Bitiruv malakaviy ishi namangan – 2017


I bob Xalq qo’shiqlarining barhayotligi



Download 1,25 Mb.
bet9/20
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#204891
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Ananaviy xalq qoshiqlarini orgatishda milliylikka erishish xususiyatlari

I bob Xalq qo’shiqlarining barhayotligi
1.1. Xalq qo’shiqlari haqida ma’lumot.
Ota-bobolarimiz asrlar mobaynida yaratgan buyuk asarlari, ijod namunalari, san’at va madaniyat borasida qoldirgan bebaho meroslari hozirgi kunga qadar asrab-avaylab yosh avlodga yetkazib kelinmoqda. Har bir jamiyat madaniyatsiz, san’atsiz, musiqasiz, qadriyatlarsiz yashamagan va yashay olmaydi ham.

O’zbek xalq musiqasining an’anaviy qo’shiq va kuylari badiiy mazmuni va hayotiy ko’rinishga ega bo’lib, xalqimiz merosida juda katta muhim o’rin tutadi. SHuning uchun ham uning muammolari musiqashunos va sharqshunos olimlarimizning diqqat-e’tiborini ko’pdan beri o’ziga jalb etib keladi va bu masala musiqiy san’atimizda juda katta tarixiy- ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Xalq qo’shiqlari haqida so’z ketar ekan, - deydi yurtboshimiz,- eng avvalo o’sib kelayotgan yosh avlod, ajdodlari, boyliklari, hususan merosimiz an’ana va urf-odatlarimiz haqida fikrlashga ega bo’lmoqlari lozim”.1

An’anaviy qo’shiqchilik san’atining qo’shiq va kuylari deyarli xalq og’zaki ijodiga mansub bo’lgan barmoq vaznidagi she’rlar bilan kuylanadi. “Qo’shiq” so’zining lug’aviy ma’nosi turkiy misrani-misraga bog’lamoq ma’nosini anglatadi, bu janr turkiy tilda so’zlovchi elatlar hamda xalqlarning turmush tarzida ularning ijtimoiy-iqtisodiy madaniy hayoti,milliy hususiyatlari shakllanmasdan avval paydo bo’lgan. SHuning uchun ham turkiy tilda so’zlovchi ko’pchilik xalqlar tilida uchratishimiz mumkin. Masalan, o’zbek tilida qo’shiq,qozoq,qirg’iz,qoraqalpoq tillarida esa qo’shq deyiladi.

Bundan tashqari qo’shiq atamasi xalqimiz orasida ham ko’p ta’rif va taxminlar natijasida ham yuritilib kelingan. Qo’shiqlar orqali turkiy tilda so’zlovchi xalqlarning ibtidoiy turmush tarzidagi qadimiylikni aniqlashimiz mumkin.

An’anaviy qo’shiqchilik san’atining turlari xaqida chuqurroq to’xtaladigan bo’lsak, o’zbek xalq san’atidagi an’anaviy qo’shiq va kuylari badiiy mazmuni va hayotiy o’rniga ko’ra o’uyidagi turlarga bo’linadi.

1. Mavsum-marosim kuy- qo’shiqlari (marsiyalar,yo’qlovlar,yor-yorlar, to’y-hasham va bayramlarda kuylanadigan qo’shiqlar).

2. Mehnat qo’shiqlari

3. Kundalik hayotda ijro etiladigan kuy-qo’shiqlar.

Zotan, she’r va kuy mushtarak yaratiladi.

XIII-XVII asrlarda musiqiy madaniyatimizga e’tibor bersak, tarixiy ildizlarga ega ekanligiga guvoh bo’lamiz. Ijtimoiy – tarixiy taraqqiyot jarayonida an’anaviy qo’shiqchilik san’atining paydo bo’lishida milliy qo’shiqchilik san’tining noyob durdonalarini ulug’ bobokalonlarimiz tomonidan keng o’rganilganligi va rivojlantirilganligi xaqida manbalar mavjud.

Tarixiy manbalarda e’tirof etilgan tosh devorlaridagi musiqani ifodalovchi rasmlar, miniatyuralar ko’rinishidagi shoxlar saroyidagi bazmlarda mashshoqlarning tasvirlari ,qo’shiq kuylayotgan xofizlarning ko’rinishlari an’anaviy qo’shiqchilik san’atini asrlar osha sayqallanib bizgacha yetib kelganligidan dalolat beradi

O’sha davrning buyuk olimi Mahmud O’oshg’ariyning “Devonu lug’otut- turk ” asarida qadimiy turkiy xalqlarining xalq og’zaki ijodi va an’anaviy qo’shiqlari, bayram va marosimlardagi mehnat qo’shiqlari , qahramonlik qo’shiqlar xaqida gamunalar berilgan bo’lib, o’sha zamonda qo’shiqchilik janri rivoj topganidan dalolat beradi.

X-XII asr musiqa va ashula san’atiga doir bayon etilgan noyob ma’lumotla O’zbek musiqa san’atining ildizlari juda qadimiydir. Tarixiy adabiyotlardagi ma’lumotlar va arxeologik qazilma topilmalari shundan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi IV asrda (qariyib 2400 yil muqaddam) Iskandar Zulqarnayn O’rta Osiyoni zabt etganida yunonlar ajdodlarimiz bo’lmish sug’diylar, baktriyaliklar va xorazimiyliklarning boy musiqa madaniyatidan hayratda qolganlar. Ularning mashshoq xonandalari ajdodlarimizning ajoyib va dilkash qo’shiqlari va kuylarini, xushnavo turli cholg’u asboblarini o’rganib, o’zlarining musiqa madaniyatlarini boyitganlar. Natijada ayrim cholg’u asboblarimiz yevropa xalqlari amaliyotida qo’llanib, yangi ko’rinish (shakl) va nomlanishda tarqalgan (ud – motiya, dutor, gutor – gitara, arg’anun – arfa va boshqalar).

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida ham uchraydi. X asrning buyuk Qomusiy olimi musiqashunoslik fanining kashfiyotchisi Abu Nasr al- Forobiy bo’lib, uning musiqa sohasida yaratgan asarlari ham keng kashf etilgan. San’atga, madaniyatga befarq qaragan, ularni pisand qilmagan jamiyat va mamlakat oxir-oqibatda inqirozga uchraydi. Bu tariximizda bir necha bor o’z isbotini topgan. Milliy madaniyat va san’at har qanday vaziyatda ham jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan sanalgan. Xalqi ma’naviy jihatdan qashshoq davlat hech qachon porloq istiqbolga ega bo’lmaydi. Musiqa va san’atning rivojlanishida, taraqqiy etishida buyuk allomalarning yuksak iste’dodlaridan foydalanish o’rinlidir.

An’anaviy qo’shiqchilik san’atning paydo bo’lishida, tarixning burilish davri keng ahamiyatga ega. SHarqda xususan Movarounnahr va Xurosonda, Markaziy Osiyoda ma’naviyat va ma’rifat masalalariga e’tibor hamisha yuksak bo’lib kelgan.

Xalqimiz azaldan mehnatkashligi, bir-biriga sodiqligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi. Inson hayotda yashar ekan, uning har tomonlama yuksalishi uchun ajdodlarining qay darajada bo’lganligiga bog’liqdir. Bizning buyuk ajdodlarimiz o’zining serviqor g’oyalari, ibratli va hikmatli nasihatlari, azaliy axloq-odobi hamda eng muhimi o’ta bilimdonligi bilan farqlidir.

Mashhur mutafakkir Bahouddin Naqshband muhtoj insonga yordam ko’rsatish ham savobli ish sanalishini, vatanparvarlikka undashini juda ko’p ta’kidlaydi. Xatto kerak bo’lsa namozni to’xtatib yordam bermoq zarurligini aytib o’tganlar. SHu sababli insonparvarlik tuyg’usi vujudga kelgan va ko’plab qo’shiqlarda o’z ifodasini topgan.

SHu o’rinda Alisher Navoiyning quyidagi falsafiy misrasini keltirish mumkin:


  • Kimki bir ko’ngli siniqning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim ka’ba vayron bo’lsa obod aylagay.

Vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur ham Hindistondek yirik mamlakatda buyuk imperiya tashkil etsada har doimo o’z Vatanini sog’ingan, unga bag’ishlab g’azallar yozgan. SHuning uchun biz o’z talabalarimizga milliy qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o’rganish, pand-nasihatlariga quloq tutish vazifalarini qayta-qayta ta’kidlashimiz zarur.


Qadimgi ajdodlarimiz va buyuk mutafakkirlarimiz komil inson xaqida butun bir axloqiy talablar majmuasini zamonaviy til bilan aytadigan bo’lsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar.

Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyonlar mavjud bo’lishini o’z qo’shiqlari orqali qoldirganlar. Ular qoldirgan bebaho boylik hisoblangan ohang va honishlardan musiqa madaniyati darslarida foydalanish, ular xaqidagi ma’lumotlarni o’quvchi yoshlar ongiga singdirib borish zarur. Bu Davlat ta’lim standartida ham alohida ko’rsatib o’tilgan.

An’anaviy qo’shiqchilik san’atiga nazar tashlasak, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o’lkamizda bu muqaddas san’atning butun bir ijrochi avlodi yetishib chiqqanligining guvohi bo’lamiz. Ota Jalol Nosirov, Ota G’iyos Abdulg’ani, Hoji Abdulaliz Abdurasulov, Domla Halim , Mulla To’ychi Toshmuxamedov, Matyovub Xarratov kabi zabardast usta xofizlar shular jumlasidandir.

O’tmishda nota rivojlanmagan bo’lib, Ovro’po atamalari o’rnida xofizlarimiz ovoz mromiga qarab, “Gulligii”, “Binnigi”,”SHikavmi”,”Xonaqofiy” deb atalmish nafas olish chiqarish va ijro yo’llaridan foydalanishgan. O’sha davr Xofizlarining ovozlari o’ktam,baquvvat bo’lganligi sababli, ular SHikami yo’lida ijro etganlar. Ustoz xofizlar o’z ijro mahoratlarini oshirish uchun aks-sado beruvchi maxsus gumbazli binolarda mashhulot o’tkazganlar, shu tariqa o’z ovozlariga sayqal berganlar.

Madaniy va ma’naviy merosimizning ulkan qismi, tarixda uyg’onish davri deb nom olgan davrning mahsulidir. O’rta Osiyoda XIV asr o’rtalaridan boshlovchilab, XV asrga qadar ilm-fan, madaniyat, san’at rivojlandi. Ulkan olimlar, shoirlar, san’atkorlar yetishib chiqdi va ular ham jahon madaniyati xazinasiga katta xissa qo’shdilar. O’zbek xalqining ma’naviy hayotida yuqorida ko’rsatib o’tgan milliy madaniyat sarchashmalaridan tashqarii, teatrchilik elementlari yil fasllarida o’tkaziladigan turli marosimlarga bag’ishlangan: «Navro’z», «Ramazon va Qurbon xaitlari»da, «Gul sayli» va boshlovchiqa bayramlarda va sayllarda turli tuman teartrlashtirilgan tamoshalar mavjud edi. Bu sayl va tomoshalarda sho’x qo’shiq, lapar, ommaviy raqslar avj oladi. Eng hurmatli xofizlar kuchli va katta ashulalar aytib, xalqning olqishlariga sazovor bo’lar edilar. Bu an’ana hozirga qadar davom etib kelmoqda. Biz yuqorida milliy madaniyatimizni qanday tarkib topganligiga to’xtaldik. Endi esa shaxsda, ya’ni har bir insonda mavjud bo’ladigan madaniyat haqida so’z yuritamiz. Har bir odam, xulq-atvori, hatti-harakati, yurish-turishi, o’zini tutish demak, madaniy saviya jihatidan el orasida yo yaxshi, yo yomon nom qoldiradi. Hurmat bilan tilga olinishiga ham, nafrat bilan yuz o’girilishiga ham odamning o’zi sababchi.

Yana shuni ta’kidlash joizki, an’anaviy qo’shiqchilik yalla, lapar, o’lan ijrochiligi rivojiga ayol xofizlarning qo’shgan hissalari beqiyos bo’lib, ular ishtirokida o’tadigan marosimlarda ayol xofialar ishtirok etishgan. SHu tariqa an’anaviy qo’shiqchilik sayqal topib boravergan. Galdagi vazifamiz tariximizni, buyuk allomalarimiz qoldirgan qadimiy musiqa madaniyatimizni ilmiy jihatdan chuqur o’rganib, kelgusi avlodga yetkazishdan iboratdir.

O’zbek xalq milliy an’anaviy qo’shiqchilik san’atini yuksalishida mustaqillikdan so’ng yaratilgan qo’shiqlarning tarbiyaviy ahamiyati juda kattadir. Mamlakatimiz mustaqilikka erishgach yuqori malakali, zamonaviy tafakkur tarziga ega bo’lgan bilimli mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida na’munali ishlar amalga oshirildi.

“Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik,- deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I. Karimov- qanday muammolarni yechish zarurati tug’ilmasin, gap oxir oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz mamlakatimiz kelajagi o’rnimizga kim kelishiga yoki boshqacha aytganda qanday kadrlar tayyorlashimizga bog’liq”. 2

Agar inson o’z milliy zamini hamda ildizlarini chuqur bilmas ekan va undan g’ururlana olmas ekan, undan tom ma’nodagi vatanparvar chiqishi qiyin.

Yoshlar tarbiyasi va musiqa san’ati inson uchun muhim ahamiyat kasb etib bugungi kunda rivojlandi, uning qirralari jilolandi. Go’zal milliy ohanglar, ular borasida milliy an’analar tiklandi. Ulug’ musiqashunos olimlarning ishlari qaytadan ko’rib chiqildi. San’atimiz darg’alari davlatimiz tomonidan yuksak mukofotlar bilan taqdirlandilar.

Musiqa va yoshlar tarbiyasining rivojida an’anaviy qo’shiqlarning o’rni beqiyos bo’lib, ushbu yo’nalishga hissa qo’shayotgan mutaxassislar qalbida milliy g’urur, ona zaminga mehr-muhabbat tuyg’ulari kamol topdi Yoshlar tarbiyasi kabi mas’uliyatli vazifa ota-onadan keyin ta’lim fidoyilarining zimmasiga tushadi. Demak, tarbiya degan tushunchalar, to’g’rirog’i tarbiya bilan shug’ullanish jamoatchilik ishiga aylandi. Ta’lim tizimida mehnat qilayotgan har bir pedagog tarbiyani ta’lim bilan birga barobar holda olib borish yo’lida zamonaviy usuldagi dars samaradorligiga erishishga haraka qilmoqdalar.

Ma’naviy sohada o’z ifodasini topgan musiqa tarbiyasidagi yutuqlar odamlarning, xalqimiz, millatimizning axloqi va madaniyatida, dunyoqarashida ro’y bergan sifat o’zgarishlari mustaqillik ilk bosqichining muvaffaqiyati hisoblanadi.

Musiqa san’ati insonni tarbiyalaydi, uni ezgulikka, kishilarni yaxshilik qilishga undaydi. Musiqaning yoshlar tarbiyasidagi o’rni beqiyosdir. Biroq bugungi kunda yoshlarning musiqaga qiziqishlari biroz muammolar keltirib chiqarmoqda. Ko’plab yoshlar xorijiy musiqalarga taqlid qilgani holda o’zlarining ko’rinishlariga ham g’arbona tus bermoqdalar. Milliy kuy-qo’shiqlarimizni unutib qo’yishayotgandek nazarimizda... chindan ham biror bir yoshlarni tanovvor, munojot yoki maqom qo’shiqlaridan hirgoyi qilishlariga duch kelmaymiz. Xalqimiz orasida tanilib borayotgan ayrim “yosh estrada xonandalari”ning qo’shiqlari ham bachkana ko’rinishda tinglovchiga taqdim etilmoqda. Birgina so’zning bir necha bor takrorlanishi tinglovchga manzur bo’lmaydi, va holanki ularning yangrayotgan musiqalari xorij musiqalaridan o’g’irlangan. Bunday shovqinli musiqalarga berilgan yoshlar o’zlarini go’yo ohang yo’nalashiga yo’rg’alatadilar, harakatlari ham bizning mentalitetimizga to’g’ri kelmaydigan ko’rinishda bo’lmoqda. Aynan shunday xolatlarni kelib chiqmasligi uchun musiqa madaniyati darslarida milliy kuylarni tinglash, xalq qo’shiqlaridan o’rgatib borish zarur.

Bunda o’zbek milliy musiqa san’atini kengroq tushuntirish, o’qib o’rganish uchun adabiyotlar majmuasini, shunga oid darsliklar ishlab chiqishni, mumtoz kuylarimiz tushirilgan disklar to’plamini yetkazishni ta’lim mutassaddilari kengroq o’ylab ko’rsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. CHunki musiqa orqali yana takroran aytamizki Inson tarbiya topadi, xalqona yo’lda yaratilgan qo’shiqlar orqali kishilar tin oladilar. Biroz bo’lsada madaniy xordiq chiqaradilar, g’am-tashvishlarini unutadilar. Umuman olganda milliy qo’shiq yoki musiqa inson qalbiga yaqin bo’ladi. Bunday ko’rinishlar ko’proq folьklor yo’nalishidagi kuy-qo’shiqlarda namoyon bo’ladi. Dars jarayonida o’quvchilardan qanday folьklor qo’shiqlarini bilasizlar deb savol bersak birorta sanab berolmaslik holatlari namoyon bo’lmoqda, shuning uchun ko’proq folьklor qo’shiqlarini dars jarayoniga olib kirish o’rinlidir.

Fol’klor so’zining atamasiga e’tibor beradigan bo’lsak, “xalq”, “donishmandlik” degan ma’nolar kelib chiqadi. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, bizning sodda xalqimiz chindan ham donishmandligi bilan butun dunyoga mashxur. SHunday ekan, nega xalqimiz yaratgan milliy ohanglarni, kuy-qo’shiqlarni o’rganmasligimiz kerak?3

Yoshlar o’rtasidagi tarbiyani birgina musiqa o’qituvchisi hal eta olmaydi, buning uchun ota-ona ham javobgardir. Maktabdan tashqari vaqtda farzandining nimalar bilan shug’ullanayotganligi, qanday musiqalarni tinglayotganligi, kimlarga yoki nimalarga taqlid qilayotganligiga e’tibor berish ularning vazifalaridir.

Agarda biz noto’g’ri musiqa o’rgatsak bizdan xafa bo’lishlari o’rinli, biroq uydagi muhitda yuqorida ta’kidlagan, xorij musiqalariga qiziqish kuchaysa, beo’xshov harakatlarni o’rganib borsa bizning harakatlarimiz zoe ketadi. Bugungi kunda har bir musiqa madaniyati o’qituvchilarining vazifalari o’quvchi yoshlar orasidan eng iqtidorlilarini tanlab ularning san’atini ro’yobga chiqarish, shuning barobarida o’zlashtirmovchi o’quvchilar bilan alohida milliy mashg’ulotlar tashkil etishdan iborat bo’lishi zarur.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab ijod etgan xalq xofizlari o’zbek xalqi hayotining qiyin va farovon kunlari xaqida kuylashni, o’zbek degan xalqning mehnatkash va soddadil ekanini o’z qo’shiqlari va san’ati orqali namoyon eta olgan. O’rganilayotgan davr xofizlari xalqimiz orasida siyosatdan mutlaqo uzoq bo’lgan, oddiy mehnatkash dehqonlar, hunarmand kosiblar, ishchi-xizmatchilarning ham qalbi toza, bir-biriga mehribon, qadr - qimmatni yuksak darajada ko’radigan insonlar ko’pchilikni tashkil etganligini tashviqot qilganlar.

Biz darslarimizda qo’shiq o’rgatish jarayonida USHBU DAVRDA YaSHAB, IJOD ETGAN XALQ XOFIZLARINING UZOQ YILLIK NAMUNALI IJOD YO’LI VA BIR- BIRLARIGA BO’LGAN o’zaro xurmat ko’nikmalarini, odob-axloq qoidalarini, oddiy xalqimizning xalqchilligidan olib, yosh avlodga yetkazishimiz lozim. O’zbek xalq musiqa madaniyati – o’quvchi yoshlar ma’naviy boyligining muhim omilidir.

XIX asrlarda Samarqand, Buxoro, Qo’qon va Xorazm kabi ilm va ma’rifat maskanlarida musiqa san’ati keng rivojlandi. Xususan, Mavlono Kavkabiy Buxoroiy va Darvesh Ali CHang’iylarning musiqiy-nazariy risolalari shu paytda yozilgan bo’lib, musiqa san’atida katta ahamiyat kasb etgan.4

Bu davrda eng katta salobatli maqomlarimizdan “SHoshmaqom” turkumi mukammal shaklga kirdi. SHuningdek dostonchilik san’ati ham yuksak rivojlandi. Binobarin, o’zbek musiqasi ikki asosiy tarmoqda – xalq ommaviy janrlari (bolalar qo’shiqlari, alla, yalla, terma, lapar, qo’shiq, lirik va raqs kuylari)ga va og’zaki an’anadagi ustozona (professional) musiqa (ashula, katta ashula, doston, maqomlar) yo’nalishlarida qaror topib keldi.

XIX asrlarning II-yarmida Turkiston xonliklari rus chorizmi tomonidan bosib olina boshlandi, natijada musiqa madaniyatimizga Rossiya orqali Yevropa musiqasi ta’siri jarayoni boshlandi. SHo’ro davrida musiqa madaniyatimizda turli o’zgarishlar ro’y berdi, chunonchi maktab ta’limi va musiqa o’quv yurtlarida musiqani yevropacha (fan sifatida) o’rganish joriy etildi. SHuningdek teatr, kontsert muassasalari tashkil etildi. Kompozitorlik musiqa ijodiyoti uslubi vujudga keldi, natijada o’zbek kompozitorlari yetishib chiqdi.

Ayniqsa shu uslubda ijod etilgan bolalar musiqasiga e’tibor kuchaydi. O’zbek xalq musiqasining ommaviy qo’shiq va kuylari badiiy mazmuni vahayotiy o’rniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

Mavsum-marosim qo’shiqlari (marsiyalar, yo’qlovlar, yor-yorlar, to’y-hashamlarda, bayramlarda kuylanadigan qo’shiqlar).Mehnat qo’shiqlari,kunda ijro etiladigan kuy-qo’shiqlar.

Kuylaydigan janrlar bilan birga ommaviy kuylar

ham mavjudki, ular xalqimiz orasida keng tarqalgan. Bularga “Ufori”, “CHertmak”, “Andijon polkasi”, “Asp bo’laman”, “Do’loncha”, “Qashqarcha”, “Lazgi” va boshqalar misol bo’la oladi. Ushbu qo’shiqlarni xalq xofizlari shu qadar maromiga yetkazib kuylaganlarki, ushbu qo’shiqlar bugungi kunda ham o’z aslini yo’qotmay jaranglab kelmoqda.

XX asr boshlarida esa musiqa merosini o’rganishda turli mashg’ulot turlarini tashkil etish va shu bilan birga, maktabdan tashqari musiqa tarbiyasi markazlariga jalb etish va faoliyatini maktab hayotida ham musiqa fidoyilarining zimmasidagi vazifasidan biridir.

O’zbek milliy cholg’u asboblari ming yillik tarixga ega bulib, xalq qo’shiqchiligi tarixi va uning rivojida katta ahamiyat kasb etishi bilan birga juda ham rang barangdir. O’rta Osiyo respublikalari va O’zbekiston xududidan arxeologik kazilmalar vaqtida olingan ma’lumotlarga ko’ra o’zbek musiqa asboblari boy madaniyat yodgorligi va hozirgi kunda qo’llanilayotgan musiqa asboblariga monandligi bilan ko’hna tarixga tegishli ekanligi yaqqol sezilib turadi. Tog’ qoyalariga bitilgan naqshlar, g’orlar devorlardagi rasmlarda hozirgi fleyta, lyutna, arfa asboblariga uxshash rasmlarni ko’rish mumkinki, nafaqat xalqlar, xattoki, cholg’u musiqa asboblari ham tarixiy bosqichlarni bosib o’tganidan dalolatdir.

Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra SHarqda mashhur bo’lgan, O’rta Osiyodan yetishib chiqqan musiqa fanlarini asoschisi, buyuk entsiklopedist komuschi olim Abu Nasr Farobiy cholg’u musiqa haqida asarlar yaratish bilan birga uning uzi ham nay, ud va tanburning mohir ijrochisi bulgan. SHuningdek, o’sha davrning buyuk olimlaridan Abu Ali Ibn Sino(X asr), Abu Abdullox Xorazmiy(X asr), Axmadiy(XIV asr), lar ham musiqa haqida asarlar yozib qoldirganlar.

XIV asrlarda yashab o’tgan olimlarning asarlarida qadimiy ko’hna musiqa asboblaridan ud, chang(arfaga uxshash), qonun, rubob, tanbur, navish; damli asboblardan nay surnay, arganush; torli asboblardan dutor, g’ijjak, kobuz, rud;

yana puflama asboblardan nayi anbon, chagona, ruxafzo, bo’laman; shammon va boshqalar haqida ma’lumotlar bor. Ulug mutaffakkir she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy ham o’z davrida muomalada bulgan, ud, tanbur, chang, rubob, kobus, g’ijjak, konun, rud, nay, surnay, karnay, daf yoki doira, nog’ora va boshqalar haqida yozma manbaalarda qayd etgan.

Xo’sh, zamirida bunchalik sehr va shifo, tarovat, naql va haqiqat yashirgan kuylar qachon paydo bulgan? Musiqa asboblarini kim va qachon bunyod etgan degan savol tug’iladi.

Darhaqiqat, musiqaning oshifta ko’ngillarga ko’rsatuvchi sehr-jodusi o’zgachadur.

Qadimgi Yunonistonda “musiqa bilan davolash ilmi” keng taraqqiy etgan. Masalan, matematik va faylasuf Pifagor musiqani kishi ruhiga va tanasiga har tomonlama bo’ladigan vosita sifatida tavsiya etgan. Ko’hna Afrosiyobda olib borilgan qazilmalarda qo’lida surnay ushlagan xaykalcha topilgan, olimlar u xaykalchani eramizdan avval SH –T asrlarda yaratilgan deb taxmin qilmokda.

Aytishlaricha, Iskandar Zulqarnay ham ko’p ishlarni musiqa sadolari ostida bajargan ekan. Korni to’q kishini ovozi past, qorni och kishini ovozi jarangli eshitiladi. SHu boisdan dutor va g’ijjakning qorni bo’m-bo’sh qilib yasash odat bo’lgan.

Xorun-ar Rashid xalifaligi davrida musiqa asboblarining turi xiyla ko’payib kanizaklar ham chalib, ham o’yinga tushar, ashula aytar ekanlar. Demak, ana shu dalillardan kelib chikib, kuy, qo’shiqni falon kishi falon bir davrda yuzaga keltirgan deb bulmaydi. Ya’ni, ona tili nutqining yaratilishini biron bir kishiga bog’lab bo’lmagani kabi kuyimiz tarixini ham hech kimga bog’lab bo’lmaydi. U ona tilimiz nutqimiz qadar qadimiy va qadrlidir.

Uzoq umr ko’rgan ayrim keksalar o’z milliy musiqalarini kadrlab sevishgan. Bu ulug’vor donishmandlari kishini zavqlantiradigan, yig’latadigan va uxlatadigan kuylar ijro etishgan.

Abu Ali Sino orombaxsh musiqa sadolarini nixoyatda yaxshi ko’rgan. Xatto o’zi g’ijjak yasab chalgan.



  • Bo’sh vaqtlarda men nima bilan shug’ullanaman bilasanmi? , - so’rabdi Ibn Sino shogirdi Abduvoxiddan, Abduvoxid savol nazari bilan ustoziga karadi. U tokchadan qiziq bir asbobni oldi, asbob dumi

bilan yulingan va teng ikkiga bo’lingan oshkovoqqa o’xshardi. Asbobning bo’yicha qarab torlar tortilgan edi.

  • Men mana shu narsa ustida bosh qotirdim buning nomi g’ijjak –debdi ustoz kulimsirab, shogirdiga o’zi ixtiro etgan yangi musiqa asbobini uzatar ekan.

U ehtiyotkorlik bilan asbobni olib, aylantirib ko’rdi, nazarida uning kosasi nafas olishdan titrardi . Yog’ochdan o’yib ishlangan bu nozik asbob shunday xozirjavob, shunday sezgir ediki, yigit lol koldi. Asbobga sal panja tegsa jaranglab, kuylab yuborgudek tuyiladi. Abdulvoxid uning ustoziga qaytarib berarkan, iltimos nazari bilan unga karadi. Ibn Sino uning muddoosini paykab, muloyim kulimsirab kuydi.

Janob shayxur rais ;- navozishkorona so’z kotdi. Abdulvoxid ustozi kamonni olguncha –men sizni duradgorlik pichog’ini ushlolmaysiz, deb o’ylagandim endi ma’lum bo’ldiki, pichoq bilan yog’och ham boshqa bilimlar singari sizga taslim bo’larkan.

Hamadonning sokin oqshomi boshlandi. Osmon moviy tusga kirdi. Qushlar tunash uchun joy qidirib uchib o’tishdi. G’ijjak Abu Alining qo’lida daraxt barglarining shildiratib o’tgan yengil shabada kabi mayin kuylardi.

Asrlar, davrlar o’tishi bilan inson kamol topa borgan sari musiqa asboblari ham takomillashib, bugungi kunimizga rang-barang kurinishda, turfa sado va navolarni qalbiga jo kilib keldi. Endilikda, masalan, dutorning qaddi-basti tut va o’rik daraxtlaridan yo’nilyapti, bir uchi yurakka, ikkinchi uchi tilga ulangan kil torlari ipakdan, ust boshi duhobadan uy to’rida yonboshlab yotibdi. SHu o’rinda qayd etish lozimki, oddiy yog’ochni tilga kiritishda hozirgi kunda qo’li gul O’zbek ustalari – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi usta Usmon Zufarov, usta Xoji Oxun, usta Raxim Kosimov, usta Mansur, usta Sirojiddin Muxiddinov, usta Rixsixon Xujaxonov va boshqalarning mahorati, xizmati juda kattadir.

O’quvchi – yoshlarni yuksak e’tiqodli, ma’naviy barkamol, ajib fazilatli, xushfe’l, yoqimtoy, mehnatkash, samimiy, rahmdil qilib tarbiyalashda qo’shiq va musiqaning o’rni beqiyosdir. Musiqa tarbiyachilari ijodkor shaxslardir, ularning qalbida yomonlik hissi umuman bo’lmaydi. Ular faqat yaxshilik, ezgulik xaqida so’zlab, o’zlarining milliy oxanglarini yoshlar ongida shakllantirish yo’lida xizmat qiladilar.

Zero, bunday tarbiya berish usuli bizning buyuk ajdodlarimizdan o’tgan. Zotan, Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig» asarida ham axloq tarbiya saboqlari xaqida to’xtalgan.

Milliy axloq, urf-odat, odobning barcha qirralari musiqada mujassamlashgan. CHunki musiqani tinglayotgan shaxs biroz bo’lsa-da xayolotga beriladi, ohanglar (agar u milliy ruhda bo’lsa) uni sekin-asta o’ziga rom qiladi, sehrlaydi, dardini oladi. Agar sho’h musiqa yoki qo’shiq bo’lsa, so’zlarining ma’nosi o’z aksini ko’radi. Ayniqsa, «Ona» haqidagi qo’shiq bo’lsa jon-dili bilan tinglaydi. Biror-bir sabab bilan onasini ranjitgan bo’lsa, ko’nglini olishga oshiqadi. Vatan, O’zbekiston haqida bo’lsa ham, mana shunday ozod va obod Vatani borligidan g’ururlanib tinglaydi. Sevgi haqidagi qo’shiq bo’lsa, shirin ehtiroslar qalbini chulg’aydi…

Milliy musiqa madaniyatimiz juda ko’hna va boy ekanligi barchaga ma’lum. Milliy qadriyatlarimizning sarchashmalari juda olis davrlarga borib taqalishi jahon miqyosida ham tan olingan. Ana shu merosning kattagina qismini musiqiy meros durdonalari egallaydi, qo’shiqchilik san’ati esa mustahkamlaydi.

O’zbek milliy musiqa madaniyati va san’atining paydo bo’lishi uzoq davrlarga borib taqalishi yuqorida ham ta’kidlab o’tildi. Boshqa xalqlarda bo’lgani kabi

o’zbek qo’shiqchilik san’atida ham milliy ohanglarni nota yozuvi yoki boshqa shunga o’xshash musiqiy ishoralar bilan ifodalanganligiga qadar juda katta yo’lni bosib o’tdi.

Markaziy Osiyo milliy Musiqa madaniyati xurujiga qadar ham rivojlanib keldi. qo’shiqchilikning yangi paydo bo’lgan usul va shakllari ko’pincha vatanparvarlik, insonni ulug’lash kabi yuksak tuyg’ular bilan bog’liq holda taraqqiy etdi. Arablar bosqini davrida mahalliy aholining yuksak, o’ziga xos an’analariga ega bo’lgan qo’shiqchilik san’ati o’z navbatida arab madaniyatiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Arablar bizning ajdodlarimizning dunyoviy qo’shiqlarini batamom yo’qotmoq maqsadidagi hatti-harakatlarini amalga oshirmoqchi bo’lishda, ammo butunlay yo’qota olishmadi.

hozirgi zamon mutaxassislari ajdodlarimizning qadimiy merosini mukammal o’rganishi zarurligini biz yuqorida ham ta’kidlagan edik. Darhaqiqat o’tmishda yaratilgan milliy madaniy meros fuqaroga milliy ruh beradi. uni ijtimoiy taraqqiyotda faol bo’lishga undaydi.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlar asosida yaratilgan milliy kuy-qo’shiqlar orqali tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishimiz, ommaviy tarzda yondashishimiz zarur.

O’zbek tiliga davlat maqomining berilishi, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, xalqlarimizning milliy ongi, milliy g’ururining o’sishida, ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashni tiklanishida ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Ulug’ ajdodlarimizning ulkan ma’naviy merosini yangidan ijodiy o’zlashtirishning boshlovchilanganligi mustaqil

O’zbekistonning eng yorqin yutuqlari qatoridan joy oldi. Faxrimiz, g’ururimiz hisoblangan buyuk ajdodlarimizning ibratli hikmatlaridan biz musiqa madaniyati o’qituvchilari ham oqilona foydalanmoqdamiz. Buyuk mutaffakkirlarning insoniyatga qoldirib ketgan bebaho meroslari ma’naviyat va ma’rifatga oid ta’limotlari hamisha boshimizni baland, qaddimizni tik qiladi. Kuchimizga kuch, ishonchimizga – ishonch qo’shadi.

Bunday an’analar bilan bir qatorda milliy qadriyatlarimiz

asosidagi turli bayramlar, tantanalar xalqimizning dam olishlarini ko’ngilli tashkil etishga omil bo’lmoqda.

Yosh avlodni ijodiy fikrlashga o’rgatishning yangi va samarali yo’llarini izlab toppish faqat o’qitish metodikasi sohasi taraqqiyoti uchun emas, barkamol avlod tarbiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadir.

Turli metodik manbalarda musiqiy bilim oluvchi o’quvchilarning ijodiy fikrlashga va ijodkorlikka o’rgatish borasida garchi yo’l-yo’lakay bo’lsa-da, turlicha qarashlar mavjud. Masalan, ba’zi bir mutaxassislarning fikricha ijodkorlikni shakllantirish uchun bolalarning bilimini anglab o’tish imkoniyatlarini rejalashtirib, turli ilmiy axborotlardan to’g’ri xulosa chiqarib olishga o’rgatish jarayoni muhim hisoblanadi. Ushbu nazariy qarashning ahamiyatli tomoni shundaki, undan barcha turdagi musiqiy mashg’ulotlarda foydalanish mumkin.

Endi musiqa olami mutaxassislarida ushbu jarayon kuchliroq bo’lib, ular musiqani nazariy va amaliy jiqatdan chuqur biladi hamda musiqaga oid terminlarni tushunadi. Ularda musiqiy layoqat musiqa shinavandalaridan ko’ra ko’proq, ya'ni kasbiy faoliyatlari nuqtai nazaridan olib qaralganda kuchli bo’ladi. Ular qar qanday oqangni tinglaganlarida u qaysi tonalnosda ekanini yoki qanday taqlil qilishni anglay oladilar. Bizning o’zbek musiqa san'atimiz o’ziga xosligi bilan bitmas xazinadir.

Go’zal mumtoz qo’shiqlar buyuk shoir va bastakorlar tomonidan yaratilib, inson qalbidan joy olib, xalqning ma'naviy mulkiga aylanib ketadi. Bu esa is'tedodli san'at aqli uchun berilgan iloqiy mo’jizadir. Agarda kishini yiqlatibdimi, ko’nglini choqlabdimi, dardini olibdimi, ta'sirchanligi shunda....



qozirda yashab ijod etayotgan qo’shiqchilarimiz mumtoz qo’shiq kuylasalar, ba'zi davralarda ularni xurmat qilmaydigan yoshlarni ko’rib qayratlanasan. Yosh bo’lishiga qaramay bemalol maqom qo’shiqlarini yuragidan kuylayotgan xonandalarni ko’rsak dilimiz yayraydi. Dоmla Halim Ibоdоv ham ana shunday xonandalarimizdan. (1878-1940, Buхоrо - Samarqand-Tоshkеnt) Rasmiy hujjatlarda Dоmla Halim Ibоdоv dеb yuritiladi. Aytishlaricha dоmla dеyish u kishining kasbi-kоridan ko`ra ko`prоq laqabiga alоqadоr. Gap shundaki, hоfiz haqiqatan ham juda chirоyli, ko`rinimli, оppоq yuzli оdam bo`lgan. Shu sababdan Buхоrоda uni Оq yuzli Halim (nurоniy ma’nоsida) dеganlar. Sadriddin Ayniyning "Bazm" g`azalida ham "Оq yuzli Halim" ("Halimi safеd") dеyilgan. Buning ustiga, juda nоyob оvоz sоhibi bo`lganlar. Aynan shu ikki nоdir sifat u kishini sarоy hоfizligiga jalb qilish хavfini tug`dirgan. Ana shu хavfning оldini оlish uchun qarindоshlari uni bir amallab mudarrislikka ishga jоylab qo`yganlar. Buхоrо qоnun– qоidalariga ko`ra madrasa ahli sarоyga ishga yollanishdan оzоd etilgan. U kishi savоdli bo`lishiga qaramasdan bilim va tajribalari madrasada dars bеruvchi darajasida bo`lmagan. Shuning uchun do`stlari ularning "dоmla"ligini hazil – mutоyiba qilib yurganlar. Aslida esa madrasada ta’lim bеrish bilan hеch qachоn jiddiy shug`ullanmaganlar.

Halimjоnning оtalari asli Qоratеgindan bo`lganlar. Ular XIX asrda tirikchilik vajidan Buхоrоga kеlib, shu еrda o`rnashib qоlganlar. U kishining оtalari Ibоdullоq оlachabоflik qilganlar (оlacha to`qiydigan bo`zchi). Оlacha-yashil, sariq aralash rangli Buхоrо chоpоni. Halimjоn ham yoshligidan оta-bоbоlar kasbini o`zlashtargan.

Amir sarоyining Sharоfхоn ismli hоfizi Dоmla Halimning yaqin qo`shnisi bo`lgan. Shu Sharоfхоn hоfiz uni ashulachilik san’atiga da’vat etgan va ayni chоg`da sarоy хizmatidan ehtiyot qilgan. Shashmaqоmning dastlabki sabоqlarini ham Dоmla Halim Sharоfхоn hоfizdan o`rgangan.

Sharоfхоn sarоyga dохil hоfiz bo`lgani uchun uni Оta Jalоl maktabining vakili dеyishimiz mumkin. Dоmla Halimning ilk bоr Оta Jalоl maktabiga bоg`lanishi ana shu хalifa (ustоz va shоgird оrasidagi bo`g`in) оrqali yuzaga kеlgan.

Eski Buхоrоda mubоrak Ramazоn оyida o`tkaziladigan "bоzоri shab" ("kеchki bоzоr") dеgan sayl bo`lgan. Unda kеchki iftоrlikdan - tоnggi saharlikkacha оdamlar ulfatlar dоirasida majlislar qurib, sоzu suhbatlar etib хursandchilik qilganlar. Hоfiz va sоzandalar uchun ham eng talab оshgan vaqt ana shu "bоzоri shab" mavsumi bo`lgan. Hattоki sarоy Shashmaqоmchilarining хalq оrasiga chiqadigan birdan - bir payti ham bоzоri shab hisоblangan. Ana shunday kеchki sayllarda yosh Halimjоn Sharоfхоn yonida yurib, mashhur hоfizlarni eshitib, Shashmaqоm san’ati bоrasidagi bilim va ko`nikmalarini оshirgan.

Kеyinchalik amirlik tugatilgandan so`ng bеvоsita Оta Jalоlga shоgird tushib, Shashmaqоm ilmini mukammal o`zlashtirishga muyassar bo`lgan. 1921 yilda Buхоrоda bеvоsita A. Fitrat rahnamоligida "Sharq musiqa maktabi" tashkil qilingach, nufuzli san’atkоrlar qatоrida Dоmla Halim ham o`qituvchilikka jalb etilgan. Оta Jalоl yonida o`z bilim va malakalarini yanada mustahkamlab, yosh shоgirdlarga ham Shashmaqоmni o`rgata bоshlagan, Sharq musiqa maktabi o`z faоliyatida ko`prоq оg`zaki uslubga, ya’ni Buхоrоda eskidan kеlayotgan ustоz - shоgird an’analariga tayangan. Unda ustоzlar amalda aytib yoki chalib ko`rsatib bеrganlar, shоgirdlar esa bеvоsita eshitib ilg`ab оlganlar.

Оta Jalоl mo`’tabar yoshga chiqib, kеksaygan vaqti bo`lganligi uchun hоfizlik yo`lidagi amaliy mashg`ulоtlarni asоsan Dоmla Halim оlib bоrgan. Shashmaqоm o`rganish tartibi esa quyidagicha bo`lgan:Dastlab, shоgirdlar Shashmaqоm yo`llarida aytiladigan shе’rlarni yodlab, o`zlaricha dоyra chalib ashula aytishga o`rganganlar. Bu bоsqichda uchta asоsiy maqsad ko`zlangan. Birinchidan, Shashmaqоm dоyra usullarini puхta o`rganib оlish. Dеmak, Shashmaqоm tizimining tartibini o`zlashtirish, avvalо, usuldan bоshlangan. Ikkinchidan, оvоz paylarini chiniqtirish, uning tabiiy imkоniyatlaridan unumli fоydalanish hamda hоfizlik san’ati uchun juda muhim bo`lgan to`g`ri nafas оlish yo`llarini o`rganish. Uchinchidan, eng muhimi, bo`lg`usi san’atkоrning iqtidоrini aniqlash. Agar yosh shоgirdda еtarli qоbiliyat bo`lmasa, uni o`zi his qilgan va tеgishli kasb tanlash to`g`risida mulоqaza yuritgan. Bularning hammasi o`z navbatida shashmaqоm



chilar saralanishining tabiiy jarayoni bo`lib хizmat qilgan. Mazkur sinоv bоsqichidan o`tgan shоgirdlarga kеyinchalik tanbur o`rgatilgan. Bunda ustоzning o`zi dоyra chalib, shоgirdga Shashmaqоmning parda tizimini, kuy va ashulalarning nоzik оhang qirralarini o`rgatib chiqqan. Pirоvardda ana shu ikki asоsiy tamоyilni оbdan o`rgangan shоgird asta – sеkin ijоd bоsqichiga o`ta bоshlagan va ijrо uslubini shakllantirishga kirishgan. Dоmla Halimning o`zi ushbu ijоd maktabida vоyaga еtib, katta san’atkоr darajasiga erishgan ustоzlardan biridir.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish