Biologiya ta’lim yo’nalishi 2- kurs talabasi Jalolova Maftuna Muhsin qizini Zoologiya fanidan “O‘zbekistonda tarqalgan chumchuqsimonlar xilma-xilligi, ularni tarqalishi, biologik xususiyati va amaliy ahamiyati” mavzusidagi kurs ishi



Download 255,5 Kb.
bet6/9
Sana06.07.2022
Hajmi255,5 Kb.
#748217
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
chumchuqsimonlar Maftuna

Chug‘urchuqlar (Sturnidae) oilasi vakillari siyrak daraxtli o‘rmonlarda, cho‘llarda, tog‘ etaklarida, bog‘ va dalalarda uchraydi. Ular o‘z ozig‘ini yerdan topadi. Tosh ustiga, daraxt yoriqlariga uya quradi. Tana uzunligi 17-45 sm, vazni 50-100 g. Oyoqlari baquvvat. Yerda va daraxtda harakatlanishga yaxshi moslashgan. Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliyada tarqalgan. 110 ta turi bor. MDHda 6 ta turi va O‘zbekistonda 3 ta turi uchraydi. O‘zbekistonda chug‘urchuq (Sturnus vulgaris), soch (S. roseus) va mayna (Acridotheres tristis) uchraydi. Bu qushlar foydali, ular zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanadi. 4-6 ta tuxum qo‘yadi, inkubatsiya davri 15-18 kun.
Vyuroklar (Fringillidae) oilasi turlari asosan donxo‘r qushlar, ba’zan hasharotlar bilan ham oziqlanadi. Vyuroklar oilasi vakillari tanasining uzunligi 10-22 sm keladi. 133 ta turi ma’lum, MDHda 35 ta turi, shu jumladan O‘zbekistonda 27 ta turi uchraydi. Yer yuzida keng tarqalgan. 2-6 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumini ko‘proq urg‘ochisi bosadi. Vyuroklar oilasining O‘zbekistonda uchraydigan tipik vakillariga boltatumshuq (Coccothraustes coccothraustes), cho‘l vyurogi (Rhodospiza obsoleta), qizilbosh vyurok (Serinus pusillus), qizilqanot chumchuq (Rhodopechys sanguinea) va boshqalar kiradi.
Zarg‘aldoqlar (Oriolidae) oilasiga 28 ta tur kiradi. MDHda 2 ta turi va O‘zbekistonda oddiy zarg‘aldoq (Oriolus oriolus) uchraydi. Asosan Afrika, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Zarg‘aldoq O‘zbekistonning to‘qaylarida va vohalarida kam uchrab, tog‘ etaklarida, bog‘larda va balandligi 2000 m keladigan bargli o‘rmonlarda ko‘p uchraydi. Ular o‘ziga xos «fiu-fiu»lab ovoz chiqarib sayraydi. Zarg‘aldoq ehtiyotkor qush, faqat daraxt shoxlari orasiga yashirinadi. Zarg‘aldoqlar chug‘urchuqdan biroz katta. Erkagi tillarang sariq qanotli, dumlari esa qora rangda. Urg‘ochisi yashil kulrang tusda bo‘ladi. Zarg‘aldoqlar daraxtning ingichka shoxlariga uya quradi. Uyasini qurishda ikkala jins ham qatnashadi. 2-5 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumini ko‘pincha urg‘ochisi bosadi. Tuxumdan jish bola chiqadi. Shaqshaqlar (Turdidae) oilasiga o‘rtacha va mayda qushlar kiradi. 300 taga yaqin turi ma’lum. MDHda 53 ta turi va O‘zbekistonda 37 ta turi uchraydi. Tana uzunligi 10-40 sm, vazni esa 10-200 g keladi. Antarktidadan tashqari hamma qit’alarda tarqalgan. 1-6 ta tuxum qo‘yadi, inkubatsiya davri 12-15 kun. Ularning eng muhim vakillariga olashaqshaqlar (Zoothera dauma), qizilquyrug’i (Chaimarrornis leucocephala), qora sirchumchuq (Saxicola caprata) va oddiy bulbul (Luscinia pectoralis) kiradi. Ko‘proq erkaklari yaxshi sayraydi. Daraxtlarga, yerga va g‘orlarga uya quradi.

Download 255,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish