Biokimyodan YaB uchun baza (2022-yil) Nazariy savollar


Yog‘larning to‘planishi (semizlik



Download 170,61 Kb.
bet11/38
Sana20.07.2022
Hajmi170,61 Kb.
#830062
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
2 5271792186533354188

Yog‘larning to‘planishi (semizlik) Organizmda yog‘larning me’yoridan ko‘p to‘planishi kuzatilsa, semizlik deb nomlanadi va bu quyidagi holatlarda kuzatiladi: - alimentar faktor: iste’mol qilingan ovqatning kaloriyasiga nisbatan sarflanayotgan energiya tengligi buzilgan holda. Natijada yog‘lar to‘planib, semizlik vujudga keladi; - gipotalamus shikastlanganda: ma’lumki yog‘lar almashinuvi gormonal boshqaruvga ega va gipotalamus shikastlanganda ishtaha markazi boshqarishi buzilib ochofatlik holatlari kuzatiladi, ko‘p ovqat iste’mol qilish semirishga sabab bo‘ladi; 249 - irsiy semizlik; ma’lumki ota-ona semizlikka moyil bo‘lsa, genetik axborotga ko‘ra farzandlari ham moyil bo‘ladi. Bu irsiy axborot dominant xususiyatiga ega; - me’yoridan ko‘p uglevodlar iste’mol qilish energiya manbai sifatida asosan uglevodlar sarflanib, yog‘lar zaxirasi ortadi. Shu bilan birga uglevodlar iste’mol qilish doimo insulin ishlab chiqarishga majbur qiladi va bu gormon yog‘larning zaxirada to‘planishiga sababchi bo‘ladi. Qalqonsimon bezning gipofunksiyasi: qalqonsimon bez ishlab chiqaradigan gormonlar umumiy modda almashinuvini boshqaradi va bu gormon miqdori kamayishi modda almashinuvining susayishiga olib kelib zaxira moddalarning to‘planishi bilan kuzatiladi Yog‘lar sarflanishining kuchayishi yoki kaxeksiya Yog‘lar sarflanishining kuchayishi va organizmning o‘ta ozib ketishi kaxeksiya deb nomlanadi. Bu holat quyidagi omillarga bog‘liq: a) alimentar omil: iste’mol qilgan ovqat kaloriyasi jihatidan past bo‘lib sarflanayotgan energiya yuqori bo‘lgan holatlarda; b) saraton kasalligi rivojlanayotganda; o‘sma to‘qimasida modda almashinuvi kuchaygan bo‘lib butun organizmdan energiya moddalarini tortib oladi, natijada ozib ketishi kuzatiladi; d) qandli diabetda; modda almashinuvi yuqorida ko‘rsatilgan va yog‘lar asosan glyukoza sinteziga sarflanadi; e) gipertireozda: qalqonsimon bez gormonlari asosiy modda almashinuvini kuchaytirib yuboradila Ketonuriya Siydikda keton tanachalari miqdorining ortishi ketonuriya deyiladi. Soglom odamda siydikdagi keton tanachalarning miqdori 125 mg/100 ml teng. Keton tanachalarning salbiy ta’siri ular o‘rta kuchli kislota xossalariga ega bo‘lib, siydikda anion shaklida bo‘ladi. Siydik bilan chiqayotganda keton tanachalar natriy ioni bilan bog‘lanib chiqadilar. Qonda va boshqa suyuqliklarda kationlarni kamayishi atsidoz yoki ketoatsidozga olib keladi. Kationlar o‘z navbatda suvni organizmdan chiqib ketishiga sababchi bo‘ladilar va natijada nerv tizimida arefleksiya va koma holati kuzatiladi. 251 Giperlipoproteinemiyalar Qonda tashiladigan lipidlarning umumiy miqdori ovqatlanish maromiga, uning tarkibiga, inson yoshiga, uning yashash sharoitiga, shu jumladan, iqlimi va yilning fasllariga ma’lum darajada bog‘liq bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich hatto bir kecha-kunduz davomida ham sezilarli darajada o‘zgarib boradi. Gap shundaki, ovqat yeyilgandan keyin 4-5 soat davomida qonda lipoproteidlar konsentratsiyasi xilomikronlar hisobiga ortib boradi. Qondagi lipidlar umumiy miqdorini aniqlash uchun qon nonushtadan oldin olinadi. Bunday qonda xilomikronlar bo‘lmaydi va faqat ZJPL (lipidlar umumiy miqdorining 15 foiz). ZPL (60%) va ZYL (25%) mavjud bo‘lib, ular birgalikda qondagi lipidlarning umumiy miqdorini tashkil etadi. Qonning bu ko‘rsatkichi Ozbekiston sharoitida yashovchi odamlarda qonidagiga qaraganda anchagina past darajada bo‘lib, 630-670 mg % (ortacha 650±11,3mg %) ga teng (O.A.Abrarov, A.R.Isroilov, 1985). Qondagi triglitserid va xolesterinlar lipoproteinlar tarkibida bo‘ladi. Triglitseridlarning qondagi konsentratsiyasi 105-120 (ortacha 113±3,7) g %ni tashkil etadi, xolesterinning umumiy miqdori 165,0±176,0 mg % atrofida bo‘lib, ortacha 170±3,3 mg %ni tashkil etadi. Uning 13,0% ZJPL tarkibida, 67,0% ZPL va 20,0% ZYL tarkibida bo‘ladi (O.A.Abrarov, A.R.Israilov, 1985; O.A.Levkovich, 1994). Qonda lipoproteinlar konsentratsiyasining me’yordan ortib ketishi lipoproteinemiya deyiladi. Bunda bir yola xolesterin va triglitseridlar miqdori ham ko‘payadi. Xolesterin miqdorining ortishi ZPL va ZYL lar konsentratsiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, triglitseridlar konsentratsiyasi esa xilomikronlar va ZJPLlar miqdori bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra lipoproteinemiyalarning uchta shakli tafovut etiladi: - Giperxolesterinemiya (ZPL yoki ZYL konsentratsiyasi ortgan). - Gipertriglitserinemiya (xilomikronlar yoki EJPL konsentratsiyasi oshgan). - Aralash shakli. Kelib chiqish mexanizmiga ko‘ra giperlipoproteinemiyalarning birlamchi (tug‘ma) va ikkilamchi (turmushda orttirilgan) xillari farq qilinadi. Tug‘ma giperlipoproteinemiyaga lipoproteinlipazaning tug‘ilishdan nuqsonli, ya’ni faolligi ancha pasaygan holda bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan giperxilomikronemiya hamda ZPL katabolizmining pasayishi tufayli vujudga keladigan giperxolesterinemiya yoki β− lipoproteinemiyalar misol bo‘la oladi. Ikkilamchi giperlipoproteinemiyalar qandli diabet, surunkali gepatit va alkogolizm kabi kasalliklarda kuzatiladi.

  1. O’t-tosh kasalligi, uning rivojlanishi va davolashning biokimyoviy asoslari.


Download 170,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish