KIMYOVIY (NOZIK ORGANIK SINTEZ)
Ushbu usulning kamchiligi preparatlar D- i L-stereoizomeriya shakllari ratsematli
aralashmasida olinadi.Tabiiy aminokislotalarning barchasi L-qatorga mansub.
AMINOKISLOTLARNING BIOSINTEZI
Aminokislotalarni olishda fermentlarni produtsentlarini ishlatish va ikkilamchi metabolitlarni
ajratishga qaratilgan. Avvalam boshlang‗ich kultura agar li muhitda kolbalar ko‗paytiriladi, keyin
suyuq muhitlarda kolbalarda, inokulyatorlarda (tashuvchi, muhit yaratuvchi) va ekiladigan
apparatlarda, va so‗ngra asosiy fermentatorlarda boradi.
Kultura suyuqlikka ishlov berish va aminokislotalarni ajratish antibiotiklarni olish sxemasi
bo‗yicha olib boriladi. Tayyor mahsulotning toza kristallari vakuum ostida quritaladi va qadoqlanadi.
Aminokistlotalarni sintezlashda boshlang‗ich material sifatida katabolizmning oraliq
mahsulotlari ishtirok etadi (piruvat, 2 - oksiglutarat, oksaloatsetat va fumarat, erigrozo - 4 - fosfat,
ribozo - 5 - fosfat va ATR ).
Ko‗pgina aminokislotalarni sintezlashda aminogruppa jarayon ohirida kiritiladi.
Oqsillar ribosomalarda aminokislotalardan sintezlanadi.
2. AMINOKISLOTALARNING PRODUTSENTLARI
Aminokislotalarning biosintezini boshqaruvchi spetsifik fermentlar bakteriyalarda keng
tarqalgan va ular quyidagilarda o‗rganilgan: Escherichia coli. Salmonella tyrnimurium, Bacillus
subtilis va boshq.
Zamburug‗larda aminokislotalar biosintezlashida fermentlarning darajasi ortadi. Bu jarayon
«metabolik interblok», yoki «chorraha tomonli boshqarish» deyiladi, va u birinchi bo‗lib Neurospora
crassa da 1965 yilda M. Karsiotis va uning xodimlari tomonlaridan o‗rganilgan va keyinroq -
Saccharomyces cerevisiae, Aspergillus nidulas va boshqa zamburug‗larda olib boriladi.
Barcha tirik organizmlarda aminokislotalar avvalam bor birinchi metabolitlar - fermentli va
fermentli bo‗lmagan oqsillarni saqlaydi. Demak, aminokislotalarni oqsil gidrolizatlaridan olish
mumkin (triptofan kislotali gidrolizda parchalanadi) va mikrob xujayralarning tabiiy biomassasidan
olish mumkin.
Tabiiy aminokislotalar 2 xil aktiv shaklga ega: L - va D - shakllari, va ularni ajratish murakkab.
Dunyoda birinchi o‗rinni YAponiya egallab, bu erda glutamin kislotasi yiliga 100 ming tonn dan
ortiq ishlab chiqariladi; Masalan «Takeda» Firmasi.
70 –yillarda mikroblarni produtsentlari - superprodutsentlari Brevibacterium, Corynebacterium,
Micrococcus avlodlaridan olinib, faqatgina glutamat ishlab chiqarmasdan, balki L - lizin, L - valin, L -
gistidin va boshq.ishlab chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |