1. Karamdosh sabzavotlarning ahamiyati, tarqalish tarixi. Karam turlarining inson salomatligi muxofazasida axamiyati. Oq bosh karamning yetishtirish texnologiyasi



Download 43,78 Kb.
bet1/8
Sana03.07.2022
Hajmi43,78 Kb.
#735112
  1   2   3   4   5   6   7   8

20-mavzu: Karam o‘simliklari biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
Reja:


1. Karamdosh sabzavotlarning ahamiyati, tarqalish tarixi.
2. Karam turlarining inson salomatligi muxofazasida axamiyati.
3. Oq bosh karamning yetishtirish texnologiyasi.

Таянч иборалар:Оддий (оқбош) карам, қизилбош карам, савой карам, гулкарам, брюссель карами, колраби карами, хитой, пекин ва барг карам, Ўрта ер денгизи ва Европа карамлари, карамни уруғидан ўстириш, уруғлик карамбошлар.


1. Karamdosh sabzavotlarning ahamiyati, tarqalish tarixi.


Sabzavot ekinlarining bu guruhiga butgulilar (Cruciferae) yoki karamdoshlar (Brassicaceae) oilasiga mansub oddiy yoki oqbosh karam, qizilbosh karam, savoy karami, bryussel karami, kolrabi karam, barg karam, xitoy karami, pekin karami, gulkaram va boshqa tur, xillar kiradi. Shulardan gulkaram, xitoy va pekin karamlar bir yillik bo‘lib, qolganlari (oqbosh, qizilbosh, savoy, bryussel, barg va kolrabi karamlari) esa ikki yillik o‘simliklardir.
Karamlarning tarkibida oziq moddalar unchalik ko‘p emas, lekin mineral tuzlar va vitaminlar, ayniqsa «S» vitamin manbai hisoblanadi.
Oddiy (oqbosh) karam tarkibida oziq moddalar va vitaminlar kam. Bryussel va gulkaram quruq modda va vitaminlarga boyligi bilan boshqa karam turlaridan farq qiladi. Kolrabi karami shakarga boy (7% gacha) bo‘lib, bu unga shirin mazza beradi. Oqbosh karam ovqatga yangiligicha va tuzlangan holda ishlatiladi.
Qizilbosh karam uzoq saqlanuvchanligi bilan xarakterlanib, undan ko‘pincha yangiligida salat tayyorlashda foydalaniladi (59, 60-rasm).
Gulkaram pishmagan oq rangli seret tupguli parhez mahsulot bo‘lib, qaynatilgan, qovurilgan va ba’zan sirkalangan holda ovqatga ishlatiladi. Kolrabi karami sharsimon poya meva hosil qiladi. U yangiligicha, qaynatilgan va dimlab pishirilgan holda iste’mol qilinadi. Tarkibida vitaminlarning ko‘pligi va tezpisharligi boshqa karamlardan 10-12 kun oldin pishishi bilan xarakterlanadi.
Savoy karamining boshi yumshoq, barglari pufakchaga o‘xshaydi, uzoq saqlanmaydi. U yangiligicha salatga hamda sho‘rva va boshqa ovqatlarga ishlatiladi. Bryusel karami baland poya hosil qilib, uning barg qo‘liqlaridan mayda karam boshchalar chiqaradi. Bu karam ham pishirilgan holda, sho‘rvalarga va marinadlarga ishlatiladi.
Barg karam poyasi baland, barglari cho‘ziq va etli bo‘ladi. u mollarga beriladi. Yangi barglarigina sho‘rvalarga solinadi va pyure tayyorlashda foydalaniladi. Barg karam ba’zi formalari manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi.
Xitoy va pekin karamlari poyasining rivojlanmaganligi va ba’zan uncha qattiq bo‘lmagan karamdosh hosil qiladigan nozik barglardan tuzilgan tupbargi bilan boshqa tur karamlardan farq qiladi (63-rasm).
Bu karamlar turli koreys va xitoy milliy taomlari tayyorlashda ishlatiladi. Karamning xo‘jalik-ishlab chiqarish jihatdan eng ahamiyatlisi va keng tarqalgan turi oqbosh karam hisoblanadi. U karam ekilgan jami maydonning 98-99% ini, umumiy sabzavot ekinlar maydonining dunyo bo‘yicha 25-30, O‘zbekistonda esa 12-15% ini egallaydi.

Download 43,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish