Ion kanallari bilan bog’langan membrane retseptorlar.
Ligandli ionli Kanallar deb Ham ataladigan ,ular 4dan 6 tagacha bo’limlardan tashkil topgan membrana oqsillari bolib ,ular markaziy kanal yoki teshikni qoldiradigan tarzda to’planadi, bu orqali ionlar membrananing bir tomonidan 2-ga otadi.
Fermant bilan bog’langan membrana retseporlari
Ushbu retseptorlar transmembran oqsillari hamdir .Ularda ligand bilan bog’lanish joyini taqdim etadigan va ularning hujayra ichidagi uchi bilan ligandning retseptor bilan bog’lanishi bilan faollanadigan fermant bilan bog’langan hujayradan tashqari uchi bor.
G oqsili bilan bog’langan yoki bpg’lanmagan membrana retseptorlari
G oqsilli bilan bog’langan retseptorlari GTP bog’lovchi oqsillar yoki G oqsillar deb ataladigan transdur molekulalarni o’z ichiga olgan maqsad hujayralarning hujayra ichidagi funksiyalarini boshqarishning bilvosita mexanizm ega.
Hujayraga signalni o’tkazish usullari.
Signalni aniqlash uchun (yani nishon hujayra bo’lish uchun) qo’shni hujayrada ushbu signal uchun maxsus retseptorlar bo’lishi kerak.Signal molekulasi retseptorlar bilan bog’langanida retseptorlarning shaklini yani faolliyatini o’zgartiradi va hujayra ichkarisida o’zgarishlari keltirib chiqaradi.Signal molekulalari ko’pincha ligandlar deb ataladi,bu (retseptrorlar kabi) boshqa molekulalar bilan o’ziga xos tarzda bog’lanadigan molekulalar uchun umumiy atala hisoblanadi. Ligand tomonidan yetkazlgan xabar kopincha hujayra hujayra ichidagi kimyoviy messenjerlar zanjiri orqali uzatiladi.Oxir-oqibat bu xujayrada o’zgarishi yoki hatto hujayra bo’linishi kabi butun bir jarayon induksiyasiga ham sabab bo’ladi,shunda bo’linib hujayralararo dastlabki signal hujayra ichidagi javobni chaqiradi signalga aylanadi.
Laktatsiya, sut ishlab chiqarishni tartibga solish. Og'iz sutining qiymati.
Sutning ajralib chiqishi laktatsiya deb nomlanadi ,bu Jarayonning boshqarilishida MNS muhim o’rin Tutadi.Laktatsion funksiyani bir qator o’zaro bog’liq jarayonlar belgilaydi mammogenez sut bezining Rivojlanishi laktogenez –tug’ruqdan keyin sutni ishlab chiqarlishi laktopoez sut ajrab chiqishini quvvatlab turilishi.Sutning hosil bo’lishi va chiqarilishi murakkab neyrogormonal muvozanatni saqlash mexanizmi bilan boshqariladi .Laktatsiyani boshqaruvchi oliy apparat bosh miyaning qobig’I bolib u tashqi va ichini nuhit qo’zg’atuvchilarini analiz va sintezi amalga oshiradi.Sut bezidan impulslar MNS ga boradi,u yerdan gipotalomus va gipofiz o’tadi.Gipofiz sut sintezi va uni sut yo’llariga sekretsiyasini tezlashtiruvchi laktogen gormon-prolaktinni ajratadi.U sut sekretsiyasini,shuningdek ,oqsillar,yog’lar,va uglevodlar hosil bo’lishida qatnashuvchi fermentlar sintezini kuchaytiradi. Bu bian parallel holda gipofizning orqa bo’lagida sutning sut yo’llari bo’ylab harakatni va uning so’rg’ichlar orqali ajralishini tezlashtiruvchi oksitoksin ajraladi.Emizikli onaning oziq-ovqat mahsulotilari turli tuman bolib ularning tarkibida to’la qimmatli oqsillar ,yog’lar,mineral tuzlar microelementlar vitaminlar bo’lishi kerak .Ayniqsa ona organizmga oqsilning sintezi,shuningdek fermentlar,gormonlar, immune tanachalarning manbayi bolib hisoblanadi.Bola tug’ligan so’ng dastlabki 2 3 kun ichida onaning sut bezi sarg’imtir rangli suyuqlik -og’iz sutini ajratadi.Ogiz suti quyuq nihoyatda oziq moddalarga boy boladi. Uning miqdori 10-100 ml atrofida bo’ladi .Sariq rangni uning tarkibidagi karotin belgilab beradi.Og’iz sutida vitamin A,E va K lar ham ancha ko’proq bo’ladi.Og’iz sutida taurin ,nervlarni o’stiruvchi omil kabi moddalar,ham ko’p miqdorda aniqlangan .Og’iz sutida yetilgan sutga nisbatan laktoza yog’lar suvda eriydigan vitaminlar kamroq lekin oqsil,mineral moddalar ko’proq bo’ladi.Og’iz sutida oqsillar miqdori 20 % bo’lsa sut tarkibida ular 4 %ni tashkil qiladi.Oqsillarning asosiy qismini immunoglobulinlar tashkil qiladi.Ular yangi tug’ilgan chaqaloqlarning yetilmagan ichak yuzasini qoplab himoya qatlamini hosil qilib,uni bakteriya,virus,parazit va bboshqa patogenlar tasiridan himoya qioladi.Laktatsiyaning 4-7 kunlaridan oraliq,sut 2-4 haftadan boshlab esa yetilgan sut ishlab chiqariladi.Ona suti suyuq,yengil hazm bo’ladigan va kaloriyasi yetarli ,turli mikroblardan holi pishirishni va isitishni talab qilmaydigan tayyor oziqdir.U o’z tarkibida hamma kerakli oziq moddalar oqsillar,yog’lar,uglevodlar,vitaminlar,tuzlar va makroelementlarni tez o’suvchi bola organizmni ehtiyojlarini to’la qondira oladigan miqdorda saqlaydi ,ular yengil hazm bo’ladigan nisbatda hamda tarkibi bola to’qimasi tarkibiga yaqin bo’ladi.Shu jihatlari bilan ona suti sigir sutidan tubdan farq qiladi.
Sutning tarkibi va uning ahamiyati. Sutni ko’taraolmaslikni sababi.(laktozemiya).
Do'stlaringiz bilan baham: |