Biokimyodan YaB uchun baza (2022-yil) Nazariy savollar


Qon ivishining ichki mexanizmi



Download 170,61 Kb.
bet19/38
Sana20.07.2022
Hajmi170,61 Kb.
#830062
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
Bog'liq
2 5271792186533354188

Qon ivishining ichki mexanizmi Qonning ichki ivishi ancha sekin boradi va 10-15 daqiqa talab qilinadi. Ichki mexanizmda tromboplastin ishtirok etmaydi. Bunda trombotsit omillari muhim ahamiyatga ega. Qon ivishining ichki mexanizmi ham fermentlarning faollashuvi bilan boradi. X omilning X«a» omilga aylanish bosqichidan boshlab qon ivishining ichki va tashqi yo‘li bir xil bo‘lib davom etadi.
Vitamin K. II, VII, IX, X omillarning peptid zanjirlarida γ-karboksiglutamat kislota bor bo‘lib bu kislota aytib o‘tilgan oqsillarning postranslyatsion modifikatsiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Vitamin K ana shu reaksiyani katalizlovchi fermentning kofermenti hisoblanadi.
II, VII, IX, X omillar ishtirok etadigan reaksiyalar Ca2+ va fosfolipidlar bilan faollashadi; karboksiglutamat radikallari shu oqsillarda Ca2+ ni biriktirib olish markazlarini hosil qiladi. Bu omillar Ca2+ ionlari ishtirokida o‘zaro va fosfolipid qo‘sh qavati bilan birikib hosil qilgan kompleksda faollashadi. Dikumarol molekulasi qurilishi vitamin Kga o‘xshash bo‘lgani uchun oqsil molekulasidagi glutamil qoldiqlarini γ-karboksiglutamilga aylantiradigan fermentni ingibirlaydi (vitamin Kga antagonist) natijada qon ivishi qiyinlashadi. Dikumarol amaliyotda qon ivuvchanligi oshganda trombozlarni oldini olish maqsadida ishlatiladi.
Gemofiliya. Qondagi VIII omilning irsiy nuksonlari A gemofiliya deb ataladi. U ko’p qonash, qon ketib turishi bilan namoyon bo‘ladi. VIII omil geni X xromosomada bo‘ladi. Ikkinchi X xromosomasi bo‘lgan ayollarda bu kasallik kuzatilmaydi. Bitta X xromosomasi bo‘lgan erkaklarda nuqsonli genning nasldan-naslga berilishi tufayli ularda gemofiliya kuzatiladi. Gemofiliyada qon ketishni to‘xtatish maqsadida tarkibida VIII omil saqlovchi yangi donor qoni yoki VIII omil preparatlaridan foydalanilanadi.



  1. Antikoagulyant qon tizimi.

Qon ivishiga qarshilik qiladigan omillar
Qon ivishiga qarshilik qiladigan sistema proteolitik fermentlarni ingibitsiyalab qo‘yadigan bir to‘p plazma oqsillaridan iborat. Plazma oqsili – III-antitrombin qon ivishida ishtirok etadigan hamma proteinazalarni ingibirlab qo‘yadi.
Geparin III-antitrombinning ingibitsiyalovchi ta’sirini kuchaytiradi. Geparin birikishi ingibitorning trombin va boshqa omillarga yaqinligini kuchaytiradigan konformatsion o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Antitrombin III qon ivishiga qarshi qondagi asosiy omillardan biri. Ammo qonda yana proteinazalar ingibitori bo‘lmish omillar mavjud.Shulardan biri – γ-makroglobulindir. U molekula massasi 720 000 bo‘lgan yirik oqsil bo‘lib to‘rtta protomerdan tarkib topgan. Uning tarkibida ko‘pgina proteinazalar uchun substrat bo‘lib xizmat qiladigan peptid qismlari bor. Proteinazalar ana shu tuzoq xo‘raklariga kelib birikishi natijasida ushlanib qoladi. α2-makroglobulin bilan ferment kompleksi qondan tez (taxminan 10 daqiqada) chiqib ketadi.



  1. Jigardagi metabolitlar va yot moddalarni zararsizlantirish yo'llari. Jigarda mikrosomal oksidlanish va konyugatsiya reaksiyalari.

Jigar, o‘zining bizga ma’lum bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p vazifalaridan tashqari, modda almashinuvida hosil bo‘luvchi oxirgi mahsulotlarni yoki tashqaridan organizmga tushgan zaharli moddalarni, dori-darmonlarni zararsizlantirishda ham qatnashadi. Organizmda «qurilish materiali» yoki energiya manbai bo‘lib foydalanilmaydigan yot moddalar ksenobiotiklar deyiladi. Bular organizmga oziq-ovqat, nafas yo‘llari, teri orqali tushadi. Ksenobiotiklardan tashqari organizmning o‘zida hosil bo‘ladigan ba’zi metabolitlar ham zaharli bo‘lib, zararsizlantirilishi lozim. Masalan: bilirubin, steroid gormonlar, katexolaminlar va boshqa moddalar jigarda zararsizlantiriladi. Turli zaharli moddalarning jigarda zararsizlantirilishi o‘ziga xos yo‘llar bilan ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqich endoplazmatik to‘rda (EPT) boradi, reaksiyalarni oksidazalar va gidroksilazalar katalizlaydi, ularning kofermenti sitoxrom P-450, b5, gem va vitaminlar hisoblanadi.


Sitoxrom P-450ning bir qancha o‘xshash shakllari bo‘lib, ular substratlarga monandligi, spesifikligi bilan farqlanadilar. Gepatotsitlarda bu jarayonlar endoplazmatik to‘r (EPT)da ro‘y beradi. Jigarning bu faoliyatini o‘rganish Yaponiya olimlari T. Omuza va S. Sato (1964) jigardan EPT ni ajratib olishga muyassar bo‘lganlaridan so‘ng rivojlangan. EPTning donador va silliq turlari tafovut qilinadi. Donador EPT oqsil sintezida faol ishtirok etadi. Silliq EPT organizmga tushgan begona moddalarni zararsizlantiradi (dori-darmonlar, zaharlar, ba’zi endogen substratlar, xolesterin, o‘t kislotalari, to‘yinmagan yog‘ kislotalar, steroid gormonlar, prostaglandinlar). Membrana yuzasiga ribosomalarning joylanishi EPTni kimyoviy va fermentativ tarkibini deyarli o‘zgartirmaydi. Ammo, donador membrana maxsus funksiyaga ega bo‘lib, oqsil sintezi markaziga aylanadi. Silliq EPT ning donador EPT dan asosiy farqi unda NADFHsitoxrom P-450-reduktaza fermenti faollikka ega bo‘lib, gidroksillash reaksiyalarini amalga oshiradi. Mikrosomal sistemasining asosiy gidroksillash sistemasiga sitoxrom P-450 va NADFH-sitoxrom P-450reduktaza kiradi (T. Omuza, 1964; R. Estabook, 1971). Mikrosomalarda gidroksillash reaksiyasi monooksigenaza fermentlari ishtirokida amalga oshiriladi.
1. Sitoxrom P-450 fermenti (Fe2+) substrat (S) bilan birikib fermentsubstrat kompleksini hosil qiladi. 2. Sitoxrom P-450 tarkibidagi temir Fe2+ ga qaytariladi. Bu reaksiya NADFH-reduktaza ishtirokida borib u ferment kislorodni substrat kompleksiga birikishini amalga oshiradi. 3. Bir atom kislorod substratni oksidlanishi uchun, yana bir atomi suv molekulasini hosil qilishga sarflanib sitoxrom P-450 tarkibidagi temir yana uch valentlikka (Fe3+) o‘tadi. 4. Oksidlangan substratning eruvchanligi oshadi va metabolitik reaksiya osonlashadi. Sitoxrom P-450 substratning keyingi molekulasi bilan reaksiyaga kirishadi. Reaksiyalarni ketma-ketligi R. Estabook sxemasi (1971) orqali ifodalangan. Keltirilgan reaksiyada NADFH2 ta’minotchilari: 1) izotsitratdegidrogenaza; 2) glyukoza-6-fosfat degidrogenaza; 3) 6-fosfoglyukonatdegidrogenaza. Sitoxrom P-450 bilan ro‘y beradigan reaksiyalar oraliq va oxiri zaharli moddalar hosil bo‘lishi bilan o‘tadi (H2O2, OH, O2-, CO va boshqalar). Bu moddalarni zararsizlantirishda hujayra membranasi tarkibiga kiruvchi antioksidant vitaminlar (A, E, C va boshqalar), erkin radikallarga qarshi aktivlikka ega bo‘lgan mikroelementlar (Zn, Cu, Ni, Se va boshqalar) va fosfolipidlar himoya vazifasini bajaradi. Sitoxrom P-450 ni katalitik aktivligi 3 xil yo‘l bilan boshqariladi: 1. Molekula ichida o‘zgarishlar qilib sitoxrom P-450ni substrat spesifikligini o‘zgartirish bilan. 2. Molekulalararo ta’sirot natijasida sitoxrom R-450-reduktaza fermenti faolligini o‘zgarishtirish bilan. 3. Sitoxrom R-450 fermenti sintezini kuchaytirish (induksiya) yo‘li bilan. Bu boshqaruv yo‘li tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Buning uchun fenobarbital (lyuminal), ziksorin, benzonal kabi dorivor moddalar ishlatiladi. Zaharli moddalar zararsizlantirilishining ikkinchi bosqichi konyugatsiyalanish, ya’ni glyukuron yoki sulfat kislotasini biriktirish bilan borib, reaksiyalarni jigar endoplazmatik to‘rining fermentlari katalizlaydi. Glyukuron kislota glyukozaning oksidlanishidan hosil bo‘ladi. U UTF bilan birikib UDF glyukuronatni hosil qiladi. Sulfat kislota ATF bilan birikib FAFS — fosfoadenozinfosfosulfatni hosil qiladi. Bu jarayonlarni quyidagi misollarda ko‘rib o‘tamiz:
1. Ksenobiotiklar birinchi bosqichda oksigenazalar ishtirokida oksidlanadilar. 2. Oksidlangan moddalar ikkinchi bosqichda UDFGK- yoki FAFStransferazalari ishtirokida konyugatsiyaga uchraydilar.
Konyugatsiya yo‘li bilan aminokislotalar almashinuvini natijasida hosil bo‘lgan fenol, krezol, skatol kabi moddalar va boshqa zaharli moddalar zararsizlantiriladi. Konyugatsiyaga uchragan moddalarning molekulalarida gidrofil guruhlar hosil bo‘ladi va moddaning suvda eruvchanligi ortadi. Natijada organizmdan chiqarib yuborilishi osonlashadi.



  1. Ichakdagi aminokislotalarning parchalanish mahsulotlarini zararsizlantirilishi.

Yo‘g‘on ichakda triptofan aminokislotasidan hosil bo‘lgan skatol, indol, indoksil va indoksilsulfatning kaliyli tuzlari, hayvon indikani miqdorini tekshirish amaliyotda ichakda chirish jarayonining borishi, jigarning zararsizlantirish vazifasi haqida ma’lumot beradi. Turli dori moddalari ham jigarda metabolik o‘zgarishlarga uchraydi. Masalan: lyuminal (fenobarbital) yuqorida ko‘rsatilgandek oksidlanishga va konyugatsiyaga uchrab oksifenobarbitalglyukuronid shaklida zararsizlantirilsa, atsetilsalitsilat kislotasi (aspirin) esa o‘ziga xos o‘zgarishlarga uchraydi.


Dastlab aspirin deatsetillash reaksiyasi natijasida salitsilat hosil qilib, so‘ng UDFG ishtirokida salitsilatglyukuronidga aylanadi.Hosil bo‘lgan moddani oksidlanishi, gomogentizinat kislotasini glitsin kislotasi bilan birikishi salitsilpiruvat kislotasini hosil bo‘lishiga va organizmdan chiqarilib yuborilishiga olib keladi. Organizmda ayrim metabolitlar (salitsilat, o‘t kislotalari, benzonat va nikotin kislotasi) glikol kislotasi bilan birikib juft kislotalarni hosil qilib, ularni zararsizlantirishini amalga oshirgani uchun, bu usuldan jigarning zararsizlantirish qobiliyatini aniqlashda foydalaniladi. Bu usul birinchi bo‘lib, Kvik tomonidan tavsiya qilinganligi uchun uning nomi bilan ataladi. Ayrim moddalarning zararsizlantirilishi metillanish yoki demetillanish bilan ham boradi. Vitamin PP- (nikotinamid) metilnikotinamid holatida zararsizlantirilib chiqariladi. Nitrozaminlar zararsizlantirilishining buzilishi turli a’zolarda havfli o‘smalar hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Sog‘lom hujayralarning o‘sma hujayralariga aylanishiga sababchi bo‘lgan modda kanserogen deb ataladi. Benzantratsen va zamburug‘lardan hosil bo‘ladigan aflotoksinlar kanserogen moddalar bo‘lib, jigarda epoksidlanish yo‘li bilan zararsizlantiriladi:
Jigarda turli xildagi biologik aktiv moddalar (adrenalin, noradrenalin, gista’min, serotonin, tironin) aminooksidazalar ta’sirida oksidlanib zararsizlantiriladi, estrogen, androgen, kortikosteroid gormonlar esa oksidlanib ketosteroidlar holatida siydik bilan chiqarib yuboriladi.
Yangi tug‘ilgan bolalar va chaqaloqlarda jigarning ksenobiotiklarni zararsizlantirish qobiliyati yetilmagan bo‘ladi. Masalan: bir oylik bolalarda konyugatsiyalovchi glyukuroniltransferaza, atsetillovchi va deatsetillovchi fermentlarning faolligi katta yoshdagilardagiga nisbatan to‘rt-besh marotaba past bo‘ladi. Shuning uchun bolalar organizmida hosil bo‘lgan zaharli moddalarning va berilgan dorivor moddalarning metabolizmi sust boradi. Shuning uchun bolalarga tavsiya qilinadigan dorilarning miqdori ularning yoshiga qarab belgilanadi.



  1. Jigarning uglevod almashinuvidagi roli.

Jigarning karbonsuvlar almashinuvida tutgan o‘rni Karbonsuvlar almashinuvining asosiy jarayonlari jigarning parenximatoz hujayralarida amalga oshadi. Ular karbonsuvlar almashinuvini boshqarish va qondagi glyukoza miqdorini bir me’yorda saqlashda ishtirok etadilar. Ovqat mahsulotlari bilan organizmga tushgan karbonsuvlarning ortiqcha miqdori jigarda glikogenga aylanadi. Jigardagi glikogen sintezi ATF energiyasini sarflash bilan boradi. Bolalar organizmiga sut tarkibida kirgan galaktoza faqat jigarda glyukozaga aylanadi.Glyukozaning glikogenga aylanishi jigardan tashqari mushaklarda ham amalga oshadi. Shuning uchun glyukoza yuborish bilan jigarning glikogen sintezlash qobiliyatini tekshirish aniq ma’lumot bermasligi mumkin. Bu holatda galaktoza yuborish bilan jigarda glikogensintezini tekshirish gepatotsitlar faoliyati haqida ko‘proq axborot beradi. Chunki galaktoza faqat sog‘lom jigar hujayralaridagina glikogenga aylanishi mumkin. Jigarda glikogen faqat monosaxaridlardangina emas, balki karbonsuvlar almashinuvining oraliq mahsulotlari bo‘lgan sut kislotasidan ham hosil bo‘ladi. Bu metabolitik yo‘l Kori yoki glyukoza – laktat halqasi deb nomlanadi. Jigar hujayralari faoliyatining buzilishi qonda sut kislotasining 20-40 mg% gacha oshib ketishiga olib keladi (sog‘lom odamlarda 10-20 mg% ga teng). Sut kislotasidan glyukoza glyukoneogenez bo’yicha hosil bo’ladi (106-rasm).



Download 170,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish