Biologiya ta’lim yo’nalishi 2- kurs talabasi Jalolova Maftuna Muhsin qizini Zoologiya fanidan “O‘zbekistonda tarqalgan chumchuqsimonlar xilma-xilligi, ularni tarqalishi, biologik xususiyati va amaliy ahamiyati” mavzusidagi kurs ishi
Tabiiy fanlar fakulteti dekani
______________ K. A Saparov
“ _____” ___________ 2021 yil
5110400 - Biologiya ta’lim yo’nalishi 2- kurs talabasi Jalolova Maftuna Muhsin qizini Zoologiya fanidan “O‘zbekistonda tarqalgan chumchuqsimonlar xilma-xilligi, ularni tarqalishi, biologik xususiyati va amaliy ahamiyati” mavzusidagi KURS ISHI
“Tasdiqlayman” Ilmiy rahbar: Zoologiya Zoologiya va anatomiya kafedrasi anatomiya kafedrasi
MUNDARIJA Kirish ………………………………………………………………………………3
I Bob.Asosiy qism. Chumchuqsimonlar haqida umumiy ma’lumot
O‘zbekistoda tarqalgan chumchuqsimonlarning xilma xilligi……………………………………………………....6
Chumchuqsimonlarning tarqalishi……………………………………………
1.3 Chumchuqsimonlarning biologik xususiyati…………………………………………………...
1.4 Amaliy ahamiyati va zarar keltiruvchi chumchuqsimonlar………………………………………………….
Xulosa………………………………………………………………………….….
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………….………………………..
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Hayvonot olami insoniyatning yashashi, hayot faolyatida juda muhim rol o’ynaydi. Hayvonot olami juda xilma-xildir hozirgi kunda 2,5 milliondan dan ortiq hayvon turlari ma’lum. Zoologiya faniga oid bilimlarni asosini biz eng soda bir hujayrali hayvonlardan boshlab murakkab tuzulgan sutemizuvchilargacha bo’lgan hayvonlarning tuzulishi va hayot kechirishi, ularning yashash muhiti bilan bo’lgan munosabatini, tabiat va inson hayotidagi ahamiyatini, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ko’paytirish undan oqilona foydalanish to’g’risidagi bilimlarimizni shakillantirish. Ta’lim tizimida professional bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va mutaxasislarni tayyorlashni yo’lga qo’yish lozim.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich juda to’g’ri ta’kidlaganlar biz farzandlarimizni komil inson bo’lishini xoxlashdan oldin o’zimiz ularga o’rnak bo’lishimiz kerak va ta’lim sohasida nafaqat dars jarayonida balki, darsdan tashqari vaqtlarda xam o’quvchilar bilan shug’ullanmog’imiz kerak. Mamlakatimizda chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza”sida o’quv reja va dasturlarni tubdan qayta ko’rib chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda. Yer yuzida inson faolyatining tabiatiga foydali va zararli ta’siri natijasida o’simlik va hayvonot olami tez o’zgaradi. Hayvonot olamini saqlab qolish va turlar sonini ko’paytirish uchun Respublikamiz hududida bir qancha qo’riqxonalar va milliy bog’lar tashkil etilgan. Hayvonot olamini saqlab qolish faqatgina davlatimiz rahbarlari yoki mutasaddi hodimlarning zimmasidagi ish emas aksincha bu ishga umumxalq e’tiborini ham qaratish kerak. Shuning uchun har bir inson Vatanimizdagi har bir o’simlik va hayvon turlaridan oqilona foydalanish, ularni asrab-avaylashi kerak. Bu hayvonlar insoniyat hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega. Masalan oziq zanjirida hech bo’lmaganda bir halqasini tashkil etadi. Tabiatni shu qatorda ajralmas qismi bo’lgan o’simliklar dunyosi va hayvonot olamini muhofaza qilish hozirgi zamonning eng katta muommolariga aylandi. Respublikamizning xilma xil foydali turlarga boy yo’qolish havi ortib borayotgan hayvonlarni muhofaza qilish bizning burchimizga aylanishi kerak. Biz faqatgina foydali hayvon yoki o’simlik turinigina emas balki yurtimiz hududida uchraydigan xar bir turni asrab avaylashimiz va ularni kelgusi avlodlarga hozirgidan ham a’lo darajadfa qilib ko’rsatishimiz kerak. Xayvonot dunyosidan o’rinsiz foydalanish natijasida o’tmishda yuztadan ortiq turdagi hayvonlar batamom qirilib ketgan. Qirilib ketgan hayvonlar orasida xonaki sigirning ajdodi tur-xo’kiz, tarpan ot, insoniyatning yarmini go’sht bilan ta’minlab berishi mumkin bo’lgan dengiz sigiri singari hayvonlar.Insonning salbiy ta’siri natijasida o’simlik qoplamlari,turlarining soni va hayvonot olami turlari tobora kamayib ketmoqda.Tabiatdan oqilona foydalanmaslik tufayli yo’qolib va kamayib borayotgan turlarni muhofaza qilish maqsadida maxsus hukumat qarorlari asosida 1979-yilda O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitob”i ta’sis etildi.Qizil kitobga kiritilgan xar bir tur o’simlik va hayvon uning xavf ostida turganidan dalolat beradi.