ulug’ bobokalonlarimiz qoldirgan bebaho boylik, oltin me’ros hisoblanmish milliy musiqa san’atimiz uzoq o’tmishga borib taqaladi. Xalqimizning tarixi, orzu-armonlari, hayot haqidagi tasavvurlari jilosida yaratilgan milliy kuy va qo’shiqlarimiz har doim inson tarbiyasida birinchi bo’lib kelgan.10

Musiqa darslarida xalqimizning mumtoz hamda o’zbek xalq qo’shiqchiligining noyob durdonalaridan bahramand bo’lish darslarning samarali bo’lishida o’rinlidir. Dars davomida o’qituvchi o’quvchilarga o’zbek xalq qo’shiqlari haqida tushuncha berish orqali o’quvchilarni tarbiya sifatlarini ham shakllantirib boradi, bunda xalq qo’shiqlarining mazmunidan kelib chiqib, o’qitishning og’zaki metodlaridan foydalanish mumkin, ya’ni turli mavzularda qiziqarli ochiq muloqotlar o’tkazishi, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan o’gitlardan foydalanishi mumkin.

Tabiiyki xalq qo’shiqchiligi ham aynan insonning ichki va tashqi dunyosini ohanglar hamda undagi xalqona samimiy, inson qlbiga tez o’rnasha oladigan so’zlari orqali go’zallik va yaxshilikka yo’naltiradi. Ya’ni, kishilarda bo’lishi zarur bo’lgan hislatlar, aynan musiqada ham bo’ladi, jumladan, milliy qo’shiq chiroyli harakat, hushmuomalalik- hushohanglik bilan uyg’unlashadi.

Dars davomida xalq qo’shiqlarini kuylash va uning qadimiy asoslarini o’rganib borish, aynan xalq qo’shiqlarining g’oyaviy- badiiy xususiyatlari xaqida bitiruv malakaviy ishimning 1- bobida to’xtalib, qo’shiqlarning badiiy xususiyatlarini nafaqat o’quvchi ongiga singdirish, balki, o’qituvchi ularni ohangga solib kuylashi orqali his etish idroki kuchayishini, mustaqil fikrlay olish qobiliyati hamda o’rganilgangan ohanglar orqali ularning taqqoslash qobiliyatlari rivojlanib borishini chuqurroq yoritib berishga harakat qildim.

O’quvchilarning o’zbek xalq o’shilarining g’oyaviy- badiiy xususiyatlarini o’rganio’larida fikrlash qobiliyatlarini o’ta zo’riqtirmaslik uchun sodda va qiziqarli “metod”lardan foydalanish lozim. Dars jarayonida, ayniqsa o’zbek xalqini tarannum etuvchi qo’shiqlarni o’rgatish orqali o’zbek xalqining urf-odatlari, liboslari, o’zbek taomlari haqida fikr yuritib, yoshlar ongida milliy mentalitet g’oyalari shakllantiriladi.



O’quvchilarda xalq qo’shiqlarini o’rgatishning badiiyligini rivojlantirar ekanmiz, mustaqil fikrlay olishlari, eng muhimi milliy musiqani ongli ravishda idrok etib, milliy ohanglarni, xalqona qo’shiqlarining matnlarini to’liq bilishlari, ularning mazmun- mohiyatini o’quvchiga tushuntirib berishlari ahamiyatlidir.

Ikkinchi bobda o’quvchilarning estetik qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda o’zbek xalq qo’shiqchiligi tarixiga nazar tashlashni va undagi milliy va bebaho meros atalmish xalq qo’shiqchiligining noyob qadriyatlarini o’quvchi- yoshlar ongiga singdirib borish masalalari qayd etilgan.

Musiqa fani o’qituvchisi dars payida va sinfdan tashqari to’garak mashg’ulotlarida o’quvchilarni xalq ijodining serqirra va maftunkor tarmog’i – musiqiy meros sirlari bilan anishtirishda ijobiy yutuqlarni qo’lga kiritmoqda. O’qituvchi avvaldan tayyorlangan savollar bilan o’quvchichlarning bilim saviyasi hamda estetik didini o’stiradi. Asosiy mavzuga o’tishdan avval o’rtacha tashlvnadigan savollar taxminan quyidagicha tuzilishi mumkin:


  1. Xalq qo’shiqlari deganda nimani tushunadi?

  2. Xalq qo’shiqlarida nimalar kuylanadi?

  3. Xalq cholg’u musiqa asari deganda nimalarni so’zlash mumkin?

  4. Xalq cholg’u asboblarining funktsiyalari nimalardan iborat?

  5. Xalq qo’shiqlaridan qaysilarini yod bilasiz?

Bunday savol-javoblar o’quvchining fikrlash qobiliyatini o’stiradi, qo’shiqlarning tarixiy-ijtimoiy asoslarini to’g’ri belgilash va xalq musiqa merosining vokal, cholg’u janrlari to’g’risida kengroq tushuncha hosil qilishda muhim ahamiyatga molik ekanligi shubhasiz.

O’quvchilarni professional san’at turi – maqom bilan tanishtirib berish lozim. Umumta’lim maktablari uchun mo’ljallangan musiqa darslari dasturida yuqori VI-VII sinflarda darsning musiqa tinglash qismi uchun ko’proq vaqt ajratish ko’zda tutilgan. Musiqa tinglash vaqtida “Munojot”, “Samarqand ushshog’i”, “Qaro ko’zim” kabi klassik qo’shiqlar ijro etilib, o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilisa, milliy musiqa san’atiga muhabbat hissi shakllanadi.

O’zbek xalq qo’shiqlarning mungli, mag’rur, jozibali ohanglari inson qalbiga kuchli ta’sir etishi bilan birga, kishining shaxs sifatida shakllanishida muhim rolь o’ynaydi. Hali yozuv bo’lmagan davrlardayoq xalq o’z qo’shiqlarida qiyin va tahlikali turmushning turli qirralarini kuyga solib tarannum etgan. Xalq ijodini o’rganishga jiddiy e’tibor berilsa, maktablarda folьklor ansamblllari, xor jamoalari, xalq raqsi va maqomchilar guruhi tashkil etish qiyin emas. CHunki, darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’qituvchi xalq musiqa folьklori haqida istaganicha ma’lumot berish mumkin. O’quvchilarda musiqaga mehr va havol yug’otish, ularning musiqaviy saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim.

Xalq qo’shiqlari, mashhur hofizlar, mashshoq va musiqashunoslar ijodi haqida ommoviy lektsiya va konfrentsiyalar, musiqa bayramlari o’tkazib turilsa, musiqa san’atining tarbiyaviy-estetik ahamiyati yanada ortadi. Zalda Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Mulla To’ychi Toshmuhammedov, domla Halim Ibodov, SHorahim SHoumarov, Muhiddin Qoriyoqubov, Yunus Rajabiy, Komiljon Otaniyozov kabi yetuk san’atkorlar qo’shig’i yangrasa, tinglovchilar serziyo, maftunkor san’atning sehrli dunyosiga ipsiz bog’lanadilar. 1978 yil oktyabrь oyida Samarqandda o’tkazilgan xalqaro musiqashunoslik simpoziumi tashkiliy qo’mitasining mas’ul kotibi V. Yacheslov SHurov bir maqolasida “Agar yoshlarni maqom, mug’om, muqom va rang san’atiga qiziqtirib, o’rgatib borilmasa hamda noyob xalq merosiga jamoatchiligi yetarli darajada e’tibor bermasa, bu san’at kelajak avlod xotirasidan asta-sekin o’chib boradi va buning natijasida insoniyat yuksak badiiy qimmatga ega bo’lgan asarlardan bebahra qolishi mumkin”, - deb yozgan edi.

XIII-XVII asrlarda musiqiy madaniyatimizga e’tibor bersak, tarixiy ildizlarga ega ekanligiga guvoh bo’lamiz. Ijtimoiy – tarixiy taraqqiyot jarayonida an’anaviy qo’shiqchilik san’atining paydo bo’lishida milliy qo’shiqchilik san’tining noyob durdonalarini ulug’ bobokalonlarimiz tomonidan keng o’rganilganligi va rivojlantirilganligi xaqida manbalar mavjud.

Tarixiy manbalarda e’tirof etilgan tosh devorlaridagi musiqani ifodalovchi rasmlar, miniatyuralar ko’rinishidagi shoxlar saroyidagi bazmlarda mashshoqlarning tasvirlari ,qo’shiq kuylayotgan xofizlarning ko’rinishlari an’anaviy qo’shiqchilik san’atini asrlar osha sayqallanib bizgacha yetib kelganligidan dalolat beradi

O’sha davrning buyuk olimi Mahmud O’oshg’ariyning “Devonu lug’otut- turk ” asarida qadimiy turkiy xalqlarining xalq og’zaki ijodi va an’anaviy qo’shiqlari, bayram va marosimlardagi mehnat qo’shiqlari , qahramonlik qo’shiqlar xaqida gamunalar berilgan bo’lib, o’sha zamonda qo’shiqchilik janri rivoj topganidan dalolat beradi.

X-XII asr musiqa va ashula san’atiga doir bayon etilgan noyob ma’lumotla O’zbek musiqa san’atining ildizlari juda qadimiydir. Tarixiy adabiyotlardagi ma’lumotlar va arxeologik qazilma topilmalari shundan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi IV asrda (qariyib 2400 yil muqaddam) Iskandar Zulqarnayn O’rta Osiyoni zabt etganida yunonlar ajdodlarimiz bo’lmish sug’diylar, baktriyaliklar va xorazimiyliklarning boy musiqa madaniyatidan hayratda qolganlar. Ularning mashshoq xonandalari ajdodlarimizning ajoyib va dilkash qo’shiqlari va kuylarini, xushnavo turli cholg’u asboblarini o’rganib, o’zlarining musiqa madaniyatlarini boyitganlar. Natijada ayrim cholg’u asboblarimiz yevropa xalqlari amaliyotida qo’llanib, yangi ko’rinish (shakl) va nomlanishda tarqalgan (ud – motiya, dutor, gutor – gitara, arg’anun – arfa va boshqalar).

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida ham uchraydi. X asrning buyuk Qomusiy olimi musiqashunoslik fanining kashfiyotchisi Abu Nasr al- Forobiy bo’lib, uning musiqa sohasida yaratgan asarlari ham keng kashf etilgan. San’atga, madaniyatga befarq qaragan, ularni pisand qilmagan jamiyat va mamlakat oxir-oqibatda inqirozga uchraydi. Bu tariximizda bir necha bor o’z isbotini topgan. Milliy madaniyat va san’at har qanday vaziyatda ham jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan sanalgan. Xalqi ma’naviy jihatdan qashshoq davlat hech qachon porloq istiqbolga ega bo’lmaydi. Musiqa va san’atning rivojlanishida, taraqqiy etishida buyuk allomalarning yuksak iste’dodlaridan foydalanish o’rinlidir.

An’anaviy qo’shiqchilik san’atning paydo bo’lishida, tarixning burilish davri keng ahamiyatga ega. SHarqda xususan Movarounnahr va Xurosonda, Markaziy Osiyoda ma’naviyat va ma’rifat masalalariga e’tibor hamisha yuksak bo’lib kelgan.

Xalqimiz azaldan mehnatkashligi, bir-biriga sodiqligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi. Inson hayotda yashar ekan, uning har tomonlama yuksalishi uchun ajdodlarining qay darajada bo’lganligiga bog’liqdir. Bizning buyuk ajdodlarimiz o’zining serviqor g’oyalari, ibratli va hikmatli nasihatlari, azaliy axloq-odobi hamda eng muhimi o’ta bilimdonligi bilan farqlidir.

Mashhur mutafakkir Bahouddin Naqshband muhtoj insonga yordam ko’rsatish ham savobli ish sanalishini, vatanparvarlikka undashini juda ko’p ta’kidlaydi. Xatto kerak bo’lsa namozni to’xtatib yordam bermoq zarurligini aytib o’tganlar. SHu sababli insonparvarlik tuyg’usi vujudga kelgan va ko’plab qo’shiqlarda o’z ifodasini topgan.

SHu o’rinda Alisher Navoiyning quyidagi falsafiy misrasini keltirish mumkin:


  • Kimki bir ko’ngli siniqning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim ka’ba vayron bo’lsa obod aylagay.

Vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur ham Hindistondek yirik mamlakatda buyuk imperiya tashkil etsada har doimo o’z Vatanini sog’ingan, unga bag’ishlab g’azallar yozgan. SHuning uchun biz o’z talabalarimizga milliy qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o’rganish, pand-nasihatlariga quloq tutish vazifalarini qayta-qayta ta’kidlashimiz zarur.


Qadimgi ajdodlarimiz va buyuk mutafakkirlarimiz komil inson xaqida butun bir axloqiy talablar majmuasini zamonaviy til bilan aytadigan bo’lsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar.

Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyonlar mavjud bo’lishini o’z qo’shiqlari orqali qoldirganlar. Ular qoldirgan bebaho boylik hisoblangan ohang va honishlardan musiqa madaniyati darslarida foydalanish, ular xaqidagi ma’lumotlarni o’quvchi yoshlar ongiga singdirib borish zarur. Bu Davlat ta’lim standartida ham alohida ko’rsatib o’tilgan.

An’anaviy qo’shiqchilikning o’ziga xos uslublari Andijon qo’shiqchilik maktabida ko’proq yaqqol namoyon etishi bilan xarakterlidir. Bugungi kunga qadar O’zbekiston diyorimizda o’zinig serjilo va maftunkor qo’shiqlari bilan ko’zga tashlangan Andijonlik ustoz san’atkorlarning o’rni beqiyosdir. SHunday ekan an’anaviy qo’shiqchilikning ildizlari qanchalik qadimiy ekaniga murojaat qilsak.

Buyuk Turon zaminida an’anaviy qo’shiqchilik san’atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog’lanib ketadi. Buyuk SHarq allomalari Abu ali ibn Sino, Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Pahlavon Mahmud, Umar Xayyom, Abdulqodir Marog’aiy, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Pahlavon Muhammad, Darvish Ali CHangiy va boshqa ulug’ bobokalonlarimiz o’zlarining risolalarida ijrochilik san’ati, musiqa ilmi va tarixi, cholg’u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, san’atkorlik qonunqoidalariga oid qimmatli ma’lumotlarni, o’zlarining fikr va mulohazalarini bayon etib ketganlar.

Mashhur qomusiy asar "Qobusnoma" da xam sanьatchilik qoidalariga bag’ishlangan alohida bob o’rin olgan. Zaminimizda o’tkazilgan tarixiy qazilmalar natijasida topilgan dutorga, surnayga, qonunga o’xshash sozlar, toshlarga o’yib bitilgan sozandalarning soz chalib turganidagi tasvirlari o’lkamizda ijrochilik san’ati qadimdan rivojlanib kelganligidan dalolat beradi. SHarq xalqlarining musiqiy merosi bo’lmish maqom, mug’om, dastgoh, navba, raga, kyui kabi ijrochilikning murakkab turkumlari avloddan avlodga og’zaki ravishda o’tib kelgan.

Tarixiy manbaalar, bilimdon ustoz san’atkorlarning fikri hamda ilmiy tadqiqotlarga qaraganda, asrlarda O’rta Osiyo, Xuroson va Ozarboyjon xalqlari musiqasida quyidagi o’n ikki (duvozdah) maqom mavjud bo’lgan. Bulyr: «Ushshoq», «Navo", "Busalik", "Rost", Husayniy",Hijoz", "Rahoviy", "Zangula", "Iroq", "Isfaxon", "Zirtfkand", "Buzruk".Yana bir tarixiy manbaga murojaat qiladigan bo’lsak, ulug’ olim Mirzo Ulug’bek Tarag’ayning "Risola dar ilmi musiqa" (Musiqa ilmi haqida risola) kitobining "Dar bayoni duvozdah maqom" (O’n ikki maqom zikrida) bobida shunday fikrlar keltiriladi: "Hoja Abdulqodir Ibn Abdurahmon Marog’aiy, Hoja Sayfiddin Abdulmo’min, Sulton Uvays Jaloiriylarning so’zlariga qaraganda, avvaldan maqomlar yettita bo’lgan:"Maqomi Rost", "Maqomi Ushshoq", "Maqomi Navo", "Maqomi Raho’","Maqomi Hijoz", "Maqomi Iroq", "Maqomi Husaynny". Yana ushbu risolada ulug’ bobomiz Ulug’bekning o’zi tanbur va nog’orani juda yaxshi chalganligini, "Bulujiy", "SHodiyona", "Axloqiy", "Tabriziy", "Usuli ravon", "Usuliy otlig’" singari usullarni ixtiro qilganligini ta’kidlab o’tadi. Yuqoridagi fikrlarga suyangan holda shunday xulosa qilish mumkinki, tarixiy sharoitda yangi ijro yo’llari sayqallangan ko’rinishlari bilan jilolanib kelgan. Keyinchalik xalqning etnyak joylashishi, yashash sharoitlariga qarab, ularning turlicha madaniy rivojlanish davriga asoslanib har xil maqom yo’llari ham o’z o’rnini topganligi ehtimoldan holi emas. Natijada, keyingi asrlarga kelib Buxoroning "SHashmaqom"i ("Olti maqom"): "Buzruk", "Rost", "Navo", "Dugoh", "Segoh", "Iroq" maqomlari o’zining tsr va mushkilot qismlari bilan rivojlangan bo’lsa, Farg’onaning "CHor maqom"i ("To’rt maqom"): "Dugoh Husayn"ning yettita yo’li, "CHorgohining oltita ijrochilik yo’li, "Gulyori shahnoz"ning oltita ijrochilik yo’li hamda "Bayot" yo’llari bilan jilolanib ijro etib kelingan. Xorazm maqomlarida ham shunday holni kuzatish mumkin. Bunda faqat keyinchalik yettinchi qilib."Panjgohi maqomi kiritilgan. SHuning uchun ham avloddan avlodga o’tib kelgan bebaho musiqiy boylik sanalmish Buxoro, Xorazm, Farg’ona Toshkent ijro yo’llari, maqomlari betakror ashula va katta ashulalar singari durdonalar bizga berilgan ulug’ ne’mat sifatida ardoqlanadi. Musiqiy ijrochiligimizning yana bir yo’nalishi bo’lgan dostonchilik san’ati Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalarida juda rivojlangan bo’lib, xalq baxshilari tomonidan sevib ijro etib kelinadi. \ Xalq san’atining ulkan bilimdoni ustoz Yusufjon qiziq SHakarjonov "Milliy musiqa san’atimiz bamisoli bir daraxt bo’lib, uning tomiri Xorazm, tanasi Buxoro, shoxlari Farg’onadir" deb ta’riflagan ekanlar. Ustozning bu so’zlarida katta ma’no yotadi.

O’tmishda nota yozuvi bo’lmaganligi sababli og’izdan og’izga o’tib kelgan mavjud xalq mumtoz kuy va qo’shiqlari endilikda notaga olindi. Bu xayrli ishni professorlar V.A. Uspenskiy, Ye.E. Romanovskaya I.A. Akbarov, M. Yusupov, ayniqsa, akademik Yunus Rajabiy va ularning hamkasb do’stlari amalga oshirdilar. Natijada, "O’zbek xalq muzikasi", "SHashmaqom", "Xorazm maqomlari", "Gulyori shahnoz" singari ko’pjildli qator musiqiy to’plamlar dunyoga keldi va xalqimizning chinakam ma’naviy boyligiga aylandi.

Xalq an’anaviy qo’shiqlarini nasr va mushkilot, aytim va chertim yo’llarini ustoz hofizlar va mohir sozandalar ajoyib sayqallar berib ijro etib kelmoqdalar. Yana shuni aytish joizki, xalqimyzning ulkan musiqa merosini, folьklor san’atini ilmiy tahlil qilib, uni xalqqa yetkazish borasida musiqashunos olimlarimizning ham xizmatlari katta bo’lib, o’zlariniig kitob va risolalarida, maqola va chiqishlarida ilmiy nuqtai nazar bilan asoslab bermoqdalar. Bu borada Fayzullo Karomatov, Ilyos Akbarov, Ishoq Rajabov, To’xtasin G’ofurbekov, Rustambek Abdullaev, Abdumannon Nazarov, Oqilxon Ibrohimov, Otanazar Matyoqubov, Ravshan Yunusov, Soyibjon Begmatov Sultonali Mannaopov singari taniqli musiqashunoslarimizning mehnatlari beqiyosdir.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish